INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
TURIZMNING O'ZBEKISTONDA TUTGAN O'RNI Xabibulloxoji Muhammadsolih Alisher o'g'li
Urganch davlat universiteti talabasi Sharipova Sevara Xushnud qizi
Urganch davlat universiteti talabasi Sobirova Madina Ilhom qizi
Urganch davlat universiteti talabasi
To'xtasinova Shahlo Ilhomboy qizi
Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6997530
Annotatsiya. O'zbekiston iqtisodiyoti ko'p tarmoqli bo'lib turli xil tarmoqlarni o'zida birlashtiradi. Ularning har birini o'z vazifasi maqsadi bor. Shular ichidagi bugungi kunda respublikamizda eng rivojlanib borayotgan mo'may daromad keltiradigan soha turizm sohasi hisoblanadi. Ushbu maqolada turizmning O'zbekistonda tutgan o'rni haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so 'zlar: iqtisodiyot, turizm, eksport, mice turizmi, ijtimoiy soha, ichki turizm, tashqi
turizm.
РОЛЬ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация. Экономика Узбекистана многоотраслевая и сочетает в себе различные отрасли. Каждый из них имеет свое предназначение. Среди них туризм сегодня является наиболее развивающейся и прибыльной отраслью в нашей республике. В данной статье представлена информация о роли туризма в Узбекистане.
Ключевые слова: экономика, туризм, экспорт, мышиный туризм, социальная сфера, внутренний туризм, иностранный туризм.
THE ROLE OF TOURISM IN UZBEKISTAN
Abstract. The economy of Uzbekistan is diversified and combines various industries. Each of them has its own purpose. Among them, today tourism is the most developing and profitable industry in our republic. This article provides information on the role of tourism in Uzbekistan.
Keywords: economy, tourism, export, mouse tourism, social sphere, domestic tourism, foreign tourism.
KIRISH
Turizm boshqa sohalarga nisbatan tez taraqqiy etayotgan manbadir, chunki bu soha talab uchun unchalik katta investitsiyani jalb qilmasdan ham yaratish mumkin bo'ladi. Boshqa sohalar, jumladan havo, tеmiryo'l, avtomobil transporti, ovqatlanish va savdo shahobchalari, mеhmonхonalar rivoj topsa o'sha joyda turistik ob'ektlar mavjud bo'lsa bеmalol turizmni rivojlantirish mumkin.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Turizm mutaxassislarning fikricha, u XXI asrda dunyo miqiyosida eng ustuvor foyda keltiruvchi sohaga aylanadi. Hozir u dunyoni qayta tiklash avtomobil va neftni qayta ishlashni boshlashdan keyin o'rinni egallab turibdi. Bu soha dunyo sanoat va qishloq xo'jaligidan o'zib ketdi. Turizmning tez suratda rivojlanishiga yana bir sabab, u yuqori darajada ilmiy tadqiqot harajatini (naukoyomkiy) vani ko'p sarflaydigan (energoyom sarflaydigan) texnolologiyani talab
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
qilmaydi, ba'zi tarmoqlari bor ularda esa aksincha zamonaviy taraqqiyot ham, turizmni rivojlantirishda o'z o'rniga ega.
TADQIQOT NATIJALARI
Turizmning yuqori daromad keltiruvchi soha bo'lganligi tufayli ko'plab davlatlar va tadbirkorlar uning rivojlanishi uchun katta e'tibor beradilar. Ular yangi-yangi mehmonxonalarni qurmoqda, eskilarini rekonstruksiya qilib ta'mirlamoqda, ular ham jahon standartlariga moslashtirmoqda. Bunga birgina Samarqand shahrida o'nlab shahsiy mehmonhonalarni misol keltirish mumkin. Ular hech kimning ta'ziqi yoki ko'rsatmasisiz o'z tashabbuslari bilan belgilangan ob'ektivdir. Maqsadi shu sohani rivojlantirib katta foyda olish. Bu esa o'z foyda, turizmni rivojlantirish uchun eng muhimdan biridir.
MUHOKAMA
Turizmni rivojlantirish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri - bu turizmdir. O'zbekiston turizm sohasida dunyo bo'yicha ulkan salohiyatga ega bo'lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro'yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go'zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo'nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo'llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim» Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to'liq ishga solish lozim» deb o'z nutqida aytib o'tilgan. Turizm O'zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan eng asosiy tarmoq sifatida o'z mavqeiga hamda o'rniga egadir.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o'z o'rniga ega bo'lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. Shuning uchun bu borada sezilarli o'sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga bog'liq.Turizm bo'yicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi, xalqaro shaffoflik jihatidan) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan bo'lib, ushbu ro'yxatda Qozog'iston 85 -o'rin, Qirg'iziston 116-o'rin, Tojikiston 119-o'rinni egallagan, O'zbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida eng oxirgi o'rinda turibdi va bu reytingga kiritilmagan. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki yurtimizda mavjud bo'lgan barcha turizm sohasini rivojlantirish uchun kerak bo'ladigan barcha resurslar anchagina yaxshi taraqqiy etgan. Faqatgina yuqorida aytib o'tilganidek bizda o'zimizda mavjud turistik salohiyatni boshqalarga isbotlab berishimiz hamda dunyoning eng rivojlangan turizm davlatiga aylantirish eng asosiy dolzarb masala hisoblanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. Mirzayev M.A., Aliyeva MT Turizm asoslari. O'quv qo'llanma.-T.: O'zbekiston faylafuslar jamiyati, 2011. Fayzieva SH. Razvitiya turizma v Uzbekistan asosiy yo'nalishlari. // Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistan. № 3-4, 2004 yil.
2. Алиева, Г. И. Turizmning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni / Г. И. Алиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.1 (158.1). — С. 3-5. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44595/ (дата обращения: 13.08.2022).
3. https://moluch.ru/archive/158/44595/ internet sayti.