Научная статья на тему 'ELEKTR ENERGETIKASI YO`NALISHI TALABALARIGA NAZARIY ELEKTROTEXNIKANI FANLARARO O`QITISHDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRIB O`QITISHNING AFZALLIKLARI'

ELEKTR ENERGETIKASI YO`NALISHI TALABALARIGA NAZARIY ELEKTROTEXNIKANI FANLARARO O`QITISHDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRIB O`QITISHNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
203
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy kompetentlik / professiogramma / fanlararo bog`liqlik / nazariy elektrotexnika / psixogramma / sotsiogramma / Elektr energetikasi / elektr qurilmalar / elektr zanjirlar. / профессиональная компетентность / профессиограмма / междисциплинарная связь / теоретическая электротехника / психограмма / социограмма / электрическая энергия / электрические устройства / электрические схемы.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tolqinov Muhammad Ali Erkinjon Оgli

Ushbu maqolada elektr energetikasi yo`nalishi talabalarini kasbiy kompetensiyali mutaxassislar qilib, tayyorlashda kasbiy professiogrammaga tayangan holda hamda nazariy elektrotexnika fanini fanlararo bog`liqlikda o`qitish orqali samarali natijalarga erishishga imkon beruvchi metodika tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРЕИМУЩЕСТВА РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ В ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ ЭЛЕКТРОТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКЕ СТУДЕНТОВ ЭЛЕКТРОЭНЕРГЕТИЧЕСКОГО ФАКУЛЬТЕТА

В данной статье рекомендуется методика, позволяющая добиться эффективных результатов за счет превращения студентов электротехнического факультета в профессионалов, обладающих профессиональной компетентностью, опираясь на профессиональную профессиограмму и преподавая предмет теоретической электротехники на междисциплинарной основе.

Текст научной работы на тему «ELEKTR ENERGETIKASI YO`NALISHI TALABALARIGA NAZARIY ELEKTROTEXNIKANI FANLARARO O`QITISHDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRIB O`QITISHNING AFZALLIKLARI»

To lqinov Muhammad Ali Erkinjon og li,

Namangan muhandislik-texnologiya instituti "Energetika" kafedrasi katta cTqituvchisi

ELEKTR ENERGETIKASI YO'NALISHI TALABALARIGA NAZARIY ELEKTROTEXNIKANI FANLARARO OQITISHDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRIB OQITISHNING AFZALLIKLARI

УДК: 378.4.096:621.3 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_4_1

TO LQINOV И.Э-У. ELEKTR ENERGETIKASI YONALISHI TALABALARIGA NAZARIY ELEKTROTEXNIKANI FANLARARO O QITISHDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRIB O QITISHNING AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada elektr energetikasi yo nalishi talabalarini kasbiy kompetensiyali mutaxassislar qilib, tayyorlashda kasbiy professiogrammaga tayangan holda hamda nazariy elektrotexnika fanini fanlararo bog'liqlikda o'qitish orqali samarali natijalarga erishishga imkon beruvchi metodika tavsiya etilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: kasbiy kompetentlik, professiogramma, fanlararo bog'liqlik, nazariy elektrotexnika,psixogramma, sotsiogramma, Elektr energetikasi, elektr qurilmalar, elektr zanjirlar.

ТУЛКИНОВ М.Э-У. ПРЕИМУЩЕСТВА РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ В ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ ЭЛЕКТРОТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКЕ СТУДЕНТОВ ЭЛЕКТРОЭНЕРГЕТИЧЕСКОГО ФАКУЛЬТЕТА

В данной статье рекомендуется методика, позволяющая добиться эффективных результатов за счет превращения студентов электротехнического факультета в профессионалов, обладающих профессиональной компетентностью, опираясь на профессиональную профессиограмму и преподавая предмет теоретической электротехники на междисциплинарной основе.

Ключевые слова и понятия: профессиональная компетентность, профессиограмма, междисциплинарная связь, теоретическая электротехника, психограмма, социограмма, электрическая энергия, электрические устройства, электрические схемы.

TULKINOV M.E-U. ADVANTAGES OF THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCES IN THEORETICAL ELECTROTECHNICS TRAINING OF STUDENTS OF THE ELECTRIC POWER FACULTY

This article recommends a methodology that allows to achieve effective results by turning students of the Faculty of Electrical Engineering into professionals with professional competence, relying on a professional vocational profile and teaching the science of theoretical electrotechnics on an interdisciplinary basis.

Key words and concepts: professional competence, professiogram, interdisciplinary communication, theoretical electrical engineering, psychogram, sociogram, electrical energy, electrical devices, electrical circuits.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

Kirish.

Mamlakatimizda zamon talablari asosida ta'lim jarayonini tashkil etish, jumladan, oliy ta'lim tizimida muhandislik sohasidagi oliy o'quv yurtlarida Elektr energetikasi sohasi bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasida «uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim va o'qitish sifatini baholashning xalqaro standart-larini joriy etish» vazifasi belgilanganligida o'z aksini topadi. Bularni amalga oshirishda bo'lajak mutaxassislar kasbiy kompetentligini shakl-lantirish bo'yicha kasbiy faoliyat ob'ektlariga mos o'quv dasturlarini ishlab chiqish, ularni innovatsion sharoitlarga mos ravishda kasbga tayyorlash metodikalari va didaktik ta'minotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda sanoatning barcha tarmoqlarida shu jumladan, ishlab chiqarish korxonalari uchun oliy ta'limdagi texnik mutaxassislarni tayyorlashda mutaxassislik fanlarini samarali o'rgatishga katta e'tibor qaratilmoqda. Muhandislik sohasi bo'lgan Elektr energetika yo nalishidagi oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha o'quv rejalarida mavjud bo'lgan nazariy ele-ktrotexnika kursini fanlararo bog'liqlik asosida o'qitish ularni kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirish uchun asosiy omil (metod) bo'lib xizmat qiladi.

Energetika sohasida ishlatiladigan qurilma vositalarining ishonchli ishlashi va ulardan foy-dalanuvchilarning xavfsizligini ta'minlovchi elektr mashinalari va agregatlari, elektron va mikroelektron uskunalari, o'lchash asboblari, elektr apparatlari, avtomatlashtirish vositalar-ining juda ko'p sonli turli xil modifikatsiyalarini ishlab chiqarishga keng joriy etilayotganligi esa energetika sohasi bo'yicha kasbiy kompeten-siyali kadarlarga qo'yiladigan talablarni kuchay-tirmoqda.

