Научная статья на тему 'UZUNMO‘YLOV QO‘NG‘IZLAR (COLEOPTERA: CERAMBYCIDAE) FAUNASIGA DOIR YANGI MA`LUMOTLAR'

UZUNMO‘YLOV QO‘NG‘IZLAR (COLEOPTERA: CERAMBYCIDAE) FAUNASIGA DOIR YANGI MA`LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

239
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Monofag / polifag / antropogen / monotipik / qayrag‘och / Apatophyseinae / biogeotsenoz / acer / Prioninae / Monophagous / polyphagous / anthropogenic / monotypic / karagach / Apatophyseinae / biogeocenosis / acer / Prioninae

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Akmaljon Akbarovich Marupov, Islomjon Ilxomjonovich Zokirov

Farg‘ona vodiysida uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlarining 6 ta kenja oilasiga mansub 30 ta avlod 81 turi uchraydi. Prioninae, Cerambycinae va Lamiinae kenja oilalarining 13 avlodga mansub 21 (25,9%) turi Farg‘ona vodiysi hududida ilk marta qayd etildi. Shulardan 1 kenja turi O‘zbekiston faunasi uchun endemik sanaladi. Aniqlangan mo‘ylovdorlar vodiy hududida 36 turdagi mevali hamda manzarali daraxt va butalarda oziqlanadi. Qo‘ng‘izlar trofik ixtisoslashuviga ko‘ra 8 turi polifag, 9 turi oligofag va 7 turi monofaglardir. 7 tur faunada dominantlik qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the Fergana Valley, there are 81 species belonging to 30 genera from 6 subfamilies of long-horned beetles. For the first time, 21 (25.9%) species were recorded in the Fergana Valley, belonging to 13 genera of the subfamilies Prioninae, Cerambycinae and Lamiinae. Of the subfamilies listed above, 1 subspecies is considered endemic for the fauna of Uzbekistan. The barbel beetles identified on the territory of the valleys feed on 36 species of fruit and ornamental trees and shrubs. By trophic specialization of beetles, polyphages 8 species, oligophages 9, monophages 7. Of the identified insects, 7 species are recognized as dominant in this fauna.

Текст научной работы на тему «UZUNMO‘YLOV QO‘NG‘IZLAR (COLEOPTERA: CERAMBYCIDAE) FAUNASIGA DOIR YANGI MA`LUMOTLAR»

UZUNMO'YLOV QO'NG'IZLAR (COLEOPTERA: CERAMBYCIDAE) FAUNASIGA DOIR YANGI MALUMOTLAR

Akmaljon Akbarovich Ma'rupov

Farg'ona davlat universiteti tadqiqotchisi

Islomjon Ilxomjonovich Zokirov

Farg'ona davlat universiteti dotsenti, biologiya fanlari doktori

ANNOTATSIYA

Farg'ona vodiysida uzunmo'ylov qo'ng'izlarining 6 ta kenja oilasiga mansub 30 ta avlod 81 turi uchraydi. Prioninae, Cerambycinae va Lamiinae kenja oilalarining 13 avlodga mansub 21 (25,9%) turi Farg'ona vodiysi hududida ilk marta qayd etildi. Shulardan 1 kenja turi O'zbekiston faunasi uchun endemik sanaladi.

Aniqlangan mo'ylovdorlar vodiy hududida 36 turdagi mevali hamda manzarali daraxt va butalarda oziqlanadi. Qo'ng'izlar trofik ixtisoslashuviga ko'ra 8 turi polifag, 9 turi oligofag va 7 turi monofaglardir. 7 tur faunada dominantlik qiladi.

Kalit so'zlarlar: Monofag, polifag, antropogen, monotipik, qayrag'och, Apatophyseinae, biogeotsenoz, acer, Prioninae.

ABSTRACT

In the Fergana Valley, there are 81 species belonging to 30 genera from 6 subfamilies of long-horned beetles. For the first time, 21 (25.9%) species were recorded in the Fergana Valley, belonging to 13 genera of the subfamilies Prioninae, Cerambycinae and Lamiinae. Of the subfamilies listed above, 1 subspecies is considered endemic for the fauna of Uzbekistan.

