"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
TEXNIKA OILIY TALIM TALABALARIGA NAZARIY ELEKTROTEXNIKA FANINI O'QITISHDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH To'lqinov Muhammad Ali Erkinjon o'g'li
Namangan muhandislik texnologiya instituti "Energetika" kafedrasi katta o'qituvchisi
muhammadali.tolqinov.91@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10035242
Annotatsiya. Maqolada texnika oliy o'quv yurtlari elektr energetikasi yo'nalishi talabalarini kasbiy kompetensiyali mutaxassislar qilib, tayyorlashda kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga tayangan holda hamda "Nazariy elektrotexnika" fanini fanlararo bog'liqlikda o'qitish orqali kadrlar tayyorlashda samarali natijalarga erishishga imkon beruvchi metodika tavsiya etilgan. Shuningdek, professiogrammani uch komponentli tuzilma sifatida ko'rib chiqlib, u ish dasturi va psixogramma bilan bir qatorda, kasbdagi shaxsning tavsifi sifatida sotsiogrammani ham o'z ichiga olgan.
Kalit so'zlar: Kasbiy kompetentlik, professiogramma, falararo bog'liqlik, psixogramma, sotsiogramma, elektr energetikasi, elektr qurilmalar, elektr zanjirlar.
Аннотация. В статье рекомендуется методика, позволяющая добиться эффективных результатов в подготовке кадров, опираясь на развитие профессиональных навыков при обучении студентов электротехнического факультета технических вузов, опираясь на развитие профессиональных навыков. навыков и преподавания науки «Теоретическая электротехника» в междисциплинарной связи. Мы рассматриваем профессиограмму как трехкомпонентную структуру, в которую наряду с рабочей программой и психограммой входит и социограмма как характеристика человека по профессии.
Ключевое словa: Профессиональная компетентность, профессиограмма, взаимозависимость, теоретическая электротехника, психограмма, социограмма, электрическая энергия, электрические устройства, электрические цепи.
Abstract. The article recommends a methodology that allows you to achieve effective results in training, relying on the development of professional skills when teaching students of the electrical engineering faculty of technical universities, relying on the development ofprofessional skills. skills and teaching of science "Theoretical Electrical Engineering" in interdisciplinary communication. We consider the professionogram as a three-component structure, which, along with the work program and psychogram, also includes a sociogram as a characteristic of a person by profession.
Keywords: Professional competence, professiogram, interdependence, theoretical electrical engineering, psychogram, sociogram, electrical energy, electrical devices, electrical circuits.
Kirish.
Jahonda va mamlakatimizda sanoat hamda ishlab chiqarish sohalarini jadal suratlarda rivojlanib borayotganligi sababli jamiyat va ish beruvchining mehnat bozoriga qiziqishi hozirgi vaqtda zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish darajasiga mos keladigan kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lgan mutaxassislarga bo'lgan talabani oshishiga olib kelmoqda. Shu o'rinda elektr energetikasi yo'nalishi bo'yicha ham yuqori malakali kaspiy kompetensiyali kadrlarga bo'lgan extiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Bu muammoni yechimi esa faqatgina
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
bitta ya'ni Texnika oliy o'quv yurtlarida ushbu yo'nalish bo'yicha taxsil olayotgan talabalarni o' qitish jarayonida o' quv jarayoniga yangicha yondashuvlar asosida yondashuvlarni joriy etishdan iborat xisoblanadi. Xususan Elektr energetikasi yo'nalishi talabalariga Nazariy elektrotexnika fanini fanlararo aloqadorlik asosida dars jarayonlarini tashkil etish metodi talabalarni ma'lum darajada kasbiy kompetensiya va bilimlarini oshirishga erishishga imkon beradi.O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-5847 son "Neft gaz va elektr energetika soxalari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha" chiqarilgan farmon ham elektr energetikasi bo'yicha bilimli kadrlarga bo'lgan talabni yuqori ekanligini isboti bo'ladi. [1]
Texnika oliy o'quv yurtlari talabalariga mutaxassislik fanlarini xayotiy tajribalardan foydalangan holda hamda fanlararo bog'liqlik asosida o'qitish orqali samaradorlikka erishish yuzasidan A. S. Belkinning "Vitagenik ta'lim ilmiy-pedagogik toifa sifatida" yo'nalishi bo'yicha qilingan ishlarida o'rganilgan.
Ilmiy-nazariy darajada tadqiqotning dolzarbligini oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha bo'lgan davrda isloh va modernizatsiya qilish kontseptsiyasi", bilan belgilanadi. Unda sifatli ta'limni tashkil etish bo'yicha kutilayotgan natijalar zamonaviy ta'limni tashkil etishga asoslangan. Kompetentsiyaga asoslangan yondashuv universal va kasbiy kompetensiyalardan integratsiyalashgan konstruksiyalardir. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvning asosiy qoidalari ushbu soha bo'yicha izlanishlar olib borgan olimlar V.I.Baidenko, P.I.Galperin, V.V.Davydov, I.A.Zimnyaya, V.A.Kalney, A.M.Novikov, M.V.ning ishlarida ochib berilgan.
