Научная статья на тему '«ALPOMISH» DOSTONI – BADIIY BARKAMOL ASAR'

«ALPOMISH» DOSTONI – BADIIY BARKAMOL ASAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
32270
531
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
epos / doston / baxshi / Alpomish / marosim / marosim folklori / syujet / poetik struktura / an’ana / ta’lim jarayoni / o’zbek xalq dostonlari / nomoddiy madaniy meros. / epic / epic / bakhshi / alpomish / rite / ritual folklore / plot / poetic structure / tradition / educational process / Uzbek folk epic / intangible cultural heritage.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova, Nilufar Zavqiddin Qizi Shokirova

Maqolada doston mutolaasi davomida xalqimizning butkul unutilgan va unutilib ketayotgan urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlarining qay tarzda bo‘lgani, “Alpomish”ni nafaqat ulug‘ g‘oyalarni asrlar osha xalq og‘zaki ijodiyotining betakror dostoni ekanligi, balki milliy qadriyatlar qomusi ekanligi ifoda etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"ALPOMISH" FRIEND A PERFECT ARTISTIC WORK

The article tells about the completely forgotten and forgotten traditions of our people, the state of public relations, that "Alpomish" is not only a unique epic of centuries-old folklore, but also an encyclopedia of national values.

Текст научной работы на тему ««ALPOMISH» DOSTONI – BADIIY BARKAMOL ASAR»

«ALPOMISH» DOSTONI - BADIIY BARKAMOL ASAR

Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Nilufar Zavqiddin qizi Shokirova

BuxDU Maktabgacha ta'lim kafedrasi BuxDU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'qituvchisi talabasi

ANNOTASIYA

Maqolada doston mutolaasi davomida xalqimizning butkul unutilgan va unutilib ketayotgan urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlarining qay tarzda bo'lgani, "Alpomish"ni nafaqat ulug' g'oyalarni asrlar osha xalq og'zaki ijodiyotining betakror dostoni ekanligi, balki milliy qadriyatlar qomusi ekanligi ifoda etilgan.

Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, an'ana, ta'lim jarayoni, o'zbek xalq dostonlari, nomoddiy madaniy meros.

"ALPOMISH" FRIEND - A PERFECT ARTISTIC WORK

ABSTRACT

The article tells about the completely forgotten and forgotten traditions of our people, the state of public relations, that "Alpomish" is not only a unique epic of centuries-old folklore, but also an encyclopedia of national values.

Keywords: epic, epic, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, tradition, educational process, Uzbek folk epic, intangible cultural heritage.

"Alpomish"- qadimiy dostonlardan biridir. U qahramonlik, mardlik, vatan'arvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi sevgi va sadoqat, oila mustahkamligini kuylovchi ulkan eposdir. Unda bir oila taqdiri misolida vaziyat taqazosi bilan bo'linib ketgan qadimiy bir o'zbek urug'ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g'oyalari, uning qahramonona shon-shuxrati va istiqboli, el-yurt farovonligi, oila baxti va Vatan ravnaqi uchun kurash baralla kuylangan. Qahramonlik dostonlarimiz asrlar mobaynida xalqimizga juda katta ruhiy va ma'naviy quvvat berib kelayotir. Shuning uchun ular ma'naviy qadriyatlarimizning alohida tarkibiy qismi sanalanadi. Marosimlarga aloqador urf-odat va an'analarning bevosita dostonlarda berilishi masalasiga, ikkinchidan, doston kuylashning marosimlar bilan bog'liq tarzda davom etayotgani masalasiga ahamiyat berish kerak. «Alpomish» dostoni o'zbek xalqi qadimiy qahramonlik eposining yorqin namunalaridan biridir. Unda Alpomishning o'z yaqinlari tinchligi, baxtu saodati yo'lida ko'rsatgan qahramonliklari madh etiladi. Shu bilan birga, ushbu dostonda jamiyat va inson hayoti masalalari o'ziga xos reallikda - qahramonlik va go'zallik haqidagi xalq ideallari doirasida kuylanadi.

