Научная статья на тему 'XALQ CHOLG‘ULARI VA ULARDA IJRO ETISH MASALALARI XUSUSIDA'

XALQ CHOLG‘ULARI VA ULARDA IJRO ETISH MASALALARI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
385
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Maqosidul alhon” / chang / ud / simbala / nuzxa / migni / tanbur / sato. / “Maqosidul alhon” / chang / ud / simbala / nuzxa / migni / tanbur / sato.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mаmаsoliyeva Dildora Valijon Qizi, I A. Ro’zimurodov

Inson hayotida musiqaning о„rni juda katta ahamiyatga ega bо„lib, har bir inson о„zi yoqtirgan kuy va qо„shiqlarni tinglaydi va undan ma‟naviy ozuqa oladi. Har bir musiqa cholg„usining о„ziga xos yaratilish tarixi va ijro xususiyatlari mavjud bо„lib, ular asrlar o‟sha avlodlardan avlodlarga meros bо„lib kelmoqda. Ushbu maqolada xalq cholg„ulari va ularning ijro xususiyatlari tо„g„risida sо„z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Music plays important role in the life of people and every person listens their favorite music and melody, by the way they obtain moral rest by listening pleasant music. All musical instruments have their own origin and specifics in performance. National musical instruments have been becoming heritage for generations as a symbol of nationality. In this article, national musical instruments and their the features in performance will be expressed.

Текст научной работы на тему «XALQ CHOLG‘ULARI VA ULARDA IJRO ETISH MASALALARI XUSUSIDA»

XALQ CHOLG'ULARI VA ULARDA IJRO ETISH MASALALARI

XUSUSIDA

Mamasoliyeva Dildora Valijon qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Musiqa madaniyati fakulteti 3-kurs talabasi

Ilmiy rahbar:"Ijrochilik maxorati va madaniyati" kafedrasi o'qituvchisi

I.A.Ro'zimurodov E-mail: dildoramamasoliyeva17@gmail.com

ANNOTATSIYA

Inson hayotida musiqaning о'rni juda katta ahamiyatga ega bо'lib, har bir inson o'zi yoqtirgan kuy va qo'shiqlarni tinglaydi va undan ma'naviy ozuqa oladi. Har bir musiqa cholg'usining o'ziga xos yaratilish tarixi va ijro xususiyatlari mavjud bo'lib, ular asrlar o'sha avlodlardan avlodlarga meros bo'lib kelmoqda. Ushbu maqolada xalq cholg'ulari va ularning ijro xususiyatlari to'g'risida so'z yuritilgan.

Kalitso'zlar:"Maqosidul alhon", chang,ud, simbala, nuzxa, migni, tanbur, sato.

ABSTRACT

Music plays important role in the life of people and every person listens their favorite music and melody, by the way they obtain moral rest by listening pleasant music. All musical instruments have their own origin and specifics in performance. National musical instruments have been becoming heritage for generations as a symbol of nationality. In this article, national musical instruments and their the features in performance will be expressed.

Keywords: "Maqosidul alhon", chang, ud, simbala, nuzxa, migni, tanbur, sato.

Muhtaram yurtboshimiz, Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning Madaniyat va san'at sohasiga bo'lgan yuksak e'tibori biz yoshlarni o'z sohamizning yetuk mutaxassisi bo'lishimiz, ilm olishga bo'lgan intilishimiz uchun poydevor bo'lib kelmoqda. San'at, madaniyat, musiqa, teatr yo'nalishlari orqali tinglovchilar va san'at ishtiyoqmandlarini milliyligimiz ruhida tarbiyalashimiz mumkin. Bilamizki, ma'lum bir davlatni tilga olar ekanmiz, beixtiyor uning tili, dini, milliyligi, albatta musiqiy ohanglari ham ko'z oldimizda gavdalanadi. Misol qilib oladigan bo'lsak, arab, turk musiqalari, o'zbek shashmaqomi, milliy nag'malarimizni hayolan his etamiz. Shu kungacha musiqa darslari ikkinchi darajali fan sifatida qaralar edi, balki shu tufayli

yoshlarimiz milliylikdan yiroqlashgandir?! Musiqa sohasining ham o'ziga xos tarixi, musiqiy nazariyasi, cholg'uchilik mahorati kabi mutaxasislik fanlari mavjud. Bir cholg'uni qo'lida tutib ko'rmagan, hatto cholg'u haqida, musiqa, kuy borasida ma'lumotga ega bo'lmagan inson uchun, afsuski, ijrochilik xuddi shunchaki bir qobiliyatdek, soddadek ko'rinadi. Musiqa - shaxsning estetik didini, har bir sohada diqqatli bo'lishni, hech bo'lmaganda farzand uchun jonli alla aytishni o'rgatadi. Prezidentimizning 2022-yil 2-fevral sanasida 112-son PQ ga muvofiq chora-tadbirlari amalda ham tekshiruvda ekanligi biz uchun faxr uyg'otdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish, madaniyat va san'at sohasida iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini milliy cholg'ular, musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq masalalar belgilab berildi.

