Xojyazova D.SH. Urganch davlat universiteti 2-kurs geografiyayo'nalishi talabasi, O'zbekiston
КУЙИ АМУДАРЁ ТАБИАТИНИНГ ЭКОТУРИСТИК
ИМКОНИЯТЛАРИ
Аннотация: Ushbu maqolada quyi Amudaryo mintaqasining tabiiy sharoitining o'ziga xos xususiyatlari va uning ekoturizmni rivojlantirishdagi ahamiyati ko 'rsatilib, kelajakda hududda ekoturizm salohiyatini oshirish va sayyohlar oqimini ko^'aytirish bo^yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: rel'ef, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq, nisbiy balandlik, flora, fauna, to'qay landshafti, baktriya, so'g'd, vizual.
Xojyazova D.SH. student of the 2nd stage of the " Geography " course Urgench state university
ECOTOURISM OPPORTUNITIES OF THE LOWER AMU DARYA
NATURE
Abstract. This article highlights the unique characteristics of the natural conditions of the Lower Amu Darya region and its importance in the development of ecotourism, and provides recommendations for increasing the potential of ecotourism in the region and increasing the flow of tourists in the future.
Key words: Relief, climate, surface and groundwater, soil, relative balance, flora, fauna, natural landscape, bacteria, water, visual.
Kirish. Tabiat insonning sayohatga chiqishi uchun joylarda turli darajada qulayliklar yaratgan. Har bir tabiiy kompleksda inson organizmiga mavjud tabiiy omillar majmuali ravishda turlicha ta'sir etadi. Tekislik bilan tog' mintaqalarida ta'sir etuvchi tabiiy omillarning majmuasini bir -biriga solishtirib bo'lmaydi. Shularni e'tiborga olib, har bir tabiiy kompleksni ekoturizm nuqtai nazaridan baholash amaliy ahamiyatga ega. Ekoturizm va uning rivojlanishi na faqat o'rganilayotgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga bog'liq bo'libgina qolmasdan balki shu hududning tabiiy sharoitiga, unda ekoturistik ob'ektlarning mavjudligiga va ularning geografik o'rniga ham bog'liqdir. Ekoturizmning tabiiy omillariga relg'ef, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq va o'simlik qoplamini hamda hayvonot dunyosini kiritish mumkin.
Ekoturizm uchun qulay sharoitni belgilab beradigan asosiy omillardan biri relg'ef bo'lib, unga tahrif berilganda joyning dengiz sathidan mutlaq va nisbiy balandligiga, o'ydim-chuqurligiga, plastikasiga, parchalanganligiga,
"Экономика и социум" №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
603
yonbag'irlarning turiga, uning qiyaligiga, o'simlik bilan qoplanganligiga, litologik tuzilishi kabi ko'rsatkichlariga e'tiborni qaratish lozim.
Asosiy qism. Hududning ekoturistik imkoniyatlarini aniqlashda va baholashda iqlimiy sharoit muhim o'rin tutadi. Iqlim inson faoliyatiga bevosita tahsir ko'rsatib, ko'p hollarda hududlarda dam olish va sayohatni chegaralaydi.
Yer usti suvlari ham ekoturizm uchun geoekologik muhitni yaratadigan omillardan biridir. Ularning mavjudligi tabiiy muhitning ekoturistik va rekreatsion qiymatini oshiradi.
Tuproq qatlamini ekoturizm nuqtai-nazaridan tahlil qilganda uning xususiyatlariga, sanitar-gigienik holatiga, tabiiy holatining salbiy jarayonlar ta'sirida buzilishi darajasiga e'tibor qaratiladi. O'simliklar olami ham ekoturizmda alohida o'rin tutadi. O'simlik qoplami kislorod bilan ta'minlovchi, asosiy sog'lomlashtiruvchi va rekreatsion omil hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda Quyi Amudaryo mintaqasida xam ekologik turizmni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo'lib, ular
- tabiiy landshaftlarning mavjudligi,
- rekreatsion resurslarga boyligi,
- turli xildagi flora va fauna dunyosi,
- tabiiy va tarixiy yodgorliklarning ko'pligi,
- alohida muhofaza etiladigan hududlarlarning mavjudligidir
Quyi Amudaryo hududidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun hududdagi tabiat komplekslarini ekoturistik jixatdan o'rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Hudud yer yuzasi, asosan, tekisliqdan iborat bo'lib, undagi daryo, ko'l, suv omborlar, sug'orish kanallari, dalalar dam olish maskanlari hisoblanadi.[2] Iqlimi esa yil davomida dam olish va ekoturizmning rivojlanishi uchun qulayligi bilan ajralib turadi.
Yozgi dam olish turlaridan hududda cho'milish, quyosh vannalari olish, piyoda yurish, qayiq sporti, baliq ovi, turli xil mevalar terish, qum vannalari olish, ot va tuyada sayr qilishni tashkil qilish mumkin. Qishki mavsumda sport ovchiligi, muz osti baliq ovi, davolanish, salomatlikni tiklash va piyoda sayrlarni tashkil qilish mumkin. Turistlar uchun Amudaryoning o'zaniga yaqin har ikkala sohillarida to'qayzorlar mavjud bo'lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft ko'rinishlaridan hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o'ng sohilida to'qay landshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto'qay qo'riqxonasi tashkil qilingan [1].
Voha bo'ylab sayyohlarning muayyan yo'nalish bo'yicha tabiat bilan bog'liq bo'lgan dam olishi, sport bilan shug'ullanishi, sog'lomlashishi, ma'rifiy-ma'naviy ishlarni amalga oshirish kabi maqsadlarni ko'zlagan xolda Quyi Amudaryoning janubiy qismi baktriya so'g'd yo'lida Urganch shahridan 70 km uzoqlikda past tekislikda joylashgan Qalajik qal'asi,Urganch shaxridan 21 km g'arbda kat qishloq hududidagi tekislikda joylashgan Kat qal'a, To'rtko'l shahridan 12 km shimoli sharqda joylashgan. Qo'yqirilgan qal'a kabi qadimiy betakror obidalarni ekoturistik marshrut sifatida tanlash mumkin [2].
'^KOHOMHKa h соцнумм №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
604
Xulosa. Har bir xudud o'zining ekoturistik holati, imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib turadi. Masalan, Orol va Orolbo'yi rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo'lgani uchun ham unda yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik ob'ekt bo'lib hisoblanadi. Ekoturizmda nafaqat piyoda yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertolyotlar orqali ham amalga oshirish lozim. Zero u masofadan turib katta va tekis maydonni yuqoridan turib vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Ekoturizmni rivojlantirish joyning geografik hususiyatlaridan kelib chiqqan tarzda amalga oshirish tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishga imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xayitboyev, Abror & Kuvondik, Yarashev & Karimov, Yunus & Nazarov, Maqsud. (2024). Anthropogenic transformation of oasis landscapes in Khorezm Province, Uzbekistan: A geoecological analysis. E3S Web of Conferences. 497. 10.1051/e3sconf/202449702043.
2. A.N.Nigmatov, N.T. Shomurotova O'zbekiston hududini ekoturistik rayonlashtirish masalalari.Toshkent. 2006 y.
3. SH.B.Dusanova. Xorazm vohasida ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari. Ilmiy konferentsiya to'plami. Qarshi. 2021 y.
мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
605