Научная статья на тему 'IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOYNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA MINERAL O‘G‘ITLARNING TA’SIRI'

IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOYNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA MINERAL O‘G‘ITLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

476
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq / ishlov berish / boʼz tuproq / irrigatsiya eroziyasi / hajm massa / fosfor oʼgʼiti / kuzgi bugʼdoy / don hosili / sifati.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — K. Sh. Bozorov, D. Aralova

Sugʼorish eroziyasiga uchragan tipik boʼz tuproqlar sharoitida kuzgi bugʼdoyni oziqlantirishda fosforli oʼgʼitlarni N200K100 kg/ga fonida fosforli o„g„itlarni maydonning tuprogʼi yuvilmagan qismida 100 kg/ga P2O5, tuprogʼi yuvilganida 140 kg/ga va oqova toʼplangan qismida azot va kaliy meʼyorlarini 30-40 % ga kamaytirib, 60 kg/ga P2O5, meʼyorlarida qoʼllash hisobiga ekin maydonining tuprogʼi yuvilgan qismida ham tuprogʼi yuvilmagan maydondagi kabi yuqori (51,5; 50,6 va 51,2 s/ga) hamda sifatli (oqsil – 15,6 va kleykovina 31,6 %) don hosili yetishtirish mumkinligi tadqiqot natijalari asosida aniqlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Based on the study, it was found that under conditions of typical gray soils subject to irrigation erosion, when fertilizing winter wheat against the background of N200K100 kg/ha on non-washed soils, the application of 100 kg/ha of phosphorus fertilizers, on washed-out soils 140 kg/ha and on washed-out soils 60 kg of phosphate fertilizers with a decrease in the norms of nitrogen and potassium by 30-40%, you can get a crop both on non-washed soils (51.5; 50.6 and 51.2 q / ha) with good grain quality (protein 15.6 and gluten -31.6%).

Текст научной работы на тему «IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOYNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA MINERAL O‘G‘ITLARNING TA’SIRI»

IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO'Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG'DOYNING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA MINERAL O'G'ITLARNING TA'SIRI

Sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doyni oziqlantirishda fosforli o'g'itlarni N200K100 kg/ga fonida fosforli o'g'itlami maydonning tuprog'i yuvilmagan qismida 100 kg/ga P2O5, tuprog'i yuvilganida 140 kg/ga va oqova to'plangan qismida azot va kaliy me'yorlarini 30-40 % ga kamaytirib, 60 kg/ga P2O5, me'yorlarida qo'llash hisobiga ekin maydonining tuprog'i yuvilgan qismida ham tuprog'i yuvilmagan maydondagi kabi yuqori (51,5; 50,6 va 51,2 s/ga) hamda sifatli (oqsil - 15,6 va kleykovina 31,6 %) don hosili yetishtirish mumkinligi tadqiqot natijalari asosida aniqlangan.

Kalit so'zlar: Tuproq, ishlov berish, bo'z tuproq, irrigatsiya eroziyasi, hajm massa, fosfor o'g'iti, kuzgi bug'doy, don hosili, sifati.

Based on the study, it was found that under conditions of typical gray soils subject to irrigation erosion, when fertilizing winter wheat against the background of N200K100 kg/ha on non-washed soils, the application of 100 kg/ha of phosphorus fertilizers, on washed-out soils 140 kg/ha and on washed-out soils 60 kg of phosphate fertilizers with a decrease in the norms of nitrogen and potassium by 30-40%, you can get a crop both on non-washed soils (51.5; 50.6 and 51.2 q / ha) with good grain quality (protein - 15.6 and gluten -31.6%).

