UDC: 656.131(045)(575.1) EDN: https://elibrary.ru/azjksi
TORMOZ USTQUYMALARI VA SHINALAR YEYILISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALAR TAQSIMLANISHINI IGEO
INDEKSI BOYICHA BAHOLASH
1texnika fanlari doktori, professor,
ORCID: 0000-0002-1119-4053, e-mail: sheraziz@mail.ru
2biologiya fanlari nomzodi, dotsent,
ORCID: 0000-0002-4532-838X, e-mail: muqaddas74@mail.ru
3texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), ORCID: 0000-0001-5035-0525, e-mail: kamola.karimova1987 @gmail.com
1Toshkent davlat transport universiteti
2,3Jizzax politexnika instituti
Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich1, Tirkasheva Muqaddas Baxromovna2, Karimova Kamola G'ulomovna3
Annotatsiya. Ushbu maqolada avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan chiqadigan zararli zarralarning miqdorini aniqlashda respublika va xorijiy tadqiqotlar natijalari, g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq izlanishlar tahlili keltirilgan. Hisob-kitoblarni amalga oshirishda ma'lum bir hududdagi transport vositalarining sonini hisobga olish kerak. Avtomobillar harakatlanishi jarayonida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlash usullari bayon qilingan. Avtomobillarning tormoz ustquymalari va shinalarning resurs davri g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'zgarishi inobatga olinib, ularning atmosferaga chiqaradigan zarralari miqdori nazariy jihatdan hisoblangan. Maqolada keltirilgan hisob-kitoblar Jizzax viloyati misolida amalga oshirilgan. Yo'l chorrahalarida avtomobil tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar taqsimlanishini IGEO indeksi bo'yicha aniqlash orqali ularni kamaytirish choralari ishlab chiqilgan. Avtomobilyo'llari uchun asfalt-beton qoplamaliyo'llarniyo'l qoplamasi modifikatorisifatida ishlatilgan shinalar kauchukininggranulalaridan foydalangan holda qurish tavsiya etiladi. Bu esa tirbandlik yuqori bo'lgan chorrahalarda g'ildiraklar yo'l bilan aloqa qilganda, tortishish koeffitsiyentini oshiradi. Kalit so'zlar: avtomobil, tormoz ustquymalari, shinalar, atrof-muhit, ilashish koeffitsiyenti, PM10, PM2,5.
ОЦЕНКА ПО ИНДЕКСУ ГСЕО РАСПРЕДЕЛЕНИЯ ЧАСТИЦ, ВЫДЕЛЯЕМЫХ В ОКРУЖАЮЩУЮ СРЕДУ В РЕЗУЛЬТАТЕ ИЗНОСА ТОРМОЗНЫХ КОЛОДОК И ШИН
Шермухамедов Абдулазиз Адилхакович1, Тиркашева Мукаддас Бахромовна2, Каримова Камола Гулямовна3
Доктор технических наук, профессор
2кандидат биологических наук, доцент
3доктор философии по техническим наукам (PhD)
Ташкентский государственный транспортный университет
2,3Джизакский политехнический институт
Аннотация. В данной статье приведены результаты анализа отечественных и зарубежных исследований по определению количества вредных частиц, выделяющихся из-за износа тормозных колодок и шин в результате эксплуатации транспортного средства, связанных с коэффициентом сцепления колеса с дорогой. При проведении расчётов необходимо учитывать количество транспортных средств на определённом участке дороги. Представлены методы определения количества частиц, выбрасываемых в окружающую среду в результате износа тормозных колодок и шин при движении автомобилей с учётом коэффициента сцепления колеса с дорогой. Учитывая тот факт, что срок службы автомобильных тормозных колодок и шин изменяется в зависимости от коэффициента сцепления колеса с дорогой, теоретически рассчитано количество частиц, которые выбрасываются в атмосферу. Расчёты, представленные в статье, проведены на примере Джизакской области. Предложены меры по снижению распределения частиц, выбрасываемых в окружающую среду в результате износа тормозных
H^TH6ocnHK^HTHpoBaHHe/citation: Shermukhamedov, A., Tirkasheva, M., & Karimova, K. (2024). IGEO index estimation of the distribution of particles released into the environment as a result of brake pad and tire wear (In Uzbek). Science and Innovative Development, 7(2), 102-120.
колодок и шин автомобилей на перекрёстках, определённого по индексу IGEO. Рекомендуется строить автомобильные дороги с асфальтобетонным покрытием с использованием в качестве модификатора гранул отработанной шинной резины с целью повышения коэффициента сцепления колёс с дорогой на перекрёстках с повышенной проходимостью.
Ключевые слова: автомобиль, тормозные колодки, шины, окружающая среда, коэффициент сцепления, РМ10, РМ2,5.
IGEO INDEX ESTIMATION OF THE DISTRIBUTION OF PARTICLES RELEASED INTO THE ENVIRONMENT AS A RESULT OF BRAKE PAD AND TIRE WEAR
doctor of Technical Sciences, Professor
2Candidate of Biological Sciences, Associate Professor
3Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD)
Tashkent State Transport University
2,3Jizzakh Polytechnic Institute
Kelib tushgan/ Получено/ Received: 15.02.2024
Цабул цилинган/
Принято/Accepted:
29.02.2024
Нашр этилган/ Опубликовано/ Published: 22.04.2024
Shermukhamedov Abdulaziz Adilhakovich1, Tirkasheva Mukaddas Bahromovna2, Karimova Kamola Gulyamovna3
Abstract. This article presents the results of analysis of domestic and foreign researchs to determine the amount of harmful particles emitted due to the wear of brake pads and tires as a result of vehicle operation, related to the coefficient of grip of the wheel with the road. When making calculations, it is necessary to take into account the number of vehicles on a certain road section. Methods for determining the amount of particles emitted into the environment as a result of brake pad and tire wear during vehicle operation, taking into account the coefficient of grip of the wheel with the road, are presented. Considering the fact that the service life of automotive brake pads and tires varies depending on the coefficient of grip of the wheel with the road, the amount of particles that are emitted into the atmosphere is theoretically calculated. The calculations presented in the article were carried out on the example of Jizzakh region. Measures to reduce the distribution of particles emitted into the environment as a result of wear of brake pads and tires of cars at intersections, determined by the IGEO index, are proposed. It is recommended to build highways with asphalt concrete pavement using spent tire rubber granules as a modifier in order to increase the coefficient of grip of wheels with the road at intersections with increased passability.
Keywords: car, brake pads, tires, environment, traction coefficient, PM10, PM2.5.
Kirish
Jahonda avtomobil transporti atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Avtomobillar harakatlanishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan qattiq zararli zarralarning eng muhim manbalari tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralardir. Bu zarralar atrof-muhitga tarqalib, ularning 50-70 % atmosfera havosi tarkibiga aylanadi. Avtomobillar harakatlanishi jarayonida g'ildirakdan dastlab kattaroq zarrachalar (PM10 mikrometrdan kam), undan keyin kichikroq havo zarralari (PM25 1 mikrometrdan kam) chiqariladi (Rowbotham, 2021). Hozirgi kunda avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning ekologiyaga ta'sirini kamaytirish dolzarb muammoga aylanib bormoqda.
