Научная статья на тему 'UMUMJAHON E’TIROF ETGAN MAShHUR XATTOTLAR'

UMUMJAHON E’TIROF ETGAN MAShHUR XATTOTLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2468
146
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalomi sharif / xattot / xattotlar / madrasa / madaniy yodgorliklar / kitobat san’ati / qo‘lyozma / xattotlik maktablari / kalomi sharif / calligraphy / calligraphy / madrasa / cultural monuments / book art / manuscript / calligraphy schools.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Asrorov, Kozimxon Olimxon O‘g‘li

Ushbu maqolada sharq xalqlari madaniyati tarixi, kitobat san’ati va xat turlari taraqqiyoti jarayonida muhim o‘rin egallagan xattotlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, xattotlik maktablarida yangi xat turlarini kashf etgan umujahon e’tirof etgan mashhur xattotlar xususida ham ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article deals with the history of the culture of the peoples of the East, calligraphy and calligraphy, which played an important role in the development of calligraphy. There is also information about the world-renowned calligraphers who discovered new types of writing in calligraphy schools.

Текст научной работы на тему «UMUMJAHON E’TIROF ETGAN MAShHUR XATTOTLAR»

UMUMJAHON E'TIROF ETGAN MAShHUR XATTOTLAR

Asrorov Kozimxon Olimxon o'g'li

Toshkent islom instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sharq xalqlari madaniyati tarixi, kitobat san 'ati va xat turlari taraqqiyoti jarayonida muhim o'rin egallagan xattotlar haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, xattotlik maktablarida yangi xat turlarini kashf etgan umujahon e'tirof etgan mashhur xattotlar xususida ham ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Kalomi sharif, xattot, xattotlar, madrasa, madaniy yodgorliklar, kitobat san 'ati, qo 'lyozma, xattotlik maktablari.

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена истории культуры народов Востока, каллиграфии и каллиграфии, сыгравшим важную роль в развитии каллиграфии. Есть также информация о всемирно известных каллиграфах, открывших новые типы письма в школах каллиграфии.

Ключевые слова: каломи шариф, каллиграфия, каллиграфия, медресе, памятники культуры, книжное искусство, рукопись, школы каллиграфии.

ABSTRACT

This article deals with the history of the culture of the peoples of the East, calligraphy and calligraphy, which played an important role in the development of calligraphy. There is also information about the world-renowned calligraphers who discovered new types of writing in calligraphy schools.

Keywords: kalomi sharif, calligraphy, calligraphy, madrasa, cultural monuments, book art, manuscript, calligraphy schools.

KIRISH

Sharq xalqlari, shu jumladan, O'rta Osiyo xalqlarining madaniyat tarixi va eng qadimiy va ko'p sohalarda yuksak taraqqiyot bosqichiga erishganligi bu kunda butun dunyo ilm-fan ahli tomonidan e'tirof etilgan haqiqatdir. O'rta Osiyo xalqlari o'z o'tmishida bir necha dafa iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot davrini boshidan kechirgan.

Arab yozuvi Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan. Shu sababli, arab mamlakatlaridagi va shuningdek, Markaziy Osiyodagi bir guruh xattotlar Qur'oni karim hamda boshqa ko'plab diniy manbalarni ko'chirish bilan shug'ullanganlar. O'z zamonasida muqaddas Kalomi sharif, din-u shariat haqidagi kitoblarni ko'chirish

344

vazifasi har kimning qo'lidan kelavermagan. Hukmron sinf ideologiya sohasidagi bunday mas'uliyatli vazifa o'z davrining eng fozil va qobil kishilaridan hisoblanmish ziyoli xattotlarga yuklagan. Bu narsa ham kotibning o'rta asr jamiyatida qanchalik mas'uliyatli shaxs ekanini yaqqol ko'rsatadi1.

Bulardan tashqari tarixdan yana shu narsa ma'lumkli, o'rta asrlarda yashagan bir qancha olim, shoir va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san'atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kitob tayyorlash texnikasi o'rta asr jamiyatidagi mehnat taqsimotida alohida o'rin tutgan, xattotlik esa professional kasb bo'lib qolgan .

Qo'lyozmalarni kitob holiga keltirishda bir necha muttaxassislar ishtirok etganlar. Ulardan birinchi darajadagilari qog'ozrez (qog'oz tayyorlovchi), xattot (ko'chiruvchi), muzahhib (oltin hal beruvchi), lavvoh (sarlavha va jadvallarni

"5

ziynatlovchi), rassom (qo'lyozmaga miniatyuralar ishlovchi) va sahhof (muqovasoz) . Qo'yida dunyoda eng mashhur bo'lgan xattotlar hayoti, ular qoldirgan meros va faoliyati xaqida ma'lumotlar keltiriladi.

