Scientific Journal Impact Factor
О
XITOY FALSAFASI KELIB CHIQISHINING IJTIMOIY-MADANIY
SHAROITLARI
TDSHU
Annotatsiya: Xitoy falsafasi dunyo va inson haqida o'ziga xos tushunchalar yaratgan. Xitoy falsafiy tafakkurining ibtidosi ham, xuddi keyinchalik Qadimgi Yunonistonda bo 'lgani kabi asotir tafakkurga borib taqaladi. Xitoy afsonaviy fikrida ham osmon, er va tabiatdagi barcha narsalar ilohiylashtiriladi. Ilohiylashtirilgan muhitdan eng oliy qoida keltirib chiqariladiki, u dunyoni boshqarib, ashyolarga mavjudlik baxsh etadi. Ushbu qoidaga gohida shaxsiyat bag'ishlanib, eng oliy hukmdor (shan-di) sifatida tushunilsa ham, ko'pincha "osmon" (tyan) so'zi bilan ifodalanadi.
Kalit so 'zlar: Qadimgi Xitoy, falsafa, falsafiy maktablar, tayan va shandi, in-yan, Konfutsiychilik, havo, gaz, nafas, efir.
СОЦИОКУЛЬТУРНЫЕ УСЛОВИЯ ЗАРОЖДЕНИЯ КИТАЙСКОЙ
Аннотация: Китайская философия выработала собственные представления о мире и человеке. Истоки китайской философской мысли восходят к мифическому мышлению, как это было в Древней Греции. Даже в китайской мифологии все на небе, на земле и в природе обожествляется. Из обожествленной среды проистекает высшее правило, согласно которому она управляет миром и дает существование вещам. Хотя это правило иногда ассоциируется с личностью и понимается как верховный правитель (шань-ди), оно часто выражается словом «Небо» (тян).
Ключевые слова: Древний Китай, философия, философские школы, столп и шанди, инь-ян, конфуцианство, воздух, дыхание, эфир.
Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi l-bosqich magistranti Xudaynazarova Laziza Ilmiy Rahbar:f.f.d., prof. Izzetova E.M.
ФИЛОСОФИИ
ТГУВ
Кафедра восточной философии и культуры Магистрант 1 курса Худайназарова Лазиза Научный руководитель: д.ф.н., проф. Иззетова Э.М.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
SOCIOCULTURAL CONDITIONS OF THE ORIGIN OF CHINESE
PHILOSOPHY
TSIOS
Department of Oriental Philosophy and Culture Master of the 1st stage Khudaynazarova Laziza Scientific adviser: DSc, prof. Izzetova E.M.
Abstract: Chinese philosophy has developed its own ideas about the world and man. The origins of Chinese philosophical thought go back to mythical thinking, as was the case in Ancient Greece. Even in Chinese mythology, everything in heaven, on earth, and in nature is deified. From the deified environment flows the highest rule, according to which it governs the world and gives existence to things. Although this rule is sometimes associated with a person and understood as the supreme ruler (shan-di), it is often expressed by the word "heaven " (tian).
Keywords: Ancient China, philosophy, schools of thought, pillar and shandi, yin-yang, Confucianism, air, gas, breath, ether.
