Научная статья на тему 'FORS KO’RFAZI MINTAQASIDA XAVFSIZLIK MASALALARINING GEOSIYOSIY AHAMIYATI'

FORS KO’RFAZI MINTAQASIDA XAVFSIZLIK MASALALARINING GEOSIYOSIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1290
185
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arab davlatlari / Fors ko‘rfazi mintaqasi / xavfsizlik masalasi / Saudiya Arabistoni / AQSH / Eron. / Arab States / the Persian Gulf / security issues / Saudi Arabia / the United States / Iran.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sitora Mahmudova

Ushbu maqolada arab davlatlarining geosiyosiy maydondagi o‘rni va hamiyati Fors ko‘rfazi arab davlatlari misolida tahlil qilingan. Maqolada asosiy e’tibor mintaqaviy xavfsizlik masalasi, uniga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarga qaratilgan. Suadiya Arabistonining mintaqaviy va global ta’siri uning tashqi siyosiy qiziqishlari ham manbalar asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOPOLITICAL SIGNIFICANCE OF SECURITY ISSUES IN THE PERSIAN REGION

This article analyzes the role and importance of the Arab states in the geopolitical arena on the example of the Gulf Arab states. The article focuses on the issue of regional security, internal and external factors affecting it. Saudi Arabia's regional and global influence and its foreign policy interests have also been analyzed on the basis of sources.

Текст научной работы на тему «FORS KO’RFAZI MINTAQASIDA XAVFSIZLIK MASALALARINING GEOSIYOSIY AHAMIYATI»

FORS KO'RFAZI MINTAQASIDA XAVFSIZLIK MASALALARINING

GEOSIYOSIY AHAMIYATI

Sitora Mahmudova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistr talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada arab davlatlarining geosiyosiy maydondagi o'rni va hamiyati Fors ko'rfazi arab davlatlari misolida tahlil qilingan. Maqolada asosiy e'tibor mintaqaviy xavfsizlik masalasi, uniga ta'sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillarga qaratilgan. Suadiya Arabistonining mintaqaviy va global ta'siri uning tashqi siyosiy qiziqishlari ham manbalar asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar. Arab davlatlari, Fors ko'rfazi mintaqasi, xavfsizlik masalasi, Saudiya Arabistoni, AQSH, Eron.

GEOPOLITICAL SIGNIFICANCE OF SECURITY ISSUES IN THE PERSIAN

REGION

Sitora Mahmudova

Master's student of Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

This article analyzes the role and importance of the Arab states in the geopolitical arena on the example of the Gulf Arab states. The article focuses on the issue of regional security, internal and external factors affecting it. Saudi Arabia's regional and global influence and its foreign policy interests have also been analyzed on the basis of sources.

Keywords. Arab States, the Persian Gulf, security issues, Saudi Arabia, the United States, Iran.

KIRISH

Fors ko'rfazi mintaqasi geosiyosiy, geoiqtisodiy va geostrategik nuqtai nazaridan juda qulay erda joylashgan. Mazkur hududga - Eron Islom Respublikasi, Iroq va olti arab davlatlari: Saudiya Arabistoni Podshohligi, Baxrayn, Qatar, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummon davlati kiradi. Fors ko'rfazi davlatlari ikki okean va uch qit'a oralig'ida joylashgan bo'lib, zamonaviy jahon aloqalarida Afrika va Osiyo o'rtasida bir ko'prik vazifasini bajaradi. Ular jahon bozorida toboro ehtiyoj kuchayib borayotgan energetika va turli tabiiy resurslarga boy davlatlar hisoblanadi. Bu erda 64,9

