Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ARAB TILIDAGI FORSCHA IQTIBOSLAR
Alamov Shavkatjon
Samarqand davlat chet tillar instituti, Yaqin sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi.
Tel: +998973939944
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada arab tili tarkibiga kirib kelgan forscha so'zlar va iboralar tadqiqi nazarda tutilgan. Tilshunoslik tarixidan ma 'lumki, barcha musulmon xalqlarning tillarida arbcha so'zlar mavjud. Aytish mumkinki, arab tili hisobidan dunyoning ko'plab tillari o'z lug'aviy boyligini oshirgan. Ammo masalaning boshqa tomoni shundan iboratki, arab tilining o 'zi ham juda ko 'p so'zlarini boshqa tillardan iqtibos qilgan. Arab tilining mukammallashuvi uchun birinchi navbatda fors tilining o'rni katta bo'lgan. Bu masalaga oid bir qancha maqolalar va ilmiy asarlar yaratilgan. Bu maqolada mazkur masalaning tadqiqi va arabiylashgan bir qancha forscha so 'zlarning tahlilini o 'z oldimizga maqsad qilib oldik.
Kalitso'zlar: Arab, fors, til, lug'at, iqtibos, ma'no, o'zak, leksika.
В данной статье речь идет об изучении персидских слов и словосочетаний, ставших частью арабского языка. Из истории языкознания известно, что арабские слова есть в языках всех мусульманских народов. Можно сказать, что многие языки мира увеличили свое лексическое богатство за счет арабского. Но другая сторона вопроса заключается в том, что сам арабский язык цитирует много слов из других языков. Роль персидского языка в развитии арабского языка была велика в первую очередь. На эту тему написано несколько статей и научных работ. В данной статье мы поставили перед собой цель исследовать этот вопрос и проанализировать ряд арабизированных персидских слов.
Ключевые слова: арабский, персидский, язык, словарь, цитата, значение, ядро, лексика.
This article deals with the study of Persian words and phrases that have become part of the Arabic language. It is known from the history of linguistics that Arabic words are found in the languages of all Muslim peoples. It can be said that many languages of the world have increased their lexical richness at the expense of Arabic. But the other side of the issue is that the Arabic language itself quotes many words
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
from other languages. The role of the Persian language in the development of the Arabic language was great in the first place. Several articles and scientific papers have been written on this topic. In this article, we have set ourselves the goal of exploring this issue and analyzing a number of Arabicized Persian words.
Keywords: Arabic, Persian, language, dictionary, quotation, meaning, core, vocabulary.
Arabcha so'zlaming butun dunyo bo'ylab tarqalganligi va dunyoning deyarli barcha tillarida arabcha so'zlarning mavjudligi o'z shubhasizdir. Xususan Islom dinini qabul qilgan xalqlaming tilida sanoqsiz arabcha so'zlar va iboralarni ko'rishimiz mumkin. Ammo arab tili tarkibida ham juda ko'p iqtibos qilingan begona so'zlar mavjud. Arab tili juda katta miqdordagi begona so'zlarning o'zlashganligi natijasida o'z lug'aviy tarkibini boyitgan. Bu albatta turli bahslarga sabab bo'ladigan ilmiy masala hisoblanadi. Arablaming uzoq yillar davomida amalga oshirgan harbiy yurishlari natijasida arabcha so'zlarning tarqalgani bilan birga begona so'zlar ham arab tili tarkibiga kirib kelishiga sabab bo'lgan. Qadimdan arab xalqi