Научная статья на тему 'XIX АSRNING 40-YILLАRIDАN 1873 YILGА QАDАR АMАLGА ОSHIRILGАN HАRBIY EKSPЕDITSIYALАR: ХIVА ХОNLIGINING RОSSIYA IMPЕRIYASI TОMОNIDАN ZАBT ETILISHI'

XIX АSRNING 40-YILLАRIDАN 1873 YILGА QАDАR АMАLGА ОSHIRILGАN HАRBIY EKSPЕDITSIYALАR: ХIVА ХОNLIGINING RОSSIYA IMPЕRIYASI TОMОNIDАN ZАBT ETILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

2342
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xiva xonligi / harbiy-ekspeditsiya / general-gubernator fon Kaufman / Gandimiyon shartnomasi / Xorazm tarixnavislik maktabi / rus sharqshunoslik maktabi namoyondalari. / Representatives of Khiva Khanate / military expedition / GovernorGeneral von Kaufmann / the Treaty of Gandhimiyon / Khorezm School of History / Russian School of Oriental Studies.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dilafruz Atamuratova

Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligiga tashrif buyurgan harbiy-ekspeditsiyalar, ularning maqsadi, ular to’plagan materiallar xonlikni bosib olinishiga asos bo’lgani haqidagi fikrlar muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MILITARY EXPEDITIONS FROM THE 1840s TO 1873: CONQUEST OF KHIVA KHANATE BY THE RUSSIAN EMPIRE

In this article is discussed the idea that the military expeditions that visited the Khiva khanate in the second half of the 19th century, their purpose, and the materials they collected were the basis for the occupation of the khanate

Текст научной работы на тему «XIX АSRNING 40-YILLАRIDАN 1873 YILGА QАDАR АMАLGА ОSHIRILGАN HАRBIY EKSPЕDITSIYALАR: ХIVА ХОNLIGINING RОSSIYA IMPЕRIYASI TОMОNIDАN ZАBT ETILISHI»

XIX ASRNING 40-YILLARIDAN 1873 YILGA QADAR AMALGA OSHIRILGAN HARBIY EKSPEDITSIYALAR: XIVA XONLIGINING ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN ZABT ETILISHI

Dilafruz Atamuratova

Urganch davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligiga tashrif buyurgan harbiy-ekspeditsiyalar, ularning maqsadi, ular to'plagan materiallar xonlikni bosib olinishiga asos bo'lgani haqidagi fikrlar muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Xiva xonligi, harbiy-ekspeditsiya, general-gubernator fon Kaufman, Gandimiyon shartnomasi, Xorazm tarixnavislik maktabi, rus sharqshunoslik maktabi namoyondalari.

MILITARY EXPEDITIONS FROM THE 1840s TO 1873: CONQUEST OF KHIVA KHANATE BY THE RUSSIAN EMPIRE

Dilafruz Atamuratova

Urgench State University

ABSTRACT

In this article is discussed the idea that the military expeditions that visited the Khiva khanate in the second half of the 19th century, their purpose, and the materials they collected were the basis for the occupation of the khanate.

Keywords: Representatives of Khiva Khanate, military expedition, Governor-General von Kaufmann, the Treaty of Gandhimiyon, Khorezm School of History, Russian School of Oriental Studies.

KIRISH

XIX аsrning ikkinchi yarmidа Хivа хоnligi O'rtа Оsiyodаgi uch хоnlikning biri bo'lib, ijtimоiy-iqtisоdiy vа siyosiy jihаtdаn Qo'ng'irotkr sutoksi qo'l оstidаgi qudratli dаvlаtlаrdаn biri edi.

XIX аsrning bоshlаridа ing^ter hаr хil yo'llаr bilаn O'IIB Оsiyo хоnliklаrini Rоssiya bilаn bo'^n sаvdа vа iqtisоdiy аlоqаlаrigа putur еtkаzishgа hаrаkаt qilаdilаr. Ulаr XIX аsrning 20-yillаridа o'z mоllаrini O'tla Оsiyogа оsоnrоq o'tkаzish mаqsаdidа Hind dаryosi bo'ylаb sаvdо yo'li оchаdilаr. Hind dаryosining o'rtа sоhilidа