% neft zahiralari va 30 % tabiiy gaz o'zlashtiriladi1. Shuni aytish lozimki, mazkur mintaqada uglevodorod manbalari, ayniqsa gaz miqdori etarli darajada o'rganilmagan. Deyarli har yili sanoat borasida yangidan-yangi o'zlashtirishlar yuz beradi. Fors ko'rfazi neftining arzonligi jahonning yirik davlatlarini tez orada boyib ketishiga zamin yaratdi. Neft homashyosi bu erdan Evropa Ittifoqi davlatlariga, Yaponiya hamda AQSh ga yuboriladi. Maskur hududdan o'ta muhim savdo tarmoqlari o'tadi: Bunday vaziyat mintaqaning geosiyosiy mavqeyining global ahamiyatini belgilaydi. Ko'pgina rivojlangan davlatlar iqtisodiy Fors ko'rfazidan etkazib berilayotgan energetik zahiralariga bog'liq bo'lgani bois mintaqada yuz berayotgan iqtisodiy, siyosiy vaziyat doimo jahon hamjamiyati tomonidan tilga olinadi, zero mintaqada yuz berayotgan vaziyat, ularning tashqi siyosiy qarashlaridagi o'zgarishlar jahon bozoriga salmoqli ta'sir ko'rsatadi. Eron Islom Respublikasi O'rta Sharqning eng qadimiy davlati hisoblanib, dunyo madaniyati o'choqlaridan biri hisoblanadi. Jahon nashriyoti va matbuoti ushbu mamlakat xususida quyida keltirilgan jahonning ko'zga ko'ringan siyosatshunoslari fikrlariga guvohlik beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Erondagi yirik ichki muammo bu kurdlar va ozarbayjonlar milliy muammosi hisoblanadi. «Turkiya va Iroqda bo'lgani kabi Eronda ham ichki geosiyosiy jarayon sub'ektlari mavjud- bular kurdlar va ozorbayjonlar» - deya ta'kidlaydi Z.Bjezinskiy. Hozirda - kurdlar va ozorboyjonlardan tashqari - hech bir millat vakillari Eron yahlitligiga rahna solayotgani yo'q. Aytish kerakki bunday vaziyat Eron siyosatidagi yangi krizis davrida tezlik bilan o'zgarishi mumkin edi . Eronning geosiyosiy istiqboli,

"5

inqilobdan keyingi dastlabki o'n yilga nisbatan ancha yaxshilangan . Aytish joyizki Qo'shma Shtatlar bilan yuzaga kelgan aloqalar butunligicha jahon hamjamiyati uchun ham Eron uchun ham ma'lum muddatda ziddiyatli hisoblanadi. AQSh ommaviy axborot vositalari ta'kidlashicha Eronda yadroviy qurol mavjud bo'lib, u mintaqaviy xavfsizlikka rahna solmoqda.

Eron yaqinida joylashgan Saudiya Arabistoni - Arabiston yarim orolining 80 % va Qizil dengizdagi bir qancha orollarni egallagani holda Fors ko'rfazida muhim geostrategik joylashuvga ega4. Mamlakatning neftga boyligi uni xalqaro hamjamiyatda o'z ovoziga egaligini ta'minlaydi5- bu erda neft zahiralari 23 milliard tonnani tashkil

1 Александров И.А. Монархии Персидского залива :этап модернизации. - М.: Дело и Сервис.2000. - С.5.

2 Бжезинский З. Великая шахматная доска, - М.: Международные отношения, 2003, - С. 162

3 Byman D, Chudin S/ ; Egteshani F.; Green J.; Iran s Security in the Post-Revolutionaue Era. National Defence Research Institute Rand .- Pi9ttsburg.; 2001.- Р. 13 .

4 Абдисатторов А. А. Форс курфази араб давлатлари таш^и сиёсатида "ислом омили"нинг сиёсий та^лили. С.ф.н. олиш учун диссер.автореферати. -Т.: ТошДШИ, 2005. - Б.10.

5 Мунавваров З.И. Страны Аравийского полуострова в международных политических и экономических отношениях ХХ века. Дис. док. полит. наук. - Т:ТашГИВ,1997. - С.67.

etadi. Har yili 225 million tonna neft o'zlashtiriladi. Neftdan olingan foyda davlat daromadining 92% ni tashkil etadi. Saudiya iqtisodiyoti tashqi krizis va valyuta tebranishlariga ancha bardoshli hisoblanadi. Ushbu mustahkamlik zaxirasi Qirollikning yirik miqdordagi oltin zahirasiga asoslangan bo'lib, tashqi aktivlar va shuningdek uglevodorod homashyosi ishlab chiqarish zahirasiga ham bog'liq. YaIM hajmi bo'yicha dunyoda 26 o'rinni, mintaqada esa birinchi o'rinni egallaydi. Isroil manbaalarining xabar berishicha «qora oltin» Saudiya Arabistoni zahirasiga har yili 100 mlrd dollar daromat keltiradi6. Eng faol davlat AQSh bilan hamkorlik qiladi. Arabiston neftdan keladigan foydani mustaqil ravishda o'zlashtira yoki xorijiy banklarga qo'ya olmaydi. Ayrim mutaxassislarning hisoblashlaricha chet el banklarida Saudiya Arabistonining 160 mlrd. dollar miqdorida pullari yig'ilib qolgan . Yana ayrim mutaxassislar esa