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonini keskin rivojlanib borishi oliy ta'lim tizimidagi texnika sohasidagi mutaxassis-larga yangi texnologiyalardan ortda qolmagan holda yangi metodlardan foydalanib dars jaray-onlarini tashkil qilish dolzarb muammolardan bo'lib kelmoq. Elektr energetikasi yo'nalishi tala-

balari uchun mutaxassislik fanlari ichida nazariy elektrotexnika fanini fanlararo bog'liqlik asosida o'qitish tizimini, tizimli qo'llanmagan xolda dars jarayonlarini tashkil etib borilayotganligi tufayli o'quvchilarning mavzular yuzasidan aniq tasav-vurlarga ega bo'lishi qiyin kechmoqda. Bunga misol qilib elektr zanjirlarni ulanish usullarini o'rganish mavzusini talabalarga tushuntirishda unda kechadigan hodisalarni, jarayonlarni, ulanishlarni o'ziga xosligini mutaxassislik fanlari tarkibidagi o'xshash mavzular bilan o'zaro bog'liqlik asosida dars jarayonlarini tashkil etilmasligi talabalarni erkin fikrlash qobiliya-tini hamda mutaxassis sifatida kasbiy bilimlarini rivojlanishidagi kamchiliklardan bo'lib qolmo-qda.

Talabalarni soha bo'yicha ilmiy dunyoqar-ashini hamda kasbiy kompetentligini rivo-jlantirishga qaratilgan yangi innovatsion o'quv metodlaridan ham samarali foydalanmayotgan-ligi o'quv jarayoni sifatini ko'tarishda katta mua-mmolar tug'dirmoqda. Shu o'rinda biz yuqorida taklif etayotgan Nazariy elektrotexnikani fanlararo bog'liqlik asosida o'zaro o'xshash mav-zularni "masalan transformatorlarda bo'ladigan hodisalarni induktiv xarakterli zanjirlarda kechadigan hodisa va qonuniyatlarga" taqqoslagan holda dars jarayonlari uchun zamon bilan ham-nafas uning talablariga moslashtirilgan ta'lim jarayoni uchun samarali metodlarni ishlab chi-qish eng dolzarb ishlardan sanaladi.

Tadqiqotning organilganlik darajasi. Ta'lim tizimida fanlalaro bog'liqlik orqali yangi metodlarni tatbiq etish, o'quv jarayoni samarasini yaxshilanishiga, talabalarni soha bo'yicha qiz-iqishlarini oshirishga yordam beradi. Shu o'rinda mamlakatimiz va xorijda ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarda kasbiy kompetensiyani shakllantirish texnologi-yalaridan foydalanib o'qitishni tashkil qilishda fanlararo integratsiyani rivojlantirish va zamonaviy innovatsion metodlardan foydalanish faol usullaridan biri sifatida qaralmoqda.

Ta'limda kompetentli yondashuvning mohi-yati va ushbu yondashuvda asosiy jihatlarning o'zaro aloqasi, hamda uni amalga oshirishn-ing pedagogik shart-sharoitlari, kompetentlikni zamonaviy darajada nazariy va amaliy jihatdan o'rganish va loyihalash, kasbiy kompetentlikni shakllantirish masalalari bo'yicha mamlakatimiz olimlari N.A.Muslimov, S.T.Turg'unov,

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

v.

SH.S.SHaripov, M.M.Vaxobovlar, xorijiy olim-lar A.A.Verbitskiy, I.A.Zimnyaya, Yu.G.Tatur, A.V.Xutorskoy, S.A.Mériot, J.Raven, D.S.Rychenlar tomonidan o'rganilgan hamda oliy va o'rta max-sus ta'lim tizimida o'qitish sifatini takomillashti-rish orqali kasbiy kompetentli shaxslarni tayyor-lash sifati ilmiy jihatdan asoslangan.

Yuqorida keltirilganlarga ko'ra, mamlakatimiz va xorijdagi olimlarining ishlarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga alohida e'tibor ber-ilgani va qator ishlar olib borilgani, ta'lim sifatini har doim isloh qilinishi kerakligini hamda ta'lim tizimiga yangicha yondashuvlarni joriy qilib borilishi kerakligini ko'ramiz.

Ammo, muhandislik sohasida tahsil oluvchi bo'lajak mutaxassislar uchun kasbiy kompeten-siyani shakllantirishda fanlararo bog'liqlik asos-ida o'qitishni takomillashtirish alohida tadqiq etilmagan. O'z o'rnida elektr energetika sohasida tobora rivojlanib borayotgan texnologiya-larga tezkorlik bilan yangilanuvchi talablarni ortib borishi, murakkab texnologik qurilma-larni paydo bo'lib borayotganligi ushbu soha bo'yicha bo'lajak muhandis kadrlarning umum-kasbiy fanlar integratsiyasida kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini atroflicha o'rganilmaganligini ham ko'rsatadi.

Tadqiqot muammosini qoyilishi. Texnika oliy o'quv yurtlari mutaxassisligi bo'yicha tala-balarga an'anaviy o'quv tizimi orqali dars jaray-onini tashkil etib berilayotganligi hamda fanlararo bog'liqlik asosida yangi metodlardan foy-dalangan holda dars jarayonini tashkil etishda metodlar texnologiyasi kamligini hisobga olib. Texnika oliy o'quv yurtlari mutaxassisligi Elektr energetika yo'nalishi talabalari uchun fan-larini o'qitishning an'anaviy metodologiyasi-dan foydalanganda quyidagi "Elektr energe-tikasi ta'lim yo'nalishining fanlarini o'qitish oralig'ida kompetensiyaga qaratilgan ta'limni joriy etilmayotganligi natijasida kasbiy bilim-larini idrok etishning yaxlitligi sezilarli darajada kamayishi, buni natijasida esa talabalarning amaliy va nazariy bilimlarning o'zaro bir biriga bog'liqligini pasaytiradi. Elektr energetika fanlarini o'qitishning optimal hajmini ishlab chiqar-ish bilan kelishilgan holda tanlanmagani natijasida talabalar bilimlarini yangi texnologiyalar bo'yicha yetarli bo'lmasligiga olib keladi. Tala-balarning o'quv faoliyati bilan ishlab chiqar-ish faoliyati o'rtasidagi bog'liqlikni aniq amalga

oshirilmaganliklari natijasida salbiy holatlar kuzatilishini ko'rishimiz mumkin.

Tadqiqot maqsadi. O'quvchilarning kasbiy o'zini-o'zi belgilashini shakllantirish vositasi sifatida nazariy elektrotexnika fanidan ekskursi-yalarni tayyorlash, tashkil etish va o'tkazishning uslubiy tizimini nazariy asoslash va ishlab chi-qish.

Elektr energetikasi yo'nalishi talabalari uchun Nazariy elektrotexnika fanini fanlararo bog'liqlik asosida ilg'or interfaol metodlardan foydalanib, o'quvchilarni soha bo'yicha ilmiy dunyoqarashini hamda kasbiy kompetensiyasini rivojlanishida samarali natijalarga erishish mumkin bo'lgan innovatsion o'quv metodikasini ishlab chiqish-dan iborat.

Tadqiqot vazifalari. Ilmiy ish mavzusidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni amalga oshirish muhim hisoblanadi:

- pedagogik nazariya va amaliyotda talabalarning kasbiy o'zini o'zi belgilashini shakl-lantirish muammosining holatini aniqlash.