Ibn Muqilla. Abu Ali Muhammad ibn al-Husayn ibn Muqilla Sheroziy 886 yilda Bag'dodda tavallud topgan. Kotib, shoir, xattot va vazir amallari bilan mashg'ul bo'lgan. Ibn Muqilla o'ta chiroyli xat sohibi bo'lib, arab xatlarining rivojlanishiga, bu boradagi muhim qoidalarni tizimlab chiqish borasida olim katta hissasini qo'shgan. Olim "Nash va suls qoidalarini eng birinchi asoschisi"4, deb e'tibor qilinadi. Ibn Muqilladan so'nggi xattotlar uning yo'lidan borib uning ishlarini davom ettiradi5. Ibn Muqilla abbosiylar davlatida mansabdor shahs bo'lgan. Halifaning huzuridagi Fors o'lkalari ishlarini boshqarib turgan. So'ng esa, abbosiylar halifasi uni 928 yilda vazir etib tayinlagan. Vazirlik ishi davrida uning ishidan bo'lgan e'tirozlar va ayblar sababidan, 930 yilda hibsga olinadi. So'ng, ikkinchi bor ham uni vazirlik mas'uliyat yuklatiladi. Ikkinchi bor vazirlik ishidan bo'shatilib, Ibn Muqillaga qo'l kesish jazosi tayinlanadi va o'ng qo'li kesiladi. Ibn Muqilla qo'li kesilgan paytda juda ko'p yig'lab, qo'li xaqida: "Bu qo'lim bilan Halifaga xizmat qildim. Bu qo'lim bilan ikki marta Qur'oni karim ko'chirdim. Qo'lim o'g'rining ikki qo'li kesilgani singari kesildi"6, -

1Ho®hh 3aHHHggHH Mycappu^. MycaBBup an-xoT an-apo6un. - Bargog: Cypyp, 1968. - E. 42.

2H6poxuM ÂHHHC. My-b^aM BacuT. - Koxupa: Aapyn Maopu^, 1972. - B. 216.

3Ho®hh 3aHHHggHH Mycappu^. ®au6y an-xoTTH an-apo6un. - Bargog, 1968. - B. 42.

4KoMun Ca^MOH ®a6ypHH.MaBcya an-xoTTu an-apo6un - an-xoTT aH-Hacx. - .HuBaH: ,3,ap Ba MaKTa6a an-xunan, 1999.

- B.5.

5 Ho^hh 3aHHHggHH Mycappu^. ®au6y an-xoTTH an-apo6un. - Bargog, 1968. - B. 42.

6KoMun Ca^MOH ®a6ypun.MaBcya an-xoTTu an-apo6un - an-xoTT aH-Hacx. - .HuBaH: ^ap Ba MaKTa6a an-xunan, 1999.

- B.15.

Scientific Journal Impact Factor

R

deydi. So'ng xattot chap qo'li bilan yoza boshlagan.Ibn Muqilla 939 yil xibsdavafot

Ibn Bavvab. Abu Hasan Ali ibn Hilol ibn Abdulaziz.Nash xatining eng ko'zga ko'ringan va hozirgacha asarlari mavjud bo'lgan mashhur xattot Ibn Bavvab

о

hisoblanadi . Arab xattotlarining eng peshqadamlaridan va arab xatlarini dunyo sahnasiga olib chiqqan mashhur xattotlardan. Ibn Bavvab Bag'dod shahrida 961yilda tug'ilgan.

Ibn Bavvab kunyasining unga berilish sababi, uning otasining kasbi eshik og'asi bo'lganligidir9.

Ibn Bavvob ixtiro etgan xat namunalari haqida XVI asrgacha, deyarli, hech qanday aniq ma'lumot yo'q. Faqat XVI asrning II yarmida yashab, 1503 yilda vafot etgan xattotlardan Muhammad ibn Hasan Tibiy o'zining risolasida Ibn Bavvob tomonidan 17xil xatni Ibn Bavvob yozgan mo''tabar nusxalardan ko'chirib, ularning nomlarini birma-bir ko'rsatadi10. Muhammad ibn Hasan Tibiy risolasini arab olimlaridan doktor Salohiddin Munajjid 1503 yilda ko'chirilgan nusxasini 1962 yili faksimal shaklida nashr qildirgan va unga katta so'z boshi yozgan11. Mazkur risola orqali biz Ibn Bavvobga nisbat berilgan xat namunalari bilan tanishish imkoniga egamiz.

