Научная статья на тему 'AХBOROT MAKONIDA SALBIY AХBOROT-РSIХOLOGIK ХURUJLAR VA KIBЕRJINOYATCHILIKNING YOSHLAR MA’NAVIY YUKSALISHIGA TA’SIRI'

AХBOROT MAKONIDA SALBIY AХBOROT-РSIХOLOGIK ХURUJLAR VA KIBЕRJINOYATCHILIKNING YOSHLAR MA’NAVIY YUKSALISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

1343
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Globallashuv / aхborot / kiberjinoyat / informatsion-psiхologik хuruj / inson / shaхs / yoshlar / milliy g„urur / milliy ruh. / Globalization / information / informational-psychological attacks / human / person / young people / national pride / national spirit.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Asliddin Turgunovich Dusboуеv

Ilmiy maqolada aхborotlashgan jamiyatda yoshlarning ongiga salbiy aхborotpsiхologik хurujlari va kiberjinoyatchilik ta‟sirini singib kirishini oldini olish va bu borada aхborot-psiхologik хavfsizlik hamda yoshlarning aхborot iste‟mol madaniyatini takomillashtirish masalalari ilmiy tahlil asosida yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this scientific article, the issues of preventing negative informationpsychological attacks and the impact of cybercrime from penetrating the minds of young people in the information society and in this regard, information-psychological security and improving the culture of information consumption of young people, are highlighted on the basis of scientific analysis

Текст научной работы на тему «AХBOROT MAKONIDA SALBIY AХBOROT-РSIХOLOGIK ХURUJLAR VA KIBЕRJINOYATCHILIKNING YOSHLAR MA’NAVIY YUKSALISHIGA TA’SIRI»

AXBOROT MAKONIDA SALBIY AXBOROT-PSIXOLOGIK XURUJLAR VA KIBERJINOYATCHILIKNING YOSHLAR MA'NAVIY YUKSALISHIGA TA'SIRI

Asliddin Turgunovich Dusboyev

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar

instituti mustaqil izlanuvchisi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Gumanitar fanlar kafedrasi sikl boshlig'i, podpolkovnik,

dotsent

ANNOTATSIYA

Ilmiy maqolada aхborotlashgan jamiyatda yoshlarning ongiga salbiy axborot -psixologik xurujlari va kiberjinoyatchilik ta'sirini singib kirishini oldini olish va bu borada axborot-psixologik xavfsizlik hamda yoshlarning axborot iste'mol madaniyatini takomillashtirish masalalari ilmiy tahlil asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar. Globallashuv, axborot, kiberjinoyat, informatsion-psixologik xuruj, inson, shaxs, yoshlar, milliy g'urur, milliy ruh.

ABSTRACT

In this scientific article, the issues of preventing negative information-psychological attacks and the impact of cybercrime from penetrating the minds of young people in the information society and in this regard, information-psychological security and improving the culture of information consumption of young people, are highlighted on the basis of scientific analysis.

Keywords: Globalization, information, informational-psychological attacks, human, person, young people, national pride, national spirit.

KIRISH

Bugunda globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning butun tizimi o'zgarib borayotgan bir sharoitda jahondagi harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar ko'lami kengayib borayotganligi - geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, mojarolar va tang vaziyatlarni kuch ishlatib xal etishga bo'lgan yondashuvning ustunlik qilishi, kuch ishlatish, shu jumladan ommaviy qirg'in qurollarini qo'llash ehtimoli oshib borayotganligi, harbiylashtirish, xalqaro terrorizm ekstremizm faollashuvi davom etayotganligi, axborot

va

va

October, 2022

399

kibermakonda o'zaro kurash kuchayyotganligi bilan tavsiflanmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ayni paytlarda boshqarish, nazorat qilish va cheklash qiyinlashib borayotgan va inson ongiga turli yo'llar orqali singib kirayotgan ma'lumotlar axborot makonida turli ijobiy yoki salbiy ta'sirlarni keltirib chiqarayotganligini kuzatmoqdamiz.

Yer sayyorasida sakkiz milliarddan ortiq inson yashayotgan bo'lsa, tabiiyki, ularga havola etilayotgan axborotlar undan-da ko'p. Masalaning shu tomoni ham borki, mazkur axborotdan qaysi biri xolis, qaysi biri kimning va nimaning manfaatlari uchun xizmat qilishini anglash naqadar mushkul.

Axborotlar inson ongi va tafakkuriga turli yo'nalishlarda ta'sir o'tkazuvchi, yaxlit insoniyat hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy, goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga, eng kuchli qurolga aylandi. Chunki, "Kimki axborotga ega bo'lsa, u, dunyoga egalik qiladi", - degan fikr bugungi kunda ko'pchilik tomonidan e'tirof etilmoqda.

