Научная статья на тему 'Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan mustamlakachilik siyosati'

Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan mustamlakachilik siyosati Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
17470
1057
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
mustamlakachilik / general gubernatorlik / ma’muriy idora / nizom / Colonialism / general governorship / administrative office / charter

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nishonova Charos Saxijonovna

Maqolada Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va sabablari, mustamlakachilik siyosatining mazmun-mohiyati, O’rta Osiyoda boshqaruvidagi nizomlar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE COLONIAL POLICY OF THE RUSSIAN EMPIRE IN CENTRAL ASIA

The article provides information about the occupation of Central Asia by the Russian Empire and its causes, the essence of the colonial policy, regulations on governance in Central Asia

Текст научной работы на тему «Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan mustamlakachilik siyosati»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA OSIYODA OLIB BORGAN MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI

Nishonova Charos Saxijonovna 36-sonli umumta’lim maktabi

Namangan viloyati Pop tumani

Annotatsiya: Maqolada Rossiya imperiyasining O ’rta Osiyoni bosib olishi va sabablari, mustamlakachilik siyosatining mazmun-mohiyati, O’rta Osiyoda boshqaruvidagi nizomlar haqida ma’lumot berilgan.

Kalitso’zlar: mustamlakachilik, general gubernatorlik, ma’muriy idora, nizom.

THE COLONIAL POLICY OF THE RUSSIAN EMPIRE IN CENTRAL ASIA

Nishonova Charos Saxijonovna School №36, Pop district, Namangan region

Annotation: The article provides information about the occupation of Central Asia by the Russian Empire and its causes, the essence of the colonial policy, regulations on governance in Central Asia

Key wods: Colonialism, general governorship, administrative office, charter

Mustaqillika erishganimizdan so’ng barcha sohalar qatori ilm-fan madaniyat, san’at va tariximiz ham o’zining asl qiyofasini tikladi. Ko’p asrlik tariximiz o’zining mazmun-mohiyatini haqqoniy aks eta boshladi. Milliy madaniyatimiz ajralmas qismi hisoblangan urf - odat an’analarimiz va buyuk ajdodlarimiz nomi oqlandi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “ O’tmishi buyuk xalqni yengib bo’lmas ekan, demak biz xalqimizni haqqoniy tariximiz bilan qurollantirishimiz kerak”degan fikri ahamiyatlidir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 17-fevral kuni qabul qilingan “Harakatlar Strategiyasi” to’g’risidagi maxsus farmonning to’rtinchi ustuvor yo’nalishida ham aynan ilm- fan, madaniyatni rivojlantirishga oid maxsus boblar ajratilgan. Prezdentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek “ Xalq tarixi unitilmaydi u urf-odat, an’analarda xalqning kundalik turmushida saqlanib qoladi” shunday ekan xalqimizning haqqoniy tarixini yoritish muhimdir. Shu o’rinda Rossiya imperiyasing O’rta Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati ham alohida masaladir

XIX asr oxirlariga kelganda Rossiya Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lib qoldi. Uning territoriyasi (taxminan 16 mln.kv.km) shimolda Barens

г<м

279

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

dengizidan tortib, januda Kavkaz va Qora dengizgacha, g‘arbda Boltiq dengizidan tortib, sharqda Tinch okengacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan edi.

Rossiya xalqlari o‘zlarining mehnati va qahramonona kurashi bilan qudratli davlat barpo qildilar, ilgari hech kim yashamagan ko‘p yerlarni o‘zlashtirdilar, jahon tarixi va madaniyatiga buyuk hissa qo‘shdilar.

Rossiya territoriyasida iqlim sharoiti juda xilma-xildir. Mamlakat Yevropa qismining shimolida hamda Sibirda sovuq qutb iqlimi hukum suradi, ya’ni qish qattiq va uzoq vaqt davom etadi, yoz esa juda qisqa bo‘ladi. Rossiyaning o‘rta mintaqasida iqlim mo‘tadil bo‘lib, janubiy rayonlarda esa iliqdir. Rossiyada o‘rmonlar, daryo va ko‘llar juda ko‘p. Janubda bepoyon cho‘l-adirlar cho‘zilib ketgan bo‘lib, bu yerlarda aholi kam yashaydi.

