BUXORODAGI AYRIM MUQADDAS QADAMJO-QAL'ALAR XUSUSIDA
Oybek Iskandarovich Rajabov A'zam Homidovich Boltayev
Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi
kafedrasi o'qituvchisi kafedrasi o'qituvchisi oybek.raj abov78@mail.ru
ANNOTATSIYA
Buxoroning har bir qarich yeri, har bir tarixiy va madaniy obidasi el-yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchilik salohiyatidan, yuksak taraqqiyot, ilmu ma'rifat, ma'naviyat va madaniyat, falsafa va din ravnaqi yo'lidan darak beradi. Buxoro muqaddas qadamjolarga boyligi bilan dunyoda o'z o'rniga ega makon hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu maqolada Buxorodagi muqaddas qadamjolarning tarixi va tavsifi ilmiy tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Buxoro, muqaddas qadamjo, Movarounnahr, Dalmun, Shayx Dovud, qal'a.
ON SOME HOLY STEPS IN BUKHARA
Oybek Iskandarovich Rajabov A'zam Homidovich Boltaev
Teacher of Bukhara History Department, Teacher of Bukhara History Department,
Bukhara State University Bukhara State University oybek.raj abov78@mail.ru
ABSTRACT
Every inch of Bukhara, every historical and cultural monument testifies to the great talent and creative potential of our people, the path of high development, science and enlightenment, spirituality and culture, philosophy and religion. Bukhara is one of the most sacred places in the world. Therefore, this article provides a scientific analysis of the history and description of the sacred sites in Bukhara.
Keywords: Bukhara, holy shrine, Movarounnahr, Dalmun, Sheikh David,
castle.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, «Movarounnahr go'zal va betakror shaharlari Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva ko'p asrlar davomida islom ilm fani, madaniyati va butun musulmon sivilizatsiyasining markazlari sifatida shuhrat qozongan. Bu saxovatli zamindan ko'plab
buyuk alloma va aziz-avliyolar etishib chiqdi. Insoniyat tarixidagi noyob hodisa bo'lgan musulmon renesansi buyuk ajdodlarimizning diniy bag'rikenglik va insonparvarlik borasidagi ezgu g'oyalari bilan yo'g'rilgan edi. Bu g'oyalar bizning davrimizda O'zbekiston mustaqilligi yillarida alohida, yanada teran ma'no-mazmun kasb etib bormoqda» [fflafix VMap OopyK cafigo an-^a3apHfi-HaKm6aH,gHfi.2019.-B.3].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Buxoro viloyati Jondor tumani hududida yuzdan ortiq qadamjolar, insonlarning mangu xobgohi hisoblanmish qabristonlar mavjud. Shulardan biri tumandagi yirik, aholisi ko'p, obod qishloqlardan Dalmun mahalla fuqarolar yig'iniga kiruvchi Dalmun qishlog'i bo'lib, ushbu joy Buxoro-Chorbakr-Dalmun-Qizbibi-Varaxsha tarzida bir chiziq bo'ylab joylashgan. Bu yo'l qadimda Buyuk ipak yo'lining Buxorodan Xivaga eltuvchi qadimiy hamda obod shahar va qishloqlarni bir-biriga bog'lab turgan. Dalmun qishlog'i, uning tarixiy etnologik toponimi xususida gapirilganda, Movarounnahrda X asrning Buxorolik tarixchi olimi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy tomonidan 943-944 yillarda bitilgan manba hisoblangan "Buxoro tarixi"da atroflicha ma'lumotlar keltirilgan. Manbaning XIII bobi "Buxoro va uning atrof yerlaridagi anhorlar" qismida Karmanadan Buxorogacha o'n ikkita sun'iy suv inshootlari mavjudligi birma-bir sanab o'tilgan. Unda nomlari keltirilgan anhorlarning to'qqizinchisi "Faroviz is-Sufro yoki Komi Daymun" deb ta'kidlangan [A6y EaKp Myx^MMag höh ^at^ap HapmaxHfi.1993.-B.34., B.A.fflumKHH. 1963.-C.24.]