Научная статья на тему 'Avtomobillar tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini aniqlash'

Avtomobillar tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini aniqlash Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
38
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tormozlanish / tormoz ustquymalari / yeyilish jadalligi / avtomobil gʻildiraklari / ilashish koeffi tsiyenti / yoʻl changi / zarralar tarqalishi. / braking / brake pads / wear rate / car wheels / adhesion coefficient / road dust / particle dispersion.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, Karimova Kamola Gʻulomovna

Ushbu maqolada avtomobil tormozlanishi jarayonida tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini gʻildirakning yoʻl bilan ilashish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlash usullari keltirilgan. Avtomobillar tormoz ustquymalarining resurs davri gʻildirakning yoʻl bilan ilashish koeffitsiyentiga bogʻliq oʻzgarishi inobatga olinib, ularning atmosferaga chiqaradigan zarralari miqdori nazariy jihatdan hisoblangan. Shuningdek, avtomobillar tormozlanish jarayonida tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil boʻladigan zarralar tarkibida metallar konsentratsiyasi tarqalishi tahlili keng yoritilgan. Shaharlarda zarralarning muhim hissasi yoʻl harakati bilan bogʻliq manbalar hisoblanadi. Avtomobil tormozlanishi jarayonida olingan namunalar tarkibida temir, mis, rux, xrom, qalay va surma kabi metall elementlar yuqori miqdorda mavjud ekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda avtomobillar tormozlanish jarayonida hosil boʻladigan zarralarning ekologiyaga salbiy ta’siri toʻgʻrisida ma’lumotlar berilgan. Maqolada tormoz ustquymalarining yoʻl ilashish koeffitsiyentiga bogʻliq holatda yeyilish jadalligi nazariy va eksperiment natijalarining solishtirma tahlili keltirilgan. Avtomobil tormoz ustquymalarining yoʻlning ilashish koeffitsiyentiga bogʻliq holatda oʻrtacha yeyilish jadalligi nazariy hisob natijalarining eksperiment natijalari bilan solishtirma tahliliga koʻra, yeyilish jadalligi ilashish koeffitsiyentiga bogʻliq holatda oʻzgarishi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Definition of the amount of particulate matter released into the environment as a result of corrosion of automobile brake pads

This paper presents methods of determining the amount of particles emitted into the environment as a result of brake pad wear during car braking, taking into account the coefficient of friction of the wheel with the road. The amount of particles emitted by brake pads into the atmosphere is theoretically calculated, taking into account the change in the service life of the brake pads of a car depending on the contact coefficient of the wheels with the road. The analysis of metal concentration distribution in particles produced by brake pad wear during car braking is also extensively covered. Road traffic-related sources contribute significantly to the formation of particulate matter in urban air. Samples taken during vehicle braking have been found to contain large amounts of metallic elements such as iron, copper, zinc, chromium, tin, and antimony. At present, there is evidence of the negative impact of particles generated during automobile braking on the environment. The paper presents a comparative analysis of theoretical and experimental results of brake pad wear rate depending on the stroke coefficient. According to the results of the comparative analysis of the results of the theoretical calculation of the average wear rate of car brake pads depending on the coefficient of grip, it is established that the wear rate varies depending on the coefficient of grip.

Текст научной работы на тему «Avtomobillar tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini aniqlash»

S

d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2023-6-H UDC: 656.131(045)(575.1)

AVTOMOBILLAR TORMOZ USTQUYMALARI YEYILISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALAR MIQDORINI

ANIQLASH

Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich1,

texnika fanlari doktori, professor, ORCID: 0000-0002-1119-4053, e-mail: sheraziz@mail.ru;

Karimova Kamola G'ulomovna2,

texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), ORCID: 0000-0001-5035-0525, e-mail: kamola.karimova1987@gmail.com

1Toshkent davlat transport universiteti 2Jizzax politexnika instituti

Kirish

Jahonda avtomobil transporti atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar, asosan, chiqindi gazdan hosil bo'ladi, degan umumiy fikr mavjud. Atrof-mihutdagi qattiq zararli zarralarning avtomobil bilan bog'liq eng muhim manbalari tormozlanish natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar hisoblanadi. Avtomobil tormozlanishi jarayonida hosil bo'lgan zarralar atrof-muhitga tarqaladi.

Tormozlanish jarayonida hosil bo'ladigan zarralarning 50-70 % atmosfera havosi tarkibi-ga aylanadi. Tormozlash jarayonida g'ildirakdan dastlab kattaroq zarrachalar (10 mikrometr-dan kam), undan keyin kichikroq havo zarralari (1 mikrometrdan kam) chiqadi. Har xil o'lcham-dagi zarrachalar bulutsimon tarzda insonlar sa-lomatligiga salbiy zarar yetkazmoqda. Ushbu zarralar avtomobil yo'llaridan taxminan 100 metr masofa oralig'ida joylashgan binolarda chang ko'rinishida namoyon bo'ladi. Tormozlanish jarayonida hosil bo'ladigan zarralardan Yevropaning uchta shahar (Jirona, Tsyurix va Barselona) ko'chalaridan namunalar olingan-

Annotatsiya. Ushbu maqolada avtomobil tormozlanishi jarayonida tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlash usullari keltirilgan. Avtomobillar tormoz ustquymalarining resurs davri g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq o'zgarishi inobat-ga olinib, ularning atmosferaga chiqaradigan zarralari miqdori nazariy jihatdan hisoblangan. Shuningdek, avtomobillar tormozlanish jarayonida tormoz ustquy-malari yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar tarkibida metallar konsentratsiyasi tarqalishi tahlili keng yori-tilgan. Shaharlarda zarralarning muhim hissasi yo'l harakati bilan bog'liq manbalar hisoblanadi. Avtomobil tormozlanishi jarayonida olingan namunalar tarkibida temir, mis, rux, xrom, qalay va surma kabi metall ele-mentlar yuqori miqdorda mavjud ekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda avtomobillar tormozlanish jarayonida hosil bo'ladigan zarralarning ekologiyaga salbiy ta'si-ri to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Maqolada tormoz ustquymalarining yo'l ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda yeyilish jadalligi nazariy va eksperiment nati-jalarining solishtirma tahlili keltirilgan. Avtomobil tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'rtacha yeyilish jadalligi nazariy hisob natijalarining eksperiment natijalari bilan solishtirma tahliliga ko'ra, yeyilish jadalligi ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'zgarishi aniqlangan.

