LINGVOKULTUROLOGIYANING FANLAR SISTEMASIDAGI MAQOMI VA UNING ETNOLINGVISTIKA, SOTSIOLINGVISTIKA VA ETNOPSIXOLINGVISTIKA BILAN BOG'LIQLIGI
Nursulton Zamon o'g'li Shayxislamov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslik yo'nalislilariiiing o'zaro bog'liqliklari haqida fikr yuritilgan. Hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog liq bo'lgan lingvokulturologiya masalalari ko'pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo'lsa-da, biroq to'laqonli o'z yechimini topgan emas. Mazkur maqolamiz ayni mana shu masala -tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiyaga qaratilganligi bilan e'tiborlidir.
Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, sistema, til, etnolingvistika, sotsiolingvistika, etnopsixolingvistika
THE ROLE OF LINGUCULTUROLOGY IN THE SYSTEM OF SCIENCES AND ITS RELATIONSHIP WITH ETHNOLINGUISTICS, SOCIOLINGUISTICS AND ETHNOPSYCHOLINGUISTICS
Nursulton Zamon ugli Shaykhislamov
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
ABSTRACT
This article discusses the interrelationships between modern linguistics. Linguoculturological issues related to the concept of language and culture, which are currently attracting the attention of everyone in linguistics, have been studied by most linguists, but have not been fully resolved. This article is noteworthy for the fact that the new field of linguistics is focused on linguoculturology.
Keywords: linguoculturology, system, language, ethnolinguistics, sociolinguistics, ethnopsycholinguistics.
KIRISH
Bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, kognitologiya, psixolingvistika, lingvokulturologiya kabi qator yo'nalishlar qo'lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko'rmoqdalar. Bundan maqsad - nutq yaratuvchi va uni idrok etuvchi shaxs omilining lisoniy faoliyatda qanday o'rin tutishini aniqlash bo'lsa,
ikkinchi tomondan, matnning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o'rganishdir. Shunday masala sifatida hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog liq bo'lgan lingvokulturologiya masalalari ko'pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo'lsa-da, biroq to'laqonli o'z yechimini topgan emas. Mazkur maqolamiz ayni mana shu masala - tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiyaga qaratilganligi bilan e'tiborlidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Lingvokulturologiya tilshunoslik ilmiga xos bo'lgan qator yangi sohalardan biri bo'lmish kommunikativ tilshunoslik va matn lingvistikasi, matnni o'rganishdagi antroposentrik yondashuv, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, lingvoo'lkashunoslik, etnolingvistika sohalariga oid masalalarni tahlil qilish yo'nalishidagi tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog liq.
Til va madaniyatning bog liqligi, madaniyatning tilda aks etish muammosi bilan bog liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardangina boshlandi. Ularning asosi sifatida V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlari xizmat qiladi.
O'zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo'nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, o'zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishi, madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ishlar sifatida A.Nurmonovning "O'zbek tilida lingvokulturologik yo'nalish", N.Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab", "O'xshatishlar -obrazli tafakkur maxsuli", N.Sayidrahimovaning "Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar", "Lingvokulturologiyaning komponentlari" nomli maqolalarini, D.Xudoyberganovaning "Matnning antroposentrik tadqiqi" mavzusidagi monografiyasi, «O'zbek tili o'xshatishlarining izohli lugati»ni belgilash mumkin. Mazkur maqolamizda lingvokulturologiyaning fanlar sistemasidagi maqomi va uning etnolingvistika, sotsiolingvistika va etnopsixolingvistika bilan bog'liqligi masalalari o'rganilgan.
Keyingi yillarda lingvokulturologiyaga bagishlangan ishlar ko'payib qoldi. Jumladan, Y.S.Stepanov "Konstantlar: Rus madaniyati lug ati"ni yaratgan bo'lib, rus tili egalarining tillari uchun faol bo'lgan konseptlarni jamlagan va keng ma'lumot bergan. (Stepanov, 2001). N.D.Arutyunovaning "Til va inson olami" tadqiqoti turli davrlar va turli xalqlar madaniyatiga tegishli universal terminlarni o'rganishga bag'ishlangan. (1999) V.N.Teliya va uning maktabi vakillari esa iboralarni o'rgandi, bundan maqsad esa ularning milliy-madaniy ko'chma ma'nolarini tavsiflash va
mentalitetning xarakterlovchi qirralarini ochib berishdir. (1996) Umuman olganda, □
lingvokulturologiya va lingvokulturologik terminlari oxirgi vaqtda ko'pgina tadqiqotlarda tez-tez uchraydigan bo'lib qoldi. Bu terminlar birmuncha erkin ishlatilmoqda: ba'zan til siyosati sifatida ham ta'riflanmoqda (Artemeva, 2003).
