Научная статья на тему 'AVTOBUS VA MIKROAVTOBUSLAR HARAKAT YO‘NALISHLARIDA TEZLIGINING O‘ZGARISHINI TADQIQ QILISH'

AVTOBUS VA MIKROAVTOBUSLAR HARAKAT YO‘NALISHLARIDA TEZLIGINING O‘ZGARISHINI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
21
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo‘l tarmog‘i / avtobus / mikroavtobus / yo‘l transport hodisasi / haydovchi / piyoda / muhit / avtomobil / yo‘l / to‘qnashuv / дорожная сеть / автобус / маршрутка / дорожно-транспортное происшествие / водитель / пешеход / окружающая среда / автомобиль / дорога / столкновение

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Umirov Ilhom Iskandar O‘g‘li, Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich

Ushbu maqolada kuzatish usuli orqali Jizzax shahrining magistral ko‘chalarida avtomobillar va jamoat transporti aralash harakatlanadigan, hamda shaharning hozirgi kunda asosiy magistral ko‘chalarida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu ko‘chalarda harakat miqdori yo‘lning ahamiyatiga, transport vositalarining tarkibiga, holatiga va shunga o‘xshash bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lib, bir-biridan farq qilishini ko‘rish mumkin. Harakat miqdori va tarkibining o‘zgarishi harakat tezligi va yo‘l -transport hodisalarining o‘zgarishiga ta’sir qilishi tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of practical calculation methods of external speed characteristics of engine

В данной статье результаты исследования, проведенного на главных улицах Джизака, представляющих собой смесь автомобилей и общественного транспорта, показывают, что интенсивность движения на этих улицах зависит от важности дороги. Видно, что они отличаются друг от друга в зависимости от ряда факторов, таких как состав, состояние и так далее. Анализируется влияние изменения объема и состава дорожного движения на изменение скорости движения и количества дорожнотранспортных происшествий

Текст научной работы на тему «AVTOBUS VA MIKROAVTOBUSLAR HARAKAT YO‘NALISHLARIDA TEZLIGINING O‘ZGARISHINI TADQIQ QILISH»

UDK 62.656

AVTOBUS VA MIKROAVTOBUSLAR HARAKAT YO'NALISHLARIDA TEZLIGINING O'ZGARISHINI TADQIQ QILISH

Umirov Ilhom Iskandar o'g'li JizPI p.f.f.d. (PhD), e-mail: umirov-i@mail.ru

Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich JizPI, assistenti, e-mail: hamraqulovyorqin479@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada kuzatish usuli orqali Jizzax shahrining magistral ko'chalarida avtomobillar va jamoat transporti aralash harakatlanadigan, hamda shaharning hozirgi kunda asosiy magistral ko'chalarida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, ushbu ko'chalarda harakat miqdori yo'lning ahamiyatiga, transport vositalarining tarkibiga, holatiga va shunga o'xshash bir qancha omillarga bog'liq bo'lib, bir-biridan farq qilishini ko'rish mumkin. Harakat miqdori va tarkibining o'zgarishi harakat tezligi va yo'l -transport hodisalarining o'zgarishiga ta'sir qilishi tahlil qilindi.

Аннотация. В данной статье результаты исследования, проведенного на главных улицах Джизака, представляющих собой смесь автомобилей и общественного транспорта, показывают, что интенсивность движения на этих улицах зависит от важности дороги. Видно, что они отличаются друг от друга в зависимости от ряда факторов, таких как состав, состояние и так далее. Анализируется влияние изменения объема и состава дорожного движения на изменение скорости движения и количества дорожно-транспортных происшествий.

Abstract. In this article, the results of a study conducted on the main streets of Jizzakh, which are a mixture of cars and public transport, show that the intensity of traffic on these streets depends on the importance of the road. It can be seen that they differ from each other depending on a number of factors such as composition, condition, and so on. The influence of changes in the volume and composition of traffic on changes in the speed of movement and the number of traffic accidents is analyzed.

Kalit so'zlar: yo'l tarmog'i, avtobus, mikroavtobus, yo'l transport hodisasi, haydovchi, piyoda, muhit, avtomobil, yo'l, to'qnashuv.

Ключевые слова: дорожная сеть, автобус, маршрутка, дорожно-транспортное происшествие, водитель, пешеход, окружающая среда, автомобиль, дорога, столкновение.

Key words: road network, bus, minibus, traffic accident, driver, pedestrian, environment, car, road, collision.

