Научная статья на тему 'TURIZMNING NOODATIY TURLARI'

TURIZMNING NOODATIY TURLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
403
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
astro turizm / astronomiya / galaktika / somon yo`li / teleskop / rasadxona / astro qishloqlar / yorug`lik ifloslanishi / astro sayyoh / jailoo turizm / kinoturizm / “Ajdarho lifti” / Xobbiton qishlog`I / shimol yog`dusi / “Stalking” / astro tourism / astronomy / galaxy / the Milky Way / telescope / observatory / astro villages / light pollution / astro tourism / jailoo tourism / film tourism / "Dragon Elevator" / Hobbiton village / northern oil dusi / “Stalking”

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Erkin G’ulomxasanov, Nilufar Jasur Qizi Suyunova, Sardor Akramov, Sarvinoz Bahtiyor Qizi Asadova

Ushbu maqolada astro turizmning qanday ahamiyatga ega ekanligi hamda astro turizm sohasida yetakchi potensialga ega hududlar haqida va boshqa turizmning ajoyib turlari haqida ma’lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNUSUAL TYPES OF TOURISM

This article provides information on the importance of astro tourism, as well as areas with leading potential in the field of astro tourism and other great types of tourism.

Текст научной работы на тему «TURIZMNING NOODATIY TURLARI»

TURIZMNING NOODATIY TURLARI

Erkin Nilufar Jasur qizi Sardor Akramov Sarvinoz Bahtiyor

G'ulomxasanov Suyunova qizi Asadova

QarDU

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada astro turizmning qanday ahamiyatga ega ekanligi hamda astro turizm sohasida yetakchi potensialga ega hududlar haqida va boshqa turizmning ajoyib turlari haqida ma'lumotlar berilgan

Kalit so'zlar: astro turizm, astronomiya, galaktika, somon yoTi, teleskop, rasadxona, astro qishloqlar, yorug'lik ifloslanishi, astro sayyoh, jailoo turizm, kinoturizm, "Ajdarho lifti", Xobbiton qishlog'I, shimol yogMusi, "Stalking"

UNUSUAL TYPES OF TOURISM ABSTRACT

This article provides information on the importance of astro tourism, as well as areas with leading potential in the field of astro tourism and other great types of tourism.

Keywords: astro tourism, astronomy, galaxy, the Milky Way, telescope, observatory, astro villages, light pollution, astro tourism, jailoo tourism, film tourism, "Dragon Elevator", Hobbiton village, northern oil dusi, "Stalking"

Hammamizga ma'lumki, turizmning bugungi kunda insonlar iqtisodiy hamda ijtimoiy hayotidagi o'rni benihoya katta. Turizm bu kam xarajat qilib ko'p foyda olish, og'ir mehnatga asoslanmagan ko'plab ish o'rinlarini yaratish imkoniyatini beruvchi xizmatlar sohasidir. Uning dunyo bo'ylab yuzdan ortiq turlari bo'lib, har yili sayohat ishqibozlari hamda dunyoning yangi qirralarini ozlari uchun kashf etuvchi kishilar tomonidan yangidan-yangi turlari yaratilmoqda. Ana shunday yangi turizm turlaridan biri "Astro turizm" boTib, u yulduzlarni tomosha qilishni yaxshi ko'radigan, har kecha yulduzlarning yanada ozgacha turlarini va galaktikalarni izlovchi astro ixlosmandlarini o'ziga chorlovchi somon yoTlar,galaktikalar, Ursa Major va Orion kabi yulduz turkumlari, quyosh chiqishi va botishi kabi manzillardir. Asrto turizm- bu astronomiya va astronomik elementlarga ustuvor ahamiyat beradigan turizm tushunchasi. Uning sayohat joylariga Astro qishloqlar ya'ni yoruglik ifloslanishi kamroq bo'lgan turli qishloqlar, rasadxonalar, milliy bog'lar, musaffo qorong'u osmonga ega har qanday hududlar kiradi. Quyosh tutilishini kuzatish, yulduzlarni o'rganish, qorong'u osmonni ko'rish va astronomik tadqiqotlarga qatnashuvchi shaxs esa Astro sayyoh hisoblanib, qo'lida teleskop yoki durbin olib yurgan sayyohlarni ko'rganingizda ularni osongina

