TUPROQDAGI HARAKATCHAN FOSFOR MIQDORINI AMARANT O'SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA'SIRI
Suhrobjon Boynazarovich Tilovov
TDAUSF magistranti
Islom Rustam o'g'li Qo'chqorov
TDAUSF talabasi
Bobur Kaldarboyevich Shoniyozov
TDAUSF katta o'qituvchisi
ANNOTASIYA
Amarantni o'suv davrida turli hil oziq elementlarga talabchan bo'ladi. Jumladan bu oziq elementlar azot, fosfor va kaliy elementlari bo'lib. Maqolada amarantni fosforli oziq elementlarga bo'lgan talabini o'rganish maqsadida tajribada fosforli o'g'itlar me'yorlarini tuproq tarkibidagi harakatchan shakldagi fosfor dinamikasi o'rganilgan. Bu maqsadda tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdori o 'simlik o 'suv davrida o 'rganilib borilgan.
Kalit so'zlar. tuproq, oziq modda, o'suv davr, dinamika, harakatchan fosfor, mineral o'g'it, amarant, mineral fosfor, tuproq oziq rejimi, bo'z tuproq, olib chiqib ketish, o'sish, rivojlanish, tuproq qatlami, agrokimyovi ko'rsatkich, oqsil, moy.
ABSTRACT
Amaranth needs various nutrients during its growth period. These nutrients include nitrogen, phosphorus and potassium. In order to study the need for amaranth in phosphorus nutrients, the article studied the dynamics of the content of phosphorus in a mobile form in the soil, the norms of phosphate fertilizers. To do this, we studied the amount of mobile phosphorus in the soil during the period of plant growth. Keywords. soil, nutrient element, growth period, dynamics, mobile phosphorus, mineral fertilizer, amaranth, mineral phosphorus, soil nutrition regime, gray soil, removal, growth, development, soil layer, agrochemical indicator, protein, oil.
Kirish. Dunyoda aholi soni ortib borish bilan birga oziq-ovqat mahsulotlariga talab ham shunga mos ravishda oshib bormoqda. Buning natijasida dunyo aholisini oziq-ovqat bilan
October 5-6
676
toliq taminlash hozirgi kunning dolzarb masalalarida bin bolib turibdi. Hozirda iqlim o'zgarishi natijasida o'simliklarni yetishtirish uchun noqulay sharoit yuzaga kelmoqda. Shunday vaziyatda har qanday sharoitda hech qanday qiyinchiliksiz yetishtira olish imkoniyati bo'lgan o'simliklarning kundan-kunga ahamiyati ortib bormoqda. Amarant o'simligi ham shunday o'simliklar sirasiga kiradi. Amarant tarkibidagi oqsil va moylar boshqa turdagi o'simliklariga nisbatan ancha yuqori turadi. O'zbekiston Respublikasi sharoitida amarant hali geobotanik jihatdan ancha yosh o'simlik bo'lib, uning mamlakatimizga kirib kelishi aynan oxirgi 10 yillikka to'g'ri keladi. Amarantdan olinadigan asosiy xomashyo bu oqsil bo'lib, undagi oqsil miqdori kuzgi bug'doy va makkajo'xoriga nisbatan 2 barobarga ko'pligi aniqlangan. Bundan tashqari Amarantdan amarant uni, amaranth moyi va hayvonlar uchun oziqa birligi yuqori bo'lgan omuhta yem ishlab chiqariladi. Amarant o'simligining fosforga bo'lgan talabini aniqlashda fosforli o'g'itlarni xar xil me'yorlarda qo'llab fosforga bo'lgan extiyojini aniqlash ustida ko'pgina tajribalar olib borgan (Bationo va boshqalar 1986, Hammond,1986. Lombin 1987). Amarantning o'sishi, rivojlanish va hosildorligini oshirishda tuproqdagi fosforni miqdori va fosforga bo'lgan talabi va osimlikga o'tishi (Gupta and Thimba, 1992). Amarant o'simligin donini sifat ko'rsatkichlarini yahshilashda fosforli o'g'tlarni qo'llash orqali don tarkibidagi oqsil va boshqa organik moddalarni oshishi fosforli o'g'tlar qo'llanilgan variantlarda kuzatilganligi aytib o'tgan (Adetunji, 1995). Amarant o'simligiga fosforli o'g'itlarni qo'llash natijasida o'simlik poya, barg, gul va boshqa organlarida fosforning miqdori
oshganligi kuzatildi (Nihort , 1995) Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalarini Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'quv tajriba xo'jaligi "Extension center" ning tuproqlarida o'tkazildi. Tadqiqot obyekti sifatida o'tloq bo'z tuproqlar va amarantning Xarkovskiy-1 navi olindi. Amarantning asosiy ekin sifatida o'sib rivojlanishi, oziqlanishini o'rganish uchun dalaga ekiladi va o'suv fazalari bo'yicha biometrik o'lchashlar va fenologik kuzatuvlar o'tkazildi. Azotli o'g'itlar ammiakli selitra - NH4NO3 (34,5% N), fosforli o'g'it murakkab o'g'it bo'lgan ammofos - NH4H2PO4 (11% N va 46% P2O5), kaliyli Dala tajribasi obe'kti, metodlari va materiallar. Tajriba uchun
October 5-6
677
jami 108 m maydon tanlandi va tajriba 6 ta variant va 4 ta takrorlikda olib borildi. Dala tajribalari va barcha tahlillar "Metodbi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivntix xlopkovtix rayonax" qo'llanmalarida keltirilgan uslublar asosida amalga oshirildi va olingan ma'lumotlar B.A.Dospexov (1985) bo'yicha tahlil qilindi.
