Научная статья на тему 'O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning istiqbollari'

O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning istiqbollari Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
311
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekoturizm / menejer / marketing / qo’riqxona / kurortlar / ekologik barqarorlik / tarixiy-memorial

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Munisa Zokir Qizi Ruzimova

Ushbu maqolada ekoturizmni rivojlantirishni zamonaviy usullari O’zbekistonda ekologik turizmni rivojlanitirish istiqbollari va ekoturizmni rivojlantirishdan ko’zlangan maqsad haqida tushuncha beradi O’zbekistonda turizm va ekoturizmni tashkil etish va rivojlantirishning muhim omillari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning istiqbollari»

O'zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning istiqbollari

Munisa Zokir qizi Ruzimova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada ekoturizmni rivojlantirishni zamonaviy usullari O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlanitirish istiqbollari va ekoturizmni rivojlantirishdan ko'zlangan maqsad haqida tushuncha beradi O'zbekistonda turizm va ekoturizmni tashkil etish va rivojlantirishning muhim omillari.

Kalit so'zlar: ekoturizm, menejer, marketing, qo'riqxona, kurortlar, ekologik barqarorlik, tarixiy-memorial

Prospects for the development of ecotourism in Uzbekistan

Munisa Zakir kizi Ruzimova Urganch State University

Abstract: This article provides an understanding of the modern methods of ecotourism development, prospects for the development of ecotourism in Uzbekistan, and the purpose of ecotourism development, as well as the important factors of the organization and development of tourism and ecotourism in Uzbekistan.

Keywords: ecotourism, manager, marketing, nature reserve, spas, environmental sustainability, historical-memorial

Tabiat quchog'iga sayyohat qilishni tashkillashtirish to'g'risida fikr yuritganda, ko'pincha "ekoturizm" atamasi tilga olinadi. Aslida ekoturizm, bir tomondan, turistik bozorda jadal o'sib kelayotgan tarmoq, ikkinchi tomondan esa insoning tabiatga ijobiy ta'siriga asoslangan tizim. Qolaversa, u turizm infratuzilmasining ajralmas qismi bo'lib, faqat g'oyagina emas, balki, umumiy turizmning aniq turi, hisoblanadi. Uning atrof-muhitga ta'siri turlicha (salbiy, neytral va ijobiy) bo'lishi mumkin. "Ekoturizm" qo'riqxona hududlari va tabiiy bog'larning zamonaviy ish yuritish faoliyatida keng qo'llanilmoqda. Bu sayyohat turining dunyo miqyosida jadal o'sishiga sabab faqat atrof-muhitning ahvoli yomonlashishigina emas, balki, hordiq chiqariladigan mashhur joylar-tog' bag'ridagi kurortlar, suvi iliq dengizlarning qirg'oqlari, tekisliklar va o'rmonzorlar borgan sari ko'proq o'zlashtirilayotganligi hamdir. "Ekoturizm" atamasi o'rniga ko'pincha boshqa atamalar, ya'ni, "tabiiy turizm", "barqaror turizm", "yashil turizm", "mas'uliyatli turizm" va "hayriya turizmi" kabi atamalar ham ishlatiladi. Ba'zi unsurlari bir xil bo'lsa ham, Ular aslida bir-birining sinonimi hisoblanmaydi va biri