KIRISH
Butun tabiat jonlantirilgan - har bir narsa, joy va hodisa o'z devlariga ega. O'lgan ajdodlar ruhini hurmatlash keyinchalik ularga sig'inishni keltirib chiqarib, Qadimgi Xitoyning muhofazakorona tafakkur yuritishiga olib kelgan. Ruhlar insonga uning kelajagini bashorat qilishi, uning xulqi va faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin, deb tushunilgan. Qadimgi afsonalarning ildizlari eramizdan oldingi II minginchi yillar qa'riga borib taqaladi. O'sha vaqtda Xitoyda alqov so'zlar va ifodalardan foydalanib, fol amaliyoti orqali ruh bilan aloqaga kirish yoyilgan edi. Bunday alqov yozuvlarni bronza idishlarga yozilgan ayrim parchalar, keyinchalik esa, ''O'zgarishlar kitobi''dan mushohada qilish mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qadimgi Xitoy afsonalar to'plami eramizdan oldingi VII-V asrlarga taalluqli "Tog'lar va dengizlar kitobi" (Shan xay stzin)da bayon etilgan. ''O'zgarishlar kitobi'' da olamning asosi ham bayon etilgan, in-yan falsafasiga alohida to'xtalib o'tilgan. Chi-birinchi moddiy ibtido hisoblanadi Chi (Xitoycha - havo, gaz, nafas, efir) Xitoy falsafasidagi asosiy tushunchalardan biridir. Umumiy ma'noda eng kichik zarrachalar ko'rinishidagi dunyoning moddiy ibtidosini anglatadi. Bu kichik zarrachalar doimiy holatdagi nafas olishda bo'lib, gohida quyuqlashib ashyolarni tashkil etadi, gohida esa, tarqalib ketib, yoyilish oqibatida ashyolarni o'zgarishi va yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, chi-bu moddiy kuch, energiya yoki hayotiy kuch-
Scientific Journal Impact Factor
o
quvvat bo'lib qon va nafas bilan bog'langandir. U bunday sifatiy ko'rinishda ashyolar va insonlarning tashkil topish jarayonida ishtirok etadi. Chi tushunchasi "Sisi-chjuan" asarida uchraydi, Van Chunning moddiyuncha ta'limotida muhim o'rinni egallaydi, hamda Syun-szi (er.ol. 298-238 yillar) ijodida o'z aksini topgan. Qadimgi Xitoyning eng muhim manbalaridan biri bu "O'zgarishlar kitobi" (er.ol. XII-VI asrlar)dir. Uning matnlarida afsonalardan falsafaga o'tish boshlanganligini mushohada etish mumkin. "O'zgarishlar kitobi"ning eng muhim qismlaridan biri - In va Yan unsurlari haqidagi ta'limotdir. Yan qandaydir faol, barcha narsalarning ichiga kirib boruvchi, ashyolarni bilish yo'lini yorituvchi narsa sifatida ifoda qilinadi; In uchun kutib turuvchi faoliyatsizlik o'rin ajratilgan, negaki, u qorong'ilik ibtidosidir. In va Yanning harakati - yagona narsada yuz beradigan o'zgarishlarning dialektik harakatidir. In va Yanning o'zaro bir-biriga kirishidan ularning o'zaro ta'sirini aks ettiruvchi bir qator tushunchalar paydo bo'ladi. "I Ching" ning o'ziga xos grafik belgilardan tashkil topgan 64 geksagramm shakllaridan iboratdirki, ularning turli xilda qo'shilishi vositasida vujudga kelgan sakkiz trigramm (ba chua) dan ikkitasi dunyoning sakkiz birinchi asosining ibtidosidirlar. An'anaviy aqidaga muvofiq, Ba chua osmondan afsonaviy imperator Fusiga (er. ol. 2852-2738 yillar) tushirilgandirlarki, u ularni sharhlab, ikki barobarga ko'paytirib geksagrammalarga aylantirgan. Ularda o'z ifodasini topgan g'oyalar ehtimol In davrining oxiri Chjou (er.ol.XI-X asrlar) davrining boshida paydo bo'lgan bulsa ham, ammo keyinchalik, eramizdan oldingi birinchi ming yillik o'rtalarida shakllangan.
Chjuan-stzinni tushuntiruvchi etti matn mavjud bo'lib, ulardan uchtasi ikki qismga bo'lingan va "O'nta qanotlar" ("Shin"), deb atalgan o'nta sharhlarni tashkil etadi. Ularni Konfusiyga taalluqli, deb bilishgan. Ammo hozirgi zamon tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ular turli mualliflar tomonidan taxminan eramizdan oldingi V-III asrlarda vujudga kelgan. "I Ching" falsafasining mohiyati "Sisi-chjuan" ("Shin"dan biri) kitobida va "Muqaddas matn"da bayon etilgan: uning asosida doimo o'zgarib turadigan Koinot yotadiki, undagi in va yan kuchlarining o'zaro ta'siridan barcha ashyolar va hodisalar vujudga keladi. Ba chuaning kelib chiqishi haqida quyidagilar aytilgan: "O'zgarishlar (jarayoni) Taystzidan boshlanadi. Buyuk hudud ikki birlamchi mohiyatni tug'diradi (ya'ni, in va yan kuchini yoki osmon va erni).(ular) to'rt ramzni tug'diradiki..., ulardan sakkiz trigramm ibtidosi kelib chikadi. Sakkiz trigramm baxt-saodat (omad) va badbaxtlikni (omadsizlik) ifoda kiladi" Barcha hodisalar va ashyolarning boshlang'ich manbasi styan va kun trigrammlari hisoblanadi: styan ularni vujudga keltiradi, kun esa, ularni o'siradi.