Doroi G'ozixon shahrida yarmarka ochib, O'rta Osiyo savdogarlarining diqqatini Rossiyaning Nijnenovgorod yarmarkasidan bu yarmarkaga tortmoqchi bo'ladilar[15]. Bu esa Rossiyaning xonliklar bilan iqtisodiy-savdo aloqalariga putur etkazardi. Shuning uchun ham Rossiya hukumati Perovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyani yuborish loyihasi bo'yicha komitet chaqiradi, unda ekspeditsiyani tashkil etishning asosiy sababi sifatida quyidagilar ko'rsatiladi: "Хevaliklarning, ayniqsa ingliz hukumati bizning sanoatimiz savdomiz zararini ko'zlab, o'z hukmronligini o'rnatish uchun intilishi natijasida uzoq vaqtlar jazolanmasliklari orqasida O'rta Osiyoda Rossiyaning bo'shashgan ta'sirini tiklash kerak" Bundan ko'rinadiki, Chor Rossiyasining yana bir harbiy ekspeditsiyadan maqsadi xonlikni zabt etish edi. M. Ivaninning yozishicha, bu yurishdan maqsad «Osiyoning uzoq o'lkalarida hayajon solish hamda rus nomiga hurmat tug'dirish, O'rta Osiyoga yo'l ochish, Rossiyaning savdo muomalalarining foydali bo'lishnni ta'min qilish va uni kengaytirish, Orol havzasi bilan tanishish, qozoqlarni itoat qilmaslikka chaqiruvchi hamda rus fuqarolarini asirlikka oluvchi, o'z bozoriga rus savdogarlarini kiritmoqchi, hattoki Rossiyadan yuborilgan elchilarini qabul qilmoqchi—O'rta Osiyoning Jazoiri itoatsiz Xivaning adabini berib qo'yish, rus asirlarini ozod etishga Xivani majbur etish va Yevropa olimlarining ko'p vaqtlardan beri boshlarini qotirgan Amudaryoni Kaspiy dengiziga yo'naltirish mumkin bo'lar-bo'lmasligi haqidagi jug'rofiy muammoni hal qilishdan iborat bo'lgan»[10]. Umuman olganda, yurishdan maqsad qo'shni xonliklarda Rossiya ta'sirini o'tkazishdan iborat bo'lib, Ost-Ind kompaniyasining O'rta Osiyoda o'rnashib qolishiga qarshi qilingan harbiy tadbir bo'lgan [5].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XIX asrning 40- yillaridan Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligini zabt etish maqsadida uyushtirilgan harbiy ekspeditsiyalar 1873 yili xonlikni bosib olish bilan tugaydi, bu davr tarixni yoritishda Xorazm tarixnavislik maktabi namoyondalari Munis va Ogahiy [22], Bayoniy [2], Laffasiy [16], Tabibiy [32], Bobojon Tarroh [1], A.Boltaev [3] hamda rus sharqshunoslari N.Murav'yov [23], P.P.Ivanov [11], N.I.Veselovskiy [32], M.I.Ivanin [10], L. Sobolev [31], V.Grishfehd [6] va M.N.Galkin [4], V.Lobachevskiy [17] va boshqa tarixiy asarlarga tayangan holda o'rganildi.

NATIJALAR

1839 yili V.Perovskiy Orenburg korpusi qo'shiniga buyrug' ida: "Qudratli va oliy himmatli buyuk davlatimiz Xivaning vasvasasiga ko'pdan bardosh berib kelmoqda edi. Olloh amri va podshohimiz farmoni bilan jangga borayotganlarga shon-

sharaflar bo'lsin. ...Sizning jahdu jadalingiz, tirishqoqlingiz va jasoratingiz yurishimizni g'alaba bilan tugallashga imkon beradi. ...Rossiya qo'rs va makkor qo'shnimiz - Xivani birinchi marta jazolash uchun bormoqda. Ikki oydan keyin xudo xohlasa Xivada bo'lamiz. Xiva poytaxtida birinchi marta but va rus injili oldida ruslar o'z podshohi va vatani uchun baland ovoz bilan samimiy ibodat qiladilar"[4], - deb maqtanadi. Bu ekpeditsiya muvaffaqqiyatsiz tugadi, Oqbuloq istehkomida V.Perovskiy Xiva ekspeditsiyasini to'xtatishga buyruq berdi [36]. Ushbu ekspeditsiyaning natijalari Rossiyaning foydasiga bo'lmagani sabab, Xiva xonligi bilan aloqalarni davom ettirish maqsadida kapitan P.A.Nikiforov boshchiligidagi elchilik missiyasi jo'natiladi. Nikiforovning Perovskiy ekspeditsiyasida qatnashganligi Rossiya hukumati uchun ayni muddao edi. Uning zimmasiga Xiva xonini rus qo'shinlari tomonidan Sirdaryoning quyi qismini ishg'ol qilish masalasida betaraf turishga, Sirdaryoning shimolidagi yerlarni va Kaspiy dengizining sharqiy qirg'og' ini Rossiyaga tobe deb e'tirof etishga hamda Rossiya qaramog' idagi qozoqlarga hujum qilmaslik, ularning ichki ishlariga aralashmaslikka ko'ndirishdan iborat edi [25]. Nikifirov bilan birga ikki nafar topograf - Petrov va Chelpanov[36] lar ham ushbu missiyada qatnashgan. Bu ekspeditsiya xonlikka qanday borgani, qolaversa nimalar qilganligi haqida yozma manbalar deyarli yo'q [36]. Bu missiyaning Rossiya uchun natijasi o'laroq V.Nabiyev boshchiligidagi 16 kishilik elchilar tashrifi bo'ldi. Nabiyev boshchiligidagi elchilik karvoni Peterburgda ikki oy davomida bo'lishadi, bu elchilik missiyasiga javoban, V.Perovskiy tavsiyasi bilan, Xivaga podpolkovnik G.Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasi tashrifi amalga oshiriladi.