Olingan natijalar va ularning ahamiyati ma'nosi: Amarant uchun muhim oziq moddalardan biri tuproqdagi harakatchan fosfor xisoblanadi. O'tloqi bo'z tuproqlarda qabul qilingan tasnif bo'yicha tuproqda fosfor miqdori kam bo'lishi aniqlandi. Ushbu tuproqlarda tabiiy sharoitda harakatchan fosfor dinamikasida kuchli o'zgarishlar kuzatilmadi. Faqat, erta bahordan iyul oyining uchinchi dekadasigacha tuproqda harakatchan fosfor miqdori biroz ortib bordi, keyin esa biroz kamaydi. Bunda tuproqning harakatchan fosfor bo'yicha fosfat rejimi muhim ahamiyatga ega. Chunki fosforli o'g'itlardagi fosforning ko'p qisimini o'simlik o'zlashtira olmaydigan fosfatlarga o'tib ketishi extimoli juda yuqori. Tadqiqotlarni ko'rsatishicha o'g'itsiz nazorat variantida tabiiy holda tuproqda harakatchan fosfor miqdori kam bo'ladi. Uning miqdori erta bohorodan yoz oylarining oxirigacha ortib boradi. Amarantni o'suv davri oxiriga kelib kamaya boshladi. Fosforli o'g'itlar yuqori me'yorda qo'llanilgan variantlarda, ya'ni FON+R180 variantida tuproqda harakatchan fosfor miqdori sezilarli ortdi. Masalan, 2022 yil o'tkazilgan tadqiqotda nazorat variantida tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori 10-aprelda 10.3 mg/kg tuproqda, 10 mayda 12.6 mg/kg,10-iyunda 14.5 mg/kg, 10-avgustda 13.5 mg/kg tuproqda bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar ushbu sanalarga mos ravishda N250K200 fon variantida 17.5; 18.6;19.8;14.6 mg/kg tuproqda bo'lishi ma'lum bo'ldi. Huddi shunga o'xshash ma'lumotlar fosforli o'g'itlar qo'llanilgan tadqiqotlarda ham kuzatildi. N250K200 fonida fosforli o'g'itlarni 90; 120; 150 va 180 kg/ga me'yorlarda qo'llash tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoriga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bunda fosforli o'g'itlar me'yori ortib borishi bilan tuproqda harakatchan fosfor miqdori ham ortib bordi. Azotli va kaliyli o'g'itlar qo'llanilgan variant ya'ni N250K200 variantida o'tloq bo'z tuproqda
harakatchan fosfor miqdori keskin kamaydi. Bu asosan fosforli o'g'itlarni qo'llash bilan bog'liq. Chunki fosforli o'g'itlar tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini keskin oshiradi.
October 5-6
678
Xulosalar. Demak, tabiiy xoldagi tuproqda harakatchan shakldagi fosfor miqdori kam bo'ladi. Bu tadqiqotlarimizni nazarot (o'g'itsiz) variantida kuzatildi. Fosforli o'g'itlar me'yorini 90-180 kg/gacha ortishi natijasida o'tloq bo'z tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor miqdorini ishonarli oshiradi va fosfat rejimi va dinamikasiga ijobiy ta'sir qiladi.
REFERENCES
1. Шониёзов Б.К., Ортиков Т.К Внесение удобрений и формирование урожая амаранта //Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва, 2022 № 2 (125). -С.35-39
2. Дала тажрибаларини утказиш услуби. Т. УзПИТИ, 2007. -145 б.
3. Машрабов М.И., Хайитов М. Изменение фосфатного режима почв с карбонатно-магниевым засолением, под влиянием новых комплексных удобрений, при возделивании хлопчатника // Журнал Актуалные проблемы современной науки. № 4(95). Москва, 2017. - С. 267- 270
4. Mashrabov M., Maxmatmurodov A EFFECTS OF PHOSPHOR STORAGE FERTILIZERS ON PHOSPHATE REGIME AND CABBAGE YIELD OF TYPICAL GRAY SOILS PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR BIOLOGY. 2021 - Volume 22 [Issue 55-56]. EUROPE: International Knowledge Press, S107, 3 Hardman Square, Spinning fields, Manchester, M3 3EB, UK. Page: 33-41
5. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Биоэкология и способы регулирования количествами насекомых на плантациях орехов в условиях Узбекистана // Ж. Актуальные проблемы современной науки, Москва,- 2019, 6, с.183-185.
October 5-6