Ibn Bavvob yaratgan ta'limotnnig nazariy ahamiyati shundaki, Muhammad ibn Hasan Tibiy risolasidan ma'lum bo'lishicha, Ibn Bavvob birinchi bo'lib suls xati harflarining shaklini nuqta o'lchovlariga asoslagan va suls xatining grafik asoslarini ixtiro etgan. Ibn Bavvob ixtiro etgan arab harfini nuqta bilan o'lchash qoidalari so'nggi asrlardagi xat nazariyotchilari Mir Ali Tabriziy, Darvesh Muhammad, Do'st

1 л

Muhammad Buxoriy, Munis Xorazmiy va boshqalar tomonidan keng qo'llanadi .

Tarixchi Zahabiy Ibn Bavvab to'g'risida: "Albatta u yozuv farishtasidir", - deb ta'rif bergan.

Tarixchi Ibn Futiy esa: "Allohning yerdagi qalamidir", deb keltiradi. Ibn Bavvab 1022 yilning 9-avgust payshanba kuni vafot etgan.

Mir Ali Tabriziy. Nasta'liq xatining ixtirochisi - "Qiblatual-kuttob" (kotiblarning oldingisi) degan laqab bilan shuxrat qozongan. U nasta'liq xatiga xos bir ravish bilan olti turli xat asosida alohida xat ixtiro qilishga kirishgan nodir xattot

7 Иброхим Анийс. Муъжам васит. - Кохира, Дарул маориф, 1972. - Б. 216.

8Комил Салмон Жабурий.Мавсуа ал-хотти ал-аробий - ал-хотт ан-насх. - Ливан: Дар ва мактаба ал-хилал, 1999.

9https://uz.wikipedia.org/w/index.

10Махдий Саййид Махмуд. Ал-Хутут ал-аробий. - Миср: Мактаба Ибн Сино, 2005. - Б. 59.

11 Мухаммад Х,асан Тибий. Жомеъи мухосини китобат ул-куттоб. - Байрут: Нашр аълам, 1962. - Б. 15.

12Уша манба. - Б. 7-8.

7

etgan7.

- Б.25.

hisoblanadi. Sulton Ali Mashhadiy u haqida quyidagi so'zni aytadi: "Qalami mayda, yirik bo'lgan nasta'liq xatini ixtiro qiluvchi Xoja Mir Ali bo'lib, dunyo va inson vujudga kelgandan beri bu xat bo'lmagan edi. U nasta'liqni nasx va ta'liq xatidan

olib, o'tkir zehni va talanti bilan ixtiro etdi. Uning qamish qalamidan shakar tomardi,

1

chunki xattotning tub joyi Tabrizning toza tuprog'idandir" .

Mir Ali zamonigacha ta'liq xati to'liq qo'llanib kelingan. Devon, risolalar va maktublar ta'liq xati bilan ko'chiralayotganbir vaqtda Mirali nasta'liq xatini ixtiro qiladi hamda ta'liq xatiga nash qalamini uradi. Shuning uchun xam xatiga "nash-ta'liq" nomi berilib, yengillik uchun "nasta'liq" deb atalgan14.

Mir Ali Tabriziy Amir Temur davrida (1369-1405) yashagan. Uning shogirdlaridan ikki kishi - biri mavlono Ja'far Shohrux Mirzo zamonida xushxatlikda nom chiqargan. Ikkinchisi, Mirabulxay kitobat san'atida, insho va tahrirda tengi yo'q kotib bo'lib, sulton Abu Sa'id zamonida inshonavislik shu kishiga topshirilgan edi15.

Mir Ali Tabriziy hayoti haqida deyarli hech qanday ma'lumotlarga ega emasmiz. Mir Ali Tabriziy birinchi bo'lib nasx va ta'liq uslublari asosida nasta'liq xatini ixtiro

etgan16.

1911 yilda toshkentlik mashhur xattot Shomurod kotib nasta'liq xati mufradotni

1 7

(harflar namunasini) litografiya usulida nashr qildirgan . 12 varaqdan iborat bo'lgan mazkur kitobchadagi Shomurod kotib yozgan yirik harflar orasiga Mir Ali Tabriziyning she'riy risolasi mayda harflar bilan joylashtirilgan. Mir Ali Hirotiy nomi bilan hozirgacha shuhrat qozonib kelgan ulug' xattot Tabriziyning shogirdi hisoblanadi.