Lingvokulturologiya sohasiga XIX asrda V.Fon Gumboldt o'zining "Tilning tuzilishi va insoniyat ma'naviy rivojiga ta'siri" kitobi bilan tamal toshini qo'ygan bo'lib, til va millat xususiyatlarining munosabatlari haqida qayd etgan edi. Ayniqsa, uning "turli tillar, o'z xususiyatlari, fikrlash va his-tuyg'uga ta'siriga ko'ra amalda turlicha dunyoqarashni ifodalaydi", "tilning o'ziga xos xususiyatlari millatning o'zligiga ta'sir qiladi, shuning uchun tilni chuqur o'rganish tarix va falsafa insonning ichki dunyosi bilan bog' lab tushuntiradigan barcha narsani qamrab olishi kerak" kabi fikrlari keng tarqalgan. [Gumboldt 1985: 370, 377]. Shu tariqa, olim tilning turli shakllarida turlicha hissiyot va tafakkur uslublarini ko'radi. Demak, tilda madaniy o'ziga xoslik aks etib turadi, degan xulosaga keladi.
V.Gumboldtning g oyalari XIX-XX asrlardan neogumboldtchilar tomonidan rivojlantirildi. A.A.Potebnya tilni faoliyat sifatida talqin etdi. L.Vaysgerber, X. Glins, X. Xols XX asr o'rtalarida fikrlash mundarijasining tuzilishi va fikrlarning mantiqiy qatori tilga bog liq ekanligi haqidagi muammoni ko'tarib chiqdilar.
Neogumboldtchilar tilning ichki mundarijasiga alohida e'tibor qaratdilar, turli tillarning semantik jihatlarini tekshirib, o'xshash va farqli jihatlarini aniqladilar. L.Vaysberger "olamni verballashtirish" tushunchasini olib kirdi. Unga "dunyoni til orqali anglash jarayoni va tafakkur obyektiga aylantirish" deb ta'rif berdi. Shuningdek, olim "yangi grammatika"ni yaratish vaqti kelganligini ta'kidladi. Bu soha tilning mazmuniy tomoniga qaratilgan bo'lishi va tilni "harakatdagi kuch" sifatida baholashi kerak edi [Guxman 1961: 129-130, 154].
Amerika tilshunoslari E.Sepir va B.L.Uorf lisoniy mansublik gipotezasini ilgari surdilar. Unga ko'ra til bilish jarayonida eng asosiy rolni o'ynaydi. Shimoliy Amerika hindulari tilini o'rganish natijasida olimlar til kategoriyalari fikrlash darajasiga ham ta'sir qiladi, degan xulosaga keldilar. Lisoniy mansublik gipotezasiga ko'ra, turli tillarda turli kategoriyalarning uchrashi shu til egalari borliqni turlicha konseptuallashtirishlarini bildiradi.
XX asr davomida mazkur olimlarning fikrlari turli tanqid va qarshiliklarga duch keldi. Hozirgi kunda bu yo'nalish yana tilshunoslarning diqqat markazida. 1990-yilda D. Lyusining «Language Diversity and Thought» ("Lisoniy har-xillik va tafakkur") [Lucy 1992] va P. Lining «Whorf Theory Complex» ("Uorf nazariyalari yig'indisi") [Lee 1996] kabi kitoblari dunyo yuzini ko'rdi. 1998- yil Duysburg (Germaniya) universitetida «Humboldt and Whorf Revisited. Universal and Culture-Specific Conceptualizations in Grammar and Lexis» nomi ostida xalqaro simpozium
o'tkazilgan bo'lib, unda tilda inson omili va lisoniy mansublik fenomenini tadqiq etishning yangi yondashuvlari o'rtaga tashlandi.
