Научная статья на тему 'TANBUR SOZINING PAYDO BO‘LISHI VA MILLIY CHOLG‘U IJROCHILIGIDAGI O‘RNI'

TANBUR SOZINING PAYDO BO‘LISHI VA MILLIY CHOLG‘U IJROCHILIGIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1102
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Milliy cholgʻular / tarixiy qoʻlyozmalar / musiqiy risolalar / etnograf / tarix / yakkanavozlik / jo‘rnavozlik. / National instruments / historical manuscripts / musical brochures / ethnography / history / soloism / journalism.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Olimxo‘ja Islomovich Karimov

Ushbu maqolada oʻzbek xalq cholgʻularning shakllanish tarixi va musiqiy merosimizda tutgan oʻrni haqida fikr Yuritilgan. Oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan va hozirgi davrga qadar bir qator taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tib mukammal darajada shakllangan tanbur sozi xususida ma’lumotlar keltirib oʻtilgan. Sharq musiqashunos olimlarining cholgʻu musiqasiga oid qarashlari, musiqiy-ilmiy merosi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EMERGENCE OF THE TANBUR INSTRUMENT AND ITS PLACE IN NATIONAL INSTRUMENT PERFORMANCE

This article discusses the history of the formation of Uzbek folk instruments and their role in our musical heritage. There is information about a perfectly formed tanbur instrument that existed in the Middle Ages and has undergone a number of stages of development to the present day. The views of oriental musicologists on instrumental music, musical and scientific heritage are covered.

Текст научной работы на тему «TANBUR SOZINING PAYDO BO‘LISHI VA MILLIY CHOLG‘U IJROCHILIGIDAGI O‘RNI»

TANBUR SOZINING PAYDO BO'LISHI VA MILLIY CHOLG'U

IJROCHILIGIDAGI O'RNI

Olimxo'ja Islomovich Karimov

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi dotsenti

o.i.karimov@buxdu.uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek xalq cholg'ularning shakllanish tarixi va musiqiy merosimizda tutgan o'rni haqida fikr Yuritilgan. O'rta asrlarda mavjud bo'lgan va hozirgi davrga qadar bir qator taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tib mukammal d arajada shakllangan tanbur sozi xususida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Sharq musiqashunos olimlarining cholg'u musiqasiga oid qarashlari, musiqiy-ilmiy merosi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Milliy cholg'ular, tarixiy qo'lyozmalar, musiqiy risolalar, etnograf, tarix, yakkanavozlik, jo'rnavozlik.

EMERGENCE OF THE TANBUR INSTRUMENT AND ITS PLACE IN NATIONAL INSTRUMENT PERFORMANCE

Olimkhoja Islamovich Karimov

Bukhara State University, Faculty of Art History, Associate Professor of

Music Education o.i.karimov@buxdu.uz

ABSTRACT

This article discusses the history of the formation of Uzbek folk instruments and their role in our musical heritage. There is information about a perfectly formed tanbur instrument that existed in the Middle Ages and has undergone a number of stages of development to the present day. The views of oriental musicologists on instrumental music, musical and scientific heritage are covered.

Keywords: National instruments, historical manuscripts, musical brochures, ethnography, history, soloism, journalism.

KIRISH

Musiqa madaniyatida ta'kidlangan ilk cholg'ular eng qadimiy davr tarixi bilan bog'liqdir. Zabardast olimlar tadqiqotlari natijasida milliy cholg'ularimiz tosh -qoyalardagi haykalchalarda, terronota (loydan yasalgan odam va uning qo'lidagi soz) larda, turli miniatYuralarda, yog'och o'ymakorligi va uy Yumushlaridagi tasvirlar

orqali bizning zamonamizgacha etib keldi. Bunda yirik arxeolog, etnograf, tarixchi -manbashunos va san'atshunoslarning xizmati katta bo'ldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston va Tojikiston qadimgi davr musiqiy san'atida, milliy - an'anaviy cholg'ularimiz qatoridan o'rin olgan tanbur va dutor sozlari jahon ahamiyatini tobora o'ziga jalb etib kelmoqda. Tanbur va dutor cholg'ulari, zamonamiz amaliyotida bir necha dilkash nomlarga ega bo'lib, har biri o'zgacha oila paydo qilgan, bular: yakka, ansambl, orkestr va hatto zamonamiz milliy estrada jamoalaridan joy olib, Yuqori mavqe'larga ega bo'lmoqda. Tanbur sozi tarixiga nazar solar ekanmiz, qadimda ularning ko'p turlari mavjud bo'lib, tanburlarning tuzilishi ham har xil bo'lgan va ular ko'pgina SHarq mamlakatlarida keng iste'molda bo'lgan. Tanbur va dutorning "Gardon" ya'ni, Grifi Mesopotomiya uslublariga o'xshash, ya'ni eramizdan avvalgi uch minginchi yillarga tegishliligi manbalarda ko'rsatilgan. Markaziy Osiyoda esa eramizdan oldingi IV - III asrga Pahlavoniylar tarixida tanbur va dutor sozlari haqida ham bir qator ma'lumotlar mavjud.

