Научная статья на тему 'KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA PROFESSIONAL TA’LIMDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING NAZARIY ASOSLARI'

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA PROFESSIONAL TA’LIMDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
82
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiyaviy yondashuv / professional ta’lim / mutaxassislar / nazariya / virtual laboratoriyalar / kasbiy faoliyat. / компетентностный подход / профессиональное образование / специалисты / теория / виртуальные лаборатории / профессиональная деятельность

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yusupov Nodir Baxriddinovich

Ushbu ilmiy maqolada professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy holati va muammolari, professional ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda virtual laboratoriyalarning o‘rni va roli hamda professional ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni, tuzilmasini ishlab chiqish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ НА ОСНОВЕ КОМПЕТЕНТНОГО ПОДХОДА

В данной научной статье рассмотрены современное состояние и проблемы подготовки будущих специалистов в профессиональных образовательных учреждениях, роль и роль виртуальных лабораторий в подготовке специалистов к профессиональной деятельности на основе компетентностного подхода в профессиональном образовании, а также содержание подготовки специалистов к профессиональной деятельности. на основе компетентностного подхода в профессиональном образовании задумались о разработке структуры

Текст научной работы на тему «KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA PROFESSIONAL TA’LIMDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING NAZARIY ASOSLARI»

V__

Yusupov Nodir Baxriddinovich,

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta'lim boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mustaqil tadqiqotchisi

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA PROFESSIONAL TALIMDA BO LAJAK MUTAXASSISLARNIKASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING NAZARIY ASOSLARI

UDK: 37.013.3 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_4_2

YUSUPOV N.B. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA PROFESSIONAL TALIMDA BOLAJAK MUTAXASSISLARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu ilmiy maqolada professional ta'lim muassasalarida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy holati va muammolari, professional ta'limda kompetensiyaviy yondashuv asosida mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda virtual laboratoriyalarning o'rni va roli hamda professional ta'limda kompetensiyaviy yondashuv asosida mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni, tuzilmasini ishlab chiqish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiyaviy yondashuv, professional ta'lim, mutaxassislar, nazariya, virtual laboratoriyalar, kasbiy faoliyat.

ЮСУПОВ.Н.Б. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ НА ОСНОВЕ КОМПЕТЕНТНОГО ПОДХОДА

В данной научной статье рассмотрены современное состояние и проблемы подготовки будущих специалистов в профессиональных образовательных учреждениях, роль и роль виртуальных лабораторий в подготовке специалистов к профессиональной деятельности на основе компетентностного подхода в профессиональном образовании, а также содержание подготовки специалистов к профессиональной деятельности. на основе компетентностного подхода в профессиональном образовании задумались о разработке структуры.

Ключевые слова: компетентностный подход, профессиональное образование, специалисты, теория, виртуальные лаборатории, профессиональная деятельность.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

v.

YUSUPOV N.B. THEORETICAL BASIS OF PREPARING FUTURE SPECIALISTS FOR PROFESSIONAL ACTIVITY IN PROFESSIONAL EDUCATION ON THE BASIS OF A COMPETENT APPROACH

In this scientific article, the modern state and problems of training future specialists in professional educational institutions, the role and role of virtual laboratories in preparing specialists for professional activity based on the competency approach in professional education, and the content of preparing specialists for professional activity based on the competency approach in professional education, thought about the development of the structure.

Key words: competency approach, professional education, experts, theory, virtual laboratories, professional activity.

Kirish. Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi professional ta'lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishni ta'minlashga qaratilgan islohotlar natijasida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, o'quvchilar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tadqiqotning dolzarbligi. Xalqaro tajribaga ko'ra pedagoglarning kasbiy kompetentligi, jumladan, ta'lim jarayonini, amalga oshirishning eng maqbul metodlarini (multi-level interactive education), samarali modellarini ishlab chiqish, innovatsion ta'lim muhitini tashkil etish va amalga oshirishning metodik ta'minotini takomillashtirishga alohida ehtiyoj tug'ilmoqda. Mazkur jihat professional ta'limda o'rta bo'g'in mutaxasislarini kasbiy kompetentligini rivojlantirishni taqozo etadi. Ta'lim jarayonini tashkil etishda ta'lim shakllari va metodlarini modernizatsiyalash, kasbiy kompetentlikni shakllantirish usullarini, ilmiy asoslarini ishlab chiqish, shuningdek, professional ta'limda o'rta bo'g'in mutaxasislarini kasbiy kompetentligini shakllantirishning zamonaviy metodik tiz-imini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning pedagogik sharoitlarini belgilash, o'quv materiallarini mazmunan takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda1. Mazkur zaruriyatdan kelib chiqib, kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyalari joriy etish, kasbiy fanlarni o'qitish metodikasi va didaktik vositalarini ishlab chiqish talab etiladi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-2909-sonli qarori. - www.lex.uz

Tаdqiqоtning mаqsаdi kompetensiyaviy yondashuv asosida professional ta'limda o'rta bo'g'in mutaxasislarini tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.

