ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-516-522
MARKAZIY OSIYONING QADIMGI DAVRIDA FALSAFIY FIKRLAR
RIVOJI
Sitora Yusubbayevna Rahmonberdiyeva
Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti Falsafa qo'llash sohasi yo'nalishi 1 kurs magistranti Ilmiy rahbar: Kubaeva Shoira Tosmuradovna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Markaziy osiyoing qadimgi davridagi falsafiy fikrlar rijovlanishiga asos bo'lgan insonlar, qadimgi va o'rta asrlardagi diniy falsafiy qarashlar haqida ma'lumotlar berilgan. Tarixiy manbalarga asoslanib, buyuk allomalarimiz tomonidan o'rganilgan falsafiy adabiyotlar va taqiqotlar ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: Markaziy osiyo, falsafa, allomalar, tarix, Avesto, diniy ilm va falsafa, g'oyalar, habar va rivoyatlar.
THE DEVELOPMENT OF PHILOSOPHICAL THOUGHTS IN THE ANCIENT PERIOD OF CENTRAL ASIA
ABSTRACT
This article provides information on the people, the religious and philosophical views of ancient and medieval Central Asia, which formed the basis of the development of philosophical thought in ancient times. Based on historical sources, philosophical literature and prohibitions studied by our great scholars are reviewed.
Keywords: Central Asia, philosophy, scholars, history, Avesto, religious science and philosophy, ideas, news and legends.
KIRISH
Biz uni turli zamonlarda ro'y bergan xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday G'oyalarning tug'ilishiga sabab bo'lgani, qaysi talimotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday tasir ko'rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko'proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o'rganamiz. Tarixni o'rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu — falsafa bilan shug'ullanayotgan mutahassis uchun ham, uni o'rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarihni
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-516-522
falsafasiz tug'ri tushunib bo'lmagani kabi, falsafani ham tarih haqiqatisiz tug'ri anglab bo'lmaydi.
Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va talimotlar haqida qisqacha to'htalib o'tamiz
Zardo'shtiylik talimoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo'lgan davr mahsuli bo'lgan diniy-falsafiy talimotlardan biri zardo'shtiylikdir.
Bu talimotga kim asos solgan?
Bu talimotga Zardo'sht asos solgan bo'lib, Sharq va g'arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko'ra, Zardo'sht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shahs ekanli haqida aniq bir to'htamga kelingani yo'q. U o'zini payg'ambar deb elon qilgan. Lekin uning payg'ambarligi ilohiy asosga ega emas. Yani bu haqiqat ilohiy kitoblarda o'z tasdig'ini topmagan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, bu talimot Vatanimiz hududida, hususan, Horazm zaminida paydo bo'lgan. U o'z davrida halqni ezgulik va adolat G'oyalariga davat etish, hayotbahsh ananalarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan, uning G'oyalari bilan bog'liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va halqimiz turmush tarzining o'ziga hos hususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda.
Zardo'shtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi halqlarning dunyo tug'risidagi tasavvurlari, o'ziga hos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yahshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o'lim borasidagi qarashlar o'z ifodasini topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarih, etika, tibbiyotga oid malumotlar ham berilgan.
Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o'zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham halqimizning taraqqiyot tarixida muhim o'rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo'shini mahalliy halqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko'pgina qismini yondirib yuborgani haqida malumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarihchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o'qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni yoqish tug'risida ko'rsatma bergan, degan fikrlarni
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-516-522
bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo'lsa-da, haspo'shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o'z zamonida fanlarning otasi deb nom olgan falsafani fan darajasiga ko'targan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil talim olgan edi.
Binobarin, Shoh Filippning o'g'li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb tariflash tarih haqiqatiga tug'ri kelmaydi.
