'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
BOLALAR XOR JAMOALARIDA OLIB BORILADIGAN O’QUV-TARBIYAVIY ISHLAR MAZMUNI
Ismoilova N.
SamDU
Annotatsiya: O ’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, ma ’naviy, barkamol, estetik va badiiy dunyoqarashi shakllangan, madaniyatli insonlar qilib tarbiyalash bugungi kunda ta’lim-tarbiya muassasalari oldida turgan dolzarb masalalardandir. Maqolada umumta’lim maktablarida olib boriladigan musiqiy ta’lim va tarbiya faqat bolalarni qo’shiq kuylashga o’rgatish bilan cheklanib qolmasdan, ularda vokal-xor malakalarini shakllantirish yoki musiqa tinglash orqali musiqani ongli idrok etib, tinglash madaniyatini qaror toptirish yoxud nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish va shu jarayonda ularni vokal-xor kuylash ko’nikma va malakalarini hosil qilish bilan ularni g’oyaviy, ma’naviy, estetik madaniyatini tarkib toptirishdan iboratligi haqidagi fikr va mulohazalar keng yoritilgan.
Kalit so’zlar: musiqa ta’limi, umumta’lim maktab musiqa darslari, vokal-xor malakalari, bolalar xor jamoalari, xor rahbari, o’quv-tarbiyaviy jarayon.
CONTENT OF EDUCATIONAL ACTIVITIES IN CHILDREN’S CHOIRS
Ismailova N. SamSU
Abstract: Bringing up the younger generation as mature, spiritually, harmoniously, aesthetically and artistically formed, cultured people is one of the most pressing issues facing educational institutions today. The article discusses the importance of music education in secondary schools, not only in teaching children to sing, but also in developing vocal and choral skills or listening to music. and the idea that the formation of their skills consists in the formation of their ideological, spiritual, aesthetic culture.
Keywords: music education, secondary school music lessons, vocal-choir skills, children's choirs, choir leader, educational process.
Respublikamizda mavjud ta’lim tizimining barcha bosqichlarida bo’lgani kabi umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanishga qaratilgan ilmiy-tadqiqiy ishlarga tabiiy ravshda e’tibor qaratilib kelinayotganligi diqqatga sazovordir. Mazkur ilmiy izlanishlar tarkibida umumta’lim maktablari musiqa ta’limining o’ziga xos faoliyat turlari bo’yicha olib boriladigan
г<м
55
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
o’quv-tarbiyaviy ishlarning o’ziga xos tashkiliy, uslubiy asoslarini uzluksiz takomillashtirib borish, uni dars va sinfdan tashqari faoliyatlar uyg’unligida yo’lga qo’yish orqali yuqori samaradorlikka erishish masalasi ham alohida o’rin tutadi.
Umumta’lim maktablaridagi musiqa ta’limi va tarbiyasi sohasidagi yangilanish va o’zgarishlar ko’lamini ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, maktab “musiqa madaniyati” fanini o’qitilishi jarayonida o’quvchilarni musiqiy-nazariy va amaliy ijrochilik ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qo’yilgan ijtomoiy buyurtmalar bu ishlarni sinfdan tashqari faoliyat bilan uzviy holda olib borish, ularni yagona maqsadga moslashtirishni ta’minlash, shu asosda ta’lim sifati va mazmunini takomillashtirib borish bilan kutilgan natijalarga erishish mumkinligini ko’rsatmoqda.
Ma’lumki umumta’lim maktablarida o’qitiladigan “musiqa madaniyati” fani bashqa fanlar o’qilishida o’zining bir necha faoliyatlar negizida tashkil etilish xususiyati bilan ajralib turadi. Bu faoliyatlar tarkibida “jamoa (xor) bo’lib kuylash” faoliyati alohida ahamiyatga ega bo’lib, bu faoliyatga darsning asosiy hajmi ajratiladi va asosiy maqsad o’quvchilarni vokal-xor malakalarini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Vokal-xor malakalarini shakllantirish esa uzoq va uzluksiz, tizimli yo’lga qo’yilgan o’quv va ijodiy jarayonni talab qilishi tufayli, fanga ajratilgan o’quv soatlarini g’oyat cheklanganligi ushbu jarayonni sinfdan tashqari faoliyatlar uyg’unligida yo’lga qo’yishni taqozo etadi. Bu esa jiddiy pedagogik muammo sifatida musiqiy ta’lim jarayonida o’quvchi-yoshlarni musiqiy qobiliyat va ehtiyojlarini shu jumladan ularni vokal-xor malakalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim jarayonining pedagogik va metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga keng tadbiq etishni dolzarb vazifa qilib qo’yadi.