Q

yanada kattaroq raqamlarni keltirishadi-470 mlrd. dollar . Bir necha o'n yillar ilgari hali erga ishlov berish, baliqchilik hamda marvarid qazib olish bilan shug'ullanib kelgan Saudiya Arabistoni aholisi tarixiy qisqa vaqt mobaynida keng qamrovli qayta tiklanishni boshidan kechirdi, bunyod etilgan zamonaviy neft va neftkimyoviy sanoat ko'p sonli energetika, injinerlik, transport inshootlari hamda ijtimoiy infrostruktura shular jumlasidandir. Bularning barchasi 90-yillarga kelib Arabiston aholisining 86 % shaharlarda istiqomat qilishiga olib keldi9. Iroq yo'nalishi Saudiya geosiyosatida muhim o'rinni egalladi. Ko'p millatli kuchlarning Iroqqa qarshi operatsiyasi davrida, Quvaytni Iroq okkupatsiyasidan ozod qilgan asosiy jangari kuchlarni qabul qilishda Saudiya bosh plasdarm vazifasini bajargan. O'sha kunlarda Arab Ummasi birligiga sezilarli zarba etgan. Saudiya Arabistoni uchun yana bir kalit strategik yo'nalish, geosiyosiy ekspantsiyada yana bir vektor chizig'i mavjud. Bu Fors ko'rfazidir. Ko'pgina mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy va harbiy manfaatlari to'g'ri keladigan ushba hududda ustunlikni qo'lga kiritish uchun Saudiya Arabistoni va Eron o'rtasida kurash ketmoqda10. Jahonga Qizil dengiz portlaridan chiqishning muqobil imkoniyatlari mavjudligi ko'rfaz akvatoriyasi ustidan nazoratni bir muncha pasaytiradi. Eron shiyalari va Saudiya sunniylari o'rtasida dushmanlik kayfiyati diniy qarashlarning turlicha ekanligidandir.

2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so'ng terroristik aktda ishtirok etgan aksariyat terroristlar Saudiyalik ekanligi ma'lum bo'ldi. Amerika matbuotida Saudiya Arabistoni to'g'risida ko'plab Vashington siyosatida ularni «ayblash va qoralash» holatida

6 Нартов Н.А.. Геополитика. - М.: НИТИ-ДАНА. Единство, 2003. - С.331.

7 Всемирная история. Новейший период. Хидоятов Г.А., Гуламов Х.Г.Ташкент 1999 АО УЧКУН, - С.293

8 Гафуров С.М., Мирзобоев М.М. Государства Персидского залива: обеспечение экономической безопасности. Маяк Востока. Таш.ГИВ 2001.№1-2 - С. 30

9 Г.Гукасян, А.Филоник. Аравийская интеграция. Мировая экономика и международные отношения. - М. 2004, №2. - С. 81.

10 Абдисатторов А.А. Форс курфази араб давлатлари таш^и сиёсатида "ислом омили"нинг сиёсий тахлили. С.ф.н. олиш учун диссер.автореферати. -Т.: ТошДШИ, 2005. - Б.17.

o'tganligi to'g'risida maqolalar chop etildi. Bu esa o'z navbatida Amerika - Saudiya alyansiga jiddiy darz ketganidan xabar beradi. Amerikada Saudiya Arabistonining islom dini geosiyosiy kontseptsiyasini amalga oshiradigan mamlakat ekanligini sekin asta tushunib etishmoqda. Faqat Erondagina geosiyosat tushunchasi butunligicha islom dini geosiyosati bilan yo'grilgan.

