Научная статья на тему 'Janr - xilma-xil, maqsad yagona'

Janr - xilma-xil, maqsad yagona Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
298
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Xamsa" / qo’rg’on / Dovud / qanoat / Boniy / Moniy / halollik / chashma. / "Xamsa" / Shell / Dovud / patience / Boniy / Moniy / honesty / spring

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Saltanatxon Aliyeva

Mazkur maqolada 10-11-sinf adabiyot darsliklarida keltirilgan didaktik asarlarning tahlili, tarbiyaviy ahamiyati va ularning inson e'tiqodi mustahkamligini ta'minlashdagi o'rni hususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENRE - DIFFERENT, SINGLE GOAL

This article discusses the analysis of didactic works in the literature textbooks for grades 10-11, their educational significance and their role in ensuring the strength of human faith.

Текст научной работы на тему «Janr - xilma-xil, maqsad yagona»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

JANR - XILMA-XIL, MAQSAD YAGONA

Saltanatxon Aliyeva 42-umumiy o’rta ta’lim maktabi Namangan viloyati Uchqo’rg’o’n tumani

Annotatsiya: Mazkur maqolada 10-11-sinf adabiyot darsliklarida keltirilgan didaktik asarlarning tahlili, tarbiyaviy ahamiyati va ularning inson e'tiqodi mustahkamligini ta'minlashdagi o'rni hususidafikryuritilgan.

Kalit so’zlar: ”Xamsa”, qo’rg’on, Dovud, qanoat, Boniy, Moniy, halollik, chashma.

GENRE - DIFFERENT, SINGLE GOAL

Saltanatxon Aliyeva School №42 Uchkurgan district, Namangan region

Abstract: This article discusses the analysis of didactic works in the literature textbooks for grades 10-11, their educational significance and their role in ensuring the strength of human faith.

Keywords: ”Xamsa”, Shell, Dovud, patience, Boniy, Moniy, honesty, spring.

”Ey mo'minlar, mollaringizni o'rtalaringizda nohaq (poraxo'rlik, sudxo'rlik, o'g'rilik, qimor kabi) yo'llar bilan yemangiz.”

(Niso surasi 29-oyat)

”Olloh ta'olopokizadir va faqatpokiza narsani qabul qiladi.

(Hadis)

"Karonavirus pandemiyasi sabab, karantin e’lon qilingandan buyon yer yuzida ijobiy o’zgarishlar kuzatilayotganligining guvohi bo’lyapmiz. O’zimizni-ku qo’yavering, g’iybat-shikoyatsiz, bir-birimizga ozor yetkazmay, ishxonadagi arzimas tortishuvlar, asabbuzarliklarsiz ruhiy xotirjamlikka erishib, ancha donolashib qoldik, nazarimda. Har safar yuz-qo’limizni yuvganimizda dilimizni ham yuvayotganday, artganimizda esa ruhimizni hiralashtirayotgan qusurlarimizni ham salfetkaga qo’shib otayotgandaymiz. Aslida har doim shunday yashashimiz kerakligini, mahluqotlar ichida eng mukarram qilib yaratilganligimizni va har qanday mushkulot kaliti o’zimiz ekanligimizni tushundik. Hazrati Navoiy aytganlaridek avval o’zimiz bilan hisoblashish kerakligini esladik.

O ’z vujudingga tafakkur aylagil,

Har ne istarsan o’zingdan istagil.

81

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Yashash sharti bitta - poklik. Uning orqasidan ulug’ va behisob rizq teramiz, topganimizni bir-birimizga beramiz, atrofimizdagilarga yaxshilik ilinamiz, qayg’usidan kuyunamiz va bu amallarimizni tana qilib qo’yishdan saqlanib Navoiy hikmatlariga rioya qilamiz.

Muruvvat barcha bermoqdir, yemoq yo’q.

Futuvvat barcha qilmoqdir, demoq yo ’q.