Rossiyaning aholisi XIX asr davomida ko‘paya borib, 11 million kishidan 36 million kishiga yetdi. Rossiya aholisining yer jihatidan Yevropadagi yirik mamlakatlardan biri bo’lib qoldi. Bu vaqtda Fransiyada 27 million kishi, Angliyada esa mustamlakalarni hisoblamaganda) 16,4 million kishi yashardi. Lekin Rossiyada aholining zichligi juda kam bo‘lib, 1 kv. km ga 1,25 kishi to‘g‘ri kelardi1.

Rossiya - ko‘p millatli davlat. Uning tarkibiga turli xalqlar (ruslar, ukrainlar, beloruslar, polyaklar,finlar, litvaliklar, chuvashlar, marilar, mordvalar, buryatlar, yoqutlar, evenklar va boshqa ko‘pgina xalqlar) kirgan bo‘lib, ular ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida turar edilar. Aholining asosiy qismi ruslardan iborat bo‘lib, ular butun aholiga nisbatan 60-70 foizini tashkil etar edi2.

70- yillarda rus hukumati bilan ingliz hukumati o‘rtasida O‘rta Osiyodagi ta’sir doiralarini aniqlash uchun muzokaralar boshlandi va 1873-yili bitim tuzish bilan yakunlandi. Bunga muvofiq, Rossiya Afg‘onistonni o‘z ta’siridan tashqari deb topdi. Angliya esa Xivani da’vo qilmaydigan bo‘ldi. Bu bitim O‘rta Osiyodagi kurashni vaqtincha susaytirdi, ammo Qo‘qon xonligining Rossiyaga qo‘shib olinishi inglizlar siyosatini faollashtirib yubordi va rus-ingliz munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi. Bu narsa, chunonchi, 1878-yilda boshlangan ingliz-afg‘on urushida va “Sharq inqirozi” davomida Angliyaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik siyosatini olib borganligida na-moyon bo‘ldi.

1881-yil 9-dekabrda Tehronda fors-turkman chegarasi to‘g‘risidagi maxfiy bitim imzolanib, bunda Rossiya tarkibiga yangidan kiritilgan hudud chegaralari aniqlandi. Bu hududlar hozirda Turkmaniston va Eron chegaralari bo‘lib hisoblanadi. Shu yili Rossiya va Xitoyning Turkiston general-gubernatorligi va Xitoy o‘rtasida chegara chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

1884-yili Rossiya Marini egallab, Kushkaga chiqdi. 1885-yil 26-martda Kushkada afg‘on harbiy qismlari mag‘lubayatga uchradi. Rossiya Kushkani bosib

1 История России ХХ век. Минск, РИВШ,2005,стр-19

2 Фомченко А Русские население в Туркестанском крае Т., 1983,с-37

280

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

olib, asosiy punkt -Hirot va Qandahorni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng Angliya va Rossiya o‘rtasidagi Afg‘onistonning taqdiri va uning chegarasini belgilash masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 1885-1887- yillarda bu masala rus-ingliz komissiyasi tomonidan hal etildi. 3

1891-yili Rossiyaning tasarrufiga kirgan O‘rta Osiyo hududi va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara Pomirdan o‘tkazildi. Bu bitim O‘rta Osiyo masalasi bilan bog‘liq Angliya va Rossiya o‘rtasidagi kelishmovchilikni tugatdi. Lekin shunga qaramasdan ziddiyatlar, manfaatlar to‘qnashuvi saqlanib qoldi. O‘rta Osiyodagi o‘zaro manfaatlarni tartibga solish va munosabatlardagi “sovuqlikni” yo‘qotish maqsadida Rossiya va Angliya bu yerdagi o‘z ta’sir doiralarini bo‘lib olishga qaratilgan konvensiyani imzoladilar. Chunki bu paytda ikkala davlat uchun ham Yevropada Germaniya xavf tug‘dirayotgan edi. Shu bois, Rossiya va Angliya O‘rta Osiyo masalasini vaqtinchalik to‘xtatib, kuchayib borayotgan Germaniya davlati bilan siyosat maydonida kurash boshladilar4.

