Научная статья на тему 'BO‘LAJAK PEDAGOG-KADRLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ELEKTRON TARBIYA RESURSLARINING O‘RNI VA ROLI'

BO‘LAJAK PEDAGOG-KADRLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ELEKTRON TARBIYA RESURSLARINING O‘RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
646
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uchinchi Renessans / elektron resurs / motivatsiya / ijodiy yondashuv / veb sayt / liderlik qobiliyati / veb dasturlash tillari. / third Renaissance / Electronic resource / motivation / creative approach / website / leadership qualities / web programming languages.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yuldashov Umit Yuldashevich, Muxamadieva Feruza Ishnazarovna

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlik, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishda elektron axborot resurslar yaratish va qo‘llash texnologiyalari doirasida amaliy, laboratoriya hamda mustaqil ta’lim jarayonlarida motivatsiyalarini shakllantirish, rivojlantirish yo‘llari ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ELECTRONIC EDUCATION RESOURCES IN THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS PLACE AND ROLE

This article reveals the ways of forming and developing the motivation of future teachers in practical, laboratory and independent educational processes within the framework of technologies for creating and using electronic information resources for the development of their creative and leadership abilities

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK PEDAGOG-KADRLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ELEKTRON TARBIYA RESURSLARINING O‘RNI VA ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

BO'LAJAK PEDAGOG-KADRLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ELEKTRON TARBIYA RESURSLARINING

O'RNI VA ROLI

Yuldashov Umit Yuldashevich Toshkent Davlat pedagogika universitetitexnika fanlari doktori, professor. Muxamadieva Feruza Ishnazarovna Toshkent Davlat pedagogika universiteti"Infarmatika " kafedrasi o„qituvchisi

e-mail fmuxamadiyeva82@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo 'lajak o 'qituvchilarning ijodkorlik, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishda elektron axborot resurslar yaratish va qo'llash texnologiyalari doirasida amaliy, laboratoriya hamda mustaqil ta 'lim jarayonlarida motivatsiyalarini shakllantirish, rivojlantirish yo 'llari ochib berilgan

Kalit so'zlar: uchinchi Renessans, elektron resurs, motivatsiya, ijodiy yondashuv, veb sayt, liderlik qobiliyati, veb dasturlash tillari.

Аннотация: В данной статье раскрыты пути формирования и развития мотивации будущих учителей в практическом, лабораторном и самостоятельном образовательных процессах в рамках технологий создания и использования электронных информационных ресурсов для развития их творческих и лидерских способностей

Ключевые слова: третье Возрождение, Электронный ресурс, мотивация, творческий подход, веб-сайт , лидерские качества, языки веб-программирования.

Abstract: This article reveals the ways of forming and developing the motivation of future teachers in practical, laboratory and independent educational processes within the framework of technologies for creating and using electronic information resources for the development of their creative and leadership abilities

Keywords: third Renaissance, Electronic resource, motivation, creative approach, website, leadership qualities, web programming languages.

KIRISH

Ta'lim-tarbiya jarayonida yangi davr boshlanmoqda. Bugungi kunda ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilandi. O'zbekistonda uchinchi Renessans uyg'onish davri, ya'ni jamiyat hayotida har bir soha bo'yicha, shuningdek, ilm-fanda, ta'lim-tarbiyada uzoq muddatli turg'unlikdan keyin qayta jonlanish, tez suratlarda rivojlanish, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga

Scientific Journal Impact Factor

chiqishidir. Bu borada bugungi kunda mamlakatimizda ham muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan qator videoselektor yig'ilishlar o'tkazildi va joriy yilning 6 noyabr kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6108-son farmoni hamda "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qabul qarorida ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi pedagog-kadrlar nafaqat bilimdon, balki, eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar sohibi bo'lishi lozim. Darhaqiqat, talaba-yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar tanlashi, uni o'rganishi, malakali mutaxassis bo'lib etishishida ta'lim-tarbiya beruvchilarning ma'naviy qiyofasi, ahloqiy fazilati, kasb ma'suliyati muhim ahamiyatga ega.

Metodlar bo'limi. Tarbiya maqsadi va vositalar yangilanishi o'quvchilarning ma'naviy qiyofasida birmuncha o'zgartirishlarga sabab bo'lmoqda. Hozirgi vaqtda shaxsni shakllantirish uni jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan tanishtirish asosida amalga oshiriladi.

