Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN'ATDAGI OKIM VA YO'NALISHLARNING RIVOJLANISH TAMOYILLARI'

TASVIRIY SAN'ATDAGI OKIM VA YO'NALISHLARNING RIVOJLANISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2300
156
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Realizmtasvir haqiqatda qanday bo`lsa / shundayligicha tasvirlash / Syurrealizm (fransuz tilidan olingan bo`lib) “o`ta realizm” ma'nosini anglatadi. Impressionizm so`zi fransuzcha bo`lib / “taassurot” ma`nosida. Postimpressionizm oqimiga neoimpressionizm (fransuzcha“ajratish” / “yangi” ma'nosida) va puantilizm (fransuzcha “nuqta”).

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shuxrat Nazarovich Mamatqulov

Hozirgi zamon jahon tasviriy san'ati tez sur'atlarda va turli oqim xamda yo`nalishlarda rivojlanmoqda. Lekin bu jarayon xamma mamtakatlarda xam bir xilda kechmoqda, deb bo`lmaydi. Bir mamtakatda realizm, boshqasida impressionizm, yana boshqasida abstraksionizm shuxrat qozonmoqda. Umuman esa XIX-asr oxiri va XX-asr xamda XXI-asrning ilk yillarida tasviriy san'ati taraqqiyotida Fransiya, Meksika, AQSH, Ispaniya, Rossiya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqdalar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN'ATDAGI OKIM VA YO'NALISHLARNING RIVOJLANISH TAMOYILLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-101-108

TASVIRIY SAN'ATDAGI OKIM VA YO'NALISHLARNING RIVOJLANISH TAMOYILLARI

Shuxrat Nazarovich Mamatqulov

TerDU Milliy libos va san'at fakulteti Tasviriy san'at muxandislik grafikasi, kafedrasi o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Hozirgi zamon jahon tasviriy san'ati tez sur'atlarda va turli oqim xamda yo'nalishlarda rivojlanmoqda. Lekin bu jarayon xamma mamtakatlarda xam bir xilda kechmoqda, deb bo'lmaydi. Bir mamtakatda realizm, boshqasida impressionizm, yana boshqasida abstraksionizm shuxrat qozonmoqda.

Umuman esa XlX-asr oxiri va XX-asr xamda XXI-asrning ilk yillarida tasviriy san'ati taraqqiyotida Fransiya, Meksika, AQSH, Ispaniya, Rossiya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqdalar.

Kalit iboralar: Realizm- tasvir haqiqatda qanday bo'lsa, shundayligicha tasvirlash, Syurrealizm - (fransuz tilidan olingan bo'lib) "o'ta realizm" ma'nosini anglatadi. Impressionizm so'zi - fransuzcha bo'lib, "taassurot" ma'nosida. Postimpressionizm oqimiga neoimpressionizm (fransuzcha"ajratish","yangi" ma'nosida) va puantilizm (fransuzcha "nuqta"). Abstraksionizm atamasi-lotincha mavxum. Klassisizm -lotincha suz bulib, "namunaviy"ma'nosida. Futurizm atamasi -lotincha "fugura" so'zidan olingan bo'lib, kelajak ma'nosini bildiradi.Primitivizm atamasi "primitiv", ya'ni sodda ma'nosini bildiradi. Modernizm - fransuzcha "modern" so'zidan olingan bo'lib, eng zamonaviy degan ma'noni anglatadi.

XIX-XX-asrlar jaxon ilgor tasviriy san'ati vakillari sifatida fransiyalik Pol Gogen,Ogust Renuar, Anri Matiss ispaniyalik Pablo Pikasso, amerikalik R.Kent, meksikalik D.Sikeyros, D.Rivera, italiyalik R.Guttuzo, rossiyalik I.Shishkin, S. Konenkov, I.Repin, I.Ayvazovskiy, O'zbekistonlik O'.Tansiqboyev, Ch.Axmarovni ko'rsatish mumkin.