"Tan - ruhimiz qo’rg’oni". Tanimizni ham muhofazalagan kunlarimizda har bir tongimizni bir-birimizga aytayotgan, televizor, radio orqali tinglayotgan iliq so’zlar bilan qarshilayapmiz. Ham tanimiz, ham ruhiyatimiz pok bu qo’rg’on ichida ekanimizda eshitayotganimiz bu so’zlar har doimgidan-da samimiy ekanligini sezmoqdamiz. Bugun birligimizni, qalban bir ekanligimizni shu sehrli so’zlar orqali allaqachon his qildik.

So’z durdonalaridan tuzilgan hikmatlar tun osmonida yulduz bo’lib, adashganlarga najot sohili tomon yo’l ko’rsatadi. Yoki biz Nuh kemasidamiz-u saodat sohiliga yetish arafasidamiz, biroq qayerdandir kemaga sichqon chiqib olgan: mana shulardan ogohlantiradi bizni badiiy so’z.

Insoniyat yaratilibdiki, u doimo zulmatdan ziyoga, jaholatdan ma’rifatga, nafsdan kechib qanoatga, baxillikdan saxovatga, riyodan samimiyatga intilib yashagan va barcha davrlarda badiiy adabiyot, shaksiz, unga eng ishonchli himoya vositasi, nafsni yengish quroli bo’lib, xizmat qilgan.

Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish to’g’risida” gi qarorni qabul qilishi orqali O’zbekistondagi “halollik vaksinasi” g’oyasini ilgari surdi. Bu esa o’z navbatida jamiyatimiz hayotida tub burilish bo’ldi. Xususan, “Yosh kitobxon” tanlovining yo’lga qo’yilishi va ushbu jarayon OAV orqali yoritib borilishi, Oliy o'quv yurtlariga kirishda shaffoflikning ta’minlanishi nafaqat o’quvchilar balki ularing ota-onalarining ham dunyoqarashida katta ijobiy o’zgarishlar yasaganining guvohi bo’ldik.

Adabiyotga “halollik vaksinasi” sifatida bugun har doimgidan ham ko’proq ehtiyoj sezmoqdamiz. Badiiy adabiyotning bosh vazifasi komil inson tarbiyasidir. Qur’on, Hadis, qadimgi yodgorliklar, xalq og’zaki ijodi namunalari, mumtoz adabiyot, jadid adabiyoti, shuningdek bugungi - zamonaviy adabiyot ham ushbu vazifani ro’yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Alisher Navoiy komil inson haqidagi orzularini Farhod timsoli orqali ifodalar ekan, o’z navbatida, ustozlarning ham Boniydek ko’ngilga ishq binosini quruvchi pir, Moniydek Olloh ishqini qalbga naqshlovchi zohid, Qorandek ko’ngildagi toshdan qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini o’rgatuvchi murshid bo’lishlarini istagan. Bu bilan mutafakkir biz ustozlarga bola tarbiyasidek muqaddas vazifaga jiddiy qaramasak, talim-tarbiya jarayonida har bir kichik jihatni e’tiborga olmasak,

г<м

82

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Demonkim, ko’ngli pok-u ham ko ’zi pok,

Tilipok-u, so’zipok-u, o’zipok.

bo’lgan komil inson tarbiyasini amalga oshirib bo'lmasligini vasiyat qilganday go’yo.

Haqiqiy mo’min hech qachon orzu qilishdan to’xtamaydi, chunki u mukammal e’tiqod egasi. Shu e’tiqod sabab Navoiy orzu qilishdan to’xtamagan. U yaratgan Iskandar obrazi aql-tafakkur va adolat timsoli sifatida hanuz o’rnak bo’lib yashab kelmoqda.

Iskandarni topib olgan Faylaqus uni Arastuning otasi Naqumohis tarbiyasiga topshiradi. Shu-shu Iskandarning umri oxiriga qadar olimlar qurshovida o’tadi. Hatto jang paytida ham o’ng yonida ilm-karomat egalari, sol tomonida harbiy rahbarlar bo’lgan. “... Bahorda Huroson uning qo’liga o’tdi. Bu o’lka unga juda yoqdi, ayniqsa, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon uni behad maftun etdi. Shunung uchun u Hirot, Samarqand shaharlarini bunyod qildi. So’ng u Kashmirga yo’l oldi. Shunda ham Iskandarga besh yuz olim yo’ldosh edi.”