- o'quvchi talabalarga mutaxassislik fanlarini fanlararo o'qitish orqali kasbiy kompeten-siyani rivojlantirish bo'yicha bajarilgan ishlarni tahlil etib, o'qitishdagi qiyinchiliklarni aniqlash;

- talabalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini, barcha bosqichlarida kasbiy kom-petentlikni aks ettirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda o'quvchilarning kasbiy o'zini o'zi belgilash vositasi sifatida nazariy elektrotexnika bo'yicha ekskursiyalarni o'tkazishning uslubiy tizimini ishlab chiqish.

Tadqiqot gipotezasini tekshirish uchun peda-gogik eksperiment o'tkazish.

• oliy ta'limdagi texnik mutaxassislarni ele-ktrotexnik jihatdan tayyorlash sifati va intensiv-ligi darajasini oshirish uchun elektrotexnikani fanlararo o'qitish kompleks tizimining mazmuni va texnologiyasini loyihalashning nazariy va uslubiy shartlarini aniqlash;

• umumiy qoidalarni asoslash va elektr energetika yo'nalishi fanlarini integratsiyalash-gan fanlararo kompleksining mazmunini loyiha-lash;

• elektr energetika fanlarining yaxlit fanlararo kompleksi asosida o'qitishning kompe-tensiyaga yo'naltirilgan texnologiyasini ishlab chiqish;

• Elektr energetikasi ta'lim yo'nalishi mutaxassisini kasbiy kompetensiyalarni shakl-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

lantirish bo'yicha professiogrammasini ishlab chiqish;

• elektr energetika fanlarini o'qitish uchun ishlab chiqilgan fanlararo kompleksini sinovdan o'tkazish va amalga oshirish hamda uning sama-radorligini eksperimental ravishda natijasini ani-qlash.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot metodlari asosini ta'limni mazmunli tashkil etish orqali texnika sohasidagi mutaxassislarini kasbga yo naltirilgan o'qitish usullari hamda o'qitish jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiya-laridan foydalangan holda talabalarni kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan tahlillar yotadi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda tadqiqot metodlari o'z ichiga quyidagilarni ham oladi.

- tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy, peda-gogik, psixologik, uslubiy, texnik va maxsus ada-biyotlarni o'rganish va tahlil qilish;

- oliy va o'rta maxsus ta'limi, shu jumla-dan texnika ta'lim muassasalarida o'qitiladigan umumiy texnika, elektrotexnika va maxsus fanlar bo'yicha o'quv dasturlari va o'quv qo'llanmalarini o'rganish;

- fanlarning fanlararo strukturaviy va man-tiqiy aloqalarini tahlil qilish - nazariy elektrotexnika, elektrotexnika o'lchovlari, o'tkinchi jarayonlar, elektr mashinalari;

- yuqorida sanab o'tilgan elektr energe-tikasi fanlarining alohida elementlarini yagona o'quv dasturiga sintez qilish (birlashtirish).

Tadqiqot yangiligi:

elektr energetika hamda NAZARIY ELEKTROTEXNIKA fanini oqitishda kompetent-likning ilmiy metodini faoliyatning uslubiy yo'nalishlari orqali ozlashtirishning dolzarb muammosi qo'yildi va asoslandi, elektr energetika hamda NAZARIY ELEKTROTEXNIKAni fanlar aro bog'lash bilan tashkil etishda uni hal qilish imkoniyati isbotlandi.

kompetentlikning ilmiy usulini o'zlashtirish metodikasini qurish bo'yicha nazariy va uslubiy g'oyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, fanlararo aloqadorlik, bilim va harakatni umum-lashtirish, tajriba va modellashtirish faoliya-tini muvofiqlashtirish, voqelik va tasvirlarni muvofiqlashtirish va farqlash tamoyillarini o'qitishda qo'llash chegaralari kengaytirildi.

Tadqiqot metodi. Elektr energetika hamda NAZARIY ELEKTROTEXNIKA hozirgi shar-oitida kompetentlik ilmiy metodini ishlab chi-qishda turli xildagi o'quv faoliyatining tuzili-shi va mazmuni tartibga solinadi. Ilmiy metodi jarayonlarining o'zaro bog'liq rivojlanishi uchun "elektr energetika hamda NAZARIY ELEKTROTEXNIKA" tushunchalar tizimi (obyekt, hodisa, model, qonun) chegaralangan.

Kompetentlikning ilmiy metodini o'zlashtirish metodikasi (2-3 kurs talabalarida) fanlararo ta'lim faoliyatining uchta shaklida ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan: masalalar yechish; modellashtirish va tajriba; nazariy mazmundagi yuzta masaladan loyihaviy tadbirlar va didaktik materiallarni tashkil etish; o'nta amaliy ish; "elektr energetikani o'rganishda kompetentlikning ilmiy metodi" integral tanlov kursining tuzilishi va mazmunini tashkil etuvchi o'quv tadqiqot loy-ihalari majmuasi.

kompetentlikning ilmiy usulini ishlab chi-qishda joriy nazoratni statistik jihatdan to'liq ta'minlovchi bilim va ko'nikmalarni shakllanti-rishni diagnostika qilish va monitoring qilish metodologiyasi qurildi va qo'llanildi. Natijada, talabalar tomonidan mustaqil ishda quyidagi ko'nikmalarni o'zlashtirishning yangi eksperimental faktlari qo'lga kiritildi: farqlarni aniqla-gan holda elektr energetika hamda NAZARIY ELEKTROTEXNIKA ob'ektlarni (hodisalar) aniqlash va tavsiflash, modellarni qurish va o'rganish, haqiqat va tasvirni ajratish, chegar-alarni aniqlash. qo'llanilishi, xulosalar chiqarish va umumlashtirish.

Asosiy qism.

Hozirgi kunda o'qitish tizimida olib bori-layotgan islohotlarni yanada takomillashtirsh va ularni pedagogik jihatdan ta'lim oluvchiga yetkazishada eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelayotgan kasbiy kompetentlik, yetuk kadrlarni tayyorlash oliy ta'lim tizimidagi eng ustuvor vazifa hisoblanib kelmoqda. Shu o'rinda ko'plab mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, kasbiy tayyorgarlikka ega va har tomonlama bilimli kompetensiyali kadrlarni tayyorlash ijtimoiy, iqtisodiy va ishlab chiqarish taraqqiyotini rivojlanishini belgilab beradi.

Mutaxassislar uchun bugungi kunda talab qilinadigan kasbiy muhim fazilatlar ularni ta'lim muassasalarida tayyorlash jarayonida va o'z-o'zini rivojlantirishga bo'lgan shaxsiy xohish-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

istaklari asosida shakllanadi. O'z navbatida, oliy ta'lim sohasida, ayniqsa, texnik muhandis soha-larida ta'lim olayotgan talabalar o'rtasida nazariy elektrotexnikani mutaxassislik fanlari bilan alo-qadorlikda o'qitish orqali nazariy bilimlarni hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishda ularni bilvosita bilim ko'nikmalarini, kompe-tentlik mahoratlarini oshirish zarur. Ular buning natijasida ishlab chiqarish vazifalarini bajarishda ushbu bilimlardan to'liq foydalanish qobiliyatini orttiradilar. Bunday egallangan bilimlar esa key-ingi soha bo'yicha yangi ma'lumotlarni samarali o'zlashtirishlarida asos bo'lib xizmat qiladi.

