Научная статья на тему 'Жазнь Исмаила Саффара Бухари и его научное наследие'

Жазнь Исмаила Саффара Бухари и его научное наследие Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
143
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ИСМАИЛ САФФАР АЛЬ-БУХАРИ / ШКОЛА МАТУРИДИ / РЕЛИГИОЗНЫЕ ДОКТРИНЫ / ИСЛАМИ КАЛАМ

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Эвадуллаев Тохир

В этой статье выражены мысли о духовной наследии одного из крупных пред-ставителей школы мотрдиййа Исмаила ас-Саффора Бухори и его воззрения

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по искусствоведению , автор научной работы — Эвадуллаев Тохир

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Жазнь Исмаила Саффара Бухари и его научное наследие»

Жазнь Исмаила Саффара Бухари и его научное наследие

Тохир Эвадуллаев, Международный центр Имама Бухари начальник отдела по учебные част I SMOIL SAFFOR BUXORIYNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI (

1065-1139)

ЖИЗНЬ ИСМАИЛА САФФАРА БУХАРИ И ЕГО НАУЧНОЕ НАСЛЕДИЕ

(1065-1139)

Резюме: В этой статье выражены мысли о духовной наследии одного из крупных представителей школы мотрдиййа Исмаила ас-Саффора Бухори и его воззрения.

Ключевые слова: Исмаил Саффар аль-Бухари, школа Матуриди, религиозные доктрины, ислам и калам.

Summary: In this article expressed the idea of a spiritual heritage is one of the major representatives of the school motrudiyya Ismail al-Saffori Bukhri and his opinion

Keywords: Saffar Ismail al-Bukhari, school Maturidi, religious doctrines, Islam and Kalam.

Mustaqillik sharofati bilan yurtimiz hayotining barcha jabhalarida torn ma'noda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shu zalvorli ishlar silsilasida boy va qadimiy tariximiz, betakror milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, o'zlarining yuksak salohiyati bilan olamshumul ahamiyatga molik ulkan ilmiy-ma'naviy meros qoldirgan buyuk allomalarimizning hayotlari va asarlarini xalqimizga etkazish borasida amalga oshirilgan ulkan izlanishlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Diniy-aqidaviy masalalarni ilmiy asosda chuqur o'rganish, yurtimizdan etishib chiqqan buyuk allomalarimizning hali o'rganilmagan boy ilmiy meroslaridan xalqimizni bahramand qilish tarixchi, sharqshunos va manbashunos olimlarimiz oldiga o'ta muhim va sharafli vazifani yuklaydi. Bu o'rinda muhtaram yurtboshimiz Islom Karimovning "Bizning istagimiz shuki, sharq qo'lyozmalarida saqlanayotgan ulkan merosdan barcha-barcha insonlar bahramand bo'lsin. Ularni odamlarga, avvalambor yoshlarimizga yetkazish ayni muddao bo'lur edi",[3] degan f ikrlarini keltirish o'rinlidir.

Kalom ilmining buyuk allomasi imom Abu Mansur al-Moturidiy (vaf. 333/944 y.)niig shogirdlari va izdoshlari ko'p bo'lib, ulardan Abu Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil, Abu-I-Hasan Ali ibi Sayyid ar-Rustug'foniy (vaf. 350/961 y.), Abu Muhammad Abu-I-Karim ibn Muso al-Pazdaviy (1010/1089), Abu-I-Lays as-Samarqandiy

(298/375-911/985), Abu-I-Yusr al-Pazdaviy (vaf. 421/1030 y.), Abu-I-Mu'in an-Nasafiy (1046/1114), As-Saffor al-Buxoriy,[11.206] Najmiddin Umar an-Nasafiy (1068/1142), As-Sabuniy al-Buxoriy (vaf.580/1184), Umar al-Hanaf iylarni alohida ko'rsatish mumkin [12.735-741].