The barbel beetles identified on the territory of the valleys feed on 36 species of fruit and ornamental trees and shrubs. By trophic specialization of beetles, polyphages - 8 species, oligophages - 9, monophages - 7. Of the identified insects, 7 species are recognized as dominant in this fauna.

Keywords. Monophagous, polyphagous, anthropogenic, monotypic, karagach, Apatophyseinae, biogeocenosis, acer, Prioninae.

KIRISH

Uzunmo'ylov qo'ng'izlar (Cerambycidae) qattiqqanotlilar (Coleoptera) turkumining eng katta oilasi sanaladi. Bugungi kunda ularinng 36 mingdan ortiq turi fanga kiritilgan [7; 11]. Qo'ng'izlar Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan.

O'zbekistonda bu oilaning 50 ga yaqin turi qad etilgan, shulardan 20 dan ortig'i ksilofaglar bo'lib, manzarali va mevali daraxtlarning tanasi, shoxlari va ildizida oziqlanadi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Farg'ona vodiysi sharoitida zarakunanda hasharotlarning ozuqa o'simliklari bilan biotsenotik aloqalariga doir tadqiqot natijalarining ko'lami kengaymoqda [7; 12].

So'nggi yillarda iqlim o'zgarishlari, ayniqsa mamlakatimizda manzarali bog'lar va hiyobonlarni tashkil etish maqsadida chetdan keltirilib, iqlimlashtirilayotgan daraxt va butalar ko'chatlari bilan birga ayrim turlarning kirib kelishi va mintaqamizga ixtisoslashishi ro'y bermoqda [7]. Bu jarayonni keng ko'lamli tadqiq etish, adventiv turlar kirib kelishini monitoring qilish hamda uzunmo'ylov qo'ng'izlar faunasining zamonaviy holatini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Markaziy Osiyo mintaqasi va O'zbekiston hududi entomofaunasiga doir bazi ilmiy manbalarda qo'ng'izlarning faqatgina zararkunanda turlari haqida ayrim malumotlar mavjud [11, 13, 14]. Ayniqsa, hozirgi kunda turli natijasida natijasida mintaqamizga kirib kelayotgan zararli yoki invaziv turlarning agrotsenozlarga ixtisoslashishi hisobiga turlar xilma-xilligi kengayib bormoqda [13, 14, 15]. Bu esa, o'z navbatida, Farg'ona vodiysining qo'ng'izlar faunasi bo'yicha alohida izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

Qo'ng'izlar faunasi va ekologiyasini o'rganish bo'yicha 2016-2020 yillarda olib borilgan tadqiqotlarda entomologiya hamda umumiy qabul qilingan koleopterologik uslublardan foydalanildi [1, 6]. Tadqiqot ishlari davomida lichinka va imago holatidagi 3657 ta hasharot namunalari yig'ilib, o'rganildi. Muhim turlarning imagolaridan kolleksiyalar tayyorlandi. Kolleksiyalarda Lepturinae - 23, Spondylidinae - 14 dan ortiq, Apatophyseinae - 57, Cerambycinae - 62, Prioninae -67 nusxadan ortiq qo'ng'izlar jamlandi.

Qo'ng'izlar turini aniqlash va morfologiyasini o'rganishda zamonaviy XCP 500 CM trinokulyar rusumdagi raqamli elektron mikroskopdan foydalanildi. Yig'ilgan namunalar va tayyorlangan kolleksiyalar Farg'ona davlat universiteti Eksperimental biologiya laboratoriyasida saqlanmoqda.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Olib borgan faunistik tahlillarning ko'rsatishicha, Farg'ona vodiysining mevali va manzarali daraxtlarida Cerambycidae oilasining 6 ta kenja oilasiga mansub 30 ta

avlod, 81 tur va kenja turdan iborat mo'ylovdor qo'ng'izlari uchraydi. Bu borada boshqa mualliflarning faunistik xulosalari ham inobatga olindi [3, 4, 8, 9, 10].

Tadqiqotlar natijasida mo'ylovdorlarning Prioninae, Cerambycinae va Lamiinae kenja oilalarining 13 avlodga mansub 21 (25,9%) turi Farg'ona vodiysi hududida ilk marta qayd etildi. Maqolada ularning tavsifiga oid yangi malumotlar berilmoqda.

