Научная статья на тему 'UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI BARPO ETISHDA MILLIY MUSIQА SАN’АTINI RIVOJLАNTIRISHNING AHAMIYATI'

UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI BARPO ETISHDA MILLIY MUSIQА SАN’АTINI RIVOJLАNTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Uchinchi Renessans / milliy musiqa / madaniyat / san’at / qo‘shiqchilik / ta’lim / integratsiya. / Третье Возрождение / национальная музыка / культура / искусство / пение / образование / интеграция.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zafar Mardonov

Uchinchi renessans poydevorini barpo etishda milliy musiqа sаn’аtini rivojlаntirishning ahamiyati nihoyatda muhimdir. Bugungi kunda yurtimizda ushbu ishlarni amalga oshirish uchun ko‘plab ishlar qilinmoqda. Maqolada milliy musiqa san’atining o‘ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi o‘rni xususida tahliliy fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОГО МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА В СТАНОВЛЕНИИ ОСНОВ ТРЕТЬЕГО ВОЗРОЖДЕНИЯ

Чрезвычайно важно в строительстве основ третьего Возрождения значение развития национального музыкального искусства. Сегодня в нашей стране многое делается для реализации этих работ. В статье представлен аналитический взгляд на особенности национального музыкального искусства и его место сегодня.

Текст научной работы на тему «UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI BARPO ETISHDA MILLIY MUSIQА SАN’АTINI RIVOJLАNTIRISHNING AHAMIYATI»

UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI BARPO ETISHDA MILLIY MUSIQА SАN'АTINI RIVOJLАNTIRISHNING AHAMIYATI

Zafar Mardonov

O'zDSMI "Milliy qo'shiqchilik" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14510737

Аnnotаtsiyа: Uchinchi renessans poydevorini barpo etishda milliy musiqa san'atini rivojlantirishning ahamiyati nihoyatda muhimdir. Bugungi kunda yurtimizda ushbu ishlarni amalga oshirish uchun ko'plab ishlar qilinmoqda. Maqolada milliy musiqa san'atining o'ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi o'rni xususida tahliliy fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Uchinchi Renessans, milliy musiqa, madaniyat, san'at, qo'shiqchilik, ta'lim, integratsiya.

ЗНАЧЕНИЕ РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОГО МУЗЫКАЛЬНОГО

ИСКУССТВА В СТАНОВЛЕНИИ ОСНОВ ТРЕТЬЕГО ВОЗРОЖДЕНИЯ

Аннотация: Чрезвычайно важно в строительстве основ третьего Возрождения значение развития национального музыкального искусства. Сегодня в нашей стране многое делается для реализации этих работ. В статье представлен аналитический взгляд на особенности национального музыкального искусства и его место сегодня.

Ключевые слова: Третье Возрождение, национальная музыка, культура, искусство, пение, образование, интеграция.

THE IMPORTANCE OF DEVELOPING NATIONAL MUSICAL ART IN LAYING THE FOUNDATION FOR THE THIRD RENAISSANCE

Abstract: The development of national musical art is extremely important in building the foundations of the third Renaissance. Today in our country a lot is being done to implement these works. The article presents an analytical look at the features of national musical art and its place today.

Keywords: Third Renaissance, national music, culture, art, singing, education, integration.

KIRISH

Biron bir jamiyat oz taraqqiyotini taminlashda madaniyat va san'atni, ozining milliy-manaviy qadriyatlarini rivojlantirmay turib oz istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ozining qadimiy va an'anaviy madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan xalqimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy merosimiz durdonalarini asrab-avaylash, ozbek xalqi madaniyati va san'atining tarkibiy qismi bo'lgan qadimiy ananalarimiz, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan manaviy boylik-xalq qo'shiqlari, cholg'ulari, tomoshalar, dostonlar, maqomlar, raqslar va milliy marosimlarni bugungi kun talabidan organish, unga katta hurmat bilan munosabatda bolish, kelgusi avlodlarga bekami ko'st yetkazish mustaqillik yillarida davlat siyosati darajasiga kotarildi.

ASOSIY QISM

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonamizda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Yangi O'zbekiston" tushunchasi ham xalqimiz tilida o'ziga xos tarzda yangradi va yangicha dunyoqarash, fikrlash sari qadam tashlashga undamoqda. Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, "Bugugi O'zbekiston kechagi O'zbekiston emas, bugungi xalimiz ham kechagi xalq

emas". Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamalakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning azaliy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan obyektiv zaruriyatdir. Yangi O'zbekiston - demokratiya inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va prinsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'sona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir.1

Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgustda adabiyot, madaniyat va san'at arboblari bilan uchrashib, "Adabiyot va san'at madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz manaviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" nomli maruzasida, "Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va sanatimiz ham albatta bo'ladi" degan fikrni qafiyat bilan takidlagan edi.

