Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ICHKI TURIZIMNING O`RNI VA AHAMIYATI'

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ICHKI TURIZIMNING O`RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
687
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Ichki turizm / xalqaro turizm / turist / iqtisodiyot / turoperator / tur / tarixiy obidalar / turistik shahar. / Domestic tourism / international tourism / tourist / economy / tour operator / tour / historical monuments / tourist city.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Erkin Gulomxasanov, Feruza Samariddin Qizi Amirova, Azizbek Samariddin O’g’li Amirov

Ushbu maqolada turizm sohasining muhim taqmoqlaridan biri hisoblanmish, ichki turizmning iqdisodiyotga tutgan o’rni va ahamiyati haqida so’z yurutilgan bo’lib uning rivoji uchun takliflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF DOMESTIC TOURISM IN ECONOMIC DEVELOPMENT

This article discusses the role and importance of domestic tourism in the economy, which is one of the most important pillars of the tourism industry, and offers suggestions for its development.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ICHKI TURIZIMNING O`RNI VA AHAMIYATI»

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ICHKI TURIZIMNING ORNI VA

AHAMIYATI

Erkin G'ulomxasanov Feruza Samariddin qizi Azizbek Samariddin o'g'li

Amirova Amirov

QarDU

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada turizm sohasining muhim taqmoqlaridan biri hisoblanmish, ichki turizmning iqdisodiyotga tutgan o'rni va ahamiyati haqida so'z yurutilgan bo'lib uning rivoji uchun takliflar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ichki turizm, xalqaro turizm, turist, iqtisodiyot, turoperator, tur, tarixiy obidalar, turistik shahar.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF DOMESTIC TOURISM IN ECONOMIC

DEVELOPMENT

ABSTRACT

This article discusses the role and importance of domestic tourism in the economy, which is one of the most important pillars of the tourism industry, and offers suggestions for its development.

Keywords: Domestic tourism, international tourism, tourist, economy, tour operator, tour, historical monuments, tourist city.

Ko'pgina mamlakatlarda turizm davlat iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Chunki turli mamlakatlarga sayohat qilishni istamaydigan inson bo'lmasa kerak, nazarimizda. Bugungi kunda jahon turizm bozori qariyb 9 trillion dollarni tashkil etmoqda. Dunyoda ish bilan band aholining har o'ninchisi ushbu sohada faoliyat yuritmoqda.

Bundan ko'rinadiki, iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning o'rni muhim. Masalan, Ispaniyada turizm YAIMning 11%ini tashkil etadi. Taxlillarga ko'ra turistlar havo transportida uchish vaqti 5soatgacha bo'lgan hududlarga eng ko'p sayohat qiladi.Mamlaktimiz atrofida bunday masofada 60ga yaqin davlat, 3 milliard aholi bor. Yiliga ularning qariyb 360 millioni sayohat qiladi.1 Shubhasiz, bu holat ulkan turizm bozorini vujudga keltiradi. Mana shu turizm bozorida oz o'rnini topish uchun mamlakatimizda turistik baza yetarli, nazarimizda. Turizmning yangi imkoniyatlarini ochish, sohani iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan birirga aylantirish, turistik

1 Turizm rivojlangan davlatlar 10 taligi www.zen.yandex.ru

salohiyatni rivojlantirish 2017-yilda yangi bosqichga ko'tarildi desak mubolag'a qilmagan bolamiz.

Bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hukumat raxbari bolganlaridan keyin tub o'zgarishlar amalga oshirila boshlandi va turizm sohasini iqtisodiyotning strategik tarmog'iga aylantirish ustuvor vazifa deb belgilandi.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish haqida so'z borar ekan, avvalo ichki turizmni rivojlantirishga e'tibor qaratishimiz kerak. Masalan, xalqaro turizm rivojlangan davlatlar o'nligiga kirgan Buyuk Britaniyada ichki turizm yo'nalishidagi sayyohlar soni xalqaro turistlar sonidan yuqori. Sir emaski bugungi kunda turizm sohasi biroz susaygan. Bu nafaqat mamlakatimizga balki, butun dunyoga xavf solib turgan pandemiya bilan bog'liq. Bugungi kunda butun dunyoda xalqaro turistlarni qabul qilish cheklangan shunday sharoitda turizmni rivojlantirish har qachongidan muhim va ahamiyatlidir. Bu borada 2021-yil 9-fevralda Ozbekiston respublikasida "Ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida^gi 6165-sonli Prezident farmoni imzolandi. Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish haqida so'z borar ekan avvalo, ziyorat turizmi koz oldimizga keladi. Bu albatta, mentalitet bilan bogliq holat. Sababi bizda har qanday yosh doirasidagi sayyohlarda muqaddas tarixiy qadamjolarga qiziqish ustun. Sababi bunday joylarga tashrif chog'ida sayyohlar nafaqat tarixiy obyektlar go'zalligidan bahramand boladilar, balki ruhiy ozuqa olib, ruhiyatlarida yengillik sezadilar. Ichki turizmning ushbu tarmog'ini rivojlantirishning imkoniyatlari juda keng. Mamlakatimizda 7 mingdan ziyod tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjud. Xususan, birgina Xiva shahrining ozida 60 dan ziyod avliyolarning muqaddas qadamjolari mavjud.