Kenja oila: PRIONINAE

Avlod: Psilotarsus Motschulsky, 1860. Bu avlod yevropa. Paleoarktika, Markaziy Osiyo, Shimoli-sharqiy Osiyo hududlarida 5 turni o'zida birlashtiradi. Shulardan 4 ta tur O'zbekiston faunasida uchraydi [6, 15]. SHulardan 1 turi Farg'ona vodiysida qayd etildi.

Psilotarsus hirticollis Motschulsky, 1860.

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona tumani Oqbilol qishlog'i. O'rikzor bog'i atrofi: 40°18'11"N, 71°40'48"E (25.04.2010) $2 Bag'dod tumani A.Navoiy qishlog'i. Bug'doy dalasi: 40°30'02"N, 71°14'07"E (6.05.2012) $2 $1.

Avlod: Lobarthron Semenov, 1900. Bu avlod Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston hududlarida 39 turni o'zida birlashtiradi. O'zbekiston faunasida 2 tur uchraydi [6]. Shulardan Lobarthron balassogloi balassogloi (Jakovlev, 1885) O'zbekiston endemigi hisoblanadi.

Lobarthron balassogloi balassogloi (Jakovlev, 1885).

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona tumani Satkak qishlog'i. Dam olish

о о

sixatgohi: 40 24'26"N, 71 42'05"E (16.05.2013.) o'simligi nomalum.

Avlod: Stenocorus Geoffroy, 1762. Bu avlod Italiya, Ozarbeyjon, Armaniston, Moldaviya, Ispaniya, Mongoliya, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Eron, Turkiya, Qozog'iston, O'zbekiston hududlarida 20 ga yaqin turni o'zida birlashtiradi. O'zbekiston faunasida 4 tur uchraydi [5]. Vodiy hududida 2 ta tur topildi. Stenocorus minutus (Gebler, 1841).

Aniqlangan joyi va muddati: Bog'dod tumani Samarqand qishlog'i. Olmazor bog'i va uning atrofidagi o'tloqzor: 40°27'17"N, 71°11'38"E (12.06.2015) $3 $5;

о о

O'zbekiston tumani Beshkapa qishlog'i, o'tloqzor: 40 26'40"N, 70 52'33"E (23.05.2016) $1 $1.

Avlod: Stictoleptura Casey, 1924. Bu avlod Shimoliy Afrika, Armaniston, Ozarbayjon, Belgiya, Bolgariya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Ruminiya, Ispaniya, Rossiya, Shveytsariya, Ukraina, Eron, Qozog'iston, Iroq, Isroil, Livan, Suriya, Turkiya hududlarida 47 turni o'zida birlashtiradi. O'zbekiston faunasida 1 tur uchraydi.

Stictoleptura cardinalis (K. Daniel & J. Daniel, 1898).

Aniqlangan joyi va muddati: Quva tumani May qishlog'i. Tol daraxti: 40°31'38"N, 72°04'40"E (05.05.2015) $5 $9; Farg'ona tumani Oqbilol qishlog'i. Terak daraxti: 40°18'11"N, 71°40'48"E (06.05.2015) $1 $1.

Kenja oila: CERAMBYCINAE

Avlod: Turanium Baeckmann, 1923. Bu avlod Xitoy, Rossiya, Shimoliy Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston hududlarida 13 turni o'zida birlashtiradi. O'zbekiston faunasida 3 turi uchraydi [6]. Shulardan vodiy hududida 2 ta turi aniqlandi.

Turanium pilosum (Reitter, 1891).

Aniqlangan joyi va muddati: Mingbuloq tumani Ahsikent qishlog'i. To'qayzor: 40°53'04"N, 71°27'25"E (21.05.2017) $6 $4; Beshariq tumani Hapalak qishlog'i. Olma bog'i: 40°26'52"N, 70°33'51"E (12.06.2017) $1$1; Furqat tumani Jaloer qishlog'i. YOng'oq daraxti bog'i: 40°27'43"N, 70°51'46"E (27.06.2018) $1$1.

