Научная статья на тему 'TURKIYANING XALQARO TASHKILOTLARDAGI O‘RNI VA ROLI: NATO MISOLIDA'

TURKIYANING XALQARO TASHKILOTLARDAGI O‘RNI VA ROLI: NATO MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
975
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hamkorlik / Turkiya / NATO / o‘zaro aloqalar / tashqi siyosat / integratsiya / harbiy hamkorlik / xavfsizlik tizimi / transchegaraviy nizolar. / cooperation / Turkey / NATO / bilateral relations / foreign policy / integration / military cooperation / security system / border conflicts.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mamadjonov, Adhamjon Baxtiyorjon O‘g‘li

Ushbu maqola mavzusi Turkiya-NATO munosabatlarining tarixi hamda zamonaviy bosqichi tahliliga bag‘ishlanib, tadqiqot o‘zaro aloqalarning nazariy asoslari, zamonaviy jihatlari, xalqaro doiradagi uchrashuvlar va undan ko‘zlangan hamkorlikni rivojlantirish borasidagi strategik rejalari, samarali jihatlari va undan kutilayotgan istiqbollari muhokama etilgan va bu borada nazariy takliflar hamda amaliy misollar ham kelitirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TURKEY'S ROLE AND ROLE IN INTERNATIONAL ORGANIZATIONS: NATO CASE

This article analyzes the history and current stage of Turkey-NATO relations, discusses the theoretical foundations, current aspects of strategic relations, international meetings and strategic plans for the development of cooperation, its effectiveness and prospects. Theoretical suggestions and practical examples are given in this regard.

Текст научной работы на тему «TURKIYANING XALQARO TASHKILOTLARDAGI O‘RNI VA ROLI: NATO MISOLIDA»

Scientific Journal Impact Factor

TURKIYANING XALQARO TASHKILOTLARDAGI O'RNI VA ROLI:

NATO MISOLIDA

Ushbu maqola mavzusi Turkiya-NATO munosabatlarining tarixi hamda zamonaviy bosqichi tahliliga bag'ishlanib, tadqiqot o'zaro aloqalarning nazariy asoslari, zamonaviy jihatlari, xalqaro doiradagi uchrashuvlar va undan ko 'zlangan hamkorlikni rivojlantirish borasidagi strategik rejalari, samarali jihatlari va undan kutilayotgan istiqbollari muhokama etilgan va bu borada nazariy takliflar hamda amaliy misollar ham kelitirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Hamkorlik, Turkiya, NATO, o'zaro aloqalar, tashqi siyosat, integratsiya, harbiy hamkorlik, xavfsizlik tizimi, transchegaraviy nizolar.

Данная статья посвящена анализу истории и современного этапа отношений Турция-НАТО, обсуждает теоретические основы, текущие аспекты стратегических отношений, международные встречи и стратегические планы развития сотрудничества, его эффективность и перспективы. Теоретические предложения и в этом отношении приведены практические примеры.

Ключевые слова: сотрудничество, Турция, НАТО, двусторонние отношения, внешняя политика, интеграция, военное сотрудничество, система безопасности, приграничные конфликты.

This article analyzes the history and current stage of Turkey-NATO relations, discusses the theoretical foundations, current aspects of strategic relations, international meetings and strategic plans for the development of cooperation, its effectiveness and prospects. Theoretical suggestions and practical examples are given in this regard.

Keywords: cooperation, Turkey, NATO, bilateral relations, foreign policy, integration, military cooperation, security system, border conflicts.

Mamadjonov Adhamjon Baxtiyorjon O'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiti baxtiyorovich91 @bk.ru

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Xalqaro munosabatlar tizimi murakkablashgani sari, davlatlar va xalqaro tashkilotlarning yanada yaqinroq integratsiyalashuviga ehtiyoj ortib bormoqda. Dunyodagi turli hududiy, etnik, diniy va boshqa shu kabi nizolar sabab urush o'choqlari ko'paydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta'biri bilan aytganda "...ming afsuski, dunyoning turli mintaqalarida keskinlik o'choqlari qo'payib bormoqda. Bu ham ayni haqiqat. Shunday murakkab davrda tinchlik uchun kurash chindan ham eng dolzarb vazifaga aylanmoqda".1 Shu nuqtai nazardan kelib chiqgan xolda aytishimiz mumkinki, dunyo davlatlari o'z tinchligi yoki mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida xalqaro harbiy tashkilotlarga a'zo bo'lib va ularning faoliyatida bevosita ishtirok etmoqda.

