Научная статья на тему 'BADIIY ASAR TAHLILIDA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLAR'

BADIIY ASAR TAHLILIDA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1061
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / so’z / roman / ilmiy adabiyot / badiiy adabiyot / Avrorin / kommunikativ / ekspessiv / konstruktiv / akkumulyativ

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ziyoda Farhod Qizi Xaytboyeva

Ushbu maqola orqali badiiy va ilmiy asarning bir-biridan farq uslublari va badiiy asarni tahlil qilishdagi muhim bo’lgan ayrim xususiyatlar keng yortiligan. Bundan tashqari badiiy matnlarning hajm va ifoda maqsadiga ko’ra turlarga ajratish va har bir turning asar mazmuniga baxsh etgan estetik vazifasi yortib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR TAHLILIDA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLAR»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-166-169

BADIIY ASAR TAHLILIDA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLAR

Ziyoda Farhod qizi Xaytboyeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola orqali badiiy va ilmiy asarning bir-biridan farq uslublari va badiiy asarni tahlil qilishdagi muhim bo'lgan ayrim xususiyatlar keng yortiligan. Bundan tashqari badiiy matnlarning hajm va ifoda maqsadiga ko'ra turlarga ajratish va har bir turning asar mazmuniga baxsh etgan estetik vazifasi yortib berilgan.

Keywords: adabiyot, so'z, roman, ilmiy adabiyot, badiiy adabiyot, Avrorin, kommunikativ, ekspessiv, konstruktiv, akkumulyativ.

KIRISH

So'z- buyuk bir qudratli hodisa. Yaratganning birgina "Kun" (yaral) so'zi tufayli o'n sakkiz ming olam yaraldi. Bu quratli vosita esa badiiy adabiyotning asosiy qurolidir. Shundan bilsak ham bo'ladiki, badiiy adabiyotda, badiiy asarlarda qandaydir ilohiy kuch bor. Inson bolasi tafakkur mahsulidir. Va uning o'zi ham butun borliqni shu ongi tufayli kuzatib tahlil qilishga harakat qiladi. Yuz bergan falokatlar, tabbiy ofatlar va hakozolarga ta'rif berganida shu ong chegarasi atrofida yoritadi va tahlilga tortadi. Lekin yana bir hissiy tuyg'u unda shakllanganki, unda ma'lum chegara va to'siqlar yaratish imkonsizdir. Bu ko'ngil ko'zi ila anglash va qalb irodasi bilan tinglashdir. Bu maydonda juda ulkan to'siqlar yengib o'tiladi, murakkab bo'lib ko'ringan hodisalar aslida juda jo'n va soddadek tuyuladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har qanday axborot turi turli so'zlar jamlanmasidan tashkil topgan, lekin ularning hissiy ta'siriy bo'yog'iga ko'ra insonga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Adabiyot quroli so'zdir. Dastlab adabiyotlarni ikki guruhga ajratib olamiz:

1. Ilmiy adabiyot

2. Badiiy adabiyot

Har ikkala adabiyot turli so'zlarning o'zaro bir-biriga ma'no va gramatik jihatdan bog'lanib gaplarni hosil qilgan. Gaplab matnlarni, matnlar esa abzaslarni hosil qilib boradiki, har bir yangi katta yo kichik abzaslar umumiy asar yoki ahborot manbaini tashkil qiladi. Umuman olganda til aloqa vositasidir. Masalan, bu haqida V.A.Avrorin shunday fikr bildiradi: "Tilning kommunikativ (aloqa quroli, vositasi), ekspessiv

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-166-169

(fikrlarni ifodalash), konstruktiv ( fikrlarni shakllantirish), akkumulyativ ( ijtimoiy tajriba va bilimlami to'plash, saqlash) vazifalarini farqlash lozimdir"1,- deya ta'kidlaydi olim. Shundan kelib chiqib adabiyotlani tahlil qilganimizda ilmiy adabiyotlarda kommunikativ vosita yetakchilik qilsa, badiiy adabiyotda asosan ekspessiv jarayon keng qo'llaniladi. Tildagi bu ikkala xususiyat bir til doirasida amalga oshirilsa ham, insonga ta'sir nuqtai nazaridan turlicha seziladi. Kommunikativ vosita ko'lamida asosan raqamlar va aniq berilgan ilmiy ma'lumotlarga suyaniladi va ahborot xizmatining asosiy usuli deb talqin qilinadi, lekin tilning ekspessiv vositasi asosan badiiy adabiyotlarda keng qo'llaniladiki, uning ta'sir ko'lami insonning qalb torlarini titrashiga sabab bo'lishi mumkin.