KIRISH

Avtobuslar va mikroavtobuslarning tezligiga bir qancha omillar ta'sir qiladi. Bu omillardan biri yo'nalishdagi bekatlar sonidir. Chunki har bir avtobus har bir bekatlarga to'xtab o'tishga majbur bo'ladi. Agar yo'nalishda bekatlar soni qanchalik ko'p bo'lsa, avtobusning harakat tezligi shunchalik tez o'zgaradi. Chunki avtobus bekatlari ko'p bo'lganligi uchun boshidan oxirigacha ko'p vaqt ketishini hisobga olib tezroq haydashga urinadilar. Avtobus yo'nalishlarida bekatlar sonining ko'p bo'lishi yo'nalish uzunligiga ham bog'liq bo'ladi. Agar yo'nalish yo'li uzunligi qanchalik uzun bo'lsa, bekatlar soni shunchalik ko'p bo'ladi. Yo'nalish yo'li uzunligi qisqa yo'nalishlarda bekatlar soni ham kamroq bo'ladi. Ikkita bir xil uzunlikka ega bo'lgan yo'nalishlarda bekatlar soni bir xil bo'lmasligi mumkin. Bunga sabab aholi yashash

joylarining kam yoki ko'pligiga bog'liq. Aholi yashash joy kam bo'lgan yo'nalish yo'llarida bekatlar soni ham kam bo'ladi, ya'ni bekatlar oralig'idagi masofa kattaroq bo'ladi. Aholi yashash joy ko'p bo'lgan yo'nalishlarda bekatlar soni ham ko'proq bo'ladi. Demak, bekatlar sonining ko'pligi avtobuslar harakat tezligining tez o'zgarishiga sabab bo'ladi.

Avtobuslar harakatining tezligiga ta'sir qiluvchi omillardan yana biri yo'nalish yo'lidagi svetoforlar sonidir. Svetoforlar yo'nalishdagi bekatlar soniga nisbatan avtobus harakati tezligiga kamroq ta'sir ko'rsatadi. Chunki avtobuslar har bir bekatlarda to'xtab o'tishga majbur, biroq yo'llarga o'rnatilgan har bir svetoforlarga to'xtashga majbur emas, faqatgina svetoforning taqiqlovchi ishorasida to'xtaydi. Ko'pincha yo'lda ketish davomida svetoforning yashil ishorasiga duch kelib qolishi mumkin. Bu esa, albatta, avtobus haydovchisining mahoratiga bog'liq. Bunday hollarda avtobus harakatini to'xtatmasdan yurishda davom etadi, ya'ni qanday tezlikda kelgan bo'lsa, shunday tezlikda harakatini davom ettiradi.

Yo'nalish yo'lida svetoforlarning ko'p uchrashi, yo'nalishning murakkablik darajasini oshirib yuboradi. Buning bir qancha sabablari bor: birinchidan avtobus ichidagi yo'lovchilarning asabiga tegadi; ikkinchidan avtobus bekatlarda to'xtashdan tashqari yana svetoforlarda to'xtashi yanada asabning taranglashishiga olib keladi. Buning sababi faqatgina kutish emas, balki, avtobuslar svetoforlarda to'xtab yana joyidan qo'zg'alayotgan vaqtida avtobus ichidagi yo'lovchilarning silkinishi, hatto yiqilishiga olib kelishi mumkin. Ko'pincha avtobusda o'rindiqlar soniga nisbatan tik turib ketayotgan yo'lovchilar soni ko'proq bo'ladi. Ana shu yo'lovchilarga avtobusning silkinishi yoki chayqalishi ko'proq salbiy ta'sir ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Olib borilgan tadqiqotlarni tahlili shuni ko'rsatadiki, yo'l tumanlashtirish ishlari Q.X.Azizov [1], R.A.Abduraxmanov, S.Z .Azizov [2], B.O.EaÔKOB [3], U.Nurullayev [4, 8], O.K.Adilov [6, 7], I.Umirov [5] va boshqalar tadqiqotlarida uchraydi. O'zbekiston Respublikasi tog'li hududida yo'llarni dengiz sathidan balandligi bo'yicha tumanlashtirilgan. Tumanlashtirishlarda asosiy mezon sifatida avtomobillar harakat xavfsizligi ko'rsatkichi olingan. Tadqiqotlarda harakat sharoitiga ta'sir etuvchi omillarga tizimli yondashilmagan va tizimli tahlil qilinmagan, harakat sharoiti nazariy asoslari takomillashtirilib, harakat sharoitini baholash mezonlari kiritilmagan.

