Научная статья на тему 'MINTAQADA XIZMAT KO'RSATISH VA SERVIS SOHASINING BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI(XORAZM VILOYATI MISOLIDA)'

MINTAQADA XIZMAT KO'RSATISH VA SERVIS SOHASINING BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI(XORAZM VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
94
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / servis / siyosat / turistik zona / Xorazm turizm salohiyati. / tourism / service / politics / tourist area / tourist potential of Khorezm.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — X. Muhammadsolih, S. Sharipova, M. Sobirova, Sh. Toxtasinova

Ushbu maqolada Xorazm viloyati misolida servis xizmatlari va ularning turlari,hamda servis xizmatlari sifatini oshirish va shu yo'nalishda turistlar sonini ham barqaror ko'paytirish haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE SECTOR OF COMMODITIES AND SERVICES IN THE REGION (ON THE EXAMPLE OF THE KHOREZM REGION)

This article describes the services and their types, as well as improving the quality of services and the steady increase in the number of tourists in this direction on the example of the Khorezm region.

Текст научной работы на тему «MINTAQADA XIZMAT KO'RSATISH VA SERVIS SOHASINING BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI(XORAZM VILOYATI MISOLIDA)»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

MINTAQADA XIZMAT KO'RSATISH VA SERVIS SOHASINING BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI(XORAZM VILOYATI MISOLIDA) Xabibulloxoji Muhammadsolih Alisher o'g'li

Urganch davlat universiteti talabasi Sharipova Sevara Xushnud qizi

Urganch davlat universiteti talabasi Sobirova Madina Ilhom qizi

Urganch davlat universiteti talabasi

To'xtasinova Shahlo Ilhomboy qizi

Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6954355

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyati misolida servis xizmatlari va ularning turlari,hamda servis xizmatlari sifatini oshirish va shu yo'nalishda turistlar sonini ham barqaror ko'paytirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: turizm, servis, siyosat, turistik zona, Xorazm turizm salohiyati.

ФАКТОРЫ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ И СЕРВИСА В РЕГИОНЕ (НА ПРИМЕРЕ ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ)

Аннотация. В данной статье рассказывается о сервисных услугах и их видах, а также о повышении качества сервисных услуг и неуклонном увеличении количества туристов в данном направлении на примере Хорезмской области.

Ключевые слова: туризм, сервис, политика, туристическая зона, туристический потенциал Хорезма.

FACTORS OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE SECTOR OF COMMODITIES AND SERVICES IN THE REGION (ON THE EXAMPLE OF THE

KHOREZM REGION)

Abstract. This article describes the services and their types, as well as improving the quality of services and the steady increase in the number of tourists in this direction on the example of the Khorezm region.

Keywords: tourism, service, politics, tourist area, tourist potential of Khorezm.

KIRISH

Xorazm viloyati mintaqasida turizm salohiyatini oshirish hozirgi holatga ega. Chunki, viloyatda turizm salohiyatni oshirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bo'lib, bu borada turizm xizmatlari ko'rsatish tizimini tubdan takomillashtirish lozim.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Buning uchun yangi turistik yo'nalishlarni tashkil etish talab qilinadi. Bu dastlabki bajariladigan bosqich bo'lib, bir qancha davrlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun investitsiyalarni keng jalb qilish, sohaga innovatsion g'oya va texnologiyalarni joriy qilish hamda natijada mintaqaning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosi resurslari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish talab etiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Bu borada turizmni rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan masalalarga katta e'tibor berilib, uning turizmni rivojlantirish borasidagi aniq vazifalar belgilab berildi hamda bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoni qabul qilindi.Mazkur qabul qilingan

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

huquqiy hujjatlar turizm sohasida yangi turistik yo'nalishlarni tashkil etish borasidagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga qaratilgan. Chunki, mamlakatda turistik faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatlari katta bo'lib, bu esa o'z navbatida O'zbekistonda turizm sohasini boshqarishni takomillashtirish tamoyillarini mukammal ishlab chiqish bilan bog'liqdir. Mazkur yo'nalishda rivojlanayotgan turizm tarmoqlarini jadal yuksaltirish eng muhim vazifalar qatoriga kiradi.

MUHOKAMA

Dunyo mamlakatlarida keskin rivojlanib borayotgan turizm mamlakat iqtisodiyotidagi eng serdaromad soha hisoblanadi. Shu bois, turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masala bo'lib, turizmni rivojlantirish muammolarini o'rganishni talab qiladi.Darhaqiqat, har bir mintaqaning turizm salohiyatini oshirish uchun turistik resurslar va turizm xizmatlari ko'rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, milliy turizmni rivojlantirishning asosi bo'lgan turistik turlarni ishlab chiqish va ushbu marshrutlar asosida turistlarni keng jalb qilib, sayohatlarni tashkil etish muhim masala bo'lib hisoblanadi. Chunki, yangi ko'rinishdagi xizmatlarni ko'rsatish turistlarni ko'plab jalb qiladi. Aynan, turizm xizmatlari ko'rsatishga bugungi kunda talab juda katta bo'lib, bu esa mazkur sohada ishlovchi mutaxassis-kadrlardan ulardan yuqori bilim, malaka va tajribaga ega bo'lishni taqozo etadi. Bu orqali turizm sohasida turistlarni olib kelish amalga oshiriladi. Turizm xizmatlarni ko'rsatish transport, joylashtirish, ovqatlantirish va ekskursiya xizmatlari bilan birga amalga oshirilishi lozim.

