Научная статья на тему 'TRANSPORTDAGI ZAMONAVIY MUAMMOLAR'

TRANSPORTDAGI ZAMONAVIY MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / avtomobil / transport / transport. ekspeditsion / sub’ekt / optimal / axborot / marketing / axborot / экономика / автомобиль / транспорт / транспорт. экспедиционный / предметный / оптимальный / информационный / маркетинговый / информационный

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Juraeva Gulchexra Shodievna

Maqolada ko‘plab avtotransport korxonalari tashish jarayonlari operatsiyalari va transport korxonalari xizmatidan foydalanuvchi iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, axborot aloqasi, yuk punktlariga transport vositalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi, iste’molchilarga yuklarning jo‘natilishi va qabul qilishi, avtotransport korxonalarining o‘zlari iste’molchilar talablarini o‘rganish kerakligi haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Modern problems in transport

В статье констатируется, что в работе транспортных процессов многих автотранспортных предприятий и взаимодействии между потребителями, пользующимися услугами транспортных предприятий, информационной связью, несвоевременным прибытием транспортных средств в места погрузки, отправкой и поступления товаров потребителям, а также то, что автотранспортные предприятия сами должны изучать требования потребителей.

Текст научной работы на тему «TRANSPORTDAGI ZAMONAVIY MUAMMOLAR»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK 656.062(075)

TRANSPORTDAGI ZAMONAVIY MUAMMOLAR

Juraeva Gulchexra Shodievna Islama Karimova nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, [email protected]

Annotatsiya. Maqolada ko'plab avtotransport korxonalari tashish jarayonlari operatsiyalari va transport korxonalari xizmatidan foydalanuvchi iste'molchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, axborot aloqasi, yuk punktlariga transport vositalarining o'z vaqtida yetib kelmasligi, iste'molchilarga yuklarning jo'natilishi va qabul qilishi, avtotransport korxonalarining o'zlari iste'molchilar talablarini o'rganish kerakligi haqida bayon qilingan.

Аннотация. В статье констатируется, что в работе транспортных процессов многих автотранспортных предприятий и взаимодействии между потребителями, пользующимися услугами транспортных предприятий, информационной связью, несвоевременным прибытием транспортных средств в места погрузки, отправкой и поступления товаров потребителям, а также то, что автотранспортные предприятия сами должны изучать требования потребителей.

Annotation. The article states that in the work of transport processes of many motor transport enterprises and the interaction between consumers using the services of transport enterprises, information communications, untimely arrival of vehicles at loading points, dispatch and receipt of goods to consumers, and also that motor transport enterprises themselves must study the requirements consumers.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot, avtomobil, transport, transport. ekspeditsion, sub'ekt, optimal, axborot, marketing, axborot

Ключевая слова: экономика, автомобиль, транспорт, транспорт. экспедиционный, предметный, оптимальный, информационный, маркетинговый, информационный

Keywords: economics, car, transport, transport. expeditionary, subject, optimal, informational, marketing, informational

Bugungi kunda halq xo'jaligining hech bir tarmog'ini avtomobib transportisiz tasavur etib bo'lmaydi. 90-yillargacha avtomobib transportining oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri iste'molchi tashkilotlar bo'yicha taqsimlangan reja ko'rsatkichlarini shu jumladan tonna va tonna km da yo'lovchi tashuvchi transportda esa yo'lovchilarda va yo'lovchi kilometlarda belgilangan tashish hajmlari bo'lib uni hal etish ma'muriy buyruqbozlikka va yuqoridan rejalashtirishga asoslanlgan edi.

Respublikani mustaqilikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o'tishining dastlabka natijalari ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan bunday rejalashtirish noto'g'ri ekanligini ko'rsatdi.

Yuk transporti korxonalarini xususiylashtirish jarayoni, transport bozorlarini maydalashtirish, xususiy kompaniyalar va xususiy yuk transporti vositalarining paydo bo'lishi transport xizmatlari bozorida ularning raqobatbardoshligini boshqarish qobiliyatiga bog'liq.