Markaziy Osiyoda azaldan madaniyat va san'at yuksak darajada rivoj topganligi tarixdan ma'lum. Yurtimizning turli vohalarida arxeologik qazilmalar natijasida topilgan madaniy yodgorliklari buni yaqqol ifodasidir. Ayniqsa ularda turli cholg'ularni birgalikda ijro etilayotgani aks ettirilgan o'ymakorlik suratlari uzoq o'tmishda ham ansambl bo'lib ijro etish an'analari shakllanganidan dalolat beradi. Ansambl ijrochiligining ilk namunalari Termez shahrining Ayritom (IIa.) yodgorliklarida namoyon bo'ladi. Ibodatxonaning boshlanish qadamgoh peshtog'iga bo'rttirib ishlangan tasvirda gullarga burkangan bir nechta sozanda ayollarning qo'lida arfa, ud, nog'ora, qo'shnay (avlos) kabi musiqiy cholg'ulardan iborat cholg'uchilar ansambli tasvirlangan. Musiqashunos olima T.Vizgoning ta'kidlashicha, "Ayritom frizi O'rta Osiyoda o'sha davrda ansambl ijrochiligi mavjud bo'lganligini tasdiqlovchi ilk ashyoviy dalil"dir.2

XIX asrning oxirida ansambl tarkibi odatda ikkita tanbur, dutor, qo'biz (yoki sato), doyra va ikki uch nafar jo'rovoz hofizlar bo'lgan. Shashmaqom ichida mavjud kichik-katta turkumlarni yakkaxon ijrochilik shaklida tanbur yetakchilik qilishi va doyra cholg'usida ma'lum usullar bir tartibda o'zgarmasdan chertilishi saroy musiqasida yuzaga kelgan an'analardan hisoblangan.

Alloma, professor Abdurauf Fitrat o'sha davrda iste'molda bo'lgan ansambl tarkiblarini quyidagicha ta'riflaydi "saroyda urf bo'lgan maqom ansamblida ikkita tanbur, bitta dutor, bitta qo'biz yoki sato, bitta doyra va ikkita-uchta hamnafas hofiz ishtirok etgan".3 Fitrat ta'riflagan ijro ansambli Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo'qon, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda, xususan saroy sharoitida faoliyat ko'rsatgan. Ular maqomlarning yaxlit turkum holda yoki alohida cholg'u va ashula qismlari ko'rinishida ijro qilishgan. Xususan, Talqin, Nasr, Savt kabi sho'balarni aytishga ixtisoslashgan hofizlar talqinxon, nasrchi, savtxon deb yuritilgan. Ularga tanbur, doyra yoki ixcham cholg'u ijro ansambllar jo'rnavozlik qilgan.

XX asrning boshlariga kelib o'zbek xalqining turmush tarzi o'zgarishi shuningdek, milliy musiqa san'atining taraqqiy etishi negizida turli ko'rinishdagi musiqiy jamoalar shakllanadi. 1926-yili Muhiddin Qori Yoqubov rahbarligida ilk konsert jamoasi tashkil etildi. Unga Farg'onaning mashhur sozanda va xonandalari Yusufjon qiziq Shakarjonov (nog'ora), Abduqodir Ismoilov

1 Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. - Toshkent: 2021. O'qituvchi.

2 Вызго Т. Музыкалные инструменты Средней Азии. М-1980, .- C.42

3 Fitrat A. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. - T.: 1993.- B.12.

(nay), Ahmadjon Umrzoqov (qo'shnay), To'xtasin Jalilov (g'ijjak), Usta Olim Komilov (chang), Muhiddin Hoji va Hayit Oxun (tanbur), Orifjjon va Jo'raxon (xonandalar) taklif etilgan. 1927-yilda bu jamoa "O'zbekiston davlat konsert - etnografik truppa"si nomini oladi. Ushbu jamoa 1926-1929-yillar davomida musiqa san'atining barcha janrlarida tinimsiz ijod qiladi. 1936-yilda respublikada O'zbekiston davlat filarmoniyasi tashkil etilib, uning tasarrufida T.Jalilov tomonidan tuzilgan 98 kishilik "Etnografik ansambli", 1939-yili Yunus Rajabiy va Lutfixonim Sarimsoqova tashabbuslari bilan "dutorchi qiz-juvonlar ansambli" o'z faoliyatini boshlagan. XX-asrning ikkinchi choragiga kelib turli tarkibdagi ansambl jamoalarining shakllanishi kuzatiladi. Shuningdek, o'tgan asrning 70-80- yillarida bir xil cholg'ulardan tashkil topgan ijro jamoalari rubobchilar va dutorchilar ansambllari, 80- yillar oxirida g'ijjakchilar, changchilar va doirachilar ansambllari keng ommalashadi. Ansambl ijro jamoalarini tarkib topishi o'zbek musiqa amaliyotiga yangi bir bosqich sifatida kirib keldi. Albatta, bunday ansambllarini tashkil qilinishida ustoz san'atkorlarimiz Ro'zimat Isaboyev (tanbur), Muhammadjon Mirzayev (rubob), G'anijon Toshmatov (g'ijjak), G'ofur Azimov, To'ychi Inog'omov, keyinchalik Dilmurod va Elmurod Islomovlar (doyra), Ahmad Odilov, Fozil Xarratovlarning (chang) hissalari katta.