Sepir va Uorflar nazariyasi hozirgi tilshunoslikdagi juda ko'p oqimlarga tamal toshini qo'ydi. XX asrda "lisoniy to'ldiruvchilik gipotezasi" (G.Brutyan), "lisoniy universallik gipotezasi" (A. Vejbiskaya) kabi gipotezalar ham paydo bo'ldi. Bu holat til madaniyatning eltuvchisi sifatida rol o'ynashiga qiziqish kuchli ekanligini tasdiqlaydi.
MUHOKAMA
XX asr o'rtalarida AQSH tilshunosi D.Xaymz "til va nutqni antropologik planda o'rganish"ning nazariy va metodologik asoslarini yaratdi. (1963) U "tilshunoslikning vazifasi til haqidagi bilimlarni til nuqtai nazaridan tushuntirish, antropologiyaning vazifasi esa til haqidagi bilimlarni inson nuqtai nazaridan uzatishdir" degan qarashni ilgari suradi. A.Duranti esa lingvistik antropologiya boshqa tilshunoslik sohalaridan moddiy borliqning individual mushohada qilinishiga diqqat qaratishi bilan ajralib turishini ta'kidlaydi. (1992) Bu yo'nalish "inson til tarkibida" deb ham nomlanadi.
Sovet tilshunosligi mark-lenincha falsafaga asoslanganligi va ularning nazariy manbalari turlicha bo'lgani uchun ham antroposentrizm tanqidga uchradi. Biroq Y.S.Stepanov ta'kidlaganidek, oxirgi o'n yillikda dogmatik strukturalizmni tanqid qilmagan va tilda antroposentrizmga moyillik bildirmagan tilshunos yo'q edi. (1975)
Rus tilshunosligida V.A.Maslovaning darsligida lingvokulturologik tadqiqotlarning zamonaviy yo'nalishlari tavsiflanadi, metodologik aso si yaratilgan. V.V.Vorobyovning «Лингвокультурология: теория и методк » [Vorobyov 1997] nomli tadqiqoti gumboldtchilik nazariyasi asosiga qurilgan bo'lib, tilda o'z aksini topgan madaniyatni o'rganish Sepir-Uorf gipotezasi asosida amalga oshirilgan, L. Vaysberger terminlaridan faol foydalanilgan edi.
Tadqiqotda lingvokulturologiya lingvoo'lkashunoslik sohasining nazariy asosi sifatida tadqiq etiladi, sohaga "til va madaniyat munosabatlari va aloqalarini tilni vazifalarida tekshiruvchi va bu jarayonni tizimli metodlar va zamonaviy yo'nalish, madaniy qoidalarga ko'ra birliklarning lisoniy va nolisoniy (madaniy) mundarijasiga jamlab, bir butun tizimi sifatida aks ettiruvchi kompleks bilimlar majmui" deb ta'rif beradi. [Vorobyov 1997: 36-37].
NATIJALAR
Lingvokulturologiyaning asosiy o'rganish obyekti sifatida "til va madaniyatning o'zaro aloqaga kirishgan vaqtdagi o'zaro bog liqligi va bu munosabatning bir butun sistem holatda talqin qilish", fanning predmeti esa, "jamiyat turmushining til kommunikasiyasi jarayonida yuzaga keladigan va madaniy qadriyatlarga asoslangan
milliy shakllari", "olamning lisoniy manzarasi"ni hosil qiluvchi barcha narsadir deb baholaydi.
V.V.Vorobyov lingvokulturologik tahlilning asosiy birligi - lingvokulturema tushunchasini olib kiradi va unga "lisoniy va nolisoniy (tushuncha va predmet) mazmunning dialektik birligi" deb ta'riflaydi. [Vorobyev 1997: 44-45]. So'zning lingvokulturemadan farqini esa A.A.Potebnyaning "so'zning yaqin va uzoq ma'nosi" tushunchasi orqali izohlaydi.
Lingvokulturema so'zdan farqli ravishda birmuncha murakkab tuzilishga ega: uning mazmun plani ikkiga: lisoniy ma'no va madaniy mazmunga bo'linadi. Bu birlik konnotativ mazmunga ega bo'lib, "uni yuzaga keltirgan mafkuraviy kontekst tugamaguncha yashayveradi" [Vorobyev 1997: 52]. Birlik so'z va davomiylikdagi matn sifatida ifodalanishi mumkin.
