Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
AZOTLI O'G'ITLAR ME'YORLARINING TUPROQDAGI MINERAL AZOT
MIQDORIGA TA'SIRI
Raxshana Sultanbekova
TDAU SF magistranti
Bobur Kaldarboyevich Shoniyozov
TDAU SF katta o'qituvchisi
To'lqin Qo'chqorovich Ortiqov
SamDU dosenti
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada bir nechta me'yorlarda qo'llaniladigan azotli o'g'itlar amaranthni boqish uchun tuproqda optimal ozuqa rejimini yaratishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Azotli o'g'itlardan foydalanish natijasida tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdori sezilarli darajada oshadi. Bu amaranthning o'sishi va rivojlanishini, mahsuldorligini keskin yaxshilaydigan amaranthni oziqlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi..
Kalit so'zlar. Tuproq oziq moddasi, mineral azot, nitrat, ammoniy, azotli o'g'it, amarant, o'sish, rivojlanish.
ABSTRACT
This article provides data that nitrogen fertilizers applied in several norms create an optimal nutrient regime in the soil for feeding amaranth. As a result of the use of nitrogen fertilizers, the amount of mobile nutrients in the soil increases significantly. This contributes to the creation of favorable conditions for the nutrition of amaranth, which will dramatically improve the growth and development, productivity of amaranth.
Keywords: soil nutrients, mineral nitrogen, nitrate, ammonium, nitrogen fertilizers, amrant, growth, development
Mavzuning dolzarbligi. Amarant o'simligining o'sish va rivojlanishi tuproq oziq rejimiga kuchli bog'liqlikda bo'ladi. Tuproqda harakatchan oziq moddalar miqdorini yuqori darajada bo'lishi, uning dinamikasini ijobiy o'zgarishga ega bo'lishi amarant o'simligini
October 5-6
665
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
muqobil oziqlanishi uchun sharoit yaratadi. Tuproqda eng muhim oziq moddalardan biri ammoniy shakldagi azot miqdori hisoblanadi. O'simliklar azotni, ayniqsa ishqoriy va karbonatli tuproqlarda ammoniy shaklda yaxshi o'zlashtiradi. Amarant o'simligi mineral azot ionlarini tuproqdan katta miqdorda o'zlashtiradi.
Amarant o'simligi yuqori mahsuldorlikka ega bo'lib, vitaminlar va minerallarga to'yingan ko'k massa (1500 s/ga gacha), don (60 s/ga gacha) beradi. U yuqori sifatli oqsil tarkibiga ega bo'lib, donida 20% gacha, barglarida 4,0% gacha oqsil, don va barglarida mos ravishda 10 va 6% gacha moy bo'ladi (Breus I.P., 1998; Magomedov I.M., 1989; Chernov I.A., Zemlyanoy B.Ya., 1991; Saunders R.M., Becker R., 1984; Wegerle N., Zeller F.J.1995). Amarant oqsilga bo'y bo'lganligi sababli azotli oziqlanishga va azotli o'g'itlarga talabchan bo'ladi.
ba'zi turlari tuproqdagi natriy xloridli sho'rlanishga chidamli xususiyatga ega. Tuproq tarkibidagi NaCl konsentrasiyasi 10 mM bo'lganda o'simlikning o'sishi tezlashadi va mahsuldorligi ortadi. O'simlik NaCl ni intensiv o'zlashtirib tuproq tuz rejimini yaxshilaydi. Bunday tuproqlarga 2-3 yil davomida amarant yetishtirish hisobiga tuproq tuz rejimini yaxshilash va bug'doy yetishtirish uchun yaroqli holatga keltirish mumkin (Chirkova T.V., 1999).
Materirallar va metodlar. Dala tajribsi Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'quv tajriba xo'jaligi "Extension center" ning tuproqlarida o'tkazildi. Tadqiqot ob'yekti sifatida o'tloq bo'z tuproqlar va amarantning Xarkovskiy-1 navi olindi.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tajriba tuzilmasi fosfor-kaliyli fon variant va ushbu fonda bir necha me'yorda azotli o'g'itlar qo'llanilgan variantlardan iborat bo'ldi.
Amarantning asosiy ekin sifatida o'sib rivojlanishi, oziqlanishini o'rganish uchun dala tajribasi qo'yildi va o'suv fazalari bo'yicha biometrik o'lchashlar va fenologik kuzatuvlar o'tkazildi. Azotli o'g'itlar ammiakli selitra - NH4NO3 (34,5% N), fosforli o'g'it superfosfat shaklida, kaliyli o'g'it kaliy xlorid - KCl (60% K2O) shaklida qo'llanildi. Tajriba umum qabul qilingan uslublar bo'yicha olib borildi.