Materiallar va usullar
Elektr energetikasi yo'nalishi talabalariga nazariy elektrotexnikani fanlararo o'qitish orqali kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda nazariy elektrotexnikadagi mavzularni mutaxassislik fanlari tarkibidagi o'zaro yaqin mavzular bilan hamda ishlab chiqarishdagi holatlar bilan bog'lagan holda interfaol metodlardan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etishda qo'llaniladigan vositalar tadqiqot ishini yoritishda qo'llanilgan materiallar xisoblanadi.[2]
Tadqiqot ishini amalga oshirishda esa quyidagi usullardan foydalanildi:
- nazariy - tadqiqot muammosi bo'yicha falsafiy, psixologik, pedagogik, ilmiy-uslubiy va maxsus adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish, davlat ta'lim standartlari, dasturlari, o'quv qo'llanmalari va uslubiy materiallarni tahlil qilish, tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy qoidalarni umumlashtirish va tizimlashtirish;
- empirik - pedagogik diagnostika va test usullari, pedagogik kuzatish, suhbat, so'roq, eksperimental tadqiqot ishlari natijalarini statistik qayta ishlash va ularni tahlil qilish.
- tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy, pedagogik, psixologik, uslubiy, texnik va maxsus adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish;
- oliy va o'rta maxsus ta'limi, shu jumladan texnika ta'lim muassasalarida o'qitiladigan umumiy texnika, elektrotexnika va maxsus fanlar bo'yicha o'quv dasturlari va o'quv qo'llanmalarini o'rganish;
- fanlarning fanlararo strukturaviy va mantiqiy aloqalarini tahlil qilish - nazariy elektrotexnika, elektrotexnika o'lchovlari, o'tkinchi jarayonlar, elektr mashinalari misolida;
- yuqorida sanab o'tilgan elektr energetikasi fanlarining alohida elementlarini yagona o'quv dasturiga sintez qilish (birlashtirish).
- Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning tarkibiy-kontent modelini integrativ, kompetentsiyaga asoslangan, axborot yondashuvlari asosida ishlab chiqish.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
- Talabalarni fanlarning o'quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqish jarayoniga jalb qilish, bu orqali talabalarning integratsion kasbiy asosiy bilimlarini rivojlantirishga erishiladi.
- Kasbiy kompetentsiyalarning rivojlanish darajasini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan integrativ baholash tizimini shakllantirish metodologiyasidan foydalanish.
Natijalar va muhokama
Elektr energetika yo'nalishi talabalari uchun "«Nazariy elektrotexnika»" fanini o'qitishda kompetentlikning ilmiy metodini faoliyatning uslubiy yo'nalishlari orqali o'zlashtirishning dolzarb muammosi qo'yildi va asoslandi, elektr energetikaning boshqa mutaxassilik fanlari hamda "Nazariy elektrotexnika" ni fanlararo bog'lash bilan tashkil etishda uni hal qilish imkoniyati isbotlandi. [3]
Kompetentlikning ilmiy usulini o'zlashtirish metodikasini qurish bo'yicha nazariy va uslubiy g'oyalar ishlab chiqildi. Jumladan, fanlararo aloqadorlik, bilim va harakatni umumlashtirish, tajriba va modellashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish, voqelik va tasvirlarni muvofiqlashtirish va farqlash tamoyillarini o'qitishda qo'llash chegaralari kengaytirildi.
Elektr energetika yo'nalishi uchun boshqa fanlar qatori «Nazariy elektrotexnika» asosiy fan hisoblanib, hozirgi sharoitida kasbiy kompetentli kadrlar ilmiy metodini ishlab chiqishda turli xildagi o'quv faoliyatining tuzilishi va mazmuni tartibga solishda muhum rol o'ynaydi.
Biz taklif qilayotgan kompetentlikka qaratilgan ilmiy metodni o'zlashtirish metodikasi (24 kurs talabalarida) fanlararo ta'lim faoliyatining uchta shaklida ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan: amaliy mashg'ulotlar; tajriba mashg'ulotlar; nazariy mazmundagi mashgulotlarda didaktik materiallarni tashkil etish.