Dunyoda avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning ekologiyaga salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha BMTning 49- va 83-sonli xalqaro qoidalari talablariga muvofiq, avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan chiqindi gazlar, zarralar miqdorini cheklash bo'yicha ko'rilgan qonunchilik choralariga qaramay, so'nggi 50 yil ichida yirik shaharlardagi mavjud avtomobillar parki ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
So'nggi yillarda jahonda avtomobillarning harakatlanishi natijasida dvigateldan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibi me'yorlashmoqda, ammo bu Yevropa standartlari tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralarni o'z ichiga olmaydi. Biroq 2023-yilga kelib,
Yevro-7 standartlaridan boshlab tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning atrof-muhitga zararli ta'sirini kamaytirish bo'yicha standartlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Respublikamizda atmosferaga chiqariladigan jami zararli zarralarning 58 % (1,4 mln tonna) avtomobillar ulushiga to'g'ri keladi. 2024-yil yanvar oyi IQAir reytingida respublikamiz poytaxti havoning ifloslanishi bo'yicha dunyo shaharlari orasida 10 talikda turibdi. Poytaxt havosi tarkibida mayda PM25 (havodagi muallaq qattiq mikrozarralar va mayda suyuqlik tomchilari (diametri 10 nm - 2,5 mikron) dispers zarrachalari bilan bog'liq xavf yuqoriligicha qolmoqda. 2024-yil yanvar oyidan buyon aynan mana shu mayda va ko'zga ko'rinmas zarracha poytaxt havosi tarkibida jahon standartlarining ruxsat etilgan me'yoridan ancha yuqori "qizil" xavfda saqlanmoqda.
E3 IQAir AirQuaiity Air Monitor »P.«. F«, M,,k, F„, Б™« N.„, Support Q s„„cl, D„hbo„d W
1-rasm. Xalqaro "Havo sifati indeksi" sayti bo'yicha mintaqada havoning ifloslanish darajasi
(29.02.2024)*
* (IQAir, 2024).
Ma'lumot uchun, PM25 mayda zarrachasi soch tolasidan 40 barobar mayda va ko'zga ko'rinmas bo'lib, uning muntazam havo tarkibida yuqori darajada qolishi inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi, xususan, o'pka to'qimalari orqali qonga o'tishidan paydo bo'ladigan xastaliklar, nafas yo'llari, allergiya, ko'z shilliq pardasi zararlanishi, teri kasalliklari, hatto saraton kasalligini ham keltirib chiqarishi mumkin. Bunga asosiy sabab respublikamizning yirik shaharlarida avtomobil soni ko'pligidir.
O'zbekiston shaharlarida 2024-yil 17-yanvar holati bo'yicha havo ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalardan olingan ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan (Agency of Hydrometeorological Service, 2024, March 29).
1-jadval
O'zbekiston shaharlarida 2024-yil 17-yanvar holati bo'yicha havo ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalardan olingan atmosfera havosi sifati to'g'risida
byulleten
№ Shaharlar Ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi (m g/m3)
Uglerod oksidi Azot dioksidi Azot oksidi Oltin-gugurt dioksid Ammiak Ozon PM lo (mkg/m3) PM 2,5 (mkg/m3)
1 Toshkent 1,085 - - 0,011 - 0,005 59,9 52,3
2 Guliston 0,43 - 0,005 0,021 0,005 - - -
3 Nukus 0,194 0,006 0,003 0,005 - 0,015 23,5 5,2
4 Urganch 0,355 0,002 0,002 0,004 0,003 0,016 7,5 3,8
S Termiz 0,443 0,003 0,01 0,008 0,014 0,004 374,7 80,7
б Jizzax 0,4 0,012 0,003 0,01 0,001 0,004 92,4 54,9
REM o.s. 4 0,06 0,25 0,2 0,12 0,1 300 -
O'zgidromet 6 ta shaharga o'rnatilgan avtomat statsionar post ma'lumotlariga asoslanib, 17-yanvar holati bo'yicha respublikaning 6 ta shahar atmosfera havosi sifati to'g'risidagi byulletenni taqdim etdi. Poytaxt havosi tarkibida mayda PM25 dispers zarrachalar miqdori Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan 23,8 barobarga ortgan (Uzhydromet, 2024, January 17). Termiz va Jizzax havosi tarkibida mayda PM25 dispers zarrachalar miqdori Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan ancha yuqori.
Atmosfera havosining avtomobil bilan bog'liq asosiy ifloslantiruvchilari quyidagilar: azot oksidi (NO), azot dioksidi (NO2), oltingugurt dioksidi (SO2), uglerod oksidi (SO), muallaq zarrachalar (chang), shuningdek, ammiak (NH3) va ozon (O3).
Muallaq zarrachalar (chang) atmosfera havosining keng tarqalgan ifloslantiruvchisi bo'lib, muallaq holatdagi qattiq va suyuq zarrachalar aralashmasi hamda PM10 va PM25 mayda dispers zarrachalarni o'z ichiga oladi.
PM10 va PM25 mayda dispers zarrachalar kattaligi 10 mkm dan kichik - PM10 va 2,5 mkm dan kichik - PM25 havoda muallaq turgan, qurilish, ishlab chiqarish (ayniqsa, sement, sopol, g'isht va h. k.), yo'l qoplamasi eroziyasi hamda tormoz kolodkalari va shinalar yemirilishi, qattiq yoqilg'i turlarini yoqishdan hosil bo'lgan qattiq mikrozarrachalardir.
Yirik shaharlarda PM25 havoda har doim bo'ladi va har qanday holatda ham u inson organizmiga havo orqali kiradi. Agar bu zarrachalar inson organizmiga har kuni ko'p miqdorda tushib, chiqishga ulgurmasa, organizmda to'planib boradi. PM25 ning asosiy xavfi konsentratsiyasining keskin o'zgarishi emas, balki bu zarrachalarning organizmga surunkali ta'sir etishidir. PM25 bilan "zaharlanish" alomatlari yaqqol namoyon bo'lmaydi. Bir kunda shaharda yashovchi o'rtacha statistik odam 200 milliard PM25 zarralari yutadi. Ularning yarmi o'pkada o'tirib qoladi. Bir martalik bunday doza jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Biroq vaqt o'tishi bilan organizmdagi PM25 miqdori kritik darajadan oshib, respirator, nafas yo'llari, yurak-qon tomir va saraton kasalliklarini yuzaga keltiradi. Bu esa oqibatda o'lim holatlarini keltirib chiqarishi mumkin (Agency of Hydrometeorological Service 2024, March 29).
Avtomobillar harakatlanishi natijasida to'g'ridan-to'g'ri atrof-muhitga chiqadigan hamda tormoz ustquymalari, shinalar va yo'l sirtining eskirishi natijasida hosil bo'lgan zarralar yo'l changining asosiy manbalari hisoblanadi.