Kalit so'zlar: tormozlanish, tormoz ustquymalari, yeyilish jadalligi, avtomobil g'ildiraklari, ilashish koeffitsiyenti, yo'l changi, zarralar tarqalishi.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ КОЛИЧЕСТВА ЧАСТИЦ, ВЫДЕЛЯЕМЫХ В ОКРУЖАЮЩУЮ СРЕДУ В РЕЗУЛЬТАТЕ КОРРОЗИИ АВТОМОБИЛЬНЫХ ТОРМОЗНЫХ КОЛОДОК

Шермухамедов Абдулазиз Адилхакович1,

доктор технических наук, профессор;

Каримова Камола Гуломовна2,

доктор философии по техническим наукам (PhD)

1Ташкентский государственный транспортный университет 2Джизакский политехнический институт

Аннотация. В данной статье представлены методы определения количества частиц, выбрасываемых в окружающую среду в результате износа тормозных колодок при торможении автомобиля с учётом коэффициента трения колеса с дорогой. Учитывая изменения срока ресурса тормозных колодок автомобиля в зависимости от коэффициента контакта колёс с дорогой, теоретически рассчитано количество частиц, выбрасываемых ими в атмосферу. Также широко освещён анализ распределения концентрации металлов в частицах, образующихся при износе тормозных колодок при торможении автомобилей. Источники, связанные с дорожным движением, вносят значительный вклад в образование твёрдых частиц в воздухе городов. Установлено, что пробы, взятые в процессе торможения автомобиля, содержат большое количество металлических элементов, таких как железо, медь, цинк, хром, олово и сурьма. В настоящее время имеются сведения о негативном влиянии частиц, образующихся при торможении автомобилей, на окружающую среду. В статье представлен сравнительный анализ теоретических и экспериментальных результатов скорости износа тормозных колодок в зависимости от коэффициента хода. По результатам сравнительного анализа результатов теоретического расчёта средней скорости износа тормозных колодок автомобиля в зависимости от коэффициента сцепления с дорогой установлено, что скорость износа изменяется в зависимости от коэффициента сцепления.

Ключевые слова: торможение, тормозные колодки, скорость износа, колёса автомобиля, коэффициент сцепления, дорожная пыль, дисперсия частиц.

DEFINITION THE AMOUNT OF PARTICULATE MATTER RELEASED INTO THE ENVIRONMENT AS A RESULT OF CORROSION OF AUTOMOBILE BRAKE PADS

da, asosan, yo'l changi tarkibida alyuminiy, kalsiy, temir va vanadiy kabi metallar aniqlan-gan. Avtomobil tormozlanishi jarayonida olin-gan namunalar tarkibida temir, mis, rux, xrom, qalay va surma kabi metall elementlar yuqori miqdorda mavjudligi tadqiq etilgan (Rowboth-am, 2021). Hozirgi kunda avtomobillar tormoz-lanish jarayonida hosil bo'ladigan zarralar-ning ekologiyaga ta'sirini kamaytirish dolzarb muammoga aylanib bormoqda.

Avtomobil dvigatelidan chiqadigan zararli moddalar chiqindilarini filtrlash texnologi-yalari takomillashtirilgani tufayli zaharli va zararli gazlar miqdori doimiy ravishda ka-mayib bormoqda. Ammo qattiq zarralar ulushi avtomobillar soni o'sishi tufayli ortmoqda. Yevropa atrof-muhit agentligining (EEA) so'ng-gi ma'lumotlariga ko'ra, avtomobil harakatla-nishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning atrof-muhitni ifloslantirishga qo'shgan hissasi 26,7-33,9%ni tashkil etadi (NAEI, 2012).

Tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralarning kimyoviy tarkibi ularni to'liq tavsiflash va inson salomatligiga salbiy ta'sirini baholashda hisobga olinishi lozim. Zarralar tarkibidagi og'ir metallar inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Zamonaviy tormoz mexanizmlari detal-lari xilma-xil va ba'zan noma'lum tarkibiy qismlardan iborat kompozitsiyalardir. Tormoz mexanizmlari detallari yeyilishi nati-jasida hosil bo'lgan zarralarning kimyoviy tarkibi asl qoplama materialining kimyoviy tarkibidan sezilarli darajada farq qiladi. Tormoz mexanizmi detallari yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralarning kimyoviy tarkibi-ga qanday ta'sir qilishini to'liq ko'rib chiqish uchun detallariga ishlatiladigan materiallar va yeyilish natijasida hosil bo'lgan zarralar tarkibini ko'rib chiqish lozim. Tormoz ustquy-malari ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallarning kimyoviy tarkibi, asosan, Fe, Cu, Zn va Pb kabi metallardan tashkil topgan. Tormoz mexanizmi detallari tarkibida Fe (temir) ulushi 60 foizgacha yetishi mum-kin va bu qoplama turiga qarab o'zgaradi. Tormoz ustquymalari tarkibida K va Ti, Pb miqdori og'irligiga nisbatan 12 foizni tashkil

102

ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 6 / 2023

S

qiladi. Zamonaviy qoplamalarda Ba, Mg, Mn, Ni, Sn, Cd, Cr, Ti, K va Sb kabi boshqa metallar ham og'irligiga nisbatan 0,1 foizgacha bo'lgan miqdorda mavjud (Riediker, Gasser, Perre-noud, Gehr, & Rothen-Rutishauser, 2008).