tanib olishingiz mumkin. Aslida, astro turizm Covid-19 paydo bo'lishidan anchgina oldin o'sib borayotgan edi, chunki urbanizatsiyalashgan shaharlarning ko'payishi natijasida dunyo aholisining aksariyati yorug'lik kuchli ifloslangan va tungi osmon ko'rinmaydigan joylarda yashaydi. Ammo pandemiya tungi osmonga yanada katta qiziqish uyg'otdi sababiki, vaqtini asosiy qismini faqat uyda o'tirish yoki cheklangan joylargagina chiqish imkoniyatiga ega insonlar uchun osmon yagona cheksiz makon edi. Sayohat qilish taqiqlangan bir paytda bog'da yulduzlarni tomosha qilish eng maroqli hodisaga aylandi va qisqa hamda o'rta muddatlarda ayniqsa, turizm qayta tiklanganidan keyin ham ko'p odamlar yana shunday hududlarni ko'rishga xohish bildirishdi.

Astro turizmning eng rivojlangan hududlari:

l.Quruq iqlim sharoiti yoki hech qanday o'simliklar va hayvonlarning mavjud emasligiga qaramasdan, Chilidagi Atakama cho'li yuqori balandlik, past radio shovqini, kamroq bulutlar, past yorug'lik ifloslanishi va mukammal kristalli osmoni tufayli, shubhasiz, yulduzlarni tomosha qilish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi. Bu joy Janubiy yarimshar osmonining mashhur yulduz turkumlarini aniq va yaqindan kuzatish imkonini beradi. Atakama cho'lidagi eng mashhur manzara- bu Tarantula tumanligi, Janubiy xoch, Fornax klasteri va boshqa sehrli yulduzlarni kuzatish bo'lib, bu yerdagi bunday ajoyib manzaralarni boshqa hech qayerda uchratmaysiz.

2. Birinchi sertifikatlangan xalqaro qorong'u osmon parki AQSHning Yuta shtatidagi Tabiiy ko'priklar milliy yodgorligi hisoblanib, u butun dunyo bo'ylab yorug'lik ifloslanishini nazorat qilish uchun ma'sul yetakchi tashkilot Xalqaro qorong'u osmon uyushmasi tomonidan sertifikatlangan. Park butun dunyodagi eng qorong'u va eng musaffo osmonga ega bo'lgan joylar qatoriga kirish uchun sertifikat oldi. Nur daryosi u yerdagi asosiy diqqatga sazovor joy bo'lib, u yerda Somon yo'li galaktikasi Ovachoma ko'prigi ustidan yaqqol namoyon bo'ladi. Ko'prik derazaga o'xshash shaklni hosil qilib, u osmonda porlayotgan minglab yulduzlarni tomosha qilish imkoniyatini beradi. Sayyohlar u yerda o'zlarini xuddi jannatga tushgandek his etishadi.

3. Astronomiya ixlosmandlari uchun Somon yo'li galaktikasini tomosha qilib tungi osmon ostida uxlashdan maroqliroq hodisa yo'q. Buning uchun eng ajoyib joylardan biri Misrdagi Oq cho'ldir. Oq cho'l sizga hech qayerda uchratmaydigan yulduzlarni tomosha qilish imkonini beradi. Cho'l sizga nafaqat tunda toshloq cho'l tog'lari orasidagi yulduzlar ostida yotib zavqlanishni balki, kunduzi cho'l safari turidan ham bahramand bo'lish imkoniyatini beradi.

4. Aydaxo (AQSH) markazidagi 1416kvadrat metrlik yer 2017-yil oxirida Xalqaro qorong'u osmon qo'riqxonasi deb nomlandi. Bu hudud tashrif buyuruvchilarga yulduzlarning ajoyib manzarasini taqdim etadi. Markaziy Aydaxo qorong'u osmon qo'riqxonasi IDA (International Dark Sky Assosiation)ning "oltin daraja" maqomiga ham sazovor bo'lgan, ya'ni u butun dunyo bo'ylab o'n ikkita shungga o'xshash

