Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRIDA IKKINCHI RENESSANS VUJUDGA KELISHIDA YARATILGAN SHART SHAROITLAR'

TEMURIYLAR DAVRIDA IKKINCHI RENESSANS VUJUDGA KELISHIDA YARATILGAN SHART SHAROITLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
8534
359
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilm fan / Amir Temur / Ulug’bek / Tuzuklar / davlat / xalq / ulamolar / madaniyat / ma‘naviyat saltanat / renessans / uyg’onish / observatoriya / muarrix / adabiyot / astranomiya / tarix.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Otabek Almurotovich Berdiyev

Ushbu maqolada buyuk bobokalonimiz Amir Temur va temuriylar davrida vujudga kelgan ikkinchi uyg’onish davri renessansni kurtak yoyishida va uning rivojlanishiga yaratgan shart sharoitlarni o'rganish va uni xalqimiz ma‘naviy ongiga singdirish, ma'naviyatini boyitish masalasida amal qilinishi lozim bo'lgan yo'nalishlar belgilab berilgan. Sohibqironning ilm fan homiysi sifatida amalga oshirgan buyuk ishlarini o’rganmog’imiz va muhtaram prezidentimiz ta’kidlagan uchinchi renessans ostonasida turgan ekanmiz o’sha davrning yutuqli jihatlarini o’rganmog’imiz kerak bo’ladi. Maqolada Amir Temurning olimu fuzalolarga ilm ahillariga bo’lgan munosabatini ularning davlat boshqaruvudagi rolinining ahamiyatlari haqidagi ma’limotlar tadqiq etilgan. Shuningdek, buyuk sohibqironning davlat boshqaruvidagi tajribasi va uning bugungi kundagi amaliy ahamiyati ko'rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRIDA IKKINCHI RENESSANS VUJUDGA KELISHIDA YARATILGAN SHART SHAROITLAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

TEMURIYLAR DAVRIDA IKKINCHI RENESSANS VUJUDGA KELISHIDA

YARATILGAN SHART SHAROITLAR

Otabek Almurotovich Berdiyev

Ijtimoiy gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (Ma'naviyat asoslari) mutaxassisligi

I bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada buyuk bobokalonimiz Amir Temur va temuriylar davrida vujudga kelgan ikkinchi uyg'onish davri renessansni kurtak yoyishida va uning rivojlanishiga yaratgan shart sharoitlarni o'rganish va uni xalqimiz ma'naviy ongiga singdirish, ma'naviyatini boyitish masalasida amal qilinishi lozim bo'lgan yo'nalishlar belgilab berilgan. Sohibqironning ilm fan homiysi sifatida amalga oshirgan buyuk ishlarini o'rganmog'imiz va muhtaram prezidentimiz ta'kidlagan uchinchi renessans ostonasida turgan ekanmiz o'sha davrning yutuqli jihatlarini o'rganmog'imiz kerak bo'ladi. Maqolada Amir Temurning olimu fuzalolarga ilm ahillariga bo'lgan munosabatini ularning davlat boshqaruvudagi rolinining ahamiyatlari haqidagi ma'limotlar tadqiq etilgan. Shuningdek, buyuk sohibqironning davlat boshqaruvidagi tajribasi va uning bugungi kundagi amaliy ahamiyati ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: Ilm fan, Amir Temur, Ulug'bek, Tuzuklar, davlat, xalq, ulamolar, madaniyat, ma'naviyat saltanat, renessans, uyg'onish, observatoriya, muarrix, adabiyot, astranomiya, tarix.

Tarixdan ma'lumki O'rta Osiyo hududi qadimdan turli xil bosqinchilar uchun juda yaxshi makon bo'lib kelgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlar Ahamoniylar, Mil. Avv. IV asr Aleksandr Makedonski, milodiy VII-VIII asrlarda arablar bosqini va XII-XIII asrlarda Mo'g'ullar bosqinlarini aytish mumkin. Har bir bosqinchilik yurishlari o'zining salbiy oqibatlarini qoldirdi. VII-VIII asrlarda arablar bosqini O'rta Osiyo hududiga o'zining salbiy jihatlari bilan birgalikda ijobiy tomonlarini ham ko'rsatdi. Arablar bosqinidan so'ng sharqda ilk uyg'onish davri aynan O'rta Osiyo hududida ro'y berdi. Bu davrda ko'plab buyuk zotlar allomalar yetishib chiqdiki ularning ma'naviy dunyosi hali hamon oramizda yashayotganligini xis etishimiz mumkin. Ikkinchi ana shunday uyg'onish davri ham aynan sharqda vujudga keldi bu Amir Temur va Temuriylar davriga to'g'ri keldi va bu davr tarixga ikkinchi uyg'onish davri bo'lib kirdi.