Bu va boshqa bir qator rassomtar tasviriy san'atning asosiy oqimlardan hisoblangan realizm, romantizm, impressionizm, formalizm kabi oqimlarda ijod qildilar. Bu yo'nalishlarda yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratildi.

Ular P.Pikassoning "Shar ustidagi qizcha","Uch musiqachi"(Ispaniya), Sal'vador Dalining "Urush qiyofasi",R.Kentning "Noyabr oyidagi Shimoliy Grenlandiyaning ko' rinishi",E.Yorxolning"Avtoportret",A.Pozdneevning "Teatr

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-101-108

kishilari"(Rossiya), S.Alibekovning"Do,ppili avtoportret" (O'zbekiston), S.Dalining "Madonna Port-Ligat" (Meksika), P.Gogenning "Kechuv",O.Renuarning "Janna Samara" portreti, A.Matissning "Idish va mevalar", P.Sezanning "Pentuazedagi tegirmon manzarasi"

(Fransiya)Д.Shishkinning"Bug, doyzor",S.Konenkovning"Poganini" (Rossiya), Van Gogning"Adirdagi o'rim-yig'im", O.Rodenning "Mutafakkir"(Fransiya), I.Ayvazovskiyning "To'qqizinchi val" (Armaniston),R Guttuzoning "Saxrodagi otishma","Xudo bizga yor" (Italiya), I.Repinning "Sad'ko" (Rossiya), A.Lentulovning "Zangori vaza va mevalar" (Fransiya), Usta Mo'minning "Cho'ponning tushi", R.Axmedovning "Tong", "Onalik" (Ол zbekiston) asarlaridir.Yuqorida qayd qilinganidek, xozirgi zamon tasviriy san'ati nixoyatda turli-tuman oqim va yo nalishlarda rivojlanmoqda. Quyida mazkur oqimlarning eng asosiylari bilan batafsil tanishib chiqamiz.

Realizm oqimi. Realizm iborasi keng ma'noda xayotni to'g'ri, haqiqatda qanday bo'lsa, shundayligicha o'ziga xos badiiy shakllar yordamida tasvirlashni nazarda tutadi. Mazkur yo'nalish XIX- asr o'rtalarida Fransiyada paydo bo4di. Realizm fotografiya kabi borliqni to'g'ridan-to'g'ri ko'chirish emas, balki uni ifodalashga ijodiy yondashib, hayotdagi eng xarakterli, qiziqarli ko'rinishlarni tanlab olish, shu asosda asarlar yaratishdan iboratdir.

Tasviriy san'atda realizmning paydo boTishi va rivojlanishida rassomlardan Dom'e, Kurbe, Repin, Guttuzolar katta rol oynadilar. Realizm oqimida yaratilgan asarlarning yorqin namunasini Amerikalik rassom R.Kentning "Noyabr oyidagi shimoliy Grenlandiyaning ko'rinishi", Xitoylik rassom Chjao Peychjining "Qiygos gulladi", Rossiyalik haykaltarosh S.Konenkovning "Poganini" kabi suvrat va haykallari misolida ko'rish mumkin. R.Kentning Moskvadagi A.S.Pushkin nomidagi

tasviriy san'at muzeyida saqlanayotgan "Noyabr oyidagi Shimoliy Grenlandiyaning ko'rinishi" nomli suvratida Amerikaning Shimoliy Sharqdagi Shimoliy muz okeani va Atlantika okeani soxilidagi orol ko'rinishi tasvirlangan (1-rasm). Uning mazmuni bu sovuq iqlimli joylarni o'rganish uchun borgan tadqiqotchilarning yashash sharoitlari va okeanning ko'rinishini aks etgirishdan iboratdir.

НОЯБРЬ В СЕВЕРНОЙ ГРЕНЛАНДИИ Рокуэлл Кент. Надежда Ионина. 100 великих картин. Книги по истории-.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-101-108

Xozirgi zamon haykaltaroshlik san'atidagi realizmning yorqin namunasini mashxur rus xaykaltaroshi S.Konenkovning "Poganini"portretida ko'rish mumkin (2-rasm). Poganini XIX-asr ikkinchi yarmida Italiyada yashab ijod etgan rassomdir. Mazkur asar 1956 yilda daraxt shox va ildizlaridan yaratilgan. Asar shunchatik muvaffaqiyatli ishlanganki, haykaltaroshning fantaziyasi va qobiliyatiga qoyil qolmasdan iloji yo'q.