V.V.Krasnkh o'zining «3THoncnxojinHrBncTHKa h jiHHrBOKyjiBTypojiorira» nomli ishida lingvokulturologiyaga "tilda va diskursda madaniyatning namoyon bo'lishi va aks etishini o'rganuvchi fan bo'lib, dunyoning milliy manzarasi, lisoniy idrok, ruhiy-lisoniy yigindining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish bilan bevosita bog'liq bo'ladi" deb ta'rif beradi. » [Krasnkh 2002: 12]
Volgograd maktabi vakillari V.I. Karasik, E.I. Sheygallar asosiy e'tiborni til va madaniyatni qiyoslashga qaratadilar. Lingvokulturologiyaning asosiy birligi sifatida madaniy konseptni oladilar. Bu tushuncha aniq va mavhum nomlarning mundarijasini o'z ichiga oladigan "ostki ma'no" bo'lib, mazkur xalq madaniyati haqida qo'shimcha ma'lumot olishni talab qiladi. [Karasik 2002: 127,129]. E.I. Sheygal va V.A. Buryakovskaya lingvokulturologiyani "olam konseptual manzarasining alohida obyektlari va akslanuvchi obyekt (mae. etnos) tomonidan ularning jamoa ongi hamda tilda idrok qilinishi " [Sheygal, Buryakovskaya 2002: 9] deb ta'riflaydilar. Mualliflar etnonimlarning lingvokulturologik potensialini o'rganib chiqadilar.
Tildagi madaniy belgilarni o'rganish tilshunoslikning shu bugunga qadar erishgan yutuqlari samarasidir. Lingvokulturologiyaga qiziqishning ortib borayotgani fanning kelajagini belgilaydi. Shu bilan birga fanning nazariy-metodologik asosi endigina shakllanmoqda. Frazeologizm va paremiyalar tilda madaniy belgilarni aks ettiruvchi asosiy birliklar sifatida tadqiq etilmoqda. Ayrim tadqiqotlarda mumtoz adabiyot namunalariga murojaat etish kuzatiladi.
Til, madaniyat, etnos (xalq) o'rtasidagi o'zaro aloqa va munosabatlar fanlararo muammo bo'lib, uni hal qilish bir qancha fanlarning - falsafa va sotsiologiyadan to etnolingvistika va lingvokulturologiyagacha - birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan bog liq. Jumladan, milliy til tafakkuri masalalari - bu lingvistik falsafaning bir tarmog idir; ijtimoiy yoki guruharo axborot almashinuvini til aspektida o'rganish psixolingvistika tadqiqot doirasiga kiradi. Til madaniyat bilan chambarchas bog liq: u
madaniyatning ichida rivojlanadi va madaniyatning ifodachisidir. Bu g'oya asosida yangi ilm - lingvokulturologiya pay do bo'ldi. Bu fan XX asrning 90-yillarida mustaqil soha sifatida shakllandi. "Lingvokulturologiya" atamasi V.N.Teliya tomonidan yuritilayotgan frazeologik maktab ishlarida, Y.S.Stepanov, A.D.Arutyunova,
V.V.Vorobyev, V.Shaklein, V.A.Maslova boshqa tadqiqotchilarning nashrlarida paydo bo'ldi. Agar kulturologiya (madaniyatshunoslik) inson ongini tabiat, jamiyat, san'at va ijtimoiy va madaniy borliqning boshqa ko'rinishlari bilan munosabatda o'rgansa, tilshunoslik tilda dunyoning o'ziga xos ruhiy modeli sifatida aks etuvchi dunyoqarashni o'rganadi. Lingvokulturologiyada esa til ham, madaniyat ham tadqiqot obyekti hisoblanadi, ular o'zaro aloqada o'rganiladi. Agar til va madaniyat munosabati masalasini an'anaviy talqini madaniyat haqidagi bir qancha tasawurlardan foydalanib, lingvistik muammolarni hal qilishga borib taqalsa, bu ishimizda tilning o'z birliklari bilan madaniyatni qamrab olishi, saqlashi va ifodalashi usullari o'rganiladi.
