Научная статья на тему 'USTRUSHONA HUDUDIDA MODDIY-MADANIY ALOQALAR'

USTRUSHONA HUDUDIDA MODDIY-MADANIY ALOQALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
325
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ustrushona / qishloq / makon / aloqa / o„troq / ko„chmanchi / hosildor / madaniy / kulolchilik / taqlid. / Уструшона / деревня / пространство / связь / утрок / кочевник / урожайный / культурный / гончарный / имитационный.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilshod Sultanovich Abduraimov

Mazkur maqolada muallif arxeologik yodgorliklar va undagi topilgan topilmalarning bir-biriga kelishuvchanligi, ularning hududlarda topilishi, moddiy hamda madaniy aloqalar uchun muxim axamiyatga ega ekanligini yoritgan. Ustrushona vohasi doimiy yashovchi va ko„chmanchi xalqlar o„rtasidagi moddiymadaniy va ijtimoiy aloqalarni bog„lovchi makon ekanligi, madaniyat almashinuvlari, shaharsozlik madaniyatining shakillanishi jarayonida doimiy yashovchi xalqlarning bir-biriga taʼsirlarini taxlil qilagan va yoritib bergan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье автор осветил взаимосвязь археологических памятников и находок в них, их местонахождение в регионах, важность материальных и культурных связей. Он проанализировал и осветил влияние постоянно проживающих народов друг на друга в процессе культурных обменов, формирования градостроительной культуры, доказав, что уструшанский оазис является связующим звеном материально-культурных и социальных связей между постоянно проживающими и кочевыми народами.

Текст научной работы на тему «USTRUSHONA HUDUDIDA MODDIY-MADANIY ALOQALAR»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-282-286

USTRUSHONA HUDUDIDA MODDIY-MADANIY ALOQALAR

Dilshod Sultanovich Abduraimov

Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, tarix kafedrasi katta

o'qituvchisi urmonov94@list.ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada muallif arxeologik yodgorliklar va undagi topilgan topilmalarning bir-biriga kelishuvchanligi, ularning hududlarda topilishi, moddiy hamda madaniy aloqalar uchun muxim axamiyatga ega ekanligini yoritgan. Ustrushona vohasi doimiy yashovchi va ko'chmanchi xalqlar o'rtasidagi moddiy-madaniy va ijtimoiy aloqalarni bog'lovchi makon ekanligi, madaniyat almashinuvlari, shaharsozlik madaniyatining shakillanishi jarayonida doimiy yashovchi xalqlarning bir-biriga ta'sirlarini taxlil qilagan va yoritib bergan.

Kalit so'zlar: Ustrushona, qishloq, makon, aloqa, o'troq, ko'chmanchi, hosildor, madaniy, kulolchilik, taqlid.

АННОТАЦИЯ

В данной статье автор осветил взаимосвязь археологических памятников и находок в них, их местонахождение в регионах, важность материальных и культурных связей. Он проанализировал и осветил влияние постоянно проживающих народов друг на друга в процессе культурных обменов, формирования градостроительной культуры, доказав, что уструшанский оазис является связующим звеном материально-культурных и социальных связей между постоянно проживающими и кочевыми народами.

Ключевые слова: Уструшона, деревня, пространство, связь, утрок, кочевник, урожайный, культурный, гончарный, имитационный.

ABSTRACT

In this article, the author highlighted the relationship of archaeological sites and finds in them, their location in the regions, the importance of material and cultural ties. He analyzed and highlighted the influence of permanently residing peoples on each other in the process of cultural exchanges, the formation of urban culture, proving that the Ustrushan oasis is a link of material, cultural and social ties

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-282-286

between permanently residing and nomadic peoples.

Key words: Ustrushana, Village, Space, Communication, grassroots, nomadic, fertile, cultural, ceramics, imitation.

KIRISH

Yurtimiz mustaqilligi e'lon qilinganda keyin yashab turgan zaminimiz tarixga bo'lgan qiziqishning ortib borishi tabiiydir. Zaminimizda istiqomat qilgan insonlar ona vatan tarixini bilish bIlan birgalikda o'zlari yashab turgan qishloqlarda yashagan ajdodlari haqida ham qiziqishadilar. Bundan tashqari hududda yashagan aholining nima ishlar bilan shug'ullanganligi, ular qanday buyumlar ishlatganligi, uning bugungi kundagi aksentlari, ularning diniy urf odatlari qanday ekaniga va o'zlari yashagan hudud tarixda qanday nomlar bilan atalganiga qiziqish bildiradilar. Zero yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev "mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo'q" deb bejiz aytmaganlar.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Qadimgi Ustrushonada mustaqillik va undan keyingi yillarda arxeologik qazuv- tadqiqotlari doirasi ancha kengaydi. Ustrushonaning shimoliy va shimoliy-g'arbiy qismidagi qishloqlarda yodgorliklar ancha ko'p saqlanib qolgan. Ular asosan Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining tog' va tog' oldi hududlarida Mirzacho'l sarhadlarida joylashgan. Bundan ko'rinib turadiki manashu hududlarda Ustrushona davlatining qishloq aholisi o'rtasida madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar jadal amalga oshirilgan. Bu yodgorliklarning ba'zilari M.Aminjonova, N.B.Nemseva, G.Ya.Drevyanskaya, E. B. Anorboev, M.H. Pardaev, A.A. Gritsina, F.E. Toshboev va J.I.G'ofurovlar tomonidan qisman o'rganilgan va bugungi kunda ham o'rganilib kelinmoqda.