2010-yilda K. Gietl, R.Lourens, A.J.Tor-pe va R.M.Xarrisonlar tomonidan NAO tormoz kolodkalari bilan o'tkazilgan tadqiqotda tormoz ustquymalarining yeyilish jadalligi 0,039-0,058 g/km oralig'ida ekanligi aniqlan-di.. Yengil yuk avtomobillari harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar 0,03-0,08 g/km dan 0,21-0,55 g/km oralig'ida bo'lishi tadqiq etildi (Gietl, Lawrence, Thorpe, & Harrison, 2010).

2000-yilda B.D. Garg tomonidan o'tkazilgan tadqiqotda tormozlanish natijasida hosil bo'l-gan zarralar tarkibida S, Ti, Fe, Cu va Zr metall elementlar mavjudligi va tormoz ustquyma-larining yeyilish jadalligi 0,014-0,037 g/km oralig'ida ekanligi aniqlandi (Garg, Cadle, Mu-lawa, & Groblicki, 2000). 2009-yilda B.D. Bu-kovieski tomonidan o'tkazilgan tadqiqotda mahalliy, magistral yo'llarda ham tormoz kolodkalari yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar tarkibida Fe, Cu, Zn, Mo, Zr, Sn, Sb va Ba elementlari borligi aniqlandi (Bukowiecki, et al., 2009a).

Havoda zarralarni tashish turli jihatlarga, jumladan, zarralar va aerozolning gaz xususi-yatlariga (bu holda havo) bog'liq. Ammo zarralar nafaqat havo, balki boshqa muhitlarda ham tashiladi. Avtomobillar harakatlanishi natijasida shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilishi-dan hosil bo'ladigan zarralar geografik joyla-shuvga qarab farq qilishi mumkin (1-rasm).

QIQA/r *»Qu*y AiiMonitors AiPunfim FxtM«la FoiBuwb Ntm Support

Shermukhamedov Abdulaziz Adilkhakovich1,

Doctor of Technical Sciences, Professor

Karimova Kamola Gulomovna2,

Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD)

Tashkent State Transport University 2Jizak Polytechnic Institute

Abstract. This paper presents methods of determining the amount of particles emitted into the environment as a result of brake pad wear during car braking, taking into account the coefficient of friction of the wheel with the road. The amount of particles emitted by brake pads into the atmosphere is theoretically calculated, taking into account the change in the service life of the brake pads of a car depending on the contact coefficient of the wheels with the road. The analysis of metal concentration distribution in particles produced by brake pad wear during car braking is also extensively covered. Road traffic-related sources contribute significantly to the formation of particulate matter in urban air. Samples taken during vehicle braking have been found to contain large amounts of metallic elements such as iron, copper, zinc, chromium, tin, and antimony. At present, there is evidence of the negative impact of particles generated during automobile braking on the environment. The paper presents a comparative analysis of theoretical and experimental results of brake pad wear rate depending on the stroke coefficient. According to the results of the comparative analysis of the results of the theoretical calculation of the average wear rate of car brake pads depending on the coefficient of grip, it is established that the wear rate varies depending on the coefficient of grip.

Keywords: braking, brake pads, wear rate, car wheels, adhesion coefficient, road dust, particle dispersion.

a) Markaziy Osiyo davlatlari atmosfera havosining zarralar bilan ifloslanish darajasi; b) Jizzax viloyati atmosfera havosining zarralar bilan ifloslanish darajasi 1-rasm. Atmosfera havosining zarralar bilan ifloslanish darajasi bo'yicha IQAir reytingi

(2023-yil 16-iyun holatiga ko'ra)*

* (Air quality in the world. Air quality index (AQI) and PM2.5 air pollution in the world).

05.08.06 - G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALAR VA ULARNI

ISHLATISH

Bu shahar muhitida mavjud bo'lgan mintaqaviy muhitni tashkil qiladi. Ya'ni bir jihat, masalan, shamol ta'sirida zarralarni uzoq vaqt tashish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar tarkibida Fe, Cu, Sb metall elementlar nisbatan yuqori, yengil avtomobillar tormoz ustquymalari yeyilish jadalligi 0,011-0,51 g/ km. ekanligi aniqlandi.

Butun dunyoda avtotransport vositalarining ekologik xavfsizligini ta'minlash muammosiga katta e'tibor qaratilmoqda. Shinalar sifatini tav-siflovchi asosiy ko'rsatkich ularning yo'l yuzasi-ga ilashishi hisoblanadi. Avtomobil g'ildiragi-ning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentlarining bun-day yuqori qiymatlari zamonaviy avtomobilga tormozlash qobiliyatini to'liq amalga oshirishga imkon beradi. Shinalar va tormoz ustquymalari yeyilishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Avtomobil shinalarining ilashish koeffitsiyenti 0,7 dan yuqori bo'lishi ekologik xavfsizligi oshishiga olib keladi. Shunday qilib, quruq va toza yo'l sirtlarida zamonaviy shinalar ilashish koeffitsiyentlarining yuqori qiymatlari-ni ta'minlaydi va ularning yanada oshishi avtomobil transporti vositalarining xavfsizligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, nam qop-lamali avtomobil yo'llarida shinalarning ilashish koeffitsiyentlari 0,1 dan 0,75 gacha o'zgaradi (Kuznetsov, 2022). Ushbu koeffitsiyentlar ko'p jihatdan shinalarning konstruktiv va ekspluatat-sion parametrlariga bog'liq - protektor naqsh-lari, yugurish yo'lining egriligi, protektorning rezina tarkibi, shinalar havosi bosimi, vertikal yuk, protektorning yeyilishi va boshqalar.