Scientific Journal Impact Factor
O
Chining boshqacha tushunchasini yangi konfusiychilikdan topish mumkin. Chjan Szay chini harakatsizlik holatida "buyuk bo'shliq" bilan barobarlashtiradi, harakat holatida esa, "buyuk uyg'unlik" va "buyuk hudud" tushunchalari bilan ifodalaydi. "Buyuk hudud", ya'ni taystzi qadimgi Xitoy falsafasidagi asosiy tushunchalardan biridir. Ieroglif "szi"ning ko'p ma'nolik ekanligi ("oliy darajada", "eng oxirgi", "tomning yuqori tayanchi", "qutb", "oxirgi hududgacha olib borish") uni turlicha tarjima qilishga olib keldi. Ulardan eng keng tarqalgani - "buyuk hudud" ma'nosidir. Bu tushuncha birinchi marta "Sisti chjuan" kitobida taystzidan kelib chiqqan koinotdagi o'zgarish va taraqqiyot jarayoni sifatida qo'llaniladi. Taysiziga shu erda berilgan sharhda u "buyuk ibtido", "ulug'vor birlik", undan osmon va er ajralib chiqmasdan oldingi aralash-quralash ibtido sifatidagi xususiyatlar berilgan. Buyuk hudud - bu "ismga ega bo'lmagan atamadir; uni qo'lga kiritish va nomlash mumkin emas"; bu shunday yo'qlikdirki, undan borliq tug'iladi; u "ikki birlamchi mohiyat"ni tug'diradiki, ular koinotni tashkil bo'lish va tugallanish jarayonini amalga oshiradilar. Taystzi tushunchasi yangi konfusiychilikda alohida e'tibor bilan kengroq ishlab chiqilgan. Chjou Duni, "taystzi tu to" ("Buyuk hudud diagrammasini tushuntirish") risolasida "buyuk hudud"ning o'zi cheksiz ekanligini qayd qilib o'tgan.
Xitoyda falsafiy qarashlar erta paydo bo'lgan bo'lib, jamiyatda qulchilik tizimining shakllanishi va sodda tabiiy bilimlarning rivojlanishi bilan o'zaro bog'liqdir. Arxeologlar suyaklarda topgan yozuvlari, ^^ (Shujing) "Shu-jing" deb nomlangan qadimgi kitob Xitoy munajjimlari Shan-in ^ ^ (Shang yin)davridayoq (er.av. 18-12asr) yilni 366 kundan iboratligini aniqlab, oy-quyosh taqvimini yaratganligidan guvohlik beradi. Oy va quyosh yillari o'rtasidagi farqni bartaraf etish uchun ular har 3 yilda taqvimga qo'shimcha oy qo'shdilar. Er. avv. 7 asrda esa ular oy-quyosh taqvimini takomillashtirdilar. Bunda har 19 yilga 7 ta qo'shimcha oy qo'shildi. Qadimgi Xitoy olimlari tomonidan oy-quyosh taqvimining yaratilishi Erga nisbatan yulduz, quyosh va oyning joyini o'zgarishini va harakatlarining ko'p asrlik kuzatuvlari natijasida asoslangan edi. Er.avv. ikkinchi ming yillikning oxiridan boshlab qadimgi Xitoy munajjimlari quyosh tutilishi haqidagi yozuvlarni olib bordilar. Ko'p o'tmay ularning davriyligidan xabardor bo'ldilar. Er. avv. 7 - asrdayoq yilni alohida davrlarga bo'linishini aniqlab beradigan yozgi va qishki teng kunlikni aniqlash uchun quyosh soatlari qo'llanar edi. Qadimgi manbalarda kameta va meteoridlar haqida ko'plab yozuvlar mavjud. Masalan, # ^ "Chun styu" yilnomalarida kametani eramizdan avvalgi 611 yilda qutb yulduzi hududiga kirganligi haqida yozilgan. Ularda meteor yomg'irlari haqida ham ko'p sonli yozuvlar mavjud. Xususan er.av. 687 yilning 6 martida bo'lib o'tgan meteor yomg'iri
Scientific Journal Impact Factor
O
haqida yozilgan. Er.avv. 4-asrda Xitoy munajjimlari Gan De va Shi Shen yulduzlar haqidagi 2 ta kitobni yozdilar, keyinchalik u "Gan Shi Sin-stzin" nomi bilan bitta umumiy yulduzlar katalogini tuzdilar. Bu dunyo bo'yicha tuzilgan yulduzlar haqidagi dastlabki katalog edi. Qadimgi Xitoyda astronomiya bilan bog'liq materialistik fanlar yuqori darajaga erishdi.