Asarda qaxramonning aks ettirilishi shart bo'lgan asosiy qismlari xisoblangan boshi, qo'llari, shuningdek, skripkasi aks ettirilgan. Haykaldagi skripka, uning kamoni, skripkachining umumiy xolati,barmoqtarining, sochlarining va xatto yuzidagi xissiyotlar xam faqat Poganiniga xosligi yaqqol seziladi. Haykal rangsiz, tashlandiq yogoch parchalaridan ishlangan bo'lsada, kishiga daxo skripkachi xaqida to'la tasavvur bera oladi. Ushbu haykal ayni paytda Moskvadagi rassomlar uyushmasi binosida saqlanmokda.

Realistik rangtasvir oqimida yaratilgan ishlardan yana biri xitoy rassomi Chjao Peychjining " Qiyg'os gulladi " nomli natyurmortidir.Mazkur ish 1980-yilda yaratilgan bo'lib, uni ishlashda rassom kumush rangli fonga, tuxum po'chogi, sadaf uvoqlari va lakdan foydalangan.

Syurrealizm oqimi. Syurrealizm atamasi fransuz tilidan olingan bo'lib, "o'ta realizm" degan ma'noni bildiradi. Dastlab u adabiyotda,XX-asrning boshlarida Fransiyada paydo bo'lib, keyin san'atning boshqa bir qator turlarida xam qaror topgan. Bu oqim vakillari san'atda aql-zakovat, mantiq, estetik va axloqiy hissiyotlarni tasvirlashga qarshi chiqqanlar.

Impressionizm oqimi. XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida paydo bo'lib, uning vakillari real borliqni xarakatda, o' zgaruvchanlikda tasvirlash,hayotning qisqa daqiqalarini jonli va hissiyotli tasvirlash g'oyasini ilgari surganlar.

Impressionizm so'zi -fransuzcha bo'lib, "taassurot" so'zidan kelib chiqqan. XX-asrning ikkinchi yarmida fransuz rassomlaridan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-101-108

E.Mane,O.Renuar, E.Dega kabi rassomlar bu oqimga asos soldilar. Ular oz asarlarida mavjud xayotdagi murakkabliklarni sof va oson idrok etishga undadilar.Ularning asarlariga detallarning muvozanatda bo'lishi, kompozisiyaning qismlardan tashkil topishi, odam qomatlarining turli shakllar va gardishlar bilan kesishgandek ko'rinishida tasvirlash xos emas. Bu oqimda keyinchalik K.Mone, O.Roden, P.Gogen, S.Dadi, P.Pikassolar samarali ijod qildidar.

Impressionizm yo'nalishida yaratilgan eng mashhur asarlardan biri Pablo Pikassoning "Shar ustidagi qizcha" nomli suvratidir.

(3-rasm) O.Renuarning"Janna Samara portreti",

.(4-rasm) E.Yorxolning "Avtoportret", L.Gaviraning

"Ekologiya",P.Gogenning "Kechuv" kabi suvratlari ham mazkur oqim moxiyatini ochib beruvchi yorqin asarlar namunasidir

S.Dalining"Urush qiyofasi" nomli suvratida, rassom kishi bosh suyagi tasviri orqali qirg'inbarot urush odamzodni qanday fojialarga giriftor qilishi mumkinliginiobrazli tarzda ifodalaydi.( 5 -rasm )

Impressionizm oqimidagi asarlardan yana biri o'zbek rassomi

S.Alibekovning "Do'ppili" nomli suvratidir. Asar 1986 yilda yaratitgan (6-rasm).