Turanium scabrum Kraatz, 1882.

Aniqlangan joyi va muddati: Oltiariq tumani Polosan qishlog'i. Tokzor bog'i atrofi: 40°33'12"N, 71°16'02"E (17.06.2016) $0 $1.

Avlod: Ropalopus Mulsant, 1839. Bu avlod Fransiya, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston hududlarida 22 turni o'zida birlashtiradi [1]. O'zbekiston faunasida 2 turi uchraydi [6]. Shulardan vodiy hududida 1 ta turi aniqlandi.

Ropalopus nadari Pic.

Aniqlangan joyi va muddati: O'zbekiston tumani Beshkapa qishlog'i. o'simligi nomalum: 40°26'40"N, 70°52'33"E (22.07.2016) $1 $0;

Avlod: Chlorophorus Chevrolat, 1863. Bu avlod Eron, Iroq, Yaqin Sharq, g'arbiy Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston hududlarida 130 turni o'zida birlashtiradi [1]. O'zbekiston faunasida 3 turi uchraydi [6]. Shulardan vodiy hududida 1 ta turi uchratildi.

Chlorophorus elaeagni Plavilstshikov, 1956.

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona tumani Oqbilol qishlog'i. Jiyda daraxti: 40°18'11"N, 71°40'48"E (11.05.2012) $6 $11; Mingbuloq tumani Axsikent qishlog'i. To'qayzor, jiyda daraxti: 40°53'04"N, 71°27'25"E (23.06.2012) $11 $7; Baliqchi tumani, Polvonko'l: 40°50'41"N, 71°56'48"E (28.06.2014) $3 $1;

Avlod: Trichoferus Woolaston, 1854. Bu avlod Litva, Rossiya, Eron, Iroq, g'arbiy Qozog'iston, Shimoliy Afrika hududlarida 28 turni o'zida birlashtiradi. O'zbekiston faunasida 1 turi uchraydi. [1]

Trichoferus campestris (Faldermann, 1835).

Aniqlangan joyi va muddati: Quva tumani Tolmozor qishlog'i. Tut plantatsiyasi: 40°31'35"N, 72°04'15"E (15.06.2016) $9 $5; O'zbekiston tumani Yakkatut qishlog'i. Tut daraxti: 40°26'10"N, 70°53'20"E (11.07.2016) $2 $1;

о о

Mingbuloq tumani Jo'ja qishlog'i. Olmazor bog'i atrofi: 40 53'19"N, 71 27'44"E (29.07.2016) $2 $1; Mingbuloq tumani Ahsikent qishlog'i. To'qayzor: 40°53'04"N, 71°27'25"E (20.07.2017) $7 $5;

Avlod: Trichoferus Woolaston Fabricius, 1793. Bu avlod Rossiya hamda yevropaning janubiy va o'rta zonasida, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Amerika, Eron, Qozog'iston, Mo'g'uliston, Xitoy, Koreya yarim oroli, Yaponiya hududlarida 13 turni o'zida birlashtiradi [1]. O'zbekiston faunasida 3 turi uchraydi [5]. Shulardan vodiy hududida 1 ta turi aniqlandi.

Molorchus (Caenoptera) heptapotamicus Plavilstshikov, 1940. Aniqlangan joyi va muddati: Quvasoy shahri. Dam olish sixatgohi. Tol daraxti: 40°25'25"N, 71°58'22"E (02.07.2016) $1 $1; Farg'ona tumani Oqbilol qishlog'i. Olma daraxti: 40°18'11"N, 71°40'48"E (13.07.2017) $3 $0.

Avlod: Cleroclytus Kraatz, 1884. Bu avlod Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston hududlarida 7 turni o'zida birlashtiradi. O'zbekiston faunasida 1 turi uchraydi [6].

Cleroclytus semirufus semirufus Kraatz, 1884

Aniqlangan joyi va muddati: Ulug'nor tumani Oq oltin qishlog'i. Olma bog'i:

о о _

40 45'15"N, 71 43'23"E (11.06.2015) $2; Pop tumani G'urumsaroy qishlog'i. O'rikzor bog'i atrofi: 40°48'20"N, 70°55'30"E (15.07.2016) $1 $2 Farg'ona tumani

о о

Avval qishlog'i. yetti buloq dam olish oromgohi: 40 18'16"N, 71 50'00"E (15.07.2016) $1 $3.