bobulliklar, misrliklar, yunonliklar va forslar bilan yonmayon yashaganlar va doimiy ravishda ular orasida har tomonlama aloqa bo'lib turgan. Arablar turli qabilalardan iborat bo'lgan tarqoq xalq edilar. Bu qabilalar o'z yashash hududlariga yaqin bo'lgan xalqlar bilan doimiy robitada bo'lib turganlar. Buning natijasida arablar boshqa millatlar tillaridan ko'plab so'zlarni o'z tillariga o'zlashtirdilar. Aytish joizki, arab tiliga iqtibos bo'lgan so'zlarning asosiy qismi fors tilidan olingan. Faqatgina forslar bilan hamsoyalikda yashaydigan qabilalar emas, balki boshqa qabilalar ham fors tilidan sanoqsiz so'zlarni o'zlashtirdilar. "Kitob ul-bayon vat-tabyin" asarida shunday ma'lumot keltirilgan: "Bir guruh eronliklar Madinaga kelib joylashdilar va Madinadagilar ularning tilidagi bir qancha so'zlarini o'zlashtirdilar"1.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Maqolada iroqlik tilshunos olim Assayid Addisherning "Arabiylashgan forscha so'zlar" asaridan asosiy manba sifatida foydalanildi. Ushbu asar mi lodiy 2008 yili eronlik olim Sayid Hamid Tabibiyon tomonidan forschaga tarjima qilingan. Asarning ushbu tarjimasi ham mavzuni tadqiq etish uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi. Begona so'zlarning arab tili tarkibiga kirib kelganligi xususida ko'plab ilmiy ishlar olib borilgan va ma'lum darajada o'rganilgan. Misrlik tadqiqotchi olim Ahmad Muhammad al-Havfiy 1960 yili arab tilidagi forscha so'zlar mavzusiga oid ikkita
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
kitob yozgan. Bu kitoblarning birinchisi AixjSJl jhil c^jlll j jj An^Ul ^Ijtp ^fY c j A^LkiJ (Arablar va eronliklar o'rtasidagi diniy jarayonlar) va ikkinchisi mA c j^x a i ^gi jta jl]l j ^ jj AjatS Cil jIjIII (Arablar va forslar o'zrtasidagi ilmiy jarayonlar)2. Havfiy ushbu kitoblarida arablar va eronliklarning johiliyat davri va undan keyingi davrlardagi har tomonlama aloqalarini mufassal yoritib bergan va arab tilidagi insoniyat hayotining turli tamoillariga xos bo'lgan sohalarga oid forscha so'zlarni tadqiq qilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Begona so'zlar arab tiliga uning uzoq rivojlanish yo'li davomida kirib kelgan. Efiopiya, ibroniy, o'rta ossuriya, nabatiy, yunon, fors va boshqalar kabi turli tillardan olingan oz miqdordagi qarzlar Qur'onda allaqachon qayd etilgan. Arab tilining o'zi manba til vazifasini bajargan nisbatan uzoq davr (VIII-XIII asrlar) bo'lgan. Bunga arab sivilizatsiyasi tarixi, uning Osiyo, Afrika va Yevropaning ko'plab xalqlari madaniyati bilan chambarchas bog'liqligi sabab bo'lgan. Bu aloqa islom dini qabul qilingandan keyin yanada mustahkamlandi. Arab tilining boyib borishida qadimda fors tilining o'rni katta bo'lgan.
Misrlik tadqiqotchi olim Ahmad Muhammad al-Havfiyning ta'kidlashicha arab tili tarkibida urush, qurol-aslaha, til, adabiyot, xat, doston, turli o'yinlar, bayramlar, ichkilik va yegulik kabi ko'plab sohalarga oid so'zlar va so'z turkumlari mavjud.3
Ta'kidalash joizki, arablar begona so'zlarning ma'lum bir qismini shaklini o'zgartirmasdan qabul qilganlar va ba'zilarini esa qisman o'zgatrirganlar. Ammo begona tillardan kirgan so'zlarning asosiy qismini shakl jihatidan shu darajada o'zgartirganlarki, ularning asl shaklini topish katta qiyinchilik tug'diradi. Shu boisdan arab tili tarkibidagi begona so'zlarni izlash va tadqiq etish tilshunoslikdagi eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi.