Lingvokulturologiya - bu tilshunoslik, madaniyatshunoslik, tilda milliy madaniyat aks etishi va mustahkam o'rnashib olishi tadqiq etuvchi sohalar to'qnashgan o'rinda paydo bo'lgan tilshunoslik tarmogidir. Bu fan etnolingvistika, sotsiolingvistika bilan shu qadar chambarchas boglanganki, B.N.Teliya uni etnolingvistikaning bir ko'rinishi deb hisoblaydi. Biroq ular prinsipial jihatdan umuman boshqa fanlardir. Etnolingvistika tarmogiga to'xtalganda, eslab o'tish joizki, uning ildizlari Yevropada V. Gumboldtga; Amerika tilshunosligida esa F.Boas, E.Sepir, B.Uorfga borib taqaladi; Rossiyada esa D.K.Zelenin, E.F.Karskoy, A.A.Shahmatov, A.A.Potebnya, A.N.Afanasyev, A.I.Sobolevskoylar tadqiqotlarida alohida mavqega ega bo'ldi.
V.A.Zveginsev aynan etnolingvistikaga asosiy diqqatini qaratib, unga tilning madaniyat, milliy urf-odatlar, jamiyatning ijtimoiy jihatlari bilan aloqalarini o'rganuvchi yo'nalish sifatida tavsif bergandi. Xalq (etnos) - insonlarning lisoniy, an'anaviy va madaniy mushtarak jamoasi bo'lib, bu insonlar kelib chiqishlari, tarixiy va lisoniy belgilari, madaniy tegishlilik xususiyatlari, ruhiyati yaqinligi, o'zaro bir guruhga mansublik haqida tasawurlari mushtarakligi bilan xarakterlanadilar. Milliy o'zlik - xalq a'zolarining o'zaro bir guruhga mansubligi va boshqa shunday guruhlardan farqlanib turishini anglab yetishidir. Zamonaviy etnolingvistikaning e'tibor markazida esa til leksik sistemasining shunday elementlari turadiki, ular muayyan moddiy yoki madaniy-tarixiy kompleks (yigindi)larga oid bo'ladi. Masalan, etnolingvistlar madaniyat shakllari, marosimlar, an'analarning malum hududga oid butun bir to'plamini tadqiqot dasturxoniga tashlaydilar. Bu hudud esa boshqa hududlar bilan birgalikda o'zaro aloqador sitemani taslikil etishi, shu tufayli, awalo, katta sistemani to'lig igicha o'rganish muammosi paydo bo'ladi. Bu yo'nalishda asosiy ikkita tarmoqni ajratib ko'rsatishimiz mumkin:
1) lisoniy jihatdan etnik hududni qayta tiklash (R.A. Agayeva, S.B.Bernshteyn V.V.Ivanov, T.V. Gamkrelidze ishlarida);
2) mazkur til bo'yicha xalqning moddiy va ma'naviy madaniyatini tiklash (V.V. Ivanov, B.N.Toporov, T.V.Sivyan, T.M.Sudnik, N.I.Tolstoy va uning maktabi ishlari).
