Scientific Journal Impact Factor
QADIMGI SO G D VA SANSKRIT TILLARINING LEKSIK JIHATDAN YAQINLIK XUSUSIYATLARI
Sa'dullayev Shohjahon Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo tillari" kafedrasi talabasi Ilmiy rahbar: dots. Abdurahmanova M.H.
Annotatsiya: Ushbu maqolada qadimgi so'g'd tili va sanskrit tillarining bir-biriga yaqinlik xususiyatlari, ushbu tillarning so'z boyligi jihatidan hamda leksik qatlam doirasida o^zaro yaqinlik, umumiylik jihatlari va bir-biriga ta'siri ilmiy dalillar orqali asoslanadi. Ushbu tillarning o^zaro tarqqiyot bosqichlarida, avalambor, o^zakdosh tillar bolganligi sababli hamda bir-biriga ko^rsatgan ta'siri oqibatida vujudga kelgan yaqin va mushtarak jihatlari, xususan, so^z qatlamidagi umumiylik va o^xshashlik sabablari atroflicha muhokama qilinadi va asosli qarshlar ilgari suriladi.
Kalitso zlar: qadimgi so^g^d tili, sanskrit tili, buddaviylikatamalari, hind-oriy tillari, Turon, Hindiston, So^g^dsavdogarlari
Abstract: This article is based on scientific evidence on the similarities between the ancient Sogdian and Sanskrit languages, their vocabulary, and their similarities, commonalities, and interactions within the lexical layer. The close and commonalities of these languages in the stages of their development, first of all because they are related languages and as a result of their interaction with each other, in particular, the reasons for the commonality and similarity in the word layer are discussed in detail. and reasonable arguments are put forward.
Keywords: ancient Sogdian language, Sanskrit language, Buddhist terms, Indo-Aryan languages, Turan, India, Sogdian traders
Аннотация: Эта статья основана на научных доказательствах сходства между древними согдийскими и санскритскими языками, их словарного запаса, а также их сходства, общности и взаимодействия внутри лексического слоя. Близость и общность этих языков на этапах их развития, прежде всего потому, что они родственные языки и в результате их взаимодействия друг с другом, в частности, причины общности и сходства в слове слой подробно обсуждается. и приводятся разумные аргументы.
Ключевые слова: древний согдийский язык, санскрит, буддийские термины, индоарийские языки, Туран, Индия, согдийские торговцы.
Scientific Journal Impact Factor
KIRISH
Tarixdan ma'lumki, qadim zamonlardan ko'hna Turon va Hindiston sarzamini xalqlari bir-biri bilan o'zaro uzviy aloqada bo'lgan. Ikki mamlakat orasidagi yo'llarda harakatlanish xatarli va sermashaqqat bo'lishiga qaramay, madaniy va savdo aloqalari aslo to'xtab qolmagan. Olimlar tomonidan tadqiq etilgan moddiy manbalar ushbu jarayonlarni batafsil idrok etishga imkon beradi. Turon zaminida tayyorlangan moddiy-xo'jalik buyumlari Hindiston diyorida; bu yerda tayyorlangan turli ko'rinishdagi taqinchoqlar, xo'jalik buyumlari va boshqalar esa O'rta Osiyo hu dudida topib o'rganilganligi bu ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning a'lo darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Biroq yillar davomida olimlar qadimgi Hindiston va O'rta Osiyoning qadimgi xalqlarining o'zaro munosabatlarini asosan moddiy ashyolar orqali o'rganib kelishda va shu manbalar asosida xulosa chiqarishda davom etib keldi. Madaniy va yozma manbalar orqali o'rganish yetarlicha amalga oshirilmadi.
Madaniy aloqalarning rivojlanish tadriji ushbu xalqlar tillarida ham aks etadi. Ma'lumki, milodiy asr boshlarida qadimgi Hindistonning mumtoz tili sanskrit tili sanalgan. Ayni damda O'rta Osiyoda umumiy, eng keng tarqalgan til ko'hna so'g'd tili edi. Sanskrit va so'g'd tillaridagi mushtarak so'zlar tilda ham faol aloqalar mavjud bo'lganligini namoyon etadi. Qaysidir o'rinda sanskrit tiliga xos so'zlarning so'g'd tiliga faol kirib kelishi kuzatilsa, boshqa o'rinda so'g'diy so'zlarning sanskrik tiliga o'tib qolgani ko'zga tashlanadi. So'g'diylar aslida miloddan avvalgi II mingyillik o'rtalarida Hindistonga kirib kelgan oriy elatlariga ma'lum darajada yaqin elat bo'lishgan. Shu sababli oriylar tomonidan yaratilgan adabiy til sanskrit tilida so'g'd va boshqa eroniy tillar elementlarining namoyon bo'lishi tabiiy edi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usullaridan foydalanilgan bolib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan keng foydalanilgan. Sharq va Garb sharqshunoslaridan so'gMshunos rus olimi Gershavitich hamda hind etnografi Rahul Sankrityanning asrlari chuqur o'rganilib, ushbu mavzuni yoritishga yo'naltirilgan. Ozbek sharqshunoslaridan Mirsodiq Is'hoqov, Shirin Jalilova va Tamara Xodjayeva singari so'gMshunos va hindshunos olimlarning ilmiy asarlaridan, metod va korsatmalaridan foydalanilgan. Shuningdek, sanskrit tiliga oid elektron lug'atlardan ham unumli foydalanilgan.