Avtomobil dvigatelidan chiqadigan zararli moddalar chiqindilarini filtrlash texnologiyalari takomillashtirilgani tufayli zaharli va zararli gazlar miqdori doimiy ravishda kamayib bormoqda. Ammo qattiq zarralar ulushi avtomobillar soni o'sishi tufayli ortmoqda. Yevropa atrof-muhit agentligining (EEA) so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, avtomobil transporti harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning avtomobil shinalari va tormoz kolodkalari yeyilishi natijasida atrof-muhitni ifloslantirishga qo'shgan hissasi 26,7-33,9%ni tashkil etadi (NAEI, 2012).
Avtomobillar tormozlanishi jarayonida chiqadigan og'ir metallar odamlar va atrof-muhit uchun jiddiy tahdid, chunki ular ekotizimlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa havo, suv va tuproqning ifloslanishiga olib keladi.
Avtomobillar tormozlanishi jarayonida hosil bo'ladigan zarralar chorrahalar joylashgan qismining iqlimi, transport oqimi va meteorologik ko'rsatkichlariga bog'liq. Zarralarning bir qismi kelib chiqishi antropogen va biogen bo'lishi mumkin.
M.Gianini et al. (2012) tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotda yo'l changlari, asosan, tuproqdan olingan minerallardan (60 %) iborat ekanligi qayd etilgan. Tuproqdan olingan minerallarning 40-50 %ini kvars, qolgan miqdorini albit, mikroklin, xlorit va muskovit kabi loy hosil qiluvchi minerallar tashkil etgan. O'simliklarning organik moddalari yo'l changining taxminan 2 %ni, qolgan qismini esa tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar, yonish chiqindilari va asfaltdan uchuvchi kullar tashkil qilgan.
Yo'l qoplamasi yuzasiga yotiq chiziqlarning chizilishida qo'llaniladigan oq, sariq va qizil bo'yoqlar hamda panjaralarda ishlatiladigan kulrang bo'yoq va korroziyaga qarshi qoplamalar ishqalanishi tufayli qo'shimcha ifloslanishga olib kelishi mumkin. O'sib borayotgan avtomobil sanoati va yanada cheklangan ekologik talablar materialshunoslik rivojlanishidagi jadal taraqqiyotni qo'llab-quvvatladi. Har yili avtomobilsozlik bozoriga ko'plab yangi materiallar kirib keladi.
Yangi avtomobil shinasining o'rtacha massasi taxminan 8 kg ni tashkil qiladi va ishlash muddati davomida u 1,5 kg gacha vazn yo'qotadi. Bu shuni anglatadiki, 3 yil ichida kauchukning 10-20 % ishqalanishi tufayli atrof-muhitga, atmosfera havosi tarkibiga aylanadi. Yeyilishdan hosil bo'lgan zarralar, asosan, tezlashish, tormozlash va burilish paytida sodir bo'ladi. Asfalt yo'l changida nikil va ruh elementining muhim manbalari hisoblanadi. Gadd & Kennedi (2000) yo'l bitumidagi Ni va Zn konsentratsiyasi xom bitumga qaraganda yuqori ekanligini aniqladilar. Asfalt va beton qoplamali avtomobil yo'llari bir-biri bilan solishtirilganda, beton qoplamali avtomobil yo'llarida shinalar ishqalanishi natijasida yeyilish ko'p sodir bo'ladi (Osterle et al., 2001).
Shu bilan birga, mavjud me'yoriy hujjatlar va standartlar avtomobillar tormoz mexanizmlari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdorini aniqlash uslubini to'liq ochib bermaydi. Avtomobillar tormozlanishi jarayonida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'langan masalalariga yetarli darajada e'tibor berilmagan.
Material va metodlar
Avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan chiqadigan zararli zarralarning miqdorini aniqlashda respublika va xorijiy tadqiqotlar natijalari g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq tadqiqotlar mavjud emasligini ko'rsatdi. Hisob-kitoblarni amalga oshirishda ma'lum bir hududdagi transport vositalarining sonini hisobga olish kerak. Bizning tadqiqotimizda hisob-kitoblar Jizzax viloyati misolida amalga oshirilgan.
Avtomobillarni ishlatish jarayonida shinalar va tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zararli zarralarning (UZ) umumiy miqdori 1-formuladan foydalangan holda hisoblab aniqlanadi (Vasil'yev, 2019):
UZ = (Zsh + Zt) (1)
Bunda:
Zsh - shinalar protektorining yeyilishi natijasida ajralib chiqadigan zararli zarralar miqdori;
Zt - tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida chiqariladigan zararli zarralar miqdori.
Avtotransport vositalarining tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'lgan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti o'zgarishini hisobiga olgan holda hisoblash natijalari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Avtotransport vositalarining shinalari va tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil
bo'ladigan zarralar miqdori
Ilashish koeffitsiyenti Yengil avtomobillardan, g/km Yuk avtomobillari va avtobuslardan, g/km
Shinalaridan Tormoz ustquy-malaridan Jami Shinalari-dan Tormoz ustquy-malaridan Jami
0,2-0,3 0,085 0,042 0,13 0,93 0,47 1,4
0,3-0,4 0,086 0,020 0,11 0,096 0,41 1,377
0,5-0,6 0,087 0,018 0,10 0,993 0,35 1,343
0,7-0,8 0,09 0,012 0,10 1,035 0,243 1,278
Avtomobillar sonining o'sishi tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar miqdorining oshishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi kunda ushbu miqdor yillar kesimida doimiy va sezilarli o'sib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, avtomobil shinalari sonining ortishi (avtomobillarning ko'payishi) hisobiga chiqadigan zarralar miqdori ortmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, avtomobillar harakatlanishi natijasida chiqadigan zarralarning asosiy qismi shinalar yeyilishidan hosil bo'ladi.
Analitik usulda olingan natijalarni aniqlash uslublarini amaliyotga joriy etish uchun ma'lum bir hudud tanlash, respublikamizning ma'lum bir qismidagi avtomobillar sonini hisobga olish kerak. Buning uchun tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'lgan zarralar miqdori bitta avtomobil misolida aniqlanib, so'ng viloyatda ro'yxatga olingan jami avtomobillar soniga ko'paytiriladi.
Jizzax viloyati hududida oxirgi o'n yillikda butun avtomobil parkida sezilarli o'sish kuzatildi. O'sish ko'rsatkichlari Jizzax viloyati IIBYHHB boshqarmasi ma'lumotlariga asosan, viloyatda ro'yxatga olingan avtomobillarning umumiy soni avtotransport vositalari toifalari bo'yicha tahlil qilindi. Jizzax viloyatida ro'yxatga olingan avtomobillar soni 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
Jizzax viloyatida ro'yxatga olingan yengil avtomobillar soni
Avtomobillar 2015-yil, ming dona 2022-yil, ming dona
Yengil avtomobillar 70 078 150 047
Yuk avtomobillari 15211 55 672
Avtobuslar 178 436
Eksport tomonidan vaqt omili ta'sir ko'rsatishi hisobga olingan holda, to'g'ri chiziqli tenglama yordamida Jizzax viloyatida ro'yxatga olingan avtomobillar sonining 2015-yilga nisbatan o'sish ko'rsatkichlari bashorat qilindi.