Amaldagi markaziy rejalashtirishda avtomobil transporti va u xizmat ko'rsatadigan tarmoqlarning o'zaro munosabatlari markazlashtirilgan asosda qurilgan edi. Avtotransport korxonalariga yuqori tashkilotlar tomonidan majburiy mijozlar va yuklar nomenklaturasi, mijozlarga esa ularga xizmat ko'rsatadigan avtotransport korxonalari biriktirib qo'yilar edi.

Markazlashtirilgan bunday rejalashtirishda raqobat yuzaga kelishi mumkin bo'lmas edi. Bunda avtotransport korxonalari hech qanday qiyinchiliklarsiz mijozlariga o'z shartlarini o'tkazar edilar. Ko'plab avtotransport korxonalari faqat tashish jarayoni operatsiyalarini bajarib, mijozlarning boshqa shartlari bilan qiziqmas edilar. Transportning «ishlab chiqaruvchi - tashib

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158X, Volume 5, Issue 2, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI beruvchi - iste'molchi» zanjirida quyidagi kamchiliklar mavjud edi:

- transport korxonalari va ular xizmatidan foydalanuvchi iste'molchilar o'rtasidagi o'zaro munosabat juda past darajada edi;

- tashish jarayoni qatnashchilari o'rtasida axborot aloqasi yetarli darajada emas edi;

- yuk punktlarida transport vositalarining o'z vaqtida yetib kelmasligi natijasida konteynerlarning kutib qolish holatlari ko'p uchrab turardi;

- iste'molchilarga yuklarning jo'natilishi va qabul qilishga yetib kelish vaqti to'g'risida yetarli ma'lumot yetkazilmas edi;

- xujjatlar aylanish tizimi takomillashmagan edi.

Shunday qilib, ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi iqtisodiyotda o'zining hayotga mos emasligini ko'rsatdi.

Mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazish muammosi yuzaga keldi.

Bozor munosabatlariga o'tish uchun avvalo bozor munosabatlari nima va ular o'rtasida qanday bozor munosabatlari mexanizmi mavjudligi to'g'risida tushunchaga ega bo'lishimiz kerak.

Nemis iqtisodiyotchisi F.Xayek bozor munosabatlariga o'tishning uchta asosiy tamoyilini shakllantirib berdi:

- faqat narxlargina vositalarni qaerga yo'naltirilsa, ulardan samarali foydalanishni ko'rsatib beradi;

- hamma darajalar bo'yicha raqobatni rivojlantirish;

- ishbilarmonlik faoliyatini kengaytirish.

Avtomobilb transporti sohasida monopoliyadan chiqarish islohatlari "O'zbek modeli"da sanab o'tilgan tamoyillarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Islohatlarni boshidanoq Respublikada avtomobilb transportini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni monopoliyaga barham berish hamda turli mulkchilik shakllaridagi tadbirkorlik uchun raqobatni rag'batlantiradigan sharoitlarni yaratish yo'nalishida olib borildi.

Avtotransport korxonalari o'zlarining tijoriy va ishlab chiqarish faoliyatini qayta ko'rib chiqqan holda uni tahlil qilish, iste'molchilar talablarini o'rganish va uni qondirishga yo'naltirishlari kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida avtotransport korxonalari faoliyat ko'rsatishining xarakterli tomoni iste'molchilar bilan yangi iqtisodiy shartnomalar tuzish, transport xizmati bozorini tashkil etish, transport korxonalari va boshqa transport turlari o'rtasidagi raqobatni kuchaytirishdir.

Bozor talabini hisobga olmay turib bironta ham korxona rivojlana olmaydi. Bozor sharoitida faoliyat ko'rsatadigan har bir korxonaning yakuniy maqsadi xizmat ko'rsatishdan keladigan foyda hisoblanadi.