Bu missiya 1842 yilning 19 oktyabridan 31 dekabriga qadar Xivada bo'lgan bo'lib, 27 dekabrda imzolangan shartnomada quyidagilar aks etgandi:

Rus savdo karvonlarining qarshiliklarsiz xonlikka kirishi, ularni qaroqchilardan himoya qilish, Kaspiybo'yidagi baliq ovlash bilan shug'ullanuvchi ishchilarni asirga olmaslik;

- Rus savdogarlargi Xiva, Ko'hna Urganch, Xonqa, Xazorasp kabi hududlarda ochiq savdo ishlarini olib borish huquqini berish;

- Xonlik savdogarlariga Orenburg karvonsaroylarida alohida joy ajratilishini ta'minlash;

- Umumiy chegaralar - Sirdaryo va Ust-Yurtdan o'tuvchi - ga aniqlik kiritish kabi masalalar o'z yechimini topdi, biroq Danilevskiy va Rossiya hukumati uchun asosiy hisoblangan, Rossiyaning siyosiy agentini xonlikda faoliyatini ta'minlash masalasi xonlik tomonidan inkor etildi. Danilevskiyning, hatto, siyosiy emas, balki savdo-sotiq masalalari bo'yicha Rossiya hukumatining agenti [36] xonlikda faoliyat olib borishi bo'yicha ham taklifi qat'iy rad etildi.

Eron hukumatining Rossiyaga qilgan murojaatiga ko'ra, Olloqulixonni Xiva xonligidagi eron asirlarini ozod qilishga ko'ndirish.

Aytib o'tilgan vazifalardan tashqari, general-adyutant

Perovskiy G. I. Danilevskiyga Xiva xonligidagi yo'llarning Xiva va boshqa shaharlarning harbiy topografik syomkalarini olish to'g'risida maxfiy topshiriq bergan [36].

N. Zalesovning yozishicha, muzokaralar davomida Rahimqulixon G. I. Danilevskiyning Xiva xonligidagi Eron asirlarini ozod etish haqidagi talabini rad etgan. Shuningdek, xon rus savdo agentining Xivada qolishiga mutlaqo rozi bo'lmagan. Savdo-sotiq bo'yicha Danilevskiy missiyasi bir qator yengilliklarga ega bo'lgan bo'lsa-da, Rossiya hukumatining xonlikka nisbatan do'stligiga o'zini ishontirish va Angliyaning ta'sirini susaytirish kabi vazifaning uddasidan chiqa olmadi.

Sayid Muhammad hukmronligi davrida navbatdagi elchilik missiyasi 1858 yilda amalga oshirilgan, unga polkovnik N.Ignatyev boshchilik qiladi. Bu missiya tarkibiga bir qator kartograflar, fotograflar hamda orientalistlar jalb qilingandi. N.Ignatyev o'z esdaliklarida aynan ushbu missiyaga alohida to'xtalgan. N. Zalesov Xiva xonligi bilan Rossiya o'rtasidagi diplomatik aloqa to'g'risida, ya'ni N. Ignatyev missiyasi haqida 1871 yili «Russkiy Vestnik» jurnalida nashr etilgan maqolasida N. Ignatyevning Xiva xonligiga kelishi, missiya sostavi, N. Ignatyevga topshirilgan vazifa, Xiva xoni bilan olib borilgan muzokaralar haqida ko'pgina ma'lumotlar beradi [24]. P. Nazarov bu ekspeditsiya haqida ba'zi ma'lumotlarni keltiradi, jumladan, O'rta Osiyoga yuborilgan elchilik missiyalari orasida eng katta tarkibdan iboratligi, bu hay'atda missiya boshlig' idan tashqari turli sohaga mansub bo'lgan 16 mutaxassis bo'lganligini aytadi [26]. Bu ekspeditsiya asosan harbiy nuqtai nazardan xonlikka jo'natilgan edi [36]. N. Ignatyev ekspeditsiyasi haqida ushbu missiya qatnashchisi Е. Kliveyn ham bir qator ma'lumotlarni keltiradi [12]. Ekspeditsiya zimmasiga bir qator vazifalar topshirilgandi, N.Ignatyev 1858 yilning 2 avgustida xon qabulida Rossiya hukumatining "talablari" aks etgan xatni topshiradi. Unda quyidagilar keltirilgandi,

- Chor hukumatiga qarshi dushmanlik kayfiyatida bo'lmaslik, xonlik chegaralarida yashovchi turkman, qirg'iz va qoraqalpoq urug' larida Rossiya hukumatiga qarshi dushmanlik kayfiyatiga yo'l qo'ymaslik;

- Rossiya fuqarolariga nisbatan talonchilik, o'g'irlik yoki ularni asirlikda saqlash kabi holatlarga yo'l qo'ymaslik, agar xolikka bo'ysunuvchi qabilalar tomonidan rus fuqarolariga nisbatan yuqoridagi xatti-harakatlar amalga oshirilsa, aybdorlarni zudlik bilan jazolash, o'g'irlangan mulklarni Rossiya hukumatiga topshirish;