Shaxsning axborotlar bilan ta'minlanganlik darajasi bugungi kunda katta ahamiyat kasb etmoqdaki, ular insonning o'z-o'zini va ma'lum axborot makonidagi ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'naviy, axloqiy nufuzini belgilashda asosiy omillardan biriga aylanmoqda.

Axborot orqali zamonaviy psixologik ta'sir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotganligi shaxs va jamiyat tafakkurining shakllanishiga turli shakllarda kuchli ta'sir o'tkazadi. Birgina noto'g'ri axborot yurtning tinchligini buzib yuborishi yoki bir biriga dushman davlatlarni yarashtirib qo'yish imkoniyatiga ega. Axborot oqimini to'g'ri yo'naltira olmaslik yillar davomida shakllanib kelayotgan ma'naviy qadriyatlarni yemirilishiga olib kelishi mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Informatsion xurujlar - bu shaxsning axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirishda, ommaviy axborot vositalari tomonidan agressiv ruhdagi g'oya, ma'lumot yoki dezinformatsiya tarqatish orqali inson ongini chalg'itadigan va zaharlaydigan, dunyoqarashini o'zgartirib noto'g'ri yo'nalishga yuboradigan, ma'lum g'oyaviy-siyosiy maqsadlarga erishish bo'yicha olib boriladigan harakatlar tushuniladi [6].

Informatsion xurujlar tushunchasi ostida biror xalq, millatning mentaliteti, madaniyati, ma'naviyati, dini va davlatning axborot-texnologik, harbiy va boshqa infratuzilmasiga destruktiv (buzg'unchi) tarzda salbiy ta'sir ko'rsatadigan maxsus dezinformatsion bilimlar yotadi.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi bugungi kunda turli shakl va ko'rinishdagi informatsion-psixologik xurujlarni

October, 2022

400

yuzaga keltirmokda. Informatsion-psixologik xurujlar davlat va millat xavfsizligiga sezilarli xavf tug'dirib, milliy armiyamizning negiziga putur yetkazish, avvalo, uning ma'naviy-axloqiy asoslariga ta'sir o'tkazishi mumkin.

Informatsion-psixologik xurujlar eng avvalo, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish orqali boy madaniyatimiz va ma'naviy qadriyatlarimizga mutlaqo zid bo'lgan mafkura va buzg'unchi g'oyalarni yoshlarning ongi va tafakkuriga singdirishga qaratilgan tajovuzkorlikning mafkuraviy shaklda namoyon bo'lishidir.

Informatsion-psixologik xurujlar - bu shaxs va ijtimoiy guruhning ongiga ruhiy ta'sir ko'rsatishning bir turi bo'lib, asosan oldindan puxta tayyorlangan axborotdan foydalanish hamda axborot ta'sir ko'rsatishning turli shakllari yordamida shaxs va ijtimoiy guruhning ongini ta'sir ko'rsatayotgan kuchlar tomoniga ag'darish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatdir.

Informatsion-psixologik xurujlar - shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo'naltirilgan ta'sir bo'lib, uning asl maqsadi o'sha shaxs, tashkilot va davlatni normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning g'arazli niyatlaridan kelib chiqadi, shuning uchun ham ular mohiyatan ijtimoiy-psixologik hodisa hisoblanadi.

Informatsion-psixologik xurujlar shaxslar, ayniqsa yoshlar ongida siyosiy va mafkuraviy bo'shliqni, loqaydlik va beparvolikni hosil qilish, ogohlikni susaytirishni, jamiyat o'rtasida "olomon" yoki "to'da" ongini shakllantirishni, jamiyatda tartibsizlikni, ijtimoiy normalarga bo'ysunmaslik vaziyatini vujudga keltirishni, davlatga, mavjud konstitutsion tuzumga ishonchsizlikni keltirib chiqarishni, shuningdek insonlarning ma'naviy-axloqiy ongini tubdan izdan chiqarishni, ularni manqurtga aylangirishni va "tirik qurol" sifatida foydalanishni oldiga maqsad qilib qo'yadi.

