VAYRONKOR G'OYALARNING IJTIMOIY OQIBATLARI
Abduxoliq Tashanov
O'zbekiston Milliy universiteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta'limi" kafedrasi dotsenti, f.f.n. E-mail: abdu_xoliq07@mail.ru O'zMU dotsenti, f.d. Jaloliddin Yusubov taqrizi asosida
ANNOTATSIYA
Maqolada buzg'unchi g'oyalarning mazmun-mohichti, ularninng keng tarqalishi sababalri va unga muvofiq mafkuraviy poligonlar hamda turli mafkuraviy kuchlarning faollashuvi, postindustrial muhitdagi ijtimoiy ziddiyatlarni keltirib chiqarishi va boshqa ijtimoiy oqibatlari tahlil qilingan. Shuningdek, buzg'unchi g'oyalarning turli davr olimlari tomomnidan o'rganilishi, ularga tasnif berilishi, ularni o'rganishga bo'lgan turlicha yondashuvlarning shakllanishi hamda bugungi globallashuv sho'aroitida milliy taraqqiyotimizga ko'rsatayotgan salbiy ta'siri o'rganilgan.
Kalit so'zlar: buzg'unchi g'oyalar, ijtimoiy oqibatlar, globallashuv, davlat, jamiyat, milliy manfaat, milliy taraqqiyot, milliy g'oya, texnologiyalar.
SOCIAL CONSEQUENCES OF A DESTRUCTIVE IDEA
ABSTRACT
The article analyzes the content and environment of destructive ideas, the reasons for their wide distribution, the activation of ideological testing grounds and various ideological forces, social conflicts in the post-industrial environment and other social consequences. The study of breakthrough ideas by scientists of different eras, their classification, the formation of various approaches to their study, the negative impact that they have on our national development in the light of modern globalization have also been studied.
Keywords: subversive ideas, social consequences, globalization, state, society, national interest, national development, national idea, technologies.
Kirish. Bugun dunyoda buzg'unchi g'oyalarning keng tarqalishi va unga muvofiq mafkuraviy poligonlar hamda turli mafkuraviy kuchlarning faollashuvi, postindustrial muhitdagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi kuzatilmoqda. Zamonaviy
June, 2023
294
texnologik inqilob sharoitida ommaviy axborot va kommunikatsiya muammolarining avj olishi jahonning aksariyat mamlakatlarida milliy o'zlikni anglashga bo'lgan tahdidlarning ko'lami va ta'sir kuchining ortib borishi bilan bog'liq masalalarni kun tartibiga qo'ymoqda. Bunday sharoitda har bir suveren davlat, jumladan, O'zbekiston ham o'zini muayyan tamaddun egasi sifatida saqlab qolishga harakat qiladi. Shu bois, fuqarolarda bugungi dunyodagi voqea-hodisalarga befarq bo'lmaslik, jamiyatdagi islohotlarga daxldorlik va milliy o'zlikni anglash tuyg'usini shakllantirish muammosini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Har qanday millat jahon sivilizatsiyasida o'zining munosib o'rnini egallashga intilar ekan, ushbu millatning g'oyasi umuminsoniy qadriyatlarga ham suyanishi shart. Har bir xalqning tarixiy, madaniy va ma'naviy merosida umuminsoniy qadriyatlar ham o'ziga xos shakllar va ko'rinishlarda ifoda etilgan bo'ladi. Shu bilan birga, boshqa millatlar, davlatlar, dinlar va sivilizatsiyalarning xos qadriyatlari va ijobiy tajribalaridan foydalanish ham jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida ma'lum ahamiyat kasb etadi. Shu ma'noda, mafkuraviy jarayonlar jadallashgan davrda kuchli jamiyat qurish uchun xalqimizning milliy ma'rifiy qarashlarimizni yanada chuqurlashtirishga ehtiyojlar sezilmoqda. Chunki, biz qurayotgan jamiyat g'arbdan yoki sharqdan ko'r-ko'rona ko'chirib olinmagan, balki bir necha ming yillik tarixiy tajribalarimizga asoslanadi. "Koronavirus infeksiyasining mintaqa davlatlari hududiga kirib kelishi, uning oqibatlarini yumshatish maqsadida joriy etilgan qat'iy karantin choralari natijasida ko'plab aholi qatlamlari asosiy vaqtini o'z uylarida, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazishga majbur bo'ldi. Buning natijasida aholi orasida tarmoqdagi buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushish holatlari sezilarli ravishda ortgan, taqiqlangan diniy oqimlar a'zolari esa o'z "jamoati" yig'ilishlarini sharoitga moslagan holda, mobil ilovalar orqali o'tkazish yo'liga o'tgan[1.404].