Ma'naviy tarbiya, aslida, ajdodlar hayot tajribasini yoshlarga etkazishga va shu asosda ularning jamiyatda o'z o'rnilarini topishga imkon beradigan murakkab jarayondir.Bugungi kunda tarbiyaviy ishlar bo'yicha yangi konsepsiyani yaratishni hayotning o'zi taqozo etmoqda.

Ta'lim muassasalari tarbiyaviy jarayonni tashkil kilish va muvaffakiyatli davom ettirish uchun zarur bo'lgan tarbiyaviy ishlar uslublari, bilimlar, malaka va mahoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni tarbiyaviy ishlar amaliyotida qo'llash masalalari pedagogik jamoalariing eng muhim muammosi bo'lib kolmoqda. Ta'lim muassasalarida o'quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to'g'ri tashkil kilish va qo'llashga bog'liq. Bu esa, o'z navbatida ta'lim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi. Fikrimizcha, ta'lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi ijodii faollik, mustakil fikrlash va moxirona harakatlarga io'naltirilgan bo'liish va tarbiyachi xamda o'kuvchilar tomonidan minimal kuch sarflagats xolda tarbiyaviy ishlar bo'yicha ko'iilgan maksadlarni egallashda eng faol shakl, usul va uslublardan foydalanish, tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etuvchilarning doimiy va majmuaviy faoliyatining asosiy kismidan iborat bo'lishi kerak

Scientific Journal Impact Factor

Ma'lumki, ta'limning asosiy vazifalari - o'quvchi va talaba yoshlarga bilim berish, kasb-hunar o'rgatish, ularni etuk mutaxassis qilib voyaga etkazish. SHu bilan birga, bo'lajak pedagog-kadrlarning insoniy sifatlarini shakllantirish, kasbiga nisbatan ma'suliyat hissini tarbiyalash, o'ta muhim vazifa bo'lib turibdi. Tarbiyaviy faoliyat borasida so'z ketganda kasbiy ma'suliyat haqida gapirish mumkin. Kasbiga ma'suliyat hissini oshirishda tarbiyaviy ishlarning o'rni judayam muhimdir.

Bu maqsadlarga erishishda talaba ongiga ta'sir etish zaruriyati mavjud.

Inson ongiga ta'sir ettirishda ta'lim-tarbiyaning ahamiyati judayam yuqori o'rinni egallaydi. Ta'lim imkoniyatlaridan keng foydalangan xalqning ijtimoiy va ma'naviy imkoniyatlari tobora yuksalib boradi. Fan-texnika taraqqiyoti va yoshlarni hayotga tayyorlash muammosi ta'lim-tarbiya jarayonida jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Hozirgi davrgacha bo'lgan vaqt mobaynida, oliy ta'lim muassasalarida elektron axborot resurslarini yaratish hamda informatsion va ta'limiy saytlar yaratish, o'quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha etarlicha tajriba orttirilgan.

Natijalar bo'limi.Ta'limni axborotlashtirish , ta'lim jarayonida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish so'zsiz o'z samarali natijasini bermoqda.

Shu o'rinda aytishimiz joizdirki , axborotlashgan ta'lim tizimida nafaqat ta'lim resurslari, balki elektron tarbiya resurslaridan ham foydalanish shubhasiz muhim hisoblanadi, chunki har qanday ta'lim-tarbiya bilan uyg'unlashgandagina etuk ma'naviyatga zamin bo'ladi. Bu esa o'z-o'zidan ta'lim tizimi oldiga elektron tarbiya resurslari yaratish muammosini qo'yadi.

Bugungi kungacha bo'lgan ta'lim tizimidagi elektron resurslarning holati tahlili ko'rsatishicha, ta'lim muassasalarining mahalliy tarmoq negizini faqatgina ta'limiy saytlar hamda o'quv -metodik materiallar tashkil etadi.

Shunday ekan, elektron ta'lim resurslariga qo'shimcha elektron tarbiya resurslarini ham yaratish shubhasiz dolzarb va muhim hisoblanadi.