. Buni filologiya fanlari doktori R.J.Vohidov "Bugungi Dalmun Muhammad Narshaxiy eslatgan Daymundir. Davr o'tishi bilan "Y" tovushi "L" aylanib ketgan" deb ta'kidlaydi. Anhor nomidagi "Komi" so'zi - ko'p ma'noni "Maqsad, orzu, niyat" ma'nolarini anglatsa, "Kom" - Deh, qariya, qishloq ma'nosini anglatgan. Adib Sadriddin Ayniy "Kom"ning katta ariq, katta anhor ma'nolari borligini qayd etgan. Demak Dalmun, eng avvalo suv inshooti nomini bildirsa, ikkinchidan, qishloq, o'troq joy ma'nosini ham anglatadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dalmun qishlog'ida joylashgan Shayx Dovud tepaligining paydo bo'lishi ham tarixan uzoq davrlarga borib taqaladi. Tepalik ikki qismdan yuqori-shimol tomondagisi aylana shaklda bo'lib, juda baland, ikkinchi, janub tomondagisi cho'zinchoq shaklda nisbatan birinchi tepaning yarmicha balandlikka tengdir. Qadimda baland tepalik aholi yashash manzilgohi bo'lgan. Baland tepalik qadimdanoq qabriston bo'lib, ayni paytda tepalik yuzasi va atrofi bo'ylab, qirqqa yaqin qabr toshlari mavjud. Shu yerlik aholi vaqt-vaqti bilan hashar tashkil etib qabristondagi toshlarni tuproq va changdan tozalab turadi, alohida g'isht kursichalar ustiga toshlar o'rnatib qo'yilgan. Qabr toshlarining
ko'pchiligida chiroyli va bitik geometrik shakllar berilgan, arab tilidagi xatlar bilan bezatilgan. Toshlardagi bitiklarning ayrimlari o'z chiroyi va jimjimadorligini yo'qotgan bo'lsada, ayrimlaridagi yozuvlarini o'qish mumkin.
Shayx Dovud tepaligini rus arxeologi V.A.Shishkin tomonidan o'rganilgan. Arxeologning ta'kidiga ko'ra bu tepalik Shayx Dovud nomi bilan manbalarda tilga olingan. Tepalik ikkita bir-biriga tutash-yuqorisidagi baland qo'rg'on shaklida, aylana ko'rinishda, ikkinchisi undan janub tomonda ancha pastroq, uzunchoq tepa bo'lib, qadimda ham qabriston vazifasini o'tagan bo'lishi mumkin. Baland tepa keyinchalik qabristonga aylantirilgan va amirlar, ularning yaqin kishilari, sayyidlar hamda ulamolar dafn etilgan. Tepalik ustidagi qabr toshlarning o'ntasi Shishkin tomonidan o'rganilgan va kimga tegishliligi aniqlangan [Хдмро Асадов. Бухоро. 2011. - Б.57-58., Болтаев А.Х. Тюмень, 2019. №1 (44) - С.45-53]. Bitiklardan ma'lum bo'lishicha, bu tepalikka asosan XV-XVI asrlarda yashab, olamdan o'tgan Buxoroning mo'tabar va ulug' zotlari: amirlar, ularning suyukli xotinlari, qizlari, saidlar dafn etilgan.
Dala tadqiqotlari natijasida shunga amin bo'ldikki, tepalikdagi qabr toshlarida dafn etilganlarning kimligi va qachon vafot etganligi davridan tashqari, Qur'on oyatlaridan namunalar ham o'yib yozilgan [Дала тадкикотлари. Бухоро вилояти, Жондор тумани. 2018 йил ноябрь]. Qabr toshlari bir-biridan farq qiladi. Hozirgi davrda tepalikdagi ayrim hajmi va ko'rinishi jimjimador bo'lgan toshlar atrofida piyola va yarim kosalar qalashib yotibdi. Tadqiqot so'rovlari natijasida shu narsa aniqlandiki, ushbu ash'yolar ayrim shaxslar tomonidan qadamjodagi toshlar oldida donlar sepish hamda piyola yarim kosalarga suv solib qo'yish (qushlar eb ketishi) shuningdek, ayrim kasalga chalingan ko'pincha qattiq shamollab, yo'tali kuchayib tez tuzalmayotganlar shu toshlarga ba'zi rasm-rusumlarni amalga oshirar ekan. Unda toshni yaxshilab yuvib tozalab, uning ustiga suv solingan va kasalga chalingan shaxs uni niyat qilib yalagan. Shuningdek, ayrim hollarda toshga qatiq surtilib kasalga chalingan shaxs qatiqni yalaqan. Bu jarayon ikki marotaba qaytarilarmish, shu bilan kasallikka shifo topilarkan. Dala tadqiqotlari jarayonida hududning keksa avlod vakillari hamda ayrim islomshunoslardan ushbu marosimlarning o'tkazilish sabablari co'ralgan paytda, xalq e'tiqodida toshlardan shifo topish maqsadida topinishlar mavjud, aslida esa ushbu toshlarda bitilgan Qur'on oyatlarining kuchi deb ta'kidladilar.