Tаdqiqоtning vаzifаlаri:

professional ta'lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini aniqlash orqali uning didaktik taminotini takomillashtirish;

professional ta'lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida hamda interfaol o'qitish metodlarini qo'llash orqali bo'lajak mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning tuzilmaviy metodik modelini ishlab chiqish;

professional ta'limda bo'lajak mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qiluvchi elektron ta'lim resurslari hamda o'quv-uslubiy ta'minotini yaratish va amaliyotga joriy etish;

kompetensiyaviy yondashuv asosida professional ta'limda bo'lajak mutaxasislarni tayyorlash modelini takomillashtirish va amaliyotda qo'llash orqali samaradorligini tajriba-sinov jarayonida aniqlash

Tаdqiqоtning ob'yekti: kompetensiyaviy yondashuv asosida professional ta'limda o'rta bo'g'in mutaxasislarini tayyorlash metodikasini takomillashtirish jarayoni.

Tаdqiqоtning рrеdmеti: Kompetensiyaviy yondashuv asosida professional ta'limda o'rta bo'g'in mutaxasislarini tayyorlash metodikasini takomillashtirish mazmuni, shakllari, metodlari va vositalari.

Maqola mavzusi bo'yicha ilmiy adabiyot-larning tahlili. Kasb ta'limining shakllanish va rivojlanish jarayoni qonuniyatlari va tendensiyalari, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash muammolari R.X.Djurayev, А.R.Xodjaboyev, Z.K.Ismoilova, NAMuslimov,

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

U.I.Inoyatov, QJ^limov, О'.Q.Tоliроv, Sh.S.Sharipov, M.B.Urazova, E.F.Zeyer, I.Y.Lerner, О.А.Аbdulinа, Y.K.Babanskiy, ^.Belkin, G.N.Jukov, I.S.Yakimanskiy, А.А.Vеrbitskiy, V.P.Bespalko, А.^оуепко, V.А.Slаstyоnin va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.

Kasb-hunar kollejlarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni samarali o'qitish va ishlab chiqarish ta'limini takomillashtirish muammolari bo'yicha О.А.Аbduqudusov, Q.M.Аbdullayеva, S.Y.Аshurova, N.N.Karimova va boshqalar ilmiy izlanishlar olib borganlar.

Kasb-hunar ta'limida "Kompetensiya", "Kompetentlik" va "Tayanch kompetensiya" kabi tushunchalarning mazmun va mohiyatini o'rganish va tadqiq qilish, shakllantirish, rivojlantirish va tashxislash masalalarida respublikamiz olimlaridan NAMuslimov, Sh.S.Sharipov, О.А.Qo'ysinov, N.N.Karimova, Y.R.Najmiddinova, J.R.Turmatov, R.X.Fayzullayev, K.T.Umataliyevalar, MDH va xorijiy mamlakatlardan V.I.Baydenko, А.А.Verbitskiy, N.А.Grishina, E.F.Zeyer, IAZimnyaya, О.N.Yarigin, N.V.Kuzmina, А.I.Kuleshova, AK.Markova, N.V.Skachkova, А.V.Хutorskiy, C.R.Berger, W.Grabe, J.Harmer va boshqalar tadqiqotlar o'tkazganlar.

Professional ta'limda bo'lajak mutaxasislarni kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish muammolari bo'yicha T.V.Gorbunova, TV^zerova, D.V.Sannikov, P.S.Samorodskiy, VATereshkov va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.

ОПЬ borilgan izlanishlar va tahlillar natijasida professional ta'limda o'rta bo'g'in mutaxasislarini kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish muammolari bo'yicha ko'plab izlanishlar olib borilgan bo'lsada, kompetensiyaviy yondashuv asosida ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash masalalari yetarlicha ochib berilmaganligi ushbu tadqiqot mavzusini dolzarbligini belgilaydi.

