Научная статья на тему 'XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI'

XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
930
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
epos / doston / baxshi / Alpomish / marosim / marosim folklori / syujet / poetik struktura / an’ana / ta’lim jarayoni / o’zbek xalq dostonlari / nomoddiy madaniy meros. / epic / epic / bakhshi / alpomish / rite / ritual folklore / plot / poetic structure / tradition / educational process / Uzbek folk epic / intangible cultural heritage.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova, Xursand Nuriddinovna Mirzayeva

Maqolada xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq og‘zaki ijodining qadimiy an’analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish masalalari haqida fikr ifoda etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LIFE SOURCE OF THE CULTURE OF OUR PEOPLE

The article discusses the issues of preserving the intangible cultural heritage, created on the basis of the high artistic creativity of our people, the restoration of ancient folklore traditions and the consistent development of national values.

Текст научной работы на тему «XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI»

XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI

Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Xursand Nuriddinovna Mirzayeva

BuxDU Maktabgacha ta'lim kafedrasi BuxDU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'qituvchisi talabasi

ANNOTASIYA

Maqolada xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq og'zaki ijodining qadimiy an'analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish masalalari haqida fikr ifoda etilgan.

Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, an'ana, ta'lim jarayoni, o'zbek xalq dostonlari, nomoddiy madaniy meros.

THE LIFE SOURCE OF THE CULTURE OF OUR PEOPLE

ABSTRACT

The article discusses the issues of preserving the intangible cultural heritage, created on the basis of the high artistic creativity of our people, the restoration of ancient folklore traditions and the consistent development of national values.

Keywords: epic, epic, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, tradition, educational process, Uzbek folk epic, intangible cultural heritage.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jadal kechayotgan milliy o'zlikni anglash va ma'naviy hurlikni his etish harakati ajdodlarimiz qalb qo'ri, aql-zakovati, turmush saboqlari asosida yaratilgan nomoddiy madaniy merosimizni chuqur bilishni va shu asosda xuddi buyuk ajdodlarimiz kabi turli bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlarini amalga oshirishni taqozo etmoqda. Xalqimizning boy merosini ajdodlardan avlodlarga yetkazish maqsadida, xalqimizning milliy o'zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an'ana va urf-odatlarini o'zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san'ati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan asrlarga olib o'tish va kelajak avlodga o'rgatish maqsadida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan PQ-4320 14.05.2019 "Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda ushbu noyob san'atning umumbashariy ahamiyati Termiz shahrida 2019-yili bo'lib o'tgan I Xalqaro baxshichilik san'ati festivali, shuningdek, 2021-yilning 17-20 sentabr kunlari Nukus shahrida bo'lib o'tgan II Xalqaro baxshichilik festivali o'tkazilgani fikrimizning yorqin