Shunga asoslanib, shina ishlab chiqaru-vchilar yengil avtomobillar uchun shinalar-

ning ilashish sifatini yaxshilashga alohida e'tibor berishadi. Avtomobil g'ildiragining yo'l yuzasi bilan ishonchli aloqasini ta'minlashda shinaning rolini aniqlash, uning yeyilish jadal-ligiga ilashish koeffitsiyentiga ta'sirini ko'rib chiqish va tahlil qilish zarur. Material va metodlar Avtomobillar tormozlanishi jarayonida tormoz ustquymalari, shinalar va yo'l sirtining eskirishi natijasida hosil bo'lgan zarralar yo'l changining asosiy manbalari hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda ikkita asosiy disk va baraban tormoz tizimidan foydalaniladi. Disk tormoz tizimi, asosan, yengil avtomobillar-ning old g'ildiraklarida qo'llaniladi.

Tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil bo'ladigan zararli zarralar miqdorini aniqlash uchun (1) formulani quyidagi ko'rinishga keltiramiz:

Z = K x I

y.t

(1)

bunda: Zt - tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdori;

K - avtomobillar soni, dona;

av ' '

Iy.t - tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil bo'ladigan zararli zarralarning yeyilish jadalligi, g/km.

Avtomobil ustquymalari yeyilish jadalli-gining g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffit-siyenti o'zgarishiga nisbatan quyidagi bog'liq-liklari olingan:

- avtomobil dinamikasi (tezlik);

- avtomobil tormozlanishi;

- tormozlanish samaradorligi g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liqligi;

- tormoz yo'li g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liqligi (1-jadval)

[4].

1-jadval

Avtomobil g'ildiragi yo'l bilan ilashish koeffitsiyentining tormozlanish samaradorligiga bog'liqlik koeffitsiyenti*

Transport vositasi turi Koeffitsiyentlar

Ilashish koeffitsiyenti Tormozlanish samaradorligi

Yengil avtomobillar 0,7-0,8 1,2

0,5-0,6 1,1

0,3-0,4 1,1

0,2-0,3 1,0

* (GOST 41.13-99)

05.08.06 - G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALAR VA ULARNI

ISHLATISH

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan "Avtotrans-port vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo'yicha xavfsizligi to'g'risida"gi nizom-ga asosan, yengil avtomobillar 40 km/soat tezlik bilan harakatlanganda, ruxsat etilgan tormozla-nish masofasi 2-jadvalda keltirilgan (Dorokhin, Skvortsova, Logachev, & Gubarev, 2014).

Avtomobilning tormozlanish yo'li (2) formula bilan aniqlanadi (Dorokhin, Skvortsova, Logachev, & Gubarev, 2014):

Kexvl

„ , m (2)

2xcpxg ' J

St =

bunda: K - tormozlanish samaradorligi;

V - avtomobil tezligi, km/soat; ç - g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti (asfalt qoplamali yo'l uchun) 9 - 0,2 ^ 0,8 (Rules for diagnostics and assessment of the condition of highways (Instead of VSN 6-90), 2002);

g - erkin tushish tezligi, m/s (9,81). Tormozlanish masofasi transport vosita-si tormoz tizimini ishga tushirgandan so'ng to'xtaguncha bosib o'tadigan masofa hisobla-nadi. Bu faqat texnik parametr bo'lib, uning yordamida boshqa omillar bilan birgalikda avtomobilning xavfsizligi aniqlanadi. Ushbu parametr haydovchining reaksiya tezligini o'z ichiga olmaydi.

2-jadval

Yengil avtomobillar 40 km/soat tezlik bilan harakatlanganda, ruxsat etilgan tormozlanish masofasi

Transport vositasi turi Tormoz yo'li (ko'pi bilan) metr hisobida*

1981-yil 1-yanvardan ishlab chiqarila boshlagan 1981-yil 1-yanvardan oldin ishlab chiqarila boshlagan

to'la vaznda, m aslahalangan holda, m to'la vaznda, m aslahalangan holda, m

Yengil avtomobillar 12,2 12,9 14,5 16,2

Tormoz masofasining ilashish koeffitsi- (2) formula bilan aniqlanib, 3-jadvalda kelti-yenti va haydash tezligi o'rtasidagi bog'liqlik rilgan.

3-jadval

Tormoz masofasining ilashish koeffitsiyenti va haydash tezligi o'rtasidagi bog'liqlik

^^^^^^Tezlik km/s Ф 10 20 30 40 50 60 70

0,2-0,3 2 7,9 17,7 31,5 49,2 70,8 96,4

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

0,3-0,4 1 3,9 8,8 15,7 24,6 35,4 48,2

0,5-0,6 0,7 2,6 5,9 10,5 16,4 23,6 32,1

0,7-0,8 0,6 2,2 5 9 14 20,2 27,5

Mazkur tadqiqotda hisob-kitoblar Chevrolet Spark misolida amalga oshirilgan. Ushbu avtomobilning tormoz ustquymalari

texnik tavsifnomasi 4-jadvalda keltirilgan (Chevrolet Spark III LS 1.0 AT - technical characteristics, 2009-2016).

4-jadval

Chevrolet Spark avtomobili tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdori

Tormoz ustquymalari ishlashi davomida g'ildiraklarning bosib o'tish masofasi*, km Tormoz ustquymasining disk bilan aloqa maydoni, sm2 Tormoz ustquymasining dastlabki qalinligi, sm Tormoz ustquymasining minimal ruxsat etilgan qalinligi, sm Tormoz ustquymalari yeyilgan qismining og'irligi, g/km

50 000 64,9 20 7 0,016

* Tormoz ustquymalari ishlashi davomida g'ildiraklarning bosib o'tish masofasi (Rules for diagnostics and assessment of the condition of highways (Instead of VSN 6-90), 2002).

05.08.06 - G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALAR VA ULARNI

ISHLATISH

Avtomobil g'ildiragi yo'l bilan ilashish koeffitsiyentining tormoz ustquymalari yeyilishiga bog'liqlik koeffitsiyenti (3) formula bilan aniqlanadi:

k, =

strt

(3)

bunda: L , - tormoz ustquymalari ishlashi

um t y A J

davomida g'ildiraklarning bosib o'tish masofasi, km (Rules for diagnostics and

assessment of the condition of highways (Instead of VSN 6-90), 2002);

St - g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti bog'liq holatdagi tormozlanish masofasi, m;

St rt - avtomobilning tormozlanishi uchun ruxsat etilgan masofasi, m.