Adolat va aqlni o’ziga shior qilgani bois Iskandar boylik ketidan quvmasa-da, boylik uni doim ta’qib qilib, quvib yetaverardi. Shu fazilati bilan u yo’lida uchragan mashaqqatlarni oson yengar, dushmanlar ham do’stga aylanardi. Uning so’nggi vasiyati ham hali hanuz insoniyatni o’tkinchi dunyoning buqalamunliklaridan ogoh qilib jaranglaydi. “Agar na’shim ustida to’plansangiz, u chog’da albatta bir qo’limni tobutdan chiqarib qo’yinglarki, odamlar hayrat emas, ibrat ko’zi bilan boqib, bu panja barmoqlari saf chekib, jahon mamlakatlarini, barcha chuqurlik va dengizlarning la’l va gavharlarini egallagan edi. Endi ajal qo’li jo’nash nog’orasini chalib, bo’yniga o’lim arqonini solganda, jahondan shal insonning qo’li misoli, chinor ilgiga o’xshab, ketib boryapti. Kimga bilim madadkor bo’lsa, jahondan qo’lini yuvish ham shunday oson bo’ladi, deb tushunsin.

Adabiyotsiz inson qonidan shaytoniy istaklarni yuvish mushkul. Zero, ”Qiysasi Rabg’uziy”da ta’kidlanganidek “Bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmas” Adolatli, ko’ngli va ko’zi to’q shahzodalar, halol va komil farzand tarbiyasi xalqimizning azaliy istagi bo’lgan. Mahmud Qo’shg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asaridagi “Ko’ngli och, yo’qsil bo’lgan kishini kuch bilan to’q va boy qilish mumkin emas” satrlaridan ularni faqat so’z qudrati orqali insofga keltirish mumkin degan hikmatni o’qiymiz. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u Bilig” asarida bek forig’ bo’lishi kerak bo’lgan illatlardan biri ochofatlik ekanini ta’kidlagan. Lashkarboshini bo’riga o’xshatib, dushmanlarga ayovsiz daxshat solishini nazarda tutgan. Biroq saroy amaldorlarining bo’riga o’xshatish orqali ularning ochofatligi va johilligini ta’kidlagan.

Elig (hukmdor) asolat ramzi sifatida tasvirlangan:

Jahonda bilag'on, dono bek boshliq bo'lgan edi,

83

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

U(ning) beglig(i) davrida olam yasharib ketdi.

Qilmishlari to'g'ri vafe'l-u raftori rost,

Tili chin, yetuk hamda ko'zi va ko'ngli boy (edi).

Oyto'ldi vazirga javobida nima uchun oti Kuntug'di ekanligini shunday izohlaydi:

... , agar kun chiqsayerga issiqlik beradi,

Undan tuman ming turli gul ochiladi.

Mening adolatim qaysi bir elga yetsa,

U el barchasi yashnaydi, garchi tosh qoya bo'lsa ham.

Tuqqan kun (chiqqan kun) yaxshi yoki yomon demaydi,

Barchaga birdek nur sochadi, o'zi kamaymaydi.

Kun - quyosh uchun katta-kichik, boy-kambag'alning farqi yo'q. Uning nazarimda haqiqiy inson barcha xalqqa faqat yaxahilik qiladi, uning evaziga yana kishilardan mukofot kutmaydi.

Qiysasi Rabg’uziy” asarida Dovud payg’ambar haqidagi hikoyatlardan biri halollik, o’z mehnati bilan kun ko’rish o’ziga xos ifoda yo’sini, sodda va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Aytishlaricha “Dovud yalavoch har kuni tun chog’ida qiyofasini o’zgartirib kishi tanimas bo’lib, xalqidan xabar olar, podshoh hamda uning xalq bilan muomalasi haqida so’rar edi. Odamlar podshohining juda odil ekanligini aytishardi. Bir kecha Mavlo taolo bir farishtani kampir qiyofasida jo’natdi. Dovud undan doimgidek podshoh haqida so’radi. Kampir esa: “Kishilar molini yeydi, - deb javob berdi. Dovud o’sha kechasiyoq tangriga iltijo qilib bir hunar o’rgatishini va uning orqasidan rizq-nasiba berishini so’radi. Mavlo taalo unga temirchilik kasbini berdi. Aytishlaricha, Dovud qo’lidagi temir o’zgalar qo’lidagi xamir kabi yumshar ekan”.