Tanbur turlari haqida shularni aytish mumkinki, SHarqda uning turli ko'rinishlari bo'yicha quyidagilarni keltirish mumkin. Masalan: Forobiy, Hirot, Bog'dod, Xuroson va Buxoriy tanburlari qadimda iste'molda bo'lganligi bizga tarixiy manba'lardan ma'lum. Allomalarimiz al-Forobiyning "Kitobul musiqiy al-Kabir" Ibn Sinoning "Nuqtadoi Jolibiy", Abdulqodir Marog'iyning "Maqosid al-alhon", "Ja'mi alhon" kabi risolalarida tanbur va dutor haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilganki, bu Yuqorida aytgan fikrlarimizning yaqqol dalili bo'lib xizmat qiladi.

Musiqashunos Amuliy asarlarida SHirvoniy va Turk tanburlarining nomlari tilga olinadi. Bundan tashqari u kamon - smichok bilan chalinadigan tanburi - nayi, ya'ni Sato sozi haqida xabar boradi. Tanbur sozining keng qamrovda ma'lum darajada baland mavqega ega bo'lish davri asosan XVI - XVII asrlar hisoblanadi, bu esa temuriylar hukmronligi davriga to'g'ri keladi. Tanbur so'zining lug'aviy ma'nosi Buxorolik yirik musiqashunos Darvishali CHangiy ta'kidlaganidek, tan - Yurak, bura - tebratish, larza ma'nolarini bildirib, inson Yuragini larzaga soluvchi soz demakdir. Tanbur sozining torlari dastlab ikkita bo'lgan bo'lib, hozirda unga yana bitta tor qo'shilgan. Eron tanburlari uchta va hatto beshta tordan iborat bo'ladi.

MUHOKAMA

Keyingi davrda tanbur sozini mashhur musiqashunoslar Fayzulla Karomatov, B.SHaroshi, O.Boyko, I.Nizomiy, Murodullo Abdukarimov, A.Petrosyaits, Usta Usmon Zufarovlar tadqiq qildilar. Jahon tarixi va tasvirlardagi ko'rinishlar orqali o'z badiiyligi bilan bizgacha etib kelgan cholg'ular haqida talaygina ma'lumotlar mavjud. YUqorida

aytib o'tkanimizdek, tanbur sozining juda ko'p turlari mavjud. Bular, tanbur kato, setor, chortor, panjtor, shishtor, sitor turlaridir. Hindlarda "Tanpura" nomli tanbursimon sozlar ham mavjud. Ular Xuroson, Eron, Buxoro, Bog'dod, Badaxshon nomlari bilan mashhur. Tanbur va unga munosib cholg'ularda turli xil o'ziga xos musiqiy asarlarni ijro etish mumkin. Lekin tanbur sozi asosan xalq kuylari va SHashmaqom mushkilotlarini ijro etishga hamda mumtoz ashulalarga jo'rnavoz bo'lish uchun mo'ljallangandir. Uning bunday imkoniyatlarini tadqiqotchilar T.Vizgo, G.Pugachenkova, I.Rajabov, S.Paxalovlar asoslab berdilar. Tanbur cholg'usining tipologik genezisi haqida uning ilmda alohida tadqiqotlarga mansubligini L.G.Koval va boshqa olimlar o'z tadqiqotlarida aytib o'tdilar. Keyingi yillarda o'zbek va tojik milliy musiqasi va milliy sozlari haqida yirik monografik asarlar yaratilmoqdaki, bu milliy musiqamiz va sozlarimiz tarixini o'rganishda muhim rol o'ynamoqda.

Jumladan, Fayzulla Karomatov va N.Nurjonovlar tomonidan yaratilgan "Badaxshon bodasining (Pomir) milliy musiqasi va cholg'ulari" kitobi bunga misol bo'la oladi. Ushbu asarda tanbur va dutor haqida ham keng ma'lumotlar berilgan. Bizga ma'lumki, milliy sozlarimizning sof va jarangdor ovoz chiqarishi uning yasalish texnologiyasi bilan ham bog'liqdir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O'zbekistonning qator vohalarida ham soz yasovchi ustalar tomonidan ustoz-shogird tarzida turli xil milliy sozlarni yasab sozandalarga in'om etib kelmoqdalar. XIX asr oxirida tanbur sozini yasashda asosan ikki nomdor usta faoliyat ko'rsatib keldilar. Bular, buxorolik Usta Tohir (1883 - 1953) va toshkentlik Usta Usmon Zufarov (1892 - 1980) edilar. Ushbu ustalar milliy sozlarni yaratishda o'ziga xos maktab tashkil qildilar, desak adashmaymiz. Usta Tohirning - Usta Abduxoliq (Qori qutti), Samarqandda Usta O'rin singari shogirdlarni etishtirgan bo'lsa, Usta Usmon Zufarov - Usta Xirojiddin, Usta To'xtamurod, Usta Muhammadsiddiq, Usta Faxriddin, Usta Nabi kabi o'nlab shogirdlarga murabbiylik qildi.