obyektlar orasida eng kam yorugTik ifloslanishiga ega. Aydaxo aholisi deyarli yigirma yil davomida yorugTik ifloslanishini boshqarish va kamaytirish uchun hududning ushbu maqomga ega boTishini ta'minlash uchun ishladilar. Hudud yaqinida sayyohlar uchun Stanley High Country Inn mehmonxonasi joylashgan. Tashrif uchun eng yaxshi vaqt bu yerda: may-noyabr. Ushbu qoTiqxonada siz yulduzlarni tomosha qilish bilan bir qatorda, piyoda sayr qilish, ot minish, yoz oylarida esa velosipedda sayr qilish, oq suvda rafting, baliq ovlash va lager bilan shug'ullanishingiz mumkin.

Bulardan tashqari, Markaziy Osiyo hududlarida ham astro turistik salohiyat yuqori darajada boTib, O'zbekistonning Qizilqum choTi yoki QirgTzistonning Tyan Shan togTari haqiqiy musaffo osmonni koTishni istovchilar uchun shunchaki mo'jizaning o'zginasi. Qoraqalpog'istonda joylashgan Orol dengizi, O'zbekistonning Zomin milliy bog'i hamda Hisor qoTiqxonasi, Afg'oniston va Tojikiston respublikalari orasida joylashgan Wakhan Corridor yuqori darajada astro turizm imkoniyatlariga ega.

JAILOO TURIZM- bu yangi turizm turlaridan biri hisoblanadi.Bu turizmni boshqa nomi ham mavjud boTib "Etnoturizm" deb ham atashadi. Jailoo turizmda siz deyarli inson qadami yetmagan, sivilizatsiya hali kirib bormagan, elektr va mobil aloqa boTmagan joylarga borib mahalliy xalqlar yashaydigan qishloqlar va oTovlarda xuddi o'rta asrlar yoki boTmasa ibtidoiy sharoitlarda yashash imkoniyatiga ega boTasiz. Jailoo so'zi qirg'izcha "jailoo yani yayloq" so'zidan kelib chiqqan. Ushbu turizm turi 1990 yillar oxirlarida Qirg'izistonda vujudga keldi. Asosiy sababchilardan biri bular mahalliy turoperatorlardir.Ularning hayoliga g'arbdan keluvchi sayyohlarga o'tovlarda mahalliy cho'ponlarning hayotini bir muncha vaqt mobaynida yashab ko'rishni taklif etish keladi va shu tariqa mazkur turizm turi paydo boTdi. Ilk jailoo turlar Shvetsariya, Germaniya,Buyuk Britaniya va Rossiyalik sayyohlar tomonidan sinovdan oTkazildi.Ular lhafta mobaynida yaylovlarda yashab non, qo'zi go'shti va qimiz iste'mol qilishadi.Shu bilan bir qatorda ular unutilmas sayrlar,toza havo,mahalliy madaniyat bilan yaqindan tanishish, tungi yorqin osmonda yulduzlarni kuzatish imkoniyatiga ega boTishdi.Tez orada bu turizm turi katta mashhurlikga ega boTdi.Hozirgi kunda jailoo turizmni dunyoning ko'plab mashhur turizm agentliklari oz xizmatlariga kiritishdi.

Bazida biror bir kinofilm tomosha qilganimizda albatta, undagi biror bir qahramon rolida ozimizni tasavvur qilganmiz. Ana shunda bizga biroz boTsada kinoturizm yordamga keladi. Dunyoda ushbu turizm turiga qiziquvchilar millionlab topiladi. Aytish mumkinki birgina kinofilm bir davlatni butun dunyoga mashhur qilib yuborishi mumkin.Bu esa o'sha davlat turizmiga ijobiy tasir ko'rsatishi isbotlab boTingan. Misol uchun Xitoydagi ^^aH^a^e milliy parki. Barchamiz Avatar kinofilmini tomosha qilganmiz. Ushbu kinofilmdagi ajoyib tasvirlarni o'ylab topishga aynan mana shu joy kinoijodkorlarni ruhlantirgan.To'g'ri mazkur parkda biror bir sahna suratga olinmagandur,lekin to'g'ridan to'g'ri shu manzaralardan kochirmalar olishgan.