Oliy ta'lim tizimdagi texnik mutaxassislar, jumladan, elektr energetikasi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo'yicha vazifalar ro'yxatida quyidagi ustuvor yo'nalishlarni ajratib ko'rsatish mumkin:

- elektr energetika sohasi bo'yicha umu-miy mutaxassislar tayyorlash;

- ishlab chiqarish texnikasi va texnologiya-larini rivojlanish darajasidan ortda qolmaydigan darajadagi mutaxassislar tayyorlash;

- mutaxassislar tayyorlashdagi nazariy materiallarning amaliy ahamiyatini oshirish;

- talabalarda mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini shakllantirish;

- ijodiy faoliyat uchun qobiliyatlarni singdirish va innovatsiyalardan foydalanish.

Ushbu ustuvor vazifalarga muvofiq oliy va o'rta ta'limi, ta'lim muassasalarida oliy ma'lumotli texnik mutaxassislarini tayyorlash maqsadlari tubdan o'zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, pedagogik maqsadni belgilash strategiyasi, ma'lumki, ikkita asosiy talabga aso-slanadi.

• oliy ta'lim tizimi bajarishi kerak bo'lgan jamiyatning ijtimoiy tartibini aniq tushunishga asoslanish;

• tegishli tarmoqlarda ish beruvchilar tomonidan mutaxassislarni tayyorlash darajasiga qo'yiladigan talablarga e'tibor berish.

Oliy ta'lim o'quv rejalarida umumiy , umum-kasbiy va maxsus ta'lim fanlari sikllarning maz-muni va hajmlarining to'g'ri kombinatsiyasi bo'lajak muhandis xodimni nafaqat kasbiy, balki intellektual, axloqiy, kommunikativ jihat-dan korxonadagi hayot va mehnatga, moslash-tirishda boshqarishga tayyorlash imkonini beradi. Muayyan mutaxassislik funktsiyalaridan kelib chiqqan xolda xodimning kasbiy mahorati

nafaqat uning bilimi, ko'nikmasi va ma'lum bir sohadagi faoliyatining yuqori darajasi, balki o'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo'lgan psixologik fazilatlar va qobiliyatlarni o'z ichiga olgan ongning ma'lum bir tizimli tashkil etilishidir.

Muhandis mutaxassislarni tayyorlash muam-mosini hal qilishning muhim sharti - bu o'quv fanlari mazmuni fanlararo bog'liqlik asosida va amaliyot turlari bo'yicha mutaxassisning kela-jakdagi ijtimoiy va ishlab chiqarish faoliyatini har tomonlama ochib berishni o'z ichiga olgan jarayon yondashuvi asosida o'qitish maz-munini shakllantirishdir. Bu masalalar professor Z.D.Jukovskayaning "Universitetda mutaxassislar tayyorlash sifatini nazorat qilishning yaxlit tizimini ishlab chiqish va ishlatishning uslubiy asoslari va texnologiyalari" nomli doktorlik dis-sertatsiyasi hamda ilmiy maktabi ishlarida o'z ifodasini topgan.

Bizning fikrimizcha, kasbiy kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan ta'lim mazmunini loyihalashning eng istiqbolli asoslaridan biri bu umumlashtirilgan analog - professiogramma asosida qurilgan mutaxassis modelidir. Profes-siogramma mutaxassis sifatini uning mehnat (amaliy), psixologik va ijtimoiy faoliyati nuqtai nazaridan hisobga olishni nazarda tutadi. Bu muammoni o'rganishga Tolyatti ilmiy maktabi olimlari katta hissa qo'shgan bo'lib, ular quy-idagilar hisoblanadi Yu.K. Chernova, A.P. Kislyakova, Yu.A. Kustov. Ta'lim mazmunini va uni amalga oshirish texnologiyasini loyiha-lashda maqsadni belgilovchi sifatida kasbga yo'naltirilgan ta'limdan foydalanish g'oyalarini bir qator quyidagi E.I. Garber, E.M. Ivanova, A.K. Markova, N.V. Minaeva, K.K. Platonov, A.I. Fukin va boshqalar olim va pedagoglar tomonidan o'rganilgan bo'lib, ammo ularning ishlarida kasbiy kompetensiyani shakllantirishda fanlararo aloqadorlik prinsipining roli yetarlicha o'rganilmagan.

Professiogrammani tuzishda kasbning barcha xarakterli elementlarini diqqat bilan tahlil qildik. Bunga misol tariqasida mehnat psixologi N.D. Levitovning "Psixotexnika va kasbiy muvofiq-lik" nomli adabiyotidagi ma'lumotlardan foyda-langan holda sanoat kasbi tahlilini o'rganishda qismlarga ajratish prinsipini ko'rib chiqdik:

- kasb tavsifi - ko'rib chiqilayotgan kasbn-ing ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, ushbu kasbn-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

ing tarqalishi to'g'risidagi ma'lumotlar, mehnat bozori to'g'risidagi ma'lumotlar, boshqa kasblar bilan aloqalari, ushbu kasbga kiradigan mutax-assisliklar, korxona va muassasalar to'g'risidagi ma'lumotlar.

- kasbiy ish tavsifi - ishlab chiqarish hola-tlarini sanab o'tish va ulardan asosiy va tayy-orgarlik operatsiyalarini tanlash, ish usullarini sanab o'tish;

- mehnatni tashkil etish to'g'risidagi ma'lumotlar, ular asosida kasbning xususiyati aniqlanadi, jamoaviy yoki individual bo'lishi mumkin, bu shuningdek, agregatlar, transport vositalari, ratsionalizatsiya imkoniyatlaridan foy-dalanish to'g'risidagi ma'lumotlarni ham o'z ich-iga oladi;

- sanitariya sharoitlarining tavsifi -yorug'lik, elektr toki, harorat, namlik va sog'liq uchun zararli omillarning xususiyatlarini hisobga olgan holda smenali ish (kunduzi, kechasi), ish va dam olish davrlarini almashtirish;

- xodimning jismoniy va ruhiy fazilatlari ro'yxatini shakllantirish.

Yuqoridagi tahlillar natijasida umumiy kasbiy tayyorgarlik turini, kadrlar tayyorlash xususiyatlarini, malakasini oshirish va o'zgartirish imkoni-yatlarini, ushbu kasbning istiqbollarini aniqlash mumkin. Funktsiyalar va mehnat sharoitlarini taqqoslash natijasida muhandislik texnologiya, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etish, ele-ktr energetika bilimlarning kasbiy funksiyalar bo'yicha tegishli bilimlar darajasi bo'yicha ish-chilarni tayyorlash uchun xulosalar chiqariladi. Xulosalar xodimning qo'l mehnati sohasida, qurilmalarga xizmat ko'rsatishda, ularni yax-shi holatda saqlashda malaka va ko'nikmalarini, shuningdek, mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan psixologik fazilatlarni hisobga olgan holda, ushbu bilimlarni amaliyotda qo'llash qobiliyati bilan bog'liq hisoblanadi. Bundan tashqari, yuqoridagi tahlilda kasbning tarkibiy qismi alohida ijtimoiy element hisoblanadi.