Shu tariqa V.V.Ivanov va T.V.Gamkrelidze lisoniy tizimni malum arxeologik madaniyat bilan bog'lab o'rganadilar. Tiklangan so'zlarning semantik tahlili va ularning denotat (mazkur nutq parchasida nazarda tutilgan nolisoniy faoliyat obyektlari)ga munosabati bu denotatlarning madaniy-ekologik, tarixiy-geografik tavsifini tiklashga yordam beradi. Istalgan madaniyatni qayta tiklash tilshunoslik, etnografiya, folklorshunoslik, arxeologiya va madaniyatshunoslik hamkorligida amalga oshiriladi. XX asrning 2-yarmida sobiq SSSRda V.N.Toporov, V.V. Ivanovlar rahbarligidagi ilmiy markazlar, N.I. Tolstovning etnolingvistika maktabi, Y.A. Sorokin va N.V. Ufimsevaning etnopsixolingvistika maktablari vujudga keldi. Ularning tadqiqotlarida til madaniyatning "tabiiy" substrata sifatida ta'riflanadi, uning barcha qatlamlariga kirib boradi, dunyoning ruhiy tartibi quroli vazifasini bajaradi, milliy dunyoqarashning mustahkamlashuvi vositasi hisoblanadi. 70-yillardan boshlab etniklik (milliylik - yun. Etnos - qabila, xalq) atamasi keng qo'llana boshlandi. Atama madaniy o'ziga xosliklarga ega ijtimoiy tizim shakli, guruhga oid fenomen sifatida ta'riflanadi: "Milliylik tanlanmaydi, balki meros bo'lib o'tadi" (S.V. Cheshko). Insoniyat madaniyati turli milliy madaniyatlar birlashmasini ifodalaydi, ular shuning uchun ham turliki, u turfa xalqlar orzu-intilishlari, ehtiyojlari va xatti-harakatini aks ettirishga yo'naltirilgan. Milliy o'ziga xoslik barcha jabhalarda ko'zga tashlanib turadi: mehnat, hordiq, ovqatlanish jarayonlarida, turli vaziyatlarda qanday gapirishlarida va h.k.z. Masalan, ruslarning muhim belgisi - jamoaviylik hisoblanadi, shu tufayli ham ular malum jamoaga tegishlilik hissi bilan ajralib turadi, o'zaro munosabatda samimiylik va emotsionallik bo'rtib turadi. Rus madaniyatining mazkur hususiyati rus tilida ham aks etadi. A. Vejbitskayaning fikricha, "rus tili hissiyotga ko'proq diqqat qaratadi (ingliz tiliga nisbatan) va hissiyotni farqlovchi lug aviy va grammatik ifodalarning butun bir to'plamiga ega". N.Tolstoy boshchiligidagi etnolingvistika maktabi slavyan ma'naviy madaniyatini tadqiq etganligi bilan nom qozongan. Tolstoy nazariyasinining asosini til va madaniyatning izomorfligi, zamonaviy tilshunoslikda qo'llanayotgan tamoyil va usullarning madaniy birliklarga nibatan qo'llash mumkinligi haqidagi g'oya tashkil qiladi. N.I.Tolstoyning fikricha, etnolingvistikaning maqsadi tarixiy retrospektiva - milliy stereotiplarni ko'rsatib berish, milliy dunyoqarashning folklordagi manzarasini kashf etishdir. Sotsiolingvistikaning o'rganish obyektlaridan biri til va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar (til va madaniyat, til va tarix, til va din va
boshq.) bo'lsa-da, asosiy maqsadi tilning turli ijtimoiy va yosh guruhlarida qo'llanish xususiyatlarini tadqiq etishdir (N.B.Mechkovskaya).
XULOSA
Shu tariqa, etnolingvistika va sotsiolingvistika turlicha fanlardir. Agar etnolingvistika tarixiy jihatdan ahamiyatga molik ma'lumotlarga tayanib, zamonaviy materiallarda biror xalqqa oid tarixiy faktlarni aniqlashga intilsa, sotsiolingvistika bugungi kun materiallarini o'rganadi. Lingvokulturologiya esa tarixiy va zamonaviy til faktlarini ma'naviy madaniyat ko'zgusi ortidan tekshiradi. To'g'risini aytganda, bu masalada boshqacha fikrlar ham yo'q emas. Jumladan, V.N.Teliya lingvokulturologiya til va madaniyat munosabatlarini faqat sinhron aspektda o'rganadi: u jonli axborot-aloqa jarayonlarini va xalqning hozirgi mentalitetiga mos til ifodalarining qo'llanishidagi aloqani tadqiq etadi.
Til madaniy ahamiyatga ega axborotlarni saqlash va to'plash vositasi hisoblanadi. Bir qancha birliklarda bu ma'lumotlar hozirgi kun til egasi uchun implisit xarakterga ega bo'ladi, asriy o'zgarishlarga uchrab, faqat bilvosita tekshirganda namoyon bo'ladigan tarzda yashiringan bo'ladi. Biroq u mavjud va ong ostida "ishlaydi". (Masalan, quyosh so'zi - oy, osmon, ko'z, xudo, bosh so'zlari bilan bir semantik chiziqda yotadi). Til birliklarida joylashgan madaniy axborotlarni ajratib olish uchun lingvokulturolog bir qancha o'ziga xos usullarni qo'llashi kerak bo'ladi. V.N.Teliya lingvokulturologiyaning obyekti nafaqat o'ta milliy, shuningdek, umuminsoniy (Masalan, Qur'on, Injil kabi turfa madaniyatlarda ham uchraydigan) madaniy axborotlardir. Bu sohani aniq bir xalqqa yoki qarindosh xalqlarga tegishli bo'lgan madaniy axborotlar qiziqtiradi.