Milliy parkda 3000 ga yaqin qoyalar mavjud bo'lib ularning ichida eng baland nuqtasi 1890mni tashkil etadi. Shuningdek parkda dunyodagi eng uzun kanat yo'li joylashgan boTib, uning uzunligi 7455m ga teng. "100 ta AJDARHO LIFTI" ochiq lift hisoblanadi va balandligi 330 metr ni tashkil qilib dunyodagi eng baland lift. Maksimum 50 ta odamni sig'diradi, lift ichidan ko'rinadigan panorama insonni o'ziga jalb qilmasdan qo'ymaydi. Ushbu liftga erta tongdan kelib chiqmasangiz 4 soatlik navbatga qolib ketishingiz mumkin. Bu o'z o'zidan parkga turistlar oqimi katta miqdorda ekanligi isboti.Parkga tashrif buyurish uchun eng qulay vaqt bu aprel-iyun va sentab-oktabr oylari hisoblanadi, shundagina siz maksimum darajada park tabiatidan rohatlanasiz. Park joylashgan provinsiyada sayohat qilmoqchi bo'lganlar uchun turpaketlar mavjud va uning narxi o'rtacha 400$ dan 700$ gacha. Ushbu turpaketlar shahar va milliy parkni o'z ichiga oladi.

XOBBITON- Yangi Zelandiyada joylashgan qishloq bo'lib u maxsus "Uzuklar hukmdori" va "Xobbit" filmlari uchun maxsus 1999-yilda qurib bitkazilgan va tasvirga olish ishlari boshlab yuborilgan. Rejissyor va prodyuser Piter Jekson filmini tasvirga olish uchun sayohat qilib yurganda fermaga kelib qoladi va shu yerda qishloq qurishni xohlaydi.Ushbu ferma egalari aka-uka Aleksandrlarga bu fikr yoqadi va qurilishga ruxsat berishadi.

2011-yilda Xobbit filmi uchun qishloqga ba'zi o'zgartirishlar kiritiladi.Barcha singari dekoratsiya va kompyuter grafikasi yordamida qishloq qurilishi mumkin edi, ammo ular barchasini haqiqiy bo'lishini xohlashdi. Qishloqda jami 37 ta uylar qurilgan, hamda kafe, suvener do'koni va bozor mavjud. Savdo rastalarida siz haqiqiy Yangi Zelandiya pishlog'i, yangi pishirilgan non, dudlangan baliq va mol go'shtini tatib ko'rishingiz mumkin.

Film premyerasidan keyin qishloqga minglab turistlar tashrif qilishni boshladi ularni xohlagancha sayr qilishi ferma egalariga yoqmasdi.Natijada qishloq bo'ylab turmarshrut yaratishga majbur bo'lishdi.2soat davom etadigan ekskursiyada ekskursavodlar turistlarni qiziqtirgan barcha ma'lumotlarni berib borishadi.Qishloqga har kun 300 ta turistgagina ruxsat beriladi.Bu atrof muhitni ifloslanishi oldini olish maqsadida joriy etilgan.

O'ylaymizki, yoshligimizda hammamiz Garri Potter haqidagi filmlarni ko'rganmiz. Bu film dunyoda millionlab bolalar va katta yoshdagi insonlar qalbidan chuqur joy egallab ulgurgan.Filmning barcha qismlari Angliyada suratga olingan bo'lib, Angliyaning 10 dan ortiq joylaridan foydalanilgan.Shuningdek, London shahridan 30 daqiqa uzoqlikdagi Livsden shaharchasi yaqinida Garri Potter muzeyi joylashgan.Ushbu muzey 2012-yilda ochilgan bo'lib,ochilishidan oldin suratga olish maydonchasi bo'lgan.Muzey ko'plab xonalar,kostyumlar va rikvizitlardan tashkil topgan.Muzey hududi 2 ta katta suratga olish pavilyonidan iborat.Barchamizga ma'lum Xogvarts sehrgarlar maktabining maketi ham bor.Muzeyga tashrif buyuruvchilar o'zlari uchun

katta sirlarni ochadilar.Masalan, mahsus effektlar va sehr ishlatilgan sahnalar qanday olingani haqida.