4-jadval
2025-yilgacha bo'lgan davrgacha Jizzax viloyatidagi avtomobillar soni o'sishini
bashoratlash
Yillar Avtomobillar sonining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan bashorat ko'rsatkichlarining hisoblanishi Avtomobillar soni 2015-yilga nisbatan o'sishi, %
2022 Y = 4,5432x2 - 9121,2x 150 047 100,0
2023 Y2023 = 4,5432*20232 - 9121,2*2023 140 990,2 94,0
2024 Y,,,,, = 4,5432*20242 - 9 121,2*2 0 2 4 2024 ' ' 150255,3 106,6
2025 Y2025 = 4,5432*20252 - 9121,2*2025 177 771,9 118,3
Shuni e'tirof etish kerakki, vaqt omili bilan natija o'rtasidagi bog'liqlik R2 = 0,7479 ni tashkil etadi. 2-rasmdan ko'rinib turibdiki, viloyatda avtomobillar sotib olishning o'zgarish tendensiyasiga subyektiv omillarning ta'siri kuchli bo'lsa-da, obyektiv qonuniyatga asoslangan. Ushbu ma'lumotlar keyingi tahliliy hisob-kitoblarda ishlatilgan.
Avtomobillar sonining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan prognoz ko'rsatkichlarining hisoblanishi
2015 -Ф-2021 -Ф-2022 —♦— 2023 —2024 —2025
2-rasm. Jizzax viloyatida avtomobillar sonining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan bashorat
ko'rsatkichlari
Hozirgi vaqtda avtomobillar soni tez o'zgarib bormoqda. Shuning uchun hisob-kitoblar 2015-yildan 2025-yilgacha Jizzax viloyati hududida eng ko'p ishlatiladigan avtomobillar uchun amalga oshirildi. Bu esa zararli moddalar va zarralar miqdorini hisoblash imkonini berdi.
2015-yilda Jizzax viloyatida ro'yxatga olingan avtomobillar shinalari va tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar g'ildirashning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti o'zgarishi hisobga olingan holda, umumiy miqdorining yillar kesimida o'zgarishi tahlili 5-jadvalda keltirilgan.
5-jadval
Jizzax viloyatida 2015-yilda ro'yxatga olingan avtomobillar tormozlanishi jarayonida hosil bo'lgan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq
holatda o'zgarishi
Avtotransport turi Yillik o'rtacha bosish masofasi Soni Ilashish koeffitsiyenti Avtomobil shinalari va tormoz ustquymalaridan Zarralarning umumiy miqdori
Yengil avtomobillar 22 000* 70 078 0,2-0,3 0,13 200
0,3-0,4 0,11 169
0,5-0,6 0,10 154
0,7-0,8 0,10 154
Yuk avtomobillari 43 000** 15211 0,2-0,3 1,4 915
0,3-0,4 1,37 896
0,5-0,6 1,34 876
0,7-0,8 1,27 830
Avtobuslar 50 000** 178 0,2-0,3 1,4 12,4
0,3-0,4 1,37 12,1
0,5-0,6 1,343 11,7
0,7-0,8 1,278 10,6
*Yuk avtomobillarining yillik o'rtacha bosish masofasi (Ismailov, 2022). **Avtobuslarning yillik o'rtacha bosish masofasi (Ocenchik.ru, n.d.).
Tahlil 2015-yilda Jizzax viloyatida jami 85 467 ta avtomobil ro'yxatga olinganligini ko'rsatdi. Jizzax viloyatida avtomobil shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilish miqdori
ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganda, 1127 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,3-0,4 bo'lganda, 1077 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,5-0,6 bo'lganda, 1041 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, 994 tonnani tashkil etishi aniqlandi. Jizzax viloyatida 2015-yilda ro'yxatga olingan avtomobillar shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, zarralar miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 ga nisbatan 12 %ga kamayishiga olib kelishi tadqiq etildi.
Avtomobillar shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'zgarish grafigi va formulasi 3-rasmda keltirilgan.
S 700
600
500
Ü 400 я IS
"Yengil avtomobillar - Yuk avtomobillari Avtobuslar
0 0,2-0,3 0,3-0,4 0,5-0,6 0,7-0,8 Ilashish koeffitsiyenti
3-rasm. Jizzax viloyatida 2015-yilda ro'yxatga olingan avtomobillar tormozlanishi jarayonida hosil bo'lgan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda
o'zgarish grafigi
2022-yilda g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti o'zgarishi hisobga olingan holda, Jizzax viloyatida ro'yxatga olingan avtomobillarning shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdorining yillar kesimida o'zgarishi tahlili 6-jadvalda keltirilgan.
6-jadval
Jizzax viloyatida 2022-yilda ro'yxatga olingan avtomobillar tormozlanishi jarayonida hosil bo'lgan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq
holatda o'zgarishi
Avtotransport turi Yillik o'rtacha bosish masofasi Soni Ilashish koeffitsiyenti Avtomobil shinalari va tormoz ustquymalaridan Zarralarning umumiy miqdori
Yengil avtomobillar 22 000* 150 047 0,2-0,3 0,13 429
0,3-0,4 0,11 363
0,5-0,6 0,10 330
0,7-0,8 0,10 330
Yuk avtomobillari 43 000** 55 672 0,2-0,3 1,4 3351
0,3-0,4 1,37 3279
0,5-0,6 1,34 3207
0,7-0,8 1,27 3040
Avtobuslar 50 000** 436 0,2-0,3 1,4 30,5
0,3-0,4 1,3 29,8
0,5-0,6 1,34 29,2
0,7-0,8 1,27 27,6
Tahlillar davomida 2022-yilda Jizzax viloyatida avtomobil shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilish miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganda, 3 810,5 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,3-0,4 bo'lganda, 3 671,8 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,5-0,6 bo'lganda, 3 566,2 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, 3 397 tonnani tashkil etishi aniqlandi. Jizzax viloyatida 2022-yilda ro'yxatga olingan avtomobillar shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, 0,2-0,3 ga nisbatan 11 %ga kam hosil bo'lishi tadqiq etildi.
Avtomobillar shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holda o'zgarish grafigi va formulasi 4-rasmda keltirilgan.
500
0,2-0,3 0,3-0,4 0,5-0,6 0,7-0,: Ilashish koeffitsiyenti
■Yengil avtomobillar ■Yuk avtomobillari Avtobuslar
4-rasm. Jizzax viloyatida 2022-yilda ro'yxatga olingan avtomobillar tormozlanishi jarayonida hosil bo'lgan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda
o'zgarish grafigi
Tahlillar natijasida avtomobillar tormozlanishi jarayonida tormoz ustquymalari, shinalar yeyilishidan chiqadigan zarralarning umumiy miqdori, asosan, shinalar yeyilishidan hosil bo'lishi ma'lum bo'ldi.
Jizzax viloyatida avtomobillarning 2025-yilgacha bo'lgan davrgacha o'sishini bashoratlash asosida g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti o'zgarishi hisobga olingan holda, shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdorining o'zgarishi tahlili 7-jadvalda keltirilgan.
