Matchanova A. E.
Urganch davlat universiteti, "Geografiya" kafedrasi dotsenti, Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori
Shomurodov M.J.
Urganch davlat universiteti, "Geografiya"yo'nalishi 2-bosqich talabasi
XORAZM MILLIY TABIAT BOG'INING EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm milliy tabiat bog'i to'g'risida ma 'lumotlar berilgan. Milliy bog 'da yovvoyi hayvonlar, qushlar va noyob dorivor o'simliklarni saqlab qolish tufayli kelajakavlodga ona tabiatni sofligichayetkazish va ekoturizmni rivojlantirish maqsad qilinganligi maqolada bayon qilingan.
Kalitso'zlar: milliy tabiat bog', ekoturizm, atrof-muhit, ekotizim, flora, fauna
Matchanova A.E.
Associate Professor of the "Geography" Department, Doctor of philosophy in geography Urgench state university Shomurodov M. J. student of the 2nd stage of the "Geography" course Urgench state university
IMPORTANCE OF THE KHOREZM NATIONAL NATURE PARK IN THE DEVELOPMENT OF ECOTOURISM
Abstract. This article provides information about the Khorezm National Nature Park. The article stated that due to the preservation of wild animals, birds and rare medicinal plants in the National Park, the goal was to bring native nature to the future generation to its purity and promote ecotourism.
Key words: national Nature Park, ecotourism, environment, ecosystem, flora,
fauna
Xorazm milliy tabiat bog'i O'zbekistonning Xorazm viloyatida joylashgan bo'lib, tabiiy, madaniy va ekologik jihatdan muhum hududlardan biri hisoblanadi. Xorazm millliy tabiat bog'i noyob flora va fauna turlariga ega. Ushbu hudud ekoturizmi orqali xalqaro va mahalliy sayyohlarni mintaqaning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish imkonini beradi.
Xorazm viloyati O'zbekistonnning shimoliy-g'arbida, Amudaryoning quyi qismida joylashgan. Xorazm viloyati hududi Turon pasttekisligining shimoliy qismida bo'lib, qadimgi Amudaryo yoyilma(deltasi)si chap qirg'og'ini bir qismi va o'ng qirg'og'ida Qizilqumning biroz qismini egallagan. Ushbu hudud
мЭкономнка h соцнумм №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
230
O'zbekistondagi turizm jadal rivojlanayotgan mintaqalardan hisoblanadi. Mintaqada turizmning turli ko'rinishlari rivojlanib bormoqda. [3]
Ekoturizm turizmning muhim qismi bo'lib, tabiiy muhitni zarar yetkazmasdan tadqiq qilish va zavqlanish imkonini beradi va sayyohlarning ekologik ong va madaniyatini oshirishga yordam beradi. Ekologik turizm (ekoturizm) turizmning yangi va yosh yo'nalishi bo'lishiga qaramasdan, o'sish sur'ati boshqa turistik tarmoqlardan 2-3 barobar jadal kechmoqda. Shu bilan birga, turizm sohasida ekoturizmning ulushi 15-20% ni tashkil etib, bu ko'rsatkich yildan yilga kengayib bormoqda. Ekoturizmning maqsadi turizm orqali hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishni ta'minlashdir. Shu jihatdan, ekoturizm "yashil" iqtisodiyotning muhim yo'nalishi sifatida iqtisodiy o'sishga xizmat qiladi.[2]
Xorazm milliy tabiat bog'i O'zbekistonning ekologik turizm sohasida muhim ro'l o'ynaydi. Bu hudud o'zining boy tabiati flora va faunasi shuningdek, madaniy va tarixiy merosi bilan ajralib turadi. Milliy bog' nafaqat ekoturizmni rivojlantirish balki madaniy merosni targ'ib qilish, iqtisodiy faollikni oshirish va atrof-muhitni himoya qilishda muhim ahamiyatga egadir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 dekabrdagi "Xorazm milliy tabiat bog'ini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga asosan Amudaryo deltasida tabiiy to'qay resurslarini muhofaza qilish, ularni qayta tiklash hamda Xorazm viloyatidagi cho'l ekotizimlarini saqlash va viloyatda ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida "Xorazm milliy tabiat bog'i" tashkil qilingan.