- Xiva qo'l osidagi yerlarda yashovchi har qanday Rossiya fuqarosi mol-mulkining xavfsizligi va saqlanishiga javob berishi, shuningdek Rossiyaga boruvchi va qaytayotgan rus karvonlariga nisbatan zo'ravonlik va kamsitishga yo'l qo'ymaslik; Xiva xonligida yashayotgan rus fuqarosi vafot etgan taqdirda uning mol-mulki merosxo'rlariga qaytarilishiga erishish;

- Rossiya kemalarining Amudaryo bo'ylab erkin suzishiga ruxsat berish;

- Rossiya savdogarlari tomonidan xonlik hududiga kirib keladigan tovarlarga ushbu tovarning haqiqiy qiymatidan 2,5% dan yuqori bo'lmagan doimiy boj o'rnatilishi va bu bojning rus savdogarlariga og'ir botmaydigan ya'ni ularning sotilish narxlariga mos keladigan holda bir martalik qilib o'rnatish;

- Savdo-sotiqning borishi va rus fuqarolarining manfaatlari uchun Xivada rus savdo agentligining doimiy faoliyat olib borishiga ruxsat berish [8].

Lekin bu ekspeditsiyaning asl maqsadi iloji boricha josuslik qilib xonlik haqida ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lish edi. Bunga hatto N.Ignatyevning o'zi ham iqror bo'ladi [25]. Bu talablar Xiva xoni tomonidan rad etiladi. N. Ignatyevning yozishicha, Xiva xonligining savdogarlari va Buxoro amiri Xiva xonidan rus kemalarining Amudaryoga kirishiga ruxsat bermaslikni talab qilganlar [24]. Asosiysi bu ekspeditsiya keyinchalik harbiy maqsadlarda qo'l kelishi mumkin bo'lgan, Xivaga Orol va Amudaryo orqali ham kirib borish mumkinligini bilib oladilar [29]. Ekspeditsiyadan maqsad aynan shu ekanligini N. Ignatyev esdaliklarida qayd etadi, - «Missiya o'z oldiga qo'ygan asosiy maqsadga erishdi, ya'ni bizning Amudaryoda olib borgan topografik syomkalarimiz juda muvaffaqiyatli chiqdi» [8]. Yoki Veselovskiy tili bilan aytganda "Rossiya Xivaga yurish uchun qulay yo'l topib olgandi" [29].

Rossiya hukumati elchilar bilan bir qatorda 1850 yillardan boshlab Xiva xonligi chegaralariga qator maxsus harbiy ekspeditsiyalar yuborib, ular orqali ko'plab harbiy maqsaddagi razvedka va tekshiruv ishlarini amalga oshira bordi [29]. 1869 yili hozirgi Krasnovodsk shahrining o'rnida polkovnik Stoletov rahbarligida qal'a bunyod etildi [36]. Stoletov boshchiligidagi otryad Xiva xonligiga olib boradigan yo'llarni xavf xatardan tozalash ishlarini olib bordi. Jumladan, bu ekspeditsiya tomonidan nafaqat Krasnovodsk, balki Mixaylovsk, Mulla-qara hamda Tash-Arvat qal'a kabi fortlar ham barpo etiladi [29].

Xolikka to'laqonli bosqinchilik yurishlari XIX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirildi. Rossiya hukumatida xonlikka qarshi harbiy harakatlarni boshlash yuzasidan kelishmovchiliklar bo'lib, Harbiy ishlar vaziri D.A.Milyutin Markaziy Osiyoga nisbatan harbiy harakatlarni tezkorlik bilan boshlash tarafdori bo'lsa, Tashqi ishlar vaziri, vitse-kansler knyaz A.M. Gorchagov ingliz-rus munosabatlarining keskinlashuviga yo'l qo'ymaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilish tarafdori edi.

Sabab, Amudaryo va Sirdaryo orasidagi hudud bilan nafaqat Rossiya hukumati, balki Hindistonning xavfsizligi lozunggi bilan o'z harbiy rejalarini yashirayotgan Angliya hukumatining ham qiziqishi ortgan edi [27].

1865 yili o'g'li Muhammad Rahim II Feruz taxtga o'tirdi. Xiva xonligini uzoq vaqt boshqargan xonlardan biri - Sayid Muhammad Rahimxon II bo'lib, u 47 yilu 15 kun davomida xonlikni idora etdi. Asli ismi Bobojon to'ra bo'lgan, Feruz 1845 yili navro'z ayyomida Xorazm xoni Sayid Muhammadxo n xonadonida tug'ilgan. Bobojon to'ra otasining vafotidan so'ng, o'n to'qqiz yoshida Xiva taxtiga ko'tarildi. Ushbu davr tarixini tadqiq qilish jarayonida Muhammad Rahimxon II Feruzning Xivada hukmronlik qilgan davrlarini ikki bosqichga ajratib o'rganish maqsadga muvofiq. Muhammad Rahimxon II Feruz hukmronligining birinchi davri, ya'ni 1864-1873 yillar mustaqil xonlik qilgan davridir. Ikkinchi davri esa, ya'ni Rossiya bosqinidan keyingi mustamlakachilik davri bo'lib, 1873 yil 12 avgustdan 1910 yilning 15 avgustigacha, 37 yil qaramlik davrini qamrab oladi [21].