О'zbekistonda professional ta'lim tiz-imi taraqqiyotining yangi bosqichiga -informatsion bosqichga o'tayotgan jamiyat yehtiyojlariga muvofiqlashtirilmoqda. О'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tiz-imini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy yehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom yettirish" va "ilmiy-tadqiqot va innovatsiya

faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy yetishning samarali mexanizmlarini yaratish" ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

Professional ta'lim muassasalarining 5.63.01.01 - Veterinariya meditsinasi ta'lim yo'nalishinida tahsil oluvchi bo'lajak veterinarlarga ta'lim berishda virtual ta'lim texnologiyalarini keng ko'lamda tatbiq yetish bugungi kunning global tendensiyalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, professional ta'lim muassasalarini veterinariya ta'limida virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda o'quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu muammolarning yechimi har bir o'quvchining individual ta'lim olishini ta'minlash va keyingi kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan o'quv resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat.

О'quv jarayoniga virtual ta'lim texnologiyalarini joriy yetishni takomillashtirish uchun dastlab yelektron ta'limni joriy yetishga oid tadqiqotchilarning ilmiy-uslubiy adabiyotlarini tahlil qilish va ular ko'rsatib o'tgan pedagogik va psixologik muammolari hamda yechimlarini o'rganish lozim deb topib, bunda quyidagi turkum muammolar borligi aniqlandi:

- yaratiladigan dasturiy vositalarga pedagogik va psixologik jihatdan yondashilmayotganligi;

- professor-o'qituvchilarda kompyuter savodxonligining yetarli darajada yemasligi;

- zamon talabiga moslashtirilgan yelektron o'quv-metodik majmualarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi;

- professor-o'qituvchilarda pedagogik dasturiy vositalarni qo'llash tajribasining yetishmasligi;

- masofaviy ta'limdan foydalanish uchun zamonaviy dasturiy vositalar hamda ularni qo'llashga oid ilmiy ishlanmalarning yetishmasligi;

- yagona metodologik o'qitish talablari va tizimining mavjud yemasligi;

- kompyuterning pedagogik dasturiy vositalarini o'quv jarayoniga qo'llash metodikasining to'liq ilmiy asoslanmaganligi.

Yuqorida keltirib o'tilgan muammolarning yechimi bir qator o'ziga xos talab va sharoitlarga bog'liq. Ya'ni virtual ta'lim texnologiyalarini yaratishning didaktik, psixologik va psixofiziologik talab hamda tamoyillariga tayangan holda

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

1-rasm. Vеtеrinаriyа mikrоbiоlоgiyаsi fаnidаn virtuаl tа'lim tехnоlоgiyаlаrining tаshkiliy vоsitаlаri1.

«с

■S й»

я | 7 * 1 «

I U

> %

Virtual ma'ruzalar

Virtual lab oratoriyalar

Virtual ko'reazmali qurollar

Qisqa virtual lavhalar

Virtual izohli lug'atlar

Virtual stencilar

«II til

quyidagi virtual ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish lozim (1-rasmga qarang).

Ushbu 1-rasmda ko'rsatilgan virtual ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirishda ishchi jamoa turli xil mutaxassislardan tashkil topishi, ya'ni, biologiya, pedagogika va psixologiya fani professor-o'qituvchilari dasturchi hamda dizayner bo'lishi talab yetiladi. Mazkur jamoa yordamida Veterinariya mikrobiologiyasi fanidan o'quvchilar uchun pedagogik va psixologik jihatdan to'liq javob beruvchi virtual ta'lim texnologiyalarini yaratish imkoniyati tug'iladi.

Bizning fikrimizcha, "Veterinariya

mikrobiologiyasi" fanidan zamon talablariga mos virtual ta'lim texnologiyalarini yaratish quyidagi tartibda amalga oshirilishi lozim:

1. Virtual ta'lim texnologiyalari yaratiladigan mavzularni aniqlash;

2. Zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarini tanlash;

3. Virtual ta'limning maqsadi va mavzusiga loyiq qamrovini tanlash;

4. Virtual ta'limning ssenariysi va tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish;

6. О'quv materialini tanlash;

7. О'quv materiallarining tuzilmasini ishlab chiqish;

8. Multimedia komponentini ishlab chiqish;

9. Аprobatsiyadan o'tkazish;

10. Hujjatlashtirish (inetellektual mulk agentligidan rasmiy ro'yxatdan o'tkazish, mualliflik huquqini belgilash).

Ushbu bosqich asosida o'quv ma'lumotni tayyorlanishi, qabul qilishi va taqdim yetish uchun zamonaviy o'quv ilmiy kurslariga yo'nalishni namoyon qiladi.