Bugungi kunda informatsion-psixologik xurujlarni amalga oshirish uslullari quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda:

axborotni manipulyatsiya qilish - ya'ni o'zining manfaatini ko'zlab ma'lumotlarni dozalash, faktlarni o'zgartirish yoki borlarini mish-mishlar bilan aralashtirish, tushuncha va dalillarni almashtirish orqali insonlarga o'z qarashlari, g'oya va fikrlarini yashirin ruhiy zo'rlab o'tkazish;

dezinformatsiyalash - biror shaxs yoki hodisani obro'sizlantirish, noto'g'ri fikrlarni shakllantirish maqsadida oldindan ayon yolg'on ma'lumotlar orqali ataylab chalg'itish;

October, 2022

ishontirish - ma'lumotlarni o'zining manfaatini ko'zlab singdirish, o'z tarafiga og'dirish maqsadida insonlarning ongiga ruhiy ta'sir etish;

hissiyotlarni bo'ysundirish - insonda xavotirlik, depressiya va apatiya holatlarini shakllangarish, irodasini sindirish, unga o'z xukmronligini o'rnatish orqali ruhiy siqilish holatini keltirib chiqarish maqsadida shaxsning his-tuyg'ulariga ta'sir etish;

dahshatga solish (qo'rqitish) - shaxsni qarshilik ko'rsatishga irodasini susaytirish, hissiy-irodaviy barqarorligini maksimal darajada pasaytirish, noma'lumlik oldida qo'rquvlik hissini uyg'otish maqsadida ularda xavotirlik, og'ir ruhsizlik va ishonchsizlik kayfiyatini shakllangarish;

da'vat etish (chaqiriq) - biror-bir harakatga undaydigan talab yoki bosh g'oyani aks etadigan, salmoqli dalillarga asoslangan murojaat, aniq shior tashlash.

Shunday ekan, axborot tarqatish, olish ortida katta manfaat, ya'ni strategiya turgan ekan, uni himoya qilish, turli ma'lumotlar ta'siri va xurujlariga qarshi tura olishning ham ahamiyati ayni paytda juda muhimdir.

Kuzatishimiz mumkinki, dunyo davlatlarida axborot xavfsizligi masalasiga dolzarb va jiddiy vazifa sifatida qaralmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham axborot xavfsizligini ta'minlash, uning huquqiy bazasini takomillashtirish borasida qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Axborot xurujlari orasida "kiberjinoyat" tushunchasi mavjud. Jahonda sodir etilayotgan jinoyatlar ichida kiberjinoyatchilik to'rtinchi pog'onada turadi. U insonlar tomonidan boylik orttirish yoki boshqa g'arazli maqsadlarda axborot texnologiyalaridan noqonuniy foydalangan holda sodir etilgan xavfli jinoyat sanaladi

Kiberjinoyatchilik - axborotni egallash, uni o'zgartirish, yo'q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta'minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig'indisi [1].

Kiberjinoyatchilikning yuzaga kelishiga global internet tarmog'ining pay do bo'lishi sabab bo'lgan. Sodda qilib aytganda, bu turdagi jinoyatlar xakerlar tomonidan kompyuter qarshisida o'tirib uzoq mintaqada yoki o'lkada joylashgan shaxs, idora yoki tashkilotning mablag'ini o'zlashtirish (o'marish) orqali sodir etilishi mumkin.

Ekspertlarning fikricha, xakerlar fishing orqali ma'lumotlarni o'g'irlash, maxfiy maqsadga ega mobil ilovalar orqali elektron qurilmalarga

[5].

kirib borish va aloqaning himoya qilinmagan kanallarini tomosha

October, 2022

qilish orqali bugun ko'pchilik internet foydalanuvchilari kiberjinoyatlarning qurboniga aylanmoqda [4].

Xaker (ingliz tilida Hack - yorib tashlash, chopish, buzish degan ma'nolarni anglatadi) - ular haddan ziyod malakali va ixtisosli axborot texnologiyalari mutaxassisi hamda kompyuter texnologiyalarini puxta biluvchi insondir [7].

Kiberjinoyatning asosiy turlariga viruslar yordamida zarar yetkazuvchi dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi raqamlarni o'g'irlash, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni tarqatish kabilarni kiritish mumkin.

Hozirda jahondagi turli davlatlarning eng muhim infratuzilmalar hamda axborot tizimlariga kiber-hujumlar tez-tez uyushtirilmoqda. Mazkur jinoyatlar zamirida moddiy manfaat bo'lgani tabiiy, albatta.

O'zgalar mol-mulkini internet yoki kompyuter vositalari orqali talon-toroj qilish jahonda shiddat bilan o'sib borayotgan va chegara bilmaydigan jinoyat ekani bilan ham xavflidir.

Dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi, Internet tizimining insonlar uchun qulay axborot almashish vositasiga aylangani, yot mafkuraviy, ma'naviy xurujlar va xakerlar tomonidan uyushtirilayotgan kiberjinoyatchilik harakatlari ortib borayotgan bunday vaziyatlarda shaxsni, ayniqsa yosh avlodni informatsion-psixologik xavfsizligini ta'minlash muhim vazifa hisoblanadi.