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Ko'plab mahalliy va xorijiy olimlar vayronkor g'oyalarning mohiyati va tasnifini aniqlashga bag'ishlangan tadqiqotlar olib borishgan. Bu tadqiqotlarda antik davrdan boshlab hozirgi globallashuv sharoitigacha bo'lgan davrlarda vayronkor g'oyalarning nazariy, tashkiliy va amaliy masalalarini o'rganish, umumlashtirish amalga oshirilgan. Jumladan, buzg'unchi g'oyalarning ko'rinishlari, turlari va ijtimoiy oqibatlari Avesto, Tripitaka, Vedalar, Bibliya, Qur'oni Karim kabi diniy manbalar, Suqrot, Aflotun, Arastu, Konfutsiy, Mao Szi, Lao Szi kabi allomalar, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, G'azzoliy, Aziziddin Nasafiy, Jaloliddin Rumiy, Ahmad Yassaviy, Naqshband, Nizomulmulk, Boqirg'oniy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi ajdodlarimiz asarlarida,
June, 2023
295
muammoning ijtimoiy-falsafiy va gnoseologik jihatlari G'arb faylasuflari R.Dekart, Sh.Monteske, T.Gobss, I.Kant, G.Gegel, F.Nitsshe, M.Veber, M.Kagan, K.Mangeym, I.Kon, N.Berdyayev, V.Vundt, Z.Freyd, E.Fromm tadqiqotlarida ochib berilgan.
Mamlakatimizda T.Jo'rayev, Q.Nazarov, Sh.Paxrutdinov, M.Quronov, M.Yuldasheva, A.Muminov, R.Samarov, B.To'ychiyev, A.Begmatov, I.Saifnazarov, A.Qodirov, O'.Abilov, Z.Qodirova, D.Norqulov, A.Muxtorov, A.Ochildiyev, N.Shermuxamedova, Sh.Madayeva, N.Jo'rayev, O.Yusupov kabi olimlarning asarlarida mafkuraviy ko'rinishdagi buzg'unchi g'oyalar va ular bilan bog'liq muammolar tahlil qilingan. Globallashuvning salbiy jihatlari, ma'naviy inqirozlar davrida milliy o'zlikni saqlab qolishning ayrim jihatlari S.Otamurotov, A.Ochildiyev, I.Xo'jamurodov, Sh.Qahhorova, U.Saidovlar tomonidan o'rganilgan.