Avtobus harakati tezligining pasayishi yoki tez-tez o'zgarib turishining sabablaridan yana biri, bu yo'nalish yo'lidagi o'ngga va chapga burilishlar sonining ko'pligidir. Chunki avtobus burilish uchun tezligini pasaytiradi, ya'ni tormozlanish sodir bo'ladi, burilishdan so'ng esa haydovchi yana tezlikni oshirishga harakat qiladi. Bu o'z navbatida dvigatel detallarining zo'riqib ishlashiga, hamda atrof-muhitga chiqadigan chiqindi gazlar miqdorining oshishiga olib keladi.

Avtobuslar faqatgina chorrahada emas, to'g'ri yo'llarda ham burilishi mumkin. Misol uchun biror bir transport vositasini quvib o'tayotganda yoki o'tkazib yuborayotganda burilishga majbur bo'ladi. Burilishlarning ko'pligi faqatgina tezliklarning o'zgarishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun haydovchidan katta mahorat talab qilinadi. Ammo, hozirgi kunda shahrimizdagi yo'lovchi tashish transportlarining ko'pchiligida yosh haydovchilar ishlamoqda. Yosh haydovchilarning hammasi ham mahoratli bo'lavermaydi, chunki ularga tajriba etishmasligi mumkin. Buning oqibatida yo'llarda avtobuslar ishtirokida yo'l-transport hodisalarining yuzaga kelishiga olib keladi. Demak, haydovchilarning bilimiga va malakasiga ham jiddiy e'tibor berilishi lozim.

NATIJALAR

Avtobuslarning harakat tezligiga ta'sir ko'rsatadigan omillardan yana biri bu yo'nalish yo'lining uzunligidir. Agar yo'nalish yo'li uzun bo'lsa, yo'nalishdagi avtobuslarning tezligi

oshishiga olib keladi. Yo'nalish yo'li uzun bo'lgandan so'ng haydovchilar yo'nalishning boshdan to oxirigacha tezroq etishga harakat qiladi. Bundan tashqari haydovchilar manziliga tezroq etib borishni hoxlaydilar. Buning natijasida haydovchi asabiylashishi yoki toliqishi mumkin. Natijada haydovchining yo'lga bo'lgan e'tibori susayadi, harakatdagi aniqlik kamayadi. Hattoki, haydovchilar keskin harakat qilishi mumkin. Keskin harakat deganda, avtobusni boshqarish davomida bekatlarda, svetoforlarda keskin tormozlash va katta tezlanish bilan harakatlanishi, keskin burilishlarni amalga oshirishlarini tushunishimiz mumkin.

Avtobus harakat tezligiga ta'sir qiluvchi omillardan yana biri bu rejadagi vaqt hisoblanadi. Har bir avtobus uchun yo'nalishdagi qatnov vaqti ko'rsatiladi. Qatnov vaqti deganda, avtobuslarning yo'nalish boshidan oxirigacha yoki yo'nalish oxiridan boshigacha borish uchun ketgan vaqt tushuniladi. Rejadagi vaqtni belgilash uchun bir nechta omillar hisobga olinadi. Misol uchun, aholi yashash joylarini zichligiga, yo'nalishdagi harakat miqdoriga, yo'nalishdagi yo'lning texnik holatiga bog'liq bo'lishi mumkin. Agar yo'nalish yo'lidagi burilishlar soni ko'p bo'lsa ham rejadagi vaqt uzayishi mumkin.

Hozirgi kunda Jizzax shahridagi yo'nalishlarda har bir qatnov uchun belgilangan rejadagi vaqt kamayib bormoqda. Bunga sabab shahrimizda yo'lovchilar oqimining o'sib borayotganligidir. Chunki shahar aholisining soni kundan-kunga oshib bormoqda. Yo'lovchilar oqimi ko'p bo'lgandan so'ng, avtobuslar va mikroavtobuslar tashib ulgurmayapti. Ayniqsa, kunning eng tig'iz vaqtida yo'lovchilar avtobus va mikroavtobuslarga chiqishning imkonini ham topa olmayaptilar. Faqatgina, yo'nalishning oxiridan yoki yo'nalishning boshidagi bekatlardagi yo'lovchilar uzoq vaqt davomida kutib qolishadi. Buni his qilgan avtobus haydovchilari iloji boricha tezroq haydashga, yo'lovchilarni o'z vaqtida tashib ulgurishga harakat qiladilar.