Biz professiogrammani uch komponentli tuz-ilma sifatida ko'rib chiqdik, u ish dasturi va psix-ogramma bilan bir qatorda, kasbdagi shaxsning tavsifi sifatida sotsiogrammani ham o'z ichiga oladi.

Professiogrammaning uchala komponenti ham kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashn-ing mumkin bo'lgan yo'llarini, individual psixologik fazilatlarni o'rgatish imkoniyatini, malaka

oshirish yo'llarini ko'rsatadi. Uch komponentli professiogrammaning umumlashtirilgan struk-turasi 1-rasmda keltirilgan.

Elektr energetikasi yo nalishidagi muhandis mutaxassislariga qo'yiladigan talablarning eng muhim o'ziga xos xususiyati ularning xavfsi-zligi uchun javobgarligi hisoblanib, dvigatel-lar harakati va boshqa texnik xizmat ko'rsatish uskunalari harakatini aniq tashkil etish, harakat-lanuvchi tarkibni malakali texnik foydalanish va ta'mirlash, elektr qurilmalarni sifatli ta'mirlash va ularga xavfsiz texnik xizmat ko'rsatishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan, masalan, 5310200 mutaxassisligi bo'yicha mutaxassislarni tayyor-lashda. "Elektrotexnikaning nazariy asoslari" va "Elektr qurilmalarini tuzilishi va xavfsiz xizmat ko'rsatish'Va boshqa fanlarida o'quvchilarda nazariy bilim va ko'nikmalar, intizomlilik, tezko-rlik, fikrlashning oqilonaligi, mantiqiy fikrlash, o'zini tutish, noodatiy vaziyatlarda harakat qila olish kabi fazilatlarni shakllantirishga alohida e'tibor beriladi.

Biz yuqorida ko'rib chiqqan uslubiy asoslar elektr energetikasi yo nalishi 5310200 mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun uch komponentli professiogrammani ishlab chi-qish imkonini beradi (1-jadval).

Ushbu ishlanmaning o'ziga xosligi va ilmiy yangiligi shundaki, u birinchi marta elektr energetikasi yo nalishi texnik mutaxassislari uchun kompetentsiyaga asoslangan yondashuvdan foydalangan holda tuzilgan.

Mutaxassisning kompetensiyali modelini amalga oshirish uchun esa tegishli ta'lim va ped-agogik muhitni yaratish kerak bo'ladi. Ta'limda pedagogik muhit deganda hamma bilgan peda-gogik tizim tushuniladi.

Pedagogik muhit ta'limning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, bo'lajak mutaxassislarning shax-siy va kasbiy tayyorgarligini va ularning kasbiy muhim fazilatlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratish jarayoni hisoblanadi. O'z navbatida, o'quv-pedagogik muhit mazmunining asosiy tarkibiy qismlari sifatida quyidagilar ajralib turadi:

• kasbiy rivojlantiruvchi o'quv materiali;

• o'quvchilarning barcha salohiyatini rivojlantirishni ta'minlaydigan intensiv, moslashu-vchan ta'lim tizimlarini joriy etishga hissa qo'shadigan o'quv jarayonini uslubiy jihozlash;

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

г

v.

1-jadval. Uch komponentli professiogrammaning umumlashtirilgan tuzilishi

1. Kasbning maqsadi va o'rganilish jarayoni.

2. Kasbning keng tarqalganligi darajasi.

3. Kasbdagi mehnat predmeti.

4. Professional bilimlarni mehnat aspektlari bilan bog'liqlik holatlari haqida ma'lumot.

5. Kasbiy faoliyatda qo'llaniladigan ko'nikmalar, yangiliklar texnikalar, ishlash usullari

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ISH REJASI (kasblarning 6. Kasbdagi imkoniyatlar.

ish tavsifi) 7. Mehnat sharoitlari.

8. Mehnat faoliyatini tashkil etish va hamkorlik qilish.

9. Mehnat mahsuloti (mehnat natijasi).

10. Kasbiy professionallikga erishishning mumkin bo'lgan darajalari va uni yo'llari.

11. Huquqlar.

12. Mehnat faoliyat majburiyatlari.

ГС 1. Sabablar, maqsadlar, vazifalar kasbiy faoliyatdagi shaxsning ehtiyojlari.

£ Е 2. Hissiyotlar va ruhiy holatlar.

ГС 3. O'z ishdan qoniqish.

от о 4. Mehnat faoliyatida kasb haqidagi psixologik bilimlar.

Чл 1Л ш PSIXOGRAMMA (kasbdagi 5. Kasbiy qobiliyat.

shaxsning tavsifi) 6. Psixologik qarama qarshiliklar.

CL 7. Mutaxassisni kasbiy rivojlanishida psixologik tendensiyalarni o'rni

8. Kasbiy faoliyatni shaxsga ijobiy ta'siri.

9. Kasbning salbiy tomonlari.

10. Kasbiy faoliyatda professional fikrlashning ahamiyatlari.

1. Kasbdagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan sifatlar.

2. Ko'rib chiqilayotgan kasbdagi shaxsning ijtimoiy holati

3. Kasb-hunardagi shaxsning ijtimoiy normalari ( Kasbdagi faoliyat qoidalari, xulq-atvori,

axloqiy normalar me'yorlari, an'analar).

SOTSIOGRAMMA 4. Kasbiy faoliyat (bo'ysunish) qoidalari.

(kasbdagi shaxsiyat tavsifi) 5. Kasbiy madaniyat (kommunikativ sifatli va boshqalar).

6. Professional muhitda moslashish tezligi.

7. Qadriyat yo'nalishlari, munosabatlari, pozitsiyalari (burch tushunchasi, korporativ ruh,

vatanparvarlik).

• ijodiy o'zini o'zi rivojlantirish uchun shar-oit yaratish.

Pedagogik muhitning sanab o'tilgan kompo-nentlari ta'lim jarayonida qo'llaniladigan o'quv texnologiyalari orqali amalga oshiriladi.

Muayyan o'quv fanining o'zlashtirilish sifati ko'p jihatdan uni o'qitishda ishlab chiqilgan va qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish sifati bilan belgilanadi. O'z nav-batida, joriy etilgan ta'lim texnologiyalarining sifati ishonchliligi, samaradorligi va ularni qay darajada qo'llanilayotganligi bilan ham belgila-nadi.

Oliy ta'lim o'quv yurtlaridagi elektr energe-tika yo'nalishi fanlarini o'qitish ikkita o'ziga xos qoidaga qisqartirilishi mumkin bo'lgan xususiya-tlarga ega:

1. Talabalar kasbiy qobiliyat va fanlar aso-slarini yagona o'quv jarayonida va shu bilan

birga o'quv dasturi orqali o'zlashtiradilar.Bu shunday tuziladiki - nazariy elektrotexnika fanini o'rganish nafaqat elektr energetika mutaxassislik fanlari balki fizika, kimyo va matema-tika kurslaridan olgan bilimlariga ham asosla-nadi. Shu nuqtai nazaridan o'quv jarayonini samarali tashkil etishda, fanlararo aloqador-lik tamoyili ustunlik qiladi (turdosh fanlarning o'quv materiallarini o'tishni muvofiqlashtirish, o'rganilayotgan tushunchalarning yagona tal-qinidir). Bu yerda Fizika, kimyo, matematika nafaqat o'rganish uchun asos bo'lib xizmat qiladi balki nazariy elektrotexnika va boshqa mutaxassislik fanlarini o'rganish darajasining oshishiga ham hissa qo'shadi.

