Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY, UNIVERSAL XUSUSIYATLARI VA TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLARNING TAHLILIY NATIJALARI'

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY, UNIVERSAL XUSUSIYATLARI VA TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLARNING TAHLILIY NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
702
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maqol / maqollarning turlari / grammatika / qiyoslash / adikvativlik / universalogiya / O‟tkir Hoshimov / to‟liq tarjima / qiyosiy tarjima / umuman mos kelmaydigan tarjima.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shohsanam Doniyorovna Asiljonova, Mohinur Alisher Qizi Abralova, Ozoda Lutfulla Qizi Saydullayeva, Nilufar Abdusamad Qizi Umirzakova

Ushbu maqoladan ingiliz va o‟zbek tillaridagi maqollarning milliy-madaniy va universal xususiyatlari ko‟rib chiqilgan. Maqoldagi ayrim jihatlar hozirgi kundagi maqollar tarjimasidagi muammolarni ham atroflicha ochib beradi. Tarjimaning turli xil turlari borligi sababli, tarjimada o‟ziga moslik bilan talqin qilinadi. Bunda maqolning tarjima turlariga alohida e‟tibor beriladi. Ushbu maqolada mashhur yozuvchi va olimlarning, shu bilan bir qatorda xalq og‟zaki ijodidagi maqollar ustida olib borilgan ishlardagi xulosalari va maqollarning inson hayotidagi o‟rni, ahamiyati keltirib o‟tilgan. Turli tillardagi maqollarni qiyoslab o‟rganganimizda ular o‟rtasidagi farq va o‟xshashliklarni aniqladik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY, UNIVERSAL XUSUSIYATLARI VA TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLARNING TAHLILIY NATIJALARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-304-309

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY,

UNIVERSAL XUSUSIYATLARI VA TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLARNING TAHLILIY NATIJALARI

Shohsanam Doniyorovna Asiljonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Mohinur Alisher qizi Abralova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Ozoda Lutfulla qizi Saydullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Nilufar Abdusamad qizi Umirzakova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqoladan ingiliz va o'zbek tillaridagi maqollarning milliy-madaniy va universal xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Maqoldagi ayrim jihatlar hozirgi kundagi maqollar tarjimasidagi muammolarni ham atroflicha ochib beradi. Tarjimaning turli xil turlari borligi sababli, tarjimada o'ziga moslik bilan talqin qilinadi. Bunda maqolning tarjima turlariga alohida e'tibor beriladi. Ushbu maqolada mashhur yozuvchi va olimlarning, shu bilan bir qatorda xalq og'zaki ijodidagi maqollar ustida olib borilgan ishlardagi xulosalari va maqollarning inson hayotidagi o'rni, ahamiyati keltirib o'tilgan. Turli tillardagi maqollarni qiyoslab o'rganganimizda ular o'rtasidagi farq va o'xshashliklarni aniqladik.

Kalit so'zlar: Maqol, maqollarning turlari, grammatika, qiyoslash, adikvativlik, universalogiya, O'tkir Hoshimov, to'liq tarjima, qiyosiy tarjima, umuman mos kelmaydigan tarjima.

KIRISH

Asrlar davomida dunyo rivojlanishi jarayonida turli ilm-fan sohalari ham rivoj topib bormoqda. Tarjimonlik fan sifatida rivojlangan paytdan boshlab, o'z ichiga olgan bo'limlari ham rivojlanib, o'zgarib bordi. Shu jumladan , maqollar tarjimasiga alohida e'tibor qaratadigan bo'lsak, turli xalq tilidan tarjima tiliga maqollarni tarjima