Tahlillar shuni ko'rsatdiki, 2025-yilda Jizzax viloyatida avtomobil shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilish miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganda, 4194,2 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,3-0,4 bo'lganda, 3 958,5 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,5-0,6 bo'lganda, 3 918,8 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, 3 734 tonnani tashkil etishi aniqlandi. Jizzax viloyatida 2025-yilda ro'yxatga olingan avtomobillar shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, 0,2-0,3 ga nisbatan 11 %ga kam hosil bo'lishi tadqiq etildi.
Jizzax viloyatida avtomobillarning 2025-yilgacha bo'lgan davrda o'sishini bashoratlash asosida shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdori g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holda o'zgarish grafigi tahlili 5-rasmda keltirilgan. Tahlillar natijasida 2025-yilga borib, shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilish miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganda, 4 194,2 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,3-0,4 bo'lganda, 3 958,5 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,5-0,6 bo'lganda, 3 918,8 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, 3 734,7 tonnani tashkil etishi bashorat qilindi.
7-jadval
Jizzax viloyatida avtomobillarning 2025-yilgacha bo'lgan davrgacha o'sishini bashoratlash asosida tormozlanish jarayonida shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdori
Avtotransport turi Yillik o'rtacha bosish masofasi Soni Ilashish koeffitsiyenti Avtomobil shinalari va tormoz ustquymalaridan Zarralarning umumiy miqdori
Yengil avtomobillar 22 000* 177 772 0,2-0,3 0,13 508
0,3-0,4 0,11 430
0,5-0,6 0,10 391
0,7-0,8 0,10 391
Yuk avtomobillari 43 000** 60 682 0,2-0,3 1,4 3 653
0,3-0,4 1,37 3 574
0,5-0,6 1,34 3 496
0,7-0,8 1,27 3 313
Avtobuslar 50 000** 475 0,2-0,3 1,4 33,2
0,3-0,4 1,3 32,5
0,5-0,6 1,34 31,8
0,7-0,8 1,27 30,7
Tahlillar natijasida 2025-yilga borib, shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilish miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganda, 4 194,2 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,30,4 bo'lganda, 3 958,5 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,5-0,6 bo'lganda, 3 918,8 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, 3 734,7 tonnani tashkil etishi bashorat qilindi.
Jizzax viloyatida 2025-yilgacha bo'lgan bashoratlash asosida avtomobillarning tormozlanishi jarayonida shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilishi g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, zarralar miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 ga nisbatan 11 %ga kamayishi aniqlandi.
■Yengil avtomobillar ■Yuk avtomobillari Avtobuslar
0,2-0,3 _ 0,3-0,4 0,5-0,6 Ilashish koeffitsiyenti
0,7-0,8
5-rasm. Jizzax viloyatida avtomobillarning 2025-yilgacha bo'lgan davrgacha o'sishini bashoratlash asosida shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdorining o'zgarish grafigi
Tahlillar asosida Jizzax viloyatida avtomobillar sonining ortishi hisobiga chiqadigan zararli zarralar miqdorining o'sishi aniqlandi.
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganda, 2015-yilga nisbatan 2022-yilda o'rtacha 3,4 barobarga oshganligi, 2025-yilga borib, 3,7 barobarga oshishi bashorat qilindi.
Avtomobil shinalari va tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda, 2015-yilga nisbatan 2022-yilda o'rtacha 3,3 barobarga oshganligi, 2025-yilga borib, 2,5 barobarga oshishi bashorat qilindi.
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralarning haqiqiy miqdorini aniqlash uchun maxsus dastur ishlab chiqildi.
Dastur quyidagi vazifalarni amalga oshirishni o'z ichiga olgan:
- turli tarkibdagi asfalt-beton qoplamali yo'llarda avtomobil g'ildiragi va yo'l bilan ilashish koeffitsiyentini aniqlash;
- avtomobil harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan namunalar olish.
Turli tarkibdagi asfalt-beton qoplamali yo'llarda avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyentini aniqlashda yo'l qoplamasining sifatiga quyidagi talablar qo'yiladi: tadqiqot natijalarini buzadigan begona jismlar va barglar bo'lmasligi, yo'l yuzasi quruq va toza bo'lishi lozim.
O'lchovlarni amalga oshirishda quyidagi o'lchov asboblari va yordamchi qurilmalar qo'llaniladi:
CRT-PENDULUM-1620-02 markali Skid Tester laboratoriya-sinov qurilmasini o'rnatish, shu jumladan:
a) 0 dan 45 °C gacha bo'lgan oraliqda 1 °C dan ko'p bo'lmagan o'lchov xatosi bilan havo haroratini o'lchash uchun qurilma;
b) o'lchov qiymatining 1 % dan ko'p bo'lmagan xato bilan "shina-yo'l yuzasi" chegarasida ilashish kuchini o'lchash uchun dinamometr;
d) yo'l yuzasini namlash uchun jihoz. Qoplamaga teng ravishda yetkazib beriladigan suvning oqim tezligi (2,75±0,1) l/s ga teng bo'lishi kerak. Yo'l qoplamasining namlangan yuzasi kengligi protektori kengligidan kamida 50 mm kengroq bo'lishi kerak;
e) sinov natijalarini ro'yxatga olish tizimi;
f) (60 ± 2) km/soat tezlikda harakatlanadigan avtomobil transport vositasi.
Turli tarkibdagi asfalt-beton qoplamali yo'llarda avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti Cooper Pendulum Skid Tester "CRT-PENDULUM" asbobi bilan tekshirildi (6-rasm).
6-rasm. CRT-PENDULUM-1620-02 markali Skid Tester laboratoriyasi qurilmasi
Avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyentini aniqlash uchun jihoz avtomobil yo'lining qatnov qismiga o'rnatiladi. CRT-PENDULUM mayatnik qo'lining uchiga o'rnatilgan kauchuk slayder va sinov yuzasi o'rtasidagi ishqalanish qarshiligini o'lchaydi. Bu
avtomagistral ho'l va quruq sirtlarining sirpanish va siljishlarga chidamliligini laboratoriyada ham, avtomobil yo'l qoplamasida ham tekshirishning odatiy usuli hisoblanadi. U Izod prinsipiga asoslanadi: mayatnik vertikal ustunga biriktirilgan shpindel atrofida aylanadi va gorizontal holatdan chiqariladi. Shu tariqa u namuna yuzasiga doimiy tezlik bilan uriladi. Namunani urgandan keyin bosib o'tgan masofasi namuna yuzasining ishqalanishi bilan aniqlanadi. Keyin Skid qarshilik ko'rsatkichi olinadi.
Tadqiqot natijalari
Avtomobil harakatlanayotgan vaqtda shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan namuna olish joyini tanlashda, avtomobil uning atrofida laminar va turbulent qatlamlardan iborat havo oqimi paydo bo'lishini hisobga olish kerak. Laminar havo oqimi avtomobil kuzovining dizayn xususiyatlariga bog'liq. Boshqa havo oqimlarining mavjudligi amalda ta'sir qilmaydi. Shuning uchun hosil bo'lgan zarralar uchun namuna olish joyi havo-chang oqimining laminar qismida uning turbulent qismi shakllanishidan oldin amalga oshirilishi lozim. Bunday joy avtomobil shinalari protektorining yo'l yuzasi bilan aloqa joyidan 10-15 cm dan ortiq bo'lmagan masofada shinaning kengligidagi qismi hisoblanadi (Vasil'yev, 2019).