Kenja oila: LAMIINAE

Avlod: Agapanthia Audinet-Serville, 1835. Bu avlod Avstriya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Moldova, Gollandiya, Polsha, Slovakiya, Ispaniya, Rossiya, Shveytsariya, Ukraina, Yugoslaviya, Qozog'iston, O'zbekiston hududida 73 turni o'zida birlashtiradi. O'zbekiston faunasida 7 turi uchraydi [1]. Shulardan vodiy hududida 1 ta kenja tur va 1 ta tur aniqlandi.

Agapanthia dahli alaiensis Kratochvil, 1985

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona shahri. Jo'ydam mahallasi. Kungaboqar dalasi: 40°24'31"N, 71°47'21"E (06.07.2015) $11 $21; O'zbekiston tumani Yakkatut qishlog'i. Makkajo'xori dalasi atrofi: 40°26'10"N, 70°53'20"E (17.08.2015) $12$7;

о о

Mingbuloq tumani. Jo'ja qishlog'i. Kungaboqar dalasi: 40 53'19"N, 71 27'44"E (1S.0S.2016) $5 $1; Beshariq tumani. Rapqon qishlog'i: 40o20'55"N, 70o40'12"E (29.0S.2016) $13 $11.

Agapanthia laleucaspis Steven, 1S17

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona tumani. Satkak qishlog'i. Bug'doyzor dalasi atrofi: 40o24'26"N, 71o42'05"E (22.05.201S) $1 $0.

Avlod: Phytoecia Dejean, 1S35. Bu avlod Ozarbayjon, Albaniya, Armaniston, Avstriya, Bosniya va Gertsegovina, Bolgariya, Belorusiya, Xorvatiya, Chexiya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Makedoniya, Moldova, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Rossiya, Shveytsariya, Turkiya, Ukraina, Yugoslaviya, Eron, Qozog'iston, Suriya, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston hududlarida 135 turni o'zida birlashtiradi [1]. O'zbekiston faunasida 16 turi uchraydi [5]. Shulardan vodiy hududida 4 ta tur va 2 ta kenja tur aniqlandi. Phytoecia circumdata Kraatz, 1SS2

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona tumani Vodil qishlog'i. Paxta dalasi

о о _

atrofi: 40 10'4S"N, 71 43'13"E (17.06.2017) $2; Phytoecia varentzowi Semenov, 1S96

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona tumani Oqbilol qishlog'i. YOng'oq daraxti: 40o1S'11"N, 71o40'4S"E (13.05.2016) $1$1; Furqat tumani Kaldushon

о о

qishlog'i. YOng'oq daraxti: 40 2S'12"N, 70 51'47"E (26.07.2016) $1; Farg'ona

O O sf.

tumani Log'on qishlog'i. YOng'oq daraxti: 40 16'14"N, 71 54'2S"E (30.05.2017) $2;

о о

Baliqchi tumani Polvonko'l. YOng'oq daraxti: 40 50'41"N, 71 56'4S"E (30.05.2017)

$1;

Phytoecia pallidipennis Plavilstshikov, 1926

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona tumani Oqbilol qishlog'i. O'rikzor bog'i

о о ^

atrofi: 40 1S'11"N, 71 40'4S"E (o'simligi nomalum) (23.0S.2017) $1. Phytoecia acridula Holzschuh, 19S1

Aniqlangan joyi va muddati: Quvasoy shahri. Kasaba uyushmalari sixatgohi.

о о _

O'simligi noma lum: 40 25'25"N, 71 5S'22"E (27.07.2017) $1. Phytoecia pustulata pustulata Schrank, 1776

Aniqlangan joyi va muddati: Bog'dod tumani. Samarqand qishlog'i. Paxtazor dalasi atrofi: 40o27'17"N, 71o11'3S"E (12.09.2016) $1$2; Phytoecia virgula virgula Charpentier, 1S25

Aniqlangan joyi va muddati: Farg'ona tumani Vodil qishlog'i. Ferula:

о о _

40 10'4S"N, 71 43'13"E (12.05.2012) $1.