Moturidiya ta'limotining taraqqiy etishiga o'zlarini beqiyos hissalarini qo'shgan moturidiyya maktabining ko'zga ko'ringan nomoyondalaridan yana biri Abu Ishoq Ibrahim ibn Ismoil as-Saffor Buxoriy bo'lib, u zot Movarounnahrda hanaf iya mazhabining qaror topishida va moturidiya ta'limotining taraqqiy etishiga jonbozlik ko'rsatgan. Manbalarda bu olimning to'liq ismi Abu Ishoq Ibrahim ibn Ismoil ibn Ahmad as-Saffor al-Buxoriy al-Hanafiy deb keltiriladi [6.75-78]. Ba'zi manbalarda esa u kishini to'liq ismi Ibrahim ibn Ismoil ibn Ahmad ibn Ishoq ibn SHis ibn al-Hakam Abu Ishoq al-ma'ruf bi as-Saffor [4.7-9], Abu Ishoq Ibrahim ibn Ismoil ibn Ahmad ibn Ishoq ibn SHis al-Ansoriy al-Vailiy al-Buxoriy al-Hanafiy as-Saffor [2.5] holatida ko'rish mumkin. Islomshunos olim Ashirbek Mo'minov bu kishining to'liq ismini Abu Ishaq Ibrahim ibn Ismoil ibn Abi Nasr as-Saffor al-Ansoriy al-Vailiy al-Buxoriy deb yozgan. [5.61].

Saffor al-Buxoriy o'z davrida zamondoshlari va ahli ilm orasida o'zining taqvodorligi va Hanafiya mazhabi f iqhini yaxshi bilganligidan "al-faqih", "az-zohid" , "rukn al-islam"degan unvonlarga sazovor bo'lgan.

Allomaning ismiga "as-Saffor" so'zinig qo'shilib aytilishida ikki xil qarashlar bor bo'lib, birinchisi, bu olim o'sha davrda Buxoroda "Saffor" nisbasi bilan ijod qilgan olimlar silsilasidan bo'lishi va ikkinchisi esa uning kasbi, hunari sabab bo'lgan. chunki "saffor" so'zi arab tilidan olinga bo'lib, "Misgar", "Mis quyib har-xil idishlar yasovchi" degan ma'nolarni anglatadi. Demak alloma bir vaqtning o'zida nafaqat kalom ilmi allomasi, balki o'z davrining faqihi va usuliyotchi olimi va mashhur kosibi sifatida ham shuhrat qozongan kishilardan biridir.

Diyorimizdan chiqqan bu buyuk mutakallimning hayoti va uning ilmiy-ma'naviy merosi, xususan, kalom ilmiga oid ta'limotlarini o'rganish katta ahamiyatga egadir. Chunonchi, Saffor al-Buxoriy XI asrning ikkinchi yarmida va XII asrning birinchi choragida Movarounnahrda ahli sunna va-l-jamoat mazhabining qaror topishi va uni hayotga tatbiq etilishida katta hissa qo'shgan allomalardan biri bo'lgan. Saffor al-Buxoriy o'z davrining taniqli allomalaridan biri bo'lib, Buxoroning etakchi imomlaridan biri sifatida ham shuhrat qozongan. U yashab, ijod qilgan davrda Buxoro xuddi Samarqand kabi ilm-fan rivojlangan shaharlardan hisoblangan. U erda Abu-I-Yusr al-Pazdaviy, Alouddin as-Samarqandiy, Nuriddin as-Sobuniy va Alouddin al-Asmandiy kabi zamondoshlari bilan ham maslakdosh edi.

O'sha davrda Buxoroda "saffor" nisbasi bilan tanilgan ko'plab olimlar ham bo'lgan. Ba'zilarining ismlari ham hatto bir-biriga juda o'xshash bo'lgan. Masalan, Ishoq ibn Ahmad ibn SHis ibn Nasr ibn SHis ibn al-Hakam Abu Nasr as-Saffor al-Buxoriy[7.249]. U faqih, nahvshunos, shoir va arab tilini juda puxta egallagan Xuroson, Bag'dod, Hijoz va Toif shaharlarida ilm talabida bo'lgan. Uning "ad-Doxil ila kitab Sibavayh" (Sibavayh kitobiga kirish) va arab tili grammatikasiga oid "al-Madxal as-sag'ir" (Kichik kirish), "ar-Ra'd ala hamza f i hudusi-t-tasqiyf" (Talaff uzda hijolar sodir bo'lishi haqida hamzaga raddiya) nomli asarlari bo'lgan. U 405/1014 yilda Toif atrofida vafot etgan.

Yana biri Abu-I-Muhammad Hammod ibn Ibrahim ibn Ismoil ibn Ahmad ibn Shis ibn al-Hakam as-Saffor al-Buxoriy [10.249]. U 560 yili Bag'dodga kelib, Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil al-Koshoniydan hadis eshitgan. Tarixchi Yoqut al-Hamaviy uni "U o'z davrining arab tilini mukammal, eng nozik nuqtalarigacha biladigan olimlaridan biri" desa, muarrix Al-Hokim "Men Buxoroda she'riyat va fiqhda undanda zehnli kishini ko'rmadim" deya ta'riflagan. Mazkur "saffor" nisbasiga ega bo'lgan olimlarni biz o'rganayotgan Saffor Buxoriydan ajratib, ahamiyatli tomonlarini ko'rsatib berishimiz kerak bo'ladi.