1 Djo'rayev R.X. Ta'limda interfaol texnologiyalar. -Toshkent: 2010.

Biologiya turkumiga kiruvchi fanlarni, jumladan "Veterinariya mikrobiologiyasi" fanini professional ta'lim muassasalarida "5.63.01.01 - Veterinariya meditsinasi" ta'lim yo'nalishi o'quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalanish usullarini yanada takomillashtirish lozim. Аут paytda, "Veterinariya mikrobiologiyasi" fanini o'qitishda virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning ikki xil usuli mavjud (2-rasmga qarang).

Аgar biz Internet tarmog'iga mo'ljallangan ochiq ta'lim muhitida masofaviy virtual ta'lim texnologiyalarini ta'lim tizimiga joriy yetsak, unda keng qamrovli imkoniyatlarga yega bo'lamiz (tarmoqqa joylashtirilgan virtual ta'lim texnologiyalarini istalgan vaqtda va joyda yuklab olib yoki masofaviy foydalanish).

"Veterinariya mikrobiologiyasi" fanidan didaktik namuna sifatida xizmat qiladigan, masofaviy virtual ta'lim texnologiyalarini qo'llash uchun yagona tayanch tizimi joriy yetilmagan. "Veterinariya mikrobiologiyasi" ta'limi sohasini isloh qilishning asosiy bosqichlaridan biri, bu zamonaviy virtual ta'lim texnologiyalarini keng joriy yetish orqali amalga oshirish mumkin. Bunda quyidagi asosiy vazifalar bajariladi (1-jadvalga qarang).

Umuman olganda professional ta'lim muassasalarida "5.63.01.01 - Veterinariya meditsinasi" yo'nalishi o'quvchilariga o'qitiladigan Veterinariya mikrobiologiyasi fanini Internet tarmog'i orqali masofaviy o'qitish imkoniyatlarini tahlil qilish natijasida quyidagi afzalliklarni ajratib ko'rsatish mumkin:

• moslashuvchanlik, qulay vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati;

• tartibga solinmagan vaqt davri;

• modullik va o'zgaruvchanlik. Mustaqil o'quv kurslari (modullar)dan individual yoki guruh

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

2-rasm. "Veterinariya mikrobiologiyasi" fanini o'qitish samaradorligini oshirishda virtual ta'lim texnologïyalarïdan

foydalanish usullari1.

yehtiyojlariga javob beradigan o'quv rejasini tuzish qobiliyati;

• parallel. Kasbiy faoliyat bilan parallel ravishda, ya'ni ishdan ajralmagan holda, ularning ta'lim darajasini doimiy ravishda oshirish imkoniyati;

• keng qamrov. О'quvсhilarning bir vaqtning o'zida ko'plab ma'lumotlarga (yelektron kutubxonalar, ma'lumotlar bazalari va boshqalar) murojaat qilishi;

• tarmoq orqali bir-birlari va professor-o'qituvchilar bilan aloqa qilishi;

• global auditoriyaning potensial kengayishi;

• rentabellik. О'quv va texnik vositalaridan unumli foydalanish, yaxlit taqdim yetish, unga kirish imkoniyatini oshirish va mutaxassislarni tayyorlashda xarajatlarini kamaytiradi;

• ishlab chiqarish qobiliyati. О'quv jarayoniga insoniyatning global postindustrial axborot makonida olg'a siljishga hissa qo'shadigan ilg'or pedagogik va ilmiy-texnikaviy yutuqlardan, zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

• kompyuter uskunalari va operatsion tizimlar bilan muvofiqlik muammolari yo'qligi;

1 Begimqulov U.SH. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti.: Ped. fan. dokt. diss. avtorefarati.

• ijtimoiy tenglik. О'quvchining yashash joyidan, sog'lig'idan va moddiy xavfsizligidan qat'i nazar teng imkoniyatlarga yega bo'lishi;

• tarkibni yangilash qulayligi va eski materialni arxivlash imkoniyati;

• o'qitishdagi mustaqillikni rag'batlantirish, tanqidiy fikrlash qobiliyati, o'quv intizomi, o'zini-o'zi tarbiyalash va mas'uliyatliligi hamda maqsadga yerishishda qat'iyligi;

• masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda tinglovchilar qat'iyatlilik, mas'uliyat, konstruktiv qarorlar qabul qilish qobiliyati, shuningdek, aql-zakovat kabi fazilatlarni rivojlantiradi va mustahkamlaydi2.