Muammoni hal qilish uchun yo'lovchilar miqdori ko'p bo'lgan yo'nalishlarda yana avtobus va mikroavtobuslar qo'shish kerak. Shahrimizdagi deyarli barcha yo'nalishlarda bunday muammo ko'zga tashlanadi. Bunday muammoni rejadagi vaqtni kamaytirish hisobiga yoki foydalanish muddatini o'tab bo'lgan avtobus va mikroavtobuslarni qo'shish bilan hal qilib bo'lmaydi. Bu faqat yo'llarda transport vositalarining harakat xavfsizligiga ta'sir qilibgina qolmasdan, ekologik muhitning buzilishiga ham olib keladi.

Bizga ma'lumki transport vositalarining tez yurishi uchun yo'llarning ravonligi, kengligi juda muhimdir. Ayniqsa, bu yo'lovchi transportlari uchun juda muhimdir. Chunki avtobuslarda yo'lovchilar ko'p bo'ladi. Bu esa avtobusni ravon boshqarishni talab qiladi. Avtobusni ravon boshqarish uchun haydovchining mahorati yoki boshqa omillardan tashqari yo'llarning ravonligi ham yetarlicha talab darajasida bo'lishi lozim. Lekin shahrimizning ba'zi chekka joylarida yo'llarni talab darajasida deb bo'lmaydi. Bunday yo'llar nafaqat transport vositalarining tezligiga ta'sir etadi, balki yo'llarda harakat xavfsizligiga ham ta'sir etishi mumkin.

Shahar yo'nalishidagi avtobuslarning harakat tezlik vaqtiga ta'sir qiluvchi omillarni yuqorida ko'rib o'tdik. Endi shahar avtobus yo'nalishlaridagi avtobuslar va mikroavtobuslar qanday tezlikda harakatlanishini o'rganib chiqamiz.

Hozirgi kunning talabi aholiga tez va qulay transport xizmatini ko'rsatishdir. Shuni hisobga olgan holda, 33-yo'nalishdagi avtobuslar harakat tezligini o'rganib, tahlil qilindi. Butun yo'nalishni bo'laklarga ajratilib, har bir bo'lakdagi tezligi aniqlandi (1-rasm).

byjiaKJiap

1-rasm. 33-yo'nalishdagi avtobuslar harakat tezligining o'zgarishi.

33-yo'nalishning umumiy uzunligi 23 km 400 m ni tashkil etadi. Bu masofani biz 70 ta bo'lakka bo'lib, har bir bo'lakdagi harakat tezligini tahlil qildik. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, yo'nalishning. Bu esa haydovchining harakat xavfsizligi ta'minlanmagan holatda harakatlanganini ko'rsatdi. 5-bo'lakdan avtobuslarning harakat tezligi o'rtacha 60 km/soat ni tashkil etdi. 60-bo'lakdan boshlab esa harakat tezligi o'rtacha 20 km/s ni ko'rsatdi. Bunga avtomobil yo'lining torligi, hamda yo'l sharoitining yomonligi sabab bo'ldi. Demak tadqiq natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, avtobuslarining harakatlanish tezligi o'zgaruvchan bo'lib, bunga yo'l sharoiti ta'sir ko'rsatar ekan [8].

Shahar yo'nalishidagi avtobuslarning ikki xil tezligi mavjud:

1-texnik tezlik (Vt);

2-aloqa tezlik (Va).

Texnik tezlik - ma'lum yo'nalishdagi ushlanib qolishlarni hisobga olmagan ravishda aniqlangan harakat tezligi, uning qiymati asosan avtomobil yo'lining geometrik o'lchamlariga va yo'l sharoitiga, shuningdek, transport oqimining tarkibiga bog'liq [9].