Shuningdek, hozirgi kunda O'zbekiston hududida musiqa ijrochiligida qo'llanilayotgan Chang nomli musiqa cholg'usi Sharq va boshqa xalqlarning milliy musiqa ijrochiligida turli xil nomlariga ega. Belorussiya va Ukrainada - simbala. Uyg'ur xalqlarida - chang, Eronda-santur deb nomlanadi. Ko'pgina musiqiy risolalarda zikr etilgan Chang cholg'usi hamda XVI asrlarda yashagan Darvesh Ali Changiy ijro etgan Chang nomli musiqa cholg'usi tamoman boshqa ko'rinishda bo'lib, hozirgi kunda musiqa ijrochiligida qo'llanilayotgan "Arfa" musiqa cholg'usiga o'xshashdir. Bundan tashqari XVIII-XIX asrlarda Ozarbayjonda ham changga o'xshash "Nuzxa" va "Migni" nomli musiqa cholg'ulari bo'lgan.

"Nuzxa"da 81 tor, "Migni"da 33 ta tor uch qatordan tortilgan bo'lgan va bu turdagi chang musiqa cholg'usi sozandaning torlarni o'ng va chap qo'l barmoqlari, tabiiy tirnoqlari bilan tirnashi orqali ijro etilgan.

Hozirgi kunda O'zbekistonda Chang cholg'usi milliy va zamonaviy musiqa ijrochiligida keng miqyosda qo'llanilmoqda. Faxriddin Sodiqov, Fozil Xarratov, Ahmadjon Odilov, Rustam Ne'matov, Abdurahmon Xoltojiyev kabi mohir sozandalar o'ziga xos chang ijrochiligi maktabini yaratgan ustozlar hisoblanadi.

Chang- musiqa cholg'usi tanburning o'ttiz ikki pardasidan olinib ixtiro qilingan. Ba'zi rivoyatlarda go'yo Arastu (Arestotel) Hakim Zuhro yulduziga qiyos qilib ixtiro qilgan deyiladi. Undan tashqari Abdulqodir Marog'iyning "Maqosidul alhon" (Kuylar maqsadlari) kitobida chang musiqa cholg'usini yuziga teri tortilgan,

"Unga 24 ta tor ikki tomoniga ip bilan bog'lab qo'yilgan" degan ma'lumot berilgan bo'lib, noxun (tirnoq) vositasida ijro etilgan.

Ud- Sharq xalqlari musiqa ijrochiligida eng qadimiy musiqa cholg'ularidan biri bu "Ud" cholg'usi bo'lib, butun Sharq xalqlari musiqa ijrochiligida qariyb X asr davomida yetakchi soz hisoblanib, amaliyotda keng qo'llanilib kelinmoqda. Ud musiqa cholg'usining yaratilishi haqida turlicha ma'lumotlar berilgan. Ud so'zining lug'aviy ma'nosi "Qora daraxt" bo'lib, ya'ni qora daraxtdan tayyorlangan musiqa cholg'usi. Udning dastlabki nusxasi yunon olimi - Pifagor tomonidan ixtiro qilingan. Udning ikkinchi nomi "Barbat" deb nomlanib, bu so'z ikki ma'nodadir. Bar-qomat, bat-o'rdak, ya'ni o'rdak qomatiga o'xshash musiqa cholg'usi ma'nosini anglatadi. Musiqa tarixida sharq musiqa ijrochiligining asoschisi, sharq musiqa madaniyatining rivojiga katta hissa qo'shgan sozanda, xonanda, bastakor Barbat Marvaziyning nomi zikr etilgan. Sozanda O'rta Osiyoning Marv(Mari) shahrida yashaganligi, uning yetuk ijrochilik mahorati Eron podshohi Xusrav Parvizda katta tassurot qoldirgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha Barbat Marvaziy Eron podshohi saroyida xizmat qilgan va podshohga atab "Xusravoniy" nomli musiqiy asarlar bastalagan. Bu asarlar uzoq yillar davomida Sharq xalqlari musiqa ijrochiligida alohida o'rin tutganligi haqida juda ko'p ma'lumotlar berilgan.