Avlod: Saperda Fabricius, 1775. Bu avlod Rossiya, Ozarbayjon, Albaniya, Armaniston, Avstriya, Bolgariya, Belorusiya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Latviya, Litva, Moldova, Norvegiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, Ukraina, Eron, Qozog'iston, O'zbekiston, Mo'g'uliston, hududlarida 28 turni o'zida birlashtiradi [1]. O'zbekiston faunasida 2 turi uchraydi [5]. Har ikki tur ham vodiy hududida uchratildi.

Saperda populnea populnea Linnaeus, 1758

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Aniqlangan joyi va muddati: O'zbekiston tumani Beshkapa qishlog'i. Terak daraxti: 40°26'40"N, 70°52'33"E (04.04.2012) $2 $7; Beshariq tumani Namuna qishlog'i. Terak daraxti: 40°26'25"N, 70°33'46"E (12.05.2016) $1$3; Mingbuloq tumani. Axsikent qishlog'i. To'qayzor: 40°53'04"N, 71°27'25"E (11.06.2017) $5$3;

о о

Ulug'nor tumani Oq oltin qishlog'i. Tol daraxti: 40 45'15"N, 7143'23"E (19.07.2018) $2.

Saperda similis Laicharting, 1784

Aniqlangan joyi va muddati: Bog'dod tumani. Qora xitoy qishlog'i. Terak daraxti: 40°33'16"N, 71°16'14"E (06.06.2014) $1$2; Furqat tumani Begobod qishlog'i. Terakzor: 40°29'32"N, 70°50'15"E (13.08.2016) $7 $3; O'zbekiston

о о

tumani O'qchi qishlog'i. O'rikzor atrofidagi terak daraxti: 40 19'28"N, 71 00'28"E (21.08.2016) $7 $3.

Alohida takidlash joizki, Lobarthron Sem. avlodi Lobarthron balassogloi balassogloi (Jakovlev, 1885) kenja turi O'zbekiston faunasi uchun endemikdir.

Shu bilan bir qatorda, faunada avtoxton, alloxton va adventiv turlarning bo'lishi so'nggi yilliklarda entomokompleksda ro'y bergan muhim o'zgarishlar mahsuli bo'la oladi. Chunki faunada o'z paytida Polylobarthron margelanicum (Thery, 1896) turi va Tetrops bicoloricornis ferganensis Danilevsky, 2018 kenja turi ilk marta vodiy hududida fanga malum qilingan bo'lsa-da [6], ularning boshqa mintaqalarda ham qayd etilishi atrofi baland tog'lar bilan o'ralgan vodiy entomofaunasida alloxtonlar mavjudligiga asosdir.

Bu esa, o'z navbatida vodiy koleopterofaunasi O'zbekistonning umumiy faunasidan farq qilishini ko'rsatadi.

Aniqlangan mo'ylovdorlar vodiy hududida 36 turdagi mevali hamda manzarali daraxt va butalar bilan doimiy bog'langan. Shulardan 14 turi mevali, 22 turi esa manzara li daraxt va butalardir.

Bulardan tashqari, o't o'simliklarning 20 turida ham qo'ng'izlar kuzatilgan bo'lib, ularning aksariyati asosiy ozuqa o'simligi emas.

XULOSA

Farg'ona vodiysi dendroflorasida Cerambycidae oilasining 6 ta kenja oilasiga mansub 30 ta avlod 81 tur va kenja turlari uchraydi.

Mo'ylovdorlarning 13 avlodga mansub 21 (25,9%) turi Farg'ona vodiysi hududida ilk marta qayd etildi. Shulardan Lobarthron balassogloi balassogloi (Jakovlev, 1885) kenja turi O'zbekiston faunasi uchun endemikdir. Farg'ona vodiysida mevali bog'lar, manzarali daraxtlar alleyalari va hiyobonlarning ko'pligi mo'ylovdor qo'ng'izlarning doimiy ravishda turli yo'nalishlarda (ommaviy, barqaror va tasodifiy) ko'payib borishi va tarqalishiga imkon beradi.