Arab tilidagi begona so'zlarning shaklan o'zgarishiga qo'yidagi jihatlar sabab bo'ladi:
1. So'zlarning boshi yo o'rtasidagi va yo oxiridagi ba'zi harflar tushib qoladi;
2. Begona so'zlar tarkibiga so'z va tovushlar qo'shiladi;
3. Begona so'zlardagi ba'zi hprflar o'rniga boshqa harflar ishlatiladi.
4. Begona so'zlarning oxiriga "jim" yo "qof" harflari izofa qilinadi. Bu holatni asosan "hoye havvaz" harfi bilan tugaydigan so'zlarda ko'rishimiz mumkin. Masalan, "gurba" (mushuk) so'zi "qurbaj" yoki "qurbaq" talaffuz qilinadi.
2 https://ar.wikipedia.org/wiki/%D9%85%D8%B5%D8%B1
3 ^fA cj^ax A ■ i jb c^jlJl j jj ajsIA) ¿iljtSlI
392
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
5. Ba'zan begona so'zlaming shakli unchalik o'zgartirilmagan tarzda muarrab qilinadi. Bu turdagi so'zlar talaffuz jihatidan asl shakliga o'xshash. Masalan, "Gavhar" so'zi "Javhar" talaffuz qilinadi.
6. Begona so'zlar ichida fe'llar ham juda ko'p bo'lib, ular arabcha fe'llarga o'xshash tarzda talaffuz qilinadi. Masalan, forscha "ko'shidan" (harakat qilmoq) fe'li "kosha" va "yakushu" shakllarida ishlatiladi.
Yana bir narsani aytish joizki arab tilida mavjud bo'lmagan to'rtta tovush "p", "ch", "j"(jurnal so'zidagi "j") va "g" bir qator so'zlarning shakl va talaffuz jihatidan o'zgarishiga sabab bo'ladi. Boshqa tillardan o'zlashgan so'zlarda bu harflar o'rniga talaffuz jihatidan yaqinroq bo'lgan harflar ishlatiladi.
Arab tili tarkibidagi sanoqsiz forscha so'zlarning bir nechtasini namuna sifatida keltiramiz:
ijíj^I - Al-ibriq so'zi aslida forscha Jyjjí- obrez so'zidan olingan. Ibriq deganda aslan ikki dastali ko'za shakliga o'xshash idish tushuniladi va undan suv to'kiladi. Obrez so'zi esa ikkita so'z - ob(suv) va rez(to'kmoq) so'zlaridan tarkib topgan murakkab so'z hisoblanadi.
JjVI - Al- obil so'zi forscha j^l-abr so'zidan olingan. Turkiy tillarda bu so'z bulut deb aytiladi. Rus tilidagi "oblako" so'zi ham shaklan o'xshash. Kurd tilida esa "habar" deyiladi. Ko'rinib turganidek hin yevropa tillar oilasiga kiradigan tillardagi shakli bir birlariga o'xshash.
jll^VI - al-ustaz so'zi forscha ^>l-ustod so'zining muarrab bo'lgan shaklidir. O'zbek tilida keng ishlatiladigan "ustoz" so'zi ham forscha "ustod" so'zining o'zgargan shakli bo'lib, ma'no jihatidan o'zgarmagan. O'zbek tilidagi hunarmand ma'nosini aynglatuvchi "usta" so'zi ham mazkur so'zning shaklan o'zgargan variantidir. "Usta" so'zi turk va kurd tillarida ham juda keng ishlatiladi.
u^1 - al-ayvan so'zi u^'-ayvon so'zidan olingan va bu so'zning o'zi fors tiliga oromiy tildan ko'chib kelgan. Oromiy tildagi shakli "aivana" bo'lib, uning ma'nosi boshpana topish yoki berkinish. O'zbek tilidagi "uy" so'zi va turk tilidagi "ev" so'zi ham shaklan bu so'zga o'xshaydi va ma'nosi jihatidan ham o'xshash. Demak bu so'zlar ham qadimgi oromiy tildagi "aivana" so'zidan kelib chiqqan deb xulosa qilishimiz mumkin.