Namuna olish uchastkasi boshqa transport bilan bog'liq bo'lmagan ifloslanish manbalari ta'sirini kamaytirish uchun tanlangan. Tanlab olingan hudud sanoat korxonalari va aholi turar-joylaridan uzoqda joylashgan. Namuna olishni bahor va kuz fasli oylarida o'tkazish maqsadga muvofiq.
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralarni aniqlashda tadqiqot o'tkazish shartlari katta ahamiyatga ega: marshrut, yo'l qoplamasi holati va tezlik rejimlari.
Turli qoplamali yo'llarda avtomobil harakatining turli rejimlarida zarralar tarkibini tahlil qilishda tezlik chegaralarini hisobga olish zarur. Shahardagi avtomobillarning maksimal tezligi soatiga 60 km tezlik bilan cheklangan. Shuning uchun barcha o'lchovlar avtomobilning harakatlanish rejimlarida amalga oshirildi (tezlanish, bir tekis harakat va tormozlanish 0 dan 60 km/soatgacha tezlik oralig'ida sodir bo'ladi).
Har bir rejimda belgilangan masofada alohida natijalar olindi.
Avtomobilga texnik xizmat ko'rsatish va uning texnik sozligi tekshirilishi kerak.
Sinovdan oldin avtomobil yuvilishi zarur. Shinalardagi havo bosimi nominal va avtomobilning texnik xususiyatlariga mos keladi. Sinovdan oldin shinalardagi havo bosimi tekshiriladi va zarur bo'lsa to'ldiriladi (normativ).
Avtomobilning yetakchi g'ildiraklari shinaning yo'l qoplamasi bilan aloqa joyida eng katta yuk yaratishini hisobga olgan holda, namuna olish ularning ostidan amalga oshirilishi kerak.
Avtomobil harakatlanishi vaqtida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralarning haqiqiy miqdorini aniqlash uchun o'lchov uskunalari majmuasi Black & Decker PAD 1200 avtomobil changyutkichi, plastik quvurlar, avtomobil korpusiga quvurlarni biriktirish uchun muftalar va rentgen difraktometr Empyrean (PANalytical) o'lchash moslamasidan iborat.
Qattiq zarralarni namuna olish joyida qabul qilish trubkasini mahkamlash uchun namuna olish balandligini o'zgartirish imkoniyati bo'lgan muftalardan foydalaniladi.
Black & Decker PAD 1200 avtomobil changyutkichi 12V DC avtomobil quvvat manbayidan foydalanadi. Changyutkichning o'lchami uni mashinaga qulay joylashtirish imkonini beradi. Qabul qilingan namunalarni yetkazib berish uchun ichki diametri 33 mm bo'lgan plastik quvurlar ishlatiladi. Bu changyutkich bilan ishonchli mahkam ulanishni ta'minlaydi (Vasil'yev, 2019).
O'lchangan namunani majburiy yetkazib beгish tizimining holatiga qo'yiladigan talablaг: tadqiqotni boshlashdan oldin changyutkichning kiгish shlangi toza hamda plastik quv^^ va quvuгlaгni mahkamlash muftalari soz holatda bo'lishi lozim.
Eksperimentning ishonchliligi nuqtayi nazaгidan tadqiqot shartlari quyidagicha: avtomobil yo'lning tekis qismiga olib kelinadi. Avtomobil belgilangan tezlikka erishadi. Avtomobil belgilangan 50 km/soat tezlikka erishganda, changyutkich ishga tushiriladi. Avtomobil haгakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zaradi zaггalaг miqdorini aniqlash uchun avtomobil biг kilomefr masofa bosib o'tadi. Haгakatlanish davomida hosil bo'ladigan zana^ changyutkich qopiga so'гib olinadi. So'ngгa avtomobil harakatdan to'xtaydi. Qo'llaniladigan Black & Deckeг PAD 1200 avtomobil changyutkichi qopchasiga avtomobil haгakatlanishi natijasida to'plangan zana^ maxsus idishga solinadi. Olingan namuna^ taгkibi va miqdoгini aniqlash maqsadida rentgen difгaktomеtг Empyгеan (PANalytical) o'lchash laboгatoгiya uskunasiga olib boriladi.
Avtomobilning tezlashishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zaradi zaггalaгdan namunalaг soat 12:00 dan 14:00 gacha qurnq, bulutsiz havoda +21...+28°C haгoгatda (2020-yil aprel-may hamda 2022-yil sentab^oktab^ olindi.
Toгmoz ustquymalaгi va shina^ yeyilishi natijasida hosil bo'lgan za^alaming o'lchami, taгkibi, zaггalaг miqdoгi IlgW texnologiyalaг maгkazida mavjud гentgen difraktomefr Empyгean (PANalytical) uskunasi yoгdamida aniqlandi.
8-jadval
Islom Karimov shoh ko'chasida avtomobilning tezlanish jarayonida yo'l qoplamasi
yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi
Ref.Code Score Compound Name Displ. [°20] Scale Fac. Chem. Formula
01-077-1060 85 Silicon Oxide 0,008 1,031 SiO2
00-009-0466 52 Sodium Aluminum 0,039 0,186 NaAlSi3O8
01-075-9267 33 Calcium Strontium Aluminum Silicate 0,090 0,060
00-034-0175 38 Aluminum Silicate Hydroxide -0,065 0,063 (K, Na) Al2(SiAl)4O10(OH)2
01-077-9724 14 Calcium Fluoride Phosphate -0,014 0,056 CaJPOJ6F2
01-082-0888 35 Strontium Molybdenum Oxide Phosphate 0,018 0,059 Sг(MOзP2OlJ
Islom Kaгimov shoh ko'chasida avtomobil tezlanish Tejimida haгakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan za^alaming element^ taгkibi va miqdoгini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan sinov natijalari tahlili 9-jadvalda keltiгilgan (Ismayilov et al., 2023).
Islom Kanmov shoh ko'chasida avtomobil tezlanish rejimida haгakatlanayotganda olingan namuna^ tahlil qilinganda, toгmoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan za^a^ taгkibida Al, Ti, Mo metall elementlari me'yoгidan yuqoгi ekanligi aniqlandi. Islom Kanmov shoh ko'chasida avtomobil tezlanish rejimida harakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zanalaming element^ taгkibi bo'yicha tahlili 7-гasmda keltirilgan.
10 20 30 40 50 60 70 80
Position [°2Ö] (Copper (Cu))
7-rasm. Islom Karimov shoh ko'chasida avtomobil tezlanish rejimida harakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida avtomobil tezlanish rejimida harakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi hamda miqdorini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan sinovlar natijasida yo'l qoplamasi yuzasida olingan namunalarning o'lchov natijalari 9-jadvalda keltirilgan.