Rossiyaning ikki boshli burgut tasviri tushirilgan mudhish mustamlakachilik bayrog‘i Boltiq buylaridan Kavkaz cho‘qqilarigacha, Ukraina dashtlaridan O‘rta Osiyo kengliklari va Uzoq, Sharq tizmalari qadar hilpirab turdi. Polsho Rossiyasi Polsha, Finlyandiya, Kavkazorti, Boshqirdiston, Sibir va qalmoqtar yurtini mustamlaka asoratiga solgan salobatli va shafqatsiz imperiya edi5.

Sankg-Peterburg hukmron doiralari Buyuk Britaniyaning Hindistondagi va Fransiyaning Tunis hamda Jazoirdagi mustamlaka tartiblarini, tajribalarini o‘rgangan holda o‘zlarining ulardan tubdan farkli, aynan ruscha mustamlakachilik tizimlarini yaratdilar. Uni Turkistonda zo‘ravonlik yo‘li bilan amalga oshirdilar. Rossin imperiyasining O‘rta Osiyodagi tartiblari Polsha, Finlandiya va Kavkazdagidan ham tafovutli xususiyatga ega edi. Bu xususiyat mahalliy xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularga bepisandlarcha qarash kabi shovinistik ruh va kayfiyatlardan iborat edi. Bu harbiy-komendantlik boshqaruvi mashinasining ruli o‘taketgan makkor, razil, O‘rta Osiyo xalklarining ashaddiy dushmanlari qo‘liga topshirilgan edi.

Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o‘z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan har tomonlama aloqala o‘rnatishga harakat qildi. Bunda, eng avvalo xonliklar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlar to‘plash maqsadida o‘z elchilarini bu yerlarga jo‘natdi. Pyotr I hukmronligi davridayoq Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspeditsiya jo‘natilgan edi. Ammo bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so‘ng podsho hukumati harbiy istehkomlar qurishga kirishdi. 1718-yilda Irtish daryosi sohilida shunday istehkomlardan yettitasi qurib bitkazildi.

3, E. Xoliqov, D. M. Lafasov Qodirova Jahon tarixi. T.,2002, 128-bet

4 D .Abdurahmonova, G.Rustamova XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida mustamlaka hokimiyati tizimi T.,1999 82-bet

5 Исхаков Ф Националъная политика царизима в Туркестание (1867-1917) Т.,1997 с- 7

281

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ularga Rossiya iperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklifi bilan Buxoroga kclgan Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi vakillari Ch. Stoddart va A. Konnoli 1842-yilda amir tomonidan qatl qilindi. Bunga javoban Angliya hukumati Buxoroga qarshi Afg‘oniston bilan sulh tuzib, ularni qurollantiradi. Shundan keyin, Afg‘oniston Buxoro amirligi hududining bir qismini bosib oldi. Natijada 1855-yilda o‘zbeklar va tojiklar yashay-digan Amudaryoning janubiy sohilidagi hududlar Afg‘oniston viloyatiga aylantirildi6.

Chegara hududlarida yashaydigan Rossiya imperiyasi fuqarolari bo‘lgan aholiga talonchilik va bosqinchilik qilib turuvchi guruhlarning hujumlarini bartaraf etish podsho hukumatining O‘rta Osiyodagi harbiy yurishlarini boshlashiga bahona bo‘ldi. Bundan tashqari, to‘qimachilik sanoati uchun xomashyo bo‘lgan paxtaning yetishmasligi O‘rta Osiyoni bosib olishga bo‘lgan harakatlarini tezlashtirdi. Bu davrda AQShda shimol va janub o‘rtasida boshlangan fuqarolar urushi (1861-1865) tufayli Rossiyaning to‘qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosiga taqchillik vujudga keldi.

XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi uzoq vaqt davom etgan o‘zaro urushlar ularning iqtisodiy va harbiy jihatdan zaiflashib ketishiga olib koldi. Shunday vaziyat oxir-oqibat xonliklarning istilyo qilinishlarini osonlashtirdi.