Bu asardan tomoshabin betakror taassurot olishi mumkin. Bu taassurot realistik rangtasvirdan farqli oTaroq, turli detallar (do'ppilar, qush, kul,gul, tabiat, rassom va ayol boshlari va boshqalar)ning betartib joylashuvi, shuningdek, betartiblikka qaramay ulardagi nsixoyatda yoqimli va toza ranglarning kishiga zavq bag'ishlashi bilan bogliqdir. Bu detallar o'rtasidagi

umumiylik va ularni bog'lab

turuvchi jixat shundaki,asardagi rassom, ayol, qush, gul,do'ppi tasviri orqali muallif insoniy muxabbatni tarannum etgan. Shu maqsadda rassom muxabbat timsoli bo'lgan qizil rangdagi mato orqali ularni bir-biriga boglashga xarakat qiladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-101-108

Postimpressionizm oqimi Fransiyada impressionizmdan so'ng XIX- asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo'ldi. U san'at asarlarida badiiy shakllarni ma'lum qonuniyatlar asosida yaratish, fazoviylik, xajm, dekorativlik, stilizasiyaga mutaxassislar asosiy e'tiborini qaratdi.

Postimpressionizm oqimiga neoimpressionizm (fransuzcha "ajratish", "yangi" ma'nosida) va puantilizm (fransuzcha "nuqta") xam kiritiladi. Bu oqimda J.Syora, P.Sin'yak, K.Pissarrolar nuqta yoki kvadratlar yordamida tasviriy shakltarni ifodalaganlar.

Puantilizm oqimida o'zbek rassomtaridan Z.Islomshikov xam ijod qiladi. Rassomning Chiyon dam olish maskanidagi "O'qtosh " nomli asari shu oqimga mansub uslubda yaratilgan (7-rasm).

Romantizm xam tasviriy san'atdagi eng keng tarqalgan oqimlardan biridir. U XVIII-asr oxiri XIX-asrning birinchi yarmida Yevropa va Amerika madaniyatida shakltangan g'oyaviy va badiiy yo'nalishdir. Bu yo'nalishning asosida manaviy -ijodiy erkinlik, kuchli extiros va shiddatkorlikka talpinish, milliy madaniyat va xalq, ogzaki ijodiga murojat etish, uzoq, yurtlarga va xalqlarga intitish g'oyalari yotadi. U tasviriy san'atda o'zining nixoyatda yorqin ifodasini topdi.

Romantizm maktabi Fransiyada shakllangan. Biroq, uning kuchli ta'sirini rangtasvirchi rassomtardan T.Jeriko, E.Delakrua, shuningdek,I. Renin, F.Ryud, K Bryullov, I.Ayvazovskiy kabilarning ijodida xam ko'rish mumkin. Ushbu rassomlarning asarlarida g'alati, kutitmagan o'tkir dramatik xolatlar, xususan,

inqilobiy kurashlar, tarixiy o'tmish, qaxramonona afsonalar, Sharqning qiziqarli ko'rinishlari va voqealari ifodalanar edi. Fransuz romantiklari odatda oz asarlari uchun extirosli,kuchli xarakterdagi kishilarni tanlab olar edi. Bu oqimda yaratilgan eng mashxur asarlardan biri rassom K.Bryulovning "Pompeyning so'ngi kuni" suvrati xisoblanadi,

( 8-rasm ) ushbu asar 1827—1833 yillar davomida yaratildi. Unga qadimgi Italiyaning Pompey shaxrida yer silkinishi natajasida ro'y bergan voqera asos qilib olingan (8-rasm).

Abstraksionizm atamasi - lotincha mavxum, noma'lum degan ma'nolarni anglatadi. Ushbu oqim XX- asrda paydo bo'lib, uning vakillari dastgoxli rangtasvir, haykaltaroshlik va grafikada narsalar va hodisalarni real tasvirlashdan voz kechdilar. Bu san'at yo'nalishi badiiy asarning xayotni bilishdagi axamiyatini inkor etadi.U 1910-yilda paydo bo'lib, jamoatchilik didiga qarshi aloxida shaxslarning san'atga

hJHá

Srfatli Pompeyning so'nggi kuni. K rasmining tavsifi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-101-108

munosabatini ifodalaydi. Bu san'at turidaga suvratlarda odatda mazmunini anglash mushkul boTgan dog, shakt va chiziqlarning tartibsiz xarakati tasvirlanadi.