Sayid Muhammad Rahimxon davrida Kaspiy dengizi bo'ylarida qozoqlar tomonidan ruslarni asirga olib, xonlikda sotish ishlari birmuncha jonlanadi [36].

1870 yili Mang'ishloq manzilgohidagi bir guruh rus askarlari va qozoqlar o'rtasida bo'lib o'tgan to'qnashuvdan so'ng asir olingan bir necha rus askari Xivada sotib yuboriladi. Shu munosabat bilan Orenburg general-gubernatori chiqlik qabilasiga mansub Zoyir Turlubekovni asirlarning bo'shatilishini so'rab Xivaga yuborgan [34]. Xon elchini mulozamat bilan kutib oladi. Asirlarni ozod etishini ma'lum qiladi hamda o'z elchisi Bobo Ernazar Qobilov boshchiligida javob elchilar missiyasini jo'natadi.

Rus arxiv ma'lumotlariga ko'ra, 1872 yil 12 martda elchi Orenburgga kelgan. Bu yerda elchi xonning imperatorga va devonbegining Orenburg general-gubernatoriga yozgan xatlarini ma'lum qilib, Peterburgga borishi lozimligini bildiradi. Ammo Tashqi ishlar vazirligining ko'rsatmasiga binoan elchining so'rovi rad etiladi [35].

Elchi Orenburg harbiy ma'maruiyatining vakili bilan suhbatda Rossiya bilan xonlik o'rtasidagi chegaraga doir masala haqida gapirganda, rus hukumati asirlar ozod qilinganidan keyingina muzokara olib borishi mumkinligini bildirgan [35]. Bu elchilikka javoban Davlat To'ra ibn Bushay To'ra otliq elchi sifatida keldi. Bu elchi aslida 1869 yilning oxirida K.Kaufman tomonidan yuborilgandi [36].

1870-1872 yillarda general-gubernator fon Kaufman Rossiyaning navbatdagi bosqinchilik harakatlarini amalga oshirish uchun Peterburg tomonidan ruxsat berilishini kutdi [14]. 1873 yilning boshlarida Badaxshon Afg'oniston tarkibiga qo'shib olingach, Britaniya va Rossiya o'rtasidagi chegaralar sifatida Panj va

Amudaryo tan olindi. Londonni tinchlantirish maqsadida diplomat P.A.SHuvalov Rossiya hukumati Xiva xonligini bosib olish niyatida emasligini bildiradi. Ayni paytda xonlikni zabt etish rejasi tayyor va harbiy ekspeditsiyani boshlash to'g'risida sanksiya ham qabul qilingandi. Ya'ni, 1872 yilning dekabrida imperator Aleksandr boshchiligida o'tkazilgan maxsus yig'ilishda xonlikni bosib olishga ruxsat etildi. U yerga uch tomondan, ya'ni Toshkent, Orenburg, Krasnovodskdan harbiy yurish uyushtirish haqida ko'rsatma berildi [36].

1870 yilda K.Kaufman xonlikka qarshi ochiq harbiy tayyorgarlikni boshlaydi, lekin Tashqi ishlar vazirligining bosimi bilan bu harakatlarni vaqtinchalik to'xtatadi. 1870 - 1871 yillarda Makrozov va Stoletov boshchiliklaridagi harbiy ekspeditsiyalarning Sariqamishgacha bo'lgan masofada olib borgan harbiy razvedkalari materiallari va 1872 yili Lomakin otryadi tomonidan Mang' ishloq yarim orolida katta ko'lamda o'tkazilgan harbiy razvedka ishlari ularning Xiva yurishida sahro operatsiyalarini amalga oshirishlariga qo'l kelgan [33].

Krasnovodskka Stoletov o'rniga podpolkovnik V.Markozov tayinlanganidan so'ng, u Xiva chegaralariga va Kavkazorti o'lkasinig janubiy qismini nazorat qilish uchun Atrek daryosining quyi oqimi tomon yuradi. 1871 - 1872 yillardagi razvedka ishlari Xivani Rossiya talablarini bajarishga majbur qilish maqsadida amalga oshirilgan harbiy kuch-qudratining namoyishiga o'xshardi. Bu vaziyatda Muhammad Rahimxon II qo'shin to'plashga farmoyish berdi va maslahat uchun Mang'ishloq turkmanlari eshoni Nur-Muhammadga murojaat qiladi. Bu maslahat natijasi o'laroq xonlik tomonidan navbatdagi elchilik missiyasi yo'lga chiqadi.