Shu o’rinda maktab musiqa ta’limidagi “jamoa bo’lib kuylash” faoliyati oldiga qo’yilgan maqsad, vazifalar mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tsak. Maktab musiqa ta’limidagi “jamoa bo’lib qo’shiq kuylash” faoliyati juda serqirra va keng diapazondagi o’quv-tarbiyaviy ishlarni qamrab oladiki, ulardan eng asosiylari, bu -o’quvchilarning vokal-xor malakalarini shakllantirish hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida vokal ovoz hosil qilish, tovushni yo’llash, nafas olish, uni tejamli sarflash, nafasni qanday olish, qanday sarflash (tovush hujumi), musiqiy eshituv (tovushni o’z balandligida eshitish, his qilish, sof intonatsiya (tovushni o’z balandligida kuylash), diksiya (sof talaffuz), artikulyatsiya (ovoz apparatini to’g’ri ishlata bilish), ansambillik (jo’rnavozlikda kuylashga erishish), soz (musiqa tonalligiga, o’qituvchi ovoziga sozlanish), notaga qarab kuylash (varaqdan o’qish), kuylashda dirijorlik ishoralarini tushunib, unga rioya qilib kuylash, ohang matnini “solfedjiolash”, dinamik belgilarga rioya qilib kuylash, ko’p ovozli kuylash ko’nikma va malakalarini egallash kabilarni o’z ichiga oladi. Ko’rinadiki, bunday keng diapazonda ishlarni birgina dars jarayonida muvaffaqqiyatli amalga oshirish imkoniyati juda ham cheklangan. Chunki 1 soatlik musiqa darsi bundan tashqari ham bir qator o’quv
г<м
56
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
vazifalarini amalga oshirishni (nazariy savodxinlik, musiqa tinglash va tahlil qilish, musiqaga mos ritmik va raqs harakatlarini bajarish, bolalar cholg’u asbobida jo’r bo’lish) taqozo etadikim, aynan mana shu sabablar “jamoaviy ijrochilik” faoliyatini (maktab musiqa ta’limida bir sinf bir jamoa sanaladi) sinfdan tashqari xor to’garagi faoliyati bilan muvaffaqlashtirish maqsadga erishishning eng to’g’ri, samarali yo’li ekanligini kafolatlaydi.
Jamoaviy ijrochilik ya’ni xor bo’lib qo’shiq kuylash o’z o’rnida bir qator vocal-xor malakalarini talab qiladiki, bu malakalarsiz xor bo’lib kuylashni tasavvur etish qiyin. O’quvchilarni xor bo’lib kuylashga o’rgatish uchun vokal-xor malakalarini qunt bilan, sabr-bardosh bilan egallab borishni va zarur ko’nikmalarga ega bo’lishini taqazo etadi. Jamoa bo’lib - xor bo’lib kuylash o’quvchilarda bir qator jihatlarni jumladan, ularda ko’pchilik bo’lib kuylash davomida o’zgalarni kuylashini eshitib, yagona organizmga birlashib, ansambllikni his etib kuylashga o’rgatadi, o’z navbatida bu ularni axloqiy va ma’naviy jihatdan shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi kunga kelib bolalar xor ijrochiligining yangi-yangi shakllari yuzaga kelmoqdaki, bulardan eng asosiylari quyidagilaridir:
1. Musiqa darslaridagi sinf-xor jamoasi. (Bular o’z o’rnida maktab madaniy tadbirlarida, sinf-konsert chiqishlarida o’zlarini namoyish qilishadi).