Shunday qilib, XIX asrning o‘rtalariga kelib xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar, ichki nizo va ziddiyatlar, davlat boshqaruvining uzoqni ko‘zlab ichki va tashqi siyosat olib bormaganliklaridan ahvolga tushib qoldi. Shunday vaziyatda Rossiya imperiyasi hukumati o‘zining siyosiy, iqtisodiy va geopolitik manfaatlarini ko‘zlab O‘rta Osiyoga harbiy mustamlakachilik harakatlarini boshlaydi.

O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olnishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1847 -1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatdan va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi. Ikkinchi bosqich 1865-1868-yillari qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi. Uchinchi bosqich -1873 -1879-yillar davomida Xiva va Qo‘qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo‘ldi. To‘rtinchi bosqich - 1880-1885-yillarda turkmanlarning bo‘ysundirilishi edi. Shunday qilib, 1864 - 1885-yilarda 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi. O‘rta Osiyo xonliklari hududining katta qismini (1583255kv. km) bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi. 7

6 Хидоятов Г.Из история англо-русских отнашений в Средней Азии в конце XIX в. Т., 1969,стр-102

7 S. Tillaboyev, A. Zamonov O‘zbekiston tarixi T.,2010, 22-bet

282

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Rossiya mustamlakachilik tizimining uchinchi xususiyati mintaqada rus aholisining ma’lum bir foizini joylashtirish edi. Markaziy Rossiyadan ochlik va yersizlikdan qochgan rus dehqonlarini ko‘chirib kcltira boshladilar. Ammo shaharlarda rus aholisini shakllantirish siyosati ahamiyatga ega edi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahri rus aholisi hisobiga shitob bilan kengayib bordi. Bu aholining katta qismi iste’foga chiqqandan keyin shaharda yashash uchun qolgan askarlar, davlat boshqaruvi amaldorlari, Rossiya armiyasi ofitserlari, Rossiya firmalari xizmatkorlari, jazo manziliga jo‘natilgan jarimaga tortilgan xizmatchilar, xizmatdan bo‘shatib yuborilgan ofitserlar edi.

Anhor shaharni qoq ikki qismga ajratgandi: Eski shaharda mahalliy aholi. Yangi shaharda esa rus aholisi yashardi. Shaharning bu ikki qismi o‘z iqtisodiy va ma’naviy hayotini boshdan kechirar bir-biri bilan kamdan-kam aralashigan holda yashalar edi.

Rossiya fransuz mustamlakachilaridan o‘rgangan, bu tizim “plantatsion model" deb yuritilar edi. Bu tizimga ko‘ra Turkiston aholisining bir qismi etnik ruslardan iborat bo‘lishi, ular asosan shaharlarlarda yashashi, shahar qishloq ustidan hukmron bo‘lishi kerak edi. Turkiston o‘lkasining 14 % aholisi shaharlarda yashardi. 8

O‘rta Osiyoni bosib olish maqsadida Pyotr I zamonidayoq Qozog‘istonning zabt etilgan hududlarida harbiy qafalar va istehkomlar qurila boshlangan edi. 1717-yilda Omsk, 1718-yilda Semipalatinsk, 1720-yilda Ust-Kamenogorsk, 1742-yilda Orenburg qal’alari quriladi. Faqat XVIII asrning o‘zida Chor ma’murlari yovuz niyat bilan hozirgi Qozog‘iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal’a va istehkomlar qurganlar. XVIII asrning boshlarida har uchala Juzning qozoqlari qalmiq (jungar)larning doimiy bosqini ostida og‘ir ahvolga tushib qoladi. 1723-yilda ro‘y bergan og‘ir ocharchilik qozoqlarning o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishlarini xavf ostiga solib qo‘yadi. Oqibatda katta Juz jungarlarga siyosiy qaram bo‘lib qoladi. O‘rta Juz Buxoroga ko‘chib borib Buxoro xonligiga, Kichik Juzning bir qismi esa Xiva xonligiga tobe bo‘ladi. Bunday og‘ir vaziyat Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxonni o‘z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish ilinjida chor hokimiyati bilan yaqinlashuvga majbur etadi. Ana shu tariqa 1731-yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katta Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o‘tadi. 9 Bu Pyotr I orzu-armonlarining ro‘yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma’murlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratadi. Biroq Yevropadagi davlatlar o‘rtasidagi vaziyatning tobora taranglashib va chigallashib borishi, rus-turk urushi (1806-1812), rus-shved urushi (1808-1809), rus-fors urushi (1805-1813) va nihoyat Napoleonga qarshi 1805-1812-yillardagi to‘qnashuv va urush, qolaversa, chor samoderjaviyasiga qarshi