Yuqorida qayd etilgan afzalliklariga qaramay, uning ham bir qancha kamchiliklari mavjud:

- elektron aloqa va o'qitish vositalariga ishonchning yo'qligi;

- o'quvchilar professor-o'qituvchi bilan jonli muloqot qilish imkoniyatga yega yemasligi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- mashg'ulotning muvafaqqiyati qisman kompyuterni boshqarish, Internetda ishlash va texnik qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi;

2 Аbdukodirov А.А., Pardayev А.Х. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. - T.: Fan, 2009.-145 b

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

г

v.

1-jadval. Virtual ta'lim texnologiyasining vazifalari va imkoniyatlari1

Vazifasi Imkoniyati

Perseptiv - mnemonik О'quvchilarning "Veterinariya mikrobiologiyasi" faniga oid tushunchalarini oshiradi.

Didaktik О'quvchilarning "Veterinariya mikrobiologiyasi" faniga oid yangi bilim olishlari uchun kognitiv jarayonini rivojlantiradi.

Rivojlantiruvchi О'quvchilarning "Veterinariya mikrobiologiyasi" faniga oid tushuncha va ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Maqsadlantiruvchi О'quvchilarning "Veterinariya mikrobiologiyasi" faniga oid qiziquvchanligini oshiradi va qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

Evristik O'quvchilarda "Veterinariya mikrobiologiyasi" faniga oid aqliy qiyinchilik vaziyatini yaratadi.

Illyustrativ (ko'rgazmali) О'quvchilarning "Veterinariya mikrobiologiyasi" faniga oid bilimlarini qulay va tez qabul qilishni ta'minlaydi.

Tarbiyalovchi О'quvchilarda mikrobilogiyaga oid yaratuvchanlik va qiziquvchanlikni oshiradi.

- haqiqiy (virtual yemas) laboratoriya ishlarini bajarish paytida olinadigan bir qator amaliy ko'nikmalarning yo'qligi;

- ba'zi hollarda Internetda ishlash jarayonida kelib chiqadigan muammolarning mavjudligi;

- o'quv jarayonida fikrlar xilma-xilligining kamligi;

- o'quv qo'llanmalarga bo'lgan uslubiy talablar, porfessor-o'qituvchilar yo'qligida o'quv jarayonini boshqarish funksiyalarini to'liq o'z zimmasiga oladigan, o'rganilayotgan materialni yaxlit ifodalash uchun mualliflar imkoniyatlarining cheklanganligi.

Biz tadqiqot dishi davomida bo'lajak veterinarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda Veterinariya mikrobiologiyasi fanini virtual ta'lim texnologiyalari asosida tashkil yetish tuzilmasini ishlab chiqdik (3-rasm). Virtual ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak veterinarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirish uchun yuqorida e'tirof etilgan talablar va tamoyillarga tayanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, professional ta'lim muassasalarida bo'lajak veterinarlarga virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalanib «veterinariya mikrobiologiyasi fanini o'qitish orqali o'quvchilarni kasbiy faorliyatga tayyorlash jarayonida:

1. Professional ta'lim muassasalarida veterinariya mikrobiologiyasi fanini virtual ta'lim texnologiyalari yordamida o'qitish samaradorligini oshirish uchun tadqiqotlar doirasida taklif etilayotgan o'qitish tamoyillari, algoritmlari va bosqichlaridan foydalanish, o'quvchilarning dars

1 Begimqulov U.SH. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti.: Ped.fan.dokt. diss. avtoref. - T.: 2007. - 37 b.

mashg'ulotlarini va mustaqil ta'limini samarali tashkil etishni ta'minlaydi.

2. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasini virtual ta'lim texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib takomillashtirish uchun metodik ta'minotni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratish zarur. Shu bois, maxsus fanlar turkumiga kiruvchi "veterinariya mikrobiologiyasi" fanida virtual ta'lim platformasi yaratilib, unga virtual video ma'ruzalar, virtul izohli lug'atlar, virtual laboratoriyalar, virtual ko'rgazmali qurollar, virtual stendlar, standart va nostandart testlar, joylashtirildi hamda ulardan bo'lajak veterinarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun maxsus fanlarni o'qitish jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqildi.