9-jadval
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida avtomobil tezlanish rejimida harakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil
bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi
Ref.Code Score Compound Name Displ. [°20] Scale Fac. Chem. Formula
00-041-1480 42 Sodium Calcium Aluminum Silicate -0,050 0,077 (Na, Ca) Al(SiAl)3O8
00-034-0175 23 Potassium Sodium Aluminum Silicate Hydroxide -0,045 0,072 (K, Na) A^SiAl^OJOH),
01-075-9267 31 Calcium Strontium Aluminum Silicate 0,035 0 077 (Ca0.2, Sr0.8) Al2Si2O8
01-077-9724 11 Calcium Fluoride Phosphate -0,092 0,046 Ca10(P°j6F2
01-082-0888 32 Strontium Molybdenum Oxide 0,024 0,037 Sr(Mo3P2OJ
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida avtomobil tezlanish rejimida harakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili 8-rasmda keltirilgan.
Position [°29] (Copper (Cu))
8-rasm. 4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida avtomobil tezlanish rejimida harakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida avtomobil tezlanish rejimida harakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi tahlil qilinganda, avtomobil tormoz ustquymalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan Ca, Al, Mo metall elementlari hamda avtomobil shinalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan Sr, Si elementlar yeyilish natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralarning belgilangan me'yorlardan yuqori ekanligi aniqlandi. 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida yo'l qoplamasi ushbu elementlar bilan zararlanganligi aniqlandi.
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'ida avtomobil tezlanish rejimida harakatlanayotganda, yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi va miqdorini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan sinovlar natijasida yo'l qoplamasi yuzasida olingan namunalarning o'lchov natijalari 10-jadvalda keltirilgan.
10-jadval
4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'lida avtomobil tezlashishi natijasida yo'l qoplamasi yuzasida olingan
namunalarning elementlar tarkibi
Ref.Code Score Compound Name Displ. [°20] Scale Fac. Chem. Formula
01-070-3752 24 Sodium Calcium Aluminum Silicate -0,009 0,076 (Na0.98, Ca0.02) (Al1.02Si2.98 0 8 3
01-075-9267 11 Calcium Strontium Aluminum Silicate 0,043 0,043 CCa0,Sr0.8) (А^ЗД)
00-034-0175 14 Potassium Sodium Aluminum Silicate -0,093 0,048 (K, Na) Al2 (SiAl)4 0J0H)2
01-077-9724 2 Calcium Fluoride 0,018 0,119 Ca10(pO4)6F2
01-080-4651 22 Barium Cobalt Titanium Oxide -0,207 0,069 BaCTic,Coc.1)O2,2
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'lida avtomobil tezlashishi natijasida yo'l qoplamasi yuzasidan olingan namunalarning elementlar tarkibi tahlil qilinganda, ushbu yo'l qoplamasi yuzasidan olingan namunalarda tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan Mo kimyoviy elementi mavjud emasligini ko'rsatdi.
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'lida avtomobilning tezlashishi natijasida yo'l qoplamasi yuzasidan olingan namunalarning
elementlar tarkibi bo'yicha tahlili 3-rasmda keltirilgan.
, '_______________________
— Svetofor ■ a-Si O2; Si O2 * Cal cite, syn; Ca ( C O3 ) * Albite, ordered; Na Al Si3 ' Feldspar, syn; Calcium str Muscovite-2M2; ( K , Na ) B Fluorapatite, syn; Ca10 ( 1 strontium phyllo-molybd O8 ntium tecto-d ialumodisilicate; Ca0.2 Sr0.8 ) ( Al2 Si2 O8 ) Al2 ( Si , Al )4 010 ( O H )2 04 )6 F2 phosphate; S ( Mo3 P2 014 )
tin
1 0 20 30 40 50 60 70 80
Position [°20] (Copper (Cu))
9-rasm. 4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'lida avtomobil tezlashishi natijasida yo'l qoplamasi yuzasidan olingan namunalarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili
Sinovlar natijasida avtomobillar tezlashishi rejimida g'ildiraklarning yo'l qoplamasi bilan ilashish koeffitsiyenti turli xil bo'lgan yo'llarda zarralar miqdori sezilarli darajada o'zgarishi aniqlandi.
Shunday qilib, avtomobillar tormozlanishi natijasida hosil bo'lgan zarralar tarkibida Zn (ruh)ning ulushi: I. Karimov shoh ko'chasida (9 = 0,5-0,6) - 0,87 %, Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududida 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'i yo'l qoplamasida (9 = 0,5-0,6) 0,79 % va 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasida (9 = 0,7-0,8) 0,67 % ekanligi aniqlandi. Avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti yuqori bo'lgan yo'llarda avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zarralar miqdori 20 %gacha kam ekanligi tadqiq etildi.
Eksperiment tadqiqotlar natijasida avtomobillar tormoz ustquymalari yeyilish jadalligi g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda: I.Karimov shoh ko'chasida (9 = 0,5^0,6) - 0,047 g/km, 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida (9 = 0,5^0,6) - 0,025 g/km va 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasida (9 = 0,7^0,8) 0,015 g/km ni tashkil etdi.
Eksperiment tadqiqotlar natijasida avtomobillar shinalar yeyilish jadalligi g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda: I. Karimov shoh ko'chasida (9 = 0,5^0,6) - 0,087 g/km, 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida (9 = 0,5^0,6) - 0,086 g/km va 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasida (9 = 0,7^0,8) 0,096 g/km ni tashkil etdi.
11-jadval
Yengil avtomobillar shinalari va tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil bo'ladigan
zarralar miqdori
Ilashish koeffitsiyenti Zarralar miqdori, g/km Zarralarning umumiy miqdori, g/km
shinalardan tormoz ustquymalaridan
0,4-0,5 0,09 0,022 0,131
0,5-0,6 0,092 0,020 0,112
0,7-0,8 0,099 0,014 0,113
Avtomobil shinalari, tormoz ustquymalari yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda yeyilish jadalligi eksperiment natijalariga ko'ra aniqlandi. Olingan natijalar 11-jadvalda keltirilgan.
Shunday qilib, ishlab chiqilgan eksperiment tadqiqot uslubi avtomobil tezlanishi, o'zgarmas tezlikda harakatlanishi va avtomobil tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffisiyentini hisobga olgan holda baholash imkonini berdi.
Ushbu tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish yuzasidan Jizzax viloyatining Islom Karimov shoh ko'chasida avtomobil harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar geokimyoviy fon bilan taqqoslandi va Igeo indeksi bo'yicha baholandi. Igeo (Geoakkumulyatsiya indeksi - solishtirish orqali og'ir metallar va metalloid elementlar darajasini baholash) indeksi atrof-muhitning metall zarralari bilan ifloslanish darajasini baholash ko'rsatkichi hisoblanadi. 12-jadvalda Igeo indeksi atrof-muhitning metall zarralari bilan ifloslanish darajasining yettita tasnifi ko'rsatilgan (Salomons, & Fo'rstner, 1984).