1872 yilning 15 fevralida elchilar Aleksandrovsk fortiga yetib keldilar, xonga bu yerda rus asirlarini ozod qilish talabi qo'yiladi, bu talab qat'iy inkor etiladi va Kaspiyorti viloyatiga Xiva xonligi Rossiya "talablarini" bajarmaguncha xonlikdan elchilar qabul qilinmasligi haqida buyruq beriladi. Xonlik tomonidan yuzaga kelgan qaltis vaziyatni yumshatish harakatlari hech qanday natija bermaydi. 1873 yilning qishi va bahorida Xiva xonligiga qarshi hal qiluvchi urush harakatlarini boshlashga ruxsat beriladi [7].

Garchi dekloratsiyada Xiva xonligiga qo'shin tortishdan maqsad rus asirlarini ozod etish, savdo aloqalarini normal holatga keltirishdan iborat edi, deyilgan bo'lsa ham, ammo yurishdan asosiy maqsad Xivada Rossiya ta'sirini o'rnatishdan iborat edi. Rus asirlarini ozod etish masalasi harbiy yurish uchun qilingan bahona edi, xolos [24].

1872 yilning oxirlarida V.Markozov xonlikka qarshi harbiy tayyorgarlik ishlarini boshlab yuboradi [19]. 1872 yilning 12 sentyabrida polkovnik V.Markozov qo'mondonligida 1700 kishilik askar 14 to'p bilan Mang'ishloqdan chiqib, 25 sentyabrda Topitogga kelgan. Ruslar yo'lda Xivadan Atrek tomon ketayotgan savdo

karvonini talab, ko'p tuya va qo'ylarni o'lja olganlar. Bir rus harbiy qismi Xivaga boradigan yo'llar sharoitini o'rganish uchun Jamol qudug' iga kelganda 600 kishilik Xiva otliqlari bilan to'qnashgan. Bu to'qnashuvda ruslar 150 tuyani qo'lga tushirishgan. Rus askarlariga 1000 otliq turkmanlari hujum qilganlarida ulardan ko'p kishi o'ldirilgan, bosqinchilardan esa 4 kishi o'ldirilib, 6 kishi yarador bo'lgan [36]. Bundan, ochiqchasiga rus askarlarining xonlikka qarshi kurash uchun zahiralarini talon-tarojlik yo'li bilan g'amlab boshlashganini ko'rish mumkin.

MUHOKAMA

1873 yilning bahorida tarkibi Turkiston, Orenburg va Kavkaz harbiy okruglari otryadlaridan iborat 4 ta tayanch punktidan Xiva xonligiga qarshi qo'shin yo'lga tushadi:

1) Turkiston (general fon Kaufman) - 22 rota, 18 yuztalik va 18 to'p -Toshkentdan;

2) Orenburg (general Veryovkin) - 15 rota, 8 yuztalik va 8 to'p - Orenburgdan;

3) Mang'ishloq (polkovnik Lomakin) - 12 rota, 8 yuztalik va 8 to'p;

4) Krasnovodskdan (polkopnik Markozov) - 8 rota, 6 yuztalik, 10 to'p -Krasnovodskdan [18].

Chor Rossiyasi Xiva xonligiga qarshi 13 ming kishilik harbiy qo'shin va 36 to'ni jalb etdi [27]. Yana bir manbada harbiy harakatlarda 9 ming askar qatnashganligi qayd etiladi [9]. 1873 yil aprelining birinchi yarmida Lomakin boshchiligidagi Mang' ishloq otryadi yo'lga chiqib, 14 mayda Qo'ng'irotni jangsiz olgan. V.Markozov otryadi Xiva xonligini bosib olishda ishtirok etmaydi. Suvsizlik sabab otryad Krasnovodskga qaytishiga to'g'ri keladi.

1873 yil 15 fevralda Veryovkin boshchiligida Orenburg qo'shini yo'lga chiqib, 20 aprelda Orol dengizi qirg'og'iga kelib o'rnashadi, 20 mayda Qo'ng' irotga yetib kelishadi va Mang'ishloq harbiy qismlari bilan qo'shilishib yo'lni davom ettiradilar [20].

Turkiston okrugida ikki kolonna tuzildi: Jizzax va Kazalinsk. Yurishga K.P. fon Kaufman boshchilik qilgan, harbiy harakatlarni mayor Golovachyov qo'mondonligidagi Jizzax kolonnasida amalga oshirgan. Kazalinsk kolonnasiga polkovnik Golov qo'mondonlik qilgan [14].

Rossiya hukumati xonlikka qarshi urush ochgani sabab Muhammad Rahimxon II bu yurishni bartaraf etish uchun mashvarat chaqirib, jami 21 kishidan iborat bo'lgan rus asirlarini ozod etish va ularni Murtazaboy Hojiga topshirib fon Kaufmanga topshirish haqida buruq beradi. Asirlarni olib yo'lga chiqqan Murtazaboy Hoji

Kazalinsk tomon yo'lga tushadi, Nurotaga borganda fon Kaufman qo'shiniga duch keladi [36], biroq xonlik tomondan qilingan bu harakat kutilgan natijani bermaydi.