MUHOKAMA

Ko'pgina G'arb mutaxassislarining fikricha Fors ko'rfazining yana bir o'ziga xos jihati shundaki: u ayniqsa Eron Islom Respublikasi sobiq Ittifoq davlatlariga yaqin va ular bilan ko'p masofalik chegaraga ega11. Ko'rinib turibdiki, xalqaro munosabatlarda yangidan-yangi qarashlarning namoyon bo'lishi, dunyo siyosati tuguni bo'lgan Iroq hamda Afg'onistonda yuz bergan voqealardan so'ng yanada kuchaydi. Fors ko'rfazi joylashuvi hamda ahamiyati haqida gapirar ekanmiz Islom dini ta'siri va uning o'rni haqida gapirmay ilojimiz yo'q. Saudiya Arabistoni podshohligi- Islom dini vatani hisoblanadi; O'zida Qatar, Quvayt, BAA va Ummon, shuningdek Iroq Respublikasi hamda Eron Islom Respublikasini jamlagan, yer shari aholisining oltidan bir qismi

1 9

yashaydigan Arabiston yarim oroli Islom dini markazi hisoblanadi . Ta'kidlash joizki, yil sayin xalqaro aloqalarning zamonaviy dunyo hamjamiyatida Islom dini ta'siri va mavzusi tobora ortib bormoqda. O'tgan asrning 80-90-yillarida Yaqin va O'rta Sharqda yuz berayotgan siyosiy jarayon nazoratini qo'ldan boy bergan Vashingtondagilar voqeaning kelajakda qanday tus olishi mumkinligini oldindan ko'ra olmadilar. Shuningdek, Fors ko'rfazidagi monarxiya tuzumi ancha xavotirli bo'lib ko'rindi. Ular uchun shaxsiy xavfsizlik yangicha g'oya kasb eta boshladi. Yaqin va O'rta Sharqda o'rnatilgan geosiyosiy shartlar Arab monarxiyasida bo'lgani kabi ko'plab qudratli davlatlar ham mintaqadagi bir qator muammolarga duch keldi va to'laligicha ham Yaqin Sharq ham O'rta Sharqda va Fors ko'rfazi mintaqasi miqyosida o'zlarining tashqi siyosatida yangi strategik kontseptsiya qabul qilishga majbur bo'ldilar. Ko'rfaz hududidagi iqtisodiy hamda siyosiy manfaatlarda asosan ikki biri-biriga qarshi turuvchi lagerlar to'qnash keladilar. Bular: Eron bir tomondan bo'lsa, Iroq, Saudiya Arabistoni hamda Quvayt ikkinchi tomondan hududdagi boshqa davlatlar ham ko'rfazning siyosiy faoliyatida turli darajada ishtirok etadilar. Xususan, bir tomondan Ummon va BAA, ikkinchi tomondan Saudiya Arabistoni va Quvayt o'rtasida biror marta ham siyosiy, BAA va Eron, Qatar hamda Bahrayn o'rtasida esa hududiy qarama-qarshiliklar kelib chiqmagan. Tashqi siyosiy yondashuv nuqtai nazaridan qaralsa Fors ko'rfazidagi davlatlarni, ularning etnik, ijtimoiy hamda geografik o'ziga xosligini hisobga olgan holda g'arbcha va anti g'arbcha tuzumdagi guruhlarga bo'lish mumkin. Ko'rfazdagi

11 O'sha joyda.

12 Islamic Development bank . Annual Report , 1416H , 1995 -1996 , - Р. 286.

siyosiy jarayonlar rivojida tashqi omil sifatida G'arb, to'g'rirog'i G'arb nomidan AQSh ta'sir etadi. XX asrning 80-yillarida Fors ko'rfazida qudratli davlatlar manfaatlari to'qnash keladi, o'shanda Eron-Iroq urushi bo'lib o'tadi, shuningdek bu davrda Eron islom respublikasi va Saudiya Arabistoni o'rtasida siyosiy qarama-qarshiliklar kelib chiqishi, oxir oqibat ko'rfazga AQSh harbiylarini kirishiga olib keldi. Vaqt o'tgani sari davlatlararo qarama-qarshilik tugamasdan balki o'zaro nizolar yanada rivojlandi. Davlatlararo nizolarning uzoq davom etishida neft dollari muhim omil hisoblanadi. Vashington nuqtai-nazaridan Eron Islom Respublikasining G'arbga qarshi qarashlari butun Fors ko'rfazining umumiy barqarorligiga raxna soladi. Eron, AQShning mintaqadagi asosiy siyosiy tendentsiyani keng qamrovli nazoratiga qarshi turuvchi kuch sifatida namoyon bo'ldi.