"Elektr energetikani o'rganishda kasbiy kompetentlikning ilmiy metodi" integral tanlov kursining tuzilishi va mazmunini tashkil etuvchi o'quv tadqiqot loyihalari majmuasi kompetentlikning ilmiy usulini ishlab chiqishda joriy nazoratni statistik jihatdan to'liq ta'minlovchi bilim va ko'nikmalarni shakllantirishni diagnostika va monitoring qilish metodologiyasi qurildi va qo'llanildi. Natijada talabalar tomonidan mustaqil ishda quyidagi ko'nikmalarni o'zlashtirishning yangi eksperimental faktlari qo'lga kiritildi:
- Mutaxassislik fanlaridagi farqlarni bog'liqlik tomonlarni aniqlagan holda elektr energetika sohasi bo'yicha obyektlarini bilish (hodisalar) va tavsiflash;
- modellarni qurish va o'rganish, haqiqat va tasavvurni ajratish;
- chegaralarni aniqlash;
- qayerlarda qo'llanilishini bilish;
- xulosalar chiqarish va umumlashtirish.
Hozirgi kunda o'qitish tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish va ularni pedagogik jihatdan ta'lim oluvchiga yetkazish eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelayotgan kasbiy kompetentlik, yetuk kadrlarni tayyorlash oliy ta'lim tizimidagi eng ustuvor vazifa hisoblanib kelmoqda. Shu o'rinda ko'plab mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, kasbiy tayyorgarlikka ega va har tomonlama bilimli kompetensiyali kadrlarni tayyorlash ijtimoiy, iqtisodiy va ishlab chiqarish taraqqiyotini rivojlanishini belgilab beradi. [4]
Texnika oliy o'quv yurtlari mutaxassisligi bo'yicha talabalarga an'anaviy o'quv tizimi orqali dars jarayonini tashkil e'tib borilayotganligi hamda fanlararo bog'liqlik asosida yangi metodlardan foydalangan holda dars jarayonini tashkil etishda metodlar texnologiyasi kamligini hisobga olib, Texnika oliy o'quv yurtlari mutaxassisligi Elektr energetika yo'nalishi talabalari uchun mutaxassislik fanlarini o'qitishning an'anaviy metodologiyasidan foydalanganda quyidagi
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
"Elektr energetikasi ta'lim yo'nalishining fanlarini o'qitish oralig'ida kompetensiyaga qaratilgan ta'limni joriy etlmayotganligi natijasida kasbiy bilimlarini idrok etishning yaxlitligi sezilarli darajada kamayishi, buni natijasida esa talabalarning amaliy va nazariy bilimlarning o'zaro bir biriga bog'liqligini pasayishi yuzaga keladi. Bundan tashqari elektr energetika fanlarini o'qitishning optimal hajmini ishlab chiqarish bilan kelishilgan holda tanlanmagani natijasida talabalar bilimlarini yangi texnologiyalar bo'yicha yetarli bo'lmasligiga olib keladi. Talabalarning o'quv faoliyati bilan ishlab chiqarish faoliyati o'rtasidagi bog'liqlikni aniq amalga oshirilmaganliklari natijasida ham salbiy holatlar kuzatilishini ko'rishimiz mumkin.[5]
Xulosa
Texnika oliy o'quv yurti talabalari uchun "Nazariy elektrotexnika"ni fanlararo bo'gliqlik asosida o'qitish bo'yicha dars jarayonlarini tashkil etish talabalarni kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish hamda kelgusida muhandislik faoliyatida qiynalmasliklari uchun zamin bo'lib xizmat qiladi.
Shu o'rinda Elektr energetikasi yo'nalishi talabalari uchun ham biz taklif qilayotgan fanlarao bog'liqlikdagi o'quv shaklidan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil etish, hamda ularni zamonaviy metodikalar bilan boyitish va mutaxassislik fanlarini ishlab chiqarish bilan bevosita taqqoslagan holda o'qitish, bo'lajak kadrlarni har tomonlama yetuk teran fikrlaydigan, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila qiladigan bir so'z bilan aytganda kasbiy kompetensiyali kadrlarni tarbiyalashdagi ta'lim jarayonini samaradorligini oshirishga olib kelishi aniqlandi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi prezidentining "Neft gaz va elektr energetika soxalari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha" farmoni. 2021-yil 5-may PF-5847 son
2. Rasulova Z.D. Texnologiya fanini o'qitishda innovatsion pedogogik texnologiyalar. O'quv -metodik majmua. - Buxoro: BUXDU, 2020. - 460 b.
3. Tulkinov M. Topic "Methods of connecting three-phase electric circuits" and its advantages of interdisciplinary training. // International Scientific Conference "Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering" CONMECHYDRO, 2023. - Vol. 401. - Pp. 1-9. [Online]. URL: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340104066. (Date of Access: 03. 12. 2022)
4. Zaynobiddinov S., Tulkinov M. Ko'p fazali elektr zanjirlari mavzusini samarali o'qitish metodini ishlab chiqish // NamDU ilmiy axborotnomasi, 2022. -№ 4. - B. 555-563.
5. Tulkinov M. Elektr energetikasi yo'nalishi talabalariga nazariy elektrotexnikani fanlararo o'qitishda kasbiy kompetensiyani rivojlantirib o'qitishning afzalliklari // Zaminaviy ta'lim, 2023. - № 4 (125). - B. 3-13.