Научная статья на тему 'Umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinf rahbarlarini o’quvchilar bilan ishlash metodlari'

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinf rahbarlarini o’quvchilar bilan ishlash metodlari Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
10319
1209
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat / mahorat / individual / axloqiy normalar / Culture / skill / individual / moral norms.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Feruza Otanazarova Baxtiyorjon Qizi

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinf rahbarlarining o’quvchilar bilan ishlash medodlari, innovatsion usullar orqali yoritilgan. Unda sinf rahbarining o’quvchilari oldidagi burch va vazifalari tarmoqlab ko’rsatilgan. O’quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlikda o’quvchilarni tarbiyaviy ishlarini olib borishlari nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF CLASS TEACHERS WORKING WITH STUDENTS IN GENARAL SECONDARY SCHOOLS

This article describes the methods used by class teachers in general secondary schools to work with students through innovative methods. It outlines the duties and responsibilities of the class teachers to the students. It is planned to carry out educational work with children in cooperation with the parents of students.

Текст научной работы на тему «Umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinf rahbarlarini o’quvchilar bilan ishlash metodlari»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA SINF RAHBARLARINI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODLARI

Fernza Otanazarova Baxtiyorjon qizi Farg’ona viloyati Bag’dod tumani 55-umuniy o’rta ta’lim maktabi

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinf

rahbarlarining o’quvchilar bilan ishlash medodlari, innovatsion usullar orqali yoritilgan. Unda sinf rahbarining o ’quvchilari oldidagi burch va vazifalari tarmoqlab ko ’rsatilgan. O ’quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlikda o’quvchilarni tarbiyaviy ishlarini olib borishlari nazarda tutilgan.

Kalit so’zlar: Madaniyat, mahorat, individual, axloqiy normalar.

METHODS OF CLASS TEACHERS WORKING WITH STUDENTS IN GENARAL SECONDARY SCHOOLS

Feruza Otanazarova Baxtiyorjon qizi Fergana region Bagdad district School #55

Abstract: This article describes the methods used by class teachers in general secondary schools to work with students through innovative methods. It outlines the duties and responsibilities of the class teachers to the students. It is planned to carry out educational work with children in cooperation with the parents of students.

Key words: Culture, skill, individual, moral norms.

Sinf rahbarining faoliyati kop qirrali va sermazmundir. U ozi rahbarlik qilayotgan sinf oquvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda oquv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. Sinf rahbari ishining asosiy qismi oquvchilarni organish. Oquvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni otkazish. Oquvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biridir.

Oquvchilar jamoasi - sinf rahbarining tayanchi. Oquvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha oquvchilarning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Ularni bir-biriga korsatadigan ornaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga, ularni xulq madaniyatini, odatini, konikmasini hosil qiladi. Sinf rahbar har jabhada

г<м

291

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

barchaga o’rnak bo’ladigan zukko, aqlli, bilimdon hamda pedagogik mahoratga ega bolmog’i darkor.

• Madaniyat sinf rahbarining yuksak fazilatlaridan darak beradi.

• Mahorat sinf rahbarini kasb egasi darajasiga ko’taradi.

Sinf rahbari bolalarni yaxshi bila olishi uchun ularni o'rganish darsda, darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o'tadigan barcha sharoitlarda amalga oshiriladi. Bolani organish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari haqida aniq ma’lumotga ega bo'ladi.

Bolaning individual xususiyati uning xulqiga, o'zlashtirishiga munosabatlariga jamoadagi o'rniga ta’sir etadi. Shu boisdan ham jamoadagi individlar tarbiyalanayotganda alohida oquvchini unitish yaramaydi. Chunki sinf rahbari kopgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina bexato aniqlaydi. Demak, individual munosabat bolaga tarbiyaviy ta’sir etishning eng samarali yo'lini topish imkoniyatini beradi. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham organishi kerak. Sinf rahbari o'ziga berilgan sinfni qabul qilib olish bilan bolalar haqida kopgina ma’lumotlarni aniqlaydi. Bu ma’lumotlar bolaning oilasidan oqituvchilardan, ortoqlaridan olinadi va tarbiyaga yagona ta’sir birligi ham shu asosda vujudga keladi.

[jrcj

292

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Sinf rahbari tarbiyaviy ishning turli bosqichlarida oquvchi hulq- atvorining ayrim tomonlarini o'rgatishga e’tiborini qaratishi mumkin. Oquvchini har tomonlama orgatishga erishmoq uchun dasturni oldindan yaxshi oylab tuzish, o'quvchilarni o'rgatish rejasini, suhbat savollarini, insholar mavzularni tayyorlab olish zarur. Navoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir nechta bola-sinf jamoasini tashkil etadi va ilmu-adab o'rgatadi. Bu jarayonda sinf rahbari ko'p mashaqqatlarga duch keladi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi.

Xakyulida senga bir harf o'qitmish ranj ila,

Aylamak bo Imas ado oning haqin yuz ganj ila.

- Sinf rahbari o'quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalar ekan, u o'z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:

- sinf rahbari o' quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim.

- sinf rahbari bolalarga ahloqiy normalarni o'rgatishi kerak.

- gerdayishi, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik kabi illatlar o'qituvchi ahloqiga yod sifatlardir.

- xalq nazarida olim hisoblanadigan o'qituvchilar yomon ishlardan, fisku-fasoddan o'zlarini tiya bilishlari zarur.

Sinf rahbarining ota-onalar bilan to'g'ri muomila qila olishi murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko'pchiligi o'rta yoki oliy ma’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televidinie, radio orqali ko'pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar. Shunday vaziyatlar ham bo'ladiki, o'g'il yoki qiz bola maktabda o'zboshimchalik qiladi, lekin oilada xushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qo'pol, o'zboshimcha, maktabda esa o'zini xushmuamola, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to'g'ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir hil bo'lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo' lmaydi.

Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida o'z aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo'lmaydi, balki tarbiyada o'tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo'lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to'ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda tola qimmatli tarbiya yo'q va bo'lishi ham

г<м

293

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

mumkin emas. Ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog'liq bo'lib, bu talablar oz navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o'qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy ahloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Sinf rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka ozi emas, balki shu sinflarda dars beruvchi boshqa oquvchilar bilan hamkorlikda hal etadi. Oquv ishlarida sinf rahbarining va shu sinfda ishlaydigan boshqa oqituvchilarning bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi, oquvchilarga nisbatan yagona talabni amalga oshirish va oquvchilarning bir-biriga ozaro yordamlari ta’lim-tarbiya sifatini oshiradi.

Sinf rahbar bir bog’bon bo’lsa, o’quvchilarning har biri har xil gullardir. Har bir gul alohida parvarish talab qilinganidek, har bir o’quvchi ham o’ziga e’tiborni talab qiladi. O’quvchi e’tibordan chetda qoldimi, bas, u parvarishsiz gulga o’xshab qoladi, yo o’zi xohlagan tomonga o’sib, go’zallik tarqatmaydi.

Gullarimiz hayotimiz kabi go’zal bolsin!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Avloniy. “Turkiy Guliston yohud ahloq” - Toshkent: O’qituvchi, 1992.

2. Tarbiyaviy ishlar metodikasi - Qarshi: 2007.

3. Kaykavus. “Qobusnoma” - Toshkent. O’qituvchi, 1986.

4. “Axloq - odobga oid hadis namunalari”. Toshkent: Fan, 1990.

5. Musurmonova O. “Oila ma’naviyat - milliy g’urur” - Toshkent: o’qituvchi. 1999.

6. Ochilova M. “O’qituvchi odobi” - Toshkent: O’qituvchi, 1993

294

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.