Muzeyga tashrif buyurish uchun qafiy vaqt talablari o'rnatilgan boTib agarda siz ekskursiya boshlanishidan 20 daqiqa oldin muzeyga kelib olmasangiz, ekskursiyadan qolib ketishingiz mumkin.Muzey bo'ylab ekskursiya minimum 3-4 soatni tashkil etadi.Muzeyni aylanish vaqti chegaralanmagan xohlasangiz kun davomida tomosha qilishingiz mumkin.U yerdan siz turli xil suvenerlar sotib olishingiz ham mumkin, yani sehrli tayoqchalar va shokoladdan tayyorlangan qurbaqalar xuddi filmdagidek.Sehrli tayoqchalar narxi 10 funtdan 25 funtgacha sotib olish mumkin.Shokoladli qurbaqalar esa 8-9 fun atrofida sotiladi.Muzeyga kirish uchun bilet katta odamlar uchun 47 funt boTsa bolalar uchun 38 funt turadi.Albatta bu narx muzeyga kirib sehrli olamga bir muddatga boTsa ham o'zini his qilishi uchun o'zini oqlaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, dunyoda bir necha yuzdan ortiq turizm turlari mavjud va yildan yilga yanada ortib bormoqda. Bularning barchasiga insonlarning doimiy band hayot tarzini qiziqarliroq tomonga o'zgartirishga boTgan xohish asosiy sababdir. Ushbu maqola orqali sizga ularning ba'zilarinigina yoritishga harakat qildik.

REFERENCES

1. G'ulomxasanov E., Abdullayev N., Madina L. Turizm Va Ta'lim: Holati Va Istiqboli //Баркарорлик ва Етакчи Тадкикотлар онлайн илмий журнали. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 343-348.

2. Gulomxasanov E., Amirova F. S. Q., Amirov A. S. O. G. L. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ICHKI TURIZIMNING ORNI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 171-174.

3. G'ulomxasanov E., Rahmatova N. QASHQADARYO TURIZMIDA SHAHRISABZ SHAHRINING TUTGAN O'RNI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 483-487.

4. Shukhratovna, Yakubova Shamshinur. "Innovative Approaches for Modeling the Impact of Monetary Policy on Economic Development." Academic Journal of Digital Economics and Stability (2021): 311-318.

5. Yakubova, Shamshinur Shuxratovna. "ANALYSIS OF COUNTRY DEBT POLICIES AND ITS EFFECTIVE GOVERNANCE." Theoretical & Applied Science 3 (2021): 410-413.

6. Bozarov E. B. ANALYSIS OF THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN UZBEKISTAN //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 213-216.

7. OmanovRustamFarmonovich, GulbahorErkaeva, and BozarovElyorBoboqulovich ErgashevTohir. "Socio-Economic Aspects of the Development of Small Enterprises in the Kashkadarya Region of Uzbekistan." Design Engineering (2021): 6523-6531.

8. Bozarov E., Babayeva L. TURIZM SOHASIDA KLASTERLARNING SAMARASI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - T. 2. - №. 6. - C. 208-212.

9. Gulomkasanov E., Shukurova M., Elmurodov B. THE ROLE OF GUIDES IN THE DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL TOURISM IN UZBEKISTAN //36ipHHK HayKOBHx npa^ SCIENTIA. - 2021.

10. Ergashev, Rakhmatulla Khidirovich. "Zuhra Jabborova The importance of innovative activity in tourism European Scholar Journal (ESJ) Available Online at: https://www. scholarzest. com Vol. 2 No. 4, April 2021." 2660-5562.

11. G'Ulomxasanov E., Ruziyev B., Akramov S. TURIZMDA DESTINATSIYA //Scientific progress. - 2022. - T. 3. - №. 1. - C. 143-150.

12. Gulomkhasanov E., Uktamova U., Akramov S. DEVELOPMENT OF ECOTURISM IN UZBEKISTAN //Scientific progress. - 2021. - T. 2. - №. 8. - C. 614-617.

13. Raximov Z. O. Socio-economic problems of hotel industry development in the field of tourism //Monograph.-Samarkand: SamISI. - 2021.

14. Tukhliev I. S. et al. Fundamentals of tourism //Textbook. T.: Science and Technology. - 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.