NATIJA

Milliy sozlarni yasovchi ustalardan katta mahorat va sabr - toqat talab qilingan. Ular bir cholg'uni yasashda uzoq yillar uringan paytlar ham bo'lganini, ustalar bilan bo'lgan suhbatlar-dan angladik (Buxorolik usta K.Muqimov bilan bo'lgan suhbatdan). Soz yasovchi ustalar asbob xom ashyosiga (yog'ochiga) ko'p e'tibor berganlar va unga juda ehtiyotkorlik bilan yondashganlar. Ustalar yog'ochni tayyorlashda uni quyosh tafti, shamol, yomg'ir, suv, qor, namlik va tuproq ta'siri, hasharotlardan asrash uchun maxsus qorong'u uyda saqlab kelganlar. O'rik va tut yog'ochini tanlashda o'rikning danagi shirin bo'lishi, tut yog'ochida esa tut shirin va serhosilligiga e'tibor berilgan. CHolg'u yasash uchun yog'ochni besh yildan yigirma yil muddatda saqlab kelganlar. SHunday qilib tanbur sozini yasashda quyidagi texnologiya qo'llangan.

1. Rezanatorli korpus (Kosa xona)

2. Dasta (Grif)

3. Bo'g'iz, gardan

4. Qopqoq, zarpo'sh (deka)

5. Torgir (Sim saqlovchi ilgaklar)

6. Quloqlar

7. SHaytonxarrak

8. Pardalar

9. Torlar (Simlar)

10. Xarrak

11. Noxun, zaxma

Endi shu o'rinda bugunlik kunda iste'molda bo'lgan tanbur cholg'u sozining sur'atini keltiramiz:

ftfftf ff f 1 I I 1iili.1i ■ Yi

1950 yilda akademik YUnus Rajabiy mohir tanburchi Turg'un Alimatovga tanburni kamon orqali chalishni taklif etib, "Tanbur - sato" keyinchalik "Sato" nomi bilan ataladigan sozni ijrochiligimizda qo'llagan edilar. (Lekin tanburni kamon bilan chalish Buxoroda XIX acrning oxirida rasm bo'lgani manbalarda ko'rsatilgan). "Sato" sozi kamon bilan chalish uchun yasaladi. Uni tanburdek ijro etish (ya'ni noxun bilan) mushkulroq, chunki uning xarragi tanburnikidan ancha balanddir.

O'rta asr olimi Mahmud ash-SHeroziy XII asrlarda yozilgan risolasida tanburga o'xshash kamon bilan chalinadigan "Kamoncha" nomi bilan mashhur bo'lgan cholg'u haqida ham yozadi. Bizning nazarimizda bu sato cholg'u sozi bo'lishi ham mumkin (N.Z.). shu o'rinda sato cholg'u sozining sur'atini keltirishni joiz ko'rdik.

XULOSA

SHunday qilib tanburga oid tarixiy manbalardagi ma'lumotlar bilan imkon darajasida tanishib, bu borada ma'lum tasavvurga ega bo'ldik.

REFERENCES

1. Cholg'u ijrochiligi va ansambli. O'quv qo'llanma / Karimov O.I., -Buxoro: Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2019.

2. Cholg'u ijrochiligi (prima rubobi, qashqar va afg'on ruboblari). O'quv qo'llanma / Karimov O.I., -Buxoro : Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona

3. Kushaev, I. A. (2020). MUSIC PEDAGOGICAL DOLLARS OF DOSTON ART. International Engineering Journal For Research & Development, 5(9), 6-6.

4. Kushaev, I. A. (2020). BAKHSHI ART SCHOOLS AND THEIR PERFORMING FEATURES. Scientific reports of Bukhara State University, 3(3), 295-299.

5. Кушаев, И. А., & Ахтамов, И. И. (2020). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ТРАДИЦИОННОЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ МУЗЫКИ (НА ПРИМЕРЕ ИСКУССТВА ДАСТАНА). Academy, (11 (62)).

6. Fayzullaevich, Q. I. (2021). CULTURE AND ART VALUES AND AESTHETICS IN FORMATION FACTORS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 7(01), 48-53.

7. Kayumov, I. F. (2020). VALUES AND AESTHETIC FACTORS IN THE FORMATION OF CULTURE AND ART. International Engineering Journal For Research & Development, 5(8), 8-8.

8. Каюмов, И. Ф., & Жураева, М. (2020). Место музыки в воспитании духовно-нравственных качеств учащихся 5-7 классов общеобразовательных школ. Проблемы педагогики, (3 (48)).

9. Каримов, О. И. (2020). Значение специфических особенностей и воспитательных возможностей узбекских народных инструментов. Academy, (3 (54)).

10. Каримов, О. И. (2020). ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ МУЗЫКАЛЬНЫЕ ВЗГЛЯДЫ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ МУЗЫКИ. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

11. Rakhmatov, N. E. (2020). Problems of Creative Approach in The Pedagogical Activity of Future Music Teachers. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 659-664.

12. Kushaev, I. A. (2020). Musical pedagogical fundamentals of doston art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(10), 10611067.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.