Bugungi global o'zgarishlar sharoitida mafkuraviy tahdidlar, vayronkor g'oyalarni tasniflash va ularning milliy taraqqiyota salbiy ta'siri muammolari turli soha olimlari tomonidan o'rganilgan bo'lsa-da, tanlangan mavzu ijtimoiy-falsafiy jihatdan maxsus tadqiq etilmagan.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Zamonaviy mahalliy va xorijiy adabiyotlarda vayronkor g'oyalar va ularning oldini olish, qarshi kurash mexanizmlari muammosining o'rganilish darajasini sarhisob qilsak, ushbu maqola mavzusi gumanitar fanlarda anchagina keng doirada tahlil qilingan. Ularni hal qilish uchun tadqiqot quyidagi usullardan foydalangan, jumladan: muammoli - xronologik -vayronkor g'oyalarga qarshi kurash, ularning oldini olishda xavfsizlik faoliyatining muayyan shakllari va usullarining paydo bo'lishining kelib chiqishini aniqlash qaratiladi. Qiyosiy-tarixiy uslub asosida vayronkor g'oyalarning murakkablashib borishi, ularga qarshi turishdagi qiyinchiliklarning ortib borishini ta'kidlash mumkin. Konkret-sotsiologik tadqiqotlar usuli esa shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi yo'naltirilgan vayronkor g'oyalarni, ular bilan aloqador tendensiyalar va o'zgarishlarni aniqlashni ko'zda tusa, mantiqiy usul - vayronkor g'oyalar bilan bog'liq hodisa va jarayonlar o'rtasida aniq munosabatlarni aniqlash imkonini beradi. Mavzu maqolada ushbu usullardan birgalikda foydalanish mavjud muammoni aniqroq va chuqurroq tekshirishga imkon berdi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results). Buzg'unchi g'oyalar qayerda va qanday vujudga kelgani, faoliyati xarakteri va boshqa belgilaridan qat'i nazar, ularda ma'lum bir umumiy qonuniyatlar kuzatiladi: umumqabul qilingan qonunlarni, axloqiy me'yorlar, madaniy va ma'naviy qadriyatlarni rad etish, o'z dunyoqarashini, siyosiy xohish-irodasini jamiyatning qolgan qismiga tiqishtirishga intilish, terror, ma'naviy va axborotga oid zo'ravonlik yoki nayrangbozlik usullaridan foydalanish va boshqalar shular
June, 2023
296
jumlasidandir. O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi milliy taraqqiyot modelida aniq ifodalangan bo'lib, mamlakatimizni taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo'shilishi bilan birga o'zlikni anglash, xalqning ma'naviy uyg'onishini rag'batlantirishni ham o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, o'zaro hamkorlik va birdamlikka asoslangan milliy va ijtimoiy siyosatning amaliy rivojini ta'minlashga qaratiladi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o'sib borishi, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, ta'sir doirasi kengayib borayotgan mafkuraviy kurash, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarga ham duch kelmoqdamiz.
Bu insoniyatni XX asrda totalitar mafkuralarning beayov tajriba maydonida sinalgan, sayyoramizni bir necha marta yo'qotishga yetadigan yadro qurollarining tahdidi, «sovuq urush» azoblarini tortib katta tajriba orttirgan bo'lsa-da, XX1 asrga yetarli darajada aql-idrokli bo'lib qadam qo'ymadi. Insoniyatga tahdid solgan vayronkor g'oyalar zavol topmasdan, balki yangi ko'rinishlarda qayta bosh ko'tarib chiqmoqda. Xalqaro sotsiologlar assotsiatsiyaning XVII Kongressining (Iokogama, 2014 yil iyul) nufuzli qatnashchilari bergan baholarga ko'ra, hozirda alohida jamiyatlar emas, balki butun insoniyat tobora o'sib borayotgan ijtimoiy-madaniy tengsizliklar va uning hayot faoliyatining barcha jabhalaridagi xavf-xatarlar dunyosi sifatida ifodalanmoqda[2]. Turli mamlakatlar va mamlakatlar guruhlari (shu jumladan, turli alyanslar, bloklar), global biznes tuzilmalarining bir-biriga qarama-qarshi iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlarining ta'siri ostida insoniyat madaniylashgan holatning tobora yo'qotilayotgani va uning nomadaniylashgan holatga qaytishi mumkinligidek katta tahdid oldida qoldi. Homo sapiens(aqlli odam)ning saqlanishiga haqiqiy xatarlar yuzaga keldi, bular: yadroviy urushning bo'lishi mumkinligi, iqlimning isishi va boshqa ekologik xavflar. Ko'plab tahlilchilar kelib chiqish ehtimoli mavjud bo'lgan uchinchi jahon urishining asosiy sabalaridan biri sifatida gegemonlikka asoslangan buzg'unchi g'oyalarni sabab qilib keltirishmoqda. Zamonaviy jahon urushi gibrid tarzda, ya'ni qarshi tomon o'z ta'sirini o'tkazishni istagan barcha hududlarda unga zarar yetkazishning har qanday imkoniyatlarini qo'llash orqali amalga oshadi. Buni iqtisodiyotni parchalash, terroristik harakatlar, partizan otryadlar va xususiy harbiy kompaniyalarning amaliyotlari qo'llanilish orqali amalga oshirish mumkin[3].