NATIJA

Eronning AQShga nisbatan siyosiy qarshiligi oxir oqibat ko'rfazda yangi urush boshlanish xavfini soladi. Fors ko'rfazining geosiyosiy va strategik mavqei haqida ko'plab G'arb yozuvchilari o'z diqqatlarini jalb etarkanlar «20 asrning 70-yillariga qadar Arab, Sharqi va Eron-Amerika hamda G'arbiy Evropa neft kompaniyalari uchun «oltin asr» bo'lib xizmat qildi» - deb yozadilar. Neft-gaz sanoatining rivojlanishi ularga

eng ko'p foyda keltirdi va buning yordamida ular o'zlarining neft strategiyasini belgilab

1 ^

oldilar . Fors ko'rfazidagi keskin vaziyat sekin asta yo'lga qo'yilmoqda. Mintaqadagi mamlakatlarning o'zaro turli qarashlari va nizolari bartaraf etilmoqda.

Yuqorida keltirilgan fikrlarni jamlab shunday xulosaga kelish mumkin:

- Fors ko'rfazining geosiyosiy ahamiyati, uning jo'g'rofiy qulay erda joylashganligi va bu jihat mazkur mintaqaning jahon kommunikatsiya tizimida tutgan ahamiyati bilan belgilanadi.

- Fors ko'rfazining geostrategik ahamiyati shundaki, u tabiiy boyliklar va energiya resurslariga boy hisoblanadi, ayni paytda jahon bozorida bunga ehtiyoj juda katta hisoblanadi. Shu sababli Fors ko'rfazidagi Arab davlatlari, shuningdek Eron mavqei o'ta baland hisoblanadi.

- AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi ko'plab qudratli davlatlar ko'rfaz hududidagi davlatlar bilan hamkorlik qilish uchun kurashadilar.

XULOSA

Bu esa o'z navbatida global miqyosda dunyoda iqtisodiy, siyosiy peshqadamlikni qo'lga kiritishga yordam beradi. Fors ko'rfaziga nisbatan AQShning qiziqishi boisi shundaki, uning iqtisodiyoti ushbu mintaqadan olib ketilayotgan neftga bevosita bog'liq. AQShning ushbu mintaqaga olib borayotgan siyosati keng miqyosda dunyoda

13 Саттаров Т.С. Нефть и антиимпериалистическая борьба. - Т.:ФАН, 1974 с 61-67.

hukumronlikni qo'lga kiritishga qaratilgan. AQSh, Fors ko'rfazi butun Osiyo siyosatida o'ta muhim ahamiyat kasb etgani bois, bu erga o'z harbiy kuchlarini joylashga harakat qiladi. Ushbu mintaqada Vashington tomonidan nafaqat iqtisodiy balki harbiy strategik aspekt sifatida qaraladi. Negaki ushbu mintaqa ikki okean va uch qit'a oralig'ida joylashgan, bu esa AQShga butun EvroOsiyo hamda harbiy jihatdan qudratli Rossiyani nazorat qilishda o'ta qulay omil hisoblanadi.

REFERENCES

1. Sahir, M. H., & Qureshi, A. H. (2007). Specific concerns of Pakistan in the context of energy security issues and geopolitics of the region. Energy Policy, 35(4), 2031-2037.

2. Correlje, A., & Van der Linde, C. (2006). Energy supply security and geopolitics: A European perspective. Energy policy, 34(5), 532-543.

3. Behzodovna, M. D. (2020). HOZIRGI DAVRDA FORS KO'RFAZI MINTAQASINING GEOSIYOSIY AHAMIYATI. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 7(1), 19-22.

4. Fayzullaev, A. (2021). BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDA RAQAMLI HUKUMAT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

5. Barnes, J., & Jaffe, A. M. (2006). The Persian Gulf and the geopolitics of oil. survival, 48(1), 143-162.

6. Chitadze, N. (2012). Geopolitical Interests of Iran in South Caucasus and Georgian-Iranian Relations. Journal of Social Sciences, 1(2), 5-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.