Ko'pgina qadimgi eroniy xalqlar tillaridagi ba'zi so'zlardagi o'xshash yoki mushtarak mano sanskrit tilida ham o'z o'rnini topgan. Masalan:
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Gush - eshitmoq ("Avesto" tili), patigush - eshitmoq (so'g'd tili), gush -quloq (pahlaviy tili), ghosh - shovqin (sanskrit tili);
Juua - yashamoq (Avesto tili), jiv - yashamoq (qadimgi fors tili), ajiv (ajav) -yashamoq (parfiyoniy tili), jiv (ji:na) - yashamoq (sanskrit tili);
Kan - o'ymoq, kovlamoq (Avesto tili), ka(n) - o'ymoq (qadimgi fors tili), kn - o'ymoq (parfiyoniy tili), kn - o'ymoq (so'g'd tili), kn - o'ymoq (xorazmiy tili), khanati - o'yish, kavlash (sanskrit tili) va h.
Ayni shu jarayon, ya'ni leksik qatlamning boshqa xalqlar leksikasi bilan boyib borish jarayoni xususan so'g'd va sanskrit tillarining taraqqiyot bosqichlarida ham davom etdi.
So'g'd tilining leksik qatlami sanskrit tilidagi so'zlar hisobiga boyib borishi ayniqsa Kushon imperiyasi davrida jadallashdi. Chunki imperiya tarkibiga So'g'diyona va Shimoliy Hindiston qo'shib olingan edi va ayni damda baqtar va so'g'd tili butun imperiya rasmiy tiliga aylangan edi. Milodiy asr boshlarida kushonlar tomonidan Shimoliy Hindiston hududlari fath etilgach, eng avvalo, buddaviylik dini O'rta Osiyoga kirib keldi. Shuning uchun ham ushbu davrda so'g'd tilida sanskrit tiliga xos buddaviylik dini atamalari paydo bo'ldi. Masalan:
Ancan(+dast)(so'g 'd.) - aNjall sans.) - Xudoga qo'l berib(qo'l bilan)
birikmoq; arhan (so'g'd.) - arhat (H^)(sansk.) - buddaviylik dini unvoni; farxär (so'g'd.) - vihar (î^$K)(sansk.) - ibodatxona; Buta (Puta)(so'g'd.) - Buddha
(^)(sansk.) - Budda v.h.
Buddaviylik dini bilan birga Hindistonning boshqa dinlariga xos bo'lgan atamalar va tushunchalar ham O'rta Osiyo xalqlari jonli tiliga kirib keldi. Masalan:
C/
Omm (so'g'd.) - omm ( 3ô)(sans.) - ilohiy xitob, nido; moksh (so'g'd.) -moksha (^t^")(sansk.) - himoya qiluvchi, xaloskor; Inder (Indra) - Indra (^^)(sansk.) - Indra. Hind ilohlaridan biri; namo1 (so'g'd.) - namo (^^t)(sansk.) -
salom; Braman (Praman)(so'g'd.) - brahmaN (<âÇ^ui)(sansk.) - brahman, hind
kastalarining oliy toifasi nomi va b.
Qadimgi so'g'd hujjatlarida sanskrit tilidan kirib kelgan falsafa va ilm-fanga oid so'zlar har ikki mamlakat aholisi o'rtasida madaniy va ilmiy hamkorlik a'lo darajada rivojlanganligidan dalolat beradi:
1 So'g'd tilida faqat buddaviylikka e'tiqod qiluvchi aholi bu so'z orqali salomlashgan. So'g'diyonaning asosiy aholisi "drut" so'zi orqali salomlashgan.
Kurti (so'g 'd.) - koTl (^rÎT)(sansk.) - o'n million, karor; paralok (so'g'd.) -paralok (44tfW)(sansk.) - narigi dunyo; bodi (podi) (so'g'd.) - bodhi (^ri^)(sansk.) - bilim, xabardorlik; sutr (so'g'd.) - sutra (HT)(sansk.) - kitob, risola; achaare (so'g'd.) - aachaarya (^mm)(sansk.) - o'qituvchi, murabbiy;
aakaach (so'g'd.) - aakaash (OT^T?r)(sansk.) - fazo, bo'shliq va hokazo.