Avtotransport korxonalari xodimlari avtomobil transportining bozor iqtisodiyotidagi roli va uning o' rnini aniq tasavvur qilishlari kerak. Bozorga tez moslashgan korxonalar yetakchi pozitsiyani egallab, mustahkam iqtisodiy mavqega ega bo'ladilar.

Avtotransport tarmog'i xususiylashtirishga mos tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bitta yoki bir nechta avtomobildan yakka yoki jamoa bo'lib foydalanish yirik korxonalarga nisbatan qiyin bo'lmaydi.

Monopoliyaga qarshi kurashda monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash asosida maydalashtirish usuli ijobiy natijalar berishi mumkiligi amalda isbotini topayapti. SHuning uchun ham bugungi kunda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida monopol xo'jalik tuzilmalari yoki korxonalarini kichik korxonalarga aylantirish ishlari amalda qo' llanilayapti.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158Х, Volume 5, Issue 2, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

Xususiylashtirishda yirik transport korxonalari ko'p sonli mayda va o'rtacha korxonalarga bo'linib ketishi, ular o'rtasidagi raqobatni yuzaga keltirdi. Raqobat deganda bir maqsad sari ijtimoiy sub'ektlarning faol musoboqadagi o'zaro munosabatlari tushuniladi.

Ruqobat tufayli uning ishtirokchilari raqobatda yutib chiqishi uchun boshqa raqobatchilarning faoliyatini kuzatib boradi, tahlil qiladi va qiyoslash natijalariga qarab maqsadga erishishning eng optimal yo'llarini tanlaydi.

Demak raqobat mahsulot (xizmat) birligiga mehnat sarfini kamaytirishga, eng mukammal texnologiyalarni ishlab chiqishiga va qo'llashga, mahsulot sifatini yaxshilash va narxini kamaytirishga olib keladi.

To'laqonli bozor yuzaga kelishi uchun faqat transport korxonalari va is'temolchilar bo'lishi yetarli bo'lmay, undan tashqari transport lizing, axborot-vositachi va boshqa korxonalar bo' lishi kerak.

Bozor sharoitida transport korxonalarining muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishining asosiy shartlaridan biri bozor tushunchalari va qonuniyatlarini bilish bundan tashqari mutaxasislar o'z faoliyatini xalqaro normativ xujjatlar, xalqaro konventsiyalar, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati me'yoriy-huquqiy hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga muvofiq amalga oshirishi ularga rioya qilishi kerak.

Avtomobil transporti ishini rejalashtirish va tashkil etishda «transport xizmati» tushunchasi ishlatilmagan edi. U vaqtlarda bu faoliyat bilan transport-ekspeditsion xizmati shug'ullanib kelgan. Bunda avtomobil transporti mahsuloti sifatida faqat tashish tushunilib, u tonna va tonna kilometrlarda xamda yo'lovchi va yo'lovchi kilometrlada o'lchangan. Bu ko'rsatkichlar avtotransport korxonasi faoliyatining sifat ko'rsatkichlari hisoblangan.

Bozor sharoitida bu masalaga yangicha yondoshish talab etilib, bozor tushunchasiga mos «transport xizmati» tushunchasi yuzaga keldi.

ISO 8402-86 standartida "xizmat" deb materiallashtirilmagan mahsulot yaratish faoliyati va jarayonlariga aytiladi.

Transport xizmati deganda moddiy ishlab chiqarish jarayonini yakunlovchi, shuningdek, iste'molchi bilan bog'lovchi vazifa tushuniladi.

Transport xizmatlari transport faoliyatining iste'molchilar talablarini qondirishdagi ko'rinishdir.

Xizmat deganda faqat yuklarni tashish tushunilmay, balki yuklarni tayyorlash va tashishni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan hamda tashish jarayoni tarkibiga kirmaydigan operatsiyalar ham tushuniladi.

Masalan, yuklarni o'rab-chirmash, markirovka qilish, paketlarga joylashtirish, saqlash, yuk egasiga axborotlar berish va boshqalar.