Alpomish nomi aslida yosh avlod shuuriga onalarning allalari orqali juda yoshlikdan singib boradi. Shu bilan u ajdodlar yodi, faxru g'ururi vositasiga aylanadi. Bu doston turkiy xalqlar patriarxat hayotining o'ziga xos poetik ko'zgusidir. Bu doston bir qancha turkiy va ularga yaqin yashagan ayrim turkiy bo'lmagan xalqlar orasida juda keng tarqalgan. Uning o'zbek, qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston holida; tojik, tatar, boshqird, O'rta Osiyo arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O'rta asr o'g'iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada Qo'rqut» tarkibidagi «Bamsi Bayrak» asari o'zining syujeti va kompozistion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi. «Alpomish» dostoni o'zbek xalqi orasida ikki versiya va ko'plab variantlarda juda keng tarqalgan. O'tgan asrda uning variantlari o'ttizga yaqin xalq baxshisidan qirqqa yaqin variantda yozib olingan. Uning to'la variantlari Fozil Yo'ldosh o'g'li, Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan, Berdi baxshi, Bo'ri Sodiq o'gli, Bekmurod Jo'raboy o'gli, Mardonaqul Avliyoqul o'g'li, Abdulla Nurali o'gli, Saidmurod Panoh o'gli, Umir Safar o'gli kabi etakchi dostonchi baxshilardan yozib olingan. Shular orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi atoqli xalq shoiri Fozil Yo'ldosh o'g'lidan yozib olingan nusxa hisoblanadi. Unda shoirning yuksak dostonchilik mahorati to'la namoyon bo'lgan. Fozil Yo'ldosh o'g'li «Alpomish» dostonini butun umr bo'yi kuylab kelgan. Atoqli shoir Hamid Olimjonning obrazli iborasi bilan aytganda, bu doston uning shoirlik beshigi bo'lgan. Binobarin, "Alpomish" dostonida ham buning yorqin guvohini ko'rish mumkin. Rus folklorshunosi B.Putilov "Epos va marosim" masalasiga alohida e'tibor qaratar ekan, ularning bir-biriga bogliqligini alohida ta'kidlaydi.[1,76b] Darhaqiqat, dostonlar syujetiga nazar tashlansa, B.Putilovning haq ekani ko'rinadi. Bunda garchi olim o'z ilmiy xulosasini, asosan, rus eposchiligi nuqtai nazaridan ilgari surgan bo'lsa-da, uning bu fikrini hatto o'zbek dostonchiligi ham tasdiqlay oladi. Chunki qaysi bir o'zbek xalq dostoniga e'tibor qaratmaylik, unda, albatta, biror-bir oilaviy-maishiy marosim badiiy ifoda etilganligining, ya'ni tasvirlanganligining guvohi bo'lish mumkin. Ana shundan kelib chiqqan holda folklorshunos J.Eshonqulov: "Shuni aytib o'tish kerakki, eposning, ayniqsa, qahramonlik dostonlarining bevosita marosim bilan bog'liq jihatlari hali etarli darajada o'rganilgan emas. Arxaik eposda, jumladan, "Alpomish" dostonida ham marosimlarning muhim o'rin tutishi va ustuvor qonuniyat kasb etishi kuzatiladi. Biroq qahramonlik eposi birgina marosimlardan kelib chiqadi yoki tug'iladi deb xulosalash masalani o'ta jo'n hal etish bo'ladi", - deb yozadi.

Darhaqiqat, "Alpomish" dostoni garchi qahramonlik dostoni bo'lsa-da, unda xalqimizning madaniy-maishiy turmush tarzi, o'ziga xos oilaviy marosimlari, urf-odat va an'analari tasviri muhim o'rin egallaydi. Ularni o'rganish orqali "Alpomish" dostoni ajdodlarimizning eng qadimiy va hayotbaxsh an'analarini o'zida mujassam etgan betakror badiiy durdona asar ekanini his etish hamda shu orqali "epos va marosim"ning uzviy bogliqligini anglash mumkin.

J.Eshonqulov yana arxaik epos bilan marosim strukturasi o'zaro uyg'un kelishini asoslab, buni "Alpomish" dostoni tahlili misolida quyidagicha ko'rsatib o'tadi: "Shomonning shajarasi. Uning tanlanishi, homiy ruhlar ko'magida bo'lishi, o'zga dunyoga safar, yovuz ruhlar jangi, o'zga qiyofaga ega bo'lishi bu shomonlik marosimiga xos xususiyatdir. Arxaik, jumladan, "Alpomish" eposida ham shajaraga alohida urg'u berilishi, Hakimbekning tug'ilishi va doimo pirlar ko'magida bo'lishi, qahramonliklar namoyish etishi, safarga otlanishi, yovuzlikka (yovuz ruhlarga) qarshi kurashi, etti yillik zindon, ya'ni ramziy o'liklik holatidan so'ng qayta tirilib chiqib, Qultoy qiyofasiga kirishi struktural jihatdan shomonlik marosimi bilan aynan bir xil ekanligini ko'ramiz", - deya qayd etadi. Hatto dostonda tush ta'biriga bag'ishlangan qadimgi marosimlar ham keltirilganligini taniqli folklorshunos J.Eshonqulov ta'kidlab o'tadi. "Alpomish" dostonida shunday motivlar borki, ularni hozirgi hayotda mavjud bo'lgan yoki bugungi kunda unutilib, o'tkazilmaydigan bo'lib qolgan ayrim oilaviy-maishiy marosimlar bilan qiyoslab o'rganishga to'g'ri keladi. Aks holda ularning asl mazmun-mohiyatini anglab bo'lmaydi. Zero, folklorshunos J.Eshonqulov "Alpomish" dostoni haqida shunday deydi: "Ta'bir joiz bo'lsa, xalqimizning ko'hna marosimlar, urf-odatlar, irim-sirim, tabularning "qomusi" deb atash mumkin. Chunki hech bir eposda xalqimizning maishiy hayoti bunchalik keng ko'lamda badiiy ifodasini topmagan"

Xulosa qilib aytganda, "Alpomish" - mumtoz barkamol epos. Unda qo'llangan har bir detal o'z mazmun-mohiyatiga ega. Doston va marosim munosabatlarini o'rganish-milliy madaniyatimizga bo'lgan cheksiz mehr-muhabbat va ehtiromimiz namunasi. Dostonda ifodalangan marosim va urf-odat, o'lmas an'analar xalqimiz ma'naviyatining nodir xazinasidir.

REFERENCES

1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - с. 48-49.

5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 3234.

7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.