Science
through time and space
Жамият ва инновациялар -
Общество и инновации -
Society and innovations
Journal home page:
https: //inscience.uz/index.php/socinov/index
Theoretical bases of professional development of future
pedagogical personnel
Rakhmatilla JURAEV!
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
20 February 2021
Accepted 15 March 2021
Available online
5 April 2021
Keywords:
education,
economics,
future pedagogue,
professionalism,
professional competence,
national model,
mentality,
pedagogical technologies,
efficiency, mobility,
flexibility.
ABSTRACT
This paper discusses issues related to the study of the
complex process of professional competence of future teachers
in the educational process, the use of the laws of pedagogical
communication technologies on the basis of a systematic
approach.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Bo‘lajak pedagog kadrlarni kasbiy kompetentligini oshirishning
nazariy asoslari
Kalit so Zar:
ta’lim-tarbiya,
iqtisod,
bo‘lajak pedagog,
professionalizm,
kasbiy kompetentlik,
milliy model,
tafakkur,
pedagogik texnologiyalar,
samaradorlik,
mobillik,
egiluvchanlik.
ANNOTATSIYA
Ushbu ishda bo‘lajak pedagog kadrlarning ta’lim-tarbiya
jarayonida kasbiy kompetentligi, pedagogik muloxKot
texnologiyalari qonuniyatlaridan foydalanish bo‘yicha murakkab
jarayonni sistemali yondashuv asosida o‘rganish bilan bog’liq
masalalar muhokama gilinadi.
1 Acting Associate Professor of Humanities and Information Technology, Samarkand State Institute of Foreign
Languages, Samarkand, Uzbekistan.
УП о
iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - 50 1еу ап4 шпоуаНоп$
ты Issue - 1 (2021) / ISSN 2181-1415
Теоретические основы повышения квалификации будущих
учителей
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются вопросы, связанные
образование, с изучением комплексного процесса, касающегося
экономика, v v
будущий педагог, профессиональной компетенции будущих учителей
профессионализм, в образовательном процессе, применение правил
профессиональная педагогических коммуникационных технологий на основе
компетенция, системного подхода.
национальная модель,
ментальность,
педагогические
технологии,
эффективность,
мобильность,
гибкость.
Bugungi paytlarda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning tizim sifatida bir-
biri bilan bog‘liq holda rivoj topish sharoitida inson omili, uning aql-zakovati, bilim,
malaka, ko‘nikmalari va qadriyatlari asosiy muvofiglashtiruvchi omil va vosita ekanligi
toboro namoyon bo‘lmoqda.
Yangi tipdagi shaxs, komil insonni yangicha mehnat faoliyatini olib boradigan
mutaxassis - pedagoglar tarbiyalab shakllantiradi. Bu ulkan va mas’uliyatli vazifa
Respublikamizda “Ta’lim hagida’gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”’da
rejalashtirilgan bo‘lib, uni amaliyotda tatbiq etish pedagog kadr tayyorlaydigan o‘quv
maskanlaridan innovatsion yondoshuv - tizimli yondoshuvni go‘llab bo‘lajak pedagog
kadrlarning ta’lim-tarbiya jarayonida kasbiy kompetentligini ta’minlashni talab etadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida pedagog kadrlarga asosiy go‘yiladigan talablar
qo‘yidagicha:
- yugori darajadagi kvalitikatsiyaga ega bo‘lish va professionalizim;
- bilimlar, malakalar, ko‘nikmalarga va professional kasbga kerakli asosiy sifatlarga
ega bo'lish;
- professional mobillik, egiluvchanlik;
- o‘zgaruvchan hayotiy vaziyatlarda tezda moslashish malakasi;
-ragobatbardosh mutaxassisga xos xislatlar - mustaqil tanqidiy fikirlashga
gobiliyat, real hayotda qarama-gqarshiliklarni paygash va ularni bartaraf etish yo‘llarini
izlab topish malakasi, zamonaviy texnologiyalarni go‘llay olish malakasi, olingan bilimlarni
qaerda, qaytarizda ishlata bilishi gobiliyati, ijodiy yangi g‘oyalar berishga qobiliyat, ijodiy
tafakkurga egalik, axborotni to‘g'‘ri ishlata bilish, guruhda faoliyat olib borish malakasi va
boshgqalar.