3. Maxsus fanlardan nazariya, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarni o'quvchilarda ushbu fanlarga motivatsiyasi uyg'onadigan hamda divergent, fazoviy va texnik fikrlashi rivojlanadigan tarzda tashkil etishda kompyuterning pedagogik tashxislovchi dasturiy vositalari, virtual ta'lim va o'qitish texnologiyalarini integratsiyalash asosiy rol o'ynashi aniqlandi.

4. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan "veterinariya mikrobiologiyasi" maxsus fani bo'yicha virtual laboratoriyalardan o'quvchilarga o'quv jarayonida foydalanish tavsiya etiladi. Bunda o'quvchilar istalgan vaqtda va joyda laboratoriya topshiriqlarini virtual shaklda bir necha marotaba bajarish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

5. О'quvchilarning maxsus fanlardan mustaqil ta'limi jarayonida tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan virtual ta'lim platformasidan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur platforma yordamida o'quvchilar maxsus fanlarga oid virtual ta'lim texnologiyalaridan mustaqil foydalanishi hamda o'zini-o'zi onlayn shaklda baholab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)

6. O'quvchilarning maxsus fanlarga bo'lgan qiziqishini va texnik fikrlashini yanada oshirishni ta'minlash uchun ushbu fanni mustaqil ta'lim vazifalariga virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalanishga oid topshiriqlarni kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda o'quvchilarni mustaqil izlanishga yo'naltirish imkoniyati paydo bo'ladi.

7. Maxsus fanlarni o'qitish jarayonida foydalanish uchun kiritilgan virtual ta'lim texnologiyalari tajriba-sinov yordamida o'z samarasini berganligi isbotlandi. Shu bois, ushbu virtual ta'lim texnologiyalaridan professional ta'lim muassasalarida keng ko'lamda foydalanish mum-kin.

Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va tahlil qilingan nazariy va ilmiy-metodik adabiyotlar, professional ta'lim muassasalarida olib borilgan

tajriba-sinov ishlaridagi natijalarga tayanib, quyidagi tavsiyalar berildi:

1) Maxsus fanlarni o'zlashtirishda ham zamonaviy elektron ta'limdan, ham zamonaviy pedagogik texnologiyalardan uyg'unlashgan holda foydalanishni keng ko'lamda tatbiq etish zarur.

2) Professional ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun virtual ta'lim 3D texnologiyalarni qo'llash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadga muvofiq.

3) Maxsus fanlarni - texnika va texnologiyalarining asosi bo'lgan fan sifatida o'quvchilarni divergent, fazoviy va texnik fikrlashga, undovchi elektron dasturiy vositalaridan unumli foydalanish va bu jarayonni tadbiq etishni kuchaytirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli qarori. - https://lex.uz/ docs/-3171590

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-sonli qarori. - https://lex.uz/ docs/-3286194

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. - https://lex.uz/ru/docs/-3107036

4. Abdukodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. -T.: Fan, 2009.-145 b

5. Aksyonova Y.I. Metodika sozdaniya i primeneniya dinamicheskix slad - leksiy pri obuchenii fizike v vuze.: Diss. ... kand. ped. nauk. - M., 2005, -187 s.

6. Amirov S.F., Yokubov M.S., Jabborov N.G. Elektrotexnikaning nazariy asoslari. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma. - Toshkent: O'zbekiston, 2017 y.

7. Apatova N.V. Vliyaniye informatsionnix texnologiy na soderjaniye i metodi obucheniya v sredney shkole. Avtoref. diss. d-ra ped. nauk. M., 1994. - 37 s.)

8. Atabekov G.I. Teoreticheskiye osnovi elektrotexniki. Lineyniye elektricheskiye sepi: Uchebnoye posobiye.-SPb.; M.; Krasnodar: Lan, 2010.- 592 s.

9. Atanasyan S.L., Grigoryev S.G., Grinshkun V.V. Teoreticheskiye osnovi formirovaniya informatsionnoy obrazovatelnoy sredi pedagogicheskogo vuza // Informatsionnaya obrazovatelnaya sreda. Teoriya i prak-tika: Byulleten Sentra informatiki i informatsionnix texnologiy v obrazovanii ISMO RAO. Vip. 2. - M.: ISMO RAO, 2007.

10. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti.: Ped.fan.dokt. diss. avtoref. - T.: 2007. - 37 b

3AM0HABMM TAMMM / COBPEMEHHOE OEPA3OBAHME 2023, 4 (125)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.