Tadqiqot ishimizning asosiy masalasi sanalgan Turkiya ham o'z tashqi siyosatida xalqaro harbiy tashkilotlar bilan hamkor. Turkiya uchun eng ahamiyatli harbiy ittifoq NATO hisoblanib, 2022 yil o'zaro aloqalarning 70 yilligi nishonlanadi. Turkiya va NATO hamkorlik tarixiga nazar soladigan bo'lsak, munosabatlar har doim ham iliq va bir hilda davom etmagan. Munosabatlar tarixiga nazar solsak, u aytarlik maqtovga loyiq emas, negaki bunda bir tarafning manfaatlari doim ikkinchi tomondan ustun kelib turgan, tabiiyki bu taraflarning o'zaro aloqalarida beqarorlikni keltirib chiqargan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Turkiya va NATO hamkorligi, Turkiyaning 1952 yili a'zo bo'lib qo'shilishi bilan boshlanadi. Turkiya ittifoqdosh davlatlar bilan umumiy qadriyat va mas'uliyatni bajarish vazifalarini amalga oshiririshga tezda kirishib ketdi. Turkiya NATOni Yevropa va Shimoliy Atlantika geosiyosatida xavfsizlik va barqarorlikni saqlash hamda siyosiy va harbiy maslahatlashuvlar uchun asosiy aktor deb bildi. Ba'zi mamlakatlar, ayniqsa Buyuk Britaniya NATOga a'zo bo'lgan Turkiya va Gresiyaning qo'shilishiga qarshi chiqadi. Ammo sovuq urush davrida bu ziddiyatlar, birinchidan, AQShning aralashuvi bilan, ikkinchidan, sotsialistik lagerga umumiy muxolifat zarurligini anglash bilan muvofiqlashdi, bundan tashqari ittifoqdosh davlatlar Yaqin Sharqda muvozanatni saqlovchi kuch sifatida Turkiyani qo'lladilar, bu esa Alyans ustaviga ko'ra davlatning ittifoqqa qabul qilinishini taqazo etadi. 1979 yilda Eronda shoh hokimiyati qulaganidan so'ng, keskinlikni yumshatish uchun olib borilgan harakatlarda Turkiyaning ittifoq uchun ahamiyatli ekani isbotlandi va sharqda Turkiyaning strategik roli va obro'si bir pog'ona o'sdi.

1 Mnp3HëeB ffl.M. Xa^KHMH3HHHr po3H^HrH 6u3HHHr ^ao^HHTHMrora ôepn^raH энг o^HH ôa^ognp. TomKeHT. "Y36eKHCTOH", 2018. - E. 48

Ko'rinib turibdiki, Turkiyaning NATOdagi asosiy so'zlovchi davlatlar bilan muvozanati avval boshidan barqaror bo'lmagan. Bunday ziddiyatlar keyingi yillarda ham davom etadi. Ammo beqarorlikka qaramasdan, Turkiya NATOning Osiyo (Yaqin Sharq) mintaqasida "mudofaa transformatsiyasi" harakatlarini qo'llab-quvvatlayotgan asosiy davlatdir. Shu asnoda 1998 yil Istanbulda favqulotda tayyorgarlik darajasidagi qo'mondonlik tashkil etildi, qayta qurish qismi sifatida Izmirdagi havo qo'mondonligi, quruqlik qo'mondonligi bilan almashtirilishi ko'zda tutilgan buyruq berildi. Turkiya qurolli kuchlari doirasida 1998 yil 29 iyunda tashkil etilgan tinchlik o'quv markazi (BIOEM) hamkorligi, ittifoqdosh va hamkor mamlakat xodimlariga strategik va taktik darajada keng qamrovli ta'lim berishni yo'lga qo'yadi2. 2000 yillar boshiga kelib, Iroq urushi tufayli ittifoq ichida bir muncha munozaralar kelib chiqdi. Bu davrda NATO ichida inqiroz yuzaga kela boshladi, bir qator Yevropa davlatlari urushda qatnashishdan bosh torganligi sababli Vashington "ajoyib" ittifoqchi sifatida faqat Turkiyani ko'radi. Bu munosabatga nisbatan Yevropa katta uchligi Turkiyaning sharqda asosiy rol o'ynashiga qarshi bo'ldilar. Bu o'zaro munosabatlarning sovuqlashuviga olib keldi va bunday vaziyat 2007 yilga qadar saqlanib turdi3.