ikkinchisining o'rnini egallamaydi. Ekoturizm - tabiiy turizm (tabiatga sayyohat) ning bir turi. U tabiiy turizmning ba'zi bo'laklarini, masalan, sarguzashtli turizm-otda sayr qilish yoki kemada suzish kabilarni o'z ichiga olishi mumkin. Ekoturizmning quyidagi ta'rifi ko'proq ishlatiladi: "Ekoturizm" tabiiy turizm bo'lib, tabiat muhitini hosil qilish va tushinishni o'z ichiga oladi. Uning menejmenti shunday amalga oshiriladiki, natijada bu faoliyat ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror bo'lib, "tabiiy muhit" madaniy tarkiblarni, "ekologik barqarorlik" mahalliy aholi uchun tegishlicha daromadni va foydalanilayotgan resurslarning uzoq muddatli muhofaza qilinishini o'z ichiga oladi. Ekoturizm 9 turizmning boshqa turlari kabi ekologik barqaror bo'lishi, sayyohlarga zavq-shavq baxsh etishi va mahalliy aholiga daromad keltirishi lozim. Bundan tashqari, tabiiy va madaniy muhitga "mos tushishi" kerak. "Mos tushishi" degan so'zlarning ma'nosi shuki, bu faoliyatning uslubi, hajmi va xili landshaftning ko'lami va xarakteriga, mahalliy aholining urf-odatlariga to'g'ri kelishi zarur. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi ta'rifiga ko'ra, "ekologik turizm yoki ekoturizm tabiat muhitiga nisbatan mas'uliyat bilan sayohat qilishga, hududlarni tabiatiga ziyon yetkazmagan holda o'rganish hamda betakror, go'zal joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza qilishga ko'maklashadi, atrofmuhitga "yumshoq" ta'sir etadi, mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtiradi va shu faoliyatdan ularning imtiyozlar olishini ta'minlaydi" Turizm jamiyati esa "ekoturizmni tabiiy hududlarga mas'uliyat bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni ta'minlaydi va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi", deb hisoblaydi. "Ekologik turizm" tushunchasining alomatlaridan iloji boricha ko'prog'ini chuqurroq tushunish uchun I.Zorin va V.Kvartalnov o'zaro bog'langan "ekotizim", "ekologiya", "ekologik sayyohat etikasi" kabi tushunchalar tizimini taklif qilishadi. Ayniqsa, oxirgi tushuncha ahamiyatga molik. Uni jonli tabiatga, borilayotgan landshaftlarga, u yerda yashovchi kishilarga nisbatan hurmat kodeksi, deb sharhlanadi. Qozog'istonlik yana bir mutaxassis R.Xabiraxmonovning ta'kidlashicha, "ekoturizm alohida soha bo'lishi, uning rivojlanishi uchun esa alohida ko'riladigan hududlar va obyektlar, aynan qo'riqxonalar, milliy va tabiiy bog'lar, tabiat yodgorliklari, tarixiy-memorial bog'lar bo'lishi lozim". J.Aliyeva ham ekoturizm o'z rivojida alohida qo'riqlanadigan hudud resurslariga tayanishi lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, "ekoturizm" noyob va yo'qolib borayotgan hayvonlar, o'simliklar, ekotizimlar va tabiiy komplekslarni muhofaza qilishni; inson salomatligini ruhan va jismonan tiklashni; ekologik bilim va tarbiyani o'z ichiga

Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida ekoturizmning o'rni va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ko'plab qarashlar olg'a surilmoqda. Shu o'rinda, "O'zbekiston Respublikasida ekoturizmni rivojlantirishning ahamiyati nimalardan iborat?" degan savol tug'iladi. Buning bir necha asoslari bor: Birinchidan, xalqaro maqomdagi tashkilot va muassasalarning

ma'lumotiga ko'ra, ko'pgina turizm turlari yiliga o'rtacha 5 foizga ortib borayotgan bo'lsa, ekoturizm yiliga o'rtacha 20-30 foizga ko'payib bormoqda. Ko'pgina mutaxassis va tadqiqotchilarning ilmiy tajriba va xulosalari shuni ko'rsatmoqdaki, ekoturizm turizmning yangi va yosh yo'nalishi bo'lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik yo'nalishlarga nisbatan 2-3 barobar jadal kechmoqda; Ikkinchidan, O' zbekistonda turizmning tarixiy turizm, diniy turizm, madaniy turizm kabi turlari bo'yicha muayyan yutuq va tajribalar bazasi shakllandi; Uchinchidan, ayni paytda O'zbekistonda 800ga yaqin turizm faoliyatini ko'rsatuvchi turoperatorlik firmalari, 600ga yaqin mehmonxonalar, 30dan ortiq muhofazaga olingan hudud (qo'riqxona, milliy bog', nodir tabiat yodgorliklari va h.k.)lar, 60 ta o'rmon xo'jaliklari, faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, O'zbekistonda 400 dan ortiq tabiatning noyob yodgorliklari mavjud.