Ushbu) magqsadlarga yetish uchun, O‘quv muasassalari, eng avvalo, oz
mutaxassislarini Kasbiy sifat, xislatlarini ko‘tarishi zarurdir.
Kompetentlikga ega pedagog kadrlarning bilimlari sifati quyidagi talablarga javob
berishi lozim:
- to‘laligi - o‘rganadigan ob’ekt, jarayon, hodisalar haqida bilimlarning miqdori;
210
УП о
iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - 50 1еу ап4 шпоуаНоп$
ты Issue - 1 (2021) / ISSN 2181-1415
- chuqurligi - har xil fanlardan olingan bilimlarning anglanganligi va bir-biri bilan
bog‘langanligi;
- tizimliligi - bilimlarning ketma-ketligini tashkil etish, pog’onama-pog‘ona
o‘zlashtirish;
- tezkorligi - bilimlarni tezda, operativ tarzda muayan muammolarni hal etishga
yo‘nalganligi;
- mobillik, eguvchanlik - har xil vaziyatda o‘z bilimlarini mustaqil ishlata bilishga
gobiliyat;
- realligi, konkretligi - bilimlarni elementlarga bo‘lib alohida vaziyatlarda go‘llay
olish malakasi;
- umumiylik - real bilimlarni tushunchalar yordamida, umumiy tarzda ayta bilish
malakasi.
Professional o‘qitishda bilimlarning go‘yidagi ko‘rsatgichlari muhim rol o‘ynaydi:
operativlik, mobillik, eguvchanlik, tushunchalik. Bu xarakteristikalar har bir Kasb-
egasining funktsional kompetentligini vujudga Keltiruvchi asoslardan hisoblanadi.
Ushbu kasb uchun zarur komponentlar Respublikamizdagi kadrlar tayyorlash
dasturida va milliy modelga asosiy sifatlar qatorida kiritilgan. Bugungi uzluksiz ta’limning
mazmuni, tashkillashtirish asoslarini, uni boshgarishni yangi paradigma-ijtimoiyotni
yangilashning sub’ekti, yangicha ijtimoiy hayot tarzini vujudga keltiruvchi kuch sifatida
ko‘rib chigishni vaqt taqozo etadi.
Hozirgi sharoitda ta’lim jarayonini ma’naviylashtirish ta’lim oluvchining intellektual
ma’naviy imkoniyatlarini ro‘yobga chigarish metodlari va mexanizimi sifatida o‘z ustida
ish yuritishni, o'z funktsiyasini bajaradi, talabalarni tushunib, anglab o‘z ustida ish
yuritishini, o‘2 imkoniyatlarini mustagqil tarzda rivojlantirish yo'llarini izlab topishga
undaydi.
Bo‘lajak pedagoning kasbiy kompentligini quyidagi sifatlar tashkil etadi:
1. ijtimoiy sifatlar;
2. mehnat bozori sharoitida moslashuv xususiyatlari;
3. kasbga tegishli kerakli xususiyatlar.
Ushbu sifat-xislatlar har bir pedagogning mehnat bozoriga raqobatbardoshligini
ta’minlashi mumkin. Raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlashda ta’limni tashkil
etish muassalarida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin:
Birinchidan, madaniyat va intellektual rivoj toptirish asosida ta’lim jarayoni tashkil
etilmasa, talaba o‘zi uchun kKerak bo‘lgan, hayotiy zaruratni aglashga garatilgan savollariga
javob topadi. U quyidagi savollarga: -nima uchun faoliyat olib borilayapti?, qanday
metodlar, yo‘llar bilan u bajarilmoqda?, ganday gilib maqsadga erishmoda?
Ikkinchidan, talaba o‘quv jarayonida shunday bilimlar oladimi, ular talabaga qyidagi
savollarga javob topishga yordam beradi: bu nima?, bu qanday ish bajaradi?, buni qanday
bajarishi mumkin? va hakazo.
Uchinchidan, talaba o‘zi uchun kerak bo‘lgan, faoliyatni samarali bajarishga yordam
beradigan malakalarni rivoj toptiradi.