Texnik tezlik yo'nalishdagi avtobuslarning haqiqiy tezliklarini topish imkonini bermaydi. Agar biz avtobuslar tezliklarini shu usulda topsak, avtobuslarning tezliklari, haqiqiy tezlikdan ancha kam chiqishi mumkin. Chunki avtobuslar bosh bekatdan oxirgi bekatgacha bir xil tezlikda yurmaydilar. Avtobuslar har bekatda to'xtab o'tadilar va ko'p vaqt yo'qotadilar. Bu esa, avtobuslarning texnik tezligi hisoblanganda ancha past chiqishiga sabab bo'ladi. Texnik tezlikni topish uchun avtobusning umumiy bosib o'tgan yo'lini va shu yo'lni bosib o'tish uchun ketgan umumiy vaqtiga nisbati bilan aniqlanadi:

VT =

S

yM

yM

(1)

Bu yerda: Vt-texnik tezlik; Sum-umumiy bosib o'tilgan yo' tum -umumiy ketgan vaqt.

Aloqa tezligi - ma'lum yo'nalishdagi ushlanib qolishlar ( bir sathli chorrahalar, temir yo'l kesishmalari, qoplamaning notekis bo'laklari mavjudligidan hamda transport oqimidagi avtomobillarning o'zaro ta'siri natijasida) hisobiy aniqlanadigan tezlik [9].

Aloqa tezlik asosan avtobuslar uchun qo'llaniladi. Avtobuslarning haqiqiy tezliklarini topish uchun aloqa tezligi juda muhimdir. Chunki aloqa tezligini topishda avtobuslarning har bir bekatlarda to'xtab turish vaqti, ham hisobga olinadi. Lekin bu ham haqiqiy tezlikni hisoblay olmaydi. Chunki avtobuslar bekatlardan tashqari har bir svetoforlarda to'xtab o'tishi mumkin. Bu vaqt aloqa tezligida hisobga olinmagan. Umuman olganda aloqa tezligi haqiqiy tezlikka yaqindir. Chunki avtobuslar svetoforlarning yashil chirog'iga to'g'ri kelib qolishi mumkin, bunday hollarda avtobuslar harakatda davom etaveradi. Avtobuslar svetoforlarda uzoq vaqt to'xtab qolmaydi.

Avtobuslarning aloqa tezligini topayotganda umumiy ketgan vaqtdan bekatlarga to'xtash uchun ketgan vaqtlar ham ayriladi.

Va =■

Lm

t

ум

" * t

"б Т.Т

(2)

Bu yerda; Va- aloqa tezlik;

LM - yo'nalish uzunligi;

nb - bekatlarning umumiy soni;

tTT - bekatlarda o'rtacha to'xtab turish vaqti.

Harakat jadvalining me'yoriy ko'rsatgichlari.

1-jadval

Vaqt Soat-min Tezlik Km/soat Qatnov boshlanadigan va tugallanadigan joy nomi Sarflanadigan vaqt minutda Masofa km da

Harakatdagi 1 soat 5 minut O'rtacha texnik 20,6

Qatnovdagi 1 soat 20 minut Qatnovdagi 16,5 Bunyodkor MFY dan Kaxramon MFY gacha 80 minut 23,4 km

Avtobusning borib qaytishi 2 soat 40 minut Ishlatish 17,6 Bunyodkor MFY - Kaxramon MFY- Bunyodkor MFY 160 minut 46,8 km

33- Yo'nalishli avtobusning tezliklarini aniqlash 1. Aloqa tezligini aniqlash.

Va! =

Va 2

L

M

^km

^km

1б km

t - u, * tTT

um б TT

48min- 33*23,7 48min- 13min 0,58soat

■ = 27,б km / soat

L

M

1б km

1б km

1б km

Va3 =

V

t - " * t tum - "б * tTT 49 min- 33*23,4 49min- 12,9min 0,б soat

LM 1б km 1б km 1бЫ

t - " * t lum "б lTT 47 min- 33*24 47 min-13,2 min 0,5б soat

LM ^km 1б km 1б km

= 2б,7 km / soat

a 4

" * t

"б lTT

4бmin- 33*24 4бmin-11,8min 0,б soat

= 28,б km / soat

28km/soat

(3)

(4)

(5)

t

um

L 1б km 1б km 1б km

V, =-M-=-=-=-= 27,1kmIsoat

Km -пб *trr 48min-33*22,9 48min- 12,бmin 0,59soat (7)

O'rtacha aloqa tezligi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Va1 + Va 2 + Va3 + Va 4 + Va5 27,б + 2б,7 + 28,б + 28 + 27,1 .