O'zini Mir Ali Tabriziyning shogirdi deb hisoblagan va nasta'liq xati uslubini klassik darajaga ko'targan yirik san'atkor xattotlardan eng mashhuri Sulton Ali Mashhadiy bo'lgan (1432 yilda tug'ilib 1520 yilda vafot etgan). Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylarga zamondosh bo'lgan va XV asr Hirot madaniyatining yirik arboblaridan hisoblangan Sulton Ali Mashhadiy Hirot husnixat maktabini yaratgan o'z zamondoshlarining ta'biricha «xattotlar sultoni» edi. Sulton Aliga Navoiy shunday baho bergan:Mir Ali Tabriziydan so'ng temuriylar davrida o'tgan Sulton Ali Mashhadiy o'zining uzoq yillik hayoti va g'oyatda sermahsul faoliyati bilan faqat

13Нассор Мухаммад Мансур. Хотту ан-настаълик. - Иордания: Салт, 2013. - Б 54.

14 МуродовА. Урта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. - Тошкент: Узбекистан ССР "Фан" нашриёти, 1971. - Б. 54.

15 Шарифжон Махдум, Рисолаи хаттотон.УзФА Шаркшунослик институти, кулёзма, ИНВ.№ 2184. - Б. 249.

16 http://tashkent.uz/uz/article.

17 Шомурод Котиб. Муфрадот, Дозволено цензур. Санкт-Петербург, 5 июлья 1983 года, типография братев Каменских в Ташкенте.

Xurosonda emas, balki arab yozuviga ega bo'lgan barcha Sharq mamlakatlarida

1 о

ulug' san'atkor xattot va ustoz sifatidashuhrat qozonadi .

Alisher Navoiy ta'biri bilan aytganda, Sulton Alining «xattotlar qiblagohi» risolasi musulmon Sharqida keng tarqalgandir. Bu risolaning beshta qo'lyozma nusxasi hozirgi paytda ajnabiy mamlakat kutubxonalarida mavjud ekanini Galina Ivanovna Kostigova o'z asarida ko'rsatib o'tgan19.

Eronlik xattot Abbos Iqbol o'zining Sulton Ali haqidagi maqolasida Eronda Sulton Ali risolasining bir qanchasi mavjudligini aytib, risolaning mashhur xattot

Mirlmod ko'chirgan nusxasidan bir betini nashr qildirgan .

Xattot Ibrohim Shajariy. Mashhur xattot Ibrohim Shajariy Umaviy Abbosiylar davridagi xattotlarning eng peshqadamlaridan. Ibrohim Shajariyning ustozi qalami o'tkir xattot Ishoq ibn Humada hisoblanadi. Xattot Ishoq ibn Humada suls va sulusiyn xatlari asoschisi hisoblanadi. Tug'ilib vafot etgan yillari noma'lum.

Mustofa G'azlonbek. Misr Respublikasining Bajur shahrida tavallud topib. Misr podshohi bo'lmish Fu'odning xos xattoti bo'lgan. Podshohning devoniy hati bo'yicha asosiy bosh xattoti hisoblanib, xattot nafaqat devoniy balki boshqa xat turlarini ham mukammal darajada o'zlashtirgan. Mustofa G'azlonbek devoniy xatiga o'zgartirishlar kiritib, xatni yanada boyitgan. Natijada esa, devoniy xatining o'zgartirilgan va boyitilgan shakli uning ismi bilan nomlana boshlagan. "Devoni G'azloniy" xati yozuv uslubida katta va kichik hajmlar bilan yozilgan. Uzunligi jihatidan esa, kengroq qilib bitilgan. Xattot devoniy xatni Mahmud Bosho

91

Shukriy dan ta'lim olgan. Mustofa G'azlonbek "Xatlarni tahsinlash" madrasasida mudarris bo'lib ham faoliyat yuritgan. Xattot 1938 yilda vafot etgan. Uning oxirgi mashhur ishlaridan Obidin qasrlaridagi taxt va stol ustunlaridagi bitiklar va 1937 yilgi

99

Ka'bapo'sht (Ka'ba kiyimi) ma'tosidagi yozuvlar bo'lgan .

Shayh Muhammad Abdulaziz Rifoiy Misriy. O'zi yashagan davr xattotlarining peshqadamlaridan biri bo'lgan. Xattot 1871 yil Turkiyaning Trabzon shahrida tavallud topgan. So'ng esa, Istanbulga kelgan. Xattot Rifoiy o'z faoliyatida ko'proq naqsh va chizmaga e'tibor qilgan. Xattotning eng mashhur ishi Misr podshohi Ahmad Fu'odning Mushafi yozuvi bo'lgan. Uning ustida xattot olti oy ishlagan. Sakkiz oy davomida esa, oltin bilan zarhallagan. Bu ish vaqti 1920-1921 yillarga to'g'ri keladi.