Buxoroning yana bir manzilgohi hisonlangan Torob qishlog'ini paydo bo'lishi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Ushbu maskan hozirgi davrda Buxoro viloyatining Jondor tumani hududida bo'lib, qadimda Zarafshon daryosi quyi oqimidagi eng xushmanzara va betakror maskanlardan biri bo'lgan. "Samariya" (Samarqand mozorlari zikri) asarining muallifi Abu Tohirxoja Samarqandiy o'zining kitobida shunday yozadi: Zarafshon daryosikim, uni Ko'hak deb yuritadilar. Boshlab kunchiqar tog'lardan chiqib, unga Iskandar bulog'i - Iskandar ko'lining suvi va Maschoh tog'laridan chiqadigan
buloqlar qo'shiladi. Boshqa suvlar va buloqlar bilan birikib, daryo bo'lib Buxoro va Qorako'lgacha borib yetadi. Ko'hak daryosining uzunligi 120 tosh (farsax)dir [А6у Тoxдpхyжa Caмaркaндий. 2009.-Б.122.]. Zarafshon daryosi bo'yida qad rostlagan va odamlarning muqum yashab qolish maskaniga aylangan Torob qishlog'i vohadagi Varaxsho, Romush, Poykant kabi qadimiy shaharlar bilan bir paytning o'zida paydo bo'lgan. Torob qishlog'ining tepalik ustida qurilganligi hamda atrofi baland qal'a (paxsa devor) bilan o'rab olinganligi ham qishloqning qadimiyligini anglatib turadi. Chunki bunday qal'a va qo'rg'onlar asosan eramizdan avvalgi 4-3 asrlardan boshlab qurilganligi arxeologik ilmiy tadqiqotlar orqali fanda isbotlangan.
Ilk o'rta asrlarda Torob manzilgohi yaqin hududlardagi qishloqlar qatori obod bo'lib, by yerda bozor, savdo-sotiq va hunarmandchilik rastalari, turar joy-manzilgohlari qator tizilishgan. Qal'anning to'rt tomonida to'rta darvoza, maxsus qo'riqlash minoralari (shinaklar), suv oqib turuvchi ariqlar mavjud bo'lgan. VIII asr boshlaridagi arablar istilosi, uning asoratlaridan Torob qo'rg'oni ham chetda qolmagan. Qal'a arablar bosqini davrida inqirozga yuz tutgan bo'lsa-da, undan keyin davrlarda vujudga kelgan sulolalar davrida maskan yanada rivojlandi. Bu davrda Islom dini va uning yuksalishida hududdan chiqqan olimlar o'z hissalarini qo'shdilar. Abdulkarim as-Sam'oniyning "Nasabnoma" (Al-Ansob) kitobida Torob qishlog'i (Абу Ca^A Абдyлкaрим ибн MyxaMMaA ибн Мaнсyр aт-Тaмимий aс-Caмъоний. 2017.-Б.86.) -Buxoro qishloqlaridan biri bo'lib, Xunbun (hozirda Jondor tumanidagi Torob va Xumin qishloqlari) qishlog'i yaqinida joylashgan. Abul Fazl Mahdiy ibn Ishkob at-Torobiy Torob qishlog'ida yashaganliklari ta'kidlangan. Hijriy 265 (milodiy 879) yilda vafot etganlar, qabrlari Torob tepaligidan pastda shimoliy qabristonda [Абу Caъд Абдyлкaрим ибн Мy^aммaд ибн Мaнсyр aт-Тaмимий aс-Caмъоний.2017.-Б.86., Caдриддин Caлим Бухорий.2015.-Б.48., K;axpaмoн Рaжaбов, Фaррyх Темиров.2015.-Б.32-33]. Shuningdek, Abu Rajo Ahmad ibn Yaqub al-Paykandiy at-Torobiy Paykand ahlidan bo'lib, Torob qishlog'ida yashaganlar. [Абу Caъд Абдyлкaрим ибн Мyxдммaд ибн Мaнсyр aт-Тaмимий aс-Caмъоний. -Б.86].