Halollikning birinchi sharti - birovning qo’liga qaramaslik. Alisher Navoiy tangri ne’matlarining behisobligidan g’ofil gumrohni dengiz qirg’og’ida turib quduq qazigan ahmoqqa qiyoslar ekan, unga suv faqat ro’za ochish uchungina yetarli miqdorda kerakligini ta’kidlab, ifoda qudratini oshiradi.

Tengri xonin ochuq aqida qilib

Xalqdin ro’ziy istagan gumroh.

Uyladirkim tengiz qirg’og’inda

Ro’za ochmoqqa kimsa qo’zg’ay chog’.

Shu o’rinda Abu Mansur As-Saolibiyning hikmatini eslash joiz: “Dengiz suvi toshib turgani a’yon bo’lsa ham, it undan tili bilan ichadi”.

Asarni o’qib undagi hikmatni anglamagan inson taom yeb uning mazasini bilmagan bilan barobardir. Ibn Sino X asrdayoq Sharq ko'proq nasihat yo'li bilan, G'arb esa hayotni real ko'rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini qayd etgan edi. Shuning uchun ajdodlarimiz “nonni chaynab bolaning og’ziga solish”

г<м

84

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

darajasidagi oson va maqbul yo’lni o’ylab topib, didaktik adabiyotga asos soldilar. Bir-biridan sermazmun hikmatlar yaratdilar. Natijada ushbu durdonalar abadiy chashmaga aylandi. O’sha buloq ko’zi ochilgandan buyon qancha tashnalar chanqog’ig’ini qondirib o’z oqimi bo’ylab to’g’ri yo’lga solib, halollik urug’idan nihollar undirib qayta-qayta hosil berib, necha-nechalarning og’zini chuchuk qilib kelmoqda. Bugun o’quvchilarimiz shu chashma bo’yida o’tirib, uning musaffo havosi, zilol suvi va sarhil mevalaridan bahramand bo’lmoqdalar. Buning uchun adabiyot darsliklarining yangi nashri mualliflariga chuqur minnatdorchilik bildiraman. To’g’ri, darsliklardagi asarlar va parchalar bu chashmaning besh-olti tomchisidir, biroq tana-tanasiga singsin deb dorini ham tomchilatib yuboriladi, ekinni ham tomchilatib sug'oriladi.

Ajdodlarimiz hikmatlar orqali ong-u shuuri yuvilgan, sayqalangan farzandlarimiz, kelajakda ko’ngli va ko’zi to’q, halol, sahovatli insonlar bo’lib yetishishlarini komil ishonch bilan ayta olaman. Bu ishonch til va adabiyot o’qituvchilariga katta mas'uliyat yuklaydi. Birgina tumanimizda o’quvchilar qalbini so’z qudrati bilan zabt etgan qancha muallimlarni bilaman. Mamlakatimizda esa ular millionlab.

Shunday qilaylikki, Sa'diy Sheroziyning quyidagi misralari kelajagimiz vorislari - farzandlarimizning shioriga aylanib qolsin:

Yiqilganga zo'rlik muruvvat emas,

A'lo qush chumoli doniniyemas.

Foydalanilgan asabiyotlar

1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. Yigirma jildlik. 4-jild.505-bet .6-jild.529-bet. T.: Fan, Toshkent. 1989.

2. Alisher Navoiy. "Xamsa". "O'ZBEKISTON" NMIU bosmaxonasi.Toshkent.

2016

3. B.To'xliyev, B.Karimov, K.Usmonova. Ababiyot 11-sinf "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Toshkent-2018.

4. B.To'xliyev, B.Karimov, K.Usmonova. Adabiyot 10-sinf "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Toshkent - 2017.

5. B.Jovliyev Muloqotlarimiz samarasi o'quvchilar ongida// Til va adabiyot. 2017-yil 1-son. bet 3-4

85

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.