Mazkur tadqiqotlarda ustrushona hududida joylashgan qishloqlarning paydo bo'lishi va undagi yodgorliklarning paydo bo'lishi, arxeologik manbalar tavsifi, yodgorliklarning davriy sanasi, joy makonlarida ishlatilgan buyumlar va o'zaro aloqalari, manashu aloqalar rivojlanib ularning madaniyatining birlik sifatida shakillanganligi, arxeologik topilmalarning bir-biriga aksent berishi va juda ham mutanosibligi, qishloqlarda yashagan axoli qaysi etnik guruhlarga mansubligi to'g'risida ilmiy fikrlar berilgan. Bundan tashqari qishloqlarning aloqalari orqali diniy jarayonlar ham shakillanib borganligini kuzatish mumkin.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-282-286

METODOLOGIYA

Mavzuni tadqiq etish jarayonida o'zaro solishtirish, qiyoslash, ayriboshlash tizimini baxolash, tizimli tahlil, tavsifiylik, tarixiylik, tarixiy-qiyosiy tahlil usullari qo'llanilgan.

Mavzu yuzasidan qishloqlarni o'rganish jarayonida arxeologik tadqiqotlar natijalari, topilgan arxeologik materiallarni solishtirish, tarixchi olimlarimizning olib borgan izlanishlari, olimlar tomonidan chop etilgan maqola, monografiya, chet el arxeologlari tadqiqot natijalari, etnologlar tomonidan topilgan buyumlarning tasniflari va chop etilgan materiallar statistik asos bo'lib xizmat qiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Antik davr mualliflari asarlarida Ustrushona hududidagi xalqlar tarixi, shahar, qishloq makonlarining o'rni, ularning umumiy va o'ziga xos xususiyatlari haqida yozma manbalarda uzoq vaqt ko'p ma'lumotlar oq qog'oz yuzini ko'rmagan. Bunday salbiy holatni dastlab ilk o'rta asrlarda Xitoy sulolaviy yilnomlari buzgan bo'lsa, keyinchalik "Buyuk Ipak yo'li" bo'ylab dunyo kezgan arab geograf sayyohlari maromiga yetkazishdi va o'z esdaliklarida Ustrushona davlati, uning rustoqlari haqida ancha to'liq ma'lumotlarni yozib qoldirishdi. Manbalarda qayd etilishicha, Ustrushona o'rta asrlarda ma'muriy tuzilish jihatidan 18 ta rustoqqa bo'lingan[1:26]. Rustoq forschada qishloq manosini beradi. O'rta Osiyo, Eron va qisman arab mamlakatlarida qo'llanilgan tarixiy geografik tushuncha. Qishloq, shahar, ovul, bozor, o'zlashtirilgan o'lka, o'troq aholi yashaydigan joy, ekin maydoni, obodonlashtirilgan shahar kabi ma'nolarga ega. Ushbu rustoqlarning 9 tasi tekislik, 9 tasi tog'lik va tog' oldi hududlarda joylashgan. Tekislikda joylashgan rustoqlarga -Bunjikat, Zomin, Feknon (A. Muhammadjonov ta'biricha - Fag'non) Xarakana, Sabat, Xovos, Shavkat, Fag'kat kirgan. Tekislikda joylashgan har bir rustoqning ma'muriy markazi bosh shahri mavjud bo'lgan va rustoqlar mahalliy dehqonlar sulolasi tomonidan boshqarilgan. Ularning har-biri o'zaro aloqalarda bo'lgan va ichki savdo-sotiq aloqalari shakillangan.

Ustrushonaning shimoli-g'arbiy rustoqlari mamlakatning ajralmas qismi sifatida uning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o'rin tutishgan. Bosh shahar Bunjikat rabodining to'rt darvozasidan ikkitasi shimoli-g'arb shaharlari nomi bilan Zomin va Nujket darvozalarll deb atalgani bejiz bo'lmasa kerak[2:216]. Arab geograf, sayoh va tarixchilari Ustrushonada Faknon - Fag'non (mavjud zamonaviy manbalarda Fag'non deyilmoqda) (Dizak), Zomin, Sarsanda, Susanda (Zomin),

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-282-286

Xarqona, Yangiqo'rg'on (bu nom qo'rg'oning yangi ochilganligi bilan bog'liq) (G'allaorol), Burnamad (Baxmal), Sabat (Kultepa-Savat), Nujket (Nushkent), Marsmanda, Mink nomi bilan ataluvchi rustoqlar, ularning obod markaziy shaharlari, o'nlab rabod, qa'la, karvonsaroylar mavjud bo'lganligini o'z asarlarida yozib qoldirishgan[3:219].