18Ножий Зайниддин Мусарриф. Мусаввир ал-хотти ал-аробий. - Багдод, 1968. - Б. 42.

19 Султон Али рисоласи асосида ленинградлик олима Галина Ивановна Костигова 1953 йил «Султонали Машхеди как художник - каллиграф Герата 15 века» деган мавзуда кандидатлик диссертациясини химоя килган.

20Аббос Икбол. Киблатул китаб Султон Али Машхадий. Ёдгор, 1324.

21 Султон Хусайн замонида ва Малик Фуъод рахбарлигининг бошларида девон раиси булган.

22Фавзий Солим Афифий.Иълам хот аробий ва дурусуху. - Богдод: Сурур, 1895. - Б. 82.

348

Bu esa, "Arab xatini tahsinlash" madrasasini ochishiga sabab bo'ladi. Bu madrasada dastlab ta'lim bergan ustoz sifatida nom qoldirdi. Xattot 1934 yilda 50 yoshlar atrofida vafot etgan.

Sayyid Ibrohim (1897-1994). Misrdagi arab xatlari borasida o'ta iqtidorli mashhur xattotlardan biri, Arab mamlakatlarining san'at borasida eng dastlabki tabaqa vakillaridan. Xattotlik ilmini turkiy Husayn Husniydan ta'lim olgan. Xattotga berilgan unvon: "Arab xati ustuni"Qohira universitetida "Dor al-ulum" fakulteti va arab xatlarni tahsinlash madrasasida xattot vazifasida talabalarga dars bergan. Xattot ko'pgina xattotlik borasida tashkil etilgan majmualar a'zosi bo'lgan va ko'pgina asarlarni ko'chirgan. Ilmiy xatlar va yozuvlar majmuasi hamda "Kurros xos " (arab xati fani) kitobi muallifi hamdir24.

Muhammad Sobriy ibn Mahdiy ibn Ali Hiloliy. Xattot1900 yilda tavallud topgan. Xattotlik ilmini Mulla Orif Shayxliy Bag'dodiyning amakisining o'g'li Mulla Muhammad va Shayx Ahmad Hairiy Kozimiylardan ta'lim olgan. Mulla Ali Fazliyning nazoratida bo'lgan. Najiyb Havoviyniy, Eron xattotlari singari ko'plab xattolar bilan aloqador bo'lgan. Xattot 1953 yil 13 fevralda vafot etgan. "Xat borasida risola va uni o'rganish yo'llari" asari muallifi.

Nojiy Din Musarrif. Nojiy Zayniddin Musarrif Oli Shaqqoqiy. Iroqlik muhandis va mashhur xattot. Iroq davlatining Bag'dod shahrida 1901 yilda tavallud topgan.

9 S

Xattot Bag'dodda1986 yilda vafot etgan .

Xoji Muhammad Abdulqodir. Muhammad Abdulqodir Abdulloh Misrning Qohira shahrida 1917 yilda to'g'ilgan.

Dastlabki ta'limni "Halil Og'o" madrasasida arab xatlari san'ati asosida Muhammad Rizvon qo'lida ta'lim oladi. Muhammad Rizvon o'ta ta'niqli mashhur va ma'lum xozirda ham xatlari e'zozlanadigan xattotlar sirasiga kiradi. 1935 yilda dastlabki markaz diplomga ega bo'ldi. 1937 yilda esa, Misr Respublikasi maxsus diplomiga sazovor bo'lgan. Giza (Jiza)dagi "Arab xatlarini tahsinlash" madrasasida hamda tadbiqot fanlari fakultetida ustoz vazifasida faoliya yuritgan. Jamol Abdunnosir rahbarligi ostida xattotga "Ilmlar va fanlar" nomli birinchi darajali orden berilgan. Muhammad Abdulqodir 1 may 1997 yilda Misrda vafot etgan. Mulk Fuod va Mulk Foruq (grand) mukofotlari sovrindori. Mulk Fuod mukofoti xattot 80 yoshligida taqdim etilgan26.

23 Тар.: Махсус рисола.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

24Фавзий Солим Афифий.Иълам хот аробий ва дурусуху. - Богдод: Сурур, 1895. - Б. 21.