8 G. Hidoyatov, V. Kostetskiy O‘zbekiston tarixi, T.,2002, 49-bet

9 Ziyoyev H. O’zbek xonliklari chorizm tomonidan bosib olinishi tarixiga doir.T., 1990 b-28

283

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

dekabristlar nomini olgan dvoryanlar qo‘zg‘oloni va uni bostirish chor hukumatining Turkistonga nisbatan bosqinchilik siyosatini ma’lum muddatga ortga cho‘zilishiga sababchi bo‘ladi. Biroq 1830-yillardan ma’lum darajada Yevropadagi janjalli voqealardan qo‘li bo‘shagan chor hukumati yana o‘zining ayg‘oqchilik va yovuzlik niyatlarini O‘rta Osiyo hududlariga qaratadi. 1839-1840-yillarda podsho Nikolay I ning homiyligi va fatvosi bilan Orenburg harbiy gubernatori V. A. Perovskiy katta qo‘shin bilan Xivani bosib olish niyatida yo‘lga chiqadi. Maqtanchoq va bosar-tusarini bilmaydigan Perovskiy qo‘shini tarkibida 2 ta zambarak, 40 arava, 5325 askar, 10 ming tuya bor edi. Ammo og‘ir obi-havo sharoiti, yoqilg‘ining yo‘qligi, oziq-ovqat tanqisligi, kiyim-kechaklarning yaroqsizligi natijasida Perovskiy qo‘shinlari yo‘l-yo‘lakay katta talofatlar berib Xivaga yurishni to‘xtatib orqaga qaytadi10.

1855-1857-yillardagi Qrim urushi munosabati bilan chor ma’murlari O‘rta Osiyoni zabt etish bo‘yicha katta miqiyosdagi harbiy harakatlarni olib borolmaydilar. Qrim urushidagi mag‘lubiyat O‘rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va strategik jihatdan qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Rossiya o‘rta Osiyo uchun olib boriladigan raqobatli kurashda Buyuk Britaniya qirolligini nafaqat siyosiy-iqtisodiy va strategik jihatdan balki harbiy jihatdan ham mag‘lubiyatga uchratish va Qrim urushidagi mag‘lubiyat tufayli xalqaro maydonda bo‘shashib qolgan obro‘sini tiklashi ham mumkin edi. Chunki hind xalqining butun mamlakatni qoplab olgan va inglizlar tomonidan zo‘rlik bilan bostirilgan 1857-yilgi qo‘zg‘oloni Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mavqeyi uncha mustahkam emasligini ko‘rsatdi. Shu boisdan Rossiya hukmron doiralari o‘rtasida O‘rta Osiyo muammosini tezroq hal qilishga chorlovchi xat, da’vat va takliflar 1860-yillarda tez-tez ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. Jumladan, Orenburg general-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan xatida “O‘rta Osiyo mulkiga hukm-ronligimizni o‘rnatishimiz uchun albatta Turkiston va Toshkentni egallashimiz shart” deb ko‘rsatdi. Uning fikricha, Toshkentni qo‘lga kiritish Buxoro mulklariga qurolli kuchlar bilan borish uchun albatta zarurdir11.