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-304-309

qilish jarayoni ravon va izchillikni talab eta boshladi. Har bir til maqollar zaxirasi tarkibida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma'naviy-madaniy me'yorlar, ruhiy holatlar, diniy tasavvur, milliy an'ana va urf-odatlar o'z aksini topgan bo'ladi. Maqollar tilning xalqchilligi va o'ziga xosligini belgilagan holda badiiy asarning milliy bo'yog'ini yuzaga keltiradi. Masalan, ayrim maqollar tarkibi ular taalluqli tillargagina xos bo'lib boshqa tillar bilan yondosh mazmunlarni ifodalaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqollarni tahlil qilish jarayonida maqollarning tarjimasiga aynan tarixiy izchillik va xalq tilidagi madaniy obyektiv usullaridan foydalanildi . Ingliz va o'zbek tillarida maqollarning milliy-madaniy, universal xususiyatlari haqida qisqacha izlanishlar olib borildi, tarjima jarayonidagi muammolarni o'rganish yuzasidan O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asaridagi uchraydigan maqollar tarjimasi, Пермяков Г.Л. «Основы структурной паремиалогия», Кухарева Е.В «типологические- универсальное и национально- специфическое в арабских пословицах и поговорках», T. Mirzayev "O'zbek xalq maqollari" nomli o'quv qo'llanma metodologik manba bo'lib belgilanadi. Maqollar tarjimasi uch xil yo'nalishda amalga oshiriladi:

1. To'g'ridan- to'g'ri tarjima

2. Qiyosiy tarjima

3. Umuman mos kelmaydigan tarjima.

METODOLOGIYA

Maqol shunchaki namuna va muayyan vaziyatning belgisi emas, balki yana bir nechta aniqroq modellar va belgilar uchun material beradigan rasmdir. Aytishimiz mumkunki, u keng modelni tashkil etuvchi materialning tavsifini beradi. Ushbu keng modeldan foydalanish, ba'zi aniqroq modellarni va turli xil belgilarni ishlab chiqarish mumkin. Bu maqolning "ko'p ma'noligi', "keng ma'noligi" sababini tushuntiradi.[1]

So'z sa'natining mahsuli sifatida maqollar ham badiiyat hodisasidir. Ularda bir so'zning o'nlab ma'no qirralari, badiiy tasvir vositalari, poetik ko'chimlarning barcha namunalarini uchratish mumkin. Maqollar so'z sa'nati mahsuli sifatida o'z ma'noda qo'llanilishi mumkin. Shuning uchun ularda badiiy-tasviriy vositalarning xilma-xil shakllariga duch kelamiz. Maqollar ketma-ket kelganda, biri ikkinchisini inkor etgandek, bir-biriga ziddek tuyulishi mumkin. Aslida esa qo'llanish vaziyatga qarab

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-304-309

turli-tuman ma'no-mazmunni ifodalaganligini unutmaslik kerak.

Quyidagi maqollarga e'tibor qiling:

Ko'pni yomonlagan ko'muvsiz qolar, Ko'pni yomonlagan ko'milar.

Yoki :

Hisoblashgan do'st emas, Hisobli do'st ayrilmas.

Maqollar to'plami bir zabt bilan o'qib chiqiladigan asar emas. Unga barcha soha kishilari turli munosabat bilan har doim, har kuni murojaat qilishlari mumkin. Ana shunda to'plam unga murojaat qiluvchilarning biror-bir hojatini chiqara olsa, tuzuvchilar o'z maqsadlariga erishgan bo'ladilar.[2] Yana bir misol qilib, O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi' asarida keltirilgan maqollar tahlilini ko'rib chiqsak bo'ladi:

Haqiqat osmonda kaliti yerda.

All doors are open for everyone.

Izoh: agar bu hikmatli so'zni - "The truth is in the sky, but the sky is in the land " deb tarjima qilsak, ma'no va stilistik funksiyalarining buzulishiga olib keladi. Tasviriy ifoda yordamida "All doors are open for everyone" shaklida tarjima qilamiz.

Mehr - ko'zda.

Out of sight - out of mind.