25https ://uz.wikipedia. org/w/index.php.

26Махдий Саййид Махмуд. Ал-Хутут ал-аробий. - Миср: Мактаба Ибн Сино, 2005. - Б.89.

349

Abdurahmon Sodiq Abush (Ubush). 1921 yilda Misrning tog'li o'lkalarida tavallud topgan xattot arab xatlari va uning yozilishiga bo'lgan muhabbati oshganidan so'ng, Qohiradagi "Malikiy xatlarni tahsinlash" madrasasiga kiradi. Bu madrasada eng mashhur xattotlardan ta'lim oladi. 1952 yilda madrasadan beriladigan guvohnoma (diplom)gaega bo'ladi. Xattot uzoq rasmiy vazifalardan so'ng, arab xatlarni tahsinlash madrasasida o'qituvchi vazifasida faoliyat yuritib, o'z ishlari uchun rasmiy unvonlar sohibi bo'ladi. Xattotning mashhur asari: "Diyvoniy xatidan tuzilgan va yozilgan na'munalar"

Yusuf Zunun Abdulloh. Iroqning "Yangi eshik" mahallasida 1932 yilda tavallud topgan. Xozirgi kunda "Arab madaniy me'roslari", "Iroqlik xattotlar" va

97

"Misr arab xatlarini go'zallashtirish" tashqi robita jamiyatlariga a'zo . Vafot etgan yili noma'lum.

Mus'ad Xozir Bursaidiy. Misrlik olim, mashhur xattot. Misrning Bur Sa'id shahrida 1942 yilda tavallud topgan. Xattotlik ilmini katta akasi Muhammaddan ta'lim oldi. So'ngra, Mirsning Tanta shahridagi "Xatlarni tahsinlash" madrasasida ta'lim olib, Bur Sa'idga qaytib, fanning boshlanish va rivojlanish ilmi bilan shug'ullangan. Xattotga: "Misrlik xattotlar shayhi" oliy unvoni berilgan. Vafot etgan yili noma'lum.

Xoji Zoyid. Sayyid Abdulqodir Abdulloh. Xoji Zoyid xattot Muhammad Abdulqodir Abdullohning kichik ukasi. "Xatlarni tahsinlash" madrasasiga kirib, barcha marhallarni birinchi bo'lib tartiblagan. Uning bu tartiblab chiqishi unga Zoyid ismi munosib ekanligini ko'rsatgan. Xoji Zoyid devoniy va ta'liq xatlari bo'yicha yetuklik pog'onasiga ko'tarildi. So'ng esa, o'zi ta'lim olgan "Xatlarni tahsinlash" madrasasida mudarris bo'lib o'z faoliyatini boshlaydi. Xattotning asarlari: Mushafi Sharifning 8 lavhasidagi bitik unga tegishli, chizma fanga asos solgan va Misrdagi Shimirliy mushaf ham xattot qalamiga tegishlik . Tug'ilib vafot etgan yillari noma'lum.

Hoshim Muhammad Darbos Qoysiy Bag'dodiy. "Zamonining eng yetuk nomoyondasi va yozuv ustasi" hamda, "Bag'dod toji va porlab turgan nuri" nomlari bilan shuxrat qozongan. 1917 yil Bag'dodning Xon Lovand dahasida tavallud topgan. Yoshligidanoq Qur'oni karimni yod olgan. Yoshligida xat ilmini marhum Mulla Orif Shayxoliydan, so'ng Hoji Ali Sobirdan, so'ng esa Ali Shayh Mulla Ali Fazliydan ta'lim oladi.1943yilda arab xati borasida ijozaga sazovor bo'ladi. 1944 yil Misrga safar qilib, Qohiradagi "Xatlarni tahsinlash" madrasasiga yetib keladi. Madrasa

27 Yma MaHÖa. - E. 90.

28MaxgHH CaMng MaxMyg. A^-XyiyT a^-apoÖHH. - Mucp: Maraaöa H6H CHHO, 2005. - E. 19.

350

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

olimlariga o'ziga tegishlik bo'lgan xatlarni ko'rsatadi va ulardan ham imtiyozli

9Q

diplom guvohnomalari olishga sazovor bo'ladi .

Mashhur xattot 1983 yil 30-aprelda vafot etgan. O'zidan keyin qoldirgan asarlari: "Arab xatlari qoidalari" kitobi, Bag'dodning masjidlari va me'moriy yodgorliklari majmu'alari yozuv bitiklarni yozgan. Hamda yana bir kitob ta'lif etadi biroq uning nomi kitoblarda qayd qilinmaydi. Bu kitobda ham arab xatlari va uni o'rganish sir-sino'atlari bitilgan.