Bu ma'lumotlarda ularning turmush tarzi rustoqlarda istiqomat qilgan aholining bir birlari bilan madaniy ijtimoiy-siyosiy aloqalari, ularning diniy marosimlarni o'tkazish tartiblari savdo oldi-sotti ishlari ko'rsatib o'tilgan. Keyingi yillardagi tadqiqotlat natijasida nafaqat qishloq axolisi balki tashqi aloqalarni ham rivojlanganligini ko'rishimiz mumkin.

Yuqoridagi fikrlarni isboti sifatida antik davrda Ustrushona xalqaro savdo-sotiqda muhim o'rin tutgan. Uning hududida topilgan ajnabiy tanga pullar Buyuk ipak yo'li tarmoqlaridan biri Ustrushonadan o'tganligidan dalolat beradi. Jumladan Shirinsoydagi qabristonda olib borilgan qazish ishlari davomida eramizning I asriga oid xitoy tangasi topilgan. O'ratepa hududida esa 300 rim tangasidan iborat xazina topilgan. Bulardan 19 tasi saqlangan bo'lib, ular eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida zarb etilgan (Vespasian - 1 tanga, Trayandan Kommongacha - 18 ta tanga)[4:94]. Bundan tashqari Munchoqtepa va uning atroflarida olib borilgan qazishmalar jarayonida chet ellardan keltirilgan kauri chig'anoqlari, yantar munchoqlar, bronza xitoy ko'zgusi, xitoy qurilmasi xisoblangan yozuvchi tosh topilgan.

A.A.Gritsina o'zining tadqiqotlarida Ustrushonaliklar dastlab yerto'la shaklidagi uylarda yashb, keyingi bosqichda paxsa va xom g'ishtdan uy-joylar qurishni o'zlashtirganlar. Xo'jalikda dehqonchilik asosiy o'rin tutgan[5:26]. Bunda axoli yashash joylarining bir xil strukturada qurilganligi va ular bir-birlari bilan aloqaning mustaxkam ekanini ko'rsatadi.

Ustrushona davlati barcha paytlarda ham o'zining chegaralarida yashovchi chorvador aholi bilan har tomonlama aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor bo'lgan. Bu aloqalar nafaqat ichki bozor, balki Ustrushonaning O'rta Osiyo dehqonchilik vohalari bilan Yevro Osiyoning bepoyon dashtliklarini bog'lovchi kontakt hudud ekanligi bilan ham harakterlidir. X asrda yashagan arab muarrixi Ibn Havqal Ustrushonaning shimoli ko'chmanchi o'g'uzlar mamlakati bo'lib, u yerlar cho'llikdan (Mirzacho'l dashtlari) iboratligi bu joylarda tog'lar bo'lmaganligini aytib o'tadi[2:20].

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-282-286

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, butun musulmon Sharqidagi madaniy markazlar qatorida ko'hna Ustrushona ham tarixda Movarounnahrdagi yirik madaniyat markazlaridan biri sifatida nom qoldirgan. Ustrushonaning eng katta shahari ustrushonaliklar tilida - Bunjiket deyilgan. Unga yana quyidagi shaharlar kirgan, Ars'anikat, Kurkat, Gazak, Fagkat, Sabat, Zomin, Dizzak, Nudjket va Xarkana. Bu shahar axolishi qishloq ovullari bir birlari bilan qizg'in ko'p tomonlama aloqada bo'lishgan. Ustrushona shaharlaridan chet mamlakatlarga turli mollar ham chiqarilgan, jumladan, bug'doy, guruch, meva sabzavot, paxta va boshqa mahsulotlar sotilgan. Bunda savdogarlarning ayrim toifalariga bojxona postlaridan o'tishlarida imtiyozlar berilgan. Jumladan ayrim imtiyozlarga ega bo'lgan odamlardan boj to'lovlari olinmagan. Tabiiyki, uzoq safarga otlangan fuqarolar o'sha mamlakat shaharlarida joylashagan karvonsaroylarda dam olganlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Негматов Н.Н. Историко-географический очерк Уструшаны с древнейших времен поХ в. н.э. // МИА. №37. М.-Л., 1953.

2. Бетгер Е.К. Извлечения из книги «Пути и страны» Абу-л-Касима ибн Хаукаля. Труды САГУ. -Тошкент: 1957.

3. Ибн Хордадбех. Книга "Пути и страны" //Пер. с арабск. коммент. и исслед. указ. и карты Н.Велихановой.- Баку: Элм, 1986.

4. Гайдукевич В.Ф. Работы Фархадской археологической экспедиции Узбекистана в 1943-1944 гг. Предварительное сообщение. - КСИИМК, 1947.

5. А.А. Грицина, С.Д. Мамаджанова, Р.С. Мукимов Археология, история и архитектура средневековой Уструшаны - Самарканд: МИЦАИ, 2013. - 240 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.