E'tiborli jihati shundaki, so'g'd tilida ko'pgina kasalliklar va tibbiyotga oid terminlarning aynan sanskrit tilidagi so'zlarga monand so'zlar bilan nomlanganligidir:
Arsanx (so'g'd.) - aarsas )(sansk.) - bavosil, gemoroy; aam-kadaare
(so'g'd.) - aamaaya (^mm)(sansk.) - diareya, ich ketishi; (e)pismär (so'g'd.) -apasmaaraah (H4^K:)(sansk.) - tutqanoq; inku (so'g'd.) - hingu (T£Udi)(sansk.)
- tish milki; raaf (so'g'd.) - rapas2 (Tïï^")(sansk.) - kasallik va b.
Bunday misollar qadimgi Hindiston tibbiyotining yuksak darajada taraqqiy etganligi va undan o'z davrida Sharqning ko'plab xalqlari, xususan, Orta Osiyo aholisi ham bahramand bo'lganligini namoyon etadi.
Biroq Turon va Hindiston xalqlari o'rtasidagi lisoniy munosabatlar faqat bir tomonlama, ya'ni sanskrit tilining so'g'd va boshqa tillarning leksik qatlamiga ta'siri orqali baholash haqiqatga ziddir. So'g'd tili ham sanskrit tili so'z boyligi rivojiga ma'lum darajada hissa qo'sha olgan. Bu esa Turon tamaddunining Sharqning boshqa svilizatsiyasiyalariga o'z ta'sirini o'tkazganligini ko'rsatadi. So'g'diy so'zlar sanskrit tiliga ushbu til tovush tizimiga monand ravishda o'zgarishlar bilan kirib borganini ko'rish mumkin. Masalan:
Tomchi ma'nosini beruvchi so'g'diy orez so'zi sanskrit tilida biroz boshqacha
- rejätl (T^i^ï) shaklida ko'zga tashlanadi. (Boshqa eroniy tillarda ham tomchi ma'nosi "rez" yoki "reza" so'zlari orqali ifodalanish holatlari ham uchraydi). Bejna (yoki jznak3) - belgi, sanskrit tilida abhijna (НШ^") shaklida uchraydi. Duur -
uzoq, olis. Sanskrit tilida deyarli o'zgarishsiz - duura (^T) shaklida uchraydi. Bu so'z oriylar orqali kirib kelgan degan fikr ham ehtimoldan xoli emas. Chunki
2 Sanskrit tili fonetik tizimida "f" tovushi bo'lmagan.
3 Rus tilidagi "belgi" ma'nosini anglatuvchi знак so'zining asl manbasi so'g'd va boshqa oriyoniy tillar hisoblanadi. Xususan, qadimgi so'g'd tili rus va boshqa slavyan tillari leksikasiga jiddiy ta'sir o'tkazgan (M).
910
oriylarga unchalik aloqasi bo'lmagan ba'zi dravid tillarida, xususan, tamil tilida "uzoq" ma'nosi ituvarai so'zi orqali ifodalanadi. Gaav - sigir. Ko'plab eroniy tillarda ham sigir ma'nosi gov yoki gav so'zi orqali ifodalanadi. Sanskrit tilida go
(^f) shakliga ega bo'lgan. Bu so'z oriylar bosqini davrida ularning tillari orqali kirib
kelgan bo'lishi ham mumkin. Agar bunday bo'lmagan taqdirda bu so'z qadimgi eroniy xalqlar, xususan, so'g'diylar orqali Hindiston diyoriga kirib borgan. Chunki oriylar xuruji unchalik kuchli bo'lmagan janubiy Hindiston hududlaridagi tillarda sigir ma'nosi maatu (tamil), pasu (malayalam), hasu (kannada) kabi so'zlar bilan ifodalanadi. Xarin (yoki xarit) - savdo, sotib olish, xarid. Sanskrit tilida biroz
o'zgarish bilan krinaati (^TWÎd) shaklida uchraydi. Chunki sanskrit tilida aynan "x"
tovushi mavjud bo'lmagan. Ushbu so'z orqali keyinchalik hindiy va urdu tillarida
sotib olmoq ma'nosini anglatuvchi xarldnâ (^tt^T) so'zi kelib chiqqan bo'lishi
mumkin. Kut - it. Sanskrit tiliga kutta (3>cd) shaklida o'tgan. Bu so'z kirib
kelgunga qadar sanskrit tilida it ma'nosini anglatuvchi boshqa so'z - shraana (^W)