Kirish. Eroziya jarayonlari bo'z tuproqlar unumdorligini keskin pasaytirib yuboradi hamda ekin maydonlarining rel'efi hisobga olinmay, agrotexnologik tadbirlarni o'tkazilishi, zamonaviy texnikalar bilan qayta-qayta tuproqqa ishlov berilishi natijasida tuproqning haydalma

K. Sh. Bozorov

TDAU Samarqand filiali dotsenti

D. Aralova

TDAU Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

АBSTRACT

qatlamini haddan tashqari zichlanishiga va suvni tuproqqa

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

singishini qiyinlashishiga sabab bo'ladi. Bu esa, unumdor tuproqni oqova bilan zovur va kanallarga tushishiga hamda ushbu tuproqlar tarkibidagi o'simlik uchun zarur bo'lgan oziqa moddlarni daladan oqizilib ketishiga olib keladi. Bu jarayon, o'z navbatida, bo'z tuproqlarning suv-fizikaviy, agrokimyoviy, mikrobiologik xossa-xususiyatlarini yomonlashuviga, ekin maydonlari tuproqlarining unumdorligini pasayib ketishiga olib keladi va natijada, bunday sharoitda yetishtirilayotgan kuzgi bug'doyning don hosilini kamaytirib, don sifatini buzilishi qishloq xo'jaligi uchun katta iqtissodiy-ekologik zarar keltiradi.

Shuning uchun ham, sug'orilib dehqonchilik qilinadigan hududlarda ekin maydonlarini suv va sug'orish erozyasidan himoya qilishda tuproqqa asosiy ishlov berish usullarini to'g'ri tanlash, har bir uchastka hamda ekin turlarini oziq moddalarga bo'lgan talabini aniq hisobga olish va bunda, resurstejamkor agrotexnologiyalardan samarali foydalanishni taqozo etadi.

Material va metodlar. Ko'rsatib o'tilgan muammolarning yechimini topish maqsadida bizlar 2021-2022 yillarda Samarqand viloyati Bulung'ur tumanining "Rustambek" fermer xo'jaligining irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida dala tajribalari o'tkazildi. Tajriba dalasining nishabligi 0,0040,005 m, shimoliy ekspozitsiyada joylashgan bo'lib, mexanik tarkibi bo'yicha o'rtacha va yengil qumoq, grunt suvlari 14-16 m chuqurlikda joylashgan. Tajriba dalasida har bir paykalchaning umumiy maydoni 560 m (egat uzunligi 100 m, eni 8 qator 5,6 m), shundan hisobga olingani 280 m2. Variantlar soni 5 ta, tajriba 4 qaytariqda bo'lib, variantlar sistematik ravishda bir yarusda joylashtirilib, ilmiy tadqiqot ishlarimiz respublikamizda umumqabul qilingan uslubiy qo'llanmalar va tavsiyalar bo'yicha olib borildi. Tajriba dalasiga viloyatda asosiy maydonlarga rejalashtirilgan kuzgi bug'doyning "Zimnitsa" navini urug'lari qator orasi 60x60 sm qilib, SZ seyalkasida 4-5 sm chuqurlikka, gektariga 5 mln dona unuvchan urug' hisobida oktyabr oyining birinchi va ikkinchi o'n kunliklarida ekildi. Mineral o'g'itlar quyidagicha qo'llanildi: fosforli o'g'itlarning yillik me'yorini 80 % shudgor ostiga, qolgan 20 %urug'larni ekish bilan bir vaqtda, kaliyning barcha yillik me'yori shudgor ostiga, azotli o'g'itlarning yillik me'yori teng ikkiga bo'linib, o'simlikning amal davrida (tuplanish va naychalash) berildi.

Tadqiqotlarda o'tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar va biometrik o'lchashlar uslubiy qo'llanmalari asosida o'tkazilib, don hosili variantlar bo'yicha B.A.Dospexov bo'yicha dispersion tahlil qilindi.

Natijalar va ularning tahlili. Bizning dala tajribalarimizda kuzgi bug'doy urug'lari bir muddatda ekinganligiga qaramasdan

October 5-6

563

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

ularning unuvchanligi eroziya tuproqqa ishlov berish va qo'llanilgan fosforli o'g'itlar ta'sirida urug'larning unuvchanligini o'zgarishi kuzatildi.

Tajriba dalasida tuproqqa ishlov berish usullari va qo'llanilgan fosforli o'g'itlar me'yori bug'doy urug'larining unuvchanligiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ko'rsatilgan omillarning ta'siri eroziyaga uchragan maydonlarda unchalik sezilarli bo'lmadi. Masalan, ushbu maydonda o'g'itsiz-nazorat variantda urug'larning unuvchanligi 83,8% ni tashkil etgan bo'lsa, 200 kg azot va 100 kg/ga kaliy fonida bu ko'rsatkich - 84,0% ga teng bo'ldi yoki ko'rsatilgan azot-kaliy fonida fosforli o'g'itlarni 60 kg dan 140 kg/ga gacha qo'llanganda, urug'larning unuvchanligi 84,0 - 84,5% atrofida bo'lganligi kuzatildi.