Bu davrda Buxoroda harbiy hukumronlik Saljuqiylar qo'lida bo'lib, boshqaruv tizimi diniy arboblar -Sadrlar qo'liga o'tgan vaqt edi. Sadrlar sulolasining asoschisi Burhonu-l-aimma Abu Muhammad Abdulaziz ibn Umar ibn Abdulaziz Moza (vaf. 518/1124 y.) Saljuqiy hukumdor Sulton Sanjarning singlisiga uylangan.. SHu sababli sulton Sanjar Saffor al-Buxoriyni Marvga surgun qildirib, uning o'rniga Buxoro bosh imomlik lavozimiga kuyovi Abdulaziz ibn Umar ibn Abdulaziz Mozani tayinlaydi. shundan so'ng Buxoroda sadrlar faoliyatiga buxorolik ulamolarning munosabati turlicha bo'lib, Saffor al-Buxoriy va yana mahalliy ulamolardan bir qanchasi sadrlar faoliyatini tan olmay, ularga muxolif bo'lgan. [1.24]. Lekin ular faoliyatini tan olgan

safforiylar ham topilgan. Saffor al-Buxoriy surgundalik paytlari Marvda bir necha yil yashab so'ng, Samarqandga ko'chib keladi va u joyda shahar xatibi etib tayinlanadi. Keyinchalik ona yurti Buxoroga qaytib, o'n yil davomida ijod qiladi va o'zining "Kitabu-t-talxis Ii qavaidit-t-tavhid" hamda "Risala fiha masail su'ila ash-shayx anha va ajaba anha" (shayx as-Saffor javob bergan masalalar haqida risola) nomli kitoblarini yozadi. Bu ikki asar Abu Mansur al-Moturidiyning f ikr va qarashlari asosida yoritilib berilgan. [8.76].

Abu Ishoq Ibrohim ibn Ismoil ibn Ahmad as-Saffor al-Buxoriy tavallud topgan sana haqida yozgan tarixchilardan biri arab olimi Xayriddin az-Zirikliy o'zining "al-A'lom" va limar Rizo Kahhola "Mu'jam al-muallifiyn" nomli asarlarida uning 460/1065 yilda Buxoroda tug'ilganligi haqida yozganlar. Uning vafoti haqida esa aksar manbalarda 534/1139 sana zikr qilinadi. Binobarin, alloma Abu Ishoq Ibrohim ibn Ismoil ibn Ahmad as-Saffor al-Buxoriy 74 yil umr ko'rib, rabiy'ul avval oyining 26-kunida Buxoroda vafot etgan.

Saffor al-Buxoriyning bir necha asarlari bo'lib, ulardan

"Talxis al-adilla Ii qavaid at-tavhid (Allohning yagonaligi haqidagi qoidalar bo'yicha dalillarning qisqacha mazmuni)". Ushbu asarning qo'lyozma nusxasi Istanbulning Sulaymoniya kutubxonasi Otif Afandi bo'limida 1220 raqami ostida saqlanadi [5.31].

"Kitabu-s-sunna va-l-jama'a (Sunnat va jamoatga ergashganlar kitobi)". Laknaviyning ko'rsatmasiga binoan bu asari bizgacha etib kelmagan. Muallif bu asarida islomiy ta'lim-tarbiya va aqida odoblari haqida yozgan. [4.7].

"Risala fiha masail su'ila ash-shayx anha va ajaba anha (Shayx as-Saffor javob bergan masalalar haqida risola)". Ushbu kitobning qo'lyozma nusxasi Parij milliy kutubxonasi arab bo'limida 4808 raqami osida saqlanmoqda. [5.61].

"Kitab al-Fusul (Boblar haqida kitob)". Ushbu asari ham bizgacha etib kelmagan.

"Al-Ibona an isbat ar-Risala (Risola isboti haqidagi izoh)". Muallif bu asarida nubuvvat va unga tegishli vazifalar haqida yozgan. Asar bizgacha etib kelmagan.

"Sokku-l-janna (Jannat kaliti)". [2.5]. Bu asari fors tilida yozilgan. Uning asarlari ilm ahli tomonidan yuksak baholanib, hatto hozirgi kunda sharq va g'arb sharqshunos, islomshunos va kalom ilmiga qiziquvchilar orasida katta qiziqish bilan o'rganiladigan, ahamiyatli asarlar hisoblanib kelinmoqda. Xususan, allomaning "Talxis al-adilla Ii qavaid at-tavhid" asari bir necha bor sharq va g'arb kalomshunoslari tomonidan tadqiq etilgan.