Chimkentda bir kecha-kunduz qattiq jang bo‘ladi. Muhammad Solih o‘zining “Tarixi jadidi Toshkand” asrida yozishicha: “So‘ngra to‘rt tomondan askarlar otdan tushdi va karnay sadolari ostida rus askarlariga qarshi hujumga o‘tiladi. Himoyachilar

2-3 ming qadam yugurgach, dushmanning to‘p va miltiqlaridan yomg‘irdek yog‘ilgan o‘qlar ostida qoldilar” Oqibatda 12 ming kishi halok bo‘ladi va yaralanadi12 Ammo general Chernyayev boshchiligida chor qo‘shinlari urushni davom ettira olmay Turkistonga qaytishga majbur bo‘ladi. Jinay degan joyda bo‘lgan jangda ham vatanparvarlarning qo‘li baland kela-di. Vatan himoyachilari Iqon qal’asi uchun

10 “Sharq yulduzi” 1990 yil, 8-son, 184-bet.

11 Ravshanov P, O’roqov R .Ajdodlarimiz qadri. T. “Sharq” 1999, 83-bet

12 Кастелъская З Из зстории Туркестанского края (1865-1917) М ., 1980,стр 44

ГМ

284

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

bo‘lgan jangda ham g‘alabaga erishadilar. Alimqul boshchiligida yurt himoyachilari urnshni davom ettirish maqsadida tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarxonning Qo‘qonga hujum qilganligi to‘g‘risida xabar oladi. Natijada lashkarboshi Alimqul qo‘shinning katta bir qismini Chimkentda qoldirib o‘zi Qo‘qonga qaytishga majbur bo‘ladi. Albatta bu hol dushmanga qo‘l keladi va Chernyayev 1864-yil 21-sentabrda Chimkentni jang bilan egallaydi. Shahar mudofaachilaridan ko‘p kishi qirib tashlanadi13. Shu paytga qadar ikki yo‘nalishda mustaqil harakat qilib kelgan chor armiyasining ikki qo‘shini Chimkent shahrida tutashadi. Istilyo qilingan yerlar hisobiga 1865-yilda Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tashkil etiladi; uning tepasiga general Chernyayev qo‘yiladi.

1877-yilda Toshkentda shahar Nizomi joriy etilgan, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi. Duma a’zolarining 1/3 qismi shaharning “Osiyo” bo‘lagidan 2/3 qismi esa “yangi” Toshkent aholisi tomonidan saylangan edi. Natijada shaharning 80 ming mahalliy aholisidan bo‘ldi. Shahar xo‘jaligini yuritishga oid barcha ishlar ana shu Duma qo‘liga o‘tdi. Duma ustidan rahbarlik qiluvchi shahar boshlig‘ini gneral-gubernator taqdimiga ko‘ra Harbiy vazirning o‘zi tasdiqlar edi.

1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi yangi Nizom arzimas o‘zgarishlar bilan 1917-yilga qadar amal qildi. Nizom to‘rtta asosiy bo‘limdan iborat bo‘lgan: o‘lkaning ma’muriy tuzilishi, sud tuzilishi, yer tuzilishi soliqlar va yig‘imlar. Bu "nizom" general-gubernatorlik hududiy birliklari nomlarini o‘zgartirishni va ularni bundan buyog‘iga ham birxillashtirib borishni nazarda tutar edi.

Bu Rossiya mustamlakachiligi “plantasion modeli"ning real natijasi edi. Rus aholisi mustamlakachiligi apparatining jonli kuchini tashkil etgan. Chorizm armiyasi rus aholisining o‘lkada hukumron mavqe kafolati edi

Foydalanilgan adabiyotlar

1. История России ХХ век. Минск, РИВШ,2005,стр-19

2. E.Xoliqov, D.M.Lafasov Qodirova Jahon tarixi. T. ,2002, 128-bet

3. D.Abdurahmonova, G. Rustamova XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida mustamlaka hokimiyati tizimi T. ,1999 82-bet

4. Кастелъская З. Из зстории Туркестанского края (1865-1917) М., 1980, стр 44

5. S. Tillaboyev, A. Zamonov O‘zbekiston tarixi T. ,2010, 22-bet

6. Исхаков Ф. Централъная Азия и России в ХУШ-нач. ХХ вв. Т, 2009, стр-107

13Исхаков Ф. Централъная Азия и России в ХУШ-нач. ХХ вв. Т, 2009, стр-107 ГМ

285

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

7. Хидоятов Г. Из история англо-русских отнашений в Средней Азии в конце Х!Х в. Т. , 1969,стр-102

286

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.