Abdurazzoq Ud. Bir necha madrasalarda xattotlik fanidan ta'lim bergan. Xattot Muhammad Munisning shogirlaridan hisoblanadi vamashhur asarlaridan biri: "Riq'a ilmidagi oliy daraja". Tug'ilib vafot etgan yillari noma'lum.

Ali Ibrohim. Misrdagi xattotlardan tuzilgan ustunlardan biri kunyasiga sazovor bo'lgan xattot Muhammad Munis va Muhammad Ja'farlardan ta'lim olgan. Xattot nash, suls va riq'a xatlari borasida ko'pgina namunalar qoldirgan. "Masofani to'g'irlashlik uchun xarita kitoblari" asarining muallifi hisoblanadi. 1926 yilda esa, istefoga chiqadi. Ustoz Xattot Abdurazzoq Solim: "Ali Ibrohimning bitigi 1936 yi lda ham insonlarni ta'jublantirishdan to'xtamadi" , deb maqtaydi. Uning asari: "Sulton Hasan" masjidi bitiklari hisoblanadi. Xattotning manbalarda tug'ilgan va vafot etgan yillari qayd qilinmagan.

Muhammad Sa'd Haddod. Muhammad Sa'd Ibrohim Haddod. Xattot 1919 yil Misrning Fayyum shahrida tavallud topgan. Xozirgi davrdagi Misrning ko'zga ko'ringan xattotlaridan biri. Bakalavrlik diplomini 1940 yilda qo'lga kiritadi. 1943 yilda "Xatlarni tahsinlash" universiteti diplomiga ega bo'lgan, so'ng 1945 yilda "Jamiyla" fanlari shahodatnomasiga sazovor bo'lgan. Misrdagi mashhur"6 mushaflar" yozuvi xattotga tegishli. Dastlab xattot Qohira va Ismoiliyya universitetlarida tarbiyalovchi mudarris vazifasida faoliyat yuritadi. Juda ko'rlab masjid va madrasalar, qohiradagi ko'pgina imoratlar bitiklari xattot qalamiga mansub. Xattotni 1984 yilda davlat mukofoti sovriniga hamda birinchi darajali "Fan va ilmlar" medaliga munosib ko'rilgan. "Harflar ustidagi nuqta" va "Nuqtalarsiz harflar"

-5 1

kitoblar muallifi . Xattot Muhammad Sa'd Ibrohim Haddod 2011 yilning 14 yanvarida vafot etgan.

Muhammad Hasan Abul Xoyr. Marhum mashhur xattot Muhammad Hasan Abul Xoyr 1921 yil 25 mayda Misrda tavallud topgan. Xattot bobosiga o'hshab juda

29KoMun CanMOH ^aöypun. MaBcya an-xorru an-apoöun - an-xyryr an-apoöun. - .HuBaff ,3,ap Ba MaKraöa an-xunan, 1999. - E.42.

30MaxgHH CaMug MaxMyg. An-Xyryr an-apoöun. - Mucp: MaKTaöa Höh Chho, 2005. - E47.

31KoMun CanMOH ^aöypHH.MaBcya an-xorru an-apoöun - an-xorrac-cync. - .HuBaH: ,3,ap Ba MaKTaöa an-xunan, 2000.

- E. 15.

go'zal, nafis va chiroyli xat sohibi bo'lgan. 1936 yilda Azhar institutida Shayh Abdug'ani Ajurdan nash, suls va riq'a xatlarini o'rgangan. Xattot eng birinchilardan bo'lib, 1941 yilda arab xatlari yo'nalishi diplomiga sazovor bo'ladi. So'ng esa, 1962 - 1976 yil davomida arab tili darsligi bo'yicha faoliyat yuritdi. 1977 yillar davomida Makkai Mukarromadagi "Ummul Quro" universitetiga Xoji Muhammad Abdulqodirning sog'ligi yomonlashganidan so'ng, uning o'rniga arab xatlari mudarrisi bo'lib faoliyat yuritdi. Muallimlar davrasidagi "Arab xatlari risolalari" ilmiy qo'mita hamda Istanbuldagi arab xatlari bo'yicha davlat musobaqalari xakamlik qo'mita a'zosi bo'lgan. Xattot Ummul Quro universitetida 20 yildan ko'p faoliyat yuritgan arab xati mudarrisi . Xattot ko'pgina darslik va kitoblar muallifi. Xususan, 4 bosqich talabalari uchun suls xati risolasi muallifi. Aytish lozimki, Makkai mukorromadagi ko'pgina xattotlarning qo'lida ham o'z ilmini mustahkamlagan. Xattotning vafoti to'g'risida aniq ma'lumotlar yo'q. Ko'pgina tarixchi olimlar xattot yaqin yillarda vafot etganini ta'kidlashadi.