Asli Misrlik Mahmud Hisham Ibrohim 2009 yili Indiana universitetida ushbu asar bo'yicha tadqiqotlar olib borib, magistrlik ishini yoqlagan va kitobni qayta nashr qildirgan.

Shuningdek, 2011 yil Qohira universtitetida ham Abdullo Muhammad Abdullo tomonidan mazkur asar ustida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

G'arb olimlaridan Germaniyalik olima Anjilika Brodersin ushbu asarni o'rganib, 2011 yil Bayrutda ikki tomda nashr qildirgan.

Allomaning hayoti va ilmiy merosini o'rganib, hayotga tadbiq etish, ayniqsa, bugungi kunda aqidaviy masalalar dolzarb mavzuga aylanib borayotganligi bois, allomaning aqidaga oid asarlarini ilmiy va amaliy jihatdan o'rganilishi muhim ahamiyatga molik ish hisoblanadi.

Adabiyotlar:

1. Bekmirzaev I. Burhonuddin Mahmud Al-Buxoriy va Mavorounnahr qoziligi. Monograf ¡ya. Toshkent. 2011.

2. Ismoil Bosho Al-Bag'dodiy. Hadiyyat-al-Orifiyn Asmaa-al-muallif¡yn va asar al-musannifiyn. Istanbul. 1951. 1 juz. Boboniy. Hadlyyat-al-Orlf Iyn Asmaa-al-muallif ¡yn va asar al-musannif Iyn. 1-juz.

3. Karimov I.A. "O'rta asrlar sharq allomalarl va mutafakklrlarlnlng tarlxly merosl, unlng zamonavly sivilizatsiya rivojidagi roll va ahamltl" mavzusldagl xalqaro konferenslyanlng ochlllsh maroslmldagl nutqldan. Samarqand, 2014 yll 15-16 may. Zarafshon gazetasl. 2014 yll 17 may № 60

4. Muhammad Ibn Abdulhay al-Laknavly. Al-favald al-bahlyya f I tarojlm al-hanaf Iyya. Qohlra. 1906.

5. Mumlnov A. Rol I mesto xanaf itskix ulame v jlzni gorodov sentralnogo mavarannaxra. (II-VII/VIII-XIII vv.) Dessartatslya. Tashkent. 2002.

6. Mustafo ibn Abdullo Qlstantinly Rumiy Hanafly. Kashf-az-zunun an asomiy al-kutub va-l-funun. Istanbul.1941. 1-juz.

7. limar Rizo Kahhola. Mu'jam al-muallif iyn. Damashq. 1957. 1-juz. Abu-1-Vafo Abdulqodir ibn Muhammad al-Qurashiy. Al-javahir al-muziyya f i tabaqot al-hanaf iyya.Haydarobod. 1913.

8. Oqilov S. Abu-I-Mu'in an-nasaf iy ilmiy merosi va Moturidiya ta'limoti. Monograf iya. T.:, 2008.

9. Bekmirzaev I. Movarounnahrda qozilik hujjatlari: tarixiy ildizlar va tahlililiy yondoshuvlar. Monografiya. Toshkent. 2014.

10. Tabsir al-muntabih bi tahrir al-mushtabih. Maktaba ash-SHamila. 1-juz. O'rta Osiyo olimlari qomusi. Tuzuvchi Abdulloh Abdulhamid Saad. Toshkent. 2007.

11. Xayriddin ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Ali ibn Faris az-Zirikliy ad-Dimashqiy. AI-A'lam.1-.juz. Mustafo ibn Abdullo Qistantiniy Rumiy Hanafiy. Kashf-az-zunun an asomiy al-kutub va-l-f unun.Dar al-kutub al-ilmiyya.Bayrut.1992. 1-juz..

12. Ziyodov SH. Abu Mansur al-Moturidiy va uning "Kitob at-Ta'vilot" asari. T.:, 2009. O'bekiston - buyuk allomalar yurti. Tuzuvchi, nashrga tayyorlovchi Ubaydulla Uvatov. T. 2010. Akimkhanov A. imam Ebu Mansur el-MäturTdT ve llmi ki§iligi // ULUG BÍR QÍNAR imäm MäturTdT. Uluslararasi Sempozyum Tebligler Kitabi. 28-30 Nisan 2014 • Eski§ehir. Yayina Hazirlayan: Ahmet Kartal. Istanbul.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.