Masalan, Chjan Stan (er.avv. 2-asrning birinchi yarmi) va Stzin Chou-chan (eramizning. 1 asri) qadimgi manbalarga asoslanib "9 bobdan tashkil topgan arifmetika" oid kitob yaratdilar. Unga muvofiq koeffistientlarni tenglashtirish yordamida noma'lumlarni izchil istisno qilish yo'li bilan 2 ta va 3 ta noma'lum soni bo'lgan birinchi darajadagi tenglamalarni echishda tizimli uslub bayon etiladi. Bu asarda matematika tarixida ilk bor manfiy sonlar va ular bilan hisob-kitob qilish qoidalari berilgan. Kitobda kvadrat va kubga sonlarni kiritish qoidalarida asoslangan kvadrat va kub ildizlarni topish uslubi tasvirlangan. Kitob mualliflari tengburchakli uchburchakni gipotenuzasi kvadratini katetlar kvadrati yig'indisiga tengligi haqida ham xabardor edilar.
Qadimgi Xitoy xo'jaligining asosiy sohasi bo'lgan ziroatchilikning rivojlanishi davrida astronomik va biologik bilimlar to'plandi. Birgina i^^(Shi-jing) ("She'rlar kitobi") kitobida madaniy va yovvoyi o'simliklarning 200 dan ziyod turlarining tavsifi beriladi.
Qadimgi Xitoyning hunarmandchiligi ham takomillashgan edi. Shan In davridayoq, ya'ni eramizning ikkinchi ming yilligining ikkinchi yarmida sopol buyumlar, yog'ochdan turli maxsulotlar, asl bronza qurollar, shoyi matolar tayyorlanar edi. Er. avv. VI-asrda temirning tarqalishi ishlab chiqarishning barcha sohalarida, hattoki ijtimoiy munosabatlarda o'zgarishlarga va ilmiy bilimlarni yuksalishlarga olib keldi. Bu davrda katta qurilish ishlarini amalga oshirish, ko'p sonli saroy va shahar qalalarini qurish, quvur va suv tizimlarini barpo etish avj oldi. Mamlakat harbiy va savdo yo'llari tarmog'i bilan bog'landi. Ishlab chiqarishning barcha sohalaridagi ko'p asrlik ijodiy mehnat keyinchalik kelib fanning ham rivojlanishiga turtki berdi. Ayniqsa, bu davrlarda tabiat sirlarini bilishga bo'lgan intilish kuchaydi. Bu haqida, qadimgi H ii "Go yuy" va № ^ "Szyu chjuan" manbalarida ko'plab ma'lumotlar saqlanib qolingan. O'sha qadim zamonlardayoq 7K suv, k olov, ^^ yog'och, ^ oltin va er birlamchi unsurlar ekanligi haqidagi sodda falsafiy qarashlar yozib qolingan. Stzyu Chjuanda birlamchi unsurlar Chi ("havo", "efir"), E in ("salbiy" "zulmat") va K yan ("ijobiy", "yorug'lik") kabi tushunchalarni falsafiy nuqtai nazardan bir - biriga bog'lab o'rganish chuqur mazmun kasb etadi.
Scientific Journal Impact Factor
o
O'zgarishlar kitobida Ching") 5 ta birlamchi unsurlarning umumiy
asosi o'z manbasi ^®"tay stzi" "buyuk ibtido" bo'lgan sti material substanstiya masalalari haqida fikrlar o'z ifodasini topa boshladi.
Xitoy falsafasida bir - biriga qarama - qarshi In va Yan kuchlarga ega bo'lgan Chi tumansimon massasidan barcha narsalar vujudga keladi, degan nazariya ham mavjudligini ushbu o'rinda e'tirof etib o'tmoq kerak. Qadimgi Xitoyda elementar ilmiy bilimlar asosida paydo bo'lgan sodda materialistik g'oyalar birinchi sinfiy jamiyat - qulchilik jamiyati shakllanish va rivojlanish sharoitida qabila jamoasi a'zolarini qabila zodagonlarining tobora o'sib borayotgan ekspluatastiya va zulmiga qarshi e'tirozini ifoda etar edi. Shu bilan birga qul va qul egalari o'rtasida qashshoqlashgan jamoa va qabila zodagonlari, kambag'al va qashshoqlar o'rtasidagi sinfiy ziddiyatlar keskinlashib chuqurlashdi.