Afsuski ichki turizmni rivojlantirishga bir qancha to'siqlar ham mavjud. Ichki turizmni rivojlantirish uchun tur marshrutlarning yo'lga qoyilmaganligi asosiy sabab bolsa, ikkinchi sabab aholida ziyorat manzillari haqida yetarli malumotlarning yo'qligidir. Viloyatlar miqyosida emas, hattoki tumanlar miqyosida ham ziyorat maskanlari haqida qo'shni tumandagilarning bexabarligi achinarli holat albatta.

Mamlakatimizda geografik tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladigan hududlar mavjud, bu albatta sayyohlarning tanlash imkoniyatini oshiradi. Shu sababli mamlakatimizda turizmni rivojlantirish haqida soz borganida, faqatgina ziyorat turizmi yoki tarixiy obidalar bilan cheklanmasdan, ekologik turizm tibbiyot turizmiga ham sayyohlarni jalb qilish mumkin. Sababi yurtimizda nafaqat tarixiy inshootlari, balki ekologik ahamiyatga ega bolgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan arzon va sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etadigan dam olish maskanlariga ham ega.

Buyuk olim Abu Mansur Moturidiy maqbarasi va uning yaqinida dafn etilgan 8 buyuk ulamo qadamjosini dunyoda 170 milliondan ziyod izdoshi bo'lgan moturidiya ta'limotining ziyorat markaziga aylantirish mumkinligi ta'kidlanmoqda. O'zbekistonda Moturidiy merosini o'rganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. O'zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000-yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi O'zbekistonda keng nishonlangan edi. O'zbekiston birinchi prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etilgan. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o'tkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini o'rgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o'rnatildi. 2001-yilda Göttingen (Germaniya) universitetining professori Rudolf Ulrich qalamiga mansub "Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" kitobi o'zbek tilida nashr etildi.

2002-yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy o'quv yurtlarining talabalari va o'rta maktablarning yuqori sinf o'quvchilariga mo'ljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan o'z ona tilida tanishish imkoniga ega bo'ldi.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlangani sayin aholi daromadlari va farovonligi ortib boradi. Bu o'z navbatida ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunda eng avvalo aholini mana shunday turistik manzillar bilan tanishtirish kerak.

Bu borada quyidagi takliflarimiz o'rinli nazarimizda:

• Ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizning turistik salohiyatga ega obyektlari haqida ma'lumotlar bazasini kengaytirish;

• Televideniya va radio orqali "O'zbekiston bo'ylab sayohat" yo'nalishida ko'rsatuv va eshittirishlar salmog'ini oshirish;

• Hududlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, bu borada mahallalar faolligini oshirib, sayyohlar almashinuvini yo'lga qo'yish. Xususan, mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun " sayohat haftalik " larini tashkil etish;

• Katta yoshli aholi uchun mahallalar tomonidan Navro'z bayramlarida yoki Hayit bayramlarida "ziyorat kunlari" ni uyushtirish;

• Universitetlarda faol talabalar uchun, xususan, turizm yo'nalishida tahsil oladigan talabalar uchun "O'zbekiston bo'ylab sayohat" haftaliklari tashkil etilsa nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Sababi bu sayohat nafaqat yangi joylar haqida yangi taassurotlar balki, kelajakda ushbu sohada xizmat ko'rsatadigan talabalar uchun ulkan tajriba maktabi vazifasini o'tardi.

• Umuman turizmni rivojlantirish haqida so'z borganda, xalqaro turistlarni qanday jalb qilishga ko'proq e'tibor beriladi. Fikrimizcha bu borada xalqaro turistlarni jalb qilishdan ko'ra, ichki turizmdagi sayyohlarning chetga chiqishini oldini olish va ularni ko'proq ichki turizmga jalb qilish o'rinli. Bu borada marketingni yo'lga qo'yish muhim.

REFERENCES

1. TURIZM ASOSLARI M.A.Mirzayev, M.T.Aliyeva T:. 2011

2. www.zen.yandex.ru

3. LEX.UZ

4. Ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.