íÍjá? j íjjA? - badraq va bazraq so'zlari arab tilida korvonlarni xavf xatardan qutqarish, posbonlik qilish, korvon yo'lidagi qaroqchilardan emin saqlash ma'nosini anglatadigan so'zlar hisoblanadi. Bu so'zlarning ikalasi ham forscha ®ljA?-badroh (rohi bad - yomon yo'l) so'zidan olingan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
■^l -al-bat so'zi arab tilidagi forscha ^J-bat so'zining muarrab bo'lgan shaklidir. ^J-bat so'zining asl ma'nosi o'rdak (suvda yashaydigan qush), ammo shishadan yasalgan suv idishi ham "^J bat" deyilgan. Chunki bu idishning shakli o'rdakning ko'kragiga o'xshaydi. Yunon tilidagi "fatta" yo "butis" va rus tilidagi "butilka» so'zlari ham aynan forscha "^J-bat" so'zidan olingan.
^^ll-albalas so'zi forscha ^j-palos so'zidan olingan. Bu so'zdagi "p" harfi arab tilida mavjud emasligi sababli unga tovush jihatidan o'xshash bo'lgan "b" harfi almashgan. Palos so'zi o'zbektiliga ham fors tilidan iqtibos bo'lgan.
Arab tilida ¿jj^ll-al-jurux degan so'z bor va bu so'z toshni aylantirib otadigan urush quroli ma'nosini ifoda etadi. ¿jj^ll-al-jurux so'zi forscha ¿j^-charx so'zidan olingan. Charx so'zining ma'nosi aylana yoki aylanishdir. E'tibor bersak ikkala so'zning ham shakl va ham ma'no jihatidan bir-biriga o'xshashligiga guvoh bo'lamiz. Charxi falak deganda osmon va aylanib turgan yulduz hamda sayyorala tushuniladi. Ushbu so'z o'zbek tilida ham ishlatiladi.
jllâJl-Al-junnar so'zi forscha j^-chanor so'zidan olingan. Bu so'z arab tilida ba'zan jt^>-sinar ham deyiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Fors tilidan olingan iqtiboslar ingliz tiliga ham ko'p jihatdan kirdi. Fors tilining qadimgi dunyoda keng tarqalishi arab, urdu (yoki hind), turk, yunon kabi tillar tomonidan forscha so'zlarni o'zlashtirishga olib keldi. Forslar bilan savdo-sotiq orqali forscha so'zlar italyan, ispan, portugal va fransuz tillariga o'tgan. Bu tillarning barchasidan forscha so'zlar tarixning tegishli davrlarida ingliz tiliga kirib kelgan. Fors tilidan g'arb tillarigat to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtirishlar 15-asr oxiridan boshlangan.
Mazkur masalani mukammal o'rganish barcha musulmon xalqlar uchun muhim deb bilamiz. Chunki arab va fors tiddaridan o'zlashgan so'zlar barcha turkiy xalqlar va boshqa musulmon xalqlar tillarida mavjud. Mazkur mavzuning tahlili eng avvalo ko'plab so'zlarning etimologik jihatini o'rganish uchun muhim vosita bo'la oladi.
REFERENCES
1. ) ^AA.ojAta AjjxJl A^Jill ^UlV
2. . .oj^ o^jl^ °jlj .jj^
3. ^ fA jta c^jiJl j yjj A^itS ùljljjJl
4. Shavkat Rahmatulloyev. O'zbek tilining etimologik lug'ati I jild , 2000, Toshkent, "Universitet".
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
5. Shavkat Rahmatulloyev. O'zbek tilining etimologik lug'ati II jild, 2003 Toshkent, "Universitet".
6. Shavkat Rahmatulloyev. O'zbek tilining etimologik lug'ati III jild , 2009 Toshkent, "Universitet".
7. https://ar.wikipedia.org/wiki/%D9%85%D8%B5%D8%B1