Informatsion-psixologik xavfsizlik - bu bevosita inson ruhiyatiga ta'sir o'tkazish orqali uni o„z milliy kadriyatlaridan, aqidalaridan, muqaddas tarixidan, e'tiqodidan ayiradigan informatsion-psixologik xurujlardan asrashdir.

Informatsion-psixologik xavfsizlik eng avvalo, insonning o'zini o„zi tushunishi va fuqarolararo munosabatlarni yuksak ma'naviy-ma'rifiy mezonlar asosida shakllantirish, axborot qurolidan zamonaviy insonparvar tafakkurni, ijodkorlik ruhini, yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini shakllantirishni taqozo etadi.

Informatsion-psixologik xavfsizlikni ta'minlashdan maqsad - jamiyatning ma'naviy-axloqiy muhitiga va asosan yoshlar ruhiyatiga salbiy mafkuraviy ta'sir o'tkazilishini oldini olish, yoshlar orasida axborotni manipulyatsiya qilish harakatlariga qarshi turish, tazyiq o'tkazmoqchi bo'lgan destruktiv kuchlar ekspansiyasiga qarshi ma'naviy-ma'rifiy sohada tura olishdan iborat.

Yoshlarning informatsion-psixologik xavfsizligini ta'minlash bo'yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish tavsiya etiladi:

yoshlar tomonidan respublika ommaviy axborot

vositalarining barcha manbaalari va Internet xizmatidan

October, 2022

foydalanishlarini keng yo'lga qo'yish, milliy qadriyatlarimizni o'zida aks etgan saytlar, multimediya dasturlaridan foydalanish;

yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni oshirishga qaragalgan targ'ibot tadbirlarini majmuaviyligi va uzviyligini ta'minlash va bu borada yangi samarali metodlardan keng foydalanish;

muntazam ravishda yoshlarni nosog'lom axborotlardan himoyalashga oid mexanizmlarni takomillashtirib borish;

Internetdan foydalanuvchi yoshlar uchun madaniyatimiz, an'analar va qadriyatlarimizni yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy va vatanparvarlik tadbirlarini muntazam ravishda o'tkazib borish;

ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda yoshlarni istak va xohishlarini inobatga olish, unda har qanday zo'rlik va majburlovlardan voz kechish, yoshlar ongiga ijobiy ta'sir etuvchi tarbiyaviy tadbirlar davomida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o'tkazib borish;

xalqaro maydonda sodir bo'layottan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo'ladigan yoshlarni tarbiyalash;

yoshlarni beparvolik va loqaydlikka yo'l qo'ymaslik, ularni xushyorlik va ogoxlik ruhida tarbiyalash.

Shuningdek, yoshlarni informatsion-psixologik xurujlar va kiberjinoyatlar ta'siriga tushib qolishlarini oldini olish tadbirlaridan yana biri, ularning axborot iste'moli madaniyatini shakllantirishdan iborat. Bu esa, o'z o'rnida barcha pedagoglar va ota-onalar zimmasiga muhim vazifalarni yuklaydi.

Axborot iste'moli, kim tomonidan iste'mol qilinishidan qat'iy nazar, qabul qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan bosqichlarda amalga oshadi.

Har bir inson axborotlarni qabul qilar ekan, o'ziga o'zi "Bu axborotni kim uzatyapti?", "Nima sababdan uzatyapti?", "Qanday maqsadda uzatyapti?" kabi savollarga asosli javoblar topishga harakat qilishi kerak.

Axborot iste'moli madaniyati - axborot dunyosidan ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o'zida ifoda etadi [6].

Yoshlarni axborot sohasidagi xavfsizligini ta'minlash uchun ularning axborot iste'moli madaniyatini yuksaltirish, ya'ni ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish

October, 2022

404

ko'nikmalarini shakllantirish zarur. Axborotni tanlash va undan unumli, to'g'ri foydalanish esa insonning ong darajasi bilan bog'liq. Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa o'z navbatida bilishga, ya'ni reallik va borliqdagi voqealar mazmun-mohiyati bilan vobastadir.