dalilidir. Xalq ijodining nodir namunalarini avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida "O'zbek xalq dostonlari", "O'zbek xalq qo'shiqlari" nomli darsliklar, ko'p tomlik "Qoraqalpoq folklori" to'plami chop etildi. Shu bilan birga, 100 tomlik "O'zbek xalq ijodi yodgorliklari" majmuasi nashr etildi. Xalq og'zaki ijodiyotini keng targ'ib etish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish, folklor asarlarining audio va video variantlarini ko'paytirishga alohida ahamiyat qaratildi. Shuningdek, baxshilar kuylaydigan o'lmas dostonlar sha'ni ulug'lanib, "Alpomish" dostonining ming yilligi keng nishonlandi, Termiz shahrida Alpomish haykali, Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bag'ishlab yodgorlik majmualari bunyod etildi. Davlatimiz tomonidan "O'zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni ta'sis qilingani ham hayotbaxsh an'analarimiz abadiy yashajagidan dalolatdir. Bu esa ko'proq xalqimiz turmush tarzini va og'zaki ijod durdonalarini yanada chuqurroq o'rganish va targ'ib etish yo'li bilan amalga oshirilishi qulay. O'zbek xalq dostonlarida xalqimiz badiiy tafakkurining juda boy va qadimiy an'analari mujassam. Dostonchilik san'atining bunday badiiy an'analari xalq baxshilarining takrorlanmas amaliyoti va tinimsiz mehnati bilan bizgacha yetib kelgan. Shu tariqa bir-biridan go'zal, bir-biridan sara termalar va dostonlar butun salobati va malohati bilan hali-hanuz tinglovchilarni bahramand etib kelmoqda. Ular qadimdan inson qalb torining eng nozik rishtalarini qo'zg'atgan, estetik va ruhiy ozuqa ulashib kelgan. Baxshi — qo'shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi san'atkor, xalq dostonchisi. Ular ijrochi va ijodkor baxshilarga bo'linib, ijrochi baxshilar, asosan, ustozidan o'rgangan dostonlarni juz'iy o'zgarishlar bilan aynan kuylaydilar. Respublikamizning Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarida baxshichilik san'ati rivojlangan bo'lib, hozirgi kunda Bulung'ur, Qo'rg'on, Shaxrisabz, Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm hamda Qaraqalpoq dostonchilik maktablari mavjud. Ular bir-biridan ijro usullari va repertuarlari bilan farqlanadilar. Shu ma'naviy ehtiyojdan kelib chiqib, xalqimizning o'lmas buyuk eposi "Alpomish" dostonini alohida, chuqur o'rganish va yosh avlodga o'rgatish dolzarb masalaga aylanmoqda. Ayni paytda u maktab o'quv dasturlariga ham kiritilgan. Chunki u orqali yoshlarga xalq dostonlarining janriy tabiati hamda badiiy-kompozistion xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati xususida nazariy ma'lumotlar berish imkoni tug'ilishi bilan bir qatorda doston o'quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat-e'tibor, sadoqat ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan urf-odat va an'analarni anglatish, asrab-avaylash, to'plab-o'rganishga da'vat etish uchun ham keng yo'l ochadi.

Dostonlar xalq ozaki ijodining eng yirik, salmoqdor, badiiy barkamol janridir. Ular ma'naviyatimiz va badiiy so'z san'atimizning tarixiy asoslari va zamini bo'lishi bilan birga uning bugungi holatini yanada boyituvchi, rivojlantiruvchi cheksiz imkoniyatlar manbai hamdir. Dostonlar ajdodlar va avlodlar jonli aloqasini, vorisligini

o'zida mujassamlashtiradi. Ular xalq ijtimoiy-maishiy hayoti bilan bevosita bogTanganligi tufayli har bir kishiga o'z xalqi, uning tarixi va kelajagi, istiqboldagi orzu-umidlari bilan vobastalikni his etishga, amaliy faoliyatda esa yuksak axloqiy g'oyalarni asos qilib olishga yordam beradi. Shuning uchun ham dostonlarni to'plash, o'rganish va nashr etish hamisha dolzarb vazifa bo'lib kelgan. Bu ulkan boylikning asosiy tarkibiy qismlaridan birini xalq dostonlari, jumladan, "Alpomish" dostoni tashkil etadi. «Alpomish» dostoni xalqimiz orasida juda keng tarqalgan. U hozir ham ayrim baxshilar tomonidan kuylanib kelinmoqda. Bu doston xalqimizning qahramonlik eposi bo'lib, uning badiiy strukturasi asosida arxaik marosimlar tuzilishi yotadi. Bundan tashqari, doston mazmuniga juda ko'p an'anaviy urf-odatlarimiz, udum va an'analarimiz, ularning amal qilish maqsadi va o'tkazilish tartibi singdirib yuborilgan. Bu jihatdan doston xalqimiz madaniy turmush tarzining o'ziga xos badiiy qomusi sifatida gavdalanadiki, unga xos ana shu jihatni yoritish bugungi folklorshunosligimiz oldida turgan muhim masalalardan biri sanaladi.

Xulosa qilib aytganda, baxshilar nafaqat xalq o'tmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir.Asrlar osha ularning do'mbira torlaridagi navolar jaranglayversinki, shu ruhda kamol topgan har bir farzand milliy o'zligikni anglab, xalqimiz yaratgan bos merosi orqali an'ana va urf-odatlarini, umumbashariy madaniyatimiz, millatimizning tarixiy ildizlari, olijanob ideallari kim ekanligini anglaydilar.

REFERENCES

1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - с. 48-49.

5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 3234.

7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.