Abstraksionistlarning dastlabki vakillari V.Kandinskiy (rus), Saymur Likgon, Deyvid Smit, Jekson Poltoka (amerikalik), P'er Sulaja (fransuz), Karela Appela (goltand)lar edi. Bu oqimga mansub eng mashxur asarlardan biri A.Raytburgning 1988 yilda yaratilgan "Avliyo Antoniyning vasvasasi" deb nomtanadi (116-rasm).

Suvratda ayrim tushunib bo'ladigan va tushunib bo'lmaydigan shakt, rang, ko'rinish va voqealar sorishik; tasvirlangan. Abstraksionizm okdmida faqat rassomtar emas, xaykaltaroshlar Xam ijod kdtganlar. Bu borada O.Sadkinning ''Kompozisiya" deb nomlangan asari diqqatga sazovordir ( 9-rasm )

Klassisizm - lotincha suz bulib, "namunaviy" degan ma'noni bildiradi va u XVII—XIX asrlar mobaynida Fransiyada shaklandi. Bu simvolizm-Yevropa va Amerika san'atida XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida shakllangan oqimdir. Bu yo'nalishdagi rassomlar ijodining asosini simvolik, ramziy obrazlar tashkil etadi. Bu simvol-ramzlar turli ma'noni bildirib, asarda turli xilda ifodalanadi. Ayniqsa, dunyoni tutib turuvchi sirli va g'ayritabiiy mistik kuchlarni ifodalash bu oqimda asosiy o'rinni egallaydi. Uning eng mashxur vakillari sifatida fransiyalik rangtasvirchi P.Shava va germaniyalik X.Mare, A. Feyerbaxlarni aloxida e'tirof etish mumkin.

Kubizm-XX-asrning birinchi choragida Fraisiyada paydo bo'lgan oqimdir. U geometrik shakl - kub so'zidan kelib chiqdan. Bu yo'nalishdagi rassomlar realistik san'at an'analaridan voz kechib, real predmet shakllarini geometrik shakllar-kub, shar, silindir, konus va ularning qo'nshilmasidan xosil bo'lgan ko'rinishlar yordamida tasvirlar edilar. Bu yo'nalishdagi san'at namoyandalaridan P. Pikasso. J. Brak, X.Gris, A.Lentulov kabilarni ko'rsatish mumkin.

Kubizm oqimiga xos xarakterli asarlardan biri A.Pozdnev 1987 yilda yaratilgan "Teatr kishilari" nomli suvratidir (10-rasm). Agar sinchiklab kuzatilganda, suvrat mazmunidagi xar bir detal u yoki bu geometrik shakl asosiga qurilganligini ko'rish mumkin. Quyida e'tiboringizga havola etilayotgan asarni kuzating. Qani, bir o'ylab ko'ring-chi? Unda tasvirlangan teatr artistlari nechga va ular nima bilan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-101-108

mashg'ul? Asar kompozisiyasi maqsadga muvofik, tuzilganmi? Suratda ranglar to'g'ri tanlanganmi? Asar haqida taassurotingizni so'zlab bering.

Futurizm atamasi - lotincha "fugura" so'zidan olingan bo'lib, kelajak ma'nosini bildiradi. Bu oqim vakillari "kelajak san'ati" ni yaratish maqsadida an'anaviy madaniyatni, uning barcha axloqiy va badiiy moxiyatini inkor etadilar. Ular asosan sanoatlashgan yirik shaxardagi zamonaviy fan va texnika yutuqlarini, ularning harakati, kuch-quvvatini ulug'laydilar.