Tajribamizda kuzgi bug'doy amal davrining oxirgi bosqichlarida, ya'ni o'simliklarning gullash - pishish fazalarida o'sish sur'ati keskin kamaydi va uchastkaning tuprog'i yuvilmagan hamda fosforli o'g'itlar 60-140 kg/ga me'yorida N200 K100 kg/ga fonida qo'llanilganda yakuniy balandlikning 1,9-5,2% ni, dalaning tuprog'i kuchli, yuvilgan qismidagi paykalchalardagi o'simliklarda bu ko'rsatkichlar o'rtacha 2,7-3,9% ni tashkil etdi.

Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinadiki, eroziya ta'sirida tuproqlarning yuvilish darajasi hamda bunday yerlarda qo'llanilgan fosforli o'g'itlarning har xil me'yorlari kuzgi bug'doyning o'sish davriga, rivojlanish bosqichlarining o'tish davomiyligiga sezilarli ta'sir etadi. Urug'larning unib chiqish muddati bo'yicha uchakstkaning har ikkala qismida fosforli o'g'itlar me'yoriga bog'liq holda sezilarli farq kuzatilmadi. Tajriba dalasida ekilgan kuzgi bug'doyning unib chiqish-tuplanish davri uchastkaning tuprog'i yuvilmagan maydonlarida qo'llanilgan fosforli o'g'itlar me'yoriga bog'liq holda 32-33 kunni, tuprog'i kuchli yuvilgan uchastkalarda 31-32 kunni, eroziya ta'sirida yuvilib tuproq to'plangan qismida esa 34-35 kunni tashkil etganligi kuzatildi.

Sug'orish eroziyasiga uchragan yerlarda qo'llanilgan tuproqqa ishlov berish usullari va fosforli o'g'itlar meyorlari kuzgi bug'doy donlarining shakllanishi va yetilish darajalariga samarali tasir ko'rsatadi. Sug'orish eroziyasiga uchramagan, yani tuprog'i sug'orish tasirida yuvilmagan maydonlarda, nazorat paykalchalarda o'stirilgan kuzgi bug'doy boshoqlarining uzunligi 8,3 sm, undagi boshoqchalar soni 17,5; boshoqdagi donlar miqdori 46,6 donani va don vazni 1,65 grammni tashkil qildi. Ko'rsatib o'tilgan maydonlarda, gektariga 200 kg azot va 100 kg kaliy qo'llanilgan paykalchalarda esa bu ko'rsatkichlar mos ravishda 8,7 sm; 19,7; 47,5 dona va 1,72 grammga teng bo'ldi. Ushbu maydonlarda N200K100 kg/ga fonida fosforni 60 kg dan 140 kg

October 5-6

564

gacha oshirib qo'llanilganda boshoq uzunligi 9,0-10,5 sm, boshoqdagi boshoqchalar 20,6-22,5, undagi donlar soni 49,3-50,8 donani hamda bir boshoqdagi donlar massasi 1,78-1,94 grammga teng bo'ldi.

Tajribalarimizda qollanilgan tuproqni ishlash usullari va fosforli ogitlar meyorlariga ko'ra bug'doyning o'rtacha don hosildorligi asosiy ishlov berish chizellar bilan otkazilgan maydonlarda 43,6 - 50,6 s/ga, oddiy shudgor qilingan yerlarda yerlarda 44,7 - 51,5 s/ga va shudgorlash dalaning ko'ndalangiga otkazilgan tuproqlarda esa 49,5 - 51,2 s/ga ni tashkil etdi.

Sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida o'stirilgan kuzgi bug'doyning hosildorlik korsatkichi bilan bir qatorda, yetishtirilgan donlarning sifati ham muhim ahamiyatga ega. Bunday sharoitda yetishtirilgan bug'doy donidan tayyorlanadigan non va har xil oziq-ovqat mahsulotlarining to'yimdorlik darajasi donning kimyoviy tarkibiga, eng muhimi, undagi oqsil va kleykovina miqdoriga bog'liq. Biz Samarqand viloyatining sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida yetishtirilgan kuzgi bug'doy doni tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdoriga tuproqqa ishlov berish usullari va fosforli og'itlar meyorlarining tas'irini aniqladik. Keltirilgan jadval malumotlarining ko'rsatishicha, don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorlari tuproqlarning yuvilish darajasi va qo'llanilgan tuproqa ishlov berish usullari va fosforli o'gitlar me'yorlariga bog'liq holda o'zgardi. Tajriba dalasining tuprog'i yuvilmagan maydonida og'it ishlatilmaganda yetishtirilgan bug'doy doni tarkibidagi oqsil 13,5% va kleykovina 28,3% ni tashkil etgan bo'lsa, faqat azot-kaliy qo'llanilganda bu ko'rsatkichlar mos ravishda 14,1 va 29,7% ga, ushbu fonda gektariga 60-100 kg qo'llanilganda oqsil miqdori 14,6-15,6%, kleykovina 30,5-31,6% yoki har bir gektar hisobiga 645,3-805,4 kg oqsil va 13481637 kg kleykovina yetishtirildi.

Tuprog'i kuchli yuvilgan maydonlarda eng kop oqsil va kleykovina gektariga N200P140K100 kg qo'llanilgan variantlarida mos ravishda 15,8% va 31,7% yoki gektar hisobiga 769 kg oqsil va 11543,3 kg kleykovina olishni taminlandi. Oqova to'plangan maydonlarda oqsil va kleykovina miqdori bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar (15,9% va 31,7% mos ravishda) yoki 787 kg oqsil va 1569 kg kleykovina gektariga N200P60K100 kg ishlatilgan maydonlardan olindi.

Samarqand viloyatining sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida yetishtirilgan kuzgi bug'doydan sifatli don yetishtirishda (oqsil 15,8%, kleykovina 31,7%) gektariga 200 kg azot, 100 kg kaliy fonida 140 kg P2O5 fosfor og'iti holida qo'llash shudgorlashni dalaning

October 5-6

nishabligiga ko'ndalangiga o'tkazish eng yuqori samara berishi tajriba natijalari asosida aniqlandi.

Xulosalar. Irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doy navlaridan sifatli don hosili yetishtirishda, eroziya jarayonlarini salbiy oqibatlarini kamaytirishda va ushbu tuproqlar unumdorligini oshirishda resurstejamkor agrotexnologiyalar asosida tuproqqa kontur usulida 32-35 sm chuqurlikda ishlov berilib, eroziyaga uchramagan, tuprogi yuvilmagan maydonlarda 200 kg/ga azot 100 kg/ga kaliy fonida 100 kg/ga; eroziya tasirida tuprogi kuchli yuvilgan yerlarda korsatilgan azot-kaliy fonida 140 kg/ga; eroziya tasirida oqova toplangan maydonlarda azot va kaliy meyorlarini 30-40% ga kamaytirib, 60 kg/ga qollash hisobiga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi va ekologik toza mahsulot yetishtirishni ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Дала тажрибаларини утказиш yслyблaри. - Т.,УзПИТИ, 2007.-135 б.

2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.-М., 1985.350 Б.

3. Сиддикрв Р., Рахимов М., Фосфорли угитларни куллаш yсyллaрининг кузги бугдой дон хрсилига таъсири // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. 2018. -№ 11. -Б. 37.

4. Узаков F., Рахимов М. Кузги бошокли дон экинларини етиштиришда ресурстежамкор агротехнологияларни ишлаб чикиш // AGRO ILM. 2017. -№ 3 (47). -Б. 20.

5. Keldiyorova X.X. Bug'doy hosildorligi va sifati //J. O'zbekiston qishloq xo'jaligi -2004 y. № 8, 35-b.

6. Dehqonov A. Eroziyaga uchragan yerlarda bug'doy yetishtirish. //J. O'zbekiston qishloq xo'jaligi - 2007 y.№ 6. 17-b.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.