Avtomobil tormozlanishi masofasining tormoz ustquymalari yeyilish koeffitsiyentiga bog'liqligi 5-jadvalda keltirilgan.

5-jadval

Avtomobil 40 km/soat tezlikda harakatlangandagi tormoz ustquymalarining yeyilish

koeffitsiyenti

Ilashish koeffitsiyenti Tormozlanish masofasi, m Yeyilish koeffitsiyenti

0,2-0,3 31,5 2,5

0,3-0,4 15,7 1,2

0,5-0,6 10,5 1,1

0,7-0,8 9 0,73

Tormoz ustquymalarining ishlashi davomida avtomobil g'ildiragining ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda bosib o'tish masofasi (4) formula bilan aniqlanadi:

(4)

bunda: Ln - tormoz ustquymalarining ishlashi davomida avtomobil g'ildiragining bosib o'tish masofasi, km (Chevrolet Spark III LS 1.0

AT - technical characteristics, 2009-2016);

kt avtomobil g'ildiragi yo'l bilan ilashish koeffitsiyentining tormoz ustquymalari yeyilishiga bog'liqligi.

Tadqiqot natijalari

Avtomobil tormoz ustquymalari ishlashi davomida avtomobil g'ildiragining ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda bosib o'tish masofasi (4) formula bilan hisoblangan. Hisob natijalari 6-jadvalda keltirilgan.

6-jadval

Tormoz ustquymalari ishlashi davomida avtomobil g'ildiragining ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda bosib o'tish masofasi

Tormoz ustquymalari ishlashi davomida avtomobil g'ildiragining bosib o'tish masofasi Ilashish koeffitsiyenti Tormoz ustquymalari ishlashi davomida avtomobil g'ildiragining ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda bosib o'tish masofasi, km

50 000 0,2-0,3 20 000

0,3-0,4 41 666

0,5-0,6 45 454

0,7-0,8 68 493

Shuni e'tirof etish kerakki, avtomobil g'ildiragi yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga tormoz ustquymalarining ishlashi davomida o'rtacha bosib o'tish masofasiga bog'liqlik R2 = 0,9414 ni tashkil etdi.

Avtomobil tormoz ustquymalari ishlashi davomida bosib o'tish masofasi avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liqlik grafigi va uning formulasi 2-rasmda keltirilgan.

05.08.06 - G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALAR VA ULARNI

ISHLATISH

»Tormoz kolodkalarining ishlashi davomida avtomobil

g'ildiragining ilashish koeffitsientiga bog'liq ravishda bosib o'tish masofasi

0 0,2-0,3

0,3-0,4 0,5-0,6

0,7-0,8

Hashish koeffitsiyenti, q>

2-rasm. Tormoz ustquymalari ishlashi davomida avtomobil g'ildiragining ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda bosib o'tish masofasi

Tormoz ustquymasi eskirishiga subyektiv omillarning ta'siri yuqori bo'lsa-da, obyektiv omillarga asoslangan. Yengil avtomobillarning tormoz ustquymalari ishlashi davomida g'ildiraklarning bosib o'tish masofasi 50 000 kilometr masofani tashkil qiladi.

Tormoz ustquymalari yeyilish jadalligi (5) formula bilan aniqlanadi (Vasiliev, 2019):

Iyt = sj^g/km (5)

bunda: S - tormoz ustquymasining disk bilan aloqa maydoni, sm2;

Tq - tormoz ustquymasining dastlabki qalinligi, sm;

Tr - tormoz ustquymasining minimal ruxsat etilgan qalinligi, sm;

Lht - tormoz ustquymalarining ishlashi davomida g'ildiraklarning bosib o'tish masofasi, km.

Avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil bo'ladi-gan zararli moddalar va zarralar miqdorining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holda o'rtacha yeyilish jadalligi bizga zarralarning haqiqiy miqdorini aniqlashga imkon berdi.

Yengil avtomobillar tormoz ustquymala-rining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holda o'rtacha yeyilish jadalligi 7-jadvalda keltirilgan.

7-jadval

Yengil avtomobillar tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq

holda o'rtacha yeyilish jadalligi, g/km

Ilashish koeffitsiyenti Tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda umumiy bosib o'tish masofasi, km Yengil avtomobil tormoz ustquymalarining o'rtacha yeyilish jadalligi, g/km

0,2-0,3 20 000 0,042

0,3-0,4 41 666 0,020

0,5-0,6 45 454 0,018

0,7-0,8 68 493 0,012

Yengil avtomobillar tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda umumiy bosib o'tish ma-

sofasi tormoz ustquymalarining o'rtacha yeyilish jadalligiga ta'siri 3-rasmda kelti-rilgan.

05.08.06 - G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALAR VA ULARNI

ISHLATISH

9

0,3-0,4

■Yengil avtomobil toraioz nokladkalarini o'rtacha yeyilish intensivligi

1 A 5

0,5-0,6 0,7-0,8

Hashish koeffitsiyenti, q>

3-rasm. Yengil avtomobillar tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holda o'rtacha yeyilish jadalligi

Shunday qilib, avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari bosib o'tish masofasi yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holda analitik usulda aniqlandi.

Shuningdek, yengil avtomobil bir kilometr masofa bosib o'tishi natijasida avtomobil tormoz ustquymalarining o'rtacha yeyilish jadalligi g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti o'zgarishini hisobga olgan holda, 0,012-0,042 g/km ni tashkil etdi. Tadqiqot natijalari tahlili Avtomobil tormozlanishi jarayonida tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida ho-sil bo'ladigan zarralardan namuna olish joyini tanlashda, avtomobil atrofida laminar va turbulent qatlamlardan iborat havo oqimi paydo bo'lishini hisobga olish lozim. Laminar havo oqimi avtomobil kuzovining dizayn xususiyat-lariga bog'liq. Boshqa havo oqimlarining mav-judligi amalda ta'sir qilmaydi. Shuning uchun hosil bo'lgan zarralar uchun namuna olish joyi havo-chang oqimining laminar qismida uning turbulent qismi shakllanishidan oldin amalga oshirilishi kerak. Bunday joy avtomobil shi-nalari protektorining yo'l yuzasi bilan aloqa joyidan 10-15 sm dan ortiq bo'lmagan maso-fada shinaning kengligidagi qismi hisoblanadi (Vasilev, 2019).