REFERENCES

1. Абдурахманов Ш.Г. Видовой состав усачей подсемейства Laminae Дагестана / Ш.Г. Абдурахманов // Университетская экология. Материалы Международной научной конференции, посвященной 80-летию ДГУ, 2010 г. Махачкала: Типография ИПЭ, 2010. - С. 128-137.

2. Абрамов А.Е. Новый подвид Dorcadion glicyrrhizae (Pallas 1773) (Coleoptera, Cerambicidae) из Северо-Западного Казахстана // Кавказский энтомологический бюллетень. 2015. -№11(1). -С. 39-41.

3. Гершун М.С. Вредители всходов и сеянцев саксаула и меры борьбы с ними. -Ташкент: УзЛСХН, 1960. - 24 с.

4. Данилевский М.Л. Морфо-адаптивные пути эволюции личинок жуков-дровосеков (Coleoptera, Cerambycidae) и филогенетические связи основных групп семейства. -Москва: Наука, 1979. - 24-43 c.

5. Данилевский М.Л. Жуки-долгороги (Coleoptera, Cerambycidae) России и сопредельных стран. 2014. Часть 1. -М .: ВСК. - 522 с.

6. Данилевский М.Л. 2019. Каталог палеарктических Cerambycoidea. (Обновлено 04.09.2019). Доступно на: http://www.cerambycidae.net/catalog.pdf (дата обращения 21. 10.2019).

7. Zokirov, I. I., Marupov, A. A., Sultonov, D. Sh., & Azamov, O. S. (2021). Uzunmo'ylov qo'ng'izlarning (Coleoptera: Cerambycidae) ozuqa o'simliklari bilan biotsenotik aloqalari. Academic research in educational sciences, 2(5), 349-355. https://doi.org/10.24411/2181-1385-2021-00897

8. Кадыров А.Х. Комплекс древогрызущих и внутристеблевых жесткокрылых (Scolytidae, Cеrambycidae, Duprestidae) Юго-Востока Средней Азии. Автореф. докт. дисс. -Москва, 1993. - 40 с.

9. Костин И.А. Два новых вида усачей (Coleoptera, Cerambycidae) из Казахстана // Энтомологические обозрение. 1974. 53, 3. -С. 647-650.

10. Esanboev Sh., Anorboev A.R., Sulaymonov O.A., Masharipov U.A., Ablazova M.A. Mevali va manzarali daraxt tanasi zararkunandalari. -Toshkent, 2019. 18-30-b.

11. Marupov A.A., Zokirov I.I., Sultonov D.Sh. (2021). Ecological-Faunistic Analysis of Longhorn Beetles (Coleoptera: Cerambycidae) of Fergana Valley. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6819-6830. Retrieved from http://annalsofrscb.ro/index.php/iournal/article/view/3277

12. Хусанов А., Зокиров И. Особенности трофических связей тлей (Homoptera, Aphidinea) ферганского хребта // биоразнообразие и рациональное использование природных ресурсов: Материалы докладов Всероссийской научно-практической конференции (с международным участием), посвященной 50-летию кафедры ботаники ДГПУ. 2013. 128-129 с. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=25289011

13. Zokirov I. I., Khusanov A. K., Kuranov A. D. Faunistic analysis of Central Fergana's vegetable and melon crops insects // Ilmiy xabarnoma - Nauchnbiy vestnik. 2019. 4. 38-47. https://assets.uzsci.uz/edition/file/5df85e0c1b202.pdf#page=45

14. Zokirov I.I., Azimov D.A. The Fauna of Insects of Vegetables and Melons of Central Fergana, Especially Its Distribution and Ecology // International Journal of Science and Research. (IJSR). - India, Raipur, 2019. - V. 8, Issue 8. - R. 930-937. https://www.iisr.net/get abstract.php?paper id=ART202087

15. Zokirov I.I., Mirzayeva G.S., Abdullayeva D. R. Ecological and Faunistic Review of Entomocomplexes of Adyr Zones of the Fergana Valley // International Journal of Science and Research (IJSR). Volume 8 Issue 10, October 2019. -P. 1231-1234. https://www.iisr.net/get abstract.php?paper id=ART20201433

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.