Biz elektron tarbiya resurslarini maqsadiga ko'ra qo'yidagi turlarga ajratishimiz mumkin:

-Ma'naviy tarbiya elektron resurslari: Bunda milliy va umumbashariy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini anglatuvchi, ota-bobolarimizning milliy urf-odat va an'analarini targ'ib qiluvchi hamda o'zbek halqining, ma'naviyatining buyuk namoyandalari Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Qozizoda Rumiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Kamoliddin Behzod, Umar Hayyom va boshqa allomalarning ilmiy merosi, ma'naviy-ahloqiy qarashlarida komil inson tarbiyasi haqidagi konsepsiyalari to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Asrlar

Scientific Journal Impact Factor

osha ajdodlarimiz, alloma-donishmandlarimiz, amalga oshirgan o'ziga xos milliy tuyg'ular bilan sayqal topgan urf-odatlar, qadriyatlar, madaniyat va sa'nat asarlari jahon ma'naviyatida insoniyatning ustuvor yutuqlari hisoblanadi.

-Axloqiy tarbiya resurslari: Axloqiy tarbiya jarayonida ko'proq o'git-nasihatlardan, buyuk allomalarning YUsuf Xos Xojibning " Qutadg'u bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibatul-haqoyiq", Kaykovusning "Qobusnoma", Shayx Sa'diyning "Bo'ston va Guliston", Jomiyning "Bahoriston" i, Alisher Navoiyning "Hayratul-abror" va " Mahbubul-qulub", Nizomul-mulkning "Siyosatnoma" kabi pandnoma, nasihatnoma tarzida yozilgan asarlaridan foydalanish.

Estetik tarbiya resurslari: Xalq amaliy sa'nati va hunarmandchiligi milliy qadriyat sifatida uzoq tarixga ega.Amaliy sa'nat turlaridan o'ymakorlik (yog'och, ganch va mis o'ymakorligi), zargarlik, zardo'zlik, kashtado'zlik, kulolchilik kabilar yoshlarda go'zallikni his qilish tuyg'ularini shakllantiradi. Milliy ohanglarning estetik tarbiyadagi o'rni juda ham beqiyos. SHuning uchun ham halq ohanglari, nola va qochirimlarini va boshqa milliy zarblarni tinglagan kishi uni befarq tinglay olmaydi, unga mutelarcha ergashadi, qo'shilib hirgoyi qiladi, raqsga tushadi - musiqa uni o'z sehrli og'ushiga oladi. Mumtoz qo'shiqlar estetik tarbiya omili bo'lmasdan, o'ziga xos ma'naviy tarbiya omili hamdir.

-Jismoniy tarbiya elektron resurslari: Jismoniy tarbiya sog'liq garovi ekanligini bilgan holda turli jismoniy mashqlar haqida, ajdodlarimizning milliy sport turlaridan bo'lgan - kurash xaqida va yana salomatlik saboqlari asosida elektron saytlar yaratiladi.

Bo'lajak o'qituvchining chuqur bilim va samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo'lishi ma'lum fan asoslari borasida unda etarli nazariy va amaliy bilimlarning, ta'lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalashish malakasining nechog'lik shakllanganiga bog'liqdir. SHunga ko'ra, ta'lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zlashtirish va undan unumli foydalanishning metodik hamda amaliy asoslarini yaratish muhim vazifalardan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda keng ko'lamda ko'llash jahon taraqqiyotining global yo'nalishi hisoblanadi. Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, mamlakatda axborot-lashtirish jarayoni tez sur'atlar bilan o'sib borayottan hozirgi davrda axborot texnologiyalari ta'limi jarayonida shu kabi elektron tarbiya resurslar yaratish amaliy ishlari olib borilsa ham ta'limning, ham tarbiyaning samaradorligiga erishish mumkin bo'ladi.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. U.Yuldashev, M.Saidova. «Ta'limda axborot texnologiyalari muhiti va o'quv muassasalarining yordamchi-o'quv bo'g'inlari». «Pedagogik mahorat» jurnali. Buxoro. 2003 y., 4 -son.

2.B.Qodirov. «Komil inson tarbiyasining pedagogik asoslari». Toshkent. «Mehnat». 2001 yil.

3.Raximov O.D., Elektron ta'lim resurslarini yaratish talablari va texnologiyasi.,Zamonaviy ta'lim / sovremennoe obrazovanie 2016, 2, 46 b. 4.Shodieva Q. Bo'lajak o'qituvchilarda innovatsion faoliyatni shaklllantirish. -T.: Istiqlol, 2006. - 87 b.

5. Mavlonova R va b. Pedagogika. - T.: O'qituvchi, 2001. - 510 b.

6.www.ziyo.edu.uz - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi elektron darsliklar bazasi

7. www.pedago g.uz - pedagogika ta'lim muassasalari portali.

8.www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat Hokimiyati portali.

9.www.edu.uz - O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.