O'z navbatida, dars jarayonlarida fanlararo bog'liqlik asosidagi innovatsion metod-larni qo'llagan holda o'rganishlarimiz shuni ko'rsatadiki elektrotexnika fanlari talabalarning

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

nafaqat umum ta'lim fanlari bo'yicha bilimlarini mustahkamlashga balki boshqa mutaxassislik fanlarini o'rganishdagi qonuniyat va hodisalarni amaliyotda qo'llash nuqtai nazaridan chuqur-lashtirishga yordam berishi ham kuzatildi.

2. Elektr energetikasi yo nalishi o'quv fanlari - nazariy elektrotexnika, elektr mashinalari, o'tkinchi jarayonlar, elektr qurilmalarini tuzilishi va ishlatish qoidalari kabi ko'plab fanlar bo'lib, bu fanlar oliy ma'lumotli texnik xodimlarni tayy-orlashda katta ro'l o'ynaydi. Elektr energetika fanlari o'quv laboratoriya honalarida talabalar tomonidan olingan nazariy ma'lumotlar bilan amalda jarayonlarni qanday kechishini ko'rish orqali fanlararo bog'liqlikni o'rnatgan holda amalga oshiriladi.

Bu shuni ko'rsatadiki, mutaxassislik fanlari o'qituvchilari talabalarning fizika, kimyo, matem-atika, shuningdek, boshqa tegishli fanlardan olgan bilimlaridan doimiy ravishda foydalanish zarurati bilan duch kelishadi.

«Elektr tokini hosil qilinishi», «Elektr toki tasirida qurilmalarda vujudga keluvchi jarayonlar» kabi mavzularni o'rganayotganda, «O'zgaruvchan tok qonuniyatlarini» fanlararo aloqadorlikda o'rganish eng dolzarb muammo bo'lib kelmoqda. Elektr energetikasi fanlarini o'rganish orqali talabalarni kasbiy tayyorlashn-ing muhim vazifasi bu - umumiy texnik bilim-larni shakllantirish va ularning tanlagan kasbi bo'yicha dunyoqarashini kengaytirish xisobla-nadi. Shuningdek, o'quvchilarni muayyan kas-bga tayyorlash tizimida elektr energetikasi yo'nalishini o'ziga xos xususiyatlarini nazarda tutish va hisobga olish zarur bo'ladi.

Elektr energetikasi fanlarini o'qitish jarayoni, bizning tushunishimizcha, didaktik tahlil va uslu-biy ob'ektning ajralmas ob'ekti sifatida ishlaydi. Tuzilishi va mazmun jihatdan elektr energetikasi ta'limi uslubiy ko'rsatmalar texnik vositalar ta'siri ostida shakllanadi va mavjud fanlarning o'z tuzilishi esa fundamental va amaliyot o'rtasidagi munosabatlarni qay darajada ekanligini ko'rsatadi. Buning uchun ta'lim tizimidagi elektr energetikasi yo'nalishining har bir predmetlari (nazariy elektrotexnika elektr mashinalari, elektr o'lchovlari, o'tkinchi jarayonlar va boshqalar)ga fanlararo aloqadorlik asosida ta'lim mazmun-ining tarkibiy bo'linmalariga yangicha qarash talab etiladi. Biz bularni amaliy ko'nikmalar va

uni qo'llash bilan chambarchas bog'liq bo'lgan nazariy bilimlar bo'lishi kerak deb o'ylaymiz.

Elektr energetikasi yo'nalishi fanlarini o'qitish bilan bir qatorda zamonaviy ideallashtirilgan elektr qurilmalar, elektr tizimlarining xilma-xilligi va murakkabligi va ularning ishlash rejimlari mod-ellarining murakkabligi ortib bormoqda. Bun-dan tashqari, nazariy elektrotexnikani o'rganish vaqtida talabalarning aksariyati haqiqiy elektr qurilmalari bilan hali tanish emas bo'lganligi va illyustrativ misollardan foydalanmasdan, nazariy hisob-kitoblarni amalga oshirish ular uchun mavhum bo'lib qolishi mumkin. Shu bilan birga, haqiqiy elektr qurilmalarning ishlashini, masalan, sinxron generatorning elektr tarmog'i bilan parallel ishlashini o'rganishda elektrotexnika nazari-yasining ba'zi savollari unutilib, talabalarda tegishli qiyinchilik va tushunmovchiliklar paydo bo'lishiga olib keladi. Shunga o'xshash qiyin-chiliklar mutaxassislik fanlarini va tegishli elektr inshootlari, tizimlari, qurilmalari va boshqalarn-ing ishlashini o'rganishda yuzaga keladi, ularning asosiy qismi elektrotexnikaning nazariy aso-slarini yaxshi bilishni nazarda tutadi.

Biz talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish uchun nazariy elektrotexnikani mutaxassislik fanlararo o'qitishga mo'ljallangan "Nazariy va amaliy elektrotexnika" o'quv kursini ishlab chiqdik.

Biz taklif qilayotgan modelda ta'lim mazmuni ustun rolga ega bo'lganligi sababli, biz birinchi navbatda «Nazariy va amaliy elektrotexnika» integrallashgan fanlararo kompleksining maz-munini aniqladik. Tegishli ta'lim mazmuni uchun o'quv texnologiyasini loyihalash bir vaqtning o'zida o'quv jarayonida pedagogik texnologiya-dan foydalanishning uchta shartini bajarishga imkon beradi. Bular o'z vaqtidalik, optimal-lik, maqsadli yo'naltirish mezonlari hisoblanadi. Biz ishlab chiqqan o'qituvchi va talabalarn-ing maqsadli faol o'zaro ta'sirini nazariy jihatdan fanlararo bog'liqlikda, laboratoriya-amaliy va amaliy-ishlab chiqarish bog'liqliklaridagi mashg'ulotlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi.

Mutaxassislik fanlari bo'yicha loyihalash-tirilgan «Nazariy va amaliy elektrotexnika» integral kursi quyidagi nazariy elektrotexnika, o'tkinchi jarayonlar, elektrotexnik qurilmalarini tuzilishi va ishlatilish qoidalari, elektr mashinalari, elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

va taqsimlash fanlari asosidagi tuzilgan bog'liq mavzular jamlanmasini o'z ichiga oladi. Biz yuqoridagi fanlarni elektronergetikasi yo'nalishi bo'yicha kasbiy kompetentli kadrlar tayyorlashda muhim fanlar hisoblanganligi uchun o'zimiz tak-lif qilayotgan fanlararo bog'liqlikdagi «Nazariy va amaliy elektrotexnika» loyihalashtirilgan inte-grallashgan fanlararo kompleksga kiritdik.