V =_А-a2—«з—a4—a5 = -î-î-= 27,4 km I soat

ao rt 5 5 (8)

2.Texnik tezlikni aniqlash:

= Lm =№0^ = 20km i soat r ч

T1 Km 0,8 soat (9)

LM ^km лпг1 ,

К, = — =-= 19,5 km I soat

t

T 2 ' 0,82 soat 00)

um

= Lm = Шт = 20 kmI soat t„m 0,78soat (11)

L 1б km K4 = — =-= 21km I soat

Km 0,7б soat (12)

VT5 = Lm = = 20km I soat

tum 0,8 soat (13)

O'rtacha texnik tezlik:

K, + Ki + K, + Va4 + Va5 20 +19,5 + 20,5 + 21 + 20 ,

V.. = —a2-a3-a4—a5 =-----= 20,2 km I soat

ao rt 5 5 (14)

Teskari yo'nalishda 1. Aloqa tezligini aniqlash.

X 18,4 km 18,4 km 18,4 km , =-M-=---=---= —--= 30,2 km I soat ч

a1 ¿ „ en™™ tissic л ne™;., n¿i---¿ (15)

t - n * t 'um пб 'TT 50min- 32*25,4 48min- 13,5 min 0,б1soat

LM 18,4 km 18,4 km 18,4 km

'um - Пб * -TT 49min- 32*23,7 49min- 12,б4шт 0,б soat

LM 18,4 km 18,4 km 18,4 km

t - П * t 'um "б 'TT 51min- 32*24,8 51min- 13,2 min 0,63so--

LM 18,4 km 18,4 km 18,4 km

t - П * t ' um пб -TT 49min- 32*23,7 49min- 12,5 min 0,б1 soat

_ LM _ 18,4 km _ 18,4 km _ 18,4 km

a5

(1б)

29,2 km I soat ^^ = 30,2 km I soat

(18)

= 27km I soat

Km -пб *tTT 54min-32*24,4 54min-13min 0fi8soat (19)

O'rtacha aloqa tezligi:

к = К„ + Ka2 + К3 + Ka4 + К,5 = 30,2 + 30,7 + 29,2 + 30,2 + 27 = aort 5 5 (20)

2. Texnik tezlikni aniqlash:

18,4 km ,

K, = — = —--= 22,1 km / soat

T1 t 0,83soat (21)

um '

= LM = 18,4 km = 21,6 km / soat Km 0,81soat (22)

= = 18,4 km = 21,6 km / soat T 3 Km 0,85soat (23)

Lw 18,4 km ,

Кл = — = —--= 22,7 km / soat

t 0,81soat (24)

t 4

= = 18,4 km = 20,4 km / soat tUm 0,9 soat (25)

O'rtacha texnik tezlik:

К ,, = = Ш + 221+216 + 221+20,4 = 21,9kmlsoa,

ao rt 5 5 (26)

Yo'nalishdagi avtobus va mikroavtobuslarning harakatlanish tezliklarini quyidagi 4-jadvalda ko'rishimiz mumkin.

Transport vositasi Maksimal tezlik, km/soat Axborot tezligi, km/soat

Avtobuslar: Shahar Shahar ekspress 60-70 80-90 13-23 19-29

4-jadvalda avtobus va mikroavtobuslarning maksimal va axborot tezligi ifodalangan. Avtobuslar maksimal tezligi gorizontal joydagi yo'lda ichidagi o'tirish joyi to'la bo'lgandagi tezlikka aytiladi. Axborot tezligi yo'nalishning uzunligi va vaqtning o'rtacha darajasi, harakatga ketgan vaqt, yo'lovchi chiqish va tushish bekatlardagi vaziyatlarda aniqlanadi. Bundan tashqari, shunday tushuncha mavjudki, foydalanish tezligi deb nomlangan.

Foydalanish tezligi-bu oxiri to'xtash joyi va oraliq bekatlardagi harakatga, o'rtacha yo'nalishning uzunligiga bog'liq munosabatdir. Foydalanish tezligi odatda axborot tezligidan 515% ga kam bo'ladi, agar bekatdagi avtobuslar uzoq ushlanib qolmasa.

Foydalanish tezligini hisoblash uchun quyidagi formula qo'llaniladi:

S =-Д-т, (27)

г + Д + с(1+ ±)

С {2a 2d)

bunda S - avtobusning axborot tezligi; T - oraliq bekatlarda turish vaqti; S - maksimal tezlik; a -tezlanish me'yori; d - sekinlanish me'yori; D -bekatlar orasidagi o'rtacha masofa.