12-jadval
Igeo sinflari
Igeo Daraja Ifloslanish darajasi
< 0 0 Amalda ifloslanmagan
>0 dan 1 1 Kam miqdorda ifloslangan
> 1 dan 2 gacha 2 O'rtachadan kam miqdorda ifloslangan
> 2 dan 3 gacha 3 O'rtacha miqdorda ifloslangan
> 3 dan 4 gacha 4 Yuqori miqdorda ifloslangan
> 4 dan 5 gacha 5 Ifloslanish miqdori yuqori
>5 6 Juda yuqori miqdorda ifloslangan
Jizzax shahri I. Karimov shoh ko'chasi va Shifokorlar ko'chasi kesishgan chorrahani Igeo indeksi asosida baholash tahlili shuni ko'rsatdiki, tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'lgan metall zarralari chorrahaning avtomobillar burilishi, tormozlanishi, tezlashish yo'l bo'lagi yuzasida yuqori darajada.
Jizzax shahri I. Karimov shoh ko'chasi va Shifokorlar ko'chasi kesishgan chorrahaning yo'l bo'laklari (ф = 0,5 ^ 0,6), avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralarning ifloslanish darajasi Igeo indeksi asosida baholandi (10-rasm).
10-rasm. Jizzax shahridagi I. Karimov shoh ko'chasi bilan Shifokorlar ko'chasi kesishgan chorraha ф = 0,5^0,6 bo'lganda, Igeo indeksi asosida baholanishi
2) o'rtachadan kam miqdorda ifloslangan;
3) o'rtacha miqdorda ifloslangan;
4) yuqori miqdorda ifloslangan;
5) ifloslanish miqdori yuqori;
6) juda yuqori miqdorda ifloslangan.
Jizzax shahri I. Karimov shoh ko'chasi va Shifokorlar ko'chasi kesishgan chorraha Ф = 0,7119 ^ 0,8 bo'lganda, Igeo indeksi asosida bashoratlash 11-rasmda keltirilgan.
11-rasm. Jizzax shahridagi I. Karimov shoh ko'chasi va Shifokorlar ko'chasi kesishgan chorraha ф = 0,7^0,8 bo'lganda, Igeo indeksi asosida bashoratlash
2) o'rtachadan kam miqdorda ifloslangan;
3) o'rtacha miqdorda ifloslangan;
4) yuqori miqdorda ifloslangan;
5) ifloslanish miqdori yuqori.
Xulosalar
Olib borilgan tadqiqot natijasiga ko'ra, yo'l qoplamasi tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan shina rezina granulalaridan foydalanilgan asfalt-beton qoplamali yo'llarning ilashish koeffitsiyenti oshishi shina va tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil bo'ladigan zararli moddalar va zarralarning kamayishiga olib kelishi aniqlandi va quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
- respublikamizning yirik shaharlarida o'tuvchanligi yuqori bo'lgan chorrahalarning avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar bilan ifloslanish darajasini Igeo indeksi asosida baholashni keng yo'lga qo'yish zarur;
- o'tkazuvchanligi yuqori bo'lgan chorrahalarning ilashish koeffitsiyentini oshirish uchun tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalarining granulasi qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplama bilan qoplash maqsadga muvofiqdir.
REFERENCES
1. Agency of Hydrometeorological Service under the Ministry of Ecology, Environmental Protection and Climate Change of the Republic of Uzbekistan. (2024, March 29). Atmospheric air quality Bulletin from automatic air pollution monitoring stations in cities of Uzbekistan. https://monitoring.meteo.uz/uz/menu/ekologicheskij-bjulleten
2. Gadd, J., & Kennedy, P. (2000). Preliminary examination of organic compounds present in tyres, brake pads and road bitumen in New Zealand. Ministry of Transport. Kingett Mitchell Ltd. Resource & Environmental Consultants. https://rcaforum.org.nz/sites/public_files/documents/stormwater-organiccompounds2.pdf
3. Gianini, M. F. D., Fischer, A., Gehrig, R., Ulrich, A., Wichser, A., Piot, C., Besombes, J. L., & Hueglin, C. (2012). Comparative source apportionment of PM10 in Switzerland for 2008/2009 and 1998/1999 by Positive Matrix Factorisation. Atmospheric Environment, 54, 149-158.
4. IQAir. (2024). Tashkent air quality map. https://www.iqair.com/ru/air-quality-map/uzbekistan/toshkent-shahri/tashkent
5. Ismailov, B. (2022, December 28). Kak za god v Uzbekistane izmenilas' situatsiya na vtorichnom avtorynke: tseny, iznos i probeg [How the situation on the secondary car market has changed in Uzbekistan over the past year: prices, wear and tear and mileage]. (In Russian). 2020 State Unitary Enterprise "Editorial office of the newspapers "Yangi Uzbekistan" and "Pravda Vostoka". https://yuz.uz/ru/news/v-uzbekistane-za-11-mesyatsev-proizvedeno-bolee-odnoy-tsyachi-avtobusov?view=kak-za-god-v-uzbekistane-izmenilas-situatsiya-na-vtorichnom-avtornke-tsen-iznos-i-probeg
6. Ismayilov, K., Alimova, Z., Asqarov, I., & Karimova, K. (2023, May 3-4). The research on road dust and particles caused by traffic (on the example Jizzakh city). Proceedings of the Conference "Problems in the textile and light industry in the context of integration of science and industry and ways to solve them" (PTLICISIWS-2022). Namangan: Namangan Institute of Engineering and Technology.
7. NAEI. (2012). Road transport emission factors from 2010 NAEI. http://naei.defra.gov.uk/ datawarehouse/3_9_323_136259_roadtransportefs_naei10_v2.xls
8. Ocenchik.ru (n.d.). Average annual mileage. Recommendations on calculation of average annual mileage of AMTS. https://www.ocenchik.ru/docsi/2778-srednegodovye-probegi-raschet-probega.html
9. Osterle, W., Griepentrog, M., Gross, T., & Urban, I. (2001). Chemical and microstructural changes induced by friction and wear of brakes. Wear, 251, 1469-1476.
10. Rowbotham, I. (2021, October 11). Car brakes and tyre dust: a hidden source of pollution. The Kingfisher newspaper. https://www.the-kingfisher.org/people/human_health/car_brakes.html
11. Salomons, W., & Fo'rstner, U. (1984). Metals in the hydrocycle. Springer, BerlinHeidelberg New York. https://link.springer.com/article/10.1007/BF00492273
12. Uzhydromet - Agency of Hydrometeorological Service (2024, January 3). Data from automatic ambient air monitoring stations on January 3, 2024 at 8:00 AM. Telegram. https://t.me/uzgydromet/11935
13. Uzhydromet - Agency of Hydrometeorological Service (2024, January 17). Data from automatic ambient air monitoring stations on January 17,2024 at 9:00 AM. Telegram. https://t.me/uzgydromet/12061
14. Vasil'yev, A. V. (2019). Povysheniye kachestva otsenki kompleksnoy ekologicheskoy bezopasnosti avtotransportnykh sredstv [Improving the quality of assessment of the integrated environmental safety of motor vehicles] (In Russian). PhD thesis. Moscow.