Bugun respublikamizda betakror milliy madaniyatimizni rivojlantirishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan qator omillarni sanashimiz mumkin. Ular orasida ko'plab insonlarni birlashtirishga xizmat qilayotgan, milliy madaniyatimiz rivojiga salmoqli hissa qo'shayotgan badiiy havaskorlik jamoalarini ham ta'kidlab o'tish joizki, ularning bugungi kundagi faoliyatidan asosiy maqsad shonli tariximizdan meros an'analarimiz, madaniyat va san'atimizni saqlab qolish, el orasida targ'ib qilish va kerak bo'lsa, kelajak avlodga yetkazish desak ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Badiiy havaskorlik - yakka jamoa bo'lib ishlanadigan, ishdan ajralgan holda mashg'ulotlar, to'garaklar ijod qilinadigan xalq ijodiyotining shakllari4. Badiiy havaskorlik jamoalariga ashula va raqs ansambllarini, shuningdek, folklor-etnografiya ansambllari, raqs ansambllari, vokal, cholg'u-estrada ansambllari, sirk jamoalari, dorbozlar guruhi, xalq filarmoniyalari, karnay va surnay jamoalari, xalq hunarmandchiligi, naqqoshlik studiyasi, tasviriy san'at studiyasi, cholg'u asboblari jamoalari, milliy estrada guruhlari, qiziqchilik guruhlari kabilarni misol qilish mumkin. Bu kabi jamoalar uchun Madaniyat vazirligi tomonidan ta'sis etilgan "Xalq havaskorlik jamoasi" va bolalar jamoalari uchun "Bolalar namunali jamoasi" unvonlari aholi orasida havaskorlik san'atiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda va ular orasidan yetishib chiqayotgan yosh san'atkorlar esa professional san'atkor bo'lib yetishmoqda.

Ashula, musiqa, raqs - о'zbek milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog'liq holda paydo Ьо'^п va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan biridir. O'zbek xalqining musiqaga ixlosmandligi, kuy, ashula va raqs shaydosi ekanligi hammaga ma'lum. O'zlikni anglash, xalqning ma'naviy sarchashmalariga uning ildizlariga qaytishdan iborat, uzviy, tabiiy jarayondir.

Xalq ansambli iborasi badiiy shakl va an'analarga ega Ьо'^п, xalq musiqasi va san'ati beqiyos rivojlangan tur va janrlar maydonga kelganligi natijasida о^т^ dastlabki ^rinishidan katta fark qiluvchi mukammal san'at darajasiga ^tarUgan sozandalik, xonandalik, raqs san'atini о'ziga kasb qilib olgan mutaxasislar, xalq sozandalari, xalq hofizlari, xalq

4 D.Yusupaliyeva, G.Xudoyberganova. "Madaniy-ma'rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti". O'quv qo'llanma, - T.: Navro'z nashriyoti 2019 y.

raqqosalaridan tashkil topgan va xalq ansambli unvoniga ega bo'lgan, umumxalq e'tirofiga sazovor bo'lgan ansambllarga qo'llaniladi.

Mustaqilligimiz o'zbek musiqa madaniyatini keng xalq ommasining ma'naviy mulkiga aylantirib, uni jahon musiqasi taraqqiyoti tarkibiga kiritishiga alohida yo'l vazifasini bajardi. Shuning uchun ham mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq yuzlab havaskorlik ansambllari to'garaklari tashkil topib, ijtimoiy hayotda juda muhim rol o'ynadi. Bu davrda milliy musiqa an'analari yo'llari o'zlashtirilib, ularni xalq ommasi orasida targ'ib etuvchi o'ziga xos havaskorlik ashula va raqs ansambllari maydonga keldi. Ularning soni yildan- yilga o'sib bordi. Ular orasida bir qanchalari "Xalq ansambli" va "Namunali bolalar ansambli" degan yuksak unvonlarga sazovor bo'lishdi. 2018-yil yakunlari hisobotiga ko'ra esa Madaniyat Vazirligi tizimidagi muassasalarning o'zida 138 ta "Xalq ansambli" va 9 ta "Namunali bolalar ansambli" unvoniga sazovor bo'lgan ashula va raqs ansambllari mavjud.5