Amarantdan fitomeliorativ maqsadda ham foydalanish mumkin. Uning
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
Olingan natijalar va ularning tahlili. O'g'itlar qo'llanilmagan tabiiy sharoitda tuproqlarda ammoniy miqdori ma'lum bir qonuniyatlar asosida o'zgarib boradi. Tadqiqot o'tkazilayotgan tuproqning ammoniy shakldagi azot miqdori nitrat shakldagi azot miqdoriga nisbatan ancha kam bo'lishi kuzatildi. Ammoniy shakldagi azot miqdori erta bahordan iyun oyining o'rtalarigacha ortib bordi. Keyin esa uning
kamayish dinamikasi kuzatildi. Umuman olganda tuproqda ammoniy shakldagi azot miqdorini tabiiy holatda kam bo'lishi kuzatildi. Bu amarant o'simligini maqbul o'sishi, rivojlanish va hosil to'plashi uchun yetarli emas. Fosforli-kaliyli o'g'itlar P150K200 me'yorlarda qo'llanilganda tuproqda ammoniy shakldagi azot miqdori biroz ko'paydi. Ya'ni fosforli va kaliyli o'g'itlarni qo'llanilishi tuproqdagi ammoniy shakldagi azot miqdoriga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Masalan, 2022 yil 20 aprelda o'g'itsiz nazorat variantida tuproqning haydov qatlamida 12.4 mg/kg, 20 iyunda 16.5 mg/kg. 20 avgustda 14.1 mg/kg tuproqda ammoniy shakldagi azot bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich sanalar bo'yicha mos ravishda fon variantida 12.4; 15.1; 14.5 mg/kg ni tashkil etdi.
O'simliklar uchun yana muhim oziq moddalardan biri nitrat shakldagi azot hisoblanadi. Tadqiqotni ko'rsatishicha, tuproqda nitrat shakldagi azot miqdorini ammoniy shakldagi azot miqdoridan ancha yuqori bo'ladi. Bu esa tuproqda ammonifikasiya jarayoniga nisbatan nitirifikasiya jarayoni jadal borishini ko'rsatadi. Lekin, umuman olganda tabiiy sharoitdagi nitrat shaklidagi azot miqdori ham ancha kam bo'lishi, tabiiy holda nitrat hosil
October 5-6
667
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
bo'lishi agrosenoz ekinlari uchun etarli bo'lmasligi olingan ma'lumotlardan malum bo'ldi. Tabiiy sharoitda nitratlar miqdori erta bahordan 20 iyungacha ortib bordi, analizning keyingi muddatlarida uning kamayishi kuzatildi. Masalan, o'g'itsiz nazorat variantida 20 aprelda tuproqdagi nitrat shakldagi azot miqdori 10.4 mg/kg, 20 mayda 13.7 mg/kg, 20 iyunda 14.4 mg/kg, 20 iyulda 12.4 mg/kg, 20 avgustda 14.2 mg/kg tuproqda bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar R150K200 fon variantida yuqoridagi sanalarga mos ravishda 12.5;16.1;17.2;15.1;16.5 mg/kg tuproqdani tashkil etdi. Azotli o'g'itlar tuproqdagi ammoniy shakldagi azot miqdorini ham, nitar shaklidagi azot miqdorini ham ishonarli ravishda oshiradi.
Xulosa. Olib borilgan tadqiqot natijalaridan shunday xulosa qilish mumkinki azotli o'g'itlarni qo'llash tuproqdagi harakatchan ammoniiy va nitrat azotlari miqdorini oshirib amarant o'simligini yetishtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bu o'simlik bo'yi, biomassasi, barglar soni va boshqa bir qancha xususiyatlariga ijobiy ta'sir qiladi.
REFERENCES
1. Ортицов ТД, Шониёзов Б.К. Внесение удобрений и формирование урожая амаранта Журнал «Актуалные проблемы современной науки» № 2(125) 2022 г.35-39 ст
2. Ortiqov. T.Q, Shoniyozov B.K., Qodirova G.O Mineral va organik o'g'itlarning tuproq oziq rejimi va amarant hosildorligiga ta'siri Agro ilm. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi. Toshkent, 2021 yil. - № 6(72). -B. 83-85.
3. Dala tajribalarini o'tkazish uslubi. T. UzPITI, 2007. 145 bet
4. Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических иследований в поливных хлопковых раёнах. Т. 1963. 438 c
5. Машрабов М.И., Хайитов М. Изменение фосфатного режима почв с карбонатно-магниевым засолением, под влиянием новых комплексных удобрений, при возделивании хлопчатника. Журнал Актуалные проблемы современной науки. № 4(95) 2017 г. Москва 2017. - С. 267- 270
6. Mashrabov M., Maxmatmurodov A EFFECTS OF PHOSPHOR STORAGE FERTILIZERS ON PHOSPHATE REGIME AND CABBAGE YIELD OF TYPICAL GRAY SOILS PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR BIOLOGY. 2021 - Volume 22 [Issue 55-56]. EUROPE: International Knowledge Press, S107, 3 Hardman Square, Spinning fields, Manchester, M3 3EB, UK. Page: 33-41
7. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Биоэкология и способы регулирования количествами насекомых на плантациях орехов в условиях
Узбекистана // Ж. Актуальные проблемы современной науки,
Москва,- 2019, 6, с.183-185.
October 5-6