2001 yilning 11 sentyabri AQShdagi jahon savdo markaziga terroristik hujumdan so'ng Afg'onistondagi "Al-qoida" terrorchilik tashkilotiga qarshi NATO boshchiligidagi "xalqaro xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash kuchlari" (ISAF) sifatida askarlar joylashtiriladi. Bu NATO tarixida Markaziy Osiyoda amalga oshirgan birinchi harbiy operatsiyasi bo'lib, unda Turkiyaning roli asosiy fonga chiqa boshladi. Turkiyaning janubi-sharqiy mintaqasi hisoblangan Injirlikga maxsus jihozlangan samolyotlar jo'natildi va harbiy qismlar joylashtirildi4.

2002 yilga kelib Turkiya Yaqin Sharq mintaqada asosiy aktor sifatida ishonchli va mustaqil rol o'ynay boshladi, buni quyidagilarda ko'rib chiqishimiz mumkin. Birinchidan, Turkiyaning ichki siyosatidagi o'zgarishlar, hususan hukumat tepasiga adolat taraqqiyot partiyasining kelishi va ular mamlakat milliy xavfsizligini asosiy o'ringa chiqarishi; ikkinchidan, islom fundamentalizmi va kurd separatizmining mintaqada muvozanatni izdan chiqarishi bunda nazortni Turkiya o'z qo'lga olayotganligi; uchinchidan g'arb bilan aloqalarning passivlashuvi va bu hali

2 Nejat Dogan. Nato'nun O'rgutsel Degi§imi, 1949- 1999: Kuzey-Atlantik ittifakindan Avrupa-Atlantik Guvenlik Orgutune. Erciyes Universitesi. 2000. - S. 77-78

3 Ali. S. USA Nukes in Turkey. Eurasia Review: A Journal of Analysis and News. September 1, 2016. URL: http://www.eurasiareview.eom/01092016-us-nukes-in-turkey-oped.

4 Ксения Логинова Не НАТО давить: союзники решили закрутить гайки в отношении Турции. 15.12.2020. URL:https://iz.ru/1099872/kseniia-loginova/ne-nato-davit-soiuzniki-reshili-zakrutit-gaikii

429

yaxshilanmasligi haqidagi farazlar mamlakatning mintaqada mustaqil harakatlanishi uchun turtki bo'lganligini namoyon qildi5.

2009 yilga kelib, Turkiyaning transatlantik aloqalarini shakl-lantirishida yangi bosqich boshlandi, sababi yaqin sharqdagi beqarorlikning avj olishi, Eron muvozanatining qo'ldan chiqib ketishi, Sharqiy Yevropadagi mojarolar (Ukraina) va Kavkaz hududidagi bo'linishlar Alyans uchun janubiy-sharq chegaralar muvozanatini yaxshilovchi kuchga ehtiyoj seza boshladi. O'z o'rnida bu mintaqaviy mojarolar orasida qolib ketgan Turkiya uchun ham mustahkam tayanch zarur ekanligini yuzaga chiqara boshladi, shu kabi qator omillar o'zaro munosabatlarni yaxshilay boshladi. Bu davrda oradagi muzlar erib, munosabatlar bir qancha vaqt iliqlashuvi yuz berdi.

Biroq so'ngi yillarda zamonaviy Turkiya harakatlariga nisbatan NATO a'zolari salbiy obrazda qarashmoqda va bu munosabatlarning jiddiylashuviga olib kelmoqda. Erdog'an raxbarlik qilayotgan Turkiyaga nisbatan taziyqlarning kuchayishi uning o'zi bilan ko'proq bog'liq deyish mumkin. 2019 yilga kelib AQSh-Turkiya o'rtasidagi taranglik ikki tomonlama munosabatlarda yirik qurol savdosini (masalan, f-16 samolyot yuksaltirish kabi) to'xtatish va Turkiyaga qarshi Kongress sanksiyalarini joriy etish kabi savollarni keltirib chiqardi. Rossiya bilan hamkorlikning yaxshilanishi mudofaa masalalarida ko'zga tashlana boshladi, hususan S-400 shartnomasi bo'yicha Anqaraga birinchi yetkazib berilishi ko'zda tutilgan bitim 2017 yilning yozida amalga oshirildi. Bunga nisbatan Qo'shma Shtatlar keskin qarshi chiqib, Turkiyaga Amerika "Patriot" tizimlarini sotib olishni taklif qildi. Anqaraning NATOdagi ittifoqchilari orasida, xususan, Moskvaning Amerika F-35 qiruvchi samolyotlari haqidagi maxfiy ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkinligi xavotirlari sabab bo'ldi. Turkiya esa bu taklifni rad etib, Moskva bilan shartnoma oxirigacha amalga oshishini ma'lum qildi. Bunga javoban Qo'shma Shtatlar Turkiyani F-35 qo'shma ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashladi. 2019 yil oktabr oyida Anqara tomoni S-400 ni muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi, bu esa yana Pentagon tanqidi ostiga olindi. Turkiya Rossiyaning yirik qurol platformalariga keyingi davrlarda o'tishi mumkin bo'lsa, bu mudofaa masalalari bo'yicha NATO bilan qolish masalasini savol ostiga qo'ydi6.

