International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 19 (41) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
TEZLIK VA UNING HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TASIRI
Samiyev Golib Sadulloevich
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi katta o'qituvchisi
Annotasiya. Ushbu maqolada yo'l-transport hodisalarini oldini olish, yo'llarda o'lim va jarohatlarni kamaytirishga эrishish uchun harakat tezligining ahamiyati o'rganilgan.
Kalit so'zlar: harakat tezligi, yo'l transport hodisalari, tajriba, texnologiya, yo'l harakati, transport vositalari.
Аннотатция. В данной стате рассматривается значение скорости движения на предотвращение дорожно-транспортных происшествий и решении проблем гибели а также получению травм.
Ключевые слова: скорость движения, дорожно-транспортное происшествие, опыт, технология, дорожное движение, транспортные средства.
Annotation. This article discusses the importance of speed in preventing traffic accidents and solving death problems as well as getting injured.
Keywords: traffic speed, traffic accident, experience, technology, traffic, vehicles.
Avtomobil, barcha transport vositalari ichida jadal rivojlanishni davom э^Ь kelayotgan transport vositasi bo'lib qolmoqda, hozirgi paytda yer yuzida 1,5 mlrd. dan ortiq avtomobil bo'lib, mashinasozlik sanoati yiliga yana 80 mln. dan ortiq avtomobil ishlab chiqarmoqda. Avtomobil transportining rivojlanib borishi inson hayotida bir qancha qulayliklarni yaratib uning turmush tarzini keskin o'zgartirib yubordi. Insoniyatga xizmat qilib kelayotgan ushbu texnika vaqt o'tishi bilan o'zining salbiy oqibatlarini tobora namoyon qilib bormoqda. Agar, jahon avtomobil industriyasining boshlanishi 1910 yillar deb hisoblansa, o'shandan beri o'tgan davrda avtomobillar soni 300 martaga, yo'l-transport hodisalari 150 martaga oshdi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, yiliga o'rtacha 1,2 mln. odam YTHning qurbonlariga aylanmoqda, 40-50 mln. kishi esa nogironga aylanmoqda.
Yuqori tezlik, haydovchidan jadal e'tiborni talab qiladi, ayrim ob'ektlarni qayd qilish vaqti kamayadi. Harakatlanish tezligining soatiga 40 dan 80 kilometrgacha oshishi, nigohini qayd qilish vaqtini o'rtacha 1,0 soniyadan 0,6 soniyagacha qisqartiradi.
Avtomobilning har xil harakatlanish tezligida e'tiborni kuzatish maydonining o'zgarishi. Tezlik qancha oshsa, haydovchining avtomobil boshqarish jarayonida xatoga yo'l qo'ymaslikka, tavakkal qilmasligi uchun yo'l chetiga e'tiborini qaratishga shuncha kam vaqt qoladi. Natijada tezlik oshishi bilan u kamroq maydonni qabul
qilishga qodir (5-rasm). Uzoqroq masofadagiga nisbatan kichikroq ob'ektlar e'tibordan chetda qolishi mumkin. Keyinchalik avtomobil yaqinlashganda ular haydovchi ko'rish maydonidan chetda qolib ketadi. Avtomobil tezligi soatiga 80 kilometrdan ko'p bo'lganda, 60...120 metr oldinda bo'lgan yo'l qismi, haydovchini ko'rish maydonidan chetda qoladi. Bunday holatlarda yo'l chetidan, yo'l markaziga qarab harakatlanayotgan piyodalarni urish xavfi oshadi.
5-rasm. Avtomobilning harakat tezligi oshishi bilan kuzatish maydonining torayishi
Harakatlanish jadalligi qancha yuqori bo'lsa, haydovchi harakat va qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobillarga, ayniqsa, yo'l tor bo'lgan joylarda e'tiborni qaratishga shunchalik majbur. Shuning uchun harakatlanish jadalligi oshganda, e'tibor qaratish maydoni qisqaradi, chunki uning yon chegaralari yaqinlashadi. Harakatlanish jadalligi soatiga 400-500 avtomobil bo'lgan ikki bo'lakli yo'l qismida tezlik soatiga 60 kilometr bo'lganda, bo'sh yo'lda harakatlanganga qaraganda e'tiborni qaratish maydoni 2 marta kam bo'ladi. Demak, haydovchining yo'lni kuzatish, avtomobil harakatlanayotgan bo'lakdan chap va o'ngda joylashgan ob'ektlarga e'tibor qaratish imkoniyati kamayadi. Harakat jadalligi yuqoriroq bo'lgan yo'l qismiga o'tganda, e'tibor qaratishni kuchaytirmasdan, avvalgidek narsalar sonini ko'rish uchun, avtomobil tezligini kamaytirish kerak.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti shaharlarda o'rnatilgan maksimal tezlikning pasayishi yo'ldagi vaziyat (transportning o'rtacha tezligi) va yo'llardagi o'lim darajasiga ta'sir qilish tahlili yuqori tezlikni 10 km/sga kamaytirish O'zbekiston ushun yilida 614 nafar inson hayoti saqlanishini ko'rsatti.