Tug'ri, u «Avesto»ni o'tda kuydirgan bo'lishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki erli halqlarni birlashishga davat etib turuvchi, ular e4iqod qo'ygan milliy g'oyalar timsoli bo'lgan va o'z saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. Qolaversa, o'zini dunyodagi eng rivojlangan hudud madaniyatini jahonga yoyish uchun mas'ul deb bilgan, tug'rirog'i, o'sha madaniyatdan boshqasini tan olmagan mashhur jahongir uchun zabt etilgan halqning «Avesto»dek buyuk kitobi bo'lishi kutilmagan hol edi. U, yuqorida takidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin farzandlari uchun o'zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbai bo'lib qolaverishini nihoyatda yahshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qarshi urush qilib, yahudiylarning erini bosib olganida tub aholining madaniy boyliklarini yo'q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi.
NATIJALAR
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o'z o'rniga ega. U diniy-falsafiy talimot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning ohiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu talimotga asos solgan donishmand Sidharta urug'idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», yani nurlangan degan laqabga ega bo'lgan. Buddaviylik islomga qadar O'rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o'rin tutadi. Bu talimot O'rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko'ra, uni Toharistonga balhlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Halqchil bo'lganligi uchun O'rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O'rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to'rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga tug'ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha etib kelmagan.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-516-522
Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O'rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning ahloqqa oid masalalar, halq ommasini sabr-qanoat va bardoshga davat etuvchi G'oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan.
Uchinchi bosqich. Bu davrda O'rta Osiyoda buddaviylik talimotining manbalari yoyilgan.
To'rtinchi bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O'rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan.
Moniy talimoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. U zardo'shtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha etib kelmagan. Moniy hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. Uning talimoticha, hayotda dastavval nur dunyosi - yahshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo'lgan. Ular o'rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik halq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi talimot bo'lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy talimotlar, ular ilgari surgan G'oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatiga ega. Sanab o'tilgan qadimgi diniy-falsafiy talimotlar, yani zardo'shtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy talimoti, «Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishiga davat etgan. Vatan ozodligi yo'lida jon fido etgan Muqanna boshchiligidagi harakat nafaqat O'rta Osiyoda, balki jahonning boshqa o'lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning o'sha davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy manaviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizasiyasiga katta ta' sir ko'rsatgan.
Arab bosqini va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk xoqonoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo'lib, ular o'rtasida tinimsiz to'qnashuvlar ro'y berib turar edi. Ayniqsa, Turk xoqonoti bilan sosoniylar Eroni o'rtasidagi to'qnashuvlar o'ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning ohiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab halifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi halqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo'qligi, o'zaro qirg'in-barotlarning avj olishi sabab bo'ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so'zi arabcha tangriga o'zini topshirish, itoat, bo'ysunish, tinchlik kabi manolarni anglatadi. Islom dini bayrog'i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo'yilgan, yagona markazlashgan arab halifaligi tashkil topgan.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-6-516-522
Quron va hadislarda islomiy talimotning asosi bayon qilingan. Quron — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e'tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me'yorlar o'z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buhoriy, Imom at-Termiziy, Imom Abu Hanifa, Imom Moturidiy va Imom Burhoniddin Marg'inoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom Buhoriy (S10-S70yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to'plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini mahsus to'plam holiga keltirgan. Bu to'plam «Sahihi Buhoriy» nomi bilan mashhurdir.
Imom iso Termiziydan (S24-892) «Payg'ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ihtilof va bahslar haqida risola», «Tarih» va boshqa asarlar meros bo'lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda to'plab, muayyan tartibga solgan va yahlit bir kitob shakliga keltirgan.
Muhammad al-Horazmiy (7S3-S50) va Ahmad al-Farg'oniy (tahm. 797-S65) butun musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo'shgan buyuk allomalardir. Muhammad al-Horazmiy arab halifaligining poytaxti Bag'dodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma») ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi tug'risida risola», «Quyosh soati tug'risida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo'yish hisobiga oid muhtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
MUHOKAMA
Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Abu Nasr Forobiy (S73-950) - musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo'lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo'lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko'rinishda: «Vujudu vojib» (olloh) va «vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash huquqiga ega bo'ladi. Ular o'zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog'lanadi. Sababsiz oqibat bo'lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo'lmaydi, deydi Forobiy.