Izoh: Ikki so'zdan iborat bo'lgan bu hikmatli so'zni na so'zma-so'z, na kalka orqali tarjima qila olamiz. Faqatgina ingliz tilida mavjud muqobil variantlar orqali qila olamiz. Bunda ikki tilda ham ma'no va stilistik uyg'unlik mavjud.

Oyning o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u.

Every cloud has a silver lining.

Izoh: Maqolda adikvatlikni saqlash uchun, muqobil variantlar yordamida tarjima qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Maqoldagi har oyda yuz beradigan yorug' va qorong'u tunlar antonimlar sifatida ishlatilib, har bir ishning yaxshi va yomon tarafi ifodalanadi. Bu esa yaqqoslanayotgan tilda mavjud - bulutning kumushrang

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-304-309

chizig'i orqali ifodalanadi.

Shirin yolg'ondan achchiq haqiqat yaxshi.

Unpalatable truth is better than sweet lie.

Izoh: Bir-biriga ma'no va stilistik funksiya va son jihatdan mos bo'lib, leksik tarkibi jihatdan bitta yoki ikkita komponentlari bilan farq qiladigan ekvivalentlar orqali tarjima yuzaga kelgan. O'zbek tilida ko'proq avlodlar merosi davomiyligi nazarda tutilsa, ingliz tilida esa ustoz-shogirdlik va avlodlar munosabati nazarda tutiladi.

Sabrning tagi sariq oltin. Deligance is the mother of success.

Izoh: Bu maqolda to'g'ridan-to'g'ri tarjima amalga oshirilgan. Ma'no jihatdan ham bir-biriga mos.

Mol egasiga o'xshamasa harom o'ladi. Like master like man.

Izoh: Soxta muqobil variantlar orqali tarjimada muqobillik saqlangan, ya'ni o'zbek tilidagi maqolda hayvon obrazi orqali insoniy xislatning yoki xarakterning ifodalanishi, ingliz tilida esa inson obrazi nazarda tutiladi. Ular o'xshash ko'rinsada stilistik jihatdan farq qiladi . ("Ikki eshik orasi" O'tkir Hoshimov , Toshkent G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti 1989-yil 356-bet )

Ot aylanib qozig'ini topadi.

Every bird lives its own nest.

Izoh: Bu maqolda biz tarjimaning muqobil variantlar yordamida amalga oshirilganini kuzatishimiz mumkin. Bu yerda har bir tilning obrazli ifodalari turli xil bo'lsada ,ma'no va stilistik funksiyalari o'xshash.maqol har ikki tilning o'z obrazli ifodalari orqali tasvirlangan.

Yaxshilik ham yomonlik ham javobsiz qolmaydi.

One good turn deserves another.

Izoh: Bu maqolda maqol tarjimasining qiyosiy turidan foydalanilgan. ("Ikki eshik orasi" O'tkir Hoshimov , Toshkent G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-304-309

nashriyoti 1989-yil 330-bet).

Oshing halol bo'lsa ko'chada ich.

You are honest, go with pride.

Izoh: Bu maqolda maqol turlarining to'g'ridan-to'g'ri usulidan foydalanilgan. ("Ikki eshik orasi" O'tkir Hoshimov , Toshkent G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti 1989-yil 521-bet).[3]