Shu sababdan, AQSh Turkiyani NATOdan chiqarish taklifmi o'rtaga tashlab, hattoki AQSh kongressi muhokamasigacha olib chiqildi, Kongresmen Tulsi Gabbard tomonidan bildirilgan ushbu taklif rad etildi chunki Turkiyani ittifoqdan chiqarmaslik

5 Mustafa Kibaroglu. Turkiye-NATO iliçkileri. Istanbul: Copyright. 2017. - S. 14-15.

6 Марина Коваленко. На Турцию напало НАТО. 18.09.2018. URL:https://www.kommersant.ru/doc/4613271

430

uchun bir necha huquqiy va ob'ektiv sabablar bor edi7. Bu borada ekspert Stanislav Tkachenko quyidagi fikrlarni aytib o'tadi. "Birinchidan, NATO nizomida chetlatish kabi tartib umuman yo'q. Ikkinchidan, sof siyosiy nuqtai nazaridan, Turkiya - Yaqin Sharqda voz kechib bo'lmaydigan aktor hisoblanadi"8, "Vzglyad" gazetasida "NATO Turkiyani rad etish qo'ng'iroqlari" maqolasini sharhlab o'z fikrlarini davom ettiradi. "Vashington NATOdan turklarni quvib chiqarish uchun tahdidlari dastlab qachon yangradi, Rossiya S-400 bilan albatta, Donald Tramp Anqaraning, Rossiya havo mudofaa tizimlarini emas, Amerika qurollarini sotib olishini istadi, ammo bunda yutqazdi. Turkiya NATOning juda muhim a'zosi, ittifoqdagi ikkinchi yirik armiyaga ega davlat. Bundan tashqari, Turkiya Yevropa Ittifoqiga ketayotgan muhojirlar oqimini ushlab turibdi. Turkiyani quvish haqidagi har qanday gaplarga birinchi bo'lib Germaniya qarshi chiqadi va keyin Bolgariya, Vengriya, Sloveniya ham albatta, Turkiya o'z hududida yoki uning chegaralarida uch million qochqinni ushlab turadi, Livan va Suriya mamlakatlarida ichki xavfsizlik aslida kim tomonidan ta'minlanadi, albatta Turkiya. Ya'ni Turkiya boshqa hech kim uddalay olmaydigan vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, AQSh parlamenti bunday masalalarni umuman hal qilmaydi, Kongress faqat qonunchilikka ta'sir qiladi. Shuning uchun Kongress a'zosi Tulsi Gabbard qilishi mumkin bo'lgan narsa maksimal qonun taklif qilish, unga ko'ra davlat departamenti bunday savol kutilmaganda paydo bo'lsa, Turkiyani NATOdan chetlatish uchun ovoz berishga majbur bo'ladi. Lekin har qanday holatda ham Shimoliy Atlantika Alliyansi ustaviga ko'ra uning a'zolari faqat ixtiyoriy chiqishi mumkin. Turkiyaning ittifoqdan chiqarish tashabbusi, bu faqatgina Amerikaning anti-turk lobbisi bo'lishi mumkin, ammo tashabbus istiqboli nolga teng", - deya xulosa qiladi Tkachenko9.

Bu haqda AQSh davlat kotibining harbiy va siyosiy masalalar bo'yicha yordamchisi Klark Kuper "NATOga a'zo barcha davlatlar Turkiyani G'arbda saqlab qolishi kerak, sababi Alyansning janubi-sharqiy chegaralarining mustahkamligi shunga bog'liq. Turkiya Prezidenti Erdog'an haqida ko'plab shikoyatlar bor, u Yevropaga asosiy tahdid deb sanaladi, ammo G'arbning Anqara bilan janjali faqat Rossiya uchungina foydali" ekaniga ishora qiladi Kuper10.