To‘rtinchidan, talaba mulogot va jamoaviy harakat malakalariga ega bo'ladi.
Beshinchidan, talaba o‘zi uchun kerak, oldindan ko‘ra bilish, bashoratlashtirish
malakasiga ega bo‘ladi.
Oltinchidan, talabada faol hayotiy pozitsiya va mehnatga yugqori motivlar
shakillanadi.
211
e
iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - 50 1еу ап4 шпоуаНоп$
ты Issue - 1 (2021) / ISSN 2181-1415
Bu_ shaxsiy sifat, xislat, bilim, malakalar bo‘lajak pedagog kadrning kasbiy
yarogqliligini ta’minlab, ular quyidagi psixologik jarayon, holatlarga tayanadi:
- Tafakkur (tafakkur operatsiyalarini bajara olish)
- Emotsional-irodaviy sifatlar - emotsiyalar, irodaviy aktlar, ularni namoyon etish yo'llari;
- Kadriyatlar, odamlarga, mehnatga, o‘ziga nisbatan;
- Bilimlar, dalillar, qonuniyatlar;
- Tajriba umuminsoniy, kasbiy, yangi, maxalliy;
— An’analar, normalar.
Pedagogik kollej va oliygohlardagi faoliyat, umuman olganda, davlat, jamiyat va
shaxs uchun ta’limiy xizmat doirasiga kiradi. Bu uzoq muddatni talab etadigan jarayon.
Rus tadqiqotchisi V.Markovaning fikriga ko‘ra ta’lim xizmatini tovar (ash’yo) ishlab
chigarish jarayonidan quyidagi sifatlari, belgilari bilan farglaydi: ko‘z bilan ko‘rib
bo‘Imaydigan (sezgi organlari uni aks etmaydi), sifatining o‘zgaruvchanligi, ishlab
chigarishi va iste’moli bardavomligi, saqlanishga noqulayligi va hakazo. Demak, ta’lim
xizmati natijasini sezib bo‘lmaydi, ushlanmaydi, bir joydan ikkinchi joyga
kG‘chirilmaydigan, saklanmaydigan sifatlarini aytish mumkin.
Bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivoj toptirishda quyidagi
pedagogik texnologiyalar go‘llanib kelmoqda.
- Tushintirish-ko‘rsatmali ta’lim texnologiyalari;
- Shaxsga-garatilgan ta’lim texnlogiyalari;
- Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari.
Hozirgi paytlarda pedagogik kompetentligini rivoj toptirishda pedagogik muloqot
texnologiyalari qonuniyatlaridan foydalanish rejalashtirilgan natija berishi mumkin.
Pedagogik kommunikatsiyalarini pedagog tashkil etadi, unga rahbarlik giladi. Pedagogik
mulogot -ijodiy jarayon. U quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1.Pedagog tomonidan talabalar bilan bo‘ladigan mulogotni rejalashtirish,
loyihalashtirish;
Unda talabalar individual sifatlarini inobatga olish, optimal metodlarni tanlash;
2. Kommunikativ hujum-bunda talabalar tezda bilish jarayoniga jalb etiladilar va
modellashtirilgan mulogot yanada oydinlashtiriladi;
3.Bu bosqichda talabalar bilan o‘rnatilgan psixologik aloqani mustahkamlash
chora-tadbirlarini boshqaradi, ta’lim-tarbiya maqsadlarini amaliyotga tatbiq etadi.
Pedagog kasbiy kompetentlikni vujudga keltirishga zamonaviy texnologiyalardan,
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari samarali natija beradi. Bu texnologiya bo‘lajak
mutaxassis pedagoglarga quyidagi ijtimoiy ahamiyatga ega sifatlarni rivoj topishiga zamin
yaratadilar, umumiy va kasbiy, professional eruditsiyani vujudga kelishga; ijodiy
gobiliyatlarni rivoj topishiga; talabchanlik hamda_ tizimlilikni o‘sishiga. Bunday
texnologiya bo‘lajak mutaxassis - talabalarning shaxsiy kasbiy ustanovkalarini
korrektsiyalash metodlari bilan qurollantiradi.