O'zbekiston ekoturistik resurs va imkoniyatlarga juda boy. Turoperatorlik firmalari tomonidan "Toshkent-Chorvoq-Toshkent", "Toshkent-Bildirsoy-Chimyon-Toshkent", "Toshkent-Zomin-Toshkent", "Toshkent-Aydarko'l-Toshkent" kabi marshrutlarda o'tkazilgan ekoturlar, cho'l hududlardagi tuyadagi sayr, nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo turistlarining katta e'tibor va e'tiroflariga sazovor bo'lmoqda. Tahlillarga ko'ra, ekoturizm xizmatlarini ko'rsatayotgan turoperatorlik firmalari asosan, Chimyon-Chorvoq rekreatsiya zonasi doirasida faoliyat ko'rsatmoqda xolos. Biroq, O'zbekistonning Hisor, Bobotog', Ko'hitangtog' (Surxondaryo), Chaqchar (Qashqadaryo), Nurota (Navoiy-Jizzax), Zarafshon (Samarqand), Turkiston (Jizzax), Oloy (Farg'ona), Qurama, Chotqol (Namangan) tog'lari, Qizilqum cho'lidagi qoldiq tog'lar, Qizilqum cho'li, Orol dengizining qurigan tubi va qodiq sho'r ko'llar, Ustyurt platosi, Borsa kelmas sho'rxogi, Mingbuloq botig'i, Aydarko'l, Dengizko'l, Amudaryo va Sirdaryo sohilidagi to'qaylar, Muruntov kareri va tabiatning noyob yodgorliklari bo'ylab majmuali va mavzuli ekoturlar tashkil etish to'laqonli yo'lga qo'yilmagan. O'zbekistonda o'ziga xos joziba va takrorlanmas manzaralarga boy bo'lgan speleoturizm (g'or turizmi) katta imkoniyatlarga ega. Ayni paytda O'zbekistonda 500dan ortiq g'orlar bo'lib, ma'lumotlarga ko'ra, yetarli turistik infratuzilmaga ega bo'lmaganligi sababli ularning birortasiga ham ekoturlar tashkil etilmayapti. O'zbekiston cho'llari va tekislik hudlarida barxan, dyuna, to'qay, sho'rxok, taqir, quduqlarni, shuningdek mahalliy cho'ponlar yashash tarzini namoyon qiluvchi o'tovlarni tomosha qilishga qaratilgan tuya sayrini tashkil etish katta imkoniyatlarga ega.

Katta Chimyon, Zomin, Chotqol, Ko'ksuv, Piskom, Turkiston, Hisor, Zarafshon, Oloy, Qurama, Nurota tog'larida piyoda, trekking turlarini hamda alpinizmni tashkil etishga tabiiy geografik shart-sharoit mavjud. Shuningdek, tog'lardan oqib tushuvchi ko'plab serostona va sharqiroq daryo va soylar (Ugam, Chotqol, Piskom, Ko'ksuv, To'polondaryo, Shoximardon, Sangzor, Zarafshon va h.k.)larda rafting turizmini

rivojlantirish imkoniyatlari katta. Ilmiy tadqiqot muassasalari va mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda ekoturizmning rivojlanish yo'nalishlari va istiqbollari tabiat qonuniyatlari va geotizimlar barqarorligi bilan bog'liq holda shakllanmoqda. So'ngi yillarda O'zbekistonda ekoturizmning ilmiy va metodologik asoslarini ochib berishga qaratilgan bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi, ilmiy va o'quv adabiyotlar nashr qilindi. An'anaviy ustoz-shogird tizimida ekoturizm va o'lkashunoslikning nazariy jihatlari o'rganildi. Ammo, bu boradagi tahlillar ekoturizm yo'nalishida tabiatni, geotizimlarni yaxshi biladigan, tabiatda va tabiatning ekstremal sharoitlarida guruhni boshqara oladigan, zurur bo'lganda birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish malakasiga ega bo'lgan bakalavr kadrlar tayyorlash dolzarbligini ko'rsatmoqda. Sababi, tarixiy turizm, diniy turizm, tibbiyot turizmi, madaniy turizm kabi turizm turlari asosan shahar joylarda, turistik infrastruktura va servis obektlari yetarli joylarda o'tkazilsa, ekoturlar asosan tabiat qo'ynida va geotizimlarda olib boriladi, aksariyat ekoturlar ekstremalligi bilan xarakterlanadi.

Shunday qilib, ekoturizm tizimi asosida turistik faoliyatning turli xillarda qo'llanilishi mumkin bo'lgan tamoyillar yotadi. Ular bilimni oshiradigan yoki sarguzasht sayyohatlari (piyoda, otda, suvda, tog'da, sayr va hokazo), talabalar 11 ta'tillari, ornetologik turlar, ilmiy turlar va ekspeditsiyalar, dam olish ekskursiyalari, bolalar dam olish maskanlari va hokazolarni o'z ichiga oladi. Ekoturizmga bo'lgan qiziqish haqiqiy turistik tajribaga hamda tabiatni qoriqlashga talab oshib borayotgani tufayli paydo bo'ldi. Yuqorida berilgan ta'riflarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, fikrimizcha, ekoturizm - bu, turizmning tabiiy, madaniy va ijtimoiy qadriyatlar bilan moslashadigan hamda tabiatning tabiiy muhitda uyg'unlashuvini targ'ib qiladigan va mahalliy aholining turmush tarzini o'zgartiruvchi maxsus sohasidir. Ekoturizmni rivojlantirishga sabab bo'ladigan asosiy omillar tabiatga sayyohat va uni muhofaza qilishni o'zaro birlashtiradi hamda shu tariqa atrofmuhit himoyasining iqtisodiy rag'bati bo'lib xizmat qiladi. Yana bir afzalligi shundaki, u yovvoyi tabiat bilan jamiyatning turli-tuman madaniy qadriyatlari orasidagi munosabatni yaxshiroq tushunish hamda bu haqda ko'proq axborotlar olish imkoniyatini beradi. Asosiy vazifa ekoturistik soha tijorat jihatidan o'zini oqlashi, ekologik jihatdan barqaror bo'lishi va madaniyatga nisbatan mas'uliyat bilan yondashuv mexanizmini yaratishdan iborat. Turizmni rejalashtirishga javobgar shaxslar, turoperatorlar, menejerlar, marketing sohasi xodimlari, ommaviy axborot vositalari "ekoturizm" atamasini ancha keng ma'noda ishlatib kelishdi. Natijada bu tushuncha qator turistik mahsulotlarga nisbatan qo'llanildi. Afsuski, ular mantiqan yuqorida bayon qilingan ta'riflarga to'liq mos kelmaydi.

"Ekoturizm" atamasining keng manoda qo'llanilishi baxslarga sabab bo'ldi va boshqa atamalar, masalan, "barqaror turizm", "minimal ta'sirli turizm", "hamkorlik asosidagi turizm", "mas'uliyatli turizm" atamalarining ishlatilishiga olib keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:O'zbekiston, 2003 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to'g'risida»gi PF-5308-son Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2018 yil 29 yanvar, 4-son, 68-modda.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan" Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so'zi, 2018 yil 19 yanvar.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lish kerak. - T.: O'zbekiston, 2017. - 31 b.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. // "Xorazm haqiqati" gazetasi. 2017 yil 18 yanvar. № 5 (19351).

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF - 4947-sonli Farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.