Yo'lovchi avtomobilb transportining xizmatlariga quyidagilar kiradi:

- vokzallar, shoh bekatlar va oraliq bekatlarda bilet sotish;

- o'rinlarni avvaldan band qilish;

- yo'lovchilarga harakat jadvali bo'yicha ma'lumotlar berish;

- qo'l yuki, bagaj va yo'lovchilarni tashish;

- bagajni rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumotlar berish;

- yo'lovchilarga tibbiy xizmat ko'satishni tashkil etish;

- yo'lovchilarni avtobuslarga chiqarish va tushirish ishlarini bajarish;

- yuklarni saqlash xizmatlari;

- yo'lovchilarni transportda ketayotganida dam olib ketishini ta'minlash;

- harakatlanuvchi tarkibni tashishga tayyorlash;

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

- transport-ekspeditsion xizmatlari va boshqalar.

Yo'lovchilarni va yuklarni tashish transport xizmatining asosiy turi hisoblanadi. Tashish ishlari bir yoki bir necha boshqa xizmatlar bilan birga olib boriladi (ortish, tushirish, ekspeditsion va boshqa ishlar).

Hozirgi sharoitda yuqorida keltirilgan xizmatlarni marketing, tijoriy, axborot va sug'urta xizmatlari bilan to'ldirish talab etilmoqda.

Hozirgi zamon tajribasi tahlili transport xizmatini quyidagicha tasniflash imkonini beradi:

- transport korxonalari asosiy faoliyati bilan o'zaro aloqasiga ko'ra: tashish va tashib berishdan boshqa vazifalar;

- xizmat ko'rsatilayotgan iste'molchi turiga ko'ra: tashqi (transport korxonalari hisoblaydigan korxona va tashkilotlar) va ichki (avtomobil transport tarmoqlari, tashkilot va korxonalari).

Ichki xizmat ko'rsatishga transport korxonalari, transport vositalarini ekspeditorlik korxonalariga berishni misol qilib ko'rsatish mumkin.

Ko'rsatilayotgan xizmat faoliyatining xarakteriga ko'ra; texnologik, tijorat, informatsion va boshqalar. SHuningdek, transport xizmatiga talab regiondagi boshqa transport turlarining rivojlanishi, ularning o'zaro aloqalari, turli transport turlaridagi tariflarning darajasi va iste'molchilarga ular tomonidan xizmat ko'rsatish darajasi bilan aniqlanadi.

Qoidaga ko'ra iqtisodiyot rivojlanib borishi bilan transport xizmati salmog'i o'sadi yoki o'zgarmay qoladi. Bunday holat deyarli hamma davlatlarda kuzatiladi.

Dunyo miqyosida transportning transport kompleksidagi xizmat doirasini kengaytirishning asosiy mazmuni temir yo'l va suv transporti ahamiyatining pasayishi va shu o'rinda avtomobil va havo transporti ahamiyatining oshishiga olib keladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar taqsimoti samaradorligini yechish muammosi hamda transport xizmati iste'molchilariga xizmat ko'rsatish darajasi xizmat ko'rsatish sifati bilan chambarchas bog'liqdir. Faqat yuqori darajada sifatli xizmat ko'rsatishgina transport korxonalari uchun ishonchli sotuv bozorini ta'minlashi mumkin. Yuqori darajadagi sifat va xizmat ko'rsatish samaradorligi moddiy-texnik ta'minot, shuningdek, avtostantsiyalar, avutovokzallar, bosh va oraliq bekatlar, omborlar va konteynerlar terminallari, zamonaviy ortish-tushirish texnikasi, axborotlashtirish va boshqarishning kompyuter vositalari bilan mustahkamlanib boradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'molchilarga sifatli xizmat ko'rsatishda optimal xarajatlarga erishish muhim hisoblanadi. Transportning faoliyati mijozlarning talablariga asoslanishi kerak.