Avtomobil tezligini o'lchash - yo'lning ma'lum qismida tezlikning umumiy o'rganilishi deyiladi. Kerakli xususiyatlarni aniq belgilashda ma'lumotlar etarli bo'lishi kerak. Tezkor tavsifnomalar umumiy izlanishlar tomonidan berilib keng qo'llaniladi. Doimiy izlanishlar tufayli tezlikning o'zgarishi aniqlanadi. Umumiy izlanishlar quyidagi ahamiyatga ega:

1) masofa tezligini belgilash;

2) tezlikni oshirish bo'yicha savollarga javobni asoslash;

3) harakatlanish tartibining zaruriy chegaralanishi;

4) burilish joylarida harakatning xavfsiz tezligini ko'rsatuvchi zaruriy aniqliklar;

5) yo'l belgilarini o'rnatish, ular kerakli qismlarda ogohlantiruvchi va ko'rsatuvchi belgilar sifatida harakat tezligini boshqaradi;

6) quvib o'tish mumkin bo'lmagan masofa o'lchovlarini aniqlash;

7) yo'l-transport hodisasini tahlil qilish.

Harakat sharoitini yaxshilashdan avval yoki keyin umumiy tezlikni o'lchashda vaqt va joy birligi orasi ko'zda tutiladi. Agar yo'ldagi barcha avtomobillarning bir vaqtda tezligi haqida ma'lumot olinsa (masalan, 2 ta aerofotorasm qisqa vaqt ichida) unda bo'shliqli taqsimlanish bo'ladi, avtomobil tezligini sekin-asta o'lchovi vaqt taqsimlanishiga to'g'ri keladi. Ushbu taqsimlanish ahamiyatli bo'lib, har ikki taqsimlanish bir-biri bilan solishtiriladi. Bu taqsimlanishlarning o'rtacha ma'nosi bir-biriga to'g'ri kelmaydi, chunki tezlikning vaqt bo'yicha taqsimlanishi masofaviy taqsimlanishga nisbatan ahamiyatlidir.

Yo'nalishdagi avtobus va mikroavtobuslarning harakat tezligini o'rganish yo'nalish davomida harakatning o'rtacha tezligi L km uzunlikda quyidagicha aniqlanadi:

u = 6-f (28)

bu yerda, t - bosib o'tilgan masofa vaqti, daqiqa. MUHOKAMA

Yo'nalish davomida harakat tezligining o'rtacha taqsimlanishiga suzuvchi avtomobil uslubini qo'llash mumkin. Harakatdagi avtomobilning o'rtacha tezligini aniqlash kerak bo'lganda (texnik tezlik) bekatga ketgan vaqt mahrajdagi formula orqali hisoblanadi. L uzunlikdagi yo'l qismida tezlik haqida batafsil ma'lumot zarur bo'ladi, shunda tezlikning o'rtachasi, ya'ni "tezlanish ovozi" orqali ifodalanadi. Amaliyotda "tezlanish ovozi" vaqt oralig'ida o'lchanib, harakat tezligi 3 km/soat ga o'zgaradi.

Yo'lning tezligini tezkor o'lchash 2 ta asosiy uslubda bajariladi. Biri - avtomobilning yo'lidagi qisqa vaqtni o'lchash bilan va ikkinchisi - kerakli uskunalar yordamida harakatlanayotgan avtomobil tezligini ifodalash uchun. Amalda berilgan yo'ldagi avtomobil harakati sekundomir bilan o'lchanadi. Bunda yo'lning ma'lum bir qismi olinadi, ammo bu o'lchash bir oz xatolikka olib keladi. Bu xatolikni sodda bir jihozni qo'llab bartaraf etish mumkin. Bu jihozning nomi enoskop, enoskop ikki yoni ochiq trubka L -formaga ega va unda 450 oynacha burchak qilib o'rnatilgan. Enoskop chiziqni burib shunday ko'rsatadiki, u avtomobil harakati bo'ylab qarama-qarshi bo'lib qoladi. Agar avtomobil biror qismning chegarasini kesib o'tayotganda kuzatuvchi asbobda yorug'lik ko'radi.

Umuman enoskoplarni yo'lning har ikkala chegarasida o'rnatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda 3 km/soat gacha aniqlik belgilanadi. Transport vositalari tezligini o'lchashda rodarlar ko'proq qo'llaniladi. Rodarning harakati harakatlanayotgan buyumning tezligiga proportsional bo'lgan radioto'lqinlarga asoslanadi.