Namuna olish joyi boshqa transport bilan bog'liq bo'lmagan ifloslanish manbalarining ta'sirini kamaytirish uchun tanlangan. Tanlab olingan hudud sanoat korxonalari va

aholi turar-joylaridan uzoqda joylashgan. Namunani bahor va kuz fasli oylarida olish maqsadga muvofiq.

Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralarni aniqlashda tadqiqot o'tkazish shartlari katta ahamiyatga ega: marshrut, yo'l qoplamasi holati va tezlik rejimlari.

Turli qoplamali yo'llarda avtomobil harakatining turli rejimlarida zarralar tarki-bini tahlil qilishda tezlik chegaralari ham hisobga olinishi kerak. Shahardagi avtomobil-larning maksimal tezligi soatiga 60 km tezlik bilan cheklangan. Shuning uchun barcha o'lchovlar avtomobilning harakatlanish rejimlarida amalga oshirildi (tezlanish, bir tekis harakat va tormozlanish 0 dan 60 km/ soatgacha tezlik oralig'ida sodir bo'ladi).

Har bir rejimda belgilangan masofadan alohida natijalar olindi. Namuna olishdan oldin avtomobilning texnik sozligi tekshirilib, toza qilib yuvilishi kerak.

Shinalardagi havo bosimi nominal va avtomobilning texnik xususiyatlariga mos keladi. Sinovdan oldin shinalardagi havo bosimi tekshiriladi va agar zarur bo'lsa, to'ldiriladi (normativ).

Avtomobilning yetakchi g'ildiraklari shinaning yo'l qoplamasi bilan aloqa joyida eng katta yuk yaratishini hisobga olgan holda, namuna olish ularning ostidan amalga oshirilishi lozim.

ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 6 / 2023

S

Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralar miqdorini aniqlashda tadqiqot rejimi katta ahamiyatga ega: marshrut, yo'l holati va harakat tezligi.

2020-2022-yillar oralig'ida Jizzax viloya-ti hududida yo'l qoplamasining avtomo-bil g'ildiragi bilan ilashish koeffitsiyentini aniqlash uchun 25 ta sinov o'tkazildi. Si-

nov jarayonlari Islom Karimov shoh ko'-chasi (8 ta sinov), 4р32 "Yangiyer-Paxta-kor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 7475 kilometr oralig'i (8 ta sinov) va tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalari granulalari qo'shib tayyor-langan asfalt-beton qoplamasida (9 ta sinov) olib borildi. Yo'l qoplamasida olib borilgan tadqiqot ishlari 4-rasmda keltirilgan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bitum tarkibi parametriga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq, chunki donador-lik tarkibidagi qiymatlar ishlab chiqaruvchi-lar uchun GOST 9128-2009, GOST 9128-2013 (asfalt-beton aralashmalari uchun) va ShNQ 3.06.03-08 talablariga javob berishi kerak (Highways, 2008), (Ismayilov & Karimova, 2020), (Kubaymurat & Gulomovna, 2019). Asfalt-beton aralashmasida bitumli modda-ning tarkibi faqat tavsiya etilgan parametrlar bo'lib, ishlab chiqaruvchi undan chetga chi-qishi mumkin. Bu oxir-oqibatda bunday materialdan ishlab chiqarilgan qoplamalarning ilashish xususiyatlari kamayishiga olib kelishi mumkin.

Olingan natijalardan ko'rinib turibdi-ki, tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalari granulalari qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamalar od-diy asfalt-beton qoplamali yo'llarga nisbatan yuqori ilashish xususiyatiga ega.

Asfalt-beton aralashmasida bitumli bog'-lovchi miqdori yetarli bo'lmagan taqdirda,

yo'lning tez eskirishi tufayli xizmat qilish muddati keskin qisqaradi va bu yo'lning ilashish koeffitsiyenti xususiyatlarini pasaytira-di (Vehicle braking distance: Everything you need to know, 2022), (Ismayilov, Karimova, Azimov, & Raxmatov, 2023), (Ismayilov, Ali-mova, Asqarov, & Karimova, 2023), (Karimova, et al., 2023).

Shu sababli kelajakda jiddiy muammo-larga duch kelmaslik uchun asfalt-betonning yuqoridagi xususiyatlarini diqqat bilan kuza-tib borish kerak.

Tekshirilayotgan Islom Karimov shoh ko'-chasining uchastkasi to'g'ri bo'lib, g'ildirak-ning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti quruq qoplamada 0,5-0,6 qiyalik 3 %, 15 m kengligi asfalt qoplama va bordyorlar bilan jihozlan-gan. Namuna olishdan oldin 4 kun davomida yog'ingarchilik bo'lmagan va namuna olish paytida harorat 19°C dan 24°C gacha bo'l-gan. Islom Karimov shoh ko'chasida o'lchan-gan o'rtacha avtomobil tezligi 50±5 km/soat (avtomobillar), 50±3 km/soat (yuk mashi-

05.08.06 - G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALAR VA ULARNI

ISHLATISH

nalari) va 60 ±4 km/soat (avtobuslar)ni tash-kil etdi.