7 §erafettin Can Erdem. TürkiyeMnin NATO'ya Giri§i ve Basindaki Yankilan. - 14.02.2019. URL:https://www.researchgate.net/publication/33108961.

8 Эксперт назвал пустым звуком призыв исключить Турцию из НАТО. 05.11.2019 URL: https://news.rambler.ru/army/45048520-ekspert-nazval-pustym-zvukom-prizyv-isklyuchit-turtsiyu-iz-nato

9 Эксперт назвал пустым звуком призыв исключить Турцию из НАТО. 05.11.2019 URL: https://news.rambler.ru/army/45048520-ekspert-nazval-pus^m-zvukom-prizyv-isklyuchit-turtsiyu-iz-nato.

10 Ugur Eskier. NATO Nedir? Kurulu§u, Amaci, Operasyonlari. 19.01.2017. URL:https://www.makaleler.com/nato-nedir-kurulusu-amaci-operasyonlari.

Anqara AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati siyosatidan g'azablandi, 2019 yilning 17 noyabrida "The Wall Street Journal"da nashr etilgan maqolada, Vashington Rossiyaning S-400 Zenit raketa tizimlarini sotib olgani tufayli Turkiyaga qarshi sanksiyalar paketini tayyorlab qo'ygani aytilgan edi. Bu bo'yicha "Reuters" axborot agentligining aniqlik kiritishicha: "sanksiyalar orqali Amerikaning dushmanlariga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunga (CAASA) muvofiq bir necha shaxsarga sanksiyalar elon qiliingan, xususan, Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati va uning rahbari Ismoil Demirga qarshi cheklovlar joriy etilgan11. Bunga nisbatan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an "Haberturk" telekanali jurnalistlari bilan suhbatda "Ilgari janob Tramp yoki janob Obama NATOda Turkiya kabi mamlakat borligini faxr bilan aytgan bo'lsa, lekin hozir Qo'shma Shtatlar Turkiyaga qarshi CAASA qo'llamoqda" - deya shikoyat qildi. "Bu NATOning juda muhim hamkoriga nisbatan hurmatsizlik" deya qo'shimcha qildi Prezident12.

Ko'rinib turibdiki, ko'pchilik AQSh va Yevropa siyosatchilari Turkiyaning NATO ittifoqidan chiqishi bu g'arb uchun katta yo'qotish ekanligini hamda o'zaro munosabatlarda barqarorlik o'rnatish zarurligini ta'kidlamoqda. Yangidan tuzilgan AQSh hukumatining kelajakdagi xarakatlari nimalardan iborat bo'ladi va Baydenning AQSh prezidenti etib saylanishi Turkiyaga qanday ta'sir qiladi? Jo Bayden va Kamola Xarris rahbarligidagi demokratlarning g'alabasi bilan yakunlangan AQSh saylovlari Anqara va Vashington o'rtasidagi munosabatlarni qurish nuqtai nazaridan juda qiziq. Bayden senator bo'lganida ham Obama davrida vise-prezident sifatida ham Turkiya bilan yaqindan tanish. 2016 yil 15 iyuldagi davlat to'ntarishiga urinishdan beri ikki ittifoqdosh o'rtasidagi an'anaviy institusional aloqalar zaiflashdi va ishonch yo'qoldi. Turkiya parlamenti maxsus komissiyasining hisobotida ham bu voqealar ortida shubhali kuchlar yashiringani ko'rsatilgan. Ushbu sabab tarixida birinchi marta Turkiya hokimiyati G'arbga nisbatan qattiqqo'llik siyosatini ko'rsata boshladi. Hukmron turk koalisiyasining "Turkiyaning geosiyosiy ahamiyati" va "Bizning almashtirib bo'lmaydigan xizmatlarimiz" kabi fikrlari, Bayden ma'muriyatini Erdogan bilan hamkorlik qilishga majbur qiladi deb xulosa qilishimiz mumkin13. Sababi Turkiyaning Adana shahri yaqinidagi Injirlik havo bazasida 200 ga yaqin AQSh harbiy-havo kuchlari xodimlari bor. Baza Yaqin Sharq jumladan, Suriya va Iroqda "IShID" jangarilariga qarshi havo hujumlari uchun yirik maydon bo'lib

11 Ксения Логинова Не НАТО давить: союзники решили закрутить гайки в отношении Турции. 15.12.2020. URL:https://iz.ru/1099872/kseniia-loginova/ne-nato-davit-soiuzniki-reshili-zakrutit-gaikii.