2. Maktabda tashkil qilinadigan bolalar xor to’garaklari.
3. Bolalar ijodiyot markazlarida tashkil etiladigan xorlar.
4. Bolalar xor studiyalari.
5. Bolalar musiqa va san’at maktablarida tashkil etiladigan xor jamoalari.
6. Madaniyat muassasalari qoshiqa tashkil etiladigan badiiy havaskorlik xor jamoalari.
Bularning barchasi Respublikamiz maktablarida tahsil olayotgan maktab o’quvchilarini bo’sh vaqtlarini ko’ngilli o’tkazish va ularni musiqiy qiziqish va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va estetik tarbiyalash vazifalarini ko’zda tutadi. Qolaversa bu davlatimiz tomonidan musiqa san’atiga, musiqaning yoshlar tarbiyasida tutadigan o’rni va ahamiyatiga yuqori bahosining natijasidir.
Umumta’lim maktablarida va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan xor jamoalari ishini yaxshi yo’lga qo’yish va ijodiy muvaffaqiyatlarga tayyorlash ancha mas’uliyatni va murakkab pedagogik jarayonni talab qiladigan ishdir.
Xor to’garagi havaskor o’quvchilarni yangicha musiqiy olamga olib kiruvchi havaskorlikning ommaviy turi bo’lib, bu o’quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini va istedodlarini yuzaga chiqarishda muhim o’rin tutadi.
Musiqa va qo’shiq aytishga ishtiyoqmand o’quvchilarni bunday to’garaklarga jalb qilish, faqat musiqa o’qituvchisining ishi bo’lmay, balki butun jamoatchilikning,
г<м
57
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
qolaversa maktab va maktabdan tashqari muassasa rahbariyatining davlatimiz tomonidan bolalar ta’limi va tarbiyasiga berilayotgan katta g’amxo’rlikni, e’tiborni his etishlari va mas’uliyatli vazifani bajarish yo’lidagi intilishlari natijasidir.
Xor jamoasi ishini avval boshdan to’g’ri yo’lga qo’yish va uning muvaffaqiyatli ishlashida rahbarning tashkilotchilik faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki xor bo’lib kuylash vokal kuylashga asoslanadi. Xor jamoasi qanday tur va tipda bo’lishidan qat’iy nazar, xonandalarda vokal kuylash ko’nikmalarini hosil qilish eng muhim ish hisoblanadi. Xor jamoasida olib boriladigan vokal ishlarining maqsadi ijrochilarda to’g’ri, jarangdor ovoz, interval-akkordlarni sof intonatsiya qilish malakalarini hosil qilishdir. Bunda quyidagi jihatlarga asosiy e’tibor qaratiladi:
-vokal xor ijrochligining muhim elementlari ustida ishlash, yaxshi soz ansambllik, so’z talaffuzi, badiiy ifoda vositalarini egallash;
-to’g’ri nafas olish, vokal tovushni barpo qilish va shakllantirish;
-jamoa a’zolarini yagona organizmga birlashgan kuylash makalariga ega qilish, ijroni boshlash, tugallash, dirijorlik ishoralariga amal qilib kuylash omillariga erishish;
Xor bo’lib kuylashning muhim elementlarini barpo qilish vokal-xor texnikasini egallashni taqazo etadi. Vokal-xor texnikasi nafas olish, uni bir tekis, tejamli sarflash, tovush hosil qilish, uni ushlab turish, dinamika, intonatsiya, diksiya malakalari kiradi.
Har qanday jamoaviy ijrochilikda repertuar tanlash masalasi hal qiluvchi omillardan bo’lib, u jamoani ijodiy komolotining asosini tashkil etadi. Tanlangan qo’shiqlar bolalarning ovoz va ijrochilik imkoniyatlari mos bo’lishi va albatta tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi lozim. Bolalar xor jamoalarida birinchi galda bolalarga atab yozilgan qo’shiqlarni tanlash kerak. Chunki, bunday qo’shiqlar bolalarni yosh, psixologik-fiziolagik va ovoz imkoniyatlariga moslab yozilgan bo’ladi. Shuningdek, bolalar xalq qo’shiqlarining xor ijrosiga moslashtirilgan namunalaridan foydalanish, jamoa ma’lum darajada vokal-xor kuylash malakalariga ega bo’lgach, qardosh xalqlar va chet el kompozitorlari asarlarini ham repertuarga kiritish mumkin.