Qadimgi Üá("Shi jing") "She'rlar kitobi"da shunday yozilgan: "Ayrimlar qashshoqlikda va qo'rquvda yashaydi, boshqalar esa sharob va musiqa eshitib rohatlanadilar", "kimda kim ekmasa va mehnat qilmasa, mo'l hosil yig'adi". Bu esa o'z davrining ilg'or kishilarida ^ "samo" va ^^ "ajdod"lar ruhiga ishonmay qo'yishiga olib keldi. Masalan, qadimgi she'rlarda shunday satrlarni uchratamiz: "Samo yovuz va adolatsiz, u insonlarga faqat ofat yog'diradi" Vafot etgan ajdodlarni ular insonparvarlik va insonlarga muhabbat hissidan ajrab qolib, tashlab ketgan o'g'lon va nabira va avlodlari haqida qayg'urmay qolganlikda ayblaydilar. Kishilarda jamiyatni bunday firklashi Qadimgi Xitoyda asta - sekin ateizmning paydo bo'lishiga olib keldi. U konservativ qabila zodagonlariga qarshi kurashda jamiyatning
progressiv (ilg'or) kuchlarining jangovar quroli sifatida xizmat qildi. Xitoy falsafasiga xos bo'lgan yana bir jihati bu xitoy faslafasida tabiiy fanlarni o'rganishga kam ahamiyat qaratilganligi bilan tasniflanadi. Masalan, xitoy falsafasida metodologik jihatdan tabiiy fanlarga xos bo'lgan ilmiy tushunchalar u yoki bu darajada o'z ifodasini topmagan. Faylasuflar tomonidan tabiiy fanlar ma'lumotlariga murojaat etishni lozim topmaganligi ham bunga ma'lum qadar sabab bo'lgan. Ayrimlar modichilar va natural faylasuflar maktabini bunga misol qilib ko'rsatish mumkin. Ammo, ushbu o'rinda ularning Chjou davridan keyinoq o'z faoliyatlarini to'xtatganlgini ko'zdan qochirmaslik kerak.
Ana shu ma'noda ayrim ma'lumotlarda qadimgi Xitoy falsafasining tabiiy fanlardan ajratilganligi va mantiqqa oid masalalarning ishlanmaganligi, Xitoyda falsafiy tushunchalar shakllanishining sekin kechganligining asosiy sabablaridan biri bo'lgan edi, shuning bois ko'pgina Xitoy maktablari uchun mantiqiy tahlil usuli
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
noma'lumligicha qolib kelgan degan fikrlar ushbu o'rinda ma'lum ma'noda o'zini oqlaydi.
REFERENCES
1. Фалсафа: Дарслик / Ахмедова М.А умумий мухаррирлиги остида. - Т.: УФМЖ , 2005. - 38 б.
2. Ян Хиншун. Материалистическая мысль в древнем Китае. - М.:Мысль, 1984.- с.96.
3. Шазаманов Ш. И. Жамият баркарорлигида фалсафий таълимотларнинг урни (Хитой мисолида). - Тошкент: Тошкент давалат шаркшунослик институти , 2010. - Б. 10.
4. Хоу Вай-лу (и.др.). Чжунго чжасюэ цзянши (Краткая история китайской философии). Пекин, 1963.- c. 56.
5. Ян Юн-го. История древнекитайской идеологии / Перевод с китайского. - М., 1957. - C. 231.
6. Fung Yu-lan, Derk Bodde, tr., A Short History of Chinese Philosophy, New York: Macmillan, 1958. - p.46.
7. Го Мо-жо. Философы Древнего Китая / Перевод с кит. - М.: Наука, 1961. - C. 67.
8. Го Мо-жо. Философы Древнего Китая / Перевод с кит. - М.: Наука, 1961. -C. 85.
9. Васильев Л.С. Проблемы генезиса китайской мысли. M.:Наука, 1989. - C. 156.
10. Васильев Л.С. Проблемы генезиса китайской мысли. - M.: Наука, 1989. -С. 175.
11. Духовная культура Китая: энциклопедия в пяти томах. Философия. - М., 2009. Т.5. - С. 275.