DOI: 10.24411/2181- 0753/2021-100006
РОЛЬ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КРЕАТИВНОСТИ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ
Махсуд Рахматов Майсара Набиевна Расулова
Самаркандский государственный университет Гулчехра Нарзикулова
Специализированная Средняя общеобразовательная школа №2 Самарканд, Узбекистан
В статье представлены материалы о значении педагогической креативности в повышении качества обучения, креативность, педагогической креативности, креативного потенциала учителя, его эффективности в организации кластерного процесса обучения новым педагогическим технологиям в технологии обучения в общеобразовательной средней школе.
Ключевые слова. Креативность, педагогическая креативность, потенциал педагогической креативности, новая педагогическая технология, метод кластера, яйцо, способы приготовления яйца, жареные и печеные яичные блюда, Блюда праздника Навруз.
ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY IN IMPROVING THE QUALITY OF
EDUCATION
The article presents materials on the importance of pedagogical creativity in improving the quality of teaching, creativity, pedagogical creativity, the creative potential of a teacher, his effectiveness in organizing the cluster process of teaching new pedagogical technologies in teaching technology in secondary schools.
Keywords. Creativity, pedagogical creativity, pedagogical creativity potential, new pedagogical technology, cluster method, egg, egg preparation methods, fried and baked egg dishes, Navruz holiday dishes.
TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK KREATIVLIKNING AHAMIYATI
Maqolada hozirgi vaqtda ta'lim sifatini oshirishda pedagogik kreativlikning ahamiyati, kreativlik, pedagogik kreativlik, pedagogning kreativlik potensiali, umumiy o'rta ta'lim maktabida texnologiya fanini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning klaster usulida o'quv jarayonini tashkil qilishda uning samaradorli haqida materiallar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Kreativlik, pedagogik kreativlik, pedagogning kreativlik potensiali, yangi pedagogik texnologiya, klaster usuli, tuxum, tuxumni pishirish usullari, qovurilgan va yopilgan tuxum taomlari, navro'z bayrami taomlari.
Ma'lumki, oxirgi yillarda xalqaro andozalar talabiga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish va milliy kadrlarni tayyorlash masalasi eng dolzarb bo'lib, xalq xo'jaligining barcha sohalarida, jumladan ta'lim sohasida ham bir qator islohotlar o'tkazilmoqda, bundan asosiy maqsad uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida ta'lim berish sifatini oshirishdir. Shuning uchun ana shu maqsadda hukumatimiz tomonidan alohida farmonlar, qarorlar, qonunlar va boshqa hujjatlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.
Misol sifatida 2020-yil sentabr oyida yangi tahrirda ishlab chiqilgan "Ta'lim to'g'risida"gi qonunni, 2020-yil 6-noyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-6108-sonli farmonini, 2020-yil 6-noyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Talim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarorini olish mumkin.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, uzluksiz ta'lim bosqichlarining barchasida ta'lim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri pedagog-o'qituvchilarning kreativligi hisoblanadi, chunki pedagoglarning o'quv jarayonida beradigan ta'limning sifati ularning yangi pedagogik texnologiyalarning qaysi usullaridan
foydalanishiga bog'liq, bu esa pedagogik kreativlik potensialining darajasi va pedagogning kompetentligi bilan belgilanadi.
Endi, kreativlik, pedgogik kreativlik, pedagogning kreativ potensiali tushunchalariga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarining ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lishi, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarning yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etiladi.
Kreativlik (lot. ing. "create" - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkorlik) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi.
E. P. Torrens fikricha "Kreativlik" tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi: muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni tekshirish va o'zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash, muammo yechimini topishda bilim va amaliy xarakatlarning o'zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlik.
O'qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So'nggi ishlarda ushbu holat "pedagogik kreativlik" tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Pedagogik kreativ-pedagogning
an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda
ta'lim va tarbiya jarayonini samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
Kasbiy faoliyatda pedagogik kreativlik turli shakllarda namoyon bo'ladi. Masalan, me'yoriy hujjatlarni tayyorlashda, o'quv manbalarini darslik, o'quv-metodik
qo'llanmalarni, tavsiyanoma va boshqalarni) yaratishda, ta'lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo'shqin tashkil etishda va boshqalarda.
Pedagogning kreativlik darajasi yoki imkoniyati unda mavjud bo'lgan kreativlik potensiali bilan belgilanadi.
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o'z-o'zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo'ladi.
Pedagogning kreativ potensiali an'anaviy tafakkurdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo'ladi: tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi; yangi g'oyalarni yaratish qobiliyati; bir qolipda fikrlamaslik; o'ziga xoslik; tashabbuskorlik; noaniqlikka toqat qilish; zakovatli bo'lish.
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo'lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e'tiborini qaratishi lozim: kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; yangi-yangi g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish; ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish; hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr alamashish. So'ngi yillarda pedagogik kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga katta e'tibor berilmoqda va ushbu yo'nalishda dunyoning juda ko'p olimlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Shunday qilib, pedagogning ya'ni mutaxassis o'qituvchilarning o'z fanlari bo'yicha ta'lim sifatini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalarning samarali usullaridan foydalanishi, ularning pedagogik kreativlik potensiali bilan xarakterlanadi, ya'ni belgilanadi. Shuning uchun uzluksiz ta'lim sifatini oshirishda
pedagogik kreativlikning o'ziga xos ahamiyati bor.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo'lib hisoblanadi va bunda pedagog mutaxassis o'qituvchining kreativligi asosiy rol o'ynaydi. Ayniqsa ixtisoslashgan maktablarda pedagogik kreativlikning ahamiyati katta. Pedagogik kreativlikning ta'lim sifatini oshirishdagi ahamiyatini texnologik ta'lim fani misolida ko'rib o'tamiz.
Ma'lumki, texnologik ta'lim fanida servis xizmati yo'nalishi bo'yicha pazandalik asoslaridan ham ma'lum bir bilimlar o'rgatiladi. Hozirgi vaqtda o'quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning juda ko'p usullaridan foydalaniladi, ya'ni pedagogik texnologiya, ularning usullari va ularni o'quv jarayonida qo'llash bo'yicha yetarli darajada adabiyotlar mavjud.
Ushbu maqolada biz yangi pedagogik texnologiyalarning klaster usulidan o'quv
jarayonida foydalanishni "Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari" mavzusi va texnologik ta'limni fan to'garaklarida o'rgatiladigan "Navro'z kechasi pishiriladigan taomlarda ishlatiladigan mahsulotlar" mavzulari misolida ko'rib o'tamiz.
O'quvchilarga "Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari" mavzusi bo'yicha o'quvchilarga o'quv materialini chuqurroq o'rganishlari uchun maxsus ishlanma tayyorlanib, undan foydalanildi.
Tajriba-sinov sifatida Samarqand tumanida 2-IDUMning 6 "A" va 6 "B" sinflari ajratilib olindi va 6 "A" sinf tajriba sinov, ya'ni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladigan, 6 "B" sinf esa an'anaviy usulda mavzu o'tiladigan sinflar sifatida ajratib olindi.
Yangi mavzuni tajriba sinov sinfida qovurilgan va yopilgan tuxum taomlarini o'rgatishda foydalanildi. Quyidagi 1-rasmlarda tuxumlarni pishirish usullari va 2-rasmda qovurilgan va yopilgan tuxum taomlari uchun klaster usulidan foydalanish keltirilgan.
Tajriba natijalari shuni ko'rsatadiki, yangi pedagogik texnologiya usuli yordamida o'tkazilgan darsni o'quvchilarni o'zlashtirishi an'anaviy usulda o'tilgan darsga nisbatan samarali ekan.
Ma'lumki, hamma vaqt bahorda "Navro'z" bayramini nishonlash va undan maxsus taomlar tayyorlash odat tusiga kirgan.
Maktabda pazandachilik fan to'garaklarida o'quvchilarga o'rgatiladigan eng qiziqarli mavzulardan biri Navro'z taomlari hisoblanadi. Ushbu mavzuni tushuntirishda quyidagi 3-rasmda keltirilgan yangi pedagogik texnologiyaning klaster usulidan foydalanganda o'quvchilarni mavzuni o'zlashtirish juda oson va yaxshi bo'ladi.
3-rasm. Navro'z kechasi tayyorlanadigan taomlar.
Shunday qilib, tajribalar va kuzatuvlar asosida o'tilgan o'quv jarayonlarida ta'lim sifati
shuni ko'rsatadiki, pedagogning kreativligiga ancha taxminan 30-40 % gacha oshar ekan.
bog'liq bo'lgan yangi pedagogik texnologiyalar
ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasining qonuni "Ta'lim to'g'risida". Toshkent shahri, 2020-yil 23-sentabr. O'RQ-637.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarori. Toshkent. 2020-y. 6-noyabr.
3. Drapean Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). Aleksandria-Virginia, USA. ASD. 2014-p.4.
4. Drapean Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). Aleksandria-Virginia, USA. ASD. 2014-p.4-5.
5. Muslimov. N. A. va boshqalar "Innovatsion ta'lim texnologiyalari" T. "Sano-standart" nashriyoti. 2015-yil. 81 b.
6. Umid Axrorov, Mavluda Vakil "Taom tayyorlash texnologiyasi" Toshkent. 2004-yil. 384 bet.
7. Nurali Saidahmedov "Yangi pedagogik texnologiyalar" T. "Moliya" 2003-yil.
8. Raxmatov M., RasulovaM., Narzullayeva M. "Kredit-modul tizimi bo'yicha bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarmi tayyorlashda pedeagogik kompetentlikni shakllantirishning ahamiyati". Life Sciences and Agriculture 2.3-2020. 5-9-betlar.
9. M. J. Turdiyeva Ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish va fanlar integratsiyasini ta'minlashda kreativlikining ahamiyati. Kasb-hunar ta'limi. 2018-yil. №4 17-18 betlar.