Iste'molchini transport korxonasining xarajatlari qiziqtirmaydi. Tashish sifati yo'lovchi va yuklarni yetkazib berish tezligi va muntazamligini, trasnport vositasining qulayligi, tashish davomida but saqlanishini, yo'lovchilarni imkoni boricha bir transport yordamida ko'zlagan manzillariga yetib olishlari, ortiqcha qayta ortish operatsiyalari bo'lmasligini taqozo etadi.

Transport xizmatiga talabni o'rganish shuni ko'rsatdiki, iste'molchilar yuklarni o'z vaqtida yetkazib berish masalasini birinchi o'ringa qo'yadilar.

Iste'molchilar tomonidan transport xizmatiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan

iborat:

- tashish ishonchliligi;

- qisqa muddatlarda yetkazib berish;

- tashish muntazamligi;

- kafolatlangan tashish muddati;

- tashish xavfsizligi;

- tashish davomida yuklarning saqlanishi;

- yuklarni qabul qilish va topshirish qulayligi;

- qo'shimcha xizmatlarning mavjudligi;

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

- mijozlarning talablariga moslashish;

- axborot tizimi va hujjatlashtirish ishlarining yo'lga qo'yilganligi;

- yuklarni oxirgi qabul qilish punktigacha yetkazib borish;

- yuklarni "eshikdan-eshikkacha" yetkazishni tashkil etish;

- tashishning maqbul narxi;

- bojxona to'lovlarini to'lash imkoniyati;

- tariflar, tashish shartlari va yukning joylashishi haqida yetarli ma'lumotlar olish;

- kerakli transport taralarining yetarliligi;

- qayta yuklash punktlarida yetarli jihozlarning mavjudligi;

- oraliq ortish-tushirish punktlarining bo'lmasligi.

ADABIYOTLAR

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1.Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. - T.: O'zbekiston, 1995.

2. Golikov Ye.A., Purlin V.M. Rbshok i logistika. - M.: Ekonomika, 1993.

3. Gadjinskiy A.M. Logistika. - M.: Ekonomika, 1998.

4. Gordon M.P. Funktsii i razvitiya logistiki v sfere tovaro-dvijeniya. Misk, 1993. № 1.

5. Degteronko V. Osnovn logistiki marketinga. -Rostov na Donu, Izdatelbstvo Rostovskogo universitet, 1990.

6.Dadaboev Yu.T., Asadulina R.T., Abdullaev M. Logistika. Kuvayskiy uchebno-nauchno-proizvodstvenniy tsentr, 1999.

7. Rodnikov A.I. Logistika. Terminologicheskiy slovarb. - M.: Ekonomika, 1995.

8. Smexov A.A. Vvedenie v logistiku. -M.: Transport, 1993.

9. Smexov A.A. Logistika i transport -M.: Transport, 1995.

10. Nerush Yu.M. Kommercheskaya logistika. -M.: Banki i birji. YuNITI, 1997.

11. Po'rlin V.M. Rmnok investitsionnmx tovarov i logistika. -M.: Mejdunarodnny universitet biznesa i upravleniya, 1997.

12. Muxiddinov D.M., Voronkova V.M. i dr. Logistika. -T.: TGEU, 1996.

13. Logistika. Pod. redaktsiya Aninkina B.A. -M.: Infra-M, 2000.

14. Kolobov A.A. Osnovn prombpplennoy logistiki. Ucheb. posobie. - M.: MGTU, 1998.

15. Novikov O.A. Logistika. Ucheb. posob. -SEPI, 1996.

16. Nikolaychuk V.E. Logistika. -M., 2003.

17. Zaxarov K.V., TSiginyuk AV. Logistika, Effektivnostb i riski, Kiev, 2000.

18. Osnovn logistiki: Ucheb. posob. Pod. red. L.B. Mirotina. -M.: Infra - M, 1999.

19. Praktikum po logistike: Ucheb. posob. Pod. red. B.AAnikina. -M.: Infra - M, 1999.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.