Jizzax shahar markazida avtomobilning o'rtacha tezligi har bir avtomobil turi uchun taxminan 50± 6 km/soat, 4r32 "Yangi-yer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'li-ning 74-75 km oralig'i yo'l qoplamasida o'l-changan o'rtacha avtomobil tezligi taxminan 70 ±9 km/soat, avtomobillar g'ildirak-larining yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti 0,5^0,6 ni tashkil etdi. 4r32 "Yangiyer-Paxta-kor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'i yo'l qoplamasida ilashish koeffit-siyentining o'rtacha qiymati 0,7^0,8 ekanligi aniqlandi.

Avtomobilning tezlashishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralardan namu-nalar olish soat 12:00 dan 14:00 gacha quruq, bulutsiz havoda, +21-28 °C atrof-muhit haro-ratida (2020-yil aprel-may hamda 2022-yil sentabr-oktabr) o'tkazildi.

Tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralarning o'lcham-lari, tarkibi, miqdorini aniqlash uchun Ilg'or texnologiyalar markazida mavjud rentgen di-fraktometr Empyrean (PANalytical) jihozidan foydalanildi.

Avtomobil tormozlanishi paytida ho-sil bo'ladigan zarralarni aniqlash jarayoni Jizzax viloyati hududidagi Islom Karimov shoh ko'chasi, 4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 7475 km oralig'i va 4r32 "Yangiyer-Paxta-kor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'i yo'l qoplamasida amalga oshirildi.

Islom Karimov shoh ko'chasida avtomo-billarning tormozlanishi vaqtida yo'l qopla-masi yuzasida hosil bo'lgan zarralar element-lari tarkibini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan sinov natijasida olingan namunalarning mik-roskopik ko'rinishi 5-rasmda keltirilgan.

Islom Karimov shoh ko'chasida avtomo-billarning tormozlanishi natijasida hosil bo'-ladigan zarralardan olingan namunalarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili 6-rasmda keltirilgan. Zarralardan olingan namunalar-ning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili shuni ko'rsatdiki, zarralar tarkibi avtomobil tormoz

ustquymalari ishlab chiqarishda foydalani-ladigan Fe, Ti, Al, Zr, Zn va Mo elementlari bilan yuqori darajada ifloslangan.

5-rasm. Islom Karimov shoh ko'chasi yo'l qoplamasida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namunalarning mikroskopik ko'rinishi

6-rasm. Islom Karimov shoh ko'chasida avto-mobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namunalar-ning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili

4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 km oralig'i avto-mobil yo'lida avtomobillarning tormozlani-shi natijasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan sinov natijasida olingan namunalarning mikroskopik ko'rinishi 6-rasmda keltirilgan.

4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 km oralig'ida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namu-nalarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili

s

shuni ko'rsatdiki, zarralar Fe, Ba, Zr, Zn, Ti, Mg bilan yuqori darajada ifloslangan.

6-rasm. 4r32 ""Yangiyer - Paxtakor -Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 km oralig'ida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namunalarning mikroskopik ko'rinishi

4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 km oralig'ida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namuna-larning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili 7-rasmda keltirilgan.

7-rasm. 4r32 "Yangiyer - Paxtakor -Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 km oralig'ida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namunalarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili

4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 km oralig'i avtomobil yo'lida avtomobillarning tormozlanishi natijasida yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan sinov natijasida

olingan namunalarning mikroskopik ko'rinishi 8-rasmda keltirilgan.

8-rasm. 4r32 "Yangiyer - Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'ida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olin-gan namunalarning mikroskopik ko'rinishi

4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'ida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namunalar-ning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili 9-rasmda keltirilgan.

9-rasm. 4r32 ""Yangiyer - Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'ida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namunalarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili

4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'ida avtomobillarning tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan olingan namu-nalarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili shuni ko'rsatdiki, namunalar tarkibi

05.08.06 - G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALAR VA ULARNI

ISHLATISH

Fe, Zr, Zn elementlari bilan yuqori Ti, Mg bilan o'rta darajada ifloslangan. Ba bilan ifloslanmaganligi aniqlandi.

Shunday qilib, avtomobillar tormoz-lanishi natijasida hosil bo'lgan zarralar tarkibida Zn (ruh)ning ulushi: I. Karimov shoh ko'chasi (9 = 0,5-0,6) 0,87%, Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududi, 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 km oralig'i yo'l qoplamasi (9 = 0,5-0,6) 0,79% va 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'i yo'l qoplamasi (9 = 0,7-0,8) 0,67%. Avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti yuqori bo'lgan yo'llarda avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zarralar miqdori 20 %>gacha kam ekanligi aniqlandi.

Eksperiment tadqiqotlar natijasida avto-mobillar tormoz ustquymalari yeyilish jadal-ligi avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda: I. Karimov shoh ko'chasi (9 = 0,5^0,6) - 0,047 g/km, 4r32 "Yangiyer - Paxtakor - Chimqo'rg'on"

avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'i (ф = 0,5^0,6) - 0,025 g/km va 4r32 "Yangi-yer - Paxtakor - Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'i yo'l qoplamasi (ф=0,7^0,8) 0,015 g/km ni tashkil etdi.

Xulosalar

Butun dunyoda avtomobil transporti xarajatlarini kamaytirish, ekologiyaga salbiy ta'sirining oldini olish va shinalardan sama-rali foydalanish bo'yicha tadqiqotlar olib bo-rilmoqda.

Avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi-dan chiqadigan zararli zarralar miqdorini aniqlashda respublika va xorij tadqiqotchi-lari taklif qilayotgan usullar avtomobillar-ning harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zararli zarralarning ekologiyaga ta'siri-ni to'liq hisobga olmagan.

G'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsi-yentini inobatga olib, tormoz ustquymalari va shinalarning umumiy bosib o'tish masofasiga bog'liq holatda ularning ekologiyaga ta'sirini baholash amalga oshirildi. Baholash natijalari 8-jadvalda keltirilgan.