Ma'lumki har bir xalq o'z e'tiqodi, milliy hususiyati, o'ziga xos fantastik obrazlari, turli tuman ko'chma manoli birikmalari uchun asos qilib olingan misollari bor. Shu kabi V.SHekspir asarlaridagi maqol va matalarda ham yuqoridagi jihatlar o'z ifodasini topgan. Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini asoslaydigan narsa jahon xalqlari garchi turli tuman tillarda so'zlashsalar, ammo ularning taffakkur qonunlari bir xildir. V.SHekspir asrlaridagi maqol va matallar ham o'z davri turmushining xalq taffakkuri asosida yuzaga degan tushunchalarni o'zida mujassam qiladi.[5] E. V. Kuxareva arab va rus maqollari bo'yicha tadqiqotlar olib borib, shunday xulosa qiladiki, aksariyat maqollar mavzu va xolatlarga nisbatan umumiylikka ega ekan. Bu umumiylikni paremiologlar turlicha asoslar ekanlar: bir guruh olimlar maqollardagi o'xshashlikni etnik kelib chiqish va qarindoshligi bilan asoslasa, boshqa olimlar yangi maishiy va ma'daniy aloqalarning kirib kelishi va qabul qilinishida deydilar, uchunchi guruh olimlari esa tarixiy rivojlanish pog'onalari natijasi va g'oyalar uyg'unligida deb asoslaydilar. "Universaliya" atamasi lotincha "universalis" so'zidan olingan bo'lib, "umumiy", degan ma'nolarni anglatadi va u deyarli barcha tillardagi xususiyatlarni qamrab oladi. Universaliyalar ikki ko'rinishda bo'ladi: deduktiv universaliyalar -shunday til xususiyatlariki, ular barcha tillarda uchraydi va aniq ifodalanadi. Bulargaasosan gaplarning har xil strukturaviy turlarining ishlatilishi kiradi; induktiv universiyalar esa deyarli barcha mashhur tillarda mavjud. Xulosa qilib shuni izohlaydiki, Maqollar ta'rifi barcha xalq madaniyatiga mos kelishi va ularni qoniqtirishi kerak ekan. [4] Masalan: Love and cough cannot be hidden - Muhabbat va yo'talni yashirib bo'lmaydi va Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi maqollari turli madaniyatga xos bo'lsa ham, ya'ni biri ingliz milliy madaniyatiga va ikkinchisi o'zbek milliy madaniyatiga oid til birikmalari bo'lsada, ulardagi mantiqiy mazmun deyarli bir xil ya'ni kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi. Turli til va milliy madaniyatdagi universallik esa yuqoridagi maqollarda ochiq ko'rinib turibdi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-304-309

XULOSA

Demak maqollarning universal va milliy xususiyatlari egaligi haqida ko'p tadqiqotlar olib borilgan. Universal xususiyatlar maqollarning tuzilishida, bir ma'noviylik va ko'p ma'noviylikligida hamda mavzularida namoyon bo'lsa, buning sababi tarixiy rivojlanish, xalqaro aloqalarning kuchayishi va umumbashariy qadryatlarning o'sishi hisoblanadi. Milliy xususiyatlar - milliy fe'l-atvor, milliy ruh aksi bo'lib, muayyan bir etnosga tegishli xususiyatlardir. Muayyan bir etnosning yashash joyi, tarixi va milliyligi kabi zaruriy qirralarini bilmasdan turib, uning maqollari mag'zini, ma'nosini tushunish mutlaqo mumkin emas. O'rganishlar natijasida biz maqollarni qanday to'g'ri tarjima qilishni va tarjima mahoratidagi muammolarni qanday oldini olish kerakligini o'rgandik. Shu jumladan yozuvchilarning tarjima ishlari bilan tanishdik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Пермяков Г. Л. Основы структурной паремиалогия. - Москва, 1988г (256-260 bet)

2. T. Mirzayev O'zbek xalq maqollari. - Toshkent: Sharq, 2012 (3-10 bet)

3. O'tkir Hoshimov Ikki eshik orasi. - Toshkent: G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1989 (510-536 bet)

4. Кухарева Е.В Типологические-универсальное и национально- специфическое в арабских пословицах и поговорках. Ч.2.- М.: РУДН, 2003г (130-150 bet)

5. Rustaveli Institute of Georgian Literature. Volume1, 2007

6. Dilso'z EFFECTIVE TEACHING OF THE ENGLISH LANGUAGE BASED ON THE COMMUNICATIVE- CUMULATIVE METHOD IN THE PROCESS OF EDUCATION USING MODERN TECNOLOGIES. So'z san'ati xalqaro jurnali, 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.