ham mavjud edi, biroq noma'lum sababga ko'ra so'g'diy kutta so'zi ommalashib, shraana so'zini siqib chiqargan va bugungi kunda ham hindiy va boshqa hindoriy tillarida it ma'nosini ifodalash uchun asli so'g'dcha kutta so'zi qo'llaniladi. Kirm -
chuvalchang; ilon; qurt. Sanskrit tilida krimi (1^4! ) shaklida namoyon bo'ladi. Pan
-pul, chaqa. Sanskrit tiliga pana (ïï^) shaklida o'tgan bo'lsa-da yillar o'tib bu so'z
jonli tildan yo'qola boshlagan. Puustak - kitob, xat, hujjat. Bu so'z asli teri, po'stloq ma'nosini anglatuvchi po^st so'zi bilan aloqador bo'lgan4. Sanskrit tiliga deyarli
o'zgarishsiz - pustaka shaklida qabul qilingan. So'g'diylar kitoblarni
asosan ishlov berilgan hayvon terisiga, daraxt po'stloqlariga bitishgan. Ammo Hindistonda diniy nuqtai nazardan hayvonga ozor berish mumkin emas edi va o'lganidan keyin uning a'zolaridan ham foydalanish ta'qiqlangandi. Biroq shovvoz so'g'd savdogarlari orqali Shimoliy Hindistonda hayvon terisiga bitilgan va pustak deb nomlangan so'g'd hujjatlari va kitoblari paydo bo'ldi va hind xalqi ongiga ushbu so'z kitob ma'nosini anglatuvchi tushuncha sifatida singdi. Pustak so'zi kirib
kelgunga qadar ham sanskrit tilida kitob ma'nosini beruvchi sutra (HT) so'zi mavjud
edi. Biroq davr o'tishi bilan pustaka so'zi sutradan ko'ra ko'proq qo'llaniladigan
4 "Unutilgan podsholikdan xatlar", M.Is'hoqov, "Fan" nashriyoti, O'zbekiston, Toshkent, 1992, 24-bet.
911
Scientific Journal Impact Factor
bo'lgan. Sayak - soya, ko'lanka. Sanskrit tiliga chhäyä (ttmi) shaklida kirgan.
Biroq hozirgi kunda ba'zi hindoriy tillarida soya ma'nosi asliga yaqinroq saaya ko'rinishida ham namoyon bo'ladi (mas. Urdu - ^L^}.
Shuningdek, so'g'd savdogarlarining butun Osiyo bo'ylab faol harakatlari tufayli ko'pgina joy nomlari ham so'g'd tili nuqtai nazaridan sanskrit va hindoriy tillariga kirib keldi. Masalan:
Mchren (Misren) - Misr (fà^") - Misr; CHin (Cinastan) - china (^f^) -
Xitoy va b.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda o'lik tillar sirasiga kiruvchi so'g'd va sanskrit tillari qadimda uzviy aloqada bo'lgan. Lisoniy aloqalarn ing bu qadar faolligi ushbu til sohiblari bo'lgan xalqlarning ham doimiy ravishda bir-biri bilan muloqotda bo'lganligidan dalolat beradi. Ushbu o'lik tillarni tadqiq qilishdan maqsad - bugunda butun dunyo hindshunosligidagi jiddiy muammo sanalmish sirli oriy elatlarining aslida kim bo'lganligi va ularning asl vatanini topish imkonini berishi mumkin. So'g'd va sanskrit tillari faqat qadimiy hujjatlarda qolib ketdi. Biroq ushbu manbalar bugungi rivojlangan tamaddun javob bera olmaydigan savollarga javob va dalillar keltirishi mumkin va yana chuqurroq o'rganishni talab etadi.
1. Farhod Sultonov "Qadimgi dunyo tarixi" , "Sharq" nashriyoti, Toshkent, 2011 .
2. Rahul Sankrtyan, "From Volga to Ganga", India, Bombey, 1963.
3. Shirin Jalilova, "Qadimgi hind madaniyati xrestomatiyasi", "MUMTOZ SOZ" nashriyoti, Toshkent, 2018.
4. Oktor Skjarvo "An introduction to Manichean Sogdian" Germany, Berlin, 2007.
5. Mirsodiq Is'hoqov "Unutilgan podsholikdan xatlar" ,"Fan" nashriyoti, Toshkent, 1992.
6. B.Gharib, "Sogdian dictionary", "Farhangan Publications", Iran, Tehran, 1995
7. J. Cheung, "Etymological dictionary of Iranian Verb", "BRILL" press, USA, Boston, 2007.
8. M. M. Jha, Electronic "Sanskrit-English Dictionary"
XULOSA
REFERENCES