"Xalq ansambli" unvoniga sazovor bo'lgan jamoalarning aksariyati xalq san'ati an'analarini rivojlantirish hamda professional musiqa tajribalarini o'zlashtirishda muhim yutuqlarni qo'lga kiritdi, ijodiy tajriba orttirdi va jamoatchilik e'tiborini qozondi. Farg'ona viloyati Quva tumanining "Anor", Buxoro tuman madaniyat uyi qoshida tashkil etilgan "Lola", Surxondaryo viloyati Boysun tumanining "Shalola", Samarqand viloyati Urgut tumanining "Beshqarsak", Namangan viloyati "Namangan gullari", Namangan tumani "Olvolizor gullari", To'raqo'rgon tumanining "Dilshod" va Andijon viloyatining "Chashma" ansambllarining so'nggi yillardagi erishgan yutuqlari fikrimizning dalili bo'la oldi. O'zbekiston televideniyesi tomonidan tashkil etilgan "Marhabo talantlar", "Chashma", "Zehn", "Qo'shiq aytgan yetar murodga" festivallari, tanlovlari bu borada katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ayniqsa, "Lola", "Yoshlik", "Shodiyona", "Qaldirg'och", "Cho'lquvar" ansambllari va "Yulduz" bolalar xoreografik ansamblining unvonga sazovor bo'lishlari badiiy havaskorlik san'atida katta voqea bo'ldi va havaskorlik jamoalarini ruhlantirib, orzulariga qanot yozdirdi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xalqona va yuksak mumtoz kasbiy musiqa namunalarini asrab-avaylash, yangi zamon ruhi bilan ravnaq toptirish hamda nafaqat respublika bo'ylab, balki butun jahon sahnalari musiqiy merosimiz hamda yangidanyangi musiqa namunalarni namoyon etish imkoniyatlari bugungi keng ko'lamda yuzaga kelganligini faxr bilan aytishimiz mumkin. Bularga misol tariqasida mamalakatimizda ko'plab tashkil etilgan xalqaro hamda respublika ko'rik tanlovlari hamda festivallarni keltirishimiz mumkin. O'zbek musiqasi rivojida san'at sohalari va turli musiqiy janrlar orqali qo'shilgan hissalar beqiyos. Jumladan: cholg'u ijrochiligi, estrada honandaligi, musiqashunoslik, kompozitor hamda bastakorlik, musiqali drama, ballet san'ati, vokal san'ati, kino musiqasi, simfonik musiqa musqali teatr kabi qator janrlar orqali yuksalgan.

XULOSA

O'zbekistonda mustaqillik yillarida kompozitorlik ijodiyoti hamda ijrochilik san'ati keskin rivoj topdi. Yirik sahnaviy asarlar - opera, balet va musiqali drama hamda komediya janrlari, vokal - simfonik musiqa (romans, syuita, kantata va oratoriya) kamer cholg'u musiqalari janrlarida skripka, violonchel, truba, fleyta, maxsus ovoz uchun konsertlar shular jumlasidandir.6. O'zbek musiqa san'atining yana bir e'tiborga molik taraflaridan biri bu - ommaviy va zamonaviy janr sanalgan estrada san'atidir. Zamonaviy ommaviy janrlarga bo'lgan ushbu san'at janri qisqa vaqtlar

5 J.T.Shukurov. "Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti (Ashula va raqs)". Darslik. Toshkent -2020. 11-b.

6 Musiqa tarixi Ibrohimov.O.A Xudoyev.G'.M Toshkent 2018.

ichida juda tez sur'atda rivojlandi. Bu janrga professional darajadagi yondashuv ushbu soha yutug'ining asosiy garovi bo'lib hizmat qildi. Shu bois bugungi kunda ushbu janr namunalari, o'zbek kompozitorlari ijodida, estrada musiqasining purma'no namunalarini shakllanib amaliyotga muhim o'ringa egallashiga turki bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik о'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. - Toshkent: 2021. O'qituvchi.

2. Вызго Т. Музыкалные инструменты Средней Азии. М-1980.- C.42

3. Fitrat A. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. - T.: 1993.- B.12.

4. J.T.Shukurov. "Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti (Ashula va raqs)". Darslik. Toshkent -2020. 11.

5. Musiqa tarixi Ibrohimov.O.A Xudoyev.G'.M Toshkent 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.