8-jadval

Tormoz ustquymalari yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda yeyilish jadalligining nazariy va eksperiment natijalari solishtirma tahlili

Ilashish koeffitsiyenti Tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda bosib o'tish masofasi Nazariy hisoblash, g/km Eksperiment natijalari, g/km Chetlashish, %

0,4-0,5 41 666 0,020 0,022 10

0,5-0,6 45 454 0,018 0,02 11

0,7-0,8 68 493 0,012 0,014 16

O'rtacha chetlashish 12 %

Tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda yeyilish jadal-ligining nazariy va eksperiment natijalari so-lishtirma tahlili natijalariga ko'ra, tadqiqotning maksimal chetlashishi 16%, o'rtacha chetlashi-shi 12 % ni tashkil etdi. Nazariy va eksperimen-tal tadqiqotlar natijalarining bog'liqlik grafigi va uning formulasi 10-rasmda keltirilgan.

Avtomobillar tormozlanish jarayonida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zararli moddalar va zarralar miqdorini analitik hamda eks-perimental usulda aniqlash bizga avtomo-bildan atmosferaga chiqaradigan zarralar-ning haqiqiy miqdorini aniqlash imkonini berdi.

05.08.06 - G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALAR VA ULARNI

ISHLATISH

0,025

у = 1E-1 lx2 - IE-Обх + 0,0629

Nazariy hisoblash

Eksperiment natijalari

20 000

40 000

60 000

80 000

Tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda bosib o'tish masofasi, km

10-rasm. Tormoz ustquymalarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda yeyilish jadalligining nazariy va eksperement natijalari solishtirma tahlili

Avtomobil tormoz ustquymalari, shina protektorlarining yo'lning ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'rtacha yeyilish jadalligining nazariy hisob natijalari eks-

periment natijalari bilan solishtirma tahlili-ga ko'ra, yeyilish jadalligi ilashish koeffitsi-yentiga bog'liq holatda o'zgarishi isbotlan-di.

REFERENCES

1. Air quality in the world. Air quality index (AQI) and PM2.5 air pollution in the world. (n.d.). Retrieved from https://www.iqair.com/world-air-quality

2. Bukowiecki, N., Gehrig, R., Lienemann, P., Hill, M., Figi, R., Buchmann, B., & Baltensperger, U. (2009a). PM10 emission factors of abrasion particles from road traffic (APART). Swiss Association of Road and Transportation Experts (VSS).

3. Chevrolet Spark III LS 1.0 AT - technical characteristics. (2009-2016). Retrieved from https:// chevrolet.drive.place/lang/uz/spark/iii/group_hatchback_5d/52725

4. Dorokhin, S., Skvortsova, T., Logachev, V., & Gubarev, V. (2014). Analiz tyagovykh i tormoznykh svoystv avtomobiley [Analysis of traction and braking properties of cars]. Modern Problems of Science and Education(3). Retrieved June 12, 2023, from https://science-education.ru/ru/article/ view?id=13002

5. Garg, B., Cadle, S., Mulawa, P., & Groblicki, P. (2000). Brake wear particulate matter emissions. Environmental Science and Technology, 34, 4463-4469.

6. Gietl, J., Lawrence, R., Thorpe, A., & Harrison, R. (2010). Identification of brake wear particles and derivation of a quantitative tracer for brake dust at a major road. Atmospheric Environment, 44, 141-146.

7. GOST 41.13-99. (n.d.). Uniform rules for approval of m, n and o categories of motor vehicles on braking. State standard of the Russian Federation.

8. Highways. (2008). Urban planning norms and rules 3.06.03-08, 274. Tashkent: Gosarchitectstroy of the Republic of Uzbekistan.

9. Ismayilov, K., & Karimova, K. (2020). Application of used automobile tires granules for road construction in Uzbekistan. Journal of Critical Reviews, 7(12), 946-948.

10. Ismayilov, K., Alimova, Z., Asqarov, I., & & Karimova, K. (2023, June). The research on road dust and particles caused by traffic (on the example Jizzakh city). AIP Conference Proceedings, 2789(1).

11. Ismayilov, K., Karimova, K., Azimov, A., & Raxmatov, U. (2023, March). Comparative analysis of noise levels available on simple and rubber granule asphalt-concrete coating roads. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 1142(1), 012038.

12. Karimova, K., Ismayilov, K., Shermukhamedov, A., Alimova, Z., Rakhmatov, U., & Kim, K. (2023, August). Methods of determining the amount of harmful particles released into the environment as a result of car tire wear. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 1231(1), 012028.

13. Kubaymurat, I., & Gulomovna, K. (2019). The impact of automobile tires on the environment from the period of raw materials to the disposal of them. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3), 1929-1931.

14. Kuznetsov, Y. (2022). Grip qualities of car tires and road surfaces. Moscow: Moscow Automobile and Road Institute.

15. NAEI. (2012). Road transport emission factors from 2010 NAEI.

16. Riediker, M., Gasser, M., Perrenoud, A., Gehr, P., & Rothen-Rutishauser, B. (2008). A system to test the toxicity of brake wear particles. Proceedings of the 12th International ETH-Conference on Combustion Generated Nanoparticles. Zurich, Switzerland.

17. Rowbotham, I. (2021, October 11). Car brakes and tyre dust: a hidden source of pollution. Retrieved from https://www.the-kingfisher.org/people/human_health/car_brakes.html

18. Rules for diagnostics and assessment of the condition of highways (Instead of VSN 6-90). (2002). Moscow, Russian Federation: Ministry of Transport of the Russian Federation, State Road Service of Russia (Rosavtodor). Retrieved from https://files.stroyinf.ru/Data1/10/10874/index.htm

19. Vasiliev, A. (2019). Improving the quality of assessment of the comprehensive environmental safety of vehicles. PhD thesis, Moscow.

20. Vehicle braking distance: Everything you need to know. (2022, May 26). Retrieved from https:// uz.avtotachki.com/tormoznoj-put-avtomobilya-vse-chto-nuzhno-znat/?glang=uz&gurl=tormoznoj-put-avtomobilya-vse-chto-nuzhno-znat

Taqrizchi: Bakirov L., t.f.f.d., dotsent, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori.

ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 6 / 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.