Abu Rayhon Beruniy (973 — 104S) deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 2S tasi bizgacha etib kelgan. Uning tabiatni o'rganishdagi hizmati kattadir. Alloma jismlarning o'zaro tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va suniy
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-6-516-522
tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Ег qarida гo'y beradigan geotektonik siljisЫar, Ег qiyofasining tadrijiy taгzda o'zgaгib tuгishi, hilma — hil olam^ tug'гisida ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari tasirida shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e4ibor bergan.
Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga egadir. Bilishga bo'lgan qiziqishning ikkita sababi boг. Biгinchidan, bu o'ziga hos lazzatdm Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar etkazib bergan malumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun o'ziga hos ko'makchi va asos bo'lib hizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov — tajriba orqali belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlaгi o^ganiladi, ulaming miqdoгiy tomonlaгi aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib boradi.
Bemniyga ko'гa, inson qiyofasi tabiat tasirining natijasidir. Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson cheksiz say-harakatto oqibatida tubdan o'zgaгtiгishi mumkin. Haг Ыг kishi o'z hulq-atvoгining sohibidiг. Jamiyat tadгijiy o'zgaгishlaг orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun g'amho'riik, zulmni baгtaгaf etish, jamiyatni aql va adolat tuQi ostida boshqarish mutafakkirning idealidir.
Abu Ali ibn Sino (9SG-1G37) buyuk alloma va mutafakkir. U Buhoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan manaviy me'ros tahminan 2SG nomdan ziyodroqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psihologiya, ahloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag'ishlangan. Olimning «Shifo kitobi» «Tib qonunlari», «Bilimlaг kitobi», «Tabiat duráonasi» kabi asaгlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»dan iboгat, deb e'tiraf etadi. «Vujudi vojib» biгinchi sabab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir Yaгatilishi doimiy bo'lganligi uchun yaгatilgan «vujudi mumkin» ham abadiydir Olimning sababiyatga oid mulohazalari e'tibo^a molikdiг. Unga ko'гa, sabablaT moddiy (muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o'zgartimvchi sabab), shakliy (tuгli hil quvvat^ bilan bog'langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) sabablardan iboratdir.
Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida biгinchilaгdan bo'lib kuzatuv va tajribaga muhim e,tiboг qaratdi. Masalan, alloma ular ko'magida hastaning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, dori-darmonlar tarkibi, inson va atrof-muhit o'zara munosabati muammolarini hal etishga urinadi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-516-522
Mutafakkir o'z asarlarida ilm va ahloq-odob uyg'unligi, inson kamoloti, baht-saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning o'zaro hamkorligi, hukmdorning burchi tug'risida qiziqarli G'oyalarni ilgari surgan. Uning takidlashicha, barchani bir hil ijtimoiy mavqega erishtirib bo'lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. Barchaning boy va mansabdor bo'lishi yoki hammaning qashshoq bo'lishi jamiyatning tanazzuli va inqirozidir. Lekin inson o'zgalarga mehr-oqibatli, g'amho'r bo'lmog'i, kerak vaqtda sahovat va muruvvat qo'lini nochorlarga uzatishi zarurdir.
XULOSA
Markaziy Osiyoda ilk o'rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf talimotidagi komil inson maqomi, nafsni tiyish, bag'rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al -Horazmiy va Ahmad al-Farg'oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy G'oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, fandagi yangi yo'nalishlar birinchi galda musulmon Sharqi, qolaversa, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbahsh tasir o'tkazib keldi.
REFERENCES
1. Karimov I.A. Tarixiy xotira va inson omili - buyuk kelajagimizning garovidir. T., O'zbekiston, 2012.
2. Karimov I. A. Alloh qalbimizda, yuragimizda. T., "O'zbekiston", 1999.
3. Qur'oni Karim. T., "Cho'lpon", 1992.
4. Falsafa asoslari. T., 2005 yil. Falsafa qomusiy lug'at. T., "Sharq", 2004. Skirbekk G, Gile N. Falsafa tarixi. T., "Sharq", 2002. https://hozir.org/qadimgi-va-orta-asr-markaziy-osiyo-falsafasi-reia.html https://fayllar.org/axmedova-m-a-umumiy-muxarrirligi-ostida.html?page=11