Lingvoo'lkashunoslik va lingvokulturologiya shunisi bilan farqliki, lingvoo'lkashunoslik asosan tilda o'z aksini topgan milliy realiyalarni o'rganadi. Mazkur til birliklari muqobilsiz bo'lib (E.M.Vereuagin va V.G.Kostomarovning fikricha), mazkur madaniyatning o'ziga xos jihatlaridir.
Etnopsixolingvistika lingvokulturologiya sohasi bilan chambarchas bog liq sohalardir. Etnopsixolingvistika muayyan an'anaga oid bo'lgan xulq-atvorning nutq faoliyatida qanday namoyon bo'lishini o'rganadi, turli til egalarining verbal va noverbal fe'l-atvoridagi farqlarni tahlilga tortadi, nutq odobi va "dunyoning rangli manzarasi"ni, madaniyatlararo aloqalarda matn lakunalarini tadqiq etadi, ikki tillilik va ko'p tillilikni turli xalqlar nutq odobining o'ziga xos tomoni sifatida talqin qiladi. Etnopsixolingvistikaning asosiy tadqiqot metodi assotsiativ tajriba bo'lsa, lingvokulturologiya tilshunoslikdagi barcha metodlarni qo'llay olishi bilan ajralib turadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Shaykhislamov, N. (2020). Cognitive Linguistics, the Symbolic and Interactive Functions of Language. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 390-393.
2. Shaykhislamov, N. (2020). Linguistic and Cultural Aspects of Bread Baking Terms in English and Uzbek Languages. Фан ва таълим интеграцияси: имконият ва тенденциялар, 62-64.
3. Shayxislamov, N. (2020). Ona till fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo va yechimlar, (3), 71-73.
4. Shayxislamov, N. (2020). Nutqning paralingvistik va ekstralingvistik vositalari. Узбекистонда илмий-амалий тадцщотлар, 36-37.
5. Shayxislamov, N. (2020). Gender tilshunosligining fundamental nazariy asoslari va gender masalalari. XXI acp тилшунослиги ва таржимашунослигининг долзарб муаммолари: назария, амалиёт, инновация, 144-146.
6. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish. Prospects of Development of Science and Education, 1(2), 247-249.
7. Шайхисламов, H. (2020). Узбек ва рус тилларида кулланилувчи инвестиция ва кредит терминларининг киёсий типологик тахлили. Филологиянинг умумназарий масалалари, 204-206.
8. Шайхисламов, Н. (2020). Студенттердщ ана тш мен эдебиет! пэнш мецгерудщ педагогикальщ непздерт Образование и наука в XXI веке, 1(6), 421-426.
9. Шайхисламов, Н. (2020). Зооним компонентли метафораларнинг антропоцентрик тадкик этишда тендер жихатлар. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 304-309.
10. Шайхисламов, Н. (2020). Лингвомэдениеттанудын, тарихи мен теориялык непздерт O'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim masalalari: muammo va yechimlar, (2), 219-221.
11. Шайхисламов, H. (2020). Абай поэзиясындагы философиялык сарын. А бай
ижоди ва илмий меросини урганиш масалалари, 154-157.
12. Шайхисламов, Н. (2020). Фондаментхои технологияи асосии забон ва назарияи гендерй. Мактабгача таълим муассасаларида, умумтаълим мактабларида ва олий таълим муассасаларида чет тиллар уцитишнинг узвийлиги, 734-735.
13. Shofqorov, А. М., & Shayxislamov, N. (2020). Ona tili ta'limda lingivistik mashqlarning о 'rni. Science and Education, 7(Special Issue 2).
