Scientific Journal Impact Factor
О
TILSHUNOSLIKDA SIYOSIY DISKURS TUSHUNCHASI Elbek O'rol o 'g'li Ro'ziyev
Termiz davlat universiteti lingvistika: o'zbek tili ta 'lim yo'nalishi
magistranti
elbek [email protected]
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning yo'nalishlaridan biri hisoblangan siyosiy lingvistika sohasi hamda tilshunoslikda siyosiy nutq, siyosiy diskurs tushunchalari tahlilga tortilgan bo'lib bu borada rus va jahon tilshunosligida bayon qilingan fikrlar tadqiqot obyekti sifatida o 'rganilgan.
Kalit so'zlar: siyosiy nutq, diskurs, siyosiy lingvistika, A. Chudinov.
Abstract: This article analyzes the field of political linguistics, which is one of the branches of modern linguistics, as well as the concepts of political speech and political discourse in linguistics, and studies the ideas expressed in Russian and world linguistics.
Keywords: political speech, discourse, political linguistics, A. Chudinov.
Аннотация: В статье анализируется область политической лингвистики, которая является одним из разделов современной лингвистики, а также концепции политической речи и политического дискурса в лингвистике, изучаются идеи, выраженные в русской и мировой лингвистике.
Ключевые слова: политическая речь, дискурс, политическая лингвистика, А. Чудинов.
KIRISH
Siyosiy lingvistika hozirgi zamon tilshunosligida faol rivojlanayotgan sohalardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Lingvopolitologiya yoki siyosiy lingvistika ikki mustaqil fan: siyosat va lingvistikaning tutashish chorraxasida vujudga kelgan bo'lib lingvistikaning mustaqil tarmog'idir. Shu jihatdan tilshunoslar siyosiy nutq bo'yicha ham faol izlanishlar olib bormoqda. Ular siyosiy nutq tushunchasini aniqlashga, uning asosiy xususiyatlarini, funksiyalarini ko'rib chiqishga harakat qilmoqdalar. Quyida biz siyosiy nutqning o'ziga xos xususiyatlari hamda uning boshqa tilshunoslik sohalari bilan aloqasini tahlil etishga harakat qilib o'tamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu maqolada bilishning obyektivlik usuli hamda tilshunoslikning qiyosiy-tavsifiy metodidan foydalanilgan holda mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, siyosiy lingvistikaning shakllanish davri, rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan adabiyotlar o'rganildi. A. Chudinovning "Политическая лингвистика" o'quv qo'llanmasi hamda siyosiy nutqqa oid ilmiy maqolalar mantiqiy izchillik jihatidan tahlilga tortilgan.
Scientific Journal Impact Factor
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Siyosiy lingvistika sohasini o'rgangan rus olimi A.Chudinov, siyosiy tilshunoslik boshqa tilshunoslik yo'nalishlari bilan chambarchas bog'liq holatda bo'lishini ta'kidlar ekan, uning til va jamiyatning o'zaro ta'siri muammolari tomonidan - sotsilingvistika, funktsional stilistika va ayniqsa, publitsistik uslubni o'rganishi bilan, klassik va zamonaviy ritorika, kognitiv lingvistika va matn lingvistikasi bilan bog'liqlik tomonini bildirib o'tadi [1, -b.7].
Siyosiy lingvistikada "siyosiy diskurs" atamasi alohida e'tiborni talab qiladi. Shu ma'noda biz bu tushuncha haqida to'xtalib o'tsak. "Diskurs" atamasi faqatgina tilshunoslikning obyekti bo'libgina qolmasdan sotsiologiya, kulturologiya, pedagogika, yurispuridensiya sohalarining ham tadqiq obyekti bo'lib xizmat qiladi. Diskurs atamasining asl lug'aviy ma'nosi lotin tilidan (discursus so'zidan) kirib kelgan bo'lib, "harakat", "aylanish", "suhbat", "muloqot" degan ma'nolarni anglatadi. "Diskurs" lingvistik termin sifatida birinchi marta 1952-yilda amerikalik olim Z. Harrisning "Discourse analysis" kitobida keltirilgan.
Zamonaviy diskurs nazariyasining mustaqil fan sohasi sifatida shakllanishini asosan XX asrning 60-yillari o'rtalariga to'g'ri keladi. Ushbu davr olimlarining tilni ajralmas aloqa vositasi deb hisoblash istagi matnlarni o'rganishda namoyon bo'lgan. Tilshunoslik asta-sekin shakliy, formal- funksional doiradan chiqib, tilni mazmuniy, yaxlit, izchil o'rganishi asnosida diskurs atamasi ham faol qo'llanila boshlandi.