Ekspertlarning xulosalariga ko'ra, sunggi 10 yil ichida diniy ekstremizm va terrorizm tufayli dunyo iqtisodiyoti 583 trillion AQSH dollari miqdorida zarar ko'rgan bo'lsa, 15 yil ichida 100 mingdan ziyod begunoh insonlar terrorchilik hujumlari oqibatida halok bo'lgan. Faqatgina 2019 yilning o'zida dunyo bo'yicha zo'ravonlik, ekstremizm va terrorizmning umumiy salbiy global ta'siri - shunga e'tibor bering - 14,1 trillion
June, 2023
297
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: б,1
AQSH dollarini yoki jahon YAIMning 11,2 foizini, iqtisodiy zarar - 33,19 milliard AQSH dollarini tashkil etgan[4.399].
Demak, insoniyatning bugungi sivilizatsiyasi disfunksional bo'lib qolmoqda, kishilar jamiyati turmush tarzi usulining o'zgarishiga, insoniyatning yangi sivilizatsiyaga oid tanloviga ehtiyoj sezilmoqda. "Hozirgi vaqtda insoniyatda birlashtiruvchi g'oya, umumiy axloqiy chegara yo'q, - deydi A.A.Guseynov. Mening fikrimcha, aynan kuch ishlatmaslik g'oyasi ana shunday g'oya bo'lib xizmat qiladi. Kuch ishlatmaslik insoniyat zabt etishi lozim bo'lgan yangi ma'naviy-amaliy cho'qqidir. Bu shuning uchun ham kerakki, u yashashi va sivilizatsiya erishgan yutuqlarni asrab-avaylashi lozim. Buning hech qanday muqobil yo'li yo'q"[5.12].
Mana shunday muammolarning girdobi tomon borayotgan turli davlatlar, jamiyatlar, xususan bizning mamlakatimizda ham buzg'unchi g'oyalarning oldini olish, ularning milliy o'zlikni anglashga salbiy ta'sirini bartaraf qilishning samarali yo'llari, usullari va vositalarini izlab topish, ijtimoiy-falsafiy muammo sifatida tahlil qilish bugungi gumanitar fani oldidagi muhim vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.
Bunday tahdidlarga qarshi kurashda milliy ma'navitimiz, milliy g'oyaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim. So'nggi paytlarda jahonda, jumladan muayyan darajada bizda ham millat, uning ma'naviy borlig'i, rivojlanishi muammosini yetarli darajada falsafiy tafakkurdan o'tkazmaslik bu boradagi tadqiqotlarning izdan chiqishiga olib keldi. Chunki tadqiqotlarning tarkibiy qismi toraydi, nazariy qoidalari esa siyosiylashtirildi. Milliy o'ziga xoslik muammolarini kelgusida har tomonlama batafsil ishlab chiqishmasdan xususiy tadqiqotlarni rivojlantirish qiyin kechishi yaqqol ko'rinib qoldi. Mamlakatimiz gumanitar fani milliy ma'naviyat, milliy o'zlikni anglashning tabiati, mohiyati, tuzilmasi, daraj alari, amal qilish mexanizmlari hamda rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qilish bo'yicha ishlanmalarga ehtiyoj sezmoqda.
Zamonaviy jamiyatni rivojlantirishning oqilona yo'llari nafaqat novatorlik uslubidan foydalanish, balki milliy ma'naviyat asoslarining tahliliga, shakllangan arxetiplarga asoslangan jamiyat qurilishi borasidagi o'z tajribasini o'rganishga tayanishi lozim. Ammo milliy ma'naviyatning ayrim "eskirgan" jihatlari milliy rivojlanishni cheklab qo'ymoqda, milliy mahdudlikka sabab bo'lmoqda. Shu b ois, an'anaviy qadriyatlarni qayta baholash hamda milliy ma'naviyat qadriyatli tuzilmasi bo'g'inlarini yangilash yuz bermoqda. Zamonaviy jamiyat milliy ma'naviyatning aksiologik modeli uchun millatning ijtimoiy tajribasini hamda yangi ijtimoiy voqelikka mos keluvchi umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi
an'anaviy qadriyatlar umumlashuvi xususiyatlidir.