14. Shaykhislamov, N. Z., & Makhmudov, K. S. (2020). Linguistics and Its Modern Types. Academic Research in Educational Sciences, 7(1), 358-361.
15. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o'qitishning muammolari. Science and Education, 7(Special Issue 2).
16. Shayxislamov, N. Z. UmumtaTim maktablarida ona tili fanini o'qitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Science and Education, 7(7), 373-378.
17. Махмудов, К,. Ш., Санакулов, 3. И., Шайхисломов, Н. 3., & Кдршиева, Д. Э. (2020). Педагогик таълимда "Кластер". Science and Education, 7(7), 587-593.
18. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нуткий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохи. Science and Education, 7(5).
19. Ugli, M. К. S., & Qizi, A. D. A. (2020). Raising english learning awareness of students whose speacialties are non-lingusitic. Science and Education, 1(3).
20. Шайхисламов, H. (2020). Изучение языка в социолингвистике и культура речи. Экономика и социум, 10(77).
REFERENCES
1. Shaykhislamov, N. (2020). Cognitive Linguistics, the Symbolic and Interactive Functions of Language. Образование и наука в XXI веке, 7(6), 390-393.
2. Shaykhislamov, N. (2020). Linguistic and Cultural Aspects of Bread Baking Terms in English and Uzbek Languages. Фан ва таълим интеграцияси: имконият ва тенденциялар, 62-64.
3. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo va yechimlar, (3), 71-73.
4. Shayxislamov, N. (2020). Nutqning paralingvistik va ekstralingvistik vositalari. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотлар, 36-37.
5. Shayxislamov, N. (2020). Gender tilshunosligining fundamental nazariy asoslari va gender masalalari. XXI acp тилшунослиги ва таржимашунослигининг долзарб муаммолари: назария, амалиёт, инновация, 144-146.
6. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish. Prospects of Development of Science and Education, 7(2), 247-249.
7. Шайхисламов, H. (2020). Узбек ва рус тилларида ьфшанилувчи инвестиция ва кредит терминларининг киёсий типологик тахлили. Филологиянинг умумназарий масалалари, 204-206.
8. Шайхисламов, Н. (2020). Студенттердщ ана тш мен эдебиет! пэнш мецгерудщ педагогикальщ непздерг Образование и наука в XXI веке, 7(6), 421-426.
9. Шайхисламов, Н. (2020). Зооним компонентли метафораларнинг антропоцентрик тадкик этишда тендер жихатлар. Образование и наука в XXI веке, 7(6), 304-309.
10. Шайхисламов, H. (2020). Лингвомэдениеттанудыц тарихи мен теориялык непздерг O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo va yechimlar, (2), 219-221.
11. Шайхисламов, H. (2020). Абай поэзиясындагы философиялык сарын. А бай
ижоди ва илмий меросини урганиш массталари, 154-157.
12. Шайхисламов, Н. (2020). Фондаментхои технологияи асосии забон ва назарияи гендерй. Мактабгача таълим муассасаларида, умумтаълим мактабларида ва олий таълим муассасаларида чет тиллар уцитишнинг узвийлиги, 734-735.
13. Shofqorov, А. М., & Shayxislamov, N. (2020). Ona till ta'limda lingivistik mashqlarning о 'rni. Science and Education, 7(Special Issue 2).
14. Shaykhislamov, N. Z., & Maklimudov, K. S. (2020). Linguistics and Its Modern Types. Academic Research in Educational Sciences, 7(1), 358-361.
15. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o'qitishning muammolari. Science and Education, 7(Special Issue 2).
16. Shayxislamov, N. Z. UmumtaTim maktablarida ona tili fanini o'qitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Science and Education, 7(7), 373-378.
17. Махмудов, К,. Ш., Санакулов, 3. И., Шайхисломов, Н. 3., & Кдршиева, Д. Э. (2020). Педагогик таълимда "Кластер". Science and Education, 7(7), 587-593.
18. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нуткий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохи. Science and Education, 7(5).
19. Ugli, M. К. S., & Qizi, A. D. A. (2020). Raising english learning awareness of students whose speacialties are non-lingusitic. Science and Education, 1(3).
20. Шайхисламов, H. (2020). Изучение языка в социолингвистике и культура речи. Экономика и социум, 10(77).