Xorazm milliy tabiat bog'i — Xorazm viloyati hududida joylashgan qo'riqlanadigan hududlar majmuasi hisoblanadi. Hududlarning umumiy maydoni 21687,5 gektarni tashkil etib, ular Tuproqqal'a (19538,8 ga), Urganch (197,5 ga), Xiva (1163 ga), Xonqa (45 ga) va Yangibozor (743,2 ga) tumanlaridan joy olgan. Amudaryo deltasida tabiiy to'qay resurslarini ishlab chiqarish va ularni qayta tiklash hamda Xorazm viloyatidagi cho'l ekotizimlarini saqlab qolish va ekoturizmni yanada yaxshilash maqsadida hamda, Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp viloyat tumanlaridagi davlat tabiatni saqlash uchun umumiy maydoni 21687,5 gektar bo'lgan Xorazm milliy tabiat bog'i tashkil etilgan. Milliy bog' Xorazmda « Qizil kitob » ga kiritilgan yovvoyi hayvonlar, qushlar va noyob dorivor o'simliklarni saqlab qolish, qayta quvvatlantirish viloyatning ekoturizmini yaxshilash va kelajak avlodga ona tabiatni sofligicha qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil topgan hisoblanadi.[1]
Xorazm milliy tabiat bog'i florasi juda boy va xilma-xil bo'lib, uni muhofaza qilish va o'rganish bog' xodimlarining asosiy vazifalaridan biridir. Mintaqada, saksovul dalalari, to'qay o'rmonlari, qum o'simliklari mavjud. Bog'da, qamish, qora saksovul, to'qay o'simliklari, ho'l tuzli botqoqlarning holofitlari, qattiq gipsdan qilingan qumli tekisliklarning ikki qavatli o'simliklari kabi 13 dan ortiq o'simlik turlari ro'yxatga olingan. Daryo bo'yidagi to'qayzorlarda, yovvoyi cho'chqa, to'qay mushugi, bo'rsiq, silovsin, chiyabo'ri kabi qator sut emizuvchilar, qirg'ovul, qizilishton, zarg'aldoq , haqqush kabi qushlar va har xil sudralib yuruvchilarni uchratish mumkin. Umurtqali hayvonlardan toloy tovushqoni, tulki,
'^KOHOMHKa h ^HyMM №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
231
qum mushugi, chiyabo'ri, har xil kemiruvchilarni ko'rishimiz mumkin. Xorazm viloyati hududida yashovchi va viloyat hududa uchib o'tuvchi quyidagi hayvon, baliqlardan orol bakrasi (bakra), amudaryo kichik va katta kurak burunlari, turkiston mo'ylovdori, orol mo'ylovdori, turkiston laqqachasi, orol sulaymon balig'i, orol tikanagi (shipovka) va qushlardan saqaqush, kichik va sariq oqqo'ton, turkiston oq va qora laylagi, turnalarning hamma turi, marmar churrak, oqbosh o'rdak, oq peshonali kichik g'oz, suv qiyg'iri uchraydi.Hayvonlardan qoraquloq va buxoro xonguli "Qizil kitob" ga kiritilgan.
Yangibozor tumanidagi Amudaryo sohilida noyob va yo'qolib ketayotgan hayvon va qushlarni asrash va ko'paytirish bo'yicha pitomnik tashkil qilinib, uning davolash 3,5 gektar tabiiy to'qayzor temir panjara bilan o'rnatildi. Bu yerda Buxoro bug'usi, Jayron va boshqa noyob hayvonlarni sun'iy ravishdagi ko'paytirish ishlab chiqarish. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun materiallar - texnika bazasi tashkil qilish. Ushtom piyda chet el grantlari va olimlarni jalb qilgan holda tabiatni yaratish imkonini yaratadi. Pitomnik binosida 50 kishiga mo'ljallangan o'quv seminar zali, laboratoriya, va boshqa joylar mavjud.Tabiat bog'i Davlat ekologiya qo'mitasining tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi.[1]
Xorazm o'zining qadimiy shaharlari Xiva, Qo'shko'pir va boshqa tarixiy joylari bilan mashhur. Bog'ning bu hududga yaqinligi sayyohlarni jalb qilishda qo'shimcha afzallik beradi. Bu esa tarixiy va ekologik turizmni uyg'unlashtirish imkonini yaratadi. Tabiat bog'i ekoturizmni rivojlantirish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi. Turistlar tabiatning go'zalligidan bahramand bo'lib, o'simliklar va hayvonlar dunyosini o'rganishda, toza havoda dam olishlari mumkin. Bu sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va tabiatni asrashni rivojlantirishda muhumdir. Tabiat bog'i atrofida turizm infratuzilmasini yaratish ya'ni mehmonxonalar, restoranlar, ekskursiya xizmatlarini rivojlantirish lozim. Ushbu hududda sayyohlar piyoda yoki velosipedda sayohat qilishi, qushlarni kuzatishi, va tabiat qo'ynida hordiq chiqarishi va toza havodan bahramand bo'lishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
l.SH.U.Ibragimov "Eco tourism as an important area for the development of a "green" economy " builders of the fture
2. Anthropogenic transformation of oasis landscapes in Khorezm Province, Uzbekistan: A geoecological analysis. Abror Khaitbaev, Kuvondik Yarashev, Yunus Karimov, Maqsud Nazarov. E3S Web Conf. 497 02043 (2024). DOI: 10.1051/e3sconf/202449702043
3. Kuvondik, Yarashev & Abror, Xayitbayev. (2024). ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ ОАЗИСНЫХ ЛАНДШАФТОВ КАК ТИПА АНТРОПОГЕННЫХ ЛАНДШАФТОВ. Экономика и социум. № 12.
4. Kuvondik, Yarashev & Abror, Xayitbayev. (2024). ЛАНДШАФТЫ РОЩА ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ И НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ИХ МОНИТОРИНГА. Экономика и социум. №12.
"Экономика и социум" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
232