Yangi pedagogik texnologiyalar tizimida kasbiy komletentlikni optimal darajada
rivoj toptiruvchi texnologiya - bu mutaxassislarni maqsadli intensiv tayyorlash
texnologiyasi.
Ushbu texnologiya ishlab chiqarish, amaliyot bilan chambarchas bogq‘liq holda,
birgalikda oz funktsiyasini amalga oshiradi va quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- mutaxassis mustaqil tarzda o‘z soxasida kerakli narsani sifatli, jahon talablari
asosida, Kulay vositalar yordamida ishlab chikishi, va yangi kerak narsalar bo‘yicha
tadqigotlar olib borish malakasiga ega bo'lishi;
212
УП о
iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - 50 1еу ап4 шпоуаНоп$
ты Issue - 1 (2021) / ISSN 2181-1415
- Zzamonaviy mutaxassis avtomatlash terilgan axborot banki, bilimlar banki va
boshga informatsion resurslarni yaratishi va go‘llay olish malakasiga ega bo'lishi;
-zamonaviy mutaxassis ishlab chiqariladigan narsa, ash’yoni avalidan to
oxirigacha, butun texnologik jarayonni to‘la tassavur eta bilishi, bu jarayonni iloji boricha
avtomatlashtirish bilim, malakalariga ega bo’‘lishi.
Bunday kasbiy kompetentlikga ega mutaxassisni tayyorlashda quyidagi qoidalrga
rioya etishi lozim:
- tayyorgarlikning majmo'ligi (ta’lim - tarbiya bilan birgalikda amaliyotni olib
borish);
- individual yo guruhiy amaliyot bilan bog’‘lig, real kurs ishlari va malakaviy bitiruv
ishlarini bajarish;
- bitiruvchilar guruhini ishga joylashtirishda modul gonuniyatlardan foydalanish;
- talabalarga rahbarlikda oliygoh pedagoglari, soha mutaxassislari, ishlab chigarish
xodimlarini jalb etish;
Tayyorlov tizimini eguvchanligi, mobilligi, maxsus kurslar, dasturlar, rejalar,
metodikalarning operativ tarzda ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar, talablar asosida qarama-
garshiliksiz o‘zgartirish, yangilash;
- kadr tayyorlash tizimini kompyuterlashtirish, dasturlashtirish, mustaqil bilim,
malaka, ko‘nikma rivoj toptirishga e’tibor berish;
— uzluksiz tayyorgarlikni olib borish;
- mutaxassislarning tayyorgarlik sifatiga qarab ularni diferentsiyalash.
Yugorida, kompleks yondoshuv asosida, tahlil etilgan yangicha ta’lim-tarbiyaning
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini rivoj toptirishdagi qonuniyatlari tizim
sifatida o'z funktsiyasini optimal bajaradi. Mutaxassisning kasbiy kompetentligini oshirish
zamon talabi ekan, bu psixologik, ijtimoiy tuzilma maqsadli ta’lim-tarbiya negizida rivoj
topadi. Bugungi ta’lim ijtimoiy faoliyatning shunday doirasiki, u yangi tipdagi shaxsni rivoj
toptirishda kerakli sharoitlarni yaratishi lozim. Zamonaviy ta’lim individual bilishi va
o‘quv faoliyatining o‘quvchi, talabalarning tarbiyasi va o‘z-o‘zini tarbiyasi, rivojlanishi,
ijtimoiylashuvining sintezi sifatida namoyon bo'ladi. Uning magsadi yangicha fikrlaydigan,
mustaqillik va demokratiya uchun kurashadigan, yugori kasbiy kompetentlikga ega
shaxsni, fuqaroni, o‘2 mamlakatining jonkuyarini rivojlanishi uchun shart —- sharoitlarni
yaratishdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekistan Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 2020-yil 23-sentyabr-
dagi O‘'RQ-637-son.
2. Ломакина Т., Сергиева М. Педагогические технологии в профессиональных
учебных заведениях. Москва 2007 г.
3. Социально-педагогические основы направленности образовательного
процесса на формирование личности. -Т.: 2011 г.
4. Хъелл Л, Зеглер Д. Теория личности. СПБ: Питер. 1998 г.
213