June, 2023
Milliy uyg'onish, milliy tiklanish, milliy taraqqiyot konsepsiyasining ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy o'zlikni anglash bilan sintezlashuvi va uning bugungi turmush tarzimiz hamda tafakkurimiz taraqqiyotida namoyon bo'lishi sivilizatsiya yo'lidir. U — milliy taraqqiyotning yangi bosqichi bo'lib, insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlarini hayotiy maqsadlar va qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o'zgartiradi. Xususan, o'sib kelayotgan yosh avlod uchun ta'lim-tarbiya tizimi sifat jihatdan yangicha talablarni qo'yadi. O'z navbatida, milliy o'zlikni anglashning o'zi g'oyaviy immunitet vazifasini o'taydi. Chunki unda xalqimizning, millatimizning tub manfaatlari mujassamdir.
Mafkuraviy immunitet kishining o'zi yashab turgan yurt qadriyatlarini, tarixiy-madaniy boyliklarini asrash, ularni ko'paytirish tuyg'usidir. Bugun kishilarda «biz boy tarixga egamiz» degan quruq shiorlar bilan mafkuraviy immunitetni shakllantirish qiyin. Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish ular ongida bir xil g'oyani zo'r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g'oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo'lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. Jamiyat, millat o'z g'oyasida mustahkam tursa g'oyaviy tahdidlardan qo'rqmasa, bunday millatni yengish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g'oyaviy parokandalik, bo'linishlar dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yo'l ochib beradi. Bunday millatni yengish, mustamlaka qilish oson kechadi. Shuning uchun barqarorlik va xavfsizlik jamiyatning ongligiga, anglangan to'g'ri tushuncha va bilimlarga faol amal qilishga, fikriy, g'oyaviy birligiga, bular esa mafkuraviy immunitet mustahkamligiga tayanadi.
Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko'pini yoshlar tashkil etishini inobatga olsak, bu naqadar jiddiy masala ekani yanada yaqqol ayon bo'ladi. Shu o'rinda farzandlarimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bilan bog'liq vazifalarga qisqacha to'xtalib o'tsak. Avvalambor, "ommaviy madaniyat" ko'rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo-qazolardan yoshlarimizni asrashga, ularning ta'lim-tarbiyasiga har birimiz mas'ul ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak. Bu borada biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosiga tayanamiz [6.9].
Hozirgi sharoitda buzg'unchi maqsadlarga qaratilgan g'oyaviy xurujlar jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, oila-turmush hamda milliy munosabatlar kabi sohalarida amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi ommaviy ong hamisha uning ichida sezdirmay boshqarish mexanizmlari ta'siri ostida, shuningdek, tashqi ta'sir mexanizmlari ostida turadi. Aksariyat mamlakatlarda sezdirmay boshqarishning turli ko'rinishlari, shakllari va usullari
June, 2023
299
OAV orqali - matbuot anjumanlari, anjumanlar, taqdimotlar matbuot safarlari, OAVdagi turli nashrlar (qiziqarli maqolalar, keys-hikoyalar, sharh-maqolalar, intervyu), mish-mish tarqatish, televideniye va radio, Internet tarmog'i ta'siridan foydalanilmoqda.