Badiiy asar tilini tadqiqiga bag'ishlangan ishlarda tilning ayni "ekspessiv vazifasi" atamasi bilan bir qatorda "tilning poetik vazifasi", "tilning badiiy vazifasi", "tilning estetik vazifasi" kabi jumlalar tez-tez qo'llaniladi. Ammo shuni ham alohida aytish joizki, "tilning estetik vazifasi" atamasi filologik adabiyotlarda nisbatan keng qo'llaniladi. Agarda biz biron badiiy asarni tahlil qilishga tortishimiz avvalida u qanday matnlardan tashkil topganini va undagi so'zlar ifoda maqsadiga ko'ra qanday turlarga bo'lingani haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz zarur. Xususan, barcha badiiy asarlar badiiy matnlardan tashkil topgan, badiiy matnlar esa o'zida "estetik vosita" ni jamlagan gaplardan iboratdir. Shu jarayonda yana bir narsani unutib qo'ymaslik maqsadga muvofiqdir. "Estetik vosita" faqat badiiy adabiyotda yozma manbalarda emas, balki so'zlashuv uslubida ham keng qo'llanishi mumkin. Shundan kelib chiqib fikr qilsak "estetik vosita" o'z ko'lamini ekspressivlik, badiiylik va poetiklik atamalari bilan kengaytirib oladi. Badiiy asarlar tahlilida birlamchi vazifalarni ado qildik, endi ularni hajm nuqtai nazaridan turlarga ajratib olamiz:

1. Minimal

2. Maksimal

turlari mavjudki, ular hajm natijasida janrlarni aniqlashda yordam beradi. Lekin bu aniqlash jarayoni har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Misol uchun minimal matnlarga asosan: hikoya, esse, ertak, afarizimlar misol bo'lsa maksimal matnlarga: roman, epopeya, dramaturgiya kabi janrlarni misol qilib olishimiz mumkin. Lekin ayni damlarda hajm unchalik ham katta ahamiyat kasb etmay qolmoqda desak yanglishmaymiz. Hajmi 20-30 varoqqa teng hikoyalarimiz bor, shu jihatdan kelib chiqsak zamonaviy adabiyot mahsullarida 15 varoqli romanlarimiz ham yaratildi ( Ulug'bek Hamdam "Namatak" miniromani). Bu yerda ya'ni janrlarga bo'lishda asosiy e'tibor mazmunga va davrga va avlod shajarasiga ham alohida e'tibor beriladi. Natijada esa badiiy asar qaysi janrga mansubligini aniqlab olamiz. Keying masala esa

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-166-169

badiiy asar qanday mazmundagi matnlardan tashkil topganini tahlil qilsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Xususan matnlar ifoda maqsadiga ko'ra:

1. Hikoya matnlar

2. Tasviriy matnlar

3. Izoh mazmunli matnlar

4. Didaktik matnlar

5. Buyruq mazmunli matnlar

6. Xabar mazmunli matnlar

7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar

guruhiga ajratiladi. Ularning har birini alohida xususiyatlari va badiiy asarda qo'llaniladigan o'rni mavjudki, ularga alohida ta'rif berib o'tsak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hikoya matnlar- asosan roviy tomonidan biron voqea yoki hodisa hikoya qilib boriladi. Butun boshli mazmun ham aynan muallifni yoki boshqa qahramon tilidan bayon qilib boriladi, bunday matnlar asosan qissachilik janrida keng tarqalgan.

Tasviriy matnlar- bunday matnlar tinglovchiga biron shaxs, joy yoki hayvon, o'simliklar haqida tanishtirib, tasvirlanadi. Buning yaqqol misolini "Boburnoma" kitobi orqali ko'rishimiz mumkin. Garchi bu asar badiiy asar deya to'liq baholanmasada, aynan tasviriy matnga misol bo'ladi. Chunki asar mobaynida muallif o'z kitobxoniga yang-yangi o'simliklar va joylar haqida ma'lumotlarni juda go'zal tasvir bilan yoritib bergan.

Izoh mazmunli matnlar- bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarligini ta'kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi.

Didaktik matn- asosan pand nasihat yo'nalishida yozilgan bo'lib, mumtoz adabiyotimizning aksariyat qismi ushbu matn turiga misol bo'la oladi.

Buyruq mazmunli matn- buyruq hamda maslahat ohangi yetakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki, turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipi.

Xabar mazmunli matn-biror voqea yoki hodisa haqida xabar berish uchun tuzilgan matn. Badiiy asarda informatik matn alohida ahamiyat kasb etadi.

Hissiy ifoda mazmunli matn- insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o'ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matn.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-166-169

XULOSA

Har bir badiiy asar ifoda maqsadiga ko'ra mana shunday matnlardan biri yoki barchasi ishtirokida yaratiladi. Asarning qaysi ruhda yozilganini aniqlab olib, tahlilga tortish ijod namunasining to'la yoritilib berishiga alohida xizmat qiladi. Yuqorida biz sanab o'tgan tahlil vositalkari badiiy adabiyotning lingvopoetik xususiyatlarining aksariyatidir. Bu kabi tahlil vositalari ijodiy namunani tahlil qilishda juda keng qo'l keladiki, bu orqali badiiy asarda yoritilgan mazmunga ham, shakl va hajmga ham alohida e'tibor qaratishni talab qiladi. Natijada esa yortilib berilishi lozim bo'lgan tahlil barcha jihatlarni o'zida to'liq jamlagan holda tahlil natijasiga ega bo'ladi.

REFERENCES

1. Аврорин В.А Проблемы изучения функциональной стороны язика. - Л., 1975.С. 44

2. Ma'rufjon yo'ldoshev. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.- T, "O'zbekiston fanlar akademiyasi", 2007.

3. Abdurahmonov X., So'z estetikasi.- T, "Fan", 1981.

4. www.ziyo.net

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.