«Nazariy va amaliy elektrotexnika» integratsi-yalashgan kursining mazmunini loyihalashda biz quyidagi maqsadlarga amal qildik:

- elektr qonuniyatlariga bog'liq jarayon-larning yaxlit ko'rinishini shakllantirish va elektr va magnit maydonlarining o'zaro ta'siri nati-jasida yuzaga keladigan hodisalarni turli xil elektr jihozlari, mashinalari va apparatlarining ish-lash tamoyillari asosida ko'rib chiqishga harakat qildik;

- tinglovchilarda nazariya va amaliyot o'rtasidagi aloqalarni o'rnatish qobiliyatini rivo-jlantirish, ya'ni nazariy materialdan mazmunli foydalanish laboratoriya ishlarini, amaliy top-shiriqlarni bajarishda, muammolarni hal qilishda, shu bilan ularning umumkasbiy va maxsus elektr kompetensiyalarini shakllantirishga katta e'tibor qaratdik;

- mutaxassislik fanlarini o'rganishda o'quv materialining takrorlanishi, va parchalanishini istisno qildik;

- talabalarning ijodiy salohiyati, fikrlash ijodkorligini oshirish, ularni kasbiy o'sishiga olib keluvchi omil deb qaradik.

Yuqoridagi talab va maqsadlar asosida ish-lab chiqilib, taklif qilayotgan kursimiz bo'yicha quyidagi yakuniy natijalarga erishiladi - mutaxassislik fanlarini o'zlashtirishda qiynalmaydigan sohasi bo'yicha yaxshi boshlang'ich tayyorgar-likka ega bo'lgan, har xil turdagi elektr mashina-lari, qurilmalari, qurilmalariga xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish muammolarini, shu jumladan nostandart muammolarni hal qilishga tezda moslasha oladigan kasbiy kompetentli mutaxas-sislarni yetishtirib chiqarish.

O'z navbatida biz taklif qilayotgan profes-siogramma hamda o'quv kursi, Elektr energe-tika mutaxassislarini tayyorlovchi o'quv yurtlar-ida muhandislar tayyorlash jarayonida mutax-assislik fanlarini o'rganish uchun eng maqbul o'quv texnologiyalaridan biri sifatida fanlararo bog'liqlik asosida o'qitish texnologiyasi bo'lishi kerak degan xulosaga kelishimizga imkon

beradi. Texnologiyani tanlash uchun yuqorida ko'rsatilgan barcha mezonlarga javob beradi-gan, elektrotexnikaning nazariy qonuniyatlarini chuqur tushunisha olishga imkon beradigan, mutaxassislik fanlarida o'rganiladigan texnik ob'ektlarni ishlash qonuniyatlarini nazariya bilan bog'lagan holda hamda elektr bilimlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv jarayonni tashkil etish samarali xisobla-nadi. Shuningdek biz taklif qilayotgan o'quv kursi orqali o'qitish texnologiyasi an'anaviy o'qitish tizimiga nisbatan nazariy bilimlarni keng qo'llash imkoniyatlarini eng aniq ko'rsatishiga ko'ra kelajakdagi mutaxassisning amaliy faoliya-tida katta ahamiyat kasb etadi. Bularning nati-jasida, mutaxassislar tayyorlash intensivligi va sifatini oshirishga, kelajakda yosh kadrlarni ish joyiga tezroq moslashishga, raqobatbardosh-lik darajasini oshirishga olib kelishiga imkoniyat yaratiladi.

Tajriba ishlar natijalari hamda muhokamalar.

Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko'zlangan maqsad - bo'lajak elektr energeti-kasi sohasidagi mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirish imkonini beruvchi nazariy elektrotexnikani fanlararo bog'liqlik asosidagi o'qitishning metodik tizimidan foy-dalanib sohaviy muammo va masalalarni hal etishda kasbiy kompetentsiyalarni qo'llash malakalarini aniqlash va tavsiya etilayotgan metodikalardan samarali foydalanish darajasini belgilashdan iborat.

1. Pedagogik tajribalar uch bosqichda amalga oshirilib birinchi bosqich 2019-2020 yillarda bo'lajak elektr energetikasi sohasidagi kadrlar kasbiy kompetentligini shakllanganlik darajasi-ning mavjud holatini aniqlashga mo'ljallangan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Sinov ishlarini o'tkazish uchun belgilangan oliy ta'lim muassas-alarida ko'zda tutilgan maqsadga erishish uchun nazariy elektrotexnikani fanlararo bog'liqlik asosida o'qitishga asoslanib, kompetentli yon-dashuvga yo'naltirilgan metodik tizimni ish-lab chiqish zaruriyati o'rganildi, talabalar o'quv faoliyatini pedagogik kuzatish, suhbat, anketa so'rovlari, umumkasbiy fanlar bo'yicha olgan ballarini tahlil qilish, nazorat kabi usullardan foy-dalanildi.

2. Ikkinchi bosqich 2020-2022 yillarda ish-lab chiqilgan va dars jarayonida foydalanish

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

V____

2-jadval. Tajriba-sinov guruhlarida nazariy elektrotexnikani fanlararo bogliqlikda oqitish kursi bo yicha tahlilining

umumiy natijasi

Tajriba guruhi NT = 200 Nazorat guruhi NH = 210

Baho qiymati 5 4 3 2 5 4 3 2

Mos baholar soni 45 85 60 10 9 21 120 50

Baholarning o'rta arifmetik qiymati X*T=3.8 x*N=2.8

Samaradorlik koeffitsienti n=X*T/X*N=1,35

X ning ishonchlilik ehtimoli oralig'i 3.06< X*T<4.0 2.6< X*N <3.0

uchun tavsiya etilgan ko'rsatma, yo'riqnoma va metodik ishlanmalar asosida amaliy metodik faoliyat tashkil etildi. Bunda talabalar faoliyatini mashg'ulotlar jarayonida bevosita kuzatish, suh-bat, anketa so'rovi, test sinovlari, laboratoriya-larda amaliy topshiriqlar bajarish metodlari yor-damida kasbiy kompetentsiyalarni shakllanishiga katta ahamiyat berildi.

Ushbu bosqichda nazariy elektrotexnikani fanlararo bog'liqlikda o'qitish bo'yicha kasbiy kompetentlikni rivojlantiruvchi o'quv-uslubiy materiallar tayyorlandi va metodik tavsiyalar ish-lab chiqildi. Nazariy tadqiqotlar natijasida ani-qlangan ilmiy yechimlar mutaxassislik bo'yicha kompetentsiyalar mazmunini ishlab chiqishda amaliy qo'llanildi, ular asosida tajriba-sinov ish-lari olib borildi.