Ud sozi to'g'risida Forobiy, Urmaviy, Jomiy, Navoiy, Sheroziy, Kavkabiy, Husayniy, Darvesh Ali va boshqa mutafakkirlarning musiqa ilmiga bag'ishlangan asarlarida o'qishimiz mumkin. Shu davrlarda Ud sozi avval 4torli, keyin 5 torli va 7 pardali bo'lib, torlari bam, maslas, masna, zir, hodd tusida, pardalari esa mutlaq, zoid, mujannab, sabboba, vustaifurs, vustaizalzal, binsir, xinsir kabi nomlar bilan atalgan. Ko'pgina musiqiy risolalarda Udning turli xil ko'rinishdagi, nomlanishdagi nusxalari, turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Ya'ni Ud, udikomil, udiqadim, tarafrud, rud, shohrud, Barbat va hokazo.

Tanbur, sato -Tanbur musiqa cholg'usi ikki xil ijro yo'li asosida musiqa ijrochiligida qo'llanib kelingan. Ya'ni noxun (mizrob) va kamon vositasida ijro etilgan. Kamonli tanbur haqida keyinchalik Abdulqodir Marog'iy o'zining "Maqosid-ul-alhon", (Kuylar maqsadlari) asarida 40 ga yaqin musiqa cholg'ulari haqida ma'lumot berib, tanburning kamon vositasida ijro etiladigan nusxasi "Naytanbur"ga alohida to'xtalgan.

Abdurauf Fitrat esa o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida shunday fikr bildirgan - "Shashmaqom" asarlari ikki yoki uch tanbur jo'rligida ijro etilib, uch tanburdan biri kamon vositasida ijro etilgan. Agarda bir tanbur kamon vositasida ijro etilmaganda uning o'rniga qubuz cholg'usi jo'r bo'lgan.

Demak, sozandalar ba'zan tanburni kamon vositasida ijro etishgan. 1957 -yilda esa O'zbekiston radiosi va televideniyasi qoshida Yunus Rajabiy rahbarligida maqom

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

ansambli tashkil etilib, eng yetuk sozanda va xonandalar bu ansamblga taklif etilgan. Jumladan, Turg'un Alimatov ham tanburchi sozanda sifatida ushbu ansamblda faoliyat olib borgan.

Sato yoki tanbur haqida O'zbekiston xalq artisti, professor Turg'un Alimatov sozgar usta Usta Usmon Zufarovga murojaat qilib, tanburni kattaroq ko'rinishda, ya'ni ham noxun, ham kamon vositasida ijro etish imkoniyatlariga ega bo'lgan holda yasab berishini iltimos qiladi. Usta Usmon rozilik bildiradi. Ustaxonaga kelgan Turg'un Alimatovning ko'zlari ustaxona burchagida chang bosib yotgan tanbur cholg'usiga tushadi. Bu cholg'u 1937-yilda O'zbekistonning Moskvada bo'lib o'tgan birinchi dekadasiga bag'ishlab tayyorlangan va ko'rgazmada namoyish etilgan, 1937-yildan 1957-yilgacha ustaxonada yotgan edi.

Usta Usmon ushbu cholg'uni qayta qo'lga olib, uning parda, qopqoq, xarrak kabi qismlari yangilanib, qayta ta'mirlaydi. Cholg'u Turg'un Alimatovga ma'qul bo'ladi va u ushbu cholg'uni ham noxun, ham kamon vositasida ijro eta boshlaydi.

Dastlab Turg'un Alimatov "Navo" nomli asarini ijro etgan. Bu musiqa cholg'usining tanbur singari noxun vositasidagi ijrosi "Tanbur", kamon vositasidagi ijrosi "Sato", yoki "Tanbur sato"deb atala boshlandi. Keyingi yillarda Turg'un Alimatov juda ko'p musiqiy asarlarni sato ijrochiligi yo'lida ijro etib, o'zining o'ziga xos ijrochilik maktabini yaratdi va "Sato navolari" nomli audio asarlari to'plamini yaratdi.

REFERENCES

1.КараматовФ. "Узбекскаяинструментальнаямузыка" Т.; 1972 г.

2.Fitrat. "O'zbekklassikmusiqasivaunitarixi" T.; Fan. 1993 y.

3.Lutfullayev A."Xalq cholg'ularida o'qitish uslubiyoti" T,; 2005 y.

4.Abdullayeva O. "Ansambl cholg'ularini o'rganish" Musiqa. T.; 2006 y.

5. Nosirov R. "Cholg'u ijrochiligi" T,; 2008 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.