Xor jamoasi uchun asarlar tanlashda quyidagi shatlarga amal qilish foydali bo’ladi:
- asar matnining badiiy mazmuni va tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo’lishi;
- qo’shiqni bolalar tabiati, ruhiyatiga, ijro imkoniyatlariga mos kelishi, yengil, oson o’zlashtiriladigan , xalqchil bo’lishi;
- asarning umumjamoa kuchiga to’g’ri kelishi;
- asar diapazonining xor turi va umuman diapazonga muvofiq kelishi;
- yengil va kichik asarlardan kattaroq, ijrosi nisbatan qiyiqroq asarlarga o’ta borish jamoani o’sishiga olib keladi.
г<м
58
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
- shakllangan qo’shiqlarning turli tadbir va konsertlarda foydalanish mumkinligini hisobga olish.
Repertuar jamoaning har bir a’zosini to’laqonli musiqiy rivojlanishiga hamda ularni axloqiy-estetik tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Repertuarga kiritiladigan asarlardan mavzu va janr jihatdan rang-barang bo’lmog’i, unda vatanparvarlik, ona vatan, ona tabiat, bolalar dunyosiga mos o’yin-qo’shiqlar hayvonlar, o’simliklar, folklor asarlari, qardosh va chet el kompozitorlari asarlari bo’lishi har jihatdan ma’qul bo’ladi. Bularning barchasi bolalar ko’z o’ngida hayotning yangi-yangi qirralarini nomoyon qiladi. Ularning ruhiy, ma’nabiy dunyosini, musiqiy did va tafakkurini o ’ stiradi.
Bolalar xor jamoalaridagi o’quv-tarbiyaviy ishlar mazmunida eng avvalo, davlatimiz tomonidan yosh avlodni tarbiyalash ishiga qo’yilayotgan barcha talablar o’z aksini topmog’i muhimdir. “Yoshlarimizni ma’naviy ruhda tarbiyalashda musiqa san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatayotgan” ekan, bu o’rinda uni tizimli ravishda oilada, maktabgacha ta’lim muassasasi, umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, o’rta maxsus ta’lim va oliy ta’lim tizimida yaxshi yo’lga qo’yish va ular faoliyatini uzluksiz takomillashtirib borish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan bo’lib qolishi lozim. Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan bolalar xor jamoalari nafaqat bolalarni musiqiy qobiliyatini va qiziqishlarini, musiqiy-nazariy bilimlarini chuqurlashtirish shu bilan birga ularda nafosat olamini badiiy idrok qilish, estetik didni, musiqiy tafakkur va dunyoqarashni tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Bolalar xor jamoalarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi, uning ijodiy muvafaqqiyatini konsertlar, ko’rik-tanlovlardagi muvafaqqiyatini belgilaydi.
Jamoa yo’liga qo’yilgan qatiiy intizom mashg’ulotlarning izchilligi, maktab ma’muriyati, ota-onalarning yaxshi munosabati, shuningdek jamoani ta’lim-tarbiya ishalariga foydali va ahamiyatli ekanligi aytib, qo’llab-quvvatlashlari uning ijodiy o’sishi va mustahkamlashib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoaning muvaffaqiyatli ishlashida xor rahbari bo’lmish o’qituvchining tashkilotchilik qobiliyati, bolalar bilan ishlash tajribasi, musiqa pedagogikasi bilan ishlash metodikasidan yaxshi bilim va malakaga egaligi katta rol o’ynaydi. Uning o’z ishini rejali, tizimli asosda ish olib borishi jamoada ijodiy va qulay muhitni barpo qilishi qo’yilgan maqsadga erishishda muhim rol o’ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qodirov R.F. Boshlang’ich maktabda ko’povozli kuylash.-T.: O’qituvchi, 1997y.
г<м
59
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
2. Mirzayev K. Bolalar xor jamolari bilan ishlash uslibiyoti. -Toshkent, TDPU, 2009-y.
3. Mamirov K. Jamoa qo'shiqchiligiva ashulachiligi.- Toshkent, ilm-ziyo, 2012-y.
4. Qudratov I. Dirijorlik o'quv qollanmasi. SamDu, 2019-y.
5. Qudratov I. Talabalar va bolalar ashula va xor jamoalarini tashkil qilish va ishlash metodikasi. -Toshkent, Fan va texnalogiyalar nashriyoti 2006y.
60
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