Institut 140 ta mamlakat ma'lumotlari yig'ilib, tahlil qilingan tadqiqot quyidagi xulosalarga kelgan:
shaharlarda eng yuqori tezlikni soatiga 10 kmga kamaytirish o'lim darajasini yiliga 0,8 kishiga (har 100 000 kishiga) kamaytirishga yordam beradi;
yuqori tezlik o'rtacha harakat tezligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Harakat tezligi va sayohat vaqtiga asosiy ta'sir etuvchi omil yo'l infratuzilmasining sifati hisoblanadi, tezlikni cheklash faqat yo'l harakati qoidalarini mukammallashtirish va harakat xavfsizligiga eng muvofiq infratuzilmani yaratish bilan, ijobiy ta'sir ko'rsatadi;
qonun ustuvorligi reytingining 1 ballga ortishi har yili yo'llarda o'lim darajasini 3,3 kishiga (har 100 000 kishiga) qisqartirishi mumkin;
past tezlikda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisalarida og'ir jarohatlar ulushi kamayadi. Yo'l-transport jarohatlari zarari past daromadli mamlakatlarda YIMning taxminan 1%, o'rta daromadlilarda 1,5% va yuqori daromadli mamlakatlarda 2% ga teng.
Shundan ko'rinib turibtiki shaharlarda eng yuqori tezlikni soatiga 20 kmga kamaytirish o'lim darajasini yiliga 1,6 kishiga (har 100 000 kishiga) kamaytirishga va qonun ustuvorligi reytingining 1 ballga ortishi yiliga yo'llardagi o'lim darajasini 3,3 kishiga (har 100 000 kishiga) qisqartirishga olib keladi.
O'lim darajasini qisqartirish har 100 000 kishiga, = eng yuqori tezlikni soatiga 20 kmga kamaytirish+ qonun ustuvorligi reytingining 1 ballga ortishi.
Shunday qilib, O'zbekistonning shahar hamda aholi yashash punktlarida eng yuqori tezlikni soatiga 20 kmga kamaytirish va qonun ustuvorligi reytingini 1 ballga oshirish yo'li bilan o'lim darajasini yiliga 4,9 kishiga (har 100 000 kishiga) kamaytirishga erishishimiz mumkin.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ko'rsatkan yo'llardagi halokatlarni kamaytirish uchun hal qilinishshi zarur bo'lgan beshta asosiy muammolar ichida tezlik, tezlik meyorlari va ularni tartibga solish aloxida o'rin tutadi albatta.
Rivojlangan davlatlarning yo'llarda harakat xavfsizligini ta'minlash to'g'risidagi qonunchiligida, asosiy etibor qoida buzarning moddiy javobgarligiga qaratilgan.
Bu nafaqat katta jarimalar, avtotransport vositalarining musodara qilinishi, haydovchilik huquqidan mahrum qilish, qoida buzarlikning soni va jiddiyligidan kelib chiqib uni avtomobilning yillik majburiy sug'urtasiga bog'lash. Jarima ballarining ortib borishi, avtomobilning yillik so'g'urta to'lovining ortib borishiga sabab bo'ladi. [3].
Misol tariqasida Germaniyada agar haydovchi YHQni buzib yil davomida ma'lum jarima ballarini yig'sa 1000 yevro bo'lgan sug'urta to'lovi 500 yevrogacha, ikkinchi yilda 1000 yevroga, uchinchi yil 2000 yevroga oshib boradi. Shuning uchun, ko'pincha ko'plab qoidabuzarlar keyinchalik sug'urta narxini
uch baravar to'lamaslik uchun butun yil davomida mashinadan foydalanmaslikni afzal ko'rishadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilish mumkin tezlikni pasaytirish yo'llardagi o'lim va tan jaroxatlarini pasaytirgan holda transport harakatining o'rtacha tezligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Biroq, tezlikni cheklash faqat yo'l harakati qoidalariga amal qilishga nisbatan vaziyat yaxshilansa va yo'l infratuzilmasini rivojlantirishga yangicha va jiddiy yondashilsagina, ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu xavfsizlikni ta'minlash va o'rtacha tezlikni saqlashda muhim omil hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Azizov K.X. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari -T.: "Fan va texnologiya" - 2012, 5-bob.
2. https://bashgmu.ru/upload/inform.pdf (2.10.2024 y.).
3. Доклад о безопасности дорожного движения в мире, краткий обзор, ВОЗ, 2020.
4. McNeill John. Something New under the Sun (New York: WW Norton & Company, 2001), John Sousanis, Wards Auto.
5. Тимакова, В.В. Некоторые аспекты международного опыта в обеспечении безопасности дорожного движения / В.В. Тимакова // Вестник Воронежского института ГПС МЧС России. - 2012. - № 2 (3). - S. 36-39.