Primitivizm atamasi — "primitiv", ya'ni sodda ma'nosini bildiradi. U XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida paydo bo'lgan. Mazkur oqim vakillarining maktadi tasviriy vositalarni ataylab tenglashtirib, ibtidoiy, o'rta asrlar. xalq, san'ati, bolalar ijodiga yaqinlashtirib asar yaratishdir. Primitivizmning paydo bo'lishi burjua san'atida ijodkorning hayotni real aks ettirishdan shuningdek, Yevropada XVI-asrdan boshlab shakllangan turli badiiy uslublardan vos kechish yo'lidagi xarakatlar bilan bog'liqdir Kasbiy maxsus ma'lumot olmagan, oson tasviriy vositalardan foydalanib, suvratlar yaratgan rassomlar qatoriga fransiyalik A Russo, gruziyalik N.Pirosmanashvish kabilarni kiritish mumkin. P.Pikassoning bu oqimda yaratitgan "Raqqosa" suvrati ham bor. Xususan, uning 1907-1908 yillarda yaratgan "Raqqosa", N.Pirosmanashvitining "Kichik baliqcha", "Jirafa" nomli asarlari primigivizmning butun moxiyatini namoyon etuvchi asarlardir

Modernizm - fransuzcha "modern" so'zidan olingan bo'lib, eng zamonaviy degan ma'noni anglatadi. U bir qator madaniyat va san'at yo'nalishi oqimlarining umumiy nomi bo'lib, uning shakllanishi XIX -XX asrlarga to'g'ri keladi. Bu oqim vakillari mumtoz san'atning vos kechadilar. Modernizmning dastlabki shakllari kubizm, syurrealizm, abstraksionizm xisoblanadi.

Bu yo'nalish mutaxassislari o'tmish merosdan butunlay vos kechishni targ'ib qiladilar va mavjud badiiy did va estetik tushunchalar asosida shakllangan me'yorlarga qarama-qarshi bo'lgan ushbu tamoyllarni yaratish g'oyasini ilgari suradilar. Keyinchalik, XX-asr boshlarida modernistic oqimlarning rivojlanishi asosida abstraksionizm oqimi paydo bo'ldi. Uni peredmetsiz san'at ham deyishadi. 1940-yidda AKDSda "Tinch okean abstraksionizm maktabi"ning paydo bo'lishi mazkur yo'nalshning bonsha oqimlar orasida to'g'ri mavqiga chshib olishiga imkon berdi.

REFERENCES

1. R.Hasanov ,,Tasviriy san'at asoslari ,,O'quv qo'llanma.G'Gulom nomidagi nashriyot matbaa —ijodiy uyi.' Toshkent -2009.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-101-108

2. N.Abdullayev ,,Jahon sanati tarixi ,,Kasb -hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma.Toshkent ,,Davr Pres 2007 96-105 betlar.14

3. Slaydlar uchun .Platonova N.N Ensklopedicheskiy slovar yunoga xudojnika .Moskva ,,Pedagogika ,,1983 .

4. https://uz.sputniknews.ru/20180530/Khudozhnik-Sergey-Alibekov

5. https://www.google.com/search?

6. https://koryo-saram.ru/veronika-van-zuhridtdin-islamshikov-hudozhnik-i-pedag

7. https://www.google.com/search

8. https://mpradist.ru/uz/kto-yavlyaetsya-avtorom-kartiny-poslednii-den-pompei-poslednii-den-pompei.html

9. Mamatqulov, S. N. (2021). TASVIRIY SAN'AT METODIKASI FANIDAN KURS ISHI TAYORLASH METODOLOGIYASI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 1998-2006.

10. Mamatqulov, S. N. (2020). TASVIRIY SAN'AT METODIKASINING MAZMUNI VA UNI O'QITISH USLULLARI. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 632-638.

11. Mamatkulov, S. N., & Ibragimova, K. (2020). National and Universal Content of Fine Arts. Ancient History and Development of Fine Arts of Uzbekistan. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 195-198.

12. Nazarovich, M. S., Ibodullaevich, A. S., Qudrat kizi, H. M., Turon ugli, A. R., & Bakhtiyor ugli, A. X. (2019). Fine Art Of Uzbekistan During The Years Of Independence. International Journal of Research, 6(13), 536-540.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.