Yoshlarda axborot iste'moli madaniyatini shakllantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish tavsiya etiladi:

respublikamizning yutuqlari ommaviy axborot vositalari orqali keng ko'lamda yoshlarga yetkazib berilishining ta'minlanishi;

jamiyatning rivojlanish jarayonida vujudga kelayotgan muammolarning sabablari aniq ma'lumotlar asosida tahlil qilib borilishi va yoshlarga yetkazilishi;

axborot makonida axborot xurujlarini, kiberhujumlarni amalga oshirayotgan va salbiy axborotlarni tarqatayotgan subyektlar aniqlanib, ularning asl maqsadlari, mohiyati va zararli oqibatlari ochib berilishi;

yoshlarni yangi ma'lumotlarni olishlari va ulardan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratilishi.

Yoshlarda axborot makonida turli ta'sirlarga qarshi axborot iste'moli madaniyatini rivojlantirishda milliy g'urur va ruh tushunchalari va uning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishlarini ta'minlashimiz lozim.

Milliy g'urur - bu Vatanni sevish haqidagi balandparvoz gaplar, chaqiriqlar, shiorlar emas, balki haqiqiy vatanparvarlik, el-yurtning porloq kelajagi uchun, Vatan, xalq, millat farovonligi yo'lida chinakamiga halol mehnat qilishdir. Ona zaminni chin dildan sevmoq, uning manfaati yo'lida butun bilim, qobiliyat, kuch-quvvatini safarbar qilmoq vatan-parvarlik alomatidir. Xuddi shu-ning uchun ham vatanparvarlik yuksak e'tiqod, Vatan va millat oldidagi mas'uliyat, yuksak burchni anglashdir.

Milliy g'urur - Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat, sadoqat, bir so'z bilan aytganda, vatanparvarlikda namoyon bo'ladi. Milliy g'ururi jo'shib turgan kishi uchun dunyoda o'z Vatanidan, vatandoshlaridan aziz, mo'tabar qudratning o'zi yo'q. "Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik o'zining qudratli ildizlari bilan o'z oilasining, avlod-ajdodlarining or-nomusiga, chuqur ehtiromiga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va o'z so'ziga sodiqligiga borib taqaladi. Kishilarimizning vatanparvarligi hamma vaqt sevimli xalqning shon-sharafi, qadr-qimmati, madaniyati va an'analariga ehtiyotkorlik bilan munosabatida o'z ifodasini topib keldi",- deb yozgan edi Islom Karimov [3].

Milliy g'urur insonni o'zi tug'ilib o'sgan, kindik qoni tomgan qishloq yoki shahar, ota-bobolari, ajdod va avlodlarining maskanini ulug'lashda, ota-onasi, aka-ukalari, xeshu-aqrobalarini

October, 2022

405

e'zozlashda, yurtning o'tmishi, buguni, kelajagi bilan faxrlanishda o'z aksini topadi.

Milliy ruh - bu yengilmas kuch. "... Milliy ruh kuchli bo'lsa, iroda, jangovar salohiyat ham yuqori bo'ladi. Kelajakda harbiy bo'lishni orzu qiladigan botir farzandlarimiz milliy ruhni, muqaddas Vatan taqdiri uchun mas'uliyat tuyg'usini qayerdan oladi? Vatanimiz boy tarixidan, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz jasoratidan oladi. O'z oilasi, mehribon ota-onasi hamda el-yurtimizning ishonchi, g'amxo'rligi va e'tiboridan oladi. Yoshlarga hamisha o'rnak va namuna bo'lib kelayotgan siz kabi chinakam fidoyi harbiylardan oladi" [2],- dedgan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa o'rnida aytish mumkinki, yoshlarimizda axborot iste'moli madaniyati shakllangan bo'lsa milliy qadriyatlarimizga zid bo'lgan xabar va ma'lumotlarni baholash paytida turli buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushib qolmaydi, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirgan bo'lamiz. Tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida axborot xurujlari va kibertahdidlardan himoyalanish, o'z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh bo'lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o'zi talab etmoqda. Shunday ekan, ogohlik kundalik shiorimizga aylanishi darkor.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 apreldagi O'RQ-764-son "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi Qonun.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 14 yanvar kunidagi "Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 27 yilligiga bag'ishlargan bayram tabrigi".

3. Karimov I.A. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. // O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Tom 1.-T.: O'zbekiston.-1996.- 84 b.

4. A.U.Anorboyev, R.X.Xursanov. Kiberjinoyatchilik va kiberxavfsizlik qonun ijodkorligining zamonaviy tendensiyalari: milliy, xorijiy va xalqaro tajriba. (Monografiya). -T.: "Aloqachi" 2020. 360 b.

5. Anorboyev A.U. Kiberjinoyatchilik: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari. Dissertatsiya ishi. -T.: 2020.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Dusboyev A.T. Axborot-psixologik xavfsizlik asoslari. -

CHOTQMBY.: 2019. 92 b.

October, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.