Abu Xolid Valid A'zomiy. Abu Xolid Valid ibn Abdukarim Ubaydiy A'zomiy. 1930 yilda Iroqning Bag'dod shahrida tavallud topgan. Unga nisbatan "Yoshlar shoiri", "Islom shoiri" nomlari berilgan. Valid A'zomiy mashhur shoir, tarixchi va xattotdir. Dastlab Bag'dod muftiysi Shayh Qosim Qoysiy va Amjad Zahoviylardan

-5-5

ta'lim olgan . XULOSA

Xulosa qilib aytganda, tarixdan ayonki, hukmdorlar ilm-fan va madaniyatga homiylik qilgan yurtda hamisha ma'naviyat yuksalgan, rivoj topgan. Tarixsiz kelajak yo'q deganlaridek, o'tmishini chuqur bilgan xalqning istiqboli kafolatlidir. Tarixni anglash orqali insonda hayotni, o'zligini anglash qobiliyati shakllanadi. Ayniqsa, buyuk ajdodlarning vorislari bo'lgan, bashariyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan millatga daxldor inson qalbida o'tmishini o'rganishga ehtiyoj kuchayadi. Uning milliy g'ururi mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlagan yurt farovonligi uchun kamarbasta bo'lishga chorlaydi. Shu bois, ertangi kun vorislari — yoshlarning yurtimiz va xalqimiz tarixini bilishi ularning yetuk inson sifatida ulg'ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Nojiy Zayniddin Musarrif. Musavvir al-xot al-arobiy. - Bag'dod: Surur, 1968.

32XaMyg ^a^BHH Myrpun, HOHH$ Mymappa$ XaMg Xu30i. Ar-Ta®apu6 a^-Myacupo afl-xorm a^-apoÖHH. -KyBanr: Am-fflyBanx, 1997. - E. 42.

33Heg Xo^ug Tuöoi. A^-Maxryr a^-apoÖHH gupacary aöagu a3-3aMaH Ba a^-MaKaH. - ^aMam^: Xania a^-aiMMa ac-Cypuaru nH^-KHraö, 2010. - E. 41.

2. Ibrahim Aniys. Mu'jam vasit. - Qohira: Darul maorif, 1972.

3. Nojiy Zayniddin Musarrif. Ajaibu al-xotti al-arobiy. - Bag'dod, 1968.

4. Komil Salmon Jaburiy.Mavsua al-xotti al-arobiy - al-xott an-nasx. - Livan: Dar va maktaba al-hilal, 1999.

5. Махдий Саййид Махмуд. Ал-Хутут ал-аробий. - Миср: Мактаба Ибн Сино, 2005.

6. Мухаммад Хдсан Тибий. Жомеъи мухосини китобат ул-куттоб. - Байрут: Нашр аълам, 1962.

7. Нассор Мухаммад Мансур. Хотту ан-настаъли;. - Иордания: Салт, 2013.

8. МуродовА. Урта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. - Тошкент: Узбекистон ССР "Фан" нашриёти, 1971.

9. Шарифжон Махдум, Рисолаи хаттотон. УзФА Шар;шунослик институти, ;улёзма, ИНВ.№ 2184.

10. Шомурод Котиб. Муфрадот, Дозволено цензур. Санкт-Петербург, 5 июлья 1983 года, типография братев Каменских в Ташкенте.

11. Аббос И;бол. ^иблатул китаб Султон Али Машхадий. Ёдгор, 1324.

12. Фавзий Солим Афифий.Иълам хот аробий ва дурусуху. - Богдод: Сурур, 1895.

13. Фавзий Солим Афифий.Иълам хот аробий ва дурусуху. - Богдод: Сурур, 1895.

14. Хдмуд Жалвий Мугрий, Нойиф мушарраф Х,амд Х,изоъ. Ат-Тажариб ал-муасиро фи ал-хотти ал-аробий. - Кувайт: Аш-Шувайх, 1997.

15. Иёд Холид Тибоъ. Ал-Махтут ал-аробий дирасату фи абади аз-заман ва ал-макан. - Дамаш;: Хдйъа ал-аъмма ас-Сурияти лил-китаб, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.