12 Haberturk news. 2020.10.12. URL:https://www.google.com.search.sclientgws-wizd.UDCA4.

13 Ариф Асалыоглу. Как избрание Байдена президентом США повлияет на Турцию? Риа регнум 2020.10.11. URL: https ://mk-turkey.ru/blo g/arif-asalio glu/2020/11/18/povlivaet-na-turcivu. html //.

432

Scientific Journal Impact Factor

xizmat qiladi. Injirlik, Fors ko'rfazi urushi va NATO Afg'oniston missiyasida ham muhim rol o'ynadi. 250 Bundesver askarlari, nemis "Tornado" razvedka samolyotlari va Tanker samolyotlari ham shu yerda joylashgan. Ayrim taxminlarga ko'ra, Turkiyada NATO kuchlari tomonidan qisman foydalaniladigan 20 ga yaqin inshoot mavjud. Rasmiy xabarlar AQShning yadro raketalarining bir qismi Tukiyaning Injirlik bazasida saqlanishi xaqida tasdiqlagan. Bundan tashqari Turkiya armiyasi soni va qudrati jihatdan NATOda Amerikadan keyingi ikkinchi o'rinda turadi14.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ko'rib chiqilgan tahllardan quyidagilar xulosa qilindi.

Birinchidan, zamon o'tgani sari kuch markazlarining turli makonga ko'chishi bu tabiiy jarayon sanaladi, shu nuqtai nazardan kelib chiqib Turkiya ko'p asrlar xalqaro maydonda va xalqaro tashkilotlar faoliyatida asosiy so'zni aytuvchi davlat sanalgan. Bugungi kunga kelib zamonaviy Turkiya Respublikasi avvalgi maqomini tiklash uchun harakatlarini jadallashtirmoqda, aytishimiz mumkinki bugungi kunga kelib Turkiya dunyoning rivojlangan davlatiga aylanib ulgurdi. Qolaversa zamonaviy Turkiyaning xalqaro tashkilotlardagi o'rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda, xususan NATO, G20 va boshqa qator yirik xalqaro tashkilotlar miqyosida ishtiroki tufayli davlat iqtisodi va mudoofa tizimi mustahkamlanganligi ko'rishimiz mumkin.

Ikkinchidan, NATO uchun Turkiya juda zarur va sharqda o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan kuch sanaladi, undan voz kechish Alyansning sharqiy darvozalarini boy berish bilan barobar. Turkiya uchun xam ittifoq tarkibida bo'lish xozircha foydalidir. Chunki uning g'arb mamlakatlari hamda tashkilotlari bilan aloqalari muvozanati albatta alyans bilan uzviy bog'liq va davlat tashqi siyosatida aloqalarning yaxshilashuvi qator yo'nalishlarning istiqbollarini belgilab beradi. Shu bilan bir qatorda, Turkiya endi ittifoqda avvalgidek shunchaki ishtirokchi emas balki, asosiy yetakchi bo'lib davom etishi aniq bo'lib bormoqda. Bugunga kelib, Turkiya chinakamiga Yaqin Sharqdagi asosiy so'zni aytuvchi aktorga aylanib bo'ldi, xalqaro munosabatlar tizimida o'zining mustahkam pozisiyasiga ega, shundan kelib chiqib yetakchi davlatlar u bilan xisoblashishlariga to'g'ri kelmoqda.

Uchinichidan, NATO qo'mondonligi Turkiyaning Rossiya bilan yaqinlashishidan jiddiy xavotirda. Erdog'an mustaqil tashqi siyosat yuritishda davom etmoqda, Anqaraning Moskva bilan hamkorlik qilishi va Rossiya qurollarini sotib olishi foyda keltiradigan bo'lsa, uni hech kim to'xtata olmaydi. Turkiyaning kuch -

14 Çerafettin Can Erdem. Türkiye"nin NATO'ya Giriçi ve Basindaki Yankilan. . - 2019.02.19. URL:https://www.researchgate.net/publication/33108961

qudrat maqomini tiklashni da'vo qilayotgan Erdog'anning ambisiyalari shu tarzda AQSh va NATOning aksil-rus pozisiyasi bilan tabiiy ziddiyatga kirishadi.