Ommaviy axborot vositalarini ikkiyoqlama: birinchidan, axborot iste'mol qiluvchilarning ongiga ta'sir ko'rsatuvchi fenomen; ikkinchidan, nutq muloqoti va axborot uzatish harakati sifatida qarab chiqish mumkin. OAV zamonaviy insonning intilishi va maxfiyligiga mo'ljallangan bo'lib, ko'pincha insonning ongsiz hissiyotlarida ko'rinadigan ehtiyojlarni qondirish uchun mo'ljallangan. Tarqatilayotgan ma'lumotlar ommaviy muhitda imkon qadar munosabatga kirishi uchun tomashabop va samarali bo'lishi, shuningdek, ommaning afsonaviy ongiga xos bo'lgan arxitiplariga ta'sir ko'rsatishi lozim. Masalan, aqidaparast guruhlar OAVdagi o'z xabarlarida aynan shunday usullardan foydalanadilar. OAVda berilayotgan axborot ommaviy ongga ta'sir ko'rsatadi va uni sezdirmay boshqaradi, binobarin, aqidaparastlikka qarshi harakatlarning vazifasi sezdirmay boshqarish texnologiyalaridan foydalanish hisobiga aynan shunday usullarni qo'llayotgan aqidaparastlikka qarshi turishda imkon qadar samara va natijaga erishishdir.
Axborot urushi vositalarining siyosiy-harbiy va ilmiy doiralardan tez o'rin olish omillarini misol sifatida keltiradi. Ular, harbiy qurolli to'qnashuvlarga qaraganda kamxarajat talab etilishi va samarali natijani berishi, dushmanga sezdirmagan holda o'z maqsadlarini amalga oshirish imkoni mavjudligi, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi qurol ishlab chiqarishga nisbatan tez va arzonroq kechishi va «qattiq kuch» (harbiy, moliyaviy-iqtisodiy kuch) har doim ham samarali emasli va muqobil kuch topish zarurligini taqozo etishi [7.112-113].
Hayotning yangi tarzlari, ularning eski tarzlar bilan raqobati borasidagi munozaralar muammoning negizidir. Oila instituti, muhabbat muammosi — bular faqat individuallashuvning yangi tendensiyalari namoyon bo'layotgan lakmus qog'oz, xolos. Mazkur muammo milliy doiralardan allaqachon chiqib ketdi, jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Masalan, E. Giddens asarlaridan birida "siyosiy hukmronlik uchun kurash hayot tarzlari uchun kurashga o'z o'rnini bo'shatib berganligi" haqida yozadi[8.347]. Shu asnoda u o'zgarishlar sharoitida hayotning an'anaviy tarzlariga o'ta ijobiy sifatlar berilishi va bu esa haqiqatga to'g'ri kelmasligiga e'tibor qaratadi.
Har bir insonning ma'naviy-axloqiy qadriyatlari o'ziga xos tizim bo'lib, ular o'zaro birikib, yaxlit va yagona olamga aylansa, butun bir xalq, millat va jamiyatning ma'naviy-axloqiy
June, 2023
3GG
qadriyatlari bunyod bo'ladi. Bu ma'naviy-axloqiy qadriyatlari yuksalgani sari xalq va millatning kuch-qudrati ham ortib boraveradi, yengilmas kuchga aylanadi. G'arb tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, shaxsdagi egoistik, individulistik intilishlar oxir-oqibatda egotsentrizmni vujudga keltiradi. Egotsentrizm hamma narsani o'zi va o'z manfaati bilan bog'lab yashashni anglatadi. Bunday tushunchaga ega bo'lgan shaxs faqat o'zining shaxsiy maqsad va manffaatlarini, boshqalarning o'ziga xos tabiiy intilishlarini xolisona qabul qila olmaydi. Ya'ni, bunday mafkurali odam faoliyati bilan bog'liq barcha jarayonlar markazida shaxsiy manfaat yotgani yaqqol ko'zga tashlanadi.
Bizningcha, inson tabiatidagi buzg'unchilikni bartaraf etishning asosiy mexanizmi sifatida ta'lim-tarbiya konsepsiyasi namoyon bo'ladi. U jamiyatning aksiologik sohasiga ta'sir ko'rsatish mexanizmi sifatidagi ahamiyati katta. Shuningdek, u bilan "fikrlar xilma xilligi - bag'rikenglik - ijtimoiy hamkorlik" modeli ham shakllantiriladi. Umummillat ishi va yagona g'oyani shakllantirish murakkabligi jamiyatning parchalanishga moyilligida ko'rinadi. Demak, umummillat ishini his eta olishga dushman qiyofasini yaratish orqali emas, balki o'z o'rnini belgilash hamda ko'pfikrlilik orqali o'zini solishtirishga qodir bo'lgan erkin shaxs mavjud bo'lgandagina "fikrlar xilma xilligi - bag'rikenglik - ijtimoiy hamkorlik" bo'lishi mumkin.