XX asrning 90- yillari o'talariga kelib ushbu yo'nalishda bir qator diqqatga sazovor ishlar paydo bo'ldi (Altunyan, Proskuryakov, E. Sheygal, V.Deyk kabi olimlar). Aynan mana shu tadqiqotlar siyosiy lingvistikaning keyingi taraqqiyotida katta o'zgarishlarni olib keldi. 2003-yili bu fan bo'yicha rus tilidagi ilk qo'llanma -A.P.Chudinovning "Siyosiy lingvistika" kitobi yozilgan. Bu kitob keyinchalik yangidan nashr qilindi [2]. Siyosiy lingvistika bo'yicha keyingi yillarda qilingan ilmiy ishlar orasida E.I.Sheygalning "Siyosiy diskurs semiotikasi" ilmiy ishi [3] bo'lib, uning nuqtai nazarida siyosiy diskurs, diskursning boshqa turlar i kabi ikki o'lchamga ega: real va virtual. Real o'lchov deganda tadqiqotchi, ma'lum ijtimoiy makonda sodir bo'luvchi nutq faoliyatini, shuningdek, bir-biriga o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi lingvistik, paralingvistik va ekstralingvistik omillar faoliyati natijasida paydo bo'luvchi asarlar(matnlar)ni nazarda tutadi. E.I.Sheygalning fikricha, diskursning virtual o'lchovi - semiotik makon bo'lib, u verbal va noverbal belgilarni qamrab oladi. [3, -b.30]. Siyosiy tilshunoslik bilan shug'ullangan ayrim olimlar
siyosiy lingvistikaga bog'liq bo'lgan to'rtta tarkibiy yo'nalishini ko'rsatib o'tadi [2, -b.22].
Scientific Journal Impact Factor
О
Ular:
- siyosiy diskursni tanqidiy tahlil qilish;
- siyosiy diskursning tarkibini tahlil qilish;
- siyosiy diskursning ritorik tahlili;
- siyosiy diskursning kognitiv tadqiqotlari.
Yuqoridagi adabiyotga tayangan holda aytish mumkinki, ushbu yo'nalishlarni bir-biridan ayro holda tasavvur etib bo'lmaydi, ular bir-birini to'ldiruvchi vositadir. Soha tadqiqiga bag'ishlangan adabiyotlarda va boshqa lingvistik asarlarda "siyosiy diskurs" atamasi ikki xil ma'noni ifodalagan: tor va keng. Keng ma'noda u siyosiy doiraga aloqasi bo'lgan muloqot shakllarini o'z ichiga olsa, tor ma'noda siyosiy diskurs - diskursning turi bo'lib, uning maqsadi - siyosiy hokimiyatni egallash, saqlash va amalga oshirish [4].
Siyosiy diskurs siyosiy lingvistikada alohida o'ringa ega tushuncha hisoblanadi. "Diskurs" va "mant"ning farqlovchi xususiyatlarini keltirish borasida fikrlar hamon munozarali hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlar asosida yaxlit xulosa qilishimiz mumkinki siyosiy diskurs o'z ichiga barcha siyosiy nutqiy harakatlarni qamrab oladi hamda ularni faol yo'naltiradi.
1. Чудинов А.П. Политическая лингвистика: Учеб. пособие / Москва. Изд-ва «Флинта», «Наука». 2006. -254 с.
2. Э.В.Будаев, М.Б. Ворошилова, Е.В. Дзюба, Н.А. Красильникова; отв. ред. А.П.Чудинов; Современная политическая лингвистика : учебное пособие / Урал. гос. пед. ун-т. — Екатеринбург, 2011. — 252 с.
3. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.
4. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
5. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
6. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.
7. Шейгал Елена Иосифовна. Семиотика политического дискурса [Электронный ресурс]: Дис. ... д-ра филол. наук: 10.02.01 10.02.19 - М.:
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Oriental Renaissance: innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423
РГБ, 2005 (Из фондов Российской Государственной Библиотеки) Полный текст: http://diss.rsi.ru/diss/02/0004/020004014.pdf. Manba: academia.edu
8. https://www.google.com/url?q=http://librarv.ziyonet.uz/ru/book/download/44179&sa=U&ved=2ahUKEwiSi vyp4NfvAhWLAhAIHfhxB2wQFiABegQIChAB&usg=AOvVaw2RZ-84e3vWh VPYJFJ--Lg