Xiva xoni va uning mulozimlari Amudaryo va xonlikka Qizilqum va Turkiston tarafdan kirib kelishning iloji yo'q deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham faqat shimoliy chegaralarda, aynan Oq-qal'a va Dov-qal'a yonida mudofaa qal'alari bunyod etildi. Janubiy va g'arbiy chegaralarda hech qanday mudofaa qal'alari bunyod etilmadi [33].

Chor qo'shinlarining bosqini arafasida navkarlik xizmati uchun vaqtida ish haqi bermagani sabab xonlik sarbozlari tarkibida yovmutlar bo'lmagan [33].

Xonlik askarlari bir va ikki stvolli miltiq, revolver va qilichlar bilan qurollangandi [30].

Xon Muhammad Murod devonbegi qo'l ostidagi askarlarga Mahmud Yasovulboshi va Yoqubboy qalmoq singari lashkarboshilarni qo'shib, Kaufman kelayotgan tomonga, ya'ni sharqqa jo'natadi. Eltuzar inoq bilan Bobo Muxtorni 6000 askar bilan shimolga - Qo'ng'irotga yuboradi. 2000 kishilik askarlar amir To'ra va Muhammad Rizo boshchiligida Hazoraspga jo'natiladi. Inoqbek degan kishiga biriktirilgan qo'shin esa Xo'jayliga boradi.

Chor qo'shinlari yaqinlashgani sari xolikning qarshi harakatlari Rossiya tarafdorlari va raqiblari o'rtasidagi o'zaro ichki kelishmovchiliklar sabab susaya boshladi [27].

Hattoki, ruslarning shiddat bilan bostirib kelishi yuqori tabaqa vakillarini vahimaga solib qo'yishi orqasida ularning orasida taslimchilik kayfiyati tobora oshib bordi. Gurlan hokimi Mahmudbek boshliq nufuzli kishilar general Veryovkin huzuriga borib, Rus davlatiga ixtiyoriy ravishda bo'ysunishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildilar [36].

1873 yil 23 mayda Turkiston otryadi Xazoraspni zabt etdi. Kaufman va Veryovkin qo'shinlari may oyi oxirlarida poytaxtga yaqinlashdi. 26-28 may kunlari Veryovkin va Xiva qo'shinlari o'rtasida jangovar harakatlar bo'lib o'tadi. 28 mayda xon Matmurod devonbegi hamrohligida poytaxtni tark etdi va birlashgan chor qo'shinlari tomonidan Xiva zabt etildi.

XULOSA

1873 yilning 12 avgustida Gandumuyon sulh shartnomasi imzolanadi. Sulh shartlari Xiva xonligini mustaqilligini barbod etish bilan birga, urush tufayli, og'ir sharoitga tushib qolgan xalqning ahvolini yanada og' irlashtiradi. Shartnomaga ko'ra, Xiva xonligi Rossiya imperiyasiga qaram bo'lib qoldi. Shartnomaning I bandiga binoan, Xiva xoni o'zini «Rusiya imperatorining vafodor tobei deb bildi». Ushbu sulh

shartnomasi matni ruslar tazyiqi ostida shoir va davlat arbobi Polvon mirzaboshi -Komil Xorazmiy tomonidan tuzildi. Bu sulh shartnomasi 18 moddadan iborat edi [28]. Mazkur shartnoma ikki tilda turkiy yozuvidagi o'zbek tilida va rus tillarida yozilgan. «Gandimiyon shartnomasi» haqida Xiva tarixnavislari qo'lyozma asarlari va boshqa tadqiqot ishlarida ma'lumotlar berilgan [2].

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan harbiy "ekspeditsiyalar" orqali "do'stona" munosabatlarni o'rnatish bo'yicha amalga oshirilgan Rossiya hukumati siyosatining bosh maqsadi - uchinchi urinishda bo'lsa ham Xiva xonligini zabt etish edi.

REFERENCES

1. A3rooB Бoбoжoн Tappox - Хoдим. Xopa3M нaвoзaндaлaри. -Т.: Адабиёт Ba сaнъaт, 1998.

2. Бaёний. Шaжapaи Хopaзмшox,ий. // Кулёзма Уз ФА ШИ. - № 9596

3. Бoлтaeв А. Xopa3M тapиxигa oид хужжатлар // Кулёзма. УзФА ШИ. - № 9320.

4. Галкин М.Н. Этнoгpaфичeскиe и исторические мaтepиaлы no Средней Азии и Оренбургсгаму краю. С.Пб., 1869, С. 19.

5. Г o л o с o в Д . Пoxoд в Хиву в 1839 г. oтpядa русскнх bo^k пoд нaчaльствoм гeнepaл-aдютaнтa Пepoвскoгo. «Вoeнний Сбopник», 1863. С.70.