XIII asrning boshlarida O'rta Osiyoda Xorazmshohlarga qarshi 1219-1221 yillardagi mo'g'ullar istilosi davrida shahar va qishloqlar butunlay vayron etildi. Chig'atoy ulusi davrida esa aholiga nisbatan zulmkorlik va zo'ravonlik tizimi yanada kuchayib, soliq va majburiyatlarning keskin ravishda oshib borilishi natijasida xalq ommasining qo'zg'olonlari ko'tarilgan. Shulardan eng mashhuri bu 1238 yilda bo'lgan Mahmud Torobiy nomi bilan bog'liqdir. Muhammad ibn Juvayniyning "Jahongir Chingizxon tarixi", Ali Yazdiyning "Zafarnoma"da, Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" kitobida mazkur qo'zg'olon haqida qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirilgan [Хдмро Асaдов.2008.-Б.18-20., Хдмро AcagoB. 2011.-Б.82-84]. Torobiy boshchiligidagi qo'zg'olon mo'g'ullar imperiyasi zulmi va zo'ravonligiga qarshi qattiq
zarba bo'ldi. Qo'zg'olon oqibatida ikki tomondan 20 mingdan ortiq kishi halok bo'ldi. Torobiy, uning inilari Muhammad hamda Ali , Shamsiddin Mahbubiy ham jangda halok bo'ldilar. Ushbu qo'zg'olon mo'g'ullarni Movarounnahrdagi boshqaruviga yetarlicha ta'sir qildi.
Mo'g'ullar zulmi tugab, Amir Temur davriga kelib Torob qal'asida hayot unga tengdosh boshqa hududlar singari yana asl holiga keladi. XVI-XVII asrlarda ham obod bo'lganligi haqida tarixchi Mahmud ibn Vali o'zining "Bahrul asror" ("Sirlar dengizi") asarida bayon etgan. Buxoro amirligi davrida ham ushbu maskan amirlik tasarrufiga kirgan. Amirlikka tegishli hududlar har yili Buxoro qushbegisi (bosh vaziri) tomonidan viloyat hokimlari yoki tuman qozilariga tuman va qishloqlarning ro'yxatini tuzish haqida topshriqlar berilgan. Jumladan, 1916 yil Xayrobod (Jondor) tumani miroxo'ri tomonidan bosh vazir, qushbegiga xat yo'llagan: "Sharofat va shavqat e'tiboriga ya'ni qushbegi janoblariga arz qilinadiki, bu adolatli kunlarda Xayrobod tumanida amirning marhamadnomasidan ogoh bo'lmasdan (turgan) bir necha qishloqlari bor edi. Shu sababdan qushbegi janoblari mehribonchilik qilib mazkur Xayrobod tumanidagi qishloqlarni ravshan va xatosiz yozib, ro'yxat qilib, tezda yuborishni buyurgan edilar. Ko'rsatmaga binoan, mazkur tumandagi qishloqlarni biladigan kishilarni keltirib, surishtirib ravshan va xatosiz ro'yxat qilib, yaqinda yuborildi. Muhr bosmasi Miroxurd, sana:-1334/1916 yil" [А.Р.Мухаммеджанов.2001.-С.197]. Shuningdek, 1926 yildagi ro'yxatga olishda ayrim hududlardagi joy nomlari birmuncha o'zgargan holda noto'g'ri yozilganligini ta'kidlash lozim [А^там Ахмедов.2017.-Б.6-9]. Buxoro vohasini (Zarafshon okrugini) rayonlashtirish tizimidagi 1926 yilgi ro'yxatda Rometan-Xayrobod rayoni, markazi Lag'laqa 4 raqamli markazi Darvesh bolo bo'lgan hududga Torop qishlog'i kirgan [А^там Ахмедов. 2017. -Б.30-31].
XX asrda yurtimizda dinga bo'lgan munosabat, siyosiy ta'qiblar natijasida Torobiy qal'asi anchagina nurab qoldi, uning atrofi paxta maydonlariga aylantirildi. Tepalik hozirda 4-5 gektar atrofida bo'lib, dala tadqiqoti davomida hudud faxriysi va tuman diniy mahkama vakili Hoji Mahmud Nazarov hamda Hoji Sobir Raximovlar bilan qal'a xususida birmuncha ma'lumotlar olinda [Дала тадкикоти. Жондор тумани, 2020 март]. Suhbatda tepalikda Mahmud Torobiyning ramziy qabri mavjudligi, uning oldida quduq (chuqurligi taxminan 40 metr), 1970 yillargacha quduq mazkur hududning yoshi ulug' vakillari (Yodgor va Hasan otalar) tomonidan tozalanib kelinganini ta'kidlandi. Tepalikda eski uylarning paxsalari mavjud, hududda masjid bo'lganligi, sobiq sho'ro davrida rayon markaziga madaniyat uyi qurilishi bahonasida buzib olib ketilganligi ta'kidlab o'tildi. Hozirgida ham masjidning o'rni mavjud. Tepaning quyosh chiqar tomonida katta ko'k tosh mavjud bo'lib, hudud aholisi undan ko'k yo'talga (qattiq shamollash) ixlos qilib, toshga qatiq surtib kasallangan shaxslarni yalattirib shifo so'rashganlar. Aslida bu ko'k toshlar o'rta asrlarda nufuzi baland boy xonadon,
amaldorlarning qabri ustiga qo'yilgan hisoblanadi (oddiy aholi bunday qilishga qurbi yetmagan). Shuningdek tepalikning pastki qismida 5 metr atrofidagi qabr mavjud bo'lib, uning oldida tug' ham bor.