To'rtinchidan, Turkiyaning Shimoliy Atlantika Ittifoqidan chiqib ketish istiqbollari haqida gapirishga erta. Turkiya 70 yil davomida NATOga a'zo bo'lgan, bu vaqt mobaynida Turk-Amerika va Turk-Evropa harbiy hamkorligiga asoslangan yirik va kuchli infratuzilma shakllangan. Turkiyaning tashqi siyosat qarorlarini qabul qilishda mustaqilligi Aqsh va YeIni Anqaraning pozisiyalarini, ayniqsa harbiy hamkorlik masalalarida ko'rib chiqishga majbur qiladi. Aytishimiz mumkinki Turkiyani o'ziga xos geosiyosiy pozisiyaga ega ittifoqchi sifatida yo'qotish hozir Qo'shma Shtatlar uchun umuman foydasiz. Shuning sababdan yaqin kelajakda Alyans tomoni Anqaraga yon beradi va Erdog'an o'z ustunliklaridan foydalangani xolda, iloji boricha ko'proq manfaatlarini ilgari surishda davom etadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Toshkent. "O'zbekiston", 2018.

2. Nejat Dogan. Nato'nun O'rgutsel Degiçimi, 1949- 1999: Kuzey-Atlantik îttifakmdan Avrupa-Atlantik Guvenlik Orgutune. Erciyes Universitesi. 2000.

3. Ali. S. USA Nukes in Turkey. Eurasia Review: A Journal of Analysis and News. September 1, 2016. URL: http : //www.eurasiareview.com/01092016-us-nukes-in-turkey-oped.

4. Mustafa Kibaroglu. Turkiye-NATO iliçkileri. Istanbul: Copyright. 2017. Марина Коваленко. На Турцию напало НАТО. 18.09.2018. URL : https ://www.kommersant.ru/doc/4613271

5. §erafettin Can Erdem. Turkiye''nin NATO'ya Giriçi ve Basindaki Yankilari. -14.02.2019. URL:https://www.researchgate.net/publication/33108961.

6. Эксперт назвал пустым звуком призыв исключить Турцию из НАТО. 05.11.2019 URL: https://news.rambler.ru/army/45048520-ekspert-nazval-pustym-zvukom-prizyv-isklyuchit-turtsiyu-iz-nato

7. Эксперт назвал пустым звуком призыв исключить Турцию из НАТО. 05.11.2019 URL: https://news.rambler.ru/army/45048520-ekspert-nazval-pustym-zvukom-prizyv-isklyuchit-turtsiyu-iz-nato.

8. Ugur Eskier. NATO Nedir? Kuruluçu, Amaci, Operasyonlari. 19.01.2017. URL : https://www. makaleler.com/nato-nedir-kurulusu-amaci-operasyonlari.

9. Ксения Логинова Не НАТО давить: союзники решили закрутить гайки в отношении Турции. 15.12.2020. URL:https://iz.ru/1099872/kseniia-loginova/ne-

nato-davit-soiuzniki-reshili-zakrutit-gaikii.

434

Scientific Journal Impact Factor

10. Haberturk news. 2020.10.12. URL:https://www.google.com.search.sclientgws-wizd.UDCA.

11. Ариф Асалыоглу. Как избрание Байдена президентом США повлияет на Турцию? Риа регнум 2020.10.11. URL: https: //mk-turkey. ru/blog/arif-asalioglu/2020/11/18/povliyaet-na-turciyu.html

12. Ravshanovich, R. F., & Yakubovich, A. H. (2021). TERROR VA TERRORIZM. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(4), 1038-1046.

13. §erafettin Can Erdem. Turkiye"nin NATO'ya Giri§i ve Basindaki Yankilari. . -2019.02.19. URL:https://www.researchgate.net/publication/33108961

14. Ксения Логинова Не НАТО давить: союзники решили закрутить гайки в отношении Турции. 15.12.2020. URL:https://iz.ru/1099872/kseniia-loginova/ne-nato-davit-soiuzniki-reshili-zakrutit-gaikii

15. Azimov, H. Y. (2019). The emergence of the Syrian crisis and the impact of the external forces on it. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (4),

16. Ravshanov, F. R., & Azimov, H. Y. (2021). Danger and Security: History and Present. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 280-285.

92-97.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.