XULOSA

Viloyatda turizm salohiyatini oshirish va undagi xizmatlar ko'rsatishni rivojlantirish maqsadida turizm sohasini rivojlanishga qaratilgan istiqbolli rejalarni amalga oshirish borasida bajarilayotgan "2017-2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish" dasturi doirasida jami 63 ta band bo'yicha belgilangan tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Hozirgi kunda mazkur loyihalar bo'yicha quyidagi yo'nalishlardagi ijobiy ishlar bajarilmoqda:

I. Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm infratuzilmasini rivojlantirish. Unda "Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva" yo'nalishi bo'yicha asosiy turizm markazlarini bog'lovchi temir yo'l hamda Xiva shahrida zamonaviy vokzal qurish vazifasi belgilangan bo'lib, 2017-2018 yillarda "Urganch-Xiva" yo'nalishini qurish uchun 35,9 mln. dollarlik loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. "Urganch-Xiva" yangi temir yo'l liniyasining qurilishi loyihasi bo'yicha 168 ming m. kub tuproq ishlari bajarildi va 2200 m. temir yo'l izlari yotqizildi. Natijada, temir yo'l liniyasi to'liq ishga tushdi.

II. Turizm yo'nalishlari va xizmatlarini takomillashtirish. Unga asosan, turizm subyektlariga Xiva tumanida ekzotik turizmning yangi turlarini tashkil etishda amaliy yordam ko'rsatish, xususan tuyada safar qilish, cho'l hududlariga sayr qilish, ko'llarda baliq ovlash, tabiat qo'ynida dam olish va boshqa ishlar yuzasidan bugungi kunda "Eshon Ravot tur" xususiy korxonasiga qarashli ekoturizm maskanida sayyohlar uchun tuyalarda sayr qilish mashg'uloti yo'lga qo'yildi. Hamda "Xiva Qorako'l" fermer xo"jaligi hududidagi ko'lda baliq ovlash joylari tashkil etildi.

III. Hududning turizm salohiyatini targ'ib qilish. Xorazm viloyatining turizm salohiyatini xorijiy telekanallarda, jumladan Rossiyaning markaziy telekanallarida keng reklama qilish maqsadida Xorazm viloyati va Xiva shahri haqida videolavhalar tayyorlash bo'yicha Xiva va Xorazm viloyatining turizm salohiyati to'g'risidagi reklama roliklari tayyorlandi va ingliz, frantsuz, nemis, xitoy va rus tillariga tarjima qilindi hamda keng targ'ib qilinmoqda.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

IV. Turistlar uchun yondash infratuzilma obyektlari holatini yaxshilash. Bu bo'yicha Urganch shahri xalqaro aeroportida turistlar tomonidan zarur ma'lumotlarga ega bo'lishlarini ta'minlovchi ma'lumot markazlarining uzluksiz faoliyatini ta'minlash va Urganch shahridagi temir yo'l vokzalida ma'lumot markazi faoliyatini tashkil qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2013-yil 20 martdagi PQ-1940-sonli Qarori doirasida "Urganch" xalqaro aeroportida sayyohlik axborot idorasi tashkil etildi.

REFERENCES

1. David Weaver (Author), Laura Lawton.Tourism Management/ 1th ed. USA, Willey 2013.

2. Smits, R., & Shousha, N. (1998). Egypt"s Red Sea Resorts.. .trends and Opportunities ... Retrieved from http://www.hotel-online.com/Trends/Andersen/1998_Egypts Resorts.html

3. Wahab, S. Tourism development in Egypt: Competitive strategies andimplications. In C. Cooper & S. Wanhill (Eds.), Tourism development: Environmental and community issues. London: John Wiley & Sons, 1997.

4. Mohammed I. Eraqi. Ecotourism resources management as a way for sustainable tourism development in Egypt // Tourism Analysis, 2007, Vol.12, pp. 3

5. "Tourism Policy in Turkey"s Development Plans" Ya§ar Ak9a International Journal of Business and Social Science Vol. 8, No. 1; January 2017.

6. Islambayevna M. M. et al. XORAZM VILOYATI TABIIY GEOGRAFIK O'RNINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (GEOGRAFIK O'RNINING QULAY VA NOQULAY TOMONLARI) HAQIDA //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. -2022. - T. 2. - №. 2. - C. 50-53.

7. Amanov A. K. et al. ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL FEATURES OF THE FORMATION OF NAVOI FREE ECONOMIC ZONE //Thematics Journal of Geography. -2021. - T. 6. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.