2020 yilda Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligi sa'yi harakati bilan tuman markazidagi madaniyat va istirohat bog'i Mahmud Torobiy nomidagi harniy-vatanparvarlik bog'iga aylantirilib, nog' markazida umumiy uzunligi 8 metrlik haykali o'rnatildi. Shu tariqa bir mard ajdodimizning xotirasi abadiylashtirildi [Болтаев A.X. Челябинск: ЧГИК. 2019. - С. 142-144., Jamiyat.02.03.2020 yil., Madaniyat. 14.01.2021yil].
XULOSA
Istiqlolga erishganimizdan so'ng vatanimiz tarixiga bo'lgan e'tiborning kuchayishi, tarix va tarixiy jarayonlarga xolisona yondashish, millat va xalq qahramonlari bo'lgan vatanparvar qahramonlar, ulug' avliyo va anbiyolar, muqaddas qadamjolarni obod etish, ularni hozirgi avlodga o'rnak bo'luvchi ilmiy, diniy, ma'naviy, tarbiyaviy fazilatlarini o'rganish, qayta tiklash hamda teranroq anglash, kelajak yoshlarning milliy-ma'naviyatini yanada yuksaltirish, muqaddas ziyoratgoh-qadamjolarni obod etish har bir fuqarolarimizning burchi ekanligini unutmasligimiz lozim.
REFERENCES
1. Шишкин В.А. Варахша.М.1963.
2. Абу Тохирхужа Самаркандий "Самария" (Самарканд мозорлари зикри). Т., 2009.
3.Абу Саъд Абдулкарим ибн Мухаммад ибн Мансур ат-Тамимий ас-Самъоний. «Насабнома» (ал-Ансоб). (VIII-XII асрда яшаган Узбекистонлик олимлар хдкида маълумот). Т., 2017.
4.Садриддин Салим Бухорий. Бухоронинг табаррук зиёратгохлари. Т., 2015.
5. Кдхрамон Ражабов, Фаррух Темиров Жондор тумани тарихи (кискача маълумотнома). Т., 2015.
6.Х,амро Асадов. Беш мужиза - беш тарих. Бухоро. 2008.
7.Х,амро Асадов. Аждодлари кимматли юрт. Бухоро., 2011.
8. Истиклол йиллари: миллий-диний кадриятларнинг xaлкка кайтиши (Бухоро). Т., 2001.
9.Нарзулло Йулдошев. Бухородаги айрим авлиёлар тарихи. Бухоро, 1993.
10. Нарзулло Йулдошев.Бухоро авлиёларининг тарихи. Бухоро., 1997.
11.Насиленные пукты Бухарского эмирата (XIX-нач XX в). Отвественный редактор академии АНРУз А.Р.Мухаммеджанов.Т., 2001.
12.Халк турадиган жойларнинг руйхати. Самарканд Узбекистон марказий районлаштириш камиссиясининг нашри, 1926 йил. Кириш сузи, араб алифбосидан табдил ва айрим изохлар муаллифи Ахтам Ахмедов. Бухоро., 2017.
13. Болтаев А.Х. Исследование С.Н. Юренева в мечети Калян // Вестник археологии, антропологии и этнографии. - Тюмень, 2019. №1 (44) - С. 45-53.
14. Болтаев А^. Бухарские коллекционеры // Россия - Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития. Сборник материалов международной научной конференции. -Челябинск: ЧГИК. 2019. - С. 142-144.
15.Jamiyat.02.03.2020 yil., Madaniyat. 14.01.2021 yil.
16. Ochilov Alisher. "The Role of Zamanbaba Culture in The Social and Economic History of Bukhara Oasis During Bronze Age." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.4 (2021): 42-47.
17. OCHILOV, Alisher. "JEWELRYC TRADITION IS A SOURCE OF STUDY OF BUKHARA HISTORY." Bayterek Uluslararasi Akademik Araçtirmalar Dergisi 1.1: 105-116.
18. Ochilov, A. T. "DATING OF THE ZAMANBABA CULTURE: ASED ON ARCHAEOLOGICAL SOURCES." Theoretical & Applied Science 12 (2019): 589591.