Xulosa: Birinchidan, buzg'unchi g'oyalarni bartaraf etish mexanizmlarini yaratishdagi asosiy vazifa insonning erkin ijodiy fikrini shakllantirish, uning o'z ichki hissiyotlariga murojat qilishga majbur etish, ommaviy insondan o'z shaxsiyatining o'rnini belgilashga o'tish imkonini beradigan rag'batlar va omillarni ishlab chiqishdan iboratdir. Ko'rinib turganidek, bu maqsadlarga erishishda hech qanday zo'ravonlik usullari ish bermaydi, chunki ular buzg'unchilik instinktlarini yanada kuchaytirishi mumkin. Binobarin, shaxsning o'ziga emas, balki uning atrofidagi omillarga - yangicha qadriyatlarni shakllantirishga, axborot siyosatini shakllantirishga, kinoya, yolg'onchilik tili singari nutqiy ta'sirga qarshi turish texnikasini yoyishga ta'sir o'tkazish zarur. Biroq buzg'unchilikni bartaraf etishning asosiy usuli yangicha ta'lim bo'lishi lozim.
Ikkinchidan, buzg'unchi g'oyalarga qarshi milliy g'oyani kishilar ongi va qalbiga singdirishda "fikrlar xilma xilligi - bag'rikenglik - ijtimoiy hamkorlik" modeli samarali bo'ladi. Bunda, kishilarning umummillat ishini his eta olishda dushman qiyofasini yaratish orqali emas, balki hayotdagi o'z o'rnini to'g'ri belgilash hamda ko'pfikrlilik orqali o'zini anglashga qodir bo'lgan erkin shaxsni shakllantirish orqali erishish imkoni yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
June, 2023
301
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
Uchinchidan, bugun yaxlit jamiyatini shakllantirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojga qaramasdan, o'zligimizni anglash jamiyatdagi turli masalalar yuzasidan kelishuv yoki murosaga kelish natijasi emas, balki milliy g'oyamizni mamlakatning obyektiv va subyektiv butunligini, uning madaniyatini ham makonda, ham zamonda shakllantirishni ta'minlaydigan darajadagi muvozanatini vujudga keltirish omili deb tasavvur qilishimiz kerak. Bundan kelib chiqadiki, o'zlikni anglashga erishish, vayronkor g'oyalarga qarshi turish - milliy g'oyamizning zamonaviy jamiyatga muvofiqligini ko'rsatuvchi boshqa shakllarini ham ochib berishning muhim sharti sifatida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, aynan milliy o'zlik orqali milliy g'oyaning salohiyati va uning o'ziga xosligi ochiladi.
REFERENCES
1. Мирзиёев Ш. Янги Узбекистан стратегияси. Тошкент: Узбекистон, 2021. -Б.
2. Ильин В.И. Всемирный конгресс социологов: лицом к лицу с социальным неравенством // https://cyberleninka.ru/article/n/vsemirnyy-kongress-sotsiologov-litsom-k-litsu-s-sotsialnym-neravenstvom
3. https://aniq.uz/yangiliklar/uchinchi-jahon-urushi-qaerda-boshlanadi
4. Мирзиёев Ш. Янги Узбекистан стратегияси. Тошкент: Узбекистон, 2021. -Б.
5. Лапин И. Фундаментаьные ценности цивилизационного выбора в ХХ1 столетий. Часть 1. Человеческая цивилизация перед выбором конфигурации фундаментьных ценностей Вопросы философии. 2015. № 4 -С.12 (3-15)
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз. -Тошкент, Узбекистон, 2017. - Б.9
7. Муминов А. Узбекистон: ахборотлашган жамият сари. -Т., "Тигоп zamin ziyo", 2013. - Б. 112-113
8. Гидденс Э. Убегающий мир. -М., 2003. - 347 с.
404
399
June, 2023