3. 2022-2023 yillarda uchinchi yakunlovchi nazorat bosqichida tajriba sinov ishlari o'tkazildi. Bu bosqichda tajriba va nazorat guruhlarida ishlab chiqilgan metodik tizimdan foydalanishga oid metodikaning samaradorligi, hamda, bo'lajak elektr energetika sohasi mutaxassislarining kasbiy kompetentsiyalarini shakllanganlik darajasi aniqlandi. Tajriba guruhlarida mashg'ulotlar tadqiqot ishida taklif etilgan metodika va ilmiy tavsiyalar asosida tashkil etildi. Nazorat guruhlarida esa mashg'ulotlar an'anaviy usulda olib borildi. Sinov natijalari quyidagicha tahlil qilindi (2-jadval).

Dissertatsiya ishi doirasida belgilangan tarti-bda o'tkazilgan pedagogik tajribadan olin-gan umumiy natijalar shuni ko'rsatdiki tajriba guruhi talabalarining kasbiy kompetentligi nazorat guruhi talabalarinikiga nisbatan 1,35 barobar yuqori darajada ekanligini ko'rsatdi. Bu esa o'z navbatida elektr energetikasi tala-balariga nazariy elektrotexnikani fanlararo bog'liqlik asosidagi o'qitish metodikasidan foy-

dalangan xolda dars jarayonlarini tashkil etishda o'quvchilarning ko'rsatkichini 35 foizga ortishini ta'minladi.

Yuqoridagi o'rganishlarimizdan ko'rinib tur-ibdiki olingan o'zlashtirish samaradorligi birdan kattaligini (n = 1,35>1) ko'rish mumkin. Bundan ma'lum bo'ladiki, tanlab olingan elektr energetikasi tajriba guruhi talabalarining kasbiy kom-petentlik darajasi nazorat guruhi talabalarining kasbiy kompetentlik darajasidan yuqori ekan. Bundan quyidagicha xulosaga kelishimiz mum-kin bo'ladi. Tajriba guruhlaridagi talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda nazariy elektrotexnikani fanlararo bog'lik asosida o'qitishga mo'ljallangan o'quv kursida innovat-sion metodikalardan foydalanish yaxshi natija berishi tajriba-sinov ishlari natijalari orqali o'z isbotini topdi.

Xulosa.

Nazariy elektrotexnikani fanlararo bo'g'liqlik asosida o'qitish bo'yicha "Nazariy va amaliy ele-kterotexnika" o'quv kursi hamda texnik yo'nalish talabalari uchun Muhandislik faoliyatida elektro-texnika va elektronika nomli o'quv qo'llanma ishlab chiqildi.

Nafaqat Elektr energetikasi yo'nalishi balki boshqa texnik soha talabalari uchun ham biz taklif qilayotgan fanlararo bog'liqlikdagi o'quv kursidan foydalangan xolda dars jarayonlarini tashkil etish, hamda ularni zamonaviy metodika-lar bilan boyitish va mutaxassislik fanlarini ish-lab chiqarish bilan bevosita taqqoslagan xolda o'qitish, bo'lajak mutaxassislarni har tomonlama yetuk teran fikrlaydigan, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila qiladigan bir so'z bilan aytganda kasbiy kompetensiyali kadrlarni tarbiy-alashdagi o'quv o'rganish jarayonini samarador-ligini oshirishga olib kelishi aniqlandi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

с ОЛИЙ ТАЪЛИМ / ВЫСШЕЕ ОБРАЗОВАНИЕ "Ч 13 и

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Лядова О.В. Формирование профессиональной самостоятельности. // Специалист. - 2002. , №1. - С. 18

2. Безрукова B.C. Педагогика. Проективная педагогика. — Екатеринбург: Деловая книга, 1996. - 344с.

3. Берулава М.Н. Теоретические основы интеграции образования. - М.: «Совершенство», 1998. - 175 с.

4. Horstemeyer M.F.. Multiscale Modelling: A Review. - в книге Practical Aspects of Computational Chemistry: Methods, Concepts and Applications редактор(ы): Jerzy Leszczynski,Manoj Shukla. - Springer, 2009, стр. 87-137

5. A.Gorban, N.K.Kazantzis, I.G.Kevrekidis, H.C.Ottinger, C.Theodoropoulos. Model Reduction and Coarse-Graining Approaches for Multiscale Phenomena. - Springer 2007, 561 c.

6. P. Lethbridge. Multiphasics Analysis. - The Industrial Physicist, № 4, 2004. с. 26-29 [6] Компьютерный инжиниринг : учеб. пособие / А. И. Боровков [и др.]. — СПб. : Изд-во Политехн. ун-та, 2012. — 93 с.

7. Современное инженерное образование: учеб. пособие / А. И. Боровков [и др.]. — СПб.: Изд-во Политехн. ун-та, 2012. — 80 с.

8. B.Jenkins. Создание возможностей для компьютерного моделирования физических процессов и инженерного анализа. - CAD/CAM/CAE Observer #2 (54) / 2010 ч. 2. с. 40-45.

9. Сильвестер П., Феррари Р. Метод конечных элементов для радиоинженеров и инженеров-электриков. - М. Мир 1986, 228 с.

10. H.T.Omonov, N.X.Xojayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov. "Pedogogik texnologiyalar va pedogogik mahorat". - T.: Iqtisod-moliya 2009 y.

11. Z.D.Rasulova. "Texnologiya fanini o qitishda innovatsion pedogogik texnologiyalar" O'quv - metodik majmua. 2020 y.

12. S.Zaynobiddinov, M.Tulkinov, B.Kuchqarov. (2022). "Development of effective methods of teaching theoretical electrotechnics". Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(10), 431-437.

13. Kuchkarov B., Mamatkarimov O., Abdulkhayev A. (2020). ICECAE IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 614 012027 "Influence of the ultrasonic irradiation on characteristic of the structures metal-glass-semiconductor", Paper ID 116.

14. Qo'chqarov B.X., Nishonov A., Qo'chqarov X.O. (2020). Scientific bulletin of Namangan State University, "The effect of tunneling gurrent on the spedd surface generation of charge garries", 1(7), 3-6.

15. Vlasov, S.I, Nazirov, D.N, Kuchkarov B.K., Bobokhujayev, K.U., (2014). Influence of all-round compression on formation of the mobile charg in Iead-borosilicate qlass structure. "Uzbekiston Fizika Jurnali", 3(16), 231-233.

16. Kuchkarov, B. K., Mamatkarimov, O.O., (2019). Influence of ultrasonic action on the rate of charge formation of the inversion layer in metal-glass-semiconductor structures. "Vestnik KRAUNC. Fiziko-Matematicheskie Nauki", 4(29), 125-134.

17. Vlasov S.I., Ovsyannikov A.V., Ismailov B.K., Kuchkarov B.H. (2012). Effect of pressure on the properties of Al-SiO2-n-Si<Ni> structures. "Semiconductor Physics Quantum Electronics & Optoelectronics", 2(15), 166-169.

18. Behzod Khoshimjonovich Kuchkarov, Odiljon Ohundedaevich Mamatkarimov. (2019). Influence of ultrasonic action on the rate of charge formation of the inversion layer in metal-glass-semiconductor structures. "Vestnik KRAUNC. Fiziko-Matematicheskie Nauki", 29(4), 125-134.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.