Hozirgi kunda rodarlarning bir qancha ko'rinishdagi turlari ishlab chiqilgan, ular bir-biri bilan ba'zi foydalanish xususiyatlari bo'yicha farqlanadi. Rodar o'lchagichlar kichikligi va oddiyligi bilan afzaldir, ammo, avtomobillar soni ko'payib ketsa rodar ba'zi avtomobillarni

farqlamaydi. O'lchashning kafolatli tezligi 3 km/soat ga to'g'ri keladi. Avtobuslarning tezlik va tortish xususiyatlarini baholash ularning maksimal tezligi va bu maksimal tezlikka erishish uchun zarur bo'lgan vaqt hamda yo'lning eng katta qiyaligini yenga olish ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.

Avtobuslar maksimal tezligi ularning vazifasi bilan bog'liqdir: katta harakat tezligi zarur bo'lmagan shahar ichi yoki shahar atrofi yo'nalishlari uchun bu qiymat 60-80 km/soat, shaharlararo qatnaydigan avtobuslar uchun 90 km/soat [39]. Maksimal tezlikka erishish uchun sarflangan vaqt qancha kichik bo'lsa, boshqa sharoitlar bir xil bo'lgan taqdirda avtobuslardan foydalanish ko'rsatkichi shuncha yaxshi hisoblanadi. Biroq yuqoridagi aytilgan vaqtning kichik bo'lishi yonilg'i sarfini ko'paytiradi va avtobuslarga katta quvvatli dvigatellar o'rnatishni talab qiladi. Shuni hisobga olgan holda, tezlanishga sarflangan vaqtning eng katta oqilona miqdori shahar ichi avtobuslari uchun 40-55 s, shahar atrofi avtobuslari uchun 50-65 s va shaharlararo avtobuslar uchun 70-90 s deb qabul qilingan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda Jizzax shahrining magistral ko'chalarida shahar yo'lovchi transportlarining harakatlanish sharoiti va holatini belgilab o'lkan tahlilga asoslandi, bunda adabiyot manbalarga va chet el izlanishlari bo'yicha internet ma'lumotlaridan foydalanildi. Jamoat transportlari harakatlanadigan shahar magistral ko'chalarida transport oqimi xususiyatlarini o'zgarishi aniqlandi.

4. Avtobus va mikroavtobuslarni harakat tezligi to'g'ri yo'l bo'laklarida 45-50 km/soat, chorrahalarda 15-20 km/soat, egri bo'laklarda 25-30 km/soat, umuman yo'nalishlar bo'yicha o'rtacha 50 km/soatni tashkil etishi aniqlandi. Harakat zichligi esa harakat miqdorini o'zgarishiga bog'liq ravishda 2200, 2350 avt/soat bo'lganda zichlik mos ravishda 36 va 48 ta avtomobillarni tashkil etishi aniqlandi.

ADABIYOTLAR

1. Q.X.Azizov. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. - T.: "Fan va texnologiya", 2009. - 244 bet.

2. Abduraxmanov R.A., Azizov S.Z. Shahar yo'lovchi transportlarining imtiyozli harakatlanishini tadqiq qilish (Jizzax shahri misolida) // TAYI "O'zbekiston avtomobil-yo'l kompleksining dolzarb vazifalari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami II-qism. Jizzax-2008, 165-166 bet.

3. Бабков В.Ф. Дорожные условия и безопасност движения. М.: Транспорт. 1982. -

286 с.

4. Нуруллаев, У., Умиров, И., & Исоков, Г. (2021). Методика определения деталей, критических по надежности автомобилей. Academic research in educational sciences, 2(5), 678-684.

5. Umirov, I., Turushev, S., & Ravshanov, F. (2021). Йул булакларининг хдракатланиш хавфсизлигига таъсирини тах,лил килиш. Academic research in educational sciences, 2(2).

6. Karimovich, A. A., & Abdukarimovich, U. B. (2021). Method of ensuring traffic safety on slippery roads.

7. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Абдурахманов, М. М. (2021). Анализ существующих работ, посвященных проблемам экологии автомобильного транспорта. Вестник науки, 2(2), 74-82.

8. Karimovich, A. A., & Abdukarimovich, U. B. (2021). Method of ensuring traffic safety on slippery roads.

9. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Абдурахманов, М. М. (2021). Анализ существующих работ, посвященных проблемам экологии автомобильного транспорта. Вестник науки, 2(2), 74-82.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.