6. Гришфельд В., Галкин М.Н. Вoeннoгo - стaтистичeскoe oписaниe Хивaнскoгo oaзисa. Ч 11. -Т., 1903.

7. Гpoдeкoв Н. И. Хивинский пoxoд 1873 года. Действия кавказских oтpядoв. Издание редакции ист. журн. «Русская старина». С. 7-10.

8. Игнатьев Н. Миссия в Хиву и Бухару в 1858 году. С.-Петербург. Гoсудapствeннaя тишграфия. 1897 г. С.135-136.

9. «Инженерный журнал», 1874, №1. Шуниндек, Зиёев X,. Туркистонда Po^M тaжoвузи ва xукмpoнлигигa карши кураш.(ХУШ-ХХ аср бoшлapи ). Т., Шарк. 1998. Б.314.

10. И в а н и н М. Опнсанне знмняго пoxoлa в Хнву в 1839—1840 гг. С.156.

11. Ивашв П.П. Архив Хивинских хашв XIX в. Л.: Изд. ^с.публ. библштеки. 1940.

12. Кливейн Е. Отрь^к из путешествия в Хиву и нетюрые пoдpoбнoсти bo время правления Саид Мухаммед хана в 1856—1860 гг.

13. Гришфельд В., Галкин М.Н. Вoeннoгo - статистичес^е oписaниe Хивансгаго oaзисa. Ч 11. -Т., 1903.

14. Кочнев А.В. Политика Росси в отношении Хивинского ханства в начале XVIII - второй половине XIX в. Дисс.на соискание ученой степени кандидата исторических наук. Екатеринбург. 2018. С.151.

15. Кушева. Е.Н. Среднеазиатский вопрос и русская буржуазия в 40 гг. XIX в. «Исторический сборник», № 3, 1934 г. С. 135-137.

16. Лаффасий. Хива шоир ва тарихчиларининг таржимаи холлари // Кулёзма. (Абдулло Болтаев авлодлари кулида сакланаётган нусха).

17. Лобачевский В. Хивинский район. Т., 1912.

18. Логофет Д. Н. Завоевание Средней Азии // История русской армии и флота: в 15 т. / ред. А. С. Гришинский, Н. С. Никольский. М., 1913. Т. 3. С. 128.

19. Маркозов В. Красноводский отряд. Его жизнь и служба со дня высадки на восточный берег Каспийского моря по 1873 г. включительно. СПб., 1898. С. 151.

20. "Масковские ведомости", 1873, № 155. Шуниндек, Зиёев X,. Туркистонда Россия тажовузи ва хукмронлигига карши кураш.(ХУШ-ХХ аср бошлари ). Т., Шарк. 1998. Б.313.

21. Матякубова М.М. XIX асрнинг иккинчи ярми - XX асрнинг бошларида Хива хонлигида китобат ва кутубхона тарихи. Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. Урганч. 2008. Б.29.

22. Мунис., Огахдй. Фирдавс ул-икбол // Кулёзма. УзФА ШИ.- № 821

23. Муравъёв Н.Н. Путешествие в Туркмению и Хиву 1819 -1820 г. гвардейского Генерального Штаба капитана Николая Муравьёва. Посланного в сию страну для переговоров.Ч.1-2.- М., 1822.

24. Мухамеджанов А.Р., Нигматов Т. Бухоро ва Хеванинг Россия билан муносабатларига доир баъзи манбалар. Узбекистон ССР ФА нашриёти. Т. 1957. Б.169.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

25. Узбекистоннинг янги тарихи. Т., 1-китоб. Шарк. 2000. Б.56

26. Назаров П. Воспоминания о степном походе в ханстве в Хиву и Бухару. «Военный Сборник», 1864. т. XXXVI, II булим, 375—390-бетлар.

27. Никитенко Г.Н. Хива под протекторатом Российской империи. Обшественные науки в Узбекистане. Т., "Фан".№ 7-8.С.33

28. Правителственный вестник, 1873. - № 300.

29. Кушжонов О., Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар ва харакатлар. (XIX аср иккинчи ярми - XX аср биринчи чораги). "Abu Matbuot-Konsalt" MChJ. T. 2007. Б. 35.

30. Россия и Хива в конце XIX - начале XX века. М., 1969. С.24Серебренников. А.Г. Туркестанский край. Сборник материалов для истории его завоевания. Тошкент, 1912, том I, С.33

31. Сoбoлeв Л. Обзop дoступoв к Хивинскoму ханству и краткие сведения o нём. // ВС. - № 5. 1873.

32. Taбибий.Taвopиx aл-xaвoнин // Кулёзма.(К. Худoйбepгaнoв кутубxoнaсидa сакланаётган нусхаси).

33. Туркестанский сбopник, Т. 150 т. С.110

34. ЦГВИА, ф. 400, д.1872, л.56.

35. ЦГВИА, ф. 400, д.1872, л.75.

36. Зиёев X. Туркистонда Poссия тaжoвузи ва x^^po^OTOTa карши кураш. -Т.: Шарк, 1998. - Б. 313-332.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.