Amir Temurning o'zi o'qimishliligi zukkoligi adabiyot va san'atga qiziqishi shuning bilan birgalikda o'z ona tilidan tashqari boshqa bir nechta tillarni ham yaxshi bilishi, shuning asosida turli xil davlatlardan olib kelingan olimu fuzalolar, allomalar bilan ko'plab suhbatlar uyushtirib turardi, keyinchalik Amir Temurning bunday olib borgan oqilona siyosati zamirida XIV-XV asrlarda sharq musulmon olamida IX- XII

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601

asrdan so'ng yana bir uyg'onish davrini renessansni vujudga kelishida juda katta omil bo'lib xizmat qildi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Amir Temur har bir sohaga alohida e'tibor qaratdi shu jumladan ta'lim, ilm-fan sohasiga asosiy e'tiborini qaratdi. Ayniqsa mo'g'ullardan so'ng ezilgan xalqning o'tmishini ajdodlarining qanday buyuk shaxslar ekanligini bilishi uchun tarix sohasini rivojlantirdi. Temurning o'zi ham tarixiy adabiyotlarni mutoala qilib borar edi. Bu haqda Amir Temur saroyida 12 yoshida keltirilgan tarixchilik bilan shug'ullangan Ibn Arabshoh o'zining Amir Temur tarixi kitobida shunday keltiradi: "Temur tarix (kitob) lari, Xudoning raxmati va salomi bo'lg'ur anbiyolar «Qissalarni podshohlar siyratlari va o'tgan salaflar haqidagi hikoyalarni doimo-saafarda, ham xadarda ham o'qutib, qunt bilan tinglar edi».1 Ko'rinib turibdiki Amir Temurning tarixga, o'tmishga, ajdodlari merosiga befarq qaramasligi uning ezilgan xalqni qaytadan ma'naviy jihatdan birlashtirishiga katta yordam berdi. Amir Temur davlatida ilm- fan bilan shug'ullanish uchun juda katta imkonoyatlar yaratishi bilan birgalikda olimlarni har jihatdan qo'llab quvvatlagan. Amir Temur yurishalari vaqtida qaysi davlatga bormasin birinchi navbatda ilm ahllarini, olimlarni va yozuvchilarni alohida e'tibor bilan ulug'lagan, izzat-ikrom ko'rsatib ularni o'z davlatiga olib kelgan va ilm bilan shug'ullanish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Shunday Amir Temurdan ro'shnolik ko'rgan o'zi sevgan ilmi bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lgan o'z davrining buyuk shaxslaridan biri Ibn Xaldun: "Tangriga xamd bo'lsinki, qimmatimni biladigan, xizmatimni qadrlaydigan va hurmatimni o'rniga qo'yadigan kishini menga ato qildi"2 deb yozadi. Keyinchalik Ibn Xaldun Amir Temur bilan tanishgandan so'ng ungacha bo'lgan davrini besamar ketganligini anglaydi va afsus chekadi. Amir Temur olimlar bilan suhbat va bahslar uyushtirishni yaxshi ko'rgan, g'oliblarga qimmatbaho tuhfalar bergan. Amir Temur o'qimishli, dono kishilar davrasini, ular bilan suhbat qilishni yoqtirgan, davlat ishlarini yo'lga qoyishda ular bilan maslahatlashib ish ko'rgan. Shuning uchun ham u o'zining "Tuzuklari"da qayd etilgan 12 toifa va tabaqaning ikkinchisiga aqlli kishilar va kengash sohiblarlarni kiritdi va ularni e'tiborli shaxslar deb bildi.

Madrasalar, kutubxonalar, maktablar barpo etildi. Buning natijasi o'laroq, Temuriylar davrida ilm-fan ravnaq topib, bu jahon tarixida "ikkinchi renessans" nomi bilan tilga olindi.

Tarixdan ma'lumki,. qayerda tinchlik osoyishtalik va barqarorlik hukm sursa o'sha davlatda yuksalish jamiyat hayotida yangilanish ro'y beradi va davlat har tomonlama rivojlanadi. Amir temur davlatida shunday barqarorlik va tinchlik asosiysi ilm - fan bilan shug'ullanuvchilar uchun juda yaxshi sharoit yaratilgan edi. Qayerda tinchlik va qulay sharoit bo'lsa azaldan olimlar ilm ahli va hunarmandlar o'sha yerga talpinganlar. Amir Temur va Temuriylar davlatining poytaxti Samarqanda ko'plab

1 Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 2-kitob, 70-bet.

2

Bypu6oH A^MegoB. Amhp TeMyp ca6o^apu 2-Tom. Fa$yp Fy^OM HOMHgaru Aga6HHOT Ba caHbaT HampuHOTH.

TomKeHT. 1999h. 11-12 6eraap.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601

ijodkor aholi yig'ilgan edi. Ularning orasida hunarmandlar, jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandisalar va hunarmandalar, to'langan edilar. Tarixchi muarrix Hofiz Abro'ning yozishicha "...xazrat Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnaxr er yuzi mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muxandislar va hunarmandlar bu erga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi."3 Bunday yaratilgan shart sharoitlar natijasida XIV-XV asrlarda turkiy davlatlar tarixida ikkinchi maratoba uyg'onish davri yuzaga kelishida va uni keyinchalik kurtak yoyishiga bizgacha yetib kelgan juda katta ma'naviy olamni yaratilishiga imkon tug'dirdi.

Umuman ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat, san'at sohasiga homiyligi g'amxo'rlik qilgani musatqillik davri adabiyotlarida alohida ta'kidlanadi, xususan "Amir Temur jahon tarixida" kitobida XIV-XV asrlardagi ikkinchi renessansni Amir Temurning fidoyiligi bunyodkorligining natijasi ekanligi ta'kidlab o'tiladi.

Temur va temuriylar davrida rivojlangan ayrim fanlar xususan matematika, geografiya, gemetriya, astronomiya, tarix, falsafa, tibbiyot va adabiyot sohalarida shunday ajiyib asarlar yaratildiki bu asarlar nafaqat sharq renessansi rivojida balki yevropada ham uyg'onish davrining vujudga kelishida va keyinchalik Evropa fan yaraqqiyotining rivojlanishiga katta ahamiyat kasb etdi. Amir Temurdan keyin uning bu ishlarini uning avlodlari nabiralari davom ettirdi. Amir Temurning sevimli nabiralaridan biri buyuk olim Mirzo Ulug'bek davrida ilm-fan, ma'naviyat, madaniyat va san'at bobosi davridagidek rivojlandi. Ulug'bekning Samarqanda qurdirgan observatoriyasida Astronomik jadval tuzdi u yerda olib borilgan astronomik kuzatishlar yordamida 1018 ta qo'zg'almas yulduzlarning joylashuvini aniqladi. Bu observatoriyada olib borilgan astronomik kuzatishlar va astronomik jadval XVII asrga kelib yevropada astronomiya sohasidagi yutuqlarga asosiy qo'llanmalardan biri bo'lib qoldi. Bundan tashqari Ulug'bekning astronomiya faniga doir "Ziji Ko'ragoniy" asarining yaratilishi astronomiya fani uchun katta kashfiyot bo'ldi. Ulug'bek bobosi kabi ilm-fan sohasiga ham homiylik qildi, uning o'zi qurdirgan madrasalardan " biriga ilm olish har bir musulmon yigit va qiz uchun farzdir" degan o'giti ilm ma'rifat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ulug'bekning o'zi ham adabiyot san'at sohasi bilan shug'ullanib turgan. Xususan Alisher Navoiy o'zining "Majolisun Nafoisi" da Ulug'bek adiblarning homiysigina emas, balki sheriyatning qadriga etuvchi edi, o'zi ham sher yozar edi, deb ko'rsatgan"4 Shundan ko'rinib turibdiki Ulug'bek har tomonlama ilm-fan, madaniyat va san'atning rivojla nishiga katta xissa qo'shgan.

Temuriylar davrida bundan tashqari juda ko'plab olimlar, yozuvchilar, tarixchilar, mashoyiqlar, hunarmand ustalar, xattotlar yetishib chiqdiki ular ham ikkinchi uyg'onish

3 K. Sultonov. Amir Temur siyosiy, huquqiy, va ma'naviy - ma'rifiy qarashlarining milliy o'zlikni anglashdagi ahamiyati. Toshkent. " Ma'naviyat" 2019.

4 Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va san'at. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi adbiyot va san'at nashriyoti. 1996-yil. 12bet.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

davrining vujudga kelishi rivojlanishi va taraqqiy topishida alohida rol o'ynaganlar desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davrida vujudga kelgan ikkinchi uyg'onish davri ilm-fani, ma'rifati, ma'naviyat va madaniyati jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo'lib qo'shildi. Bunda ulug' bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz to'g'ri anglamog'imiz lozim, ul ulug' zot ila faxrlanishimiz barchamizning burchimizdir. Milliy mustaqillik tufayli jahon ma'naviyati va ma'rifati sahnida o'z o'rinlariga ega bo'lgan piru komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma'naviy-ma'rifiy merosni teran anglash, o'rganish va ulug'lash imkoniyati yuzaga keldi. Muhtaram prezidentimiz Sh. M. Miromonivich ta'kidlab o'tgan yangi O'zbekiston va yangi renessans ostonasida ekanmiz ajdodlarimizning ikkinchi uyg'onish davrida amalga oshirgan ilm-fan sohasidagi islohotlarni chuqur o'rganmog'imiz va uni hayotga tadbiq etmog'imiz darkor bo'ladi. Ikinchidan, o'sha davrda yaratilgan ulkan ma'naviy olamni yoshlarimiz, jamiyatimiz ongiga singdirishimiz va renessans nima ekanligini va unga qanday o'z hissalarini qo'sha olishlarini uqtirish shuningdek qiziqtirish orqali yangi O'zbekistonni birgalikda qurishga da'vat etmog'imiz zarur bo'ladi.

REFERENCES

1. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 2-kitob.

2. Бурибой Ахмедов. Амир Темур сабоклари 2-Том. Гафур Гулом номидаги Адабийот ва саньат нашрийоти. Тошкент. 1999й.

3. K. Sultonov. Amir Temur siyosiy, huquqiy, va ma'naviy - ma'rifiy qarashlarining milliy o'zlikni anglashdagi ahamiyati. Toshkent. " Ma'naviyat" 2019.

4. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va san'at. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi adbiyot va san'at nashriyoti. 1